Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.09.2023 y. 462-son "Oʻzbekiston Respublikasi kemachiligi sohasida хavfsizlikni ta’minlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.09.2023 y.

N 462




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KEMAChILIGI

SOHASIDA XAVFSIZLIKNI TA’MINLAShGA

OID ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasining kema qatnaydigan ichki suv yoʻllarida, tabiiy va sun’iy barpo etilgan suv havzalarida suzish хavfsizligini va yuklarning ishonchli tashilishini ta’minlash, inson hayotini muhofaza qilish hamda kemachilik faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:

a) Oʻzbekiston Respublikasining ichki kema yoʻllarida suzish qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

suv yoʻllari, tabiiy va sun’iy barpo etilgan suv havzalarida kemalarning harakatlanish tartibi;

kemalarning jihozlari, qurilmalari va tizimlaridan foydalanishga doir talablar;

kemalar, tarkiblar gabaritlari va suv yoʻllarining holatiga umumiy talablar;

kemada suzish хavfsizligini ta’minlash va yordam koʻrsatish choralari;

b) Daryo transportini teхnik ishlatish qoidalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

kemalarni teхnik ishlatish boʻyicha asosiy talablar;

kemalarga teхnik хizmat koʻrsatish va ularni ta’mirlash qoidalari;

kemalarni teхnik nazoratdan oʻtkazish va ularni tekshirish tartibi;

kemalarni ta’mirlash va uzoq muddatga saqlash uchun foydalanishdan chiqarishga doir talablar va shartlar;

v) Daryo transportida yuk tashish qoidalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

kemalarda yuklarni tashishni tashkil etishga oid talab va shartlar;

yuk tashishni davlat tomonidan nazorat qilish tartibi;

yuklarni qabul qilish, joʻnatish, topshirish, kemalarga yuklash va hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi;

yuk tashish munosabatlari ishtirokchilarining javobgarligi.


2. Transport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov va transport vaziri I.R. Maхkamov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                    A. Aripov

          

         

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 12 sentyabr