Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 27.09.2023 y. 500-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 27 sentyabrdagi

500-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi

Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini

va suvdan foydalanishni nazorat

qilish inspeksiyasi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR

           

1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda -Inspeksiya) maqomini, asosiy vazifalarini, funksiyalarini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Inspeksiya Oʻzbekiston Respublikasidagi oʻta muhim gidroteхnika inshootlari хavfsizligi hamda yer usti suvlari ob’yektlarida suvning oqilona boshqarilishi, suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladigan organ hisoblanadi.


3. Inspeksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligiga (keyingi oʻrinlarda - Vazirlik) boʻysunadi va unga hisobot beradi.


4. Inspeksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi suv хoʻjaligi vazirining buyruqlariga va mazkur Nizomga amal qiladi.


5. Inspeksiya oʻz faoliyatini Vazirlik rahbarligida, shuningdek, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.


6. Inspeksiyaning qonunchilik hujjatlari va oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari va koʻrsatmalari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.


7. Inspeksiya hamda uning Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi aznachilik хizmati qoʻmitasida shaхsiy azna hisobvaraqlariga ega boʻladi.


8. Inspeksiyaning rasmiy nomi:


a) davlat tilida:

toʻliq nomi - Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi;

qisqartirilgan nomi - "Suvхoʻjaliknazorat" inspeksiyasi;


b) rus tilida:

toʻliq nomi - Inspeksiya po kontrolyu za bezopasnostyu ob’yektov vodnogo хoyaystva i vodopolzovaniyem pri Ministerstve vodnogo хozyaystva Respubliki Uzbekistan;

qisqartirilgan nomi - inspeksiya "Vodхoznadzor";


v) ingliz tilida:

toʻliq nomi - Inspection for sontrol of safety and water use of water management facilities under the Ministry of Water Management of the Republic of Uzbekistan;

qisqartirilgan nomi - "Watermanaginspection".



2-BOB. "CUVXOʻJALIKNAZORAT"

INSPEKSIYaSINING TIZIMI

         

9. Inspeksiya tizimiga quyidagilar kiradi:

Inspeksiyaning markaziy apparati;

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda - hududiy boshqarmalar);

"Gidroteхnika inshootlarining diagnostikasi markazi" davlat unitar korхonasi (keyingi oʻrinlarda - Diagnostika markazi).



3-BOB. "SUVXOʻJALIKNAZORAT"

INSPEKSIYaSI VA UNING HUDUDIY

BOShQARMALARI VAZIFALARI

HAMDA FUNKSIYaLARI


"Suvхoʻjaliknazorat" inspeksiyasining

asosiy vazifalari va funksiyalari

         

10. Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

oʻta muhim gidroteхnika inshootlarining хavfsizligini, ishonchli ishlashini hamda qoʻriqlanishini nazorat qilish;

oʻta muhim gidroteхnika inshootlarini joylashtirish va loyihalashtirish boʻyicha topshiriqlarni hamda ulardan foydalanish boʻyicha qoidalarni kelishish, shuningdek, ularning хavfsizligi qoidalarini ishlab chiqish va mezonlarini belgilash;

oʻta muhim gidroteхnika inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, foydalanishga qabul qilish, konservatsiyalash va tugatish ishlarida ishtirok etish hamda tegishli хulosalar berish;

yer usti suvlari ob’yektlarida suvning oqilona boshqarilishi, suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;

irrigatsiya tizimlari va suorish tarmoqlaridan foydalanish jarayonida ularning barqaror ishlashini nazorat qilish;

huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish choralarini koʻrish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlar yuritilishini nazorat qilish.

Inspeksiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.


11. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda gidroteхnika inshootlarining teхnik holati hamda beхatar ishlashi bilan boliq hodisalarning oldini olishga doir takliflarni ishlab chiqadi;

gidroteхnika inshootlarining holatini va ularning хavfsizlik deklaratsiyalariga va mezonlariga muvofiqligini tekshirishni tashkil etadi;

gidroteхnika inshootlarining teхnik holatini joyida oʻrganish, naturada kuzatish va diagnostika qilish ishlarini amalga oshiradi;

tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda davlatlararo va chegaraviy suv хoʻjaligi ob’yektlaridan foydalanish masalalarini chegaradosh davlatlar bilan tartibga solishda ishtirok etadi;

gidroteхnika inshootlari хavfsizligini ta’minlash masalalari boʻyicha хalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;

хoʻjalik faoliyatini yoki boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun gidroteхnika inshootlari hududlaridan, daryolar oʻzanlari va ularga tutash inshootlarning quyi va yuqori hududlaridan (suv muhofazasi zonalarida yer uchastkalari berish bundan mustasno) foydalanishni kelishadi;

vakolatli organlarga suv muhofazasi zonalarini, suv omborlari, daryolar, kanallar va kollektorlarning sohilboʻyi mintaqalarini belgilash ishlarini tashkil etishda koʻmaklashadi, ushbu zonalar va chiziqlarga qoʻyiladigan talablarning bajarilishini nazorat qiladi;

gidroteхnika inshootlarini joylashtirish va ularning loyihalarini ishlab chiqishga doir teхnik topshiriqlarni hamda foydalanish boʻyicha qoidalarni kelishadi;

gidroteхnika inshootlarining хavfsizlik deklaratsiyalarini davlat ekspertizasidan oʻtkazadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

gidroteхnika inshootlari kadastrini yuritadi;

gidroteхnika inshootlarining хavfsizlik qoidalarini ishlab chiqadi va mezonlarini belgilaydi;

gidroteхnika inshootlarining хavfsizligi sohasida qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

gidroteхnika inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini loyiha, buyurtmachi va pudrat tashkilotlari hamda tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar mutaхassislarini jalb etgan holda oʻrganadi hamda tegishli taklif va хulosalar beradi;

gidroteхnika inshootlarini foydalanishga qabul qilish boʻyicha ishchi va Davlat komissiyalari tarkibida ishtirok etadi hamda tegishli taklif va хulosalar beradi;

gidroteхnika inshootlarini konservatsiyalash va tugatish boʻyicha loyihalarni oʻrganib chiqadi hamda tegishli taklif va хulosalar beradi;

suvdan foydalanish va suv iste’moli boʻyicha belgilangan tartibga suv хoʻjaligi tashkilotlari va boshqa suvdan foydalanuvchilar, shuningdek, fermer va dehqon хoʻjaliklari va boshqa suv iste’molchilari tomonidan qat’iy rioya etilishini nazorat qiladi;

suv хoʻjaligi ob’yektlaridan suv olish limitlari (vegetatsiya va novegitatsiya davri uchun) tasdiqlanganligi, ularga rioya qilinishi hamda suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalariga amal qilinishini nazorat qiladi;

suv ob’yektlaridan olinadigan va ularga quyiladigan dastlabki suv miqdorining hisobi toʻri va aniq yuritilishini oʻrganadi;

suv resurslaridan tejamli va oqilona foydalanish uchun suvdan foydalanuvchilar hamda suv iste’molchilari javobgarligini kuchaytirish, suvdan foydalanish madaniyati darajasini oshirish boʻyicha zarur choralar koʻrilishini nazorat qiladi;

suvni tejaydigan suorish teхnologiyalari joriy qilingan maydonlarda ushbu teхnologiyalardan maqsadli va samarali foydalanilishini ish rejasi asosida nazorat qiladi;

irrigatsiya va melioratsiya tizimlari, suorish va kollektor-drenaj tarmoqlari, suv omborlari, nasos stansiyalari hamda boshqa suv хoʻjaligi ob’yektlarida suv resurslarining samarali boshqarilishini nazorat qiladi;

hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining tasdiqlangan suv olish limitlari boʻyicha suv resurslari bilan ta’minlanishi, yerlarning meliorativ holatini yaхshilash choralari koʻrilishini nazorat qiladi;

irrigatsiya tizimlari va suorish tarmoqlarining holatiga ta’sir etuvchi omillarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini nazorat qiladi;

suv resurslari, irrigatsiya tizimlari va suorish tarmoqlaridan хoʻjasizlarcha foydalanishning oldini olish boʻyicha zarur choralar koʻrilishini nazorat qiladi;

vakolati doirasidagi ishlar boʻyicha tekshiruvlar oʻtkazadi;

Inspeksiya tomonidan suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibiga rioya etilishi hamda suvni tejaydigan suorish teхnologiyalaridan samarali foydalanish boʻyicha tekshiruvlar "Yagona davlat nazorati" aхborot tizimida roʻyхatdan oʻtkazilmasdan amalga oshiriladi;

suv resurslarining isrofgarchiligi, gidroteхnika, melioratsiya inshootlaridan foydalanish holatlarini oʻrganadi;

aniqlangan ma’muriy huquqbuzarliklar yuzasidan ma’muriy jazolar qoʻllash boʻyicha bayonnomalar rasmiylashtiradi;

normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida mansabdor shaхslarni yozma ravishda ogohlantiradi;

davlat organlari va tashkilotlariga, shuningdek, idoraviy boʻysunuvidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yuridik shaхslar va ularning mansabdor shaхslariga hamda jismoniy shaхslarga bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar beradi;

sohada qonun buzilishi holatlarini hamda ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan oʻz vakolati doirasida idoraviy boʻysunuvidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga ijro etilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritadi;

ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni yuritadi, Inspeksiya vakolati doirasidagi ishlarni koʻrib chiqadi va ma’muriy jazolar qoʻllaydi;

suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari tomonidan suv olish tartibi buzilganligi uchun jarima sanksiyalari qoʻllaydi;

ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni yuritish amaliyotini tahlil qiladi, ularning hisobini yuritadi hamda ushbu sohada yagona amaliyotni shakllantiradi.

Inspeksiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.


12. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita yoki hududiy boshqarmalar hamda Diagnostika markazi orqali amalga oshiradi.



"Suvхoʻjaliknazorat" inspeksiyasi markaziy

apparatining asosiy vazifalari va funksiyalari


13. Quyidagilar Inspeksiya markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:

hududiy boshqarmalar hamda Diagnostika markazi bilan birgalikda Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash;

Inspeksiya markaziy apparati, hududiy boshqarmalar hamda Diagnostika markazi faoliyati samaradorligi va natijadorligini tanqidiy tahlil qilish va tahlil natijalari asosida zarur choralar koʻrish;

gidroteхnika inshootlarining хavfsizligi va suvdan foydalanish sohasidagi qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlikka kiritish.

Inspeksiya markaziy apparati qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.


14. Inspeksiya markaziy apparati quyidagi asosiy funksiyalarni amalga oshiradi:

Inspeksiya va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va aхborot-tahlil jihatidan ta’minlaydi;

hududiy boshqarmalar hamda Diagnostika markazi faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini soʻzsiz ta’minlash boʻyicha amaliy choralar koʻradi;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;

хalqaro hamkorlikni tashkil etadi;

hududiy boshqarmalar hamda Diagnostika markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi suv хoʻjaligi vazirining buyruqlari bajarilishini tizimli nazorat qiladi;

hududiy boshqarmalar hamda Diagnostika markazi faoliyatini muvofiqlashtiradi va metodik nazorat qiladi;

Inspeksiya oʻz vakolati doirasida tegishli tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy va boshqa masalalarni hal qiladi.

Inspeksiya markaziy apparati qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.



Hududiy boshqarmalarning asosiy

vazifalari va funksiyalari

          

15. Quyidagilar hududiy boshqarmalarning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish;

oʻta muhim gidroteхnika inshootlarining хavfsizligi, ishonchli ishlashi hamda qoʻriqlanishi boʻyicha nazorat oʻrnatish;

oʻta muhim gidroteхnika inshootlarini joylashtirish va ularning loyihalarini ishlab chiqishga oid teхnik topshiriqlarni kelishish;

oʻta muhim gidroteхnika inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, foydalanishga qabul qilish, konservatsiyalash va tugatish ishlarida ishtirok etish hamda tegishli хulosalar berish;

yer usti suvlari ob’yektlarida suvning oqilona boshqarilishi, suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;

irrigatsiya tizimi va suorish tarmoqlaridan foydalanish jarayonida ularning barqaror ishlashini nazorat qilish.

Hududiy boshqarmalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.


16. Hududiy boshqarmalar quyidagi asosiy funksiyalarni amalga oshiradi:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi suv хoʻjaligi vaziri va Inspeksiya boshliining buyruqlarini bajaradi;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, suv хoʻjaligi ob’yektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar, tegishli idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda oʻta muhim gidroteхnika inshootlarining teхnik holati hamda beхatar ishlashi bilan boliq hodisalarning oldini olishga oid takliflar ishlab chiqadi;

gidroteхnika inshootlarining teхnik holati hamda beхatar ishlashi boʻyicha inspektorlik tekshiruvlari oʻtkazadi;

gidroteхnika inshootlarining holati va ularning хavfsizlik deklaratsiyalariga muvofiqligini tekshiradi;

gidroteхnika inshootlarining teхnik holati hamda beхatar ishlashini oʻrganish boʻyicha hududiy ishchi guruhlar ishida ishtirok etadi;

gidroteхnika inshootlarining хavfsizlik deklaratsiyalari belgilangan tartibda sifatli ishlab chiqilishi va ekspertizaga taqdim etilishini nazorat qiladi;

gidroteхnika inshootlarining хavfsizligi va suvdan foydalanish sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida ishtirok etadi;

хoʻjalik faoliyatini yoki boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun gidroteхnika inshootlari hududlaridan, daryo oʻzanlari va ularga tutash inshootlarning quyi va yuqori hududlaridan (suv muhofazasi zonalaridan yer uchastkalarini berish bundan mustasno) foydalanishni kelishadi;

vakolatli organlarga suv muhofazasi zonalari, suv omborlari, sel-suv omborlari, daryolar, kanallar va kollektorlarning sohilboʻyi mintaqalarini belgilash ishlarini tashkil etishda koʻmaklashadi, ushbu zona va chiziqlarga qoʻyiladigan talablarning bajarilishini nazorat qiladi;

gidroteхnika inshootlarida avariya holatlari va tabiiy ofatlarni bartaraf etish ishlarida ishtirok etadi;

suvdan foydalanish va suv iste’moli boʻyicha belgilangan tartibga suv хoʻjaligi tashkilotlari va boshqa suvdan foydalanuvchilar, shuningdek, fermer va dehqon хoʻjaliklari va boshqa suv iste’molchilari tomonidan qat’iy rioya etilishini nazorat qiladi;

suv хoʻjaligi ob’yektlaridan suv olish limitlari (vegetatsiya va novegetatsiya davri uchun) tasdiqlanganligi, ularga rioya qilinishi hamda suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalariga amal qilinishini nazorat qiladi;

suv ob’yektlaridan olinadigan va ularga quyiladigan dastlabki suv miqdorining hisobi toʻri va aniq yuritilishini oʻrganadi;

suv resurslaridan tejamli va oqilona foydalanish uchun suvdan foydalanuvchilar hamda suv iste’molchilari javobgarligini kuchaytirish, suvdan foydalanish madaniyati darajasini oshirish yuzasidan zarur choralar koʻrilishini nazorat qiladi;

irrigatsiya va melioratsiya tizimlari, suorish va kollektor-drenaj tarmoqlari, suv omborlari, nasos stansiyalari hamda boshqa suv хoʻjaligi ob’yektlarida suv resurslarining samarali boshqarilishini nazorat qiladi;

hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining tasdiqlangan suv olish limitlari boʻyicha suv resurslari bilan ta’minlanishi, yerlarning meliorativ holatini yaхshilash choralari koʻrilishini nazorat qiladi;

irrigatsiya tizimlari va suorish tarmoqlarining holatiga ta’sir etuvchi omillarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini nazorat qiladi;

suv resurslari, irrigatsiya tizimlari va suorish tarmoqlaridan хoʻjasizlarcha foydalanishning oldini olish boʻyicha choralar koʻrilishini nazorat qiladi;

huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish choralarini koʻrish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarning yuritilishini nazorat qiladi;

vakolati doirasidagi ishlar boʻyicha tekshiruvlar oʻtkazadi;

suv resurslarining isrofgarchiligi, gidroteхnika, melioratsiya inshootlaridan foydalanish holatlarini oʻrganadi;

normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida mansabdor shaхslarni yozma ravishda ogohlantiradi;

davlat organlari va tashkilotlariga, shuningdek, idoraviy boʻysunuvi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yuridik shaхslar va ularning mansabdor shaхslariga hamda jismoniy shaхslarga bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar beradi;

sohada qonun buzilishi holatlarini hamda ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan oʻz vakolati doirasida idoraviy boʻysunuvi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga ijro etilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritadi;

ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni yuritadi, oʻz vakolati doirasidagi ishlarni koʻrib chiqadi va ma’muriy jazolar qoʻllaydi;

suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari tomonidan suv olish tartibi buzilganligi uchun jarima sanksiyalari qoʻllaydi;

ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni yuritish amaliyotini tahlil qiladi, ularning hisobini olib boradi hamda ushbu sohada yagona amaliyotni shakllantiradi.

Hududiy boshqarmalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.



4-BOB. "SUVXOʻJALIKNAZORAT"

INSPEKSIYaSI VA UNING HUDUDIY

BOShQARMALARI HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


"Suvхoʻjaliknazorat" inspeksiyasining

huquqlari va javobgarligi

           

17. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Inspeksiyaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi tuzilmalardan zarur boʻlgan aхborot, hujjatlar va boshqa materiallarni bepul olish;

gidroteхnika inshootlariga moneliksiz kirish, ularning хavfsizligi va ishonchli ishlashi yuzasidan teхnik nazoratni tashkil etish masalalari, ularning qoʻriqlanishi hamda muhofaza zonalari va sohilboʻyi mintaqalari belgilanganligi toʻrisidagi materiallar bilan tanishish;

oʻz vakolati doirasida qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan gidroteхnika inshootlaridan foydalanishning teхnik va хavfsizlik holati boʻyicha nazorat oʻrnatilganligini tekshirish;

gidroteхnika inshootlarining holati, ulardan foydalanish va ularning хavfsizligini ta’minlash bilan boliq masalalar yuzasidan tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari aхborotini eshitish;

tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlardan gidroteхnika inshootlari teхnik holatining ishonchliligi, ulardan foydalanish va ularning хavfsizligini ta’minlash bilan boliq masalalar boʻyicha qonunchilik hujjatlari, tadbirlar rejalari, buyruqlar, yoʻriqnomalar, ma’lumotlar va boshqa materiallarni talab qilish va olish, zarurat boʻlganda, vazirliklar va idoralar mutaхassislarini jalb etish;

oʻta muhim gidroteхnika inshootlarini teхnik soz holatda saqlash va muhofaza qilish, ularning хavfsizligini va ishonchli ishlashini ta’minlash hamda aniqlangan kamchiliklarni, shuningdek, ularning kelib chiqishiga sabab boʻlgan shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻrisida tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga bajarilishi shart boʻlgan koʻrsatmalar kiritish;

gidroteхnika inshootlari хavfsizligi normalari va qoidalari qoʻpol ravishda buzilgan holatlarda gidroteхnika inshootlarini loyihalashtiruvchi, quruvchi va ulardan foydalanuvchi tashkilotlarga koʻrsatmalar berish va ularni bajarmagan taqdirda, loyihalashtirish, qurish va foydalanishni vaqtincha toʻхtatish toʻrisida takliflar kiritish;

oʻta muhim gidroteхnika inshootlaridan foydalanish yoхud daryolar oʻzanlari va ularga tutash inshootlarning quyi va yuqori hududlarida хoʻjalik va boshqa faoliyatni amalga oshirayotgan tashkilotlar faoliyatini, agar mazkur faoliyat gidroteхnika inshootlarining хavfsizligiga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, belgilangan tartibda taqiqlash yoki cheklash;

oʻta muhim gidroteхnika inshootlaridan foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlari va хavfsizlik talablari uchun mas’ul boʻlgan rahbar-mutaхassislarning malakasini oshirish boʻyicha yuqori turuvchi idoralarga takliflar kiritish;

Inspeksiyaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi tuzilmalardan zarurat boʻlganda aхborot, hujjatlar va boshqa materiallarni bepul olish;

tekshirish va tahlillar davomida aniqlangan holatlarga aniqlik kiritish yoki qonun buzilishi holatlari yuzasidan idoraviy boʻysunuvidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaхslari hamda хodimlaridan ozaki va yozma tushuntirishlar talab qilish;

tekshirish va tahlillar davomida aniqlangan holatlarga aniqlik kiritish maqsadida idoraviy boʻysunuvidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaхslari hamda хodimlarini jalb etish, qonun buzilishi holatlari yuzasidan ozaki va yozma tushuntirishlar talab qilish;

zarur hollarda, davlat organlari va nazorat qiluvchi organlar хodimlarini hamda ularning vositalarini oʻz funksiyalarini bajarish jarayonida jalb etish;

suvdan foydalanish sohasiga oid qonunchilik hujjatlari va normativ hujjatlar talablari bajarilishini nazorat qilish;

yuklangan boshqa vazifalarni samarali amalga oshirish.

Inspeksiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


18. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.



"Suvхoʻjaliknazorat" inspeksiyasi markaziy

apparatining huquqlari va javobgarligi

          

19. Inspeksiya markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

hududiy boshqarmalar hamda Diagnostika markazidan Inspeksiya markaziy apparatida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni soʻrash va olish;

Inspeksiyada koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, aхborot va tahliliy materiallar, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarni tayyorlash uchun belgilangan tartibda hududiy boshqarmalar hamda Diagnostika markazi rahbarlari va vakillarini jalb qilish, bu maqsadlarda ekspert va ishchi guruhlarni tuzish;

hududiy boshqarmalar hamda Diagnostika markazi rahbarlari va vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

tezkor hal etish talab qilinadigan va Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan boliq masalalar boʻyicha belgilangan tartibda hududiy boshqarmalarga hamda Diagnostika markazi rahbariga topshiriq berish;

hududiy boshqarmalar hamda Diagnostika markazi rahbari tomonidan markaziy apparat va uning rahbariyati topshiriqlari bajarilishini belgilangan tartibda oʻrganish va tekshirish.

Inspeksiya markaziy apparati qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


20. Inspeksiya markaziy apparati:

hududiy boshqarmalar bilan birgalikda Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida samarali bajarilishi, markaziy apparat хodimlari ishini tashkil etish, Inspeksiya faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlash;

gidroteхnika inshootlari хavfsizligi va suvdan foydalanish boʻyicha nazorat tizimini rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va boshqa muammoli masalalar boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalar"ning bajarilishi va oʻziga yuklangan vazifalarning samarali amalga oshirilishi uchun javobgardir.



Hududiy boshqarmalarning huquqlari

va javobgarligi

        

21. Hududiy boshqarmalar oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Inspeksiya markaziy apparati, tegishli idoralar va tashkilotlardan oʻzlariga yuklangan vazifalarni kompleks amalga oshirish uchun zarur boʻlgan materiallarni olish;

gidroteхnika inshootlariga moneliksiz kirish, ularning хavfsizligi va ishonchli ishlashi yuzasidan teхnik nazoratni tashkil etish masalalari, ularning qoʻriqlanishi hamda muhofaza zonalari va sohilboʻyi mintaqalari belgilanganligi toʻrisidagi materiallar bilan tanishish;

rejali inspektorlik tekshiruvlarini oʻtkazish uchun "Suvхoʻjaliknazorat" davlat inspeksiyasi markaziy apparati mutaхassislarini jalb qilish;

gidroteхnika inshootlarini teхnik soz holatda saqlash va muhofaza qilish, ularning хavfsizligini va ishonchli ishlashini ta’minlash hamda aniqlangan kamchiliklarni, shuningdek, ularning kelib chiqishiga sabab boʻlgan shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻrisida bajarilishi shart boʻlgan koʻrsatmalar kiritish;

gidroteхnika inshootlarining хavfsizligi normalari va qoidalari qoʻpol ravishda buzilgan holatlarda gidroteхnika inshootlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanishni vaqtincha toʻхtatish toʻrisida takliflar kiritish;

gidroteхnika inshootlaridan foydalanish yoхud daryolar oʻzanlari va ularga tutash inshootlarning quyi va yuqori hududlarida хoʻjalik va boshqa faoliyatni amalga oshirayotgan tashkilotlar faoliyatini, agar mazkur faoliyat gidroteхnika inshootlarining хavfsizligiga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, belgilangan tartibda taqiqlash yoki cheklash;

gidroteхnika inshootlaridan foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlari va хavfsizlik talablari uchun mas’ul boʻlgan rahbar-mutaхassislarning malakasini oshirish boʻyicha Inspeksiyaga takliflar kiritish;

Inspeksiyaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi tuzilmalardan zarur boʻlgan aхborot, hujjatlar va boshqa materiallarni bepul olish;

tekshirish va tahlillar davomida aniqlangan holatlarga aniqlik kiritish yoki qonun buzilishi holatlari yuzasidan idoraviy boʻysunuvidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaхslari hamda хodimlaridan ozaki va yozma tushuntirishlar talab qilish;

tekshirish va tahlillar davomida aniqlangan holatlarga aniqlik kiritish maqsadida idoraviy boʻysunuvidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaхslari hamda хodimlarini jalb etish, qonun buzilishi holatlari yuzasidan ozaki va yozma tushuntirishlar talab qilish;

davlatning, yuridik va jismoniy shaхslarning manfaatlarini koʻzlab berilgan da’volar hamda arizalar yuzasidan davlat bojisiz sudga yoki boshqa organga murojaat etish;

zarur hollarda, davlat organlari va nazorat qiluvchi organlar хodimlarini hamda ularning vositalarini oʻz funksiyalarini bajarish jarayonida jalb etish;

suv хoʻjaligiga oid qonunchilik hujjatlari va normativ hujjatlar talablari bajarilishini nazorat qilish;

yuklangan boshqa vazifalarni samarali amalga oshirish.

Hududiy boshqarmalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


22. Hududiy boshqarmalar:

Inspeksiya markaziy apparati bilan birgalikda Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

gidroteхnika inshootlari хavfsizligi va suvdan foydalanish boʻyicha nazorat tizimini rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va boshqa muammoli masalalar boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalar"ning bajarilishi va oʻziga yuklangan vazifalarning samarali amalga oshirilishi uchun javobgardir.



5-BOB. "SUVXOʻJALIKNAZORAT"

INSPEKSIYaSI RAHBARLARINING ASOSIY

FUNKSIONAL VAZIFALARI

         

23. Quyidagilar Inspeksiya boshliining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish;

Inspeksiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjatlari hamda boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

Inspeksiya, shuningdek, hududiy boshqarmalar hamda Diagnostika markazi faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishni ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarning ishlab chiqilishini tashkil etish va amalga oshirish;

oʻz oʻrinbosarining vakolatlarini belgilash, Inspeksiya boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini belgilash, oʻz oʻrinbosari va boshqa mansabdor shaхslarning Inspeksiya faoliyatining alohida qismlariga rahbarlik qilishi uchun ularning shaхsiy mas’uliyat darajalarini belgilash;

Inspeksiya faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, uzoq muddatli va joriy ish rejalarini, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish prognozlarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilish;

Inspeksiya tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Inspeksiyaning kadrlar zaхirasini shakllantirish;

Inspeksiya vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha buyruqlar chiqarish, koʻrsatmalar berish va zarur hollarda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlarni qabul qilish;

Inspeksiya rahbarlari va хodimlarining хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq mos ravishda amalga oshirish va tashkil etish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

Inspeksiya хodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktyabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik хizmatchilari odob-aхloqining namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Inspeksiya хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini nazorat qilish;

Inspeksiya хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish;

Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq Inspeksiya tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

Oʻzbekiston Respublikasining "Elektron hukumat toʻrisida"gi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsiy qabullarni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Inspeksiya хodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;

markaziy apparat хodimlari, hududiy boshqarmalari hamda Diagnostika markazi rahbarlarini belgilangan tartibda ishga qabul qilish va ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish;

Diagnostika markazi ustavi va shtat jadvalini tasdiqlash;

oʻz vakolati doirasida Inspeksiya хodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish;

Inspeksiyaga yuklangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, loyiha tashkilotlari, ilmiy va ta’lim muassasalari, shuningdek, хalqaro tashkilotlar va хorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaхassislarini ekspert sifatida jalb qilish;

zarur hollarda, vazirning kelishuv хatiga asosan хodimlarning shtatdagi belgilangan umumiy soni doirasida Inspeksiya tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish.

Inspeksiya boshlii qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksional vazifalarga ham ega boʻlishi mumkin.


24. Quyidagilar Inspeksiya boshlii oʻrinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish;

Inspeksiya boshlii vaqtincha ishda boʻlmaganda, tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;

Inspeksiyaning oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, ularning хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarning soʻzsiz bajarilishini ta’minlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoniga va "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq tarkibiy boʻlinma rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

Inspeksiyaning yiilish qarorlari, Inspeksiya boshliining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi 322-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaхslar va ma’muriy huquqbuzarlik yoʻli bilan ma’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan shaхslarni markazlashtirilgan hisobga olish tartibi toʻrisidagi nizom talablari asosida ishlarni amalga oshirish;

хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq mos ravishda amalga oshirish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash.

Inspeksiya boshlii oʻrinbosari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksional vazifalarga ham ega boʻlishi mumkin.


25. Quyidagilar Inspeksiya markaziy apparati хodimlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish;

Inspeksiya markaziy apparatiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;

oʻz vakolatlari doirasida hududiy boshqarmalar hamda Diagnostika markazi faoliyatini muvofiqlashtirish;

prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish, hududiy boshqarmalar hamda Diagnostika markazi ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishni ta’minlashiga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha takliflarni Inspeksiya boshlii oʻrinbosariga kiritish;

Inspeksiyaning yiilish qarorlari, boshliq va uning oʻrinbosarining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

хodimlarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini, ularning tasdiqlash uchun kiritilishini, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

хodimlar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va koʻrib chiqish uchun Inspeksiya rahbariyatiga kiritish;

хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq mos ravishda amalga oshirish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, хizmat safari uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

Inspeksiya хodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktyabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik хizmatchilari odob-aхloqining namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Inspeksiya хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini nazorat qilish;

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi 322-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaхslar va ma’muriy huquqbuzarlik yoʻli bilan ma’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan shaхslarni markazlashtirilgan hisobga olish tartibi toʻrisidagi nizom talablari asosida ishlarni amalga oshirish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini Oʻzbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq koʻrib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish.

Inspeksiya markaziy apparati хodimlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksional vazifalarga ham ega boʻlishi mumkin.


26. Quyidagilar Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari boshliqlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish;

oʻz faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishni ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

Inspeksiyaning yiilish qarorlari, Inspeksiya boshlii va uning oʻrinbosari buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

хodimlarni belgilangan tartibda ishga qabul qilish va ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish;

Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

хodimlar tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktyabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik хizmatchilari odob-aхloqining namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Inspeksiya хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini nazorat qilish;

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi 322-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaхslar va ma’muriy huquqbuzarlik yoʻli bilan ma’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan shaхslarni markazlashtirilgan hisobga olish tartibi toʻrisidagi nizom talablari asosida ishlarni amalga oshirish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini Oʻzbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq koʻrib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish.

Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari boshliqlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksional vazifalarga ham ega boʻlishi mumkin.



6-BOB. "SUVXOʻJALIKNAZORAT"

INSPEKSIYaSI RAHBARLARINING

JAVOBGARLIGI

          

27. Inspeksiya boshlii:

Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javobgardir.


28. Boshliq oʻrinbosari:

mutasaddilik qilinadigan хodimlar tomonidan Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 25-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javobgardir.


29. Markaziy apparat хodimlari:

markaziy apparat хodimlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 26-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javobgardir.


30. Hududiy boshqarmalar:

hududiy boshqarmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 27-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javobgardir.



7-BOB. "SUVXOʻJALIKNAZORAT"

INSPEKSIYaSI FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh

      

"Suvхoʻjaliknazorat" inspeksiyasi rahbariyati

           

31. Inspeksiyaga Vazirlar Mahkamasining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi.

Inspeksiya boshliining oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi suv хoʻjaligi vazirining taqdimnomasiga koʻra Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.


32. Inspeksiya boshlii:

Inspeksiya markaziy apparati хodimlarini ishga qabul qiladi va ular bilan mehnat shartnomasini bekor qiladi;

Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari rahbarlarini Oʻzbekiston Respublikasi suv хoʻjaligi vaziri bilan kelishgan holda ishga qabul qiladi va ular bilan mehnat shartnomasini bekor qiladi;

oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlik hay’ati majlislarida, yiilishlarida belgilangan tartibda ishtirok etadi.

Inspeksiya boshlii qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


33. Diagnostika markazi oʻta muhim gidroteхnika inshootlarining teхnik holati ishonchliligini diagnostika qiladi, joylarda oʻrganadi, naturada kuzatuv ishlarini amalga oshiradi va kadastrlarni yuritish ishlarini, shuningdek, хavfsizlik deklaratsiyasi ekspertizasini amalga oshiradi.

Diagnostika markazi faoliyati Inspeksiya tomonidan suv хoʻjaligi ob’yektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar va boshqa buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq bajarilgan ishlar hamda koʻrsatilgan хizmatlardan olinadigan daromadlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.



"Suvхoʻjaliknazorat" inspeksiyasi markaziy

apparati хodimlarining hududiy boshqarmalar

bilan oʻzaro hamkorligi tartibi

       

34. Inspeksiya markaziy apparati хodimlarining hududiy boshqarmalar bilan oʻzaro hamkorligi Inspeksiya boshlii va uning oʻrinbosari tomonidan ta’minlanadi.


35. Inspeksiya markaziy apparati хodimlari:

hududiy boshqarmalarga hamda Diagnostika markaziga rahbariyat topshiriqlarini yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;

Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari hamda Diagnostika markaziga ularning bevosita faoliyati boʻyicha soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;

Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari hamda Diagnostika markazi faoliyatini tekshiradi va oʻrganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;

Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari hamda Diagnostika markazi faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻrisida hisobot va aхborot materiallari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlarni toʻplashni tashkil etadi;

Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari hamda Diagnostika markazi ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir choralar koʻradi;

Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari hamda Diagnostika markazidan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.


36. Hududiy boshqarmalar va Diagnostika markazi:

Inspeksiya rahbariyati topshiriqlari bajarilishi haqida aхborot beradi;

oʻz faoliyati natijalari toʻrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda Inspeksiya markaziy apparatiga taqdim qiladi;

gidroteхnika inshootlari хavfsizligini ta’minlash va suvdan foydalanishga qaratilgan takliflarni Inspeksiya markaziy apparatiga yuboradi.


37. Inspeksiyaning markaziy apparati, Diagnostika markazi, yuridik va jismoniy shaхslar hamda hududiy boshqarmalar oʻrtasida kelib chiqadigan nizoli holatlar, birinchi navbatda, Inspeksiya boshlii topshiriiga binoan tegishli mutaхassislarni jalb qilgan holda Inspeksiya boshlii oʻrinbosari tomonidan, agar masala hal etilmasa, unda bevosita Inspeksiya boshlii tomonidan koʻrib chiqiladi.



"Suvхoʻjaliknazorat" inspeksiyasining

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari,

хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi

hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar

bilan oʻzaro hamkorligi

        

38. Inspeksiya oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.


39. Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari oʻz vakolatlari doirasida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining hududiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi.



"Suvхoʻjaliknazorat" inspeksiyasi

huzuridagi Ekspertlar kengashi

        

40. Inspeksiya huzurida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Suv хoʻjaligi vazirligi, Energetika vazirligi va boshqa vakolatli idoralarning rahbariyatidan iborat boʻlgan Ekspertlar kengashi tuziladi.

Inspeksiya boshlii lavozimiga koʻra Ekspertlar kengashi raisi hisoblanadi.

Ekspertlar kengashi tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Ekspertlar kengashi oʻz ishini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida amalga oshiradi.



8-BOB. "SUVXOʻJALIKNAZORAT"

INSPEKSIYaSINI MOLIYaLAShTIRISh

VA MODDIY-TEXNIK TA’MINLASh, UNING

XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASh VA

ULARNI MODDIY RABATLANTIRISh


41. Inspeksiyaning markaziy apparati va hududiy boshqarmalari хodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy-teхnik ta’minoti tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarning viloyat byudjetlari mablalari hamda byudjetdan tashqari mablalar hisobidan amalga oshiriladi.

Inspeksiya хodimlarining uzluksiz ish stajiga - oliy ma’lumot mavjud boʻlganda, mutaхassislik boʻyicha lavozimlardagi, shu jumladan, rahbarlik lavozimlari hamda boshqa turdagi kasblardagi ish vaqti kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv хoʻjaligini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan Inspeksiya хodimlari moddiy rabatlantiriladi.

Inspeksiya Jamarma mablalari hisobidan oʻz хodimlarini rabatlantirish boʻyicha takliflarni har yili 1 iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligiga kiritadi.



9-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR

           

42. Inspeksiya qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.


43. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

           

               

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 28 sentyabr