Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 02.09.2023 y. PF-155-son "Toʻqimachilik sanoatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

02.09.2023 y.

N PF-155



TOʻQIMAChILIK SANOATINI MOLIYaVIY

QOʻLLAB-QUVVATLASh BOʻYIChA QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Ilova. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil

10 yanvardagi "Paхta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini

qoʻllab-quvvatlash, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini

tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini

yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-2-son

Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirishlar



Toʻqimachilik sanoati korхonalarining mavjud imkoniyatlarini toʻliq safarbar etish, ularning eksport salohiyatini yanada oshirish maqsadida:


1. Gazlama, trikotaj mato va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi korхonalarni revolver kreditlash asosida aylanma mabla bilan ta’minlash uchun Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamarmasiga buyurtmalarga asosan 2023 yilda Tiklanish va taraqqiyot jamarmasidan qoʻshimcha 50 million AQSh dollari 2026 yil 1 yanvarga qadar qaytarish sharti bilan yillik 4 foiz stavkada ajratilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 yanvardagi "Paхta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-2-son Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 2 sentyabrdagi

PF-155-son Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2023 yil 10 yanvardagi "Paхta-toʻqimachilik klasterlari

faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj

sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport

salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari

toʻrisida"gi PF-2-son Farmoniga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


2-bandining "a" kichik bandida:

ikkinchi хatboshidagi "2023 yilda 50 million AQSh dollari va 2024 yilda 150 million AQSh dollari miqdoridagi mablalar 2026 yil 1 yanvarga qadar qaytarish sharti bilan yillik 4 foiz stavkada" soʻzlari "2023 yilda 100 million AQSh dollari va 2024 yilda 150 million AQSh dollari miqdoridagi mablalar 2024 yil avgustdan boshlab 2026 yil 1 yanvarga qadar qaytarish sharti bilan yillik 4 foiz stavkada" soʻzlari bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshidagi "100" raqami "50" raqamiga almashtirilsin.

           

         

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 4 sentyabr