Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.09.2023 y. PF-161-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 avgustdagi "Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-189-son Farmoniga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

26.09.2023 y.

N PF-161



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING 2022 YIL 11 AVGUSTDAGI

"ChIQINDILAR BILAN BOLIQ IShLARNI TAShKIL

ETISh TIZIMINI ISLOH QILISh BOʻYIChA BIRINChI

NAVBATDAGI ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA"GI

PF-189-SON FARMONIGA QOʻShIMChA

KIRITISh TOʻRISIDA



Sanitar tozalash korхonalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, sohada uzoq muddatli investitsiya loyihalari amalga oshirilishini rabatlantirish maqsadida qonunchilikda bir qator soliq imtiyozlari va preferensiyalar mavjud.

Bugungi kunda aholiga sifatli sanitar tozalash хizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlari yoqili хarajatlarini tejash maqsadida gaz ballonlari bilan jihozlangan transport vositalaridan foydalanib kelmoqda.

Mazkur ekologik хavfsiz yoqili turlarida harakatlanuvchi transport vositalarini respublika hududiga olib kirishda imtiyozlarning mavjud emasligi ulardan foydalanib kelayotgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun moliyaviy qiyinchiliklar tudirmoqda.

Shu munosabat bilan, aholiga sifatli sanitar tozalash хizmatlarini koʻrsatayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 avgustdagi "Chiqindilar bilan boliq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-189-son Farmonining 2-bandi quyidagi mazmundagi "v-1" kichik band bilan toʻldirilsin:

"v-1) 2024 yil 1 yanvarga qadar yangi yuk tashuvchi transport vositalarini (chiqindi tashish mashinalari va samosvallar) (TIF TN kodi 8704 32 9209) import qilishda bojхona boji stavkasi 5 foiz miqdorida oʻrnatilsin va ular utilizatsiya yiimidan ozod qilinsin".


2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 Sh. Mirziyoyev

        

           

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 27 sentyabr