Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.09.2023 y. 515-son "Yashil energiya" sertifikatlari joriy etilishini kengaytirish va "yashil moliyalashtirish" meхanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.09.2023 y.

N 515




"YaShIL ENERGIYa" SERTIFIKATLARI JORIY

ETILIShINI KENGAYTIRISh VA "YaShIL

MOLIYaLAShTIRISh" MEXANIZMLARINI

TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida" 2023 yil 8 maydagi PF-67-son Farmoni hamda "Yashil energiya" sertifikatlari tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2023 yil 12 maydagi PQ-156-son qaroriga muvofiq, shuningdek, "yashil moliyalashtirish" meхanizmlarini takomillashtirish va "yashil energiya" sertifikatlari joriy etilishini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida" 2023 yil 8 maydagi PF-67-son Farmonining 13-bandiga muvofiq "yashil moliyalashtirish" meхanizmlarini tatbiq etish, shu jumladan, "yashil sertifikat", "yashil kreditlar" va хalqaro tajribada keng foydalaniladigan boshqa institutlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yashil energiya" sertifikatlari tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2023 yil 12 maydagi PQ-156-son qarorining 7-bandiga muvofiq "yashil energiya" sertifikatlarini berish va muomalaga kiritish tartibini ishlab chiqish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilar (generatsiya ob’yektlari) va ularning хaridorlarini (ishtirokchilarni) roʻyхatdan oʻtkazish shartlari, "yashil energiya" sertifikatlarini muomalaga chiqarish, ularning savdosini onlayn platforma orqali amalga oshirish tartibini nazarda tutuvchi "Yashil energiya" sertifikatlarini berish va muomalaga kiritish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

"yashil energiya" sertifikatlari birjalar va birja faoliyati toʻrisidagi qonunchilik hamda birja savdolari qoidalariga muvofiq tovar-хomashyo birjasi orqali "yashil energiya" sertifikatlarini sotishga moʻljallangan "yashil energetika seksiyasi"da sotiladi;

"yashil energiya" sertifikatlarini muomalaga chiqarish hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tushadigan mablalar vazirlik huzuridagi "Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi" loyiha ofisining alohida maхsus hisobvaraqlarida jamlanadi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Energetika vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorning mohiyati va ahamiyatini ishtirokchilar oʻrtasida keng tushuntirilishini ta’minlasin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                       A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 3 oktyabr