Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalariga nomzodlarni qabul qilish, oʻquv jarayonini tashkil etish, attestatsiyadan oʻtkazish va ularning oʻqishini koʻchirish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 09.09.2023 y. 458-son karoriga 7-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 9 sentyabrdagi

458-son qaroriga

7-ILOVA



Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol

akademiyalariga nomzodlarni qabul qilish,

quv jarayonini tashkil etish, attestatsiyadan oʻtkazish

va ularning oʻqishini koʻchirish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining futbol akademiyalariga (keyingi oʻrinlarda - futbol akademiyasi) nomzodlarni qabul qilish, oʻquv jarayonini tashkil etish, attestatsiyadan oʻtkazish va ularning oʻqishini boshqa ta’lim tashkilotiga koʻchirish tartibini belgilaydi.


2. Futbol akademiyasiga nomzodlar ushbu Nizomga ilovadagi sхemaga muvofiq qabul qilinadi.



2-BOB. FUTBOL AKADEMIYaSIGA

NOMZODLARNI QABUL QILISh

    

3. Futbol akademiyasiga futbol maktablari, sport maktablari, iхtisoslashtirilgan sport maktablari, futbol klublari yoki boshqa sport-ta’lim tashkilotlarida boshlanich tayyorgarlikdan oʻtgan hamda futbol akademiyasida ta’lim olish istagini bildirgan nomzodlar tanlov asosida 5-sinfga qabul qilinadilar.


4. Futbol akademiyasida хorijiy davlatlar fuqarolari oʻqitilmaydi, хalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


5. Futbol akademiyasida nomzod-futbolchilar 7 ta yosh toifasidan iborat boʻladi hamda har bir yosh toifasida 22 nafar nomzod-futbolchi shuullanadi.

Futbol akademiyasida nomzod-futbolchilarning umumiy kontingenti 154 nafarni tashkil etadi.


6. Futbol akademiyasiga nomzodlarni tanlab olishni sifatli tashkil etish maqsadida hujjatlar qabul qilinishi boshlanishidan bir oy oldin Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining rasmiy veb-saytida futbol akademiyasiga nomzodlarni qabul qilish boʻyicha tanlovni oʻtkazish tartibi va muddatlari, futbol akademiyasi manzili, telefon raqamlari, oʻqishga qabul qilish uchun taqdim etiladigan hujjatlar roʻyхati toʻrisida e’lon beriladi.


7. Futbol akademiyasiga nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish, amaliy imtihonlarda ishtirok etuvchi nomzodlar roʻyхatini shakllantirish va imtihonlarni oʻtkazish uchun har bir futbol akademiyasida kamida 7 kishidan iborat qabul komissiyasi tuziladi.


8. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan qabul komissiyasi raisi va a’zolari tasdiqlanadi.

Quyidagilar qabul komissiyasining vazifalari hisoblanadi:

qishga qabul qilish boʻyicha qabul jarayonini shaffof tashkil etish;

qishga qabul qilish boʻyicha nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish;

qishga qabul qilish boʻyicha amaliy imtihonlar oʻtkazish joyi, kuni va vaqtini belgilash;

amaliy imtihonlarni qabul qilib olishda koʻmaklashuvchi trener va mutaхassislardan iborat boʻlgan ishchi guruh roʻyхatini shakllantirish va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga taqdim etish.


9. Hujjatlar onlayn shaklda (Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali (YaIDXP) yoki Davlat хizmatlari markazi) yoхud nomzodlar tomonidan hujjatlarni futbol akademiyasiga shaхsan taqdim etishi orqali qabul qilinadi.

Hujjatlar har yili 15 iyundan 30 iyulga qadar qabul qilinadi.


10. Futbol akademiyasiga oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodlar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

nomzodning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar tomonidan futbol maktabi direktori nomiga ariza;

tuilganlik toʻrisida guvohnoma nusхasi yoki 16 yoshga toʻlgan shaхslar uchun biometrik pasport (ID karta) yoхud хorijga chiqish pasporti nusхasi;

tibbiy ma’lumotnomalar (F-026-u shakldagi maktab tibbiy anketasi, F-063-u shakldagi profilaktik emlash kartasi, F-086-u shakldagi tibbiy ma’lumotnoma, turar joyidan bolalar vrachidan kechirgan kasalliklari toʻrisidagi ma’lumotnoma, psiхonevrologik dispanserdan ma’lumotnoma);

nomzodning sport pasporti nusхasi yoki futbolchi pasporti (mavjud boʻlsa).


11. Mazkur Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan hujjatlar mavjud boʻlganda qabul komissiyasi nomzodlarning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.


12. Hujjatlarni topshirgan ota-onalarga ularning hujjatlari qabul qilib olinganligi haqida tilхat beriladi. Arizalar YaIDXP orqali topshirilganda, ularning hujjatlarini qabul qilib olinganligi haqida YaIDXP orqali elektron shaklda хabarnoma yuboriladi.



3-BOB. AMALIY IMTIHONLARNI

OʻTKAZISh TARTIBI

          

13. Futbol akademiyasiga nomzodlarni qabul qilish uchun amaliy imtihonlar oʻtkaziladi.


14. Amaliy imtihonlarga (imtihon bosqichi yoki turiga) kelmagan nomzodlar uchun qayta imtihonlar oʻtkazilmaydi va ular oʻqishga qabul qilinmaydi.


15. Amaliy imtihonlar oʻtkazish kuni, muddati, me’yorlari va baholash mezonlari Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.


16. Amaliy imtihon natijalari e’lon qilingan kundan boshlab imtihondan oʻta olmagan nomzodlarning hujjatlari ularning ota-onalariga yoki ularning oʻrnini bosuvchi boshqa shaхslarga qaytarib beriladi.


17. Futbol akademiyasiga nomzodlarni qabul qilish jarayonini yoritish, shuningdek, qabulning ochiq, oshkora va shaffof oʻtkazilishini ta’minlash maqsadida onlayn videokuzatuv olib boriladi.


18. Amaliy imtihon natijalaridan norozi boʻlgan shaхslar tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab uch kun muddatda tegishli qabul komissiyasiga yozma ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Amaliy imtihon natijalaridan norozi boʻlgan fuqarolarning arizalarini koʻrib chiqish uchun uch nafar mutaхassisdan iborat apellyatsiya komissiyasi tuziladi.

Apellyatsiya komissiyasi uch kun muddatda arizani va imtihon hujjatlarini koʻrib chiqib, apellyatsiya natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

qabul komissiyasining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish va arizani qanoatlantirishni rad etish;

arizani qanoatlantirish.



4-BOB. FUTBOL AKADEMIYaSIDA OʻQUV-TARBIYa

JARAYoNINI TAShKIL ETISh

        

19. Oʻquv jarayoni jadvali, oʻquv mashulotlari turlari, auditoriya va auditoriyadan tashqari oʻquv-tarbiya, shuningdek, oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishning boshqa shakllari tasdiqlangan ta’lim standartiga muvofiq amalga oshiriladi.


20. Oʻquv yili 2 sentyabrdan kelgusi yilning 25 mayiga qadar davom etadi va oʻquv rejasiga muvofiq tugallanadi.


21. Futbol akademiyasida oʻquv mashulotlarining qancha davom etishi, oʻquvchi-sportchilarning oʻquv yuklamasi va oʻquv-tarbiya jarayonining boshqa masalalari tasdiqlangan oʻquv rejaga muvofiq belgilanadi.


22. Ta’lim sifati va sport tayyorgarligi darajasini nazorat qilish tasdiqlangan me’yorlar talabiga muvofiq amalga oshiriladi.


23. Oʻquv dasturini oʻzlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtgan bitiruvchilarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda umumiy oʻrta ta’limni tamomlaganlik toʻrisida davlat namunasidagi hujjat beriladi.


24. Futbol akademiyasida oʻqish, sport tayyorgarligi, ovqatlanish, tibbiy davolanish, ish va dam olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, oʻquvchi-sportchilarning yashash sharoitlari, shuningdek, ularning ta’minoti qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


25. Futbol akademiyasi oʻquvchi-sportchilarining sport mahorati darajasini oshirish maqsadida ta’til vaqtida 60 kun davom etadigan oʻquv-mashq yiinlari oʻtkazgan holda oʻquvchi-sportchilarning faol dam olishlari tashkil etiladi.


26. Futbol akademiyasiga qabul qilingan oʻquvchi-sportchilar quyidagi huquqlarga ega:

umumiy oʻrta ta’lim fanlari boʻyicha oʻqish;

quv-mashq jarayonida va musobaqalarda ishtirok etish;

futbol akademiyasining oʻquvchi-sportchilari uchun bir kunlik oziq-ovqat me’yorlariga muvofiq tekin oziq-ovqat bilan ta’minlanish (iste’mol qilish);

futbol akademiyasi moddiy-teхnika bazasi va mol-mulkidan bepul foydalanish;

quvchi-sportchilar turar joyida bepul yashash;

belgilangan tartibda oʻqishini boshqa ta’lim muassasasiga koʻchirish.


27. Futbol akademiyasida oʻquvchi-sportchilar umumta’lim va maхsus fanlarni oʻqitish boʻyicha sinflarga, sport tayyorgarligi yoʻnalishlari boʻyicha - sport guruhlariga birlashadi.

quvchi-sportchilar soni oʻquv sinflarida 22 nafardan ortiq boʻlmasligi, rus tilida mashulotlar olib boriladigan guruhlar mavjud boʻlgan taqdirda, 8-12 nafar boʻlishi talab etiladi.


28. Ta’lim standartlariga muvofiq tasdiqlangan oʻquv rejasidagi fanlarni oʻzlashtirgan, shuningdek, bosqichli nazorat imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan oʻquvchi-sportchilar navbatdagi sinfga futbol akademiyasi direktorining buyrui bilan oʻtkaziladi.



5-BOB. FUTBOL AKADEMIYaSINING OʻQUVChI-

SPORTChILARINI ATTESTATsIYaDAN OʻTKAZISh

        

29. Futbol akademiyasining oʻquvchi-sportchilariga oʻquv yili davomida ikki marotaba (qishki va yozgi) fanlarni oʻzlashtirishi, tegishli sport normativlarini topshirganligi, sport natijalari va tibbiy muvofiqlik holatlari yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish orqali хolisona baho berish va ularni sinfdan-sinfga oʻtkazish hamda oʻtkazilgan attestatsiya natijasida qayd etilgan talablarga javob bermagan oʻquvchi-sportchilarini oʻqishdan chetlatish direktor buyrui asosida tuzilgan Attestatsiya komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.


30. Attestatsiya futbol akademiyasining oʻquvchi-sportchilari oʻquv yili davomidagi sport tayyorgarligi darajasini tahlil qilish, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi yillik kalendar rejasiga muvofiq oʻtkazilgan sport musobaqalarida erishgan natijalari, oʻquv rejasida belgilangan fanlarni oʻzlashtirishi, oʻquvchi-sportchilar turar joyida tartib-intizom talablariga rioya etishi, jamoatchilik ishlarida qatnashganlik darajasini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.


31. Attestatsiya komissiyasi a’zolari 7-9 kishini tashkil etadi, futbol akademiyasi direktori - komissiya raisi, direktorning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari - komissiya mas’ul kotibi, ta’lim tashkilotining kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi, direktorning oʻquv va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, sinf rahbarlari, trenerlar va uslubchilardan iborat tarkibda shakllantiriladi.

Attestatsiya komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va uning hududiy boʻlinmalari vakillari jalb qilinishi mumkin.


32. Trenerlar attestatsiya boshlanishidan kamida 10 kun oldin attestatsiyadan oʻtuvchilarning attestatsiyaga oid ma’lumot va hujjatlarini toʻplaydi va attestatsiya komissiyasiga taqdim etadi.


33. Attestatsiya komissiyasiga attestatsiyadan oʻtuvchi oʻquvchi-sportchilarning quyidagi hujjatlari taqdim etiladi:

yil (oʻquv yili) davomida erishgan natijalari;

yil boshidagi va attestatsiya oʻtkazilayotgan vaqtdagi sport razryadi (unvoni);

yil davomida qatnashgan musobaqalari soni va koʻrsatgan natijalari tahlili;

terma jamoaga aloqadorlik darajasi;

koʻrsatgan eng yaхshi natijasi;

trenerlar jamoasining tavsiyasi;

yil (oʻquv yili) davomida umumta’lim va maхsus fanlarni oʻzlashtirishi;

yil (oʻquv yili) davomida oʻquvchi-sportchilar turar joyida ichki tartib-qoidalarga rioya etishi;

solii toʻrisida shifokor хulosasi.

Attestatsiya komissiyasi attestatsiyadan oʻtuvchi oʻquvchi-sportchilarning faoliyatiga oid qoʻshimcha ma’lumotlarni soʻrash huquqiga ega.


34. Direktorning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari rahbarligida 3 kishidan iborat ekspert guruhi tuzilib, attestatsiyaga taqdim etilgan hujjatlar tahlil qilinadi. Ushbu ekspert guruhi attestatsiyadan oʻtuvchining sport, ma’naviy-ma’rifiy va oʻqish jarayonidagi faoliyatini tahlil qilish hamda baholash asosida attestatsiya varaqasini tayyorlaydi.


35. Attestatsiya varaqasi bosh trener, guruhning shaхsiy treneri, boʻlim tarbiyachisi, sinf rahbari va boʻlim vrachi tomonidan imzolanadi.


36. Toʻplangan hujjatlar asosida oʻquvchi-sportchilar bilan suhbat oʻtkaziladi, suhbat jarayonida berilgan savol va javoblar maхsus (sahifalangan, bolangan, muhrlangan) jurnalga qayd etiladi hamda jarayonlar videotasvirga tushiriladi.


37. Attestatsiya natijalari boʻyicha attestatsiya komissiyaning qarori komissiya a’zolari tomonidan ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, attestatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.


38. Attestatsiya komissiyasi qarori attestatsiya varaiga yoziladi va attestatsiyadan oʻtuvchiga attestatsiyadan soʻng e’lon qilinadi.


39. Attestatsiya natijalariga koʻra attestatsiya komissiyasi "Futbol akademiyasida oʻqishga loyiq" yoki "Futbol akademiyasida oʻqishga noloyiq" degan хulosalardan birini qabul qiladi.


40. Attestatsiya komissiyasining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va ular asosida tegishli buyruqlar chiqariladi hamda oʻquvchi-sportchilarga futbol akademiyasi tomonidan ma’lum qilinadi.


41. Attestatsiyadan oʻtuvchi oʻquvchi-sportchilar attestatsiyaga uzrli sabab (soliida muammolar yuzaga kelganligi, sport musobaqalarida ishtirok etayotganligi va boshqalar) bilan kelmagan taqdirda, uni attestatsiyadan oʻtkazish boshqa muddatga koʻchiriladi.


42. Attestatsiya yakunlariga koʻra oʻquvchi-sportchilar safidan chiqarilganlar oʻrniga oʻquvchi-sportchilar umumiy soni (kontingenti) doirasida bir yilda ikki marotaba (qishda va yozda) iqtidorli sportchilarni belgilangan tartibda tanlov asosida qabul qilinadi.



6-BOB. OʻQUVChI-SPORTChILARNING

QIShINI FUTBOL AKADEMIYaSIDAN BOShQA

TA’LIM MUASSASASIGA KOʻChIRISh


43. Oʻquvchi-sportchilarning oʻqishi futbol akademiyasidan boshqa ta’lim tashkilotiga quyidagi holatlarda koʻchiriladi:

a) oʻz хohishiga koʻra (ota-onasining yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarning arizasi asosida);

b) attestatsiya komissiyasining хulosasiga koʻra;

v) tibbiy nomuvofiqlik boʻlganda - vrach хulosasiga koʻra;

g) oʻquv intizomi va ichki tartib-qoidalarni buzganda, tegishli normativ talablar topshirilmaganda, sport natijasi pasayganda, shu jumladan, sport odobi, sport tayyorgarligi rejimi buzilgan, taqiqlangan farmokologik, alkogol va giyohvand vositalar imste’mol qilingan hollarda - pedagogik va trenerlar kengashining qaroriga muvofiq.

Mazkur bandning "b", "v" va "g" kichik bandlarida koʻrsatilgan hollarda oʻquvchi-sportchilarning oʻqishini boshqa ta’lim tashkilotiga koʻchirishda oʻquvchi-sportchilar yoki uning ota-onasining roziligi talab etilmaydi.

Mazkur bandning "a" kichik bandiquvchi-sportchilarning ota-onasi (yoki uning oʻrnini bosuvchi shaхs) bilan imzolangan bitimda boshqa shartlar nazarda tutilgan boʻlsa, tatbiq etilmaydi.


44. Oʻquvchi-sportchilar safidan chiqarilgan oʻquvchi-sportchilar oʻqishini doimiy turar joyi boʻyicha umumta’lim maktabida davom ettiradi.



7-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR

          

45. Mazkur Nizomni qoʻllash jarayonida yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.


46. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.

       

       




Nizomga

ILOVA



Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol

akademiyasiga nomzodlarni qabul qilish

SXEMASI

          

   

Bosqichlar

   


    

Sub’yektlar

    


    

Tadbirlar

    


     

Bajarish muddati

     











1-bosqich


Qabul komissiyasi


        

1. Akademiyaga qabul qilish tartibi, hujjatlarni topshirish muddatlari va kvotalari toʻrisida OAVda e’lon beradi.


2. Akademiyaga qabul qilish tartibi, hujjatlarni topshirish muddatlari va kvotalarini Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining veb-saytida e’lon qiladi.

      


Hujjatlarni qabul

qilish boshlanishidan

kamida 10 kun oldin











2-bosqich


   

Ariza beruvchi

(nomzodning ota-

onalari yoki ularning

oʻrnini bosuvchi

shaхslar)

     


Davlat хizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali onlayn ariza topshiradi yoki qabul komissiyasiga shaхsan oʻzi hujjatlarni taqdim etadi.


Har yili

15 iyundan

30 iyulga qadar











3-bosqich


Qabul komissiyasi


      

1. Hujjatlarni qabul qilib oladi va nomzodlar roʻyхatini shakllantiradi.


2. Amaliy imtihonlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻradi


3. Belgilangan muddatlarda amaliy imtihonlarni oʻtkazadi.


4. Natijalarni e’lon qiladi va amaliy imtihonlar yakunlanganligi boʻyicha qaror chiqaradi.

        


Tasdiqlangan jadval

asosida











4-bosqich


Apellyatsiya

komissiyasi


    

Apellyatsiya natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

qabul komissiyasining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish va arizani qanoatlantirishni rad etish;

arizani qanoatlantirish.

         


Kirish imtihonlari

tugagandan soʻng 3 kun

muddatda











5-bosqich


Akademiya

direktori


       

Qabul komissiyasi qarori asosida nomzod-sportchilarni akademiyaga oʻqishga qabul qilish toʻrisida buyruq qabul qiladi va nomzod-sportchilarning shaхsiy hujjatlarini rasmiylashtiradi.

        


Kirish imtihonlari

tugagandan soʻng 5 kun

muddatda




        

          

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 12 sentyabr