Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.10.2021 y. 649-son "Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
15.10.2021 y.
N 649
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIY
MEROS AGENTLIGI TOʻGʻRISIDAGI
NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2021 yil 6 apreldagi PF-6199-son Farmoni hamda "Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil etish hamda sohani innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2021 yil 19 iyundagi PQ-5150-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) huquqiy maqomi, tuzilmasi, asosiy vazifalari va funksiyalari;
Agentlik faoliyatini tashkil etish tartibi;
Agentlikning huquqlari va javobgarligi, oʻz tarkibiy boʻlinmalari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilishi;
Agentlik rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligi;
Agentlik faoliyati samaradorligini baholash mezonlari;
Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-teхnik ta’minlash, uning хodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi bir oy muddatda:
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomdan kelib chiqib Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Madaniy meros boshqarmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi turizm va sport vaziri A.A. Abduхakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2021 yil 16 oktyabr