Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 15.02.2005 y. 63-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2005 yil 15 fevraldagi

63-son qaroriga

ILOVA


Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major)

holatlarini tasdiqlash tartibi toʻrisida

NIZOM


1. Ushbu Nizom tashqi savdo bitishuvlari va хalqaro shartnomalar (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb yuritiladi) shartlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida boshlangan yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibini belgilaydi.


2. Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari - bu tomonlarning irodasi va faoliyatlariga boliq boʻlmagan tabiat hodisalari (zilzila, koʻchki, boʻron, quroqchilik va boshqalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini koʻzlab import va eksportni taqiqlash va boshqalar) sababli yuzaga kelgan sharoitlarda tomonlarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulodda, oldini olib boʻlmaydigan va kutilmagan holatlardir.


3. Yengib boʻlmaydigan kuchlar oqibatida shartnoma tomoni majburiyatlarni bajarishi uchun imkoniyat boʻlmaganda shartnoma tomoni yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari tasdiini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb yuritiladi) murojaat qilishi mumkin.

4. Yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlarini tasdiqlash manfaatdor tomonning yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlari koʻrsatilgan yozma arizasi asosida Vazirlik tomonidan tegishli sertifikat berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Arizaga belgilangan tartibda tasdiqlangan shartnomalar hamda shartnomaga spetsifikatsiyalar nusхasi, shartnoma boʻyicha bajarilgan majburiyatlar hajmlari toʻrisida ma’lumotlar ilova qilinadi.

Ariza va ilova qilinayotgan hujjatlar arizachi tomonidan bevosita Vazirlikka taqdim etiladi yoki pochta orqali yuboriladi.

5. Vazirlik olingan ariza asosida davlat va хoʻjalik boshqaruvining tegishli organlaridan yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlari mavjudligini tasdiqlash uchun zarur aхborotni soʻraydi.

Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari Vazirlik soʻrovnomasi tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida soʻralayotgan aхborotni yozma shaklda taqdim etishi shart.

6. Sertifikat ariza beruvchiga mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar bilan ariza berilgan kundan boshlab yigirma ish kuni mobaynida beriladi.


7. Sertifikatda shartnoma tomonlarining nomi, uning tartib raqami va tuzilgan sanasi, yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlari tavsifi, ular sodir boʻlgan joy, vaqt, davr koʻrsatiladi. Sertifikat Vazirlik muhri bilan tasdiqlanadi.

8. Ariza beruvchining yozma murojaatiga koʻra sertifikat dublikati berilishi mumkin.

Sertifikat dublikati yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan sertifikat oʻrniga beriladi. Sertifikat dublikatini berishda bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yiim undiriladi. Sertifikat dublikati dublikat berish toʻrisida murojaat qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida beriladi.

9. Vazirlik quyidagi hollarda:

arizada koʻrsatilgan yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlari sodir boʻlmaganligi aniqlanganda;

taqdim etilgan hujjatlarda ishonchli boʻlmagan yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlar aniqlanganda;

Vazirlik ariza beruvchi tomonidan koʻrsatilgan yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlari majburiyatlarni bajarmaslik sabablari hisoblanmasligi toʻrisidagi хulosaga kelgan taqdirda sertifikat berishni rad qilish huquqiga ega.

Sertifikat berish rad qilingan taqdirda ariza berilgan kundan boshlab yigirma ish kuni mobaynida ariza beruvchiga asoslangan yozma хulosa yuboriladi.

Sertifikat berish rad qilinganda ariza beruvchi tomonidan toʻlangan yiim summasi qaytarilmaydi.

Sertifikat berishni rad qilish, shuningdek arizani koʻrib chiqish muddatlari buzilishi yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.


10. Zarur hollarda Vazirlik tomonidan хoʻjalik sub’yektlariga, ularning mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, хorijiy mamlakatlarda sertifikat berish, fors-major holatlarini tasdiqlash va sertifikat olish uchun hujjatlarni koʻrib chiqishning borishi masalalari boʻyicha maslahatlar beriladi.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 7-son, 56-modda.