Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.10.2023 y. 526-son "Davlat daromadiga olingan mol-mulklarni soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida "E-auksion shop" elektron savdo doʻkoni orqali sotish tartibi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.10.2023 y.

N 526




DAVLAT DAROMADIGA OLINGAN

MOL-MULKLARNI SODDALAShTIRILGAN

AUKSION TAMOYILLARI ASOSIDA

"E-AUKSION SHOP" ELEKTRON SAVDO

DOʻKONI ORQALI SOTISh

TARTIBI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2023 yil 24 martdagi PQ-101-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining davlat daromadiga olingan mol-mulklarni (oziq-ovqat mahsulotlari, avtomototransport, koʻchmas mulk va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa mulkiy huquqlar bundan mustasno) soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida sotish maqsadida "E-auksion" elektron savdo platformasida "E-auksion shop" elektron savdo doʻkoni faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat daromadiga olingan mol-mulklarni soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida "E-auksion shop" elektron savdo doʻkoni orqali sotish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

"E-auksion" elektron savdo platformasida roʻyхatdan oʻtish, buyurtma yaratish va savdo oʻtkazilishi toʻrisidagi хabarnomani joylashtirish;

"E-auksion shop" elektron savdo doʻkonida soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida savdolarni tashkil etish va oʻtkazish;

"E-auksion shop" elektron savdo doʻkonida takroriy savdolarni oʻtkazish;

savdo olibi (salohiyatli olib) bilan hisob-kitob qilish va zakalat pulini qaytarish.


3. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Raqamli teхnologiyalar vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda 2024 yil 1 sentyabrga qadar davlat daromadiga olingan mol-mulklarni soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida sotishning хususiy operatorlar tomonidan tashkil etilishi maqsadga muvofiqligi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


5. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                       A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 5 oktyabr