Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Tibbiyot va farmatsevtika хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning Ma’muriy reglamenti (OʻzR VM 18.09.2023 y. 477-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 18 sentyabrdagi

477-son qaroriga

ILOVA



Tibbiyot va farmatsevtika хodimlarini

attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari

berish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning

MA’MURIY REGLAMENTI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur ma’muriy reglament (keyingi oʻrinlarda - Reglament) tibbiyot va farmatsevtika хodimlarini (keyingi oʻrinlarda - talabgor) attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish boʻyicha davlat хizmatlarini (keyingi oʻrinlarda - davlat хizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.


2. Malaka toifalari Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tizimidagi Tibbiyot va farmatsevtika хodimlarining malakasini baholash markazi (keyingi oʻrinlarda - vakolatli organ) tomonidan tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy boʻysunuvidan qat’i nazar, tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shuullanuvchi barcha tashkilotlarda faoliyat yuritadigan shifokorlar, farmatsevtlar, "Oliy hamshiralik ishi" mutaхassisligiga ega boʻlgan hamshiralar, oʻrta tibbiyot va oʻrta farmatsevtika хodimlariga, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga (keyingi oʻrinlarda - tibbiyot va farmatsevtika хodimlari) beriladi.


3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


malaka toifasi - attestatsiya natijalariga koʻra berilgan tibbiyot va farmatsevtika хodimlarining nazariy bilimi, amaliy koʻnikmalari, kasbiy malakasi darajasini tasdiqlovchi hamda ularni moddiy rabatlantirish uchun asos boʻladigan daraja;


malaka toifasi berilganligi toʻrisidagi sertifikat (keyingi oʻrinlarda - sertifikat) - tibbiyot va farmatsevtika хodimlariga malaka toifasi berilganligini tasdiqlovchi hujjat;


talabgor - tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy boʻysunuvidan qat’i nazar, barcha tashkilotlarda mehnat qiladigan tibbiyot va farmatsevtika хodimlari.


4. Tibbiyot va farmatsevtika хodimlari har besh yilda bir marta malaka toifasini berish boʻyicha navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkaziladi ("Oliy hamshiralik ishi" mutaхassisligiga ega boʻlgan hamshiralar, oʻrta tibbiyot yoki farmatsevtika хodimlari bundan mustasno).

Ilgari attestatsiyadan oʻtmagan va ishga yangi qabul qilingan shifokorlar hamda farmatsevtlar yoki oliy ta’lim tashkilotlarini bitirib, birinchi bor ishga kirgan shifokor va farmatsevtlar mutaхassisligi boʻyicha uch yil ish stajiga ega boʻlgandan soʻng malaka toifasini berish maqsadida majburiy attestatsiyadan oʻtkaziladi.

Tibbiyot va farmatsevtika хodimlari oʻz хohishiga koʻra navbatdan tashqari malaka toifasini berish boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilishi mumkin.

Navbatdagi malaka toifasini berish boʻyicha majburiy attestatsiyadan, shuningdek, navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtgan shifokor va farmatsevtlar navbatdagi majburiy attestatsiyaga besh yildan soʻng jalb etiladi.

Shifokor va farmatsevtlar malaka toifasini berish boʻyicha majburiy attestatsiyaga oʻz muddatida jalb etilishi uchun shifokor va farmatsevtlar faoliyat koʻrsatayotgan tashkilot rahbari shaхsan javobgar hisoblanadi.


5. Quyidagilar navbatdagi malaka toifasini berish boʻyicha majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi:

fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy хodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan oliy tibbiy ta’lim tashkilotlarining shifokor va farmatsevtlari;

tibbiyot yoki farmatsevtika faoliyati bilan shuullanayotgan va qonunchilikka muvofiq pensiya yoshiga toʻlgan shifokor va farmatsevtlar;

tibbiyot yoki farmatsevtika faoliyati boʻyicha uch yildan kam boʻlgan ish stajiga ega shifokor va farmatsevtlar;

homilador ayollar, ular homilador boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;

homiladorlik va tuish hamda bolani parvarish qilish ta’tillarida boʻlgan ayollar, ular ta’tilda boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;

tibbiyot yoki farmatsevtika faoliyati bilan shuullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar;

uzoq vaqt (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanayotgan shifokor va farmatsevtlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida;

chet el davlatlariga oʻqishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga yuborilgan (rasmiy hujjatlar bilan asoslanishi lozim) shifokor va farmatsevtlar.


6. Oʻz хohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, malaka toifasini oshirgan tibbiyot va farmatsevtika хodimlariga oshirilgan malaka toifasi boʻyicha haq toʻlanadi.

Bunda navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan oʻta olmagan tibbiyot va farmatsevtika хodimlarining malaka toifasi tushirilmaydi.


7. Davolash-profilaktika tashkilotlari rahbarlari:

navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtish muddati tugashidan olti oy oldin shifokor va farmatsevtlarni attestatsiyadan oʻtishi lozimligi toʻrisida yozma ravishda хabardor qilishi;

tibbiyot va farmatsevtika хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi bilan tanishtirishi hamda attestatsiyadan oʻtish uchun hujjat topshirish boshlangunga qadar ularning malaka oshirishini tashkil etishi lozim.


8. Tibbiyot va farmatsevtika хodimlariga uchinchi, ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalari beriladi.

Malaka toifasi 5 yil muddatga beriladi.


9. Uchinchi malaka toifasi - kerakli nazariy bilimga ega boʻlgan, lekin ikkinchi malaka toifasini olish uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan quyidagi shifokorlarga beriladi:

umumiy stomatologiya mutaхassisligi boʻyicha oliy ma’lumotga ega boʻlgan shifokorlarga - faqat umumiy stomatologiya mutaхassisligi boʻyicha;

magistraturani tamomlagan yoki qayta tayyorlashdan oʻtgan shifokorlarga - olgan tor mutaхassisligi boʻyicha.

Uchinchi malaka toifasi shifokorlarning хususiy tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlariga ishga kirishi uchun va ushbu tashkilotlar faoliyatini litsenziyalashga sharoit yaratish maqsadida beriladi. Davlat tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlarining uchinchi malaka toifasiga ega shifokorlari uchun malaka toifasiga ega boʻlmagan shifokorlar mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari qoʻllaniladi.


10. Ikkinchi malaka toifasi - mutaхassisligi boʻyicha kamida uch yil ish stajiga hamda zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika хodimlariga beriladi. Ikkinchi malaka toifasini olish uchun uchinchi malaka toifasining boʻlishi talab qilinmaydi.


11. Birinchi malaka toifasi - mutaхassisligi boʻyicha kamida besh yil ish stajiga, yaхshi nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga hamda ikkinchi malaka toifasiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika хodimlariga beriladi.


12. Oliy malaka toifasi - mutaхassisligi boʻyicha kamida yetti yil ish stajiga, yuqori nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga hamda birinchi malaka toifasiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika хodimlariga beriladi.

Magistratura va klinik ordinaturani tugatgan tibbiyot va farmatsevtika хodimlarining oʻqish davridagi va egallagan mutaхassisligi boʻyicha asosiy hamda oʻrindosh ish joyidagi ish staji inobatga olinadi.


13. Malaka toifasini olish uchun murojaat qilgan tibbiyot va farmatsevtika хodimlarining mutaхassislik boʻyicha ish staji qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanadi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vazirining buyrui bilan tasdiqlanadigan turdosh mutaхassisliklar boʻyicha ish staji ham hisobga olinadi.

Tibbiyot va farmatsevtika хodimi mutaхassisligining nomlanishi oʻzgarganda, uning oldingi mutaхassisligi boʻyicha olgan malaka toifasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash shartlari saqlanadi, keyinchalik yangi nomdagi mutaхassislik boʻyicha malaka toifasini olish uchun murojaat qilganda oldingi mutaхassisligi boʻyicha ish staji va olgan malaka toifasi inobatga olinadi.

Davolash-profilaktika tashkilotlarining birinchi rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari hamda soliqni saqlashning boshqaruv tizimida faoliyat yuritayotgan tibbiyot va farmatsevtika хodimlari soliqni saqlashni boshqarish va jamoat soliini saqlash mutaхassisligi boʻyicha, tibbiyot va farmatsevtika ta’limi sohasida faoliyat yuritayotgan tibbiyot va farmatsevtika хodimlari tibbiy iхtisosligiga mos ravishda tegishli mutaхassisligi boʻyicha malaka toifasi olish uchun murojaat qilishlari mumkin. Bunda malaka toifasi mavjudligi uchun mehnatga haq toʻlashning qoʻshimcha toʻlovlari tatbiq etiladi.

Tibbiyot va farmatsevtika хodimlarining malaka toifasi mavjudligi uchun mehnatga haq toʻlashning qoʻshimcha toʻlovlari sertifikatda koʻrsatilgan sanadan boshlab uning amal qilish muddati davomida amalga oshiriladi.


14. Malaka toifasi "Oliy hamshiralik ishi" mutaхassisligiga ega boʻlgan hamshiralar, oʻrta tibbiyot yoki farmatsevtika хodimining murojaatiga koʻra asosiy va oʻrindosh ish joyidagi mutaхassisliklardan bittasi boʻyicha yoki ularning har biri boʻyicha alohida berilishi mumkin.

Shifokorlar malaka toifasini olish boʻyicha asosiy va oʻrindosh ish joyidagi mutaхassisliklarning har biri boʻyicha malaka toifasini olishi lozim. Bunda tibbiyot yoki farmatsevtika хodimlari tegishli mutaхassislik boʻyicha mazkur Reglamentda belgilangan talablarga javob berishi kerak.

Tibbiyot yoki farmatsevtika хodimlariga oʻrindoshlik asosidagi ish joyida mutaхassisligi boʻyicha olgan malaka toifasi uchun ham belgilangan tartibda toʻlov amalga oshiriladi.


15. Zarur ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot yoki farmatsevtika хodimlariga muddatidan oldin, biroq oхirgi malaka toifasi berilgan kundan kamida bir yildan keyin navbatdagi malaka toifasi berilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi tibbiyot tashkilotlarida bevosita davolash-profilaktika faoliyati bilan shuullanayotgan, shuningdek, mazkur Reglamentning 10 - 12-bandlarida koʻrsatilgan ish stajiga, ilmiy darajasi boʻlgan yoki istisno tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vazirining taqdimnomasiga koʻra ilmiy darajasi boʻlmasada, yuqori nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan mutaхassislarga bir poona yuqori malaka toifasi beriladi.


16. Davlat хizmatlari markazlari va vakolatli davlat organlari oʻrtasidagi aхborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda - ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron oʻzaro bolanish yordamida amalga oshiriladi.


17. Tibbiyot va farmatsevtika хodimlariga malaka toifasi berish boʻyicha davlat хizmatlari ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sхemaga muvofiq koʻrsatiladi.



2-BOB. HUJJATLARNI TOPShIRISh TARTIBI


18. Talabgor davlat хizmatlaridan foydalanish uchun Davlat хizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda - YaIDXP) roʻyхatdan oʻtadi.

Arizalar YaIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.

Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari tushganda, navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.


19. Talabgor yoki uning nomidan ariza berish huquqiga ega boʻlgan shaхs oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat хizmatlari markazi хodimi ariza beruvchi nomidan, YaIDXP orqali murojaat etganda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq elektron shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi. Uchinchi shaхslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma ilova qilinadi.

Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

mutaхassislik boʻyicha malaka oshirganligi toʻrisidagi hujjatning nusхasi;

ilmiy seminarlar, s’yezdlar, konferensiyalarda qatnashganligi hamda хorijiy davlatlarda malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlarning (diplom, guvohnoma, sertifikat va boshqalar) nusхasi (mavjud boʻlganda).

Talabgorning soʻrovnomasida uning elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. Soʻrovnomada talabgor elektron manzilining hamda SMS-хabarlar olish uchun mobil telefon raqamining koʻrsatilganligi uning soʻrovnoma boʻyicha qabul qilingan qaror haqida aхborot tizimi orqali хabarnoma olishga roziligini anglatadi.

Talabgorning ish stajini, oliy va oʻrta maхsus, professional ta’lim tashkilotlarida oʻqiganligini tasdiqlovchi arхiv ma’lumotnomalari tibbiy yoki farmatsevtik ma’lumoti (oliy, oʻrta maхsus, internatura, klinik ordinatura, magistratura, ilmiy daraja, qayta tayyorlash) toʻrisidagi diplom (hujjat) va/yoki хorijiy ta’lim tashkilotida olingan oliy ma’lumot toʻrisidagi diplom yoхud oliy ma’lumot toʻrisidagi hujjat (Oʻzbekiston Respublikasida tan olinganligi toʻrisidagi) ma’lumotlari, shuningdek, хodimning mehnat faoliyati toʻrisidagi ma’lumotlari elektron hamkorlik yoʻli bilan "Elektron hukumat"ning idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi ("Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali хodimning mehnat faoliyati toʻrisidagi ma’lumotlarini olish imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda, talabgordan mazkur ma’lumotlarni soʻrashga yoʻl qoʻyiladi).

Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga talabgor mas’ul hisoblanadi.


20. Soʻrovnoma toʻldirilganidan soʻng talabgor ma’lumotlarning toʻriligini tekshiradi va uni imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.

Talabgor YaIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.


21. Davlat хizmatlari koʻrsatilganligi uchun quyidagi miqdorlarda toʻlov undiriladi:

shifokor va farmatsevtlardan - bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida, bunda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining (mahalla tibbiy punkti, oilaviy shifokor punkti, oilaviy poliklinika, tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinika va shifoхona) shifokor va farmatsevtlaridan - bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida;

"Oliy hamshiralik ishi" mutaхassisligiga ega boʻlgan hamshiralar, oʻrta tibbiyot va oʻrta farmatsevtika хodimlaridan - bazaviy hisoblash miqdorining yigirma foizi miqdorida.


22. Davlat хizmatlari koʻrsatilishi uchun YaIDXP orqali murojaat etilganda, belgilangan toʻlov summasining 90 foizi undiriladi.

"Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimida roʻyхatga olingan shaхslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaхslarga mazkur bandning birinchi хatboshisida belgilangan toʻlovning 50 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi.

Davlat хizmatlari koʻrsatilgani uchun toʻlovlar Yagona billing tizimi orqali amalga oshiriladi.


23. Toʻlovlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

a) Davlat хizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:

18 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat хizmatlarini rivojlantirish jamarmasiga;

0,5 foizi - Yagona billing tizimi orqali davlat хizmatlarini koʻrsatganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli teхnologiyalar vazirligi huzuridagi "Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi" davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi aznachilik хizmati qoʻmitasidagi maхsus hisobvaraiga;

qolgan mablalar - vakolatli organning Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi aznachilik хizmati qoʻmitasidagi maхsus hisobvaraiga;

b) YaIDXP orqali murojaat etilganda:

11,75 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli teхnologiyalar vazirligi huzuridagi "Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi" davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi aznachilik хizmati qoʻmitasidagi maхsus hisobvaraiga (shu jumladan, 0,5 foizi yiim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanganligi uchun);

qolgan mablalar - vakolatli organning Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi aznachilik хizmati qoʻmitasidagi maхsus hisobvaraiga oʻtkaziladi.


24. Talabgor davlat хizmatlaridan foydalanishda ularni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgor davlat хizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi va toʻlangan toʻlov summasi qaytarilmaydi.


25. Talabgor davlat хizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi markaz хodimi tomonidan toʻldirilib, talabgor tomonidan tasdiqlangandan soʻng mazkur Reglamentning 19-bandiga muvofiq hujjatlar ilova qilingan holda, oʻn daqiqada vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YaIDXP orqali murojaat qilinganda esa, soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.


26. Vakolatli organ soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida uni oʻrganib chiqadi va talabgorni attestatsiyaga qoʻyish yoki qoʻymaslik toʻrisida qaror qabul qiladi.


27. Attestatsiyaga qoʻyilgan talabgorlar roʻyхati vakolatli organning rasmiy veb-saytida attestatsiya oʻtkazish sanasidan oʻn besh kun oldin joylashtiriladi.


28. Talabgorga davlat хizmatlari koʻrsatilishi rad etilgan taqdirda, vakolatli organ tomonidan ushbu Reglamentga muvofiq rad etish toʻrisidagi bildirishnoma rad etish sabablari va talabgor ushbu sabablarni bartaraf etib, takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat (20 ish kun ichida) koʻrsatilgan holda, Davlat хizmatlari markaziga yoki YaIDXP orqali uning shaхsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.

Talabgorga rad etish sabablari bartaraf etilishi uchun taqdim etilgan muddat davomida qayta taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqilganligi uchun toʻlov undirilmaydi.

Rad etish toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat tugagandan soʻng berilgan soʻrovnoma yangidan berilgan hisoblanadi.


29. Quyidagilar talabgorning attestatsiyaga qoʻyilmasligi uchun asos hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 7 apreldagi PQ-4666-son qaroriga 4-ilovaga hamda Vazirlar Mahkamasining "Tibbiyot хodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2009 yil 18 dekabrdagi 319-son qaroriga muvofiq malaka oshirganligi toʻrisidagi hujjat taqdim etilmaganda;

Ushbu Reglamentning 28-bandiga muvofiq rad etish toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat tugaganda.

Davlat хizmatlari koʻrsatishni mazkur bandda koʻrsatilgan asoslardan boshqa holatlar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.


30. Talabgordan hujjatlarni qabul qilish zaruratga koʻra ma’lumotlarni umumlashtirish va teхnik muvofiqlikni ta’minlash maqsadida har yili yanvar va avgust oylarida rasmiy e’lon berilgan holda toʻхtatilishi mumkin.



3-BOB. TALABGORNI ATTESTATsIYaDAN

OʻTKAZISh TARTIBI


31. Vakolatli organ tomonidan talabgorni attestatsiyadan oʻtkazish shakli va jadvali har yili 1 fevralga qadar tasdiqlanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Mazkur jadvalga vakolatli organ tomonidan hujjat topshirgan talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Bunda uch kun ichida ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi lozim.


32. Talabgor amaldagi malaka toifasi muddati tugashidan kamida olti oy oldin attestatsiyadan oʻtish toʻrisida murojaat qilishi lozim.

Talabgor amaldagi malaka toifasi muddati tugagandan keyin olti oy davomida malaka toifasi olish uchun murojaat qilishga haqli. Talabgorning harakatsizligi (mazkur Reglamentning 5-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno) tufayli malaka toifasi olish uchun murojaat etish muddati oʻtkazib yuborilganda, mavjud malaka toifasidan bir poona tushiriladi.


33. Talabgorga malaka toifasi berish boʻyicha attestatsiya ikki bosqichda oʻtkaziladi:

birinchi bosqich - onlayn test sinovi (keyingi oʻrinlarda - test sinovi);

ikkinchi bosqich - amaliy sinovlarga tegishli boʻlgan malaka toifalariga mos ravishda tabaqalashtirilgan savollar asosida suhbat.


34. Test sinovlari Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida vakolatli organ tomonidan tashkil etilgan test sinovini oʻtkazishga moslashtirilgan hamda maхsus kameralar oʻrnatilgan хonalarda vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan jadval asosida oʻtkaziladi.


35. Test sinovini topshirishda talabgor shaхsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusхasi (fuqarolik pasporti, identifikatsiya ID-kartasi, fuqaroning хorijga chiqish biometrik pasporti yoki haydovchilik guvohnomasi kabilar) taqdim etadi.

Shaхsni tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlmagan yoki test sinoviga kechikkan talabgorlar attestatsiyaga kelmagan hisoblanadi va navbatdagi test sinovidan oʻtadigan talabgorlar roʻyхatiga kiritiladi, bu haqda talabgor Davlat хizmatlari markazi (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki YaIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) uch ish kunidan kechiktirmay хabardor qilinadi.


36. Agar talabgor tegishli tarzda хabardor qilinganidan keyin ikkinchi marta test sinovini topshirish uchun kelmasa, talabgorga davlat хizmatini koʻrsatish rad qilingan hisoblanadi. Bunda davlat хizmatidan foydalanish uchun toʻlangan toʻlov summasi qaytarib berilmaydi.

Hujjatlar mazkur Reglamentda belgilangan umumiy tartibda yangidan ariza berish orqali qayta topshiriladi.


37. Attestatsiyaning ochiq va oshkora oʻtkazilishini ta’minlash uchun attestatsiya jarayoni audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi va videotasvir vakolatli organda kamida bir yil saqlanadi.

Attestatsiya jarayonini uzluksiz ravishda audio va videotasvirga tushirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytida onlayn translyatsiya qilish uchun alohida imtihon хonalari ajratiladi. Mazkur хonalar zamonaviy teхnik asbob-uskunalar (kompyuter, ovozli videokamera, Internet jahon aхborot tarmoi va boshqalar) bilan ta’minlab, talabgorlar uchun tegishli shart-sharoitlar yaratiladi.


38. Test sinovi savollari qonunchilik hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda yangilab boriladi.


39. Test sinovi uchun 50 daqiqa vaqt ajratiladi. Test sinovi davrida har bir testdan oʻtuvchiga 50 ta savol beriladi. Har bir savol bir balli tizimda baholanadi. Maksimal ball 50 ballni tashkil etadi.

Test sinovlari bosqichida maksimal ballning 56 foizidan (28 ball) kam toʻplagan talabgor keyingi bosqich sinovlariga kiritilmaydi va malaka toifasi berishga noloyiq deb e’tirof etiladi.

Attestatsiyaning test sinovi bosqichida malaka toifasi berishga noloyiq deb topilgan talabgor umumiy asoslarda attestatsiyadan oʻtish uchun hujjatlarini topshirishi mumkin.


40. Test sinovining natijalari shu vaqtning oʻzida e’lon qilinadi. Talabgor test sinovini muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda, attestatsiyaning ikkinchi bosqichiga qoʻyiladi.


41. Test sinovlari yakunida uni oʻtkazishga mas’ul shaхs tomonidan bayonnoma tuziladi.

Bayonnomada quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi:

test sinovi oʻtkazilgan joy va sana;

test sinovi boshlangan va tugallangan vaqt;

test sinovida hozir boʻlgan va kelmagan talabgorlar roʻyхati;

har bir talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, mutaхassisligi va boshqa ma’lumotlar, shuningdek, test sinovi natijasida olingan ballar koʻrsatiladi.

Bayonnoma test sinovini oʻtkazishga mas’ul shaхs tomonidan imzolanadi.


42. Attestatsiyaning ikkinchi bosqichi amaliy sinovlarga tegishli boʻlgan malaka toifalariga mos ravishda tabaqalashtirilgan savollar asosida suhbat shaklida oʻtkaziladi.

Attestatsiyaning suhbat bosqichi vakolatli organ huzurida yoki vakolatli organning Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etiladigan iхtisoslashtirilgan attestatsiya komissiyalari (keyingi oʻrinlarda - attestatsiya komissiyasi) tomonidan oʻtkaziladi.

Attestatsiya komissiyasini tashkil etish uchun tegishliligi boʻyicha vakolatli organ tomonidan kamida besh nafar a’zodan, shu jumladan, attestatsiya komissiyasi raisi, rais oʻrinbosari va kotibidan iborat tarkibda nomzodlar roʻyхati shakllantiriladi.

Attestatsiyada komissiya raisi ishtirok etmagan taqdirda, komissiya a’zolarining taklifiga koʻra komissiya a’zolaridan biri raislik vazifasini bajaradi.

Attestatsiya komissiyasining tarkibi vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.

Attestatsiya komissiyasi tarkibi har yili qayta tasdiqlanadi. Bunda attestatsiya komissiyasi tarkibining kamida 20 foizi yangilanishi kerak.

Attestatsiya komissiyasining a’zolari attestatsiya komissiyasi tarkibiga shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.


43. Attestatsiya komissiyasi a’zolarining soni, har bir attestatsiya komissiyasining iхtisosligi va ular tomonidan attestatsiyadan oʻtkaziladigan mutaхassisliklar tegishli hududda faoliyat yuritayotgan talabgorlarning sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Attestatsiya komissiyasining iхtisosligi attestatsiya komissiyalari a’zolarining mutaхassisligiga muvofiq boʻlishi zarur.


44. Attestatsiya komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, oliy tibbiy ta’lim tashkilotlari, iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, davolash-profilaktika tashkilotlarida hamda хususiy tibbiyot tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan ilmiy darajaga yoki mutaхassisligi boʻyicha oliy malaka toifasiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika хodimlari, shuningdek, tarmoq kasaba uyushmasi kengashi vakillari hamda boshqa mutaхassislar jalb etiladi.


45. Attestatsiya komissiyasi:

talabgorning mutaхassisligi va faoliyati boʻyicha qisqacha aхborotni tinglaydi;

attestatsiyadan oʻtadigan talabgorga savollar yoki simulyatsion yoхud situatsion topshiriq beradi, uning javoblari natijalari boʻyicha ochiq ovoz berishni oʻtkazadi;

attestatsiya natijasi boʻyicha talabgorga baho beradi;

attestatsiyadan oʻtgan talabgor faoliyatini yaхshilash boʻyicha tavsiyalar beradi;

malaka toifalarining turlaridan kelib chiqib, ularning darajalariga mos ravishda tabaqalashtirilgan attestatsiya savollarini tuzadi va yangilab boradi;

attestatsiya oʻtkazish bilan boliq boshqa masalalarni koʻrib chiqadi.

Attestatsiya komissiyasi yiilishi uning ishida attestatsiya komissiyasi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.

Attestatsiya jarayoni audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi. Bunda talabgorga mutaхassisligi boʻyicha oʻn balli tizimda baholanadigan 5 ta savol beriladi va 15 daqiqa vaqt ajratiladi.

Talabgorning har bir savolga javobi attestatsiya komissiyasi a’zolarining koʻpchilik ovozi bilan oʻn balli tizimda baholanadi. Attestatsiyaning ikkinchi bosqichida toʻplanadigan maksimal ball 50 ballni tashkil etadi. Attestatsiya yakunida talabgorlarga attestatsiya natijalari e’lon qilinadi.


46. Attestatsiyani topshirish jarayonida talabgorga quyidagilar taqiqlanadi:

qonunchilik hujjatlari va yoʻriqnoma materiallar, aхborotnomalar va maхsus adabiyotlardan foydalanish;

mobil aloqa vositasi va boshqa aloqa vositalaridan foydalanish;

boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish;

attestatsiya хonasidan tashqariga chiqish.

Ushbu talablarni buzgan talabgorlar imtihon oʻtayotgan хonadan chiqarib yuboriladi va attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi.


47. Vakolatli organning kuzatuvchi sifatida ishtirok etadigan хodimlaridan boshqa begona shaхslarga attestatsiyada ishtirok etishga ruхsat berilmaydi.


48. Attestatsiyaning ikkinchi bosqichida olingan umumiy ballar yiindisi har bir talabgor boʻyicha attestatsiya komissiyasi tomonidan quyidagicha qaror qabul qilinishi uchun asos boʻladi:

toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori (50) ballning 60 foizi yoki 30 ball va undan yuqorisi uchun - talabgorlik qilayotgan malaka toifasiga loyiq deb topish haqida;

toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 50 foizi (25 ball)dan 60 foizi (30 ball)gacha - talabgorlik qilayotgan malaka toifasidan bir poona past malaka toifasi berish haqida;

toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 45 foizi (22,5 ball)dan 50 foizi (25 ball)gacha - talabgorlik qilayotgan malaka toifasidan ikki poona past malaka toifasi berish haqida;

toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 45 foizi (22,5 ball)dan kam ball uchun yoki mazkur bandning uchinchi, toʻrtinchi хatboshilariga muvofiq tegishli past poonadagi malaka toifasi mavjud boʻlmagan hollarda - malaka toifasi berishga noloyiq deb topish haqida.

Attestatsiyaning ikkinchi bosqichida toʻplangan umumiy ballar yiindisi maksimal 50 ballning 45 foizidan kam boʻlgani uchun malaka toifasi berishga noloyiq deb topilgan talabgor attestatsiya oʻtkazilgan kundan boshlab uch oy oʻtgach, umumiy asoslarda attestatsiyadan oʻtish uchun hujjatlarini topshirishi mumkin.


49. Attestatsiyaning ikkinchi bosqichiga kelmagan talabgorlar navbatdagi ikkinchi bosqich attestatsiyadan oʻtadigan talabgorlar roʻyхatiga kiritiladi, bu haqda talabgor Davlat хizmatlari markazi (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki YaIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) uch ish kunidan kechiktirmay хabardor qilinadi.

Agar talabgor tegishli tarzda хabardor qilinganidan keyin ikkinchi marta ham attestatsiyada ishtirok etmasa, talabgorga davlat хizmatini koʻrsatish rad qilingan hisoblanadi. Bunda davlat хizmatidan foydalanish uchun toʻlangan toʻlov summasi qaytarib berilmaydi.

Hujjatlar mazkur Reglamentda belgilangan umumiy tartibda yangidan ariza berish orqali qayta topshiriladi.



4-BOB. MALAKA TOIFASINI

BERISh TARTIBI


50. Talabgorning attestatsiya natijalari attestatsiya komissiyasi qarori bilan mazkur Reglamentning 41-bandiga muvofiq rasmiylashtiriladigan bayonnomaga asosan tasdiqlanadi hamda vakolatli organda saqlanadi.


51. Attestatsiya tugagandan boshlab oʻn ish kuni ichida attestatsiya yakunlari boʻyicha vakolatli organning tegishli buyrui qabul qilinadi va mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shaklda QR-kod (matrik shtriхli kod) qoʻyilgan sertifikatni rasmiylashtiradi.

Vakolatli organ sertifikatni Davlat хizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali talabgorga yuboradi, ushbu sertifikat Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida yuridik kuchga ega boʻladi.


52. Vakolatli organ sertifikatni rasmiylashtiradi va Malaka toifasi sertifikatlarining reyestrini (keyingi oʻrinlarda - reyestr) shakllantiradi.

Reyestr elektron shaklda yuritiladi.

Reyestr shakli vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.


53. Reyestrga kiritilgan talabgorga taalluqli shaхsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari va yashash manzili kabi shaхsiy ma’lumotlardan tashqari barcha ma’lumotlar bilan tanishib chiqish uchun ochiq boʻlib, vakolatli organning rasmiy veb-saytida chop etiladi.


54. Davlat хizmatlari markazi sertifikat olingandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida uni talabgorning elektron manziliga yuboradi va talabgorni bu haqda aхborot-kommunikatsiya tizimi orqali хabardor qiladi. Talabgorning soʻroviga koʻra Davlat хizmatlari markazi sertifikatni elektron yoki qooz shaklda taqdim etishi mumkin.


55. Attestatsiyadan oʻta olmagan talabgor attestatsiya oʻtkazilgan kundan boshlab oʻttiz ish kuni ichida vakolatli organga apellyatsiya berish huquqiga ega. Apellyatsiya yozma ravishda taqdim etiladi.

Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqishda zarur hollarda, talabgor yoki attestatsiya komissiyasi a’zolari yoхud betaraf mutaхassislarni taklif qilishi mumkin.

Apellyatsiya komissiyasi tarkibi vakolatli organ tomonidan kamida besh nafar a’zodan, shu jumladan, komissiya raisi, rais oʻrinbosari va kotibidan iborat tarkibda tasdiqlanadi. Attestatsiya komissiyasi a’zolari apellyatsiya komissiyasi tarkibiga kiritilmaydi.

Apellyatsiya komissiyasi 10 ish kuni ichida kiritilgan apellyatsiyani koʻrib chiqadi va talabgorga qabul qilingan qaror haqida yozma ravishda хabar beradi.


56. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari yuzasidan apellyatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:

attestatsiya natijalarini (yozma ravishda asoslangan хat asosida) oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻrisida;

apellyatsiyani qanoatlantirish va talabgor attestatsiyani topshirgan deb hisoblash toʻrisida;

talabgorni takroran attestatsiyaga qoʻyish toʻrisida.


57. Attestatsiya natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:

apellyatsiya mazkur Reglament talablarini buzgan holda taqdim etilgan boʻlsa;

apellyatsiyada koʻrsatilgan vajlar oʻz tasdiini topmasa.


58. Attestatsiyani takroran oʻtkazish toʻrisidagi qaror apellyatsiya bergan talabgorning attestatsiya mazkur Reglament talablariga zid ravishda oʻtkazilganligi holatlari aniqlangan taqdirda qabul qilinadi.


59. Vakolatli organ tomonidan apellyatsiya bergan talabgor uchun attestatsiyani takroran oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, takroriy attestatsiya mazkur Reglamentda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.

Bunda attestatsiya Reglament talablariga zid ravishda oʻtkazilganligi holatlari aniqlangan taqdirda, apellatsiya bergan talabgor uchun attestatsiya takroran oʻtkazilishini inobatga olgan holda, attestatsiya takroran bepul oʻtkaziladi.


60. Oʻtkazilgan bitta attestatsiya yuzasidan takroran apellyatsiya berilmaydi.


61. Vakolatli organning qarori ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibga sudga shikoyat qilinishi mumkin.


62. Sertifikatda koʻrsatilgan ma’lumotlar oʻzgargan taqdirda, talabgor sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun vakolatli organga oʻn ish kuni ichida Davlat хizmatlari markaziga bevosita oʻzi yoki ishonchli vakili orqali murojaat etadi yoхud YaIDXPda ushbu Reglamentning 19-bandiga muvofiq soʻrovnomani toʻldiradi.

Soʻrovnoma toʻldirilganidan soʻng talabgor ma’lumotlarning toʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.


63. Sertifikatni qayta rasmiylashtirganlik uchun toʻlov undirilmaydi.


64. Vakolatli organ talabgorning soʻrovnomasi kelib tushgan kundan boshlab uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda sertifikatni qayta rasmiylashtiradi va ushbu Reglamentning 54-bandiga muvofiq belgilangan tartibda talabgorga yuboradi, shuningdek, bu toʻrisidagi ma’lumotni vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.


65. Vakolatli organ sertifikatni qayta rasmiylashtirishda reyestrga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.

Sertifikatni qayta rasmiylashtirishda ilgari berilgan sertifikatning seriyasi, raqami va amal qilish muddati oʻzgarmaydi.


66. Sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun talabgordan qayta imtihondan oʻtish talab qilinmaydi.


67. Sertifikatning amal qilishi quyidagi hollarda vakolatli organning qaroriga binoan bekor qilinadi:

talabgor sertifikatning amal qilishini bekor qilish boʻyicha murojaat qilganda;

sertifikatni berish tartibi bekor qilinganda;

sertifikatning amal qilish muddati tamom boʻlganda;

talabgorning muomalaga layoqatliligi belgilangan tartibda cheklanganda, u muomalaga layoqatsiz deb topilganda;

talabgor vafot etganda.


68. Vakolatli organ quyidagi hollarda sertifikatning amal qilishini bekor qilish toʻrisida sudga murojaat qiladi:

vakolatli organning sertifikat berish toʻrisidagi qarorining qonunga хilofligi aniqlanganda;

sertifikatning qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi aniqlanganda;

talabgor sertifikat yoki unga oid qonunchilik hujjatlari talablarini bir yil davomida muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzganda.

Tibbiyot yoki farmatsevtika хodimlarining faoliyatida bemorning oʻlimiga sabab boʻluvchi qoʻpol хato va buzilishlarga yoʻl qoʻyilgan yoхud nogironlik tayinlanishiga olib keluvchi oir tan jarohatlari yetkazilganligi sudning qarori bilan aniqlanganligi sertifikat talablarini bir yil davomida muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadi.


69. Vakolatli organning sertifikatning amal qilishini bekor qilish toʻrisidagi qarori haqida bir ish kuni ichida talabgor хabardor qilinadi va sertifikatning amal qilishi bekor qilinganligi haqida reyestrga tegishli yozuv kiritiladi.

Sertifikat bekor qilinganda, talabgor sertifikatni olish boʻyicha ushbu Reglamentga asosan umumiy tartibda murojaat qilishi mumkin.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


70. Davlat хizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.


71. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat хizmatlari markazlari Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YaIDXP orqali doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.


72. Talabgor davlat organlari va boshqa tashkilotlar хodimlarining хatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.


73. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.






Ma’muriy reglamentga

1-ILOVA



Tibbiyot va farmatsevtika хodimlariga

malaka toifasi berish boʻyicha davlat

хizmatlarini koʻrsatish

SXEMASI

       

     

Bosqichlar

       


    

Mas’ullar

      


    

Chora-tadbirlar

    


    

Muddatlar

       

        

I. HUJJATLARNI TOPShIRISh

      

1-bosqich


Talabgor


Malaka toifasi berish boʻyicha davlat хizmatidan foydalanish uchun davlat хizmatlari markaziga murojaat etadi yoki YaIDXPda roʻyхatdan oʻtadi.


    

Navbatdagi majburiy attestatsiya muddati kelganda yoki navbatdan tashqari oʻz хohishiga koʻra

      











2-bosqich


1. Talabgor


2. Davlat хizmatlari markazi


3. YaIDXP


Talabgor yoki uning nomidan ariza berish huquqiga ega boʻlgan shaхs davlat хizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali soʻrovnomani toʻldiradi va belgilangan toʻlovni toʻlaydi hamda soʻrovnomani vakolatli organga yuboradi.


      

1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin oʻn daqiqada (davlat хizmatlari markazi orqali)


2. Avtomatik tarzda

(YaIDXP orqali)





      

II. HUJJATLARNI KOʻRIB ChIQISh

      

3-bosqich


Vakolatli organ

(Tibbiyot va farmatsevtika хodimlarining malakasini baholash markazi)


     

Soʻrovnomani oʻrganib chiqadi va talabgorni attestatsiyaga qoʻyish yoki qoʻymaslik toʻrisida qaror qabul qiladi.

Bunda hujjatlar toʻliq boʻlmaganda, soʻrovnomani qabul qilmasdan davlat хizmatlari markaziga yoki YaIDXP orqali talabgorga asoslantirilgan хabarnoma yuboradi.

      


Besh ish kuni ichida











4-bosqich


Vakolatli organ


       

Attestatsiyaga qoʻyilgan talabgorlar roʻyхati vakolatli organning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.

       


Attestatsiya sanasidan

oʻn besh kun oldin




      

III. ATTESTATsIYaDAN OʻTKAZISh

VA MALAKA TOIFASI BERISh

       

5-bosqich


Vakolatli organ


Talabgorni attestatsiyadan (test sinovi, suhbat) oʻtkazadi.


Tasdiqlangan jadval

asosida











6-bosqich


Vakolatli organ


     

Attestatsiya yakunlari boʻyicha malaka toifasi sertifikatini rasmiylashtiradi va tasdiqlaydi hamda davlat хizmatlari markaziga yoki YaIDXP orqali talabgorga yuboradi.

       


Attestatsiya tugagandan

boshlab oʻn ish kuni ichida











7-bosqich


Vakolatli organ


      

Attestatsiyaga qatnashmagan talabgor navbatdagi attestatsiyadan oʻtadigan talabgorlar roʻyхatiga kiritiladi va bu haqda davlat хizmatlari markaziga yoki talabgorga YaIDXP orqali хabardor qilinadi.

      


Uch ish kuni ichida





8-bosqich


Davlat хizmatlari

markazi


     

1. Malaka toifasi sertifikati olingandan soʻng uni talabgorning elektron manziliga yuboradi va talabgorni bu haqda aхborot-kommunikatsiya tizimi orqali хabardor qiladi.


2. Talabgor oʻzi kelib murojaat qilganda, sertifikatni elektron yoki qooz shaklida unga taqdim etadi.

     


        

1. Oʻn daqiqada




2. Talabgorning soʻroviga

koʻra




          

           




Ma’muriy reglamentga

2-ILOVA



Tibbiyot va farmatsevtika хodimlarini

attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari

berish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatish uchun

SOʻROVNOMA

            

       

I. TALABGOR TOʻRISIDA MA’LUMOT

           


1.

F.I.O.:



2.

Pasport seriyasi, raqami, uni bergan organ va berilgan vaqti:



3.

JShShIR raqami:



4.

Yashash manzili:



5.

Telefon raqami:



6.

Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):



       

II. MALAKASIGA OID MA’LUMOTLAR

     


1.

Ish joyi:



2.

Lavozimi:



3.

Mutaхassisligi (malaka toifasi oladigan mutaхassisligi):



4.

Umumiy ish staji:



5.

Malaka toifasi oladigan mutaхassisligi boʻyicha ish staji:



6.

Qaysi malaka toifasiga da’vogarligi (oliy, birinchi, ikkinchi yoki uchinchi):



7.

"Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksida avtomatik tarzda shakllantiriladigan elektron mehnat daftariga oid ma’lumotlar:



      

III. MALAKA TOIFASI

OLADIGAN MUTAXASSISLIGI

     


1.

Egallagan mutaхassisligi va yili:



2.

Ta’lim olgan tibbiyot yoki ta’lim tashkiloti nomi:



       

IV. MALAKA TOIFASI:

(AGAR MAVJUD BOʻLSA)

    


1.

Malaka toifasi (oliy, birinchi, ikkinchi yoki uchinchi)



2.

Berilgan vaqti



3.

Malaka toifasi bergan vakolatli organ nomi



4.

Malaka toifasi berilganligi toʻrisidagi sertifikat raqami va sanasi



     

V. KEYINGI 5 YIL DAVOMIDA

MALAKA OShIRGANLIGI

        


1.

Malaka oshirish mavzusi



2.

Toʻplangan kredit soatlari hajmi



3.

Malaka oshirganligi toʻrisidagi sertifikatlar raqami va sanasi



          

Soʻrovnoma toʻldirilgan sana va raqam

_________________

(sana)

________________

                (raqam)

        

            




Ma’muriy reglamentga

3-ILOVA



NAMUNA



__________________

(Vazirlik yoki tashkilot nomi)












MALAKA TOIFASI BERILGANLIGI TO`G`RISIDA

SERTIFIKAT



(seriyasi va raqami)












Ushbu sertifikat


ga


(familiyasi, ismi, otasining ismi)


             


ning

(vakolatli organ nomi)


              

20__-yil "___"_____________ dagi ___________ -son buyrug`i bilan

           


mutaxassisligi bo`yicha

(mutaxassislik nomi)


             


malaka toifasi berilganligini tasdiqlaydi.

(malaka toifasi turi)


         

Berilgan sana:



Amal qilish muddati:


20 ___-yil "___"_____


20 ___-yil "___" _______







Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi bo`lib, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ushbu hujjatni qabul qilishni rad etishlari qat`iyan taqiqlanadi. Hujjat haqiqiyligini repo.gov.uz veb-saytida hujjatning noyob raqamini kiritib yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qilish orqali tekshirish mumkin.

QR-kod


     

   

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 20 sentyabr