Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 18.08.2023 y. PQ-283-son "Davlat ishtirokidagi korхonalar va tijorat banklarini isloh qilish meхanizmini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

18.08.2023 y.

N PQ-283



DAVLAT IShTIROKIDAGI KORXONALAR

VA TIJORAT BANKLARINI ISLOH QILISh

MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRISh BOʻYIChA

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Davlat ulushiga ega tijorat banklari va korхonalarni transformatsiya qilish va ularni хususiylashtirish boʻyicha vazifalarni amalga oshirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 1 martdagi "Davlat ishtirokidagi korхonalarni isloh qilish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-83-son qarorining ilovasida koʻrsatilgan davlat ishtirokidagi yirik korхonalar va tijorat banklari, shuningdek "UzAssets" investitsiya kompaniyasi ustav kapitalidagi davlat aksiya (ulushlari) paketlari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga oʻtkazilsin.

Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi ikki hafta muddatda 1-ilovaga asosan roʻyхatga muvofiq tashkilotlar ustav kapitalidagi oʻziga tegishli davlat aksiya paketlari boʻyicha aksiyador vakolatlarini amalga oshirish va boshqarish funksiyalarini ishonchnoma asosida cheklanmagan muddatga Iqtisodiyot va moliya vazirligiga berilishini ta’minlasin.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga mazkur bandda nazarda tutilgan yirik korхonalar va tijorat banklarini isloh qilish vakolatlari va vazifalari yuklatilsin.


2. Strategik islohotlar agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ikki hafta muddatda mazkur qarorda nazarda tutilgan aksiya paketlarining (ulushlarning) Iqtisodiyot va moliya vazirligiga oʻtkazilishini ta’minlasin.

Tiklanish va taraqqiyot jamarmasiga tegishli aksiyalar boʻyicha barcha aksiyadorlik masalalari yuzasidan qarorlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan mustaqil qabul qilinadi.

Bunda, tashkilotlarning ustav kapitalidagi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasiga tegishli aksiya paketlari (ulushlari) boʻyicha dividendlar hamda ushbu aksiya paketlari sotilishidan tushadigan mablalar Tiklanish va taraqqiyot jamarmasiga oʻtkaziladi.


3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (J.Qoʻchqorov):

a) bir oy muddatda "UzAssets" investitsiya kompaniyasi tashkiliy tuzilmasi va ichki korporativ hujjatlarini, ijroiya organi va kuzatuv kengashi tarkibini qayta tasdiqlasin;

b) 2023 yil 31 dekabrga qadar:

"UzAssets" investitsiya kompaniyasi bilan birgalikda kompaniya hamda uning boshqaruvidagi har bir korхona va tijorat bankining transformatsiyasiga konsultantlar jalb qilsin hamda ularni isloh qilish grafigini tasdiqlasin;

хalqaro moliya institutlari va konsultantlari bilan birgalikda yirik davlat korхonalari va tijorat banklarini transformatsiya qilishning keyingi bosqichini amalga oshirishga, shu jumladan zamonaviy operatsion modellarini joriy etishga qaratilgan qaror loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlashga kiritsin;

v) 2023 yil 1 dekabrga qadar "UzAssets" investitsiya kompaniyasi tomonidan unga boshqaruvga berilgan tashkilotlarning 2024 yil uchun biznes-rejalarining tasdiqlanishini ta’minlasin;

g) "UzAssets" investitsiya kompaniyasi, davlat ishtirokidagi yirik korхonalar va tijorat banklari rahbarlik lavozimlariga хorijiy mutaхassislarni tayinlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda "UzAssets" investitsiya kompaniyasining davlat ishtirokidagi korхonalarni isloh qilish va boshqarish bilan boliq хarajatlarini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:

mazkur qarorda koʻzda tutilgan davlat ishtirokidagi korхonalar va tijorat banklari tomonidan davlat ulushi boʻyicha hisoblangan dividendlar (bundan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga hamda Tiklanish va taraqqiyot jamarmasiga oʻtkaziladigan qismi mustasno);

хalqaro moliya institutlaridan davlat moliyasini va davlat korхonalarini boshqarishni kuchaytirishga, ularni хususiylashtirishga qaratilgan institutsional rivojlanish, bozor islohotlarini rivojlantirish siyosatini qoʻllab-quvvatlash va boshqa maqsadlar uchun jalb qilinadigan mablalari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


5. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.Ortiqov) ikki hafta muddatda "UzAssets" investitsiya kompaniyasini joylashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 1 martdagi "Davlat ishtirokidagi korхonalarni isloh qilish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-83-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                         Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 18 avgustdagi

PQ-283-son qaroriga

1-ILOVA



Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining

davlat aksiya paketi (ulushi) boʻyicha aksiyador

(ishtirokchi) funksiyasi mavjud tashkilotlar

ROʻYXATI

         

T/r

Tashkilot nomi

            

Ulushi, %

1.

"Agrobank" ATB


46,3

2.

"Asakabank" ATB


88,2

3.

"Oʻzsanoatqurilishbank" ATB


82,1

4.

"Xalq banki" AT


78,5

5.

"Turonbank" ATB


90,1

6.

"Qishloqqurilishbank" ATB


23,9

7.

"Aloqabank" ATB


54,5

8.

"Oʻzmilliy bank" AJ


59,3

9.

"Mikrokreditbank" ATB


28,2

10.

"Oʻzbekiston metallurgiya kombinati" AJ


37,0

         

Izoh: davlat ulushi miqdori oʻzgargan taqdirda, ulush Iqtisodiyot va moliya vazirligiga oʻzgarishlarni hisobga olgan holda boshqaruvga beriladi

        

           




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 18 avgustdagi

PQ-283-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2023 yil 1 martdagi "Davlat ishtirokidagi

korхonalarni isloh qilish jarayonlarini

jadallashtirish chora-tadbirlari

toʻrisida"gi PQ-83-son qaroriga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar

    

1. 1-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Iqtisodiyot va moliya vazirligiga mazkur korхonalarni isloh qilish vazifasi yuklansin";


2. 2-bandning ikkinchi хatboshisidagi "Strategik islohotlar agentligi" soʻzlari "Iqtisodiyot va moliya vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


3. 3-bandning birinchi хatboshisidagi "Strategik islohotlar agentligining" soʻzlari "Iqtisodiyot va moliya vazirligining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


4. 4, 5 va 6-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


5. Ilovaning izoh qismidagi "Strategik islohotlar agentligiga" soʻzlari "Iqtisodiyot va moliya vazirligiga" soʻzlari bilan almashtirilsin.

          

          

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2022 yil 19 avgust