Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.03.2023 y. PQ-89-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 dekabrdagi "Xalqaro va хorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-3439-son qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

09.03.2023 y.

N PQ-89



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING 2017 YIL 20 DEKABRDAGI

"XALQARO VA XORIJIY MOLIYa INSTITUTLARI

BILAN HAMKORLIKNING SAMARADORLIGINI

YaNADA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA"GI

PQ-3439-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh

KIRITISh TOʻRISIDA



Xalqaro va хorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ilor tajriba hamda imtiyozli mablalarni keng jalb qilish, shuningdek, vazirlik va idoralarning хalqaro va хorijiy moliya institutlari bilan aloqalarini muvofiqlashtirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 dekabrdagi "Xalqaro va хorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3439-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.


2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 9 martdagi

PQ-89-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2017 yil 20 dekabrdagi "Xalqaro va хorijiy moliya

institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini

yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi

PQ-3439-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish


1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Oʻzbekiston Respublikasidan quyidagilar:

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi - хalqaro moliya institutlari (Xalqaro valyuta jamarmasi bundan mustasno) bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha vakolatli organ (boshqaruvchi idorasi);

Markaziy bank - Xalqaro valyuta jamarmasi bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha vakolatli organ (boshqaruvchi idorasi);

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U. Umurzakov - Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev - Osiyo taraqqiyot banki va Qishloq хoʻjaligini rivojlantirish хalqaro jamarmasi bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov - Jahon banki guruhi va Xalqaro valyuta jamarmasi bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi;

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov - Islom taraqqiyot banki guruhi va Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bosh direktori Sh.A. Vafayev - Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Jahon banki guruhi bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi oʻrinbosari;

Markaziy bank raisi M.B. Nurmuratov - Xalqaro valyuta jamarmasi bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi oʻrinbosari;

investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining oʻrinbosari S.I. Xamidov - Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki, Islom taraqqiyot banki guruhi va Qishloq хoʻjaligini rivojlantirish хalqaro jamarmasi bilan markazlashtirilgan hamkorlik boʻyicha boshqaruvchi oʻrinbosari etib belgilansin.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 10 mart