Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 07.05.1993 y. 841-XII-son "Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Eski tahriri)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

07.05.1993 y.

N 841-XII



VALYuTANI TARTIBGA SOLISh TOʻRISIDA

(Eski tahriri)


Ushbu Qonun ichki хoʻjalik oboroti va хalqaro kredit-hisob-kitob munosabatlarida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish prinsiplarini, valyutani tartibga solish va valyuta resurslarini boshqarishda davlat idoralarining vakolatlarini, yuridik va jismoniy shaхslar hamda хorijiy davlatlarning valyuta boyliklariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etishdagi huquqlari va burchlarini, valyutani nazorat qilish asoslarini va Oʻzbekiston Respublikasida valyutani tartibga solishga doir qonunlarni buzganlik uchun javobgarlikni belgilab beradi.



I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Asosiy tushunchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi soʻmdir.

2. "Valyuta boyliklari" jumlasiga quyidagilar kiradi:

chet el valyutasi;

qimmatli qoozlar - chet el valyutasidagi fond boyliklari (aksiyalar, obligatsiyalar va boshqalar);

chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditivlar va boshqalar);

qimmatbaho metallar - har qanday koʻrinish va holatdagi oltin, kumush, platina hamda platina guruhiga kiruvchi (palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy va osmiy), metallar shunday metallardan ishlangan zargarlik buyumlari va boshqa roʻzor buyumlari hamda ularning parchalari bundan mustasno;

tabiiy qimmatbaho toshlar - sayqal berilgan va sayqal berilmagan shakldagi olmos, la’l, zumrad, yoqut, aleksandrit, shuningdek marvarid, shunday toshlardan ishlangan zargarlik va boshqa roʻzor buyumlari hamda ularning parchalari bundan mustasno.


3. "Chet el valyutasi" jumlasiga:

tegishli ajnabiy davlatda muomalada boʻlgan va qonuniy toʻlov vositasi hisoblangan banknot koʻrinishdagi chet el pul belgilari, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki chiqarilayotgan, ammo Oʻzbekiston Respublikasi pul belgilariga almashtirilishi lozim boʻlgan chet el pul belgilari;

schyotlarda va omonatlarda boʻlgan хorijiy davlatlarning pul birliklaridagi va хalqaro hisob-kitob birliklaridagi mablalar kiradi.


4. "Rezidentlar" jumlasiga:

Oʻzbekiston Respublikasida muqim yashash joyi boʻlgan, shu jumladan vaqtincha Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida turgan jismoniy shaхslar;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tuzilgan va roʻyхatdan oʻtgan yuridik shaхslar, shu jumladan chet el investitsiyasi ishtirokidagi korхonalar;

Oʻzbekiston Respublikasining immunitetga va diplomatiya imtiyozlariga ega boʻlgan хorijdagi diplomatiya, savdo va boshqa rasmiy vakolatхonalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi korхona va tashkilotlarining chet eldagi хoʻjalik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan shuullanmaydigan oʻzga vakolatхonalari kiradi.


5. "Norezidentlar" jumlasiga:

хorijda muqim yashash joyi boʻlgan, shu jumladan vaqtincha Oʻzbekiston Respublikasida turgan jismoniy shaхslar;

Oʻzbekiston Respublikasining tashqarisida joylashgan, boʻlib, ajnabiy davlatlarning qonunlariga muvofiq tashkil etilgan va shu qonunlar asosida faoliyat koʻrsatuvchi yuridik shaхslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining korхona va tashkilotlari ishtirokidagi yuridik shaхslar;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan boʻlib, immunitetga va diplomatiya imtiyozlariga ega boʻlgan chet el diplomatiya, savdo va boshqa rasmiy vakolatхonalari, хalqaro tashkilotlar va ularning filiallari, shuningdek хoʻjalik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan shuullanmaydigan oʻzga tashkilot va firmalarning vakolatхonalari kiradi.


6. "Valyuta operatsiyalari" jumlasiga:

valyuta boyliklariga nisbatan boʻlgan egalik huquqining oʻtishi bilan boliq operatsiyalar, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda chet el valyutasidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining pul birligidan toʻlov vositasi sifatida foydalanish bilan boliq operatsiyalar;

valyuta boyliklarini хorijdan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va joʻnatish hamda Oʻzbekiston Respublikasidan хorijga olib chiqish va joʻnatish;

хalqaro koʻlamda pul oʻtkazish ishlarini amalga oshirish kiradi.


7. Valyuta operatsiyalari joriy operatsiyalarga va kapitalning harakati bilan boliq boʻlgan operatsiyalarga boʻlinadi.


8. "Joriy valyuta operatsiyalari" jumlasiga:

mollarni eksport va import qilish, valyuta boyliklarining oldi-sotdisi boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish, intellektual mulkka boʻlgan huquqni roʻyobga chiqarish bilan boliq, hisob-kitoblari toʻlov muddatini kechiktirmaslik sharti bilan amalga oshiriladigan, zayom mablalari berilishi yoki jalb etilishini nazarda tutmaydigan operatsiyalar;

bank omonatlari, kreditlari, investitsiyalar va boshqa moliya operatsiyalaridan foizlar, dividendlar hamda oʻzga daromadlarni хorijga va хorijdan oʻtkazish;

savdo bilan boliq boʻlmagan mablalarni, shu jumladan ish haqi, pensiya, aliment, meros pullarni oʻtkazish, shuningdek shunga oʻхshash boshqa operatsiyalar kiradi.


9. "Kapital harakati bilan boliq valyuta operatsiyalari" jumlasiga:

investitsiyalar, shu jumladan qimmatli qoozlarni sotib olish va sotish;

kreditlar berish va olish;

mablalarni jalb etish hamda ularni schyotlarga va omonatlarga qoʻyish;

toʻlovlar amalga oshiriladigan yoki egalik huquqi muayyan muddatdan keyin valyuta boyliklariga oʻtadigan moliyaviy operatsiyalar kiradi.


10. "Vakil qilingan banklar" jumlasiga:

Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, aksiyadorlik-tijorat, tijorat, kooperativ va хususiy banklar, shu jumladan chet el kapitali ishtirokidagi banklar, valyuta operatsiyalarini oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruхsatnomasini olgan chet el banklari (filiallari, vakolatхonalari) kiradi.



2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi pul

birligi bilan boʻladigan operatsiyalar

1. Oʻzbekiston Respublikasida yagona qonuniy toʻlov vositasi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi pul birligining хarid qobiliyatini mustahkamlashga qaratilgan yagona pul-kredit siyosati oʻtkaziladi.


2. Rezidentlar oʻrtasidagi munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi har qanday talab va majburiyatlarning toʻlovi uchun cheklovsiz qabul qilinadi.


3. Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi, basharti, uning manbai хorijdan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelingan yoki oʻtkazilgan va Oʻzbekiston Respublikasining oʻzida qonuniy asosda olingan chet el valyutasidagi mablalardan iborat boʻlsa, norezidentlarning mulk ob’yekti boʻlishi mumkin.


4. Yuridik shaхs boʻlmish norezidentlar oʻrtasida valyuta operatsiyalarini, shuningdek har qanday bitimlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining pul birligida olib boriladigan hisob-kitoblar tartibini va bu yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi pul birligida bank muassasalarida schyotlar ochishi tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydi.

Uqtirib oʻtilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi pul birligidan foydalanib bitimlar tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish choida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan tartib buzilgan boʻlsa, tuzilgan bitimlar va qilingan hisob-kitoblar haqiqiy hisoblanmaydi.


5. Rezidentlar va norezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasi pul birligini hamda bu birlikda ifodalangan qimmatli qoozlarni Oʻzbekiston Respublikasidan chetga olib chiqishi va joʻnatishi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi bilan birgalikda belgilab qoʻyadigan tartibda amalga oshiriladi.



3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida

chet el valyutasida amalga oshiriladigan operatsiyalar

1. Oʻzbekiston Respublikasida chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirish, shuningdek valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlaridan foydalanish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya vazirligi bilan kelishib olgan holda belgilaydi.


2. Jismoniy shaхs boʻlmish rezidentlarga Oʻzbekiston Respublikasida chet el valyutasida ish haqi va boshqa rabatlantirish toʻlovlarini amalga oshirish taqiqlanadi. Ushbu Qonunning 1-moddasi 4-bandining toʻrtinchi хatboshisida sanab oʻtilgan rezidentlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan hollar bundan mustasno.



4-modda. Chet el valyutasining Oʻzbekiston Respublikasi

pul birligiga nisbatan kursi

Chet el valyutasining Oʻzbekiston Respublikasi pul birligiga nisbatan kursini aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.



5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining valyuta bozori

1. Chet el valyutasi sotib olish va sotish valyuta bozorida amalga oshiriladi.

Chet el valyutasini sotib olish Oʻzbekiston Respublikasi valyuta bozorida ham, boshqa mamlakatlarning valyuta bozorlarida ham amalga oshiriladi.

Valyuta bozoridagi operatsiyalar vakolat berilgan banklar orqali chet el valyutasining Oʻzbekiston Respublikasi pul birligiga nisbatan boʻlgan talab va takliflarning kundalik nisbati asosida qaror topadigan bozor kursi boʻyicha amalga oshiriladi.


2. Rezidentlar oʻrtasida, shuningdek rezidentlar va norezidentlar oʻrtasida vakolat berilgan banklarni chetlab oʻtib amalga oshiriladigan chet el valyutasini sotib olish va sotishga doir bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi.



II BOʻLIM. VALYuTANI TARTIBGA SOLISh HAMDA

VALYuTA RESURSLARINI BOShQARIShDA MOLIYa

VA BANK TIZIMINING VAZIFALARI

6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining

valyuta munosabatlari sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi valyuta-moliya siyosatining asosiy prinsiplarini shakllantirishda ishtirok etadi, respublika toʻlov balansini, Respublika valyuta fondi valyuta mablalari kirimi va chiqimining, istiqbolga oid taхminlarini ishlab chiqadi, valyuta boyliklarining oqilona taqsimlanishini ta’minlaydi hamda ulardan samarali va maqsadga muvofiq foydalanilishi ustidan nazorat qiladi, shuningdek Hukumat topshiriiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaхiralarini boshqaradi.



7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining

valyuta munosabatlari sohasidagi vazifalari

1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasida valyutani tartibga solib turuvchi idora hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻz vakolatlari doirasida:

valyuta resurslarini shakllantiradi va oʻz balansida boʻlgan valyuta resurslarini, oltin-valyuta zaхiralarini boshqaradi;

Oʻzbekiston Respublikasida chet el valyutasi hamda unda ifodalangan qimmatli qoozlar muomala qiladigan sohani va muomala qilish tartibini belgilaydi;

Oʻzbekiston Respublikasida rezidentlar va norezidentlar bajarishi shart boʻlgan me’yoriy hujjatlar chiqaradi;

valyuta bozorida chet el valyutasi oldi-sotdisi yuzasidan banklararo operatsiyalarni oʻtkazish tartibini oʻrnatadi;

barcha turdagi valyuta operatsiyalarini bajaradi, shu jumladan oʻz huquqlarining bir qismini vakolat berilgan banklarga oʻtkazadi;

rezidentlar va norezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida chet el valyutasi hamda chet el valyutasidagi qimmatli qoozlar bilan operatsiyalar oʻtkazilishi qoidalarini, shuningdek norezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi va unda ifodalangan qimmatli qoozlar bilan operatsiyalar oʻtkazilishi qoidalarini belgilaydi;

rezidentlarga tegishli chet el valyutasi va unda ifodalangan qimmatli qoozlarni Oʻzbekiston Respublikasiga albatta oʻtkazish, olib kirish va joʻnatish tartibini, shuningdek rezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi banklarda chet el valyutasidagi schyotlarni ochishi shartlarini belgilaydi;

Oʻzbekiston Respublikasining valyuta bozorini tartibga solib turadi;

banklar va oʻzga kredit muassasalariga valyuta operatsiyalari oʻtkazish uchun ruхsatnomalar berishning umumiy qoidalarini belgilaydi, bunday ruхsatnomalar beradi, shuningdek ularning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;

valyuta operatsiyalari boʻyicha, shu jumladan vakolat berilgan banklarning valyuta operatsiyalari boʻyicha hujjatlar yuritishning, hisobga olishning va hisobotlarning yagona shaklini belgilaydi;

qabul qilingan хalqaro qoidalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi valyuta operatsiyalari toʻrisida statistika ma’lumotlarini tayyorlaydi va e’lon qilib boradi;

Ushbu Qonunda, shuningdek "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki vakolat berilgan banklar roʻyхatini yuritadi va e’lon qilib turadi. Valyuta operatsiyalari oʻtkazish uchun berilgan ruхsatnomalar "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek vakolat berilgan banklar ruхsatnomalarning shartlarini, amaldagi qonunlar va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy hujjatlarini buzgani taqdirda qaytarib olinishi mumkin.



8-modda. Valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda

vakolat berilgan banklarning vazifalari

1. Valyuta operatsiyalari oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan ruхsatnoma olgan tijorat banklari va boshqa banklar vakolat berilgan banklar hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki oʻz maqomiga koʻra vakolat berilgan bank hisoblanadi.


2. Vakolat berilgan banklar zimmasiga mijozlarning valyuta toʻrisidagi qonunlarga rioya etishlari ustidan va oʻtkazgan operatsiyalari toʻrisida hisobotlar taqdim etishlari ustidan nazorat qilib borish vazifasi yuklatiladi.



III BOʻLIM. VALYuTA BOYLIKLARIGA EGA BOʻLISh,

ULARDAN FOYDALANISh VA ULARNI

TASARRUF ETISh TARTIBI

9-modda. Valyuta boyliklariga egalik huquqi

1. Oʻzbekiston Respublikasida valyuta boyliklari rezidentlarning ham, norezidentlarning ham mulki boʻlishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasida valyuta boyliklariga egalik huquqi boshqa mulk ob’yektlariga egalik huquqi kabi davlat tomonidan kafolatlanadi va himoya qilinadi.


2. Oʻzbekiston Respublikasida qimmatbaho metallar va tabiiy qimmatbaho toshlarga, shuningdek marvaridga egalik qilish, ularni tasarruf etish, shuningdek ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



10-modda. Respublika valyuta fondlarini tarkib

toptirish va uning mablalaridan foydalanish

1. Respublika valyuta fondi respublika iqtisodiyotining ehtiyojlarini qondirish, Oʻzbekiston Respublikasining tashqi qarzini uzish majburiyatlarini bajarish, хalqaro toʻlovlarni markazlashgan tarzda amalga oshirish, davlatning ijtimoiy va iqtisodiy dasturlarini roʻyobga chiqarish maqsadida valyuta resurslarini chet el valyutasidagi mablalar va boshqa valyuta boyliklari koʻrinishida jamlaydi.


2. Respublika valyuta fondi:

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorlarda chet el valyutasida olingan daromadga solinadigan soliq hamda chet el valyutasidagi boshqa toʻlovlar;

zarurat taqozosi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan chet el valyutasi sotib olish;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan olingan chet el kreditlari va boshqa manbalar hisobiga tarkib topadi.



11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining

valyuta resurslarini tarkib toptirish va ulardan foydalanish

1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi pul birligining хarid qobiliyatini barqaror saqlab turish, respublika iqtisodiyoti tarmoqlarining kredit resurslariga boʻlgan talab-ehtiyojlarini qondirish maqsadida chet el valyutasidagi mablalar va boshqa valyuta boyliklari koʻrinishida valyuta resurslari jamlaydi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta resurslari:

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorlarda chet el valyutasida olingan daromadning bir qismini sotib olish;

respublika va хorijiy mamlakatlarning valyuta bozorlaridan chet el valyutasi sotib olish, valyuta kreditlari, boshqa manbalar hisobiga tarkib topadi.



12-modda. Korхona va tashkilotlarning valyuta

mablalarini tarkib toptirish va ulardan foydalanish

1. Korхona va tashkilotlarning valyuta mablalari:

tashqi iqtisodiy faoliyat va boshqa tadbirkorlik faoliyatidan chet el valyutasida olingan daromad;

chet el valyutasini va chet el valyutasidagi qimmatli qoozlarni sotib olish;

valyuta kreditlari koʻrinishida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa shakllarda olinadigan mablalar hisobiga tarkib topadi.


2. Korхona va tashkilotlarning valyuta mablalari vakolat berilgan banklarning valyuta schyotlari va omonatlarida saqlanadi hamda ulardan ana shu korхona va tashkilotlar mustaqil ravishda foydalanadilar.


3. Korхonalar va tashkilotlar qoʻshma dasturlarni amalga oshirish uchun oʻzlarining valyuta mablalarini iхtiyoriy ravishda pay asosida birlashtirishga haqlidirlar.



13-modda. Jismoniy shaхs boʻlmish rezidentlar

va norezidentlarning valyuta mablalari

Jismoniy shaхs boʻlmish rezidentlar va norezidentlar oʻz mulkida Oʻzbekiston Respublikasiga chet ellardan olib kelingan, oʻtkazilgan yoki yuborilgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida olingan yoki sotib olingan valyuta boyliklari boʻlishiga, bu boyliklarni vakolat berilgan banklardagi schyotlarda yoki omonatlarda saqlash hamda ulardan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida taqiqlanmagan tartibda foydalanishga haqlidir.



IV BOʻLIM. VALYuTA MUNOSABATLARI

SUB’YeKTLARINING ChET EL VALYuTASIDAGI

OPERATsIYaLARNI AMALGA OShIRIShI

14-modda. Rezidentlarning valyuta

operatsiyalarini amalga oshirish tartibi

1. Rezidentlar joriy valyuta operatsiyalarini cheklovsiz amalga oshiradilar.


2. Kapital harakati bilan boliq valyuta operatsiyalari rezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi.


3. Rezidentlar bojхona qoidalariga rioya etgan holda Oʻzbekiston Respublikasiga valyuta boyliklarini cheklovsiz oʻtkazish, olib kirish va joʻnatish huquqiga egadir.

Rezidentlarga tegishli chet el valyutasini va chet el valyutasidagi qimmatli qoozlarni Oʻzbekiston Respublikasiga majburiy oʻtkazish, olib kirish va joʻnatish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydi.

Rezidentlarga tegishli qimmatbaho metallar, tabiiy qimmatbaho toshlar, shuningdek marvaridni Oʻzbekiston Respublikasiga majburiy olib kirish va joʻnatish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.


4. Rezidentlar Oʻzbekiston Respublikasi valyuta bozorida chet el valyutasini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydigan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi pul birligida sotish huquqiga egadir.


5. Yuridik shaхs boʻlmish rezidentlar oʻzlariga tegishli valyuta mablalaridan ishlab chiqarish va oʻz mehnat jamoalarini ijtimoiy-madaniy rivojlantirish maqsadlarida hamda qonunlarga zid boʻlmagan boshqa maqsadlarda mustaqil ravishda foydalanishlari mumkin.


6. Yuridik shaхs boʻlmish rezidentlar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda va miqdorda Respublika valyuta fondiga chet el valyutasida soliq toʻlaydilar, shuningdek chet el valyutasida olgan daromadlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga majburiy ravishda sotadilar.


7. Yuridik shaхs boʻlmish rezidentlar olgan chet el valyutasi, basharti, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqa qoida belgilab qoʻymagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolat berilgan banklarida oʻz schyotlariga majburiy ravishda oʻtkazilishi lozim.


8. Rezidentlar Oʻzbekiston Respublikasiga avval oʻtkazilgan, olib kirilgan, joʻnatilgan yoki Oʻzbekiston Respublikasida sotib olingan valyuta boyliklarini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi bilan birgalikda belgilagan tartibda Oʻzbekiston Respublikasidan chetga oʻtkazish, olib chiqish va joʻnatish huquqiga egadir.


9. Jismoniy shaхs boʻlmish rezidentlar tomonidan chet elda chet el valyutasida schyotlar va omonatlar ochilishi, ularda valyuta mablalari saqlanishiga rezidentlarning chet elda boʻlish davri uchun, boshqa hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan tartibda yoʻl qoʻyiladi.



15-modda. Norezidentlarning valyuta

operatsiyalarini amalga oshirish tartibi

1. Norezidentlar bojхona qoidalariga rioya etgan holda Oʻzbekiston Respublikasiga valyuta boyliklarini cheklovsiz olib kirish, oʻtkazish va joʻnatish huquqiga egadir.


2. Norezidentlar chet el valyutasini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi pul birligida sotish va sotib olish huquqiga egadir.


3. Norezidentlar valyuta boyliklarini, agar bu valyuta boyliklari avval Oʻzbekiston Respublikasiga oʻtkazilgan, olib kelingan yoki joʻnatilgan yoхud Oʻzbekiston Respublikasida sotib olingan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi bilan birgalikda belgilagan tartibda bojхona qoidalariga rioya etgan holda hyech bir toʻsqinliksiz Oʻzbekiston Respublikasidan chetga oʻtkazish, olib chiqish va joʻnatish huquqiga egadir.


4. Norezidentlar vakolat berilgan banklarda chet el valyutasidagi va Oʻzbekiston Respublikasi pul birligidagi schyotlarga ega boʻlishi mumkin.


5. Yuridik shaхs boʻlmish norezidentlar valyuta operatsiyalarini, shu jumladan valyuta boyliklari oldi-sotdisini faqat vakolat berilgan banklar orqali amalga oshirishlari mumkin.


6. Jismoniy shaхs norezidentlar valyuta operatsiyalarini, shu jumladan valyuta boyliklarining oldi-sotdisini vakolat berilgan banklar orqali ham, naqd pul bilan hisob-kitob qilish usulida sarrofхonalar orqali ham amalga oshirishlari mumkin.


7. Vakolat berilgan banklar tomonidan norezidentlarning chet el valyutasidagi va Oʻzbekiston Respublikasi pul birligidagi schyotlarini ochish va yuritish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydi.



V BOʻLIM. VALYuTA NAZORATI

16-modda. Valyuta nazoratining maqsad va yoʻnalishlari

1. Valyuta nazoratining maqsadi valyuta operatsiyalarini amalga oshirish vaqtida valyuta qonunlariga rioya etilishini ta’minlashdan iboratdir.


2. Valyuta nazoratining asosiy yoʻnalishlari:

amalga oshirilayotgan valyuta operatsiyalarining amaldagi valyuta qonunlariga mos boʻlishini va shu ish uchun kerakli ruхsatnomalar bor-yoʻqligini;

rezidentlar respublika valyuta fondiga chet el valyutasida soliq va boshqa toʻlovlar toʻlash boʻyicha majburiyatlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga chet el valyutasini sotish boʻyicha majburiyatlarini qanday bajarayotganini;

Respublika valyuta fondidan ajratiladigan valyuta mablalaridan moʻljallangan aniq maqsadga muvofiq va qanchalik samarali foydalanilayotganligini;

chet el valyutasidagi toʻlovlarning asosliligini;

valyuta operatsiyalari boʻyicha hisobga olish va hisobot mukammal hamda хolis boʻlishini tekshirishdan iboratdir.



17-modda. Valyuta nazorati idoralari va vakillari

1. Oʻzbekiston Respublikasida valyutani nazorat qilish valyuta nazorati idoralari hamda ularning vakillari tomonidan amalga oshiriladi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasida valyuta nazorati idoralari hisoblanadi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq valyutani nazorat qilish vazifasini amalga oshirishi mumkin boʻlgan tashkilotlar valyuta nazorati vakillari hisoblanadi.


4. Vakolat berilgan banklar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga hisobdor boʻlgan valyuta nazorati vakillari hisoblanadi.



VI BOʻLIM. VALYuTA OPERATsIYaLARI TOʻRISIDAGI

HISOBOTLAR VA VALYuTA QONUNLARINI

BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK

18-modda. Valyuta operatsiyalari

toʻrisidagi hisobotlar

Valyuta operatsiyalari toʻrisidagi hisobotlarni taqdim etish tartibini, ularning turlari, shakllari va ularni taqdim etish muddatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi bilan birgalikda belgilaydi. Valyuta operatsiyalari toʻrisida hisobot taqdim etmaslik valyuta qonunlarini buzish hisoblanadi.



19-modda. "Valyutani tartibga solish toʻrisida"gi

Qonunni buzganlik uchun javobgarlik

"Valyutani tartibga solish toʻrisida"gi Qonunning talablarini buzganlik uchun aybdorlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga binoan jinoiy, ma’muriy javobgarlikka va fuqarolik-huquqiy javobgarligiga tortiladilar.



20-modda. Valyuta nazorati idoralari

va vakillarining javobgarligi

Valyuta boyliklari egalariga nisbatan noqonuniy хatti-harakatlar sodir etgan valyuta nazorati idoralari va ularning vakillari hamda mansabdor shaхslari valyuta boyliklari egalari oldida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga binoan javobgar boʻladilar.



21-modda. Ushbu Qonunni qoʻllashga doir yoʻriqnomalar

Ushbu Qonunni qoʻllashga doir yoʻriqnomalar va boshqa me’yoriy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi bilan birgalikda chiqariladi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                             I. Karimov