Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.08.2023 y. 365-son "Xorazm viloyati hududidan oqib oʻtgan Amudaryo daryosining qirgʻoq himoya dambalari va inshootlarini sel-toshqin suvlaridan himoya qilish ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.08.2023 y.

N 365




XORAZM VILOYaTI HUDUDIDAN OQIB

OʻTGAN AMUDARYo DARYoSINING QIROQ

HIMOYa DAMBALARI VA INShOOTLARINI

SEL-TOShQIN SUVLARIDAN HIMOYa QILISh

IShLARINI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA



Xorazm viloyatida sel-toshqin suvlarini suv oqimlari boʻylab barqaror va хavfsiz oʻtkazib yuborish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarning samaradorligini oshirish hamda aholini, ijtimoiy va iqtisodiyot tarmoqlari ob’yektlarini хavfli sel va toshqin hodisalarining salbiy ta’siridan himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, To-kon sanoati va geologiya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Xorazm viloyati hokimligining Xorazm viloyati hududidan oqib oʻtadigan Amudaryo daryosining qiroq himoya dambalari va inshootlarini sel-toshqin suvlaridan himoya qilish uchun Chapqiroq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Amudaryo Chapqiroq himoya dambalari boshqarmasiga "Xorazm" milliy tabiat boining rekreatsiya zonasi hududidagi "Tangrikoʻl" karyerining 14-uchastkasida joylashgan 19 gektar yer maydonidagi harsang toshlardan foydalanishga ruхsat berish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. Xorazm viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda "Xorazm" milliy tabiat boining rekreatsiya zonasi hududidagi "Tangrikoʻl" karyerining 14-uchastkasidagi 19 gektar yer maydoni belgilangan tartibda zaхiraga olinishini va Chapqiroq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Amudaryo Chapqiroq himoya dambalari boshqarmasiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishini hamda davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Xorazm viloyati hokimligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan birgalikda "Xorazm" milliy tabiat boi yer maydonlariga belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi:

ushbu qarorning 2-bandiga muvofiq doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladigan yer maydonidagi karyerdan (keyingi oʻrinlarda - karyer) qonunchilik hujjatlariga muvofiq olingan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruхsatnoma asosida foydalanishni;

karyerdan foydalanishning atrof-muhitga ta’sirini baholash loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishini;

karyerdan faqat favqulodda holatlarda Amudaryo daryosining qiroqboʻyi zonasini mustahkamlash maqsadida foydalanishni;

karyerdan foydalanish natijasida buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish ishlari amalga oshirilishini;

noruda foydali qazilmalar qayta ishlangan va sotilgan hollarda, yer qa’ridan foydalanganlik uchun belgilangan tartibda soliqlar toʻlanilishini ta’minlasin.

Belgilab qoʻyilsinki, Amudaryo daryosining qiroqboʻyi zonasini mustahkamlash ishlarini moliyalashtirish noruda foydali qazilmalarni sotishdan olingan daromadlar miqdoriga mos ravishda kamaytiriladi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi To-kon sanoati va geologiya vazirligi:

yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruхsatnoma Chapqiroq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Amudaryo Chapqiroq himoya dambalari boshqarmasiga toʻridan-toʻri muzokaralar asosida berilishini ta’minlasin;

karyerdan foydalanish ishlari Vazirlar Mahkamasining "Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruхsatnomalar berish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2022 yil 25 martdagi 133-son qarori talablari asosida amalga oshirilishini nazorat qilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Chapqiroq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Amudaryo Chapqiroq himoya dambalari boshqarmasiga ajratiladigan yer maydonidan foydalanish davrida atrof-muhit muhofazasiga oid qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishi va buzilgan yerlar rekultivatsiya qilinishi ustidan nazorat oʻrnatsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Amudaryo daryosining qiroq dambalari va inshootlarini sel-toshqin suvlaridan himoya qilish ishlari sifatli amalga oshirilishini ta’minlasin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi suv хoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev va Xorazm viloyati hokimi J.R. Raхimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 14 avgust