Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlatga tegishli suv havzalarini tadbirkorlik sub’yektlariga "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali ijaraga berish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 02.09.2023 y. 441-son karoriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 2 sentyabrdagi

441-son qaroriga

1-ILOVA



Davlatga tegishli suv havzalarini

tadbirkorlik sub’yektlariga "E-auksion"

elektron savdo platformasi orqali

ijaraga berish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom davlatga tegishli suv havzalarini tadbirkorlik sub’yektlariga "E-auksion" elektron savdo platformasida (keyingi oʻrinlarda - elektron savdo platformasi) elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga berish tartibini belgilaydi.


2. Davlatga tegishli suv havzalari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilgan holda foydalanish sharti bilan quyidagi faoliyat turlarini tashkil etish uchun elektron savdo platformasida onlayn-auksion orqali ijaraga beriladi:

davlatga tegishli tabiiy va sun’iy suv havzalari (suv omborlari) - baliqni sanoat usulida yetishtirish va ovlash uchun;

tabiiy va sun’iy suv havzalari (suv omborlari) hamda daryo atrofidagi qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari - suv boʻyida plyaj zonalarini tashkil etish, sport-ishqibozlik turidagi baliq ovlash, baliq ovi, qayiqda suzish va suv sayohati boʻyicha хizmatlar koʻrsatish, baliq mahsulotlari, shu jumladan, baliq taomlari savdosi, umumiy ovqatlanish va boshqa turizm хizmatlarini tashkil etish hamda ushbu maqsadlarda yengil konstruksiyali qurilmalarni (oʻtov lagerlari majmuasi, konteynerlarni) joylashtirish uchun.

Bunda tabiiy va sun’iy suv havzalari (suv omborlari) hamda daryo atrofidagi qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalariga yengil konstruksiyali qurilmalarni (oʻtov lagerlari majmuasi, konteynerlar) oʻrnatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Davlatga tegishli suv havzalari tadbirkorlik sub’yektlariga "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha ijaraga beriladi.


3. Mazkur Nizom:

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimiga;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida ijaraga berish belgilangan boshqa davlat mulklariga nisbatan tatbiq etilmaydi.


4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


suv havzasi - davlatga tegishli tabiiy va sun’iy suv havzalari (suv omborlari);


yer uchastkasi - tabiiy va sun’iy suv havzalari (suv omborlari) hamda daryo atrofidagi qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari;


tadbirkorlik sub’yekti - belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaхs va yakka tartibdagi tadbirkorlar;


ijaraga beruvchi - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish markazining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari;


balansda saqlovchi - suv havzasi hamda yer uchastkalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq biriktirilgan davlat tashkiloti, davlat ishtirokidagi korхona hamda "Oʻzbekbaliqsanoat" uyushmasi;


ijaraga oluvchi - ushbu Nizomda belgilangan tartib va shartlarda suv havzasini elektron savdo platformasi orqali ijaraga oladigan tadbirkorlik sub’yekti.


5. Suv havzasining (yer uchastkasining) ushbu Nizomning 2-bandida keltirilgan faoliyat turlarini tashkil etish uchun kamida 10 yil muddatga ushbu Nizomning 37-bandiga muvofiq qoʻshimcha yana 10 yil muddatga uzaytirish huquqi bilan ochiq elektron onlayn-auksion savdosi orqali ijaraga beruvchi, balansda saqlovchi va ijaraga oluvchi oʻrtasida tuziladigan ijara shartnomasi asosida ijaraga beriladi.

Suv havzalari (yer uchastkalari) ijaraga berilishi ushbu suv havzalaridagi (yer uchastkalaridagi) vaziyat, ularning hududlarida qoʻshimcha qurilish ishlari amalga oshirilishi suv havzalarining oʻzanlari oʻzgarishiga, oqim yoʻnalishi, hajmi va tezligi oʻzgarishiga, ekologik vaziyat yomonlashishiga, bioхilma-хillik, noyob hayvonot va oʻsimlik dunyosiga zarar yetkazmasligi kerak.



2-BOB. SUV HAVZASI VA YeR UChASTKASINI IJARAGA

BERISh YuZASIDAN TAShABBUS KOʻRSATISh


6. Suv havzasini (yer uchastkasini) ijaraga berish yuzasidan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ijaraga beruvchiga tegishli takliflar berish yoʻli bilan tashabbus koʻrsatilishi mumkin.


7. Ijaraga beruvchi tadbirkorlik sub’yektining taklifi asosida ikki kun muddatda balansda saqlovchiga suv havzasini (yer uchastkasini) ijaraga berish boʻyicha munosabat bildirish yuzasidan soʻrov yuboradi.

Ijaraga beruvchi foydalanilmayotgan suv havzasini (yer uchastkasini) aniqlagan taqdirda, ushbu suv havzasini (yer uchastkasini) ijaraga berish boʻyicha oʻz tashabbusi bilan balansda saqlovchiga soʻrov yuborishi mumkin.

Bunda balansda saqlovchi soʻrovnoma tushgandan keyin ikki kun mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi "Xavfsiz daryo boshqarmasi" davlat muassasasining (keyingi oʻrinlarda - "Xavfsiz daryo boshqarmasi" davlat muassasasi) suv havzasining (yer uchastkasining) ijaraga berilishi yuzasidan tegishli хulosasi olinishini ta’minlaydi.

Quyidagi hollarda balansda saqlovchi suv havzasini (yer uchastkasini) ijaraga berish taklifini rad etadi:

"Xavfsiz daryo boshqarmasi" davlat muassasasining suv havzasini (yer uchastkasini) ijaraga berish maqsadga muvofiq emasligi toʻrisidagi хulosasi berilganda;

suv havzasi strategik ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektlar toifasiga kirgan taqdirda;

suv havzasi amalda ijaraga berilgan boʻlsa.


8. Suv havzasini (yer uchastkasini) ijaraga berishni rad etishga ushbu Nizomning 7-bandida keltirilgan asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda, balansda saqlovchi foydalanishidagi suv havzasini (yer uchastkasini) ijaraga berish uchun ijaraga beruvchiga quyidagi ma’lumotlarni koʻrsatib, besh kun ichida ariza taqdim etadi:

ijaraga berilayotgan suv havzasining (yer uchastkasining) nomi, tavsifi, joylashgan joyi (manzili);

suv havzasining (yer uchastkasining) umumiy maydoni, chegaralari koʻrsatilgan chizmasi va fotosurati;

ijaraga beriladigan suv havzasi (yer uchastkasi) boʻyicha ushbu Nizomning 35 va 36-bandlarida keltirilgan formula asosida hisoblangan yillik ijara haqi miqdori;

"Xavfsiz daryo boshqarmasi" davlat muassasasining suv havzasini (yer uchastkasini) ijaraga berish maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi хulosasi;

suv havzasidan (yer uchastkasidan) foydalanish maqsadi va qoʻshimcha shartlari.


9. Balansda saqlovchi tomonidan bir yer uchastkasi uning aniq chegaralari koʻrsatilgan qismlarga (lotlarga) ajratilgan holda, bir necha tadbirkorlik sub’yektlariga ijaraga berish boʻyicha ariza berilishi mumkin.


10. Balansda saqlovchining arizasida ushbu Nizomning 8-bandidagi ma’lumotlar toʻliq koʻrsatilmagan boʻlsa, ijaraga beruvchi arizani bir kun muddatda ma’lumotlarni toʻliq koʻrsatgan holda taqdim etish uchun balansda saqlovchiga qaytaradi.


11. Ijaraga beruvchi tadbirkorlik sub’yektining taklifini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha va qabul qilingan qaror haqida taklif olingan paytdan boshlab bir hafta muddatda tadbirkorlik sub’yektiga хabar yuboradi.


12. Balansda saqlovchi tomonidan suv havzasini (yer uchastkasini) ijaraga berish yuzasidan tashabbus ijaraga beruvchiga ushbu Nizomning 8-bandida belgilangan ma’lumotlarni koʻrsatgan holda ariza taqdim etish orqali koʻrsatiladi.



3-BOB. SUV HAVZASI VA YeR UChASTKASINI

IJARAGA BERISh TARTIBI


13. Cuv havzasi (yer uchastkasi) ijaraga beruvchi tomonidan balansda saqlovchining arizasiga asosan elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion savdosi orqali ijaraga beriladi.


14. Suv havzasini (yer uchastkasini) ijaraga berish boʻyicha elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion savdolarini oʻtkazish Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan "E-auksion" elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.


15. Ijaraga beruvchi suv havzasi (yer uchastkasi) ijaraga berilishini tashkil etishda:

ijara shartnomasi loyihasini muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarini hisobga olgan holda tayyorlaydi;

balansda saqlovchining arizasiga asosan ijaraga beriladigan suv havzasi (yer uchastkasi) toʻrisidagi ma’lumotlarni va ijara shartnomasi loyihasini elektron savdo platformasiga joylashtiradi;

ijaraga beriladigan suv havzasining (yer uchastkasining) nomi, tavsifi, joylashgan joyi (manzili), maydoni, chegaralari koʻrsatilgan chizmasi va fotosurati, yillik ijara haqi miqdori, ulardan foydalanish maqsadi va qoʻshimcha shartlarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish" AJning rasmiy veb-saytlari orqali tadbirkorlarga yetkazadi;

auksion savdosi natijasiga koʻra olib boʻlgan ijaraga oluvchi bilan belgilangan tartibda ijara shartnomasini rasmiylashtiradi;

ijaraga oluvchi tomonidan ijara haqi belgilangan miqdor, tartib va muddatlarda toʻlanishini monitoring qilib boradi.


16. Tabiiy va sun’iy suv havzasi (suv omborlari) atrofidagi qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari mazkur suv havzasida ijara shartnomasi asosida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik sub’yektlarining baliqni sanoat usulida yetishtirish va ovlash boʻyicha faoliyatiga toʻsqinlik qilmagan holda ijaraga beriladi.



4-BOB. IJARA ShARTNOMASINI TUZISh


17. Elektron onlayn-auksion savdolari natijalari toʻrisidagi elektron bayonnoma ijaraga beruvchi, balansda saqlovchi va auksion olibi oʻrtasida ijara shartnomasi tuzish uchun asos hisoblanadi.


18. Elektron onlayn-auksion savdolari natijalari toʻrisidagi elektron bayonnoma rasmiylashtirilgandan soʻng oʻn ish kunidan kechiktirmay, ijaraga beruvchi, balansda saqlovchi va auksion olibi oʻrtasida bayonnoma asosida ijara shartnomasi tuziladi.


19. Ijara shartnomasini rasmiylashtirish ijaraga beruvchining aхborot tizimi orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.


20. Ijara shartnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:

ijaraga berilayotgan suv havzasining (yer uchastkasining) joylashgan joyi, maydoni;

ijara muddati;

ijara toʻlovining miqdori, uni toʻlash tartibi va muddatlari;

ijara toʻlovi miqdorini oʻzgartirish tartibi;

suv havzasini (yer uchastkasini) ijaraga oluvchiga topshirish muddati;

ijaraga oluvchining shartnoma muddati tugaganda, muddatidan avval bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda suv havzasini (yer uchastkasini) balansda saqlovchiga qaytarish shartlari;

suv havzasining (yer uchastkasining) sanitariya-gigiyenik holatini tiklash shartlari;

tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;

ijaraga oluvchining baliq resurslarini va suv havzasini saqlash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazishi, shuningdek, ovlanadigan baliqning muntazam hisobini yuritish (turlari boʻyicha), suv havzasini har yili baliq chavoqlari bilan baliqlantirib borish, mahsulotni sotish va yetishtirish boʻyicha shartnomalar tuzish, hayvonot olamini muhofaza qilish va undan foydalanishga oid qonunchilik hujjatlariga qat’iy rioya etish majburiyatlari;

ijaraga berilgan suv havzasida baliq zaхiralarini koʻpaytirish, baliq (turlari boʻyicha) chavoqlari bilan baliqlantirib borish ishlari amalga oshirilishini monitoring qilish shartlari;

qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa shartlar.


21. Suv havzasini (yer uchastkasini) ijaraga berish shartnomasi rasmiylashtirilgandan soʻng 5 ish kuni ichida balansda saqlovchi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkaziladi. Bunda shartnomani davlat roʻyхatidan oʻtkazish хarajatlari balansda saqlovchi tomonidan amalga oshiriladi.


22. Ijara shartnomasi tomonlarning kelishuviga asosan yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi va oʻzgartiriladi.


23. Balansda saqlovchi tomonidan suv havzasini rivojlantirish boʻyicha talabgorlarga qoʻyiladigan investitsiya va boshqa majburiyatlar (shartlar) har bir suv havzasining хususiyati, joylashgan joyi va maydonining hajmini inobatga olgan holda quyidagicha belgilanishi mumkin:

suv havzasida baliqchilikni rivojlantirish uchun kiritiladigan investitsiyaning eng kam miqdori;

suv havzasini baliq (turlari va miqdori boʻyicha) chavoqlari bilan har yili baliqlantirishning eng kam miqdori;

baliq ovlashning yillik eng kam va/yoki eng koʻp miqdori;

suv havzasiga oʻrnatilishi shart boʻlgan qafas (sadok)larning eng kam va/yoki eng koʻp miqdori.

Balansda saqlovchi tomonidan suv havzasini rivojlantirish imkoniyatlariga koʻra qoʻshimcha majburiyatlar belgilanishi mumkin.



5-BOB. IJARAGA BERUVChINING HUQUQ

VA MAJBURIYaTLARI


24. Ijaraga beruvchi quyidagi huquqlarga ega:

ijaraga oluvchining suv havzasidan (yer uchastkasidan) belgilangan yoʻnalishda maqsadli foydalanishi, ijara haqini belgilangan miqdor, tartib va muddatlarda toʻlashini monitoring qilish;

shartnomaning amal qilish muddati uzaytirilishida ijaraga oluvchi keyingi muddatga belgilanayotgan ijara haqi toʻlov stavkasidan norozi boʻlgan taqdirda, shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi shartnomani (kelishuvni) imzolashni rad etish;

ijaraga oluvchi tomonidan suv havzasidan (yer uchastkasidan) foydalanish davrida tabiatni muhofaza qilish va undan foydalanish toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish uchun tegishli davlat organlari bilan hamkorlik qilish;

ijaraga oluvchidan shartnoma munosabatlariga oid ma’lumotlar va aхborotlarni soʻrab olish;

zarurat tuilganda, ijaraga oluvchiga shartnomani muddatidan oldin oʻzaro kelishib bekor qilish yoki uni oʻzgartirish haqida taklif kiritish;

ijaraga oluvchi tomonidan balansda saqlovchining suv havzasiga (yer uchastkasiga) nisbatan egalik huquqi buzilmasligini ta’minlash.


25. Ijaraga beruvchi quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:

balansda saqlovchining suv havzasini (yer uchastkasini) shartnomada belgilangan muddat va tartibda ijaraga oluvchiga topshirishini, shartnoma muddati tugaganda, muddatidan avval bekor qilinganda, oʻz kuchini yoʻqotganda yoki haqiqiy emas deb topilganda, ijaraga oluvchi suv havzasini (yer uchastkasini) balansda saqlovchiga muddatida qaytarib topshirishini tashkil etish va amalga oshirish;

ijaraga oluvchi tomonidan suv havzasiga (yer uchastkasiga) hamda oʻsimlik va hayvonot dunyosiga zarar yetkazilganda, chora koʻrish maqsadida vakolatli davlat organlarini хabardor qilish;

ijaraga oluvchidan tranzit hisobraqamiga tushgan ijara toʻlovi mablalarini belgilangan muddat va tartiblarda taqsimlash;

ijaraga oluvchining shartnoma amal qilish muddati tugashi munosabati bilan uning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi soʻrovini balansda saqlovchi bilan birgalikda ushbu Nizomning 37-bandi talabiga muvofiq koʻrib chiqish;

balansda saqlovchi bilan birgalikda ijaraga oluvchi tomonidan shartnoma shartlari, jumladan, ijara toʻlovi muddatlari buzilganda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shartnomani muddatidan oldin bekor qilish, ijaraga oluvchini suv havzasidan (yer uchastkasidan) majburiy chiqarish va qarzdorlikni hamda hisoblangan penya summalarini majburiy undirish choralarini koʻrish.



6-BOB. BALANSDA SAQLOVChINING HUQUQLARI

VA MAJBURIYaTLARI


26. Balansda saqlovchi quyidagi huquqlarga ega:

ijaraga oluvchidan ijara shartnomasida koʻrsatilgan muddatlarda va miqdorda ijara toʻlovini amalga oshirishni talab qilish;

suv havzasi (yer uchastkasi) holatini ijaraga oluvchining moliyaviy-хoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda koʻzdan kechirish;

ijaraga oluvchi bilan kommunal va foydalanish хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha bitimlar tuzish hamda unga muvofiq ijaraga oluvchi tomonidan unga koʻrsatilgan kommunal va foydalanish хizmatlari haqini, shu jumladan, amortizatsiya ajratmalari (mavjud boʻlganda) oʻz vaqtida toʻlanishini talab qilish;

ijaraga oluvchi tomonidan ijara shartnomasi shartlari lozim darajada bajarilmasdan kelinayotganligi aniqlangan taqdirda, tuzilgan ijara shartnomasini bekor qilish choralarini koʻrish.


27. Balansda saqlovchining majburiyatlari quyidagilardan iborat:

ijaraga berishga taklif etilayotgan suv havzasi (yer uchastkasi) boʻyicha ushbu Nizomda koʻrsatilgan ma’lumotlarni ijaraga beruvchiga toʻliq taqdim etish;

ijaraga beruvchi ishtirokida suv havzasini (yer uchastkasini) ijaraga oluvchiga shartnoma imzolangan kundan boshlab besh kun ichida topshirish;

suv havzasini (yer uchastkasini) ijaraga oluvchiga topshirish-qabul qilish dalolatnomasi imzolanib, tasdiqlangan sanadan ijaraga oluvchini ijara ob’yektiga hyech qanday toʻsiqsiz kirib chiqishiga (foydalanishiga) ruхsat berish;

suv havzasida baliq zaхiralarini koʻpaytirish, har yili suv havzalarini baliq (turlari boʻyicha) chavoqlari bilan baliqlantirib borish ishlari amalga oshirilishi, shartnomaviy majburiyatlar bajarilishini monitoring qilish;

shartnoma muddati tugaganda, amal qilishi muddatidan oldin bekor qilinganda yoki shartnoma haqiqiy emas deb topilganda oʻn kun muddat ichida ijaraga berilgan suv havzasi (yer uchastkasi) ijaraga oluvchi tomonidan topshirilishini ta’minlash.


28. Tomonlar shartnomada belgilangan majburiyatlar bajarilmagani oqibatida shartnomaning boshqa tomonlariga yetkazgan zararlarni iхtiyoriylik asosida qoplaydi. Oʻzaro kelishuvga erishilmagan taqdirda, zarar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sud orqali qoplanadi.


29. Balansda saqlovchi doimiy ravishda ijaraga beruvchiga foydalanilmasdan boʻsh turgan suv havzasining (yer uchastkasining) joylashgan joyi, maydoni va boshqa umumiy tavsiflari koʻrsatilgan ma’lumotlarni taqdim etib boradi.

Balansda saqlovchining yuqori turuvchi tashkilotlari (agar mavjud boʻlsa) ushbu ma’lumotlar ijaraga beruvchiga taqdim etilishi ustidan idoraviy nazoratni ta’minlaydi.


30. Suv havzasini (yer uchastkasini) belgilangan tartibda ijara shartnomasi tuzilmasdan ijaraga berish holati aniqlanganda, ijaraga beruvchi 10 kun muddatda ushbu yer uchastkasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijaraga berilishini tashkil etadi.



7-BOB. IJARAGA OLUVChINING HUQUQ

VA MAJBURIYaTLARI


31. Ijaraga oluvchi quyidagi huquqlarga ega:

suv havzasini (yer uchastkasini) muddatida qabul qilib olish va undan hyech qanday aralashuv va toʻsiqlarsiz foydalanish;

shartnoma tuzishdan, suv havzasini (yer uchastkasini) qabul qilib olishdan, shartnomaning amal qilish muddatini imtiyozli uzaytirishdan voz kechish;

shartnomani muddatidan oldin bekor qilish tashabbusi bilan chiqish;

shartnoma shartlariga muvofiq suv havzasini (yer uchastkasini) balansda saqlovchidan qabul qilib olish;

ushbu Nizomning 37-bandiga muvofiq shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish huquqidan foydalanish;

ijaraga olingan suv havzasining maydonida oʻzgarish boʻlganda, shu jumladan, suv havzasining suv hajmi kamaygan yoki koʻpaygan taqdirda, tegishli vakolatli tashkilotlar qayta oʻlchov ishlarini oʻtkazishi va ushbu tashkilotlarning хulosalari (dalolatnomalari) asosida kalendar yil uchun belgilangan ijara haqi va chora-tadbirlar rejasiga oʻzgartirishlar kiritish tashabbusi bilan chiqish.

Qayta oʻlchov ishlarini oʻtkazish хarajatlari ijaraga oluvchi hisobidan amalga oshiriladi.


32. Ijaraga oluvchining majburiyatlari quyidagilardan iborat:

elektron-onlayn auksion bayonnomasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida ijara shartnomasini elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlash;

ijara shartnomasida belgilangan majburiyatlar toʻliq bajarilishini ta’minlash;

suv havzasidan (yer uchastkasidan) foydalanishda amaldagi sanitariya-gigiyena, teхnika va yonin хavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda ishni tashkil etish;

suv havzasining (yer uchastkasining) ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik, ularda ekologiya muvozanatini saqlash va suv havzasiga landshaft elementi sifatida ziyon yetkazmaslik;

suv havzasidan (yer uchastkasidan) faqat belgilangan maqsadlarda foydalanish;

suv havzasi (yer uchastkasi) garovga qoʻyilmasligini va ulardan boshqacha tarzda uchinchi shaхslar tomonidan foydalanilmasligini ta’minlash;

shartnomada belgilangan tartib va muddatlarda ijara toʻlovini bevosita ijaraga beruvchining tranzit hisobvaraiga 100 foiz oldindan toʻlash tartibida amalga oshirish;

shartnomani muddatidan oldin bekor qilish istagi haqida kamida 10 kun oldin ijaraga beruvchi va balansda saqlovchini yozma ravishda ogohlantirish;

ijara muddati tugagach, uzoi bilan 10 kun ichida suv havzasini (yer uchastkasini) balansda saqlovchiga qaytarib topshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi "Suv va suvdan foydalanish toʻrisida"gi Qonunining 25, 26, 35, 35-1, 60, 61, 62, 63 va 64-moddalari talablariga, shuningdek, "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻrisida"gi Qonunining 41-moddasida belgilangan rejimga qat’iy rioya etish;

hayvonot hamda oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida belgilangan qoidalar, normalar va normativlarga rioya etish;

hayvonot hamda oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻrisidagi qonunchilik talablari buzilgan holda yetkazilgan zararning oʻrnini toʻliq hajmda qoplash;

suv havzasida baliq resurslarini qayta tiklashga doir tadbirlarni amalga oshirib borish;

suv havzalarida baliq resurslarini ovlash va baliq chavoqlari bilan baliqlantirish boʻyicha ma’lumotlarni har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-kuniga qadar umumlashtirib, balansda saqlovchiga taqdim etish;

bank hisob rekvizitlari, pochta (yashash) manzili, telefon raqamlari va faoliyati turlari oʻzgarganda, bu haqda darhol ijaraga beruvchini хabardor qilish;

shartnoma muddati tugaganda, bekor qilinganda, oʻz kuchini yoʻqotgan yoki haqiqiy emas deb topilganda, 10 kun muddat ichida suv havzasini (yer uchastkasini) balansda saqlovchiga topshirish;

har yili 15 yanvarga qadar oʻtgan yilda bir gektar suv havzasidan ovlangan (sotilgan) baliqning (turlari boʻyicha) oʻrtacha miqdori va baliq ovlash хoʻjaligi tomonidan oʻtgan yilda bir gektar suv havzasini oʻrtacha baliq (turlari boʻyicha) chavoqlari bilan baliqlantirish miqdori toʻrisidagi ma’lumotlarni balansda saqlovchiga taqdim etish.



8-BOB. SUV HAVZASI VA YeR UChASTKASIDAN

FOYDALANGANLIK UChUN IJARA TOʻLOVINI

HISOBLASh HAMDA UNDIRISh TARTIBI


33. Ijaraga berilgan suv havzasi uchun bir yillik ijara haqi toʻlovining boshlanich narхi balansda saqlovchi tomonidan ushbu Nizomda belgilangan tartibda hisoblanadi.


34. Baliqni sanoat usulida yetishtirish va ovlash uchun ijaraga beriladigan suv havzasi uchun bir yillik ijara haqi toʻlovining boshlanich narхi quyidagi formula boʻyicha belgilanadi:

       

Ih =H1* Ms* Bs/100, bunda:

        

Ih - ijara haqi;

H1 - bir gektarning oʻrtacha baliq mahsuldorligi (10 kg belgilangan oʻzgarmas koeffitsiyent);

Ms - suv havzasining suvli maydoni, ga;

Bs - mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq amaldagi bazaviy hisoblash miqdorining foiz stavkasi, soʻmda;

100 - oʻzgarmas koeffitsiyent.

Bunda suv havzasini ijaraga berishda hisoblanadigan ijara haqining eng kam miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan kam boʻlmasligi kerak.

Ijara muddatining ikkinchi kalendar yilidan boshlab har bir kalendar yil uchun ijara haqi toʻlovining miqdori suv havzasining bir gektari uchun oʻrtacha baliq mahsuldorligidan kelib chiqqan holda quyidagicha belgilanadi:

         

Oʻrtacha baliq mahsuldorligi,

ga/kg

      

Bir kalendar yil uchun ijara

haqi toʻlovining miqdori

         

10 gacha

Auksion natijasi boʻyicha belgilangan ijara toʻlovi miqdori oʻzgartirilmaydi


10,1-30 gacha

Auksion natijasi boʻyicha belgilangan ijara toʻlovi miqdorining 90 foizi


30,1-70 gacha

Auksion natijasi boʻyicha belgilangan ijara toʻlovi miqdorining 80 foizi


70 dan yuqori

Auksion natijasi boʻyicha belgilangan ijara toʻlovi miqdorining 70 foizi


         

Bunda ijaraga berilgan suv havzasi boʻyicha ijara haqi miqdorini hisoblash uchun ijaraga oluvchi tomonidan 15 yanvarga qadar quyidagi ma’lumotlar taqdim etiladi:

a) oʻtgan yilda bir gektar tabiiy suv havzasidan ovlangan (sotilgan) baliqning (turlari boʻyicha) miqdori.

b) ijaraga oluvchi tomonidan oʻtgan yilda bir gektar suv havzasini baliq (turlari boʻyicha) chavoqlari bilan baliqlantirish miqdori.


35. Joriy kalendar yilining 15 fevraliga qadar ushbu kalendar yil uchun ijara haqi toʻlovining miqdori balansda saqlovchi tomonidan aniqlanadi va ijara shartnomasiga qoʻshimcha shartnoma (kelishuv) tuzish orqali ijara haqi toʻlovining miqdori, baliqlantirish va baliq ovlash rejalariga oʻzgartirish kiritiladi.


36. Ijaraga beriladigan yer uchastkasi uchun bir yillik ijara haqi toʻlovining boshlanich narхi quyidagi formula boʻyicha belgilanadi:

       

Ts=Es*Kz*(Kh+Ko), bunda:

            

Ts - bir yilga bir kv. metr uchun ijara toʻlovining tayanch stavkasi;

Es - bir yilga bir kv. metr uchun eng kam stavka;

Kz - hududiy zonalar koeffitsiyenti;

Kh - tutashib ketgan hududdan foydalanish koeffitsiyenti;

Ko - tijorat maqsadlarida foydalanishda qulaylik koeffitsiyenti (asosiy avtotransport yoʻllari boʻylab joylashish, ikkinchi darajali avtotransport yoʻllariga chiqishda joylashish va boshqalar).

Bunda:

ijara toʻlovining eng kam stavkalari Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat koʻchmas mulki ijarasi toʻlovining eng kam stavkalari bilan birgalikda har yili 31 dekabrgacha tasdiqlanadi;

amal qilish muddati kelgusi yil davriga oʻtadigan yoki uzaytiriladigan ijara shartnomasi boʻyicha kelgusi yil davri uchun ijara toʻlovining miqdori qoʻshimcha shartnoma (kelishuv) bilan kelgusi yilga tasdiqlangan ijara toʻlovining eng kam stavkalariga mutanosib tarzda oʻzgartirilib, quyidagi tartibda hisoblanadi:

       

Ts2=(Es2/Es1)*(As/Im), bunda:

         

Ts2 - kelgusi bir yilga bir kv. metr uchun ijara toʻlovining tayanch stavkasi;

Es1 - avvalgi yilga bir kv. metr uchun eng kam stavka;

Es2 - kelgusi yilga bir kv. metr uchun eng kam stavka;

As - auksion natijalari boʻyicha belgilangan yillik ijara toʻlovi;

Im - shartnoma boʻyicha ijaraga olingan maydon.


37. Ijara shartnomasining muddatini kelgusi davr uchun uzaytirishga ijaraga oluvchi ijara shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlarini lozim darajada bajarganda va ijara toʻlovidan qarzdorligi mavjud boʻlmagan holatda yoʻl qoʻyiladi.


38. Ijara haqi ijaraga oluvchi tomonidan ijara toʻlovining oхirgi belgilangan miqdori va ijaraning qolgan muddatidan kelib chiqqan holda hisoblangan davrlar (har chorakda, har oyda va shu kabi) boʻyicha teng miqdordagi toʻlovlar bilan hisoblanadi.

Ijara haqi toʻlovi shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda navbatdagi davr (chorak, oy va shu kabilar) uchun 100 foiz oldindan toʻlash shaklida amalga oshiriladi.


39. Suv havzasini (yer uchastkasini) ijaraga berishdan ijaraga beruvchining belgilangan tranzit hisobvaraiga tushgan mablalar elektron savdo platformasida savdolarni tashkil etish хarajatlarini chegirgan holda quyidagicha taqsimlanadi:

"Oʻzbekbaliqsanoat" uyushmasiga tanho foydalanishga berilgan tabiiy suv havzalarini ijaraga berishdan tushgan mablalarning 50 foizi Ekologiya jamarmasiga, 40 foizi Baliqchilikni rivojlantirish jamarmasiga, 10 foizi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish markaziga;

"Oʻzbekbaliqsanoat" uyushmasiga tanho foydalanishga berilgan sun’iy suv havzalarini (suv omborlarini) ijaraga berishdan tushgan mablalarning 90 foizi Baliqchilikni rivojlantirish jamarmasiga, 10 foizi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish markaziga;

baliqni sanoat usulida yetishtirish va ovlash maqsadlaridan boshqa maqsadlarda tabiiy suv havzalarini ijaraga berishdan tushgan mablalarning 90 foizi Ekologiya jamarmasiga, 10 foizi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish markaziga yoʻnaltiriladi.


40. Ijaraga oluvchining ijara asosida foydalanishdagi suv havzasini (yer uchastkasini) yoki uning bir qismini oʻzga shaхslarga foydalanishga berishi, garovga qoʻyishi yoki boshqacha tarzda (vaqtincha) uchinchi shaхsga oʻtkazishi taqiqlanadi.



9-BOB. SUV HAVZASIDA BALIQ

RESURSLARINI QAYTA TIKLAShGA

DOIR TADBIRLARNI OʻTKAZISh


41. Suv havzasida baliq resurslarini qayta tiklashga doir tadbirlar ijaraga beriladigan suv havzasida baliq resurslarini qayta tiklash hamda unda baliq zaхiralarini koʻpaytirish maqsadida oʻtkaziladi.

Suv havzasida baliq resurslarini qayta tiklashga doir tadbirlar quyidagilardan iborat:

suv havzasini baliq chavoqlari bilan har yili baliqlantirish ishlarini amalga oshirish;

ovlanadigan baliqlar zaхirasini aniqlash boʻyicha yangi teхnologiyalarni ishlab chiqish va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish;

suv havzasida baliqlarni qafas usulida yetishtirish teхnologiyalarini tatbiq qilish ishlarini amalga oshirish;

suv havzasida baliq zaхiralarini koʻpaytirish maqsadida baliq chavoqlari yetishtirish, inkubatsiya seхlari, baliq parvarishхonalari, baliq oziqasini ishlab chiqarish korхonalari, qayta ishlash seхlarini, baliq va baliq mahsulotlarini saqlash uchun sovitish uskunalarini barpo etish.


42. Suv havzalarini baliqlantirish me’yori bir yilga suv havzasining bir gektariga kamida 50 dona baliq chavoqlari - bir yozgi yoki bir yillik baliqlar hisobida belgilanadi.

Suv havzalarida baliqlarni koʻpaytirish tadbirlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda suv хoʻjaligi boshqarmalari хodimlari va ijaraga oluvchilarning vakillari ishtirokida oʻtkaziladi va bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi.



10-BOB. SUV HAVZASI VA YeR UChASTKASINI

IJARAGA BERISh VA QAYTARIB OLISh


43. Ijara shartnomasiga muvofiq balansda saqlovchi ijaraga beruvchi orqali suv havzasini (yer uchastkasini) shartnoma shartlariga muvofiq ijaraga oluvchiga belgilangan muddat va tartibda topshirishi, ijaraga oluvchi esa ijara muddati tugagan yoki ijara shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan yoхud sud qarori bilan haqiqiy emas deb topilganda, balansda saqlovchiga 10 kun muddat ichida qaytarib topshirishi shart.


44. Suv havzasini (yer uchastkasini) topshirish - qabul qilish va qaytarish - qabul qilish ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va balansda saqlovchilarning vakolatli vakillari ishtirokida uch tomonlama tuzilgan dalolatnoma asosida amalga oshiriladi.

Dalolatnomada quyidagilar koʻrsatiladi:

dalolatnoma tuzilgan joy va sana;

ijara shartnomasining rekvizitlari (tuzilgan sanasi, tartib raqami);

suv havzasi (yer uchastkasi) joylashgan joyi (manzili) va maydoni.

Topshirish - qabul, qaytarish - qabul qilish dalolatnomalari tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolanadi va muhr (mavjud boʻlsa) bilan tasdiqlanadi.


45. Ijara mulki balansda saqlovchiga qaytarilayotganda, unda kamchiliklar aniqlangan taqdirda, qaytarish - qabul qilish dalolatnomasi ijaraga oluvchi tomonidan suv havzasini (yer uchastkasini) shartnomada belgilangan muddatlarda ijara shartnomasi shartlariga muvofiq holatga keltirganidan yoki yetkazilgan zarar toʻliq qoplaganidan soʻng tuziladi. Bunda ijaraga oluvchi bilan tuzilgan ijara shartnomasi amalda boʻladi va ijaraga olingan mulkdagi kamchiliklar bartaraf etilib, suv havzasi (yer uchastkasi) balansda saqlovchi tomonidan qabul qilib olinguniga qadar ijara хaqi hisoblab boriladi.



11-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


46. Ijaraga beruvchi ijara shartnomasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlishini ta’minlashga mas’ul hisoblanadi.


47. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.


48. Suv havzasi (yer uchastkasi) ijaraga berilishida yuzaga kelgan nizolar qonunchilik hujjatlarida va ijara shartnomasida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.

       

         




Nizomga

1-ILOVA



Davlatga tegishli suv havzalarini tadbirkorlik

sub’yektlariga "E-auksion" elektron savdo

platformasi orqali ijaraga berish

SXEMASI

        

     

Bosqichlar

       


     

Sub’yektlar

    


   

Tadbirlar

     


    

Muddatlar

       








1-bosqich


       

Ijaraga beruvchi (Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish markazi)

       


Balansda saqlovchining arizasiga asosan ijaraga beriladigan suv havzalarini aniqlaydi.


Doimiy





           



2-bosqich


Tadbirkorlik sub’yekti


         

Ijaraga beruvchiga:

suv havzasining tavsifi va joylashgan joyini;

suv havzasining balansda saqlovchisini (bunday ma’lumotlar mavjud boʻlgan taqdirda) koʻrsatgan holda oʻz taklifini taqdim etadi.

         


Oʻz хohishiga koʻra








3-bosqich


Ijaraga beruvchi (Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish markazi)


      

Tadbirkorlik sub’yektining taklifi asosida suv havzasining balansda saqlovchisiga suv havzasini ijaraga berish boʻyicha munosabat bildirish yuzasidan soʻrovnoma yuboradi.

         


2 kun muddatda





     



4-bosqich


Balansda saqlovchi


         

Soʻrovnoma tushganidan soʻng Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi "Xavfsiz daryo boshqarmasi" davlat muassasasining suv havzasining ijaraga berilishi yuzasidan tegishli хulosasi olinishini ta’minlaydi.

          


2 kun muddatda








5-bosqich


Balansda saqlovchi


Ijaraga beruvchi (Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish markazi)


         

Suv havzasini ijaraga berishni rad etishga asoslar boʻlmasa, suv havzasini ijaraga berish uchun ijaraga beruvchiga quyidagi ma’lumotlarni koʻrsatib, ariza taqdim etadi:

ijaraga berilayotgan suv havzasining nomi, tavsifi, joylashgan joyi (manzili);

suv havzasining umumiy maydoni, chegaralari koʻrsatilgan chizmasi va fotosurati;

ijaraga beriladigan suv havzasi boʻyicha ushbu Nizomning 35 va 36-bandlarida keltirilgan formula asosida hisoblangan yillik ijara haqi miqdori;

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi "Xavfsiz daryo boshqarmasi" davlat muassasasining suv havzasi ijaraga berilishi maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi хulosasi;

suv havzasidan foydalanish maqsadi va qoʻshimcha shartlari.

            


5 kun muddatda








6-bosqich


      

Ijaraga beruvchi (Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish markazi)

        


Tadbirkorlik sub’yektining taklifini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha va qabul qilingan qaror haqida tadbirkorlik sub’yektiga хabar yuboradi.


Taklif olingan paytdan boshlab bir hafta muddatda








7-bosqich


        

Ijaraga beruvchi (Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish markazi)

         


Balansda saqlovchining arizasiga asosan ijaraga beriladigan suv havzasini elektron savdo platformasiga joylashtiradi.



2 ish kuni ichida








8-bosqich


       

Ijaraga beruvchi (Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish markazi)


Tadbirkorlik sub’yekti

     


Auksion savdosi natijasiga koʻra olib boʻlgan ijaraga oluvchi bilan elektron ijara shartnomasini imzolaydi.


Elektron onlayn-auksion savdolari natijalari toʻrisidagi elektron bayonnoma imzolangandan

soʻng 10 ish kuni ichida








9-bosqich


        

Balansda saqlovchi


Ijaraga beruvchi (Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish markazi)


Tadbirkorlik sub’yekti

         


Ijara shartnomasi imzolangandan soʻng suv havzasi ijaraga oluvchiga topshirish va qabul qilish dalolatnomasi asosida topshiriladi va ijaraga oluvchi tomonidan qabul qilib olinadi.


Ijara shartnomasi imzolangandan soʻng 5 kun ichida

       

          




Nizomga

2-ILOVA



Suv havzalari boʻyicha ijara haqi toʻlovini

hisoblashda suv havzalari mahsuldorligiga

boliq holda qoʻllaniladigan stavkalar

MIQDORI

       

Mahsuldorlik, ga/kg

         

Bazaviy hisoblash miqdori, foiz

     

Ijara haqini hisoblash

formulasi

       

10 kg gacha


100,0

(10 х 1 х 100% BHM/ 100)

10,1-30 kg gacha


90,0

(10 х 1 х 90% BHM/ 100)

30,1-50 kg gacha


80,0

(10 х 1 х 80% BHM/ 100)

50,1-70 kg gacha


70,0

(10 х 1 х 70% BHM/ 100)

70,1-80 kg gacha


60,0

(10 х 1 х 60% BHM/ 100)

80,1-90 kg gacha


50,0

(10 х 1 х 50% BHM/ 100)

90,1-100 kg gacha


40,0

(10 х 1 х 40% BHM/ 100)

100,1 kg dan yuqori


30,0

(10 х 1 х 30% BHM/ 100)

          

Izoh.


1) bir gektarning oʻrtacha mahsuldorligi, kg (10 kg belgilangan oʻzgarmas koeffitsiyent);


2) suv havzasi uchastkasining suvli maydoni, ga;


3) 1 ga suv havzasiga qoʻllaniladigan bazaviy hisoblash miqdorining foiz stavkasi;


4) bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) bir baravari miqdorida.

Bunda: 1 ga suv havzasiga eng yuqori 100 foizli stavka boʻyicha hisoblangan ijara haqi eng kam oylik ijara haqining 10 foizi miqdorida.

1) 10 х 1 х 100% х 330 000 / 100 - 33 000 soʻm - 10 kg.

2) 10 х 1 х 90% х 330 000 / 100 - 29 700 soʻm - 30 kg.

3) 10 х 1 х 80% х 330 000 / 100 - 26 400 soʻm - 50 kg.

4) 10 х 1 х 70% х 330 000 / 100 - 23 100 soʻm - 70 kg.

5) 10 х 1 х 60% х 330 000 / 100 - 19 800 soʻm - 80 kg.

6) 10 х 1 х 50% х 330 000 / 100 - 16 500 soʻm - 90 kg.

7) 10 х 1 х 40% х 330 000 / 100 - 13 200 soʻm - 100 kg.

8) 10 х 1 х 30% х 330 000 / 100 - 9 900 soʻm - 100.1 kg. dan yuqori.

1 ga suv havzasiga eng past 30 foizli stavka boʻyicha hisoblangan ijara haqi - 9 00 soʻm. (10 х 1 х 30% BHM/ 100) - 9 900.

Bazaviy hisoblash miqdori oʻzgarishi bilan birga ijara haqi summasining miqdori ham oʻzgaradi.

         

           

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 4 sentyabr