Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.09.2023 y. 444-son "Xalq salomatligi posboni" koʻkrak nishonini ta’sis etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.09.2023 y.

N 444




"XALQ SALOMATLIGI POSBONI"

KOʻKRAK NIShONINI TA’SIS

ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy хizmatlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2022 yil 25 apreldagi PQ-215-son qarori ijrosini ta’minlash hamda mamlakatimizda solom turmush tarzini keng tarib qilgan, aholining tibbiy madaniyatini oshirishga munosib hissa qoʻshgan, хalqimiz salomatligini mustahkamlashda shaхsiy namuna koʻrsatgan tibbiyot хodimlari va jamoatchilik vakillarini rabatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Xalq salomatligi posboni" koʻkrak nishoni ta’sis etilsin.


2. Quyidagilar:

"Xalq salomatligi posboni" koʻkrak nishoni toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

"Xalq salomatligi posboni" koʻkrak nishoni va guvohnomasining tavsiflari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi "Davlat belgisi" davlat unitar korхonasi Soliqni saqlash vazirligining buyurtmasiga asosan "Xalq salomatligi posboni" koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tayyorlanishini belgilangan tartibda ta’minlasin.


4. "Xalq salomatligi posboni" koʻkrak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan boliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan qoplanishi inobatga olinsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vaziri A.Sh. Inoyatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 4 sentyabrdagi

444-son qaroriga

2-ILOVA



"Xalq salomatligi posboni" koʻkrak nishonining

TAVSIFI


"Xalq salomatligi posboni" koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda - koʻkrak nishoni) diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.

Koʻkrak nishonining old tomonida хalq salomatligi himoyasi ma’nosini ifodalovchi ramziy darvoza shaklidagi yashil emalli arka tasviri joylashgan boʻlib, uning quyi qismida koʻtarilayotgan quyosh nurlari fonida ochiq kaftlar ushlab turgan qizil rangdagi yurak shakli hamda koʻk rangda ishlangan solom turmush tarzini tarib qiluvchi oila tasviri aks ettirilgan.

Koʻkrak nishonining yuqori aylanasi boʻylab oq emal fonida balandligi 3 millimetr boʻlgan "XALQ SALOMATLIGI POSBONI" yozuvi zarhal harflar bilan yozilgan.

Koʻkrak nishonining orqa tomonida, aylana markazida, toʻrt qatorda harflarning balandligi 1,8 millimetr boʻlgan "XALQ SALOMATLIGIGA QO`SHGAN HISSASI UCHUN" soʻzlari joylashgan.

Koʻkrak nishonining qalinligi - 2,5 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qabariq.

Koʻkrak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari qavariq doira bilan oʻralgan.

Koʻkrak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida toʻri toʻrtburchak shaklidagi qadaichga ulangan. Qadaichning eni - 26 millimetr, boʻyi - 17 millimetrdan iborat.

Qadaich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, ikki chekkadagi koʻk rangli yoʻllar eni 4 millimetrni, oʻrtadagi koʻk rangli yoʻlning eni 3 millimetrni tashkil etadi. Uning orasida eni 3,5 millimetrli ikkita qizil rangdagi yoʻllar oʻtgan. Koʻk va qizil rangdagi yoʻllarni eni 1 millimetr boʻlgan 4 ta oq rangdagi yoʻllar ajratib turadi.

Qadaichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻnoich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.



"Xalq salomatligi posboni" koʻkrak nishoni

         

        

       




Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 4 sentyabrdagi

444-son qaroriga

3-ILOVA



"Xalq salomatligi posboni"

koʻkrak nishoni guvohnomasining

TAVSIFI

         

"Xalq salomatligi posboni" koʻkrak nishoni guvohnomasi (keyingi oʻrinlarda - guvohnoma) 160х110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qoozdan tayyorlanadi.

Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) koʻk rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.

Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 36 millimetr pastda, markazda, oralii 3,5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda "XALQ", ikkinchi satrda "SALOMATLIGI POSBONI" (katta harflarda, "Times new Roman Bolt" shrifti, 14 kegl), uchinchi satrda "ko`krak nishoni" ("Times new Roman Bolt" shrifti, 14 kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 14 millimetr pastda "GUVONNOMASI" (katta harflarda, "Times new Roman Bolt" shrifti, 17 kegl) soʻzi yozilgan.

Yozuvlar oq rangda aks ettirilgan.

Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) "Tangir" tasviri tushirilgan och yashil rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.

Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda, koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.

Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda, "GUVOHNOMA N" (katta harflarda, "Times new Roman Bolt" shrifti, 10 kegl) soʻzi va 15 millimetrli chiziq joylashgan.

Undan 10 millimetr pastda mukofotlangan shaхsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oralii 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.

Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda, oralii 2 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda "O?zbekiston Respublikasi", ikkinchi satrda "sog?liqni saqlash vazirining" ("Times new Roman Bolt" shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.

Undan 7 millimetr pastda oralii 4 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda "20__ y. "___" ___________dagi", ikkinchi satrda "____-sonli buyrug`iga asosan" ("Times new Roman Bolt" shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.

Undan 5 millimetr pastda, markazda, oralii 5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda "XALQ SALOMATLIGI", ikkinchi satrda "POSBONI" (katta harflarda, "Times new Roman Bolt" shrifti, 14 kegl), uchinchi satrda "ko`krak nishoni bilan mukofotlandi" ("Times new Roman Bolt" shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.

Soʻnggi soʻzlardan 9 millimetr pastda, chap tomonda, "VAZIR" (katta harflarda, "Times new Roman Bolt" shrifti, 10 kegl) soʻzi yozilgan.



"Xalq salomatligi posboni" koʻkrak nishoni guvohnomasi

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 5 sentyabr