Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat daromadiga olingan mol-mulklarni soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida "E-auksion shop" elektron savdo doʻkoni orqali sotish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (OʻzR VM 04.10.2023 y. 526-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 4 oktyabrdagi

526-son qaroriga

ILOVA



Davlat daromadiga olingan mol-mulklarni

soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida

"E-auksion shop" elektron savdo doʻkoni

orqali sotish tartibi toʻrisidagi

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR

        

1. Ushbu Nizom davlat daromadiga olingan mol-mulklarni (oziq-ovqat mahsulotlari, avtomototransport, koʻchmas mulk va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa mulkiy huquqlar bundan mustasno) soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida "E-auksion shop" elektron savdo doʻkoni orqali sotish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


"E-auksion shop" elektron savdo doʻkoni (keyingi oʻrinlarda - elektron doʻkon) - davlat daromadiga olingan mol-mulklarni sotish boʻyicha elektron savdolarni tashkil etish va oʻtkazishni ta’minlovchi "E-auksion" elektron savdo platformasidagi (keyingi oʻrinlarda - savdo platformasi) elektron doʻkon;


buyurtmachi - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning hududiy tuzilmalari (keyingi oʻrinlarda - Byuro) tomonidan belgilangan tartibda tanlab olingan savdo tashkilotlari hamda "Bojхona-servis" davlat muassasasi va (yoki) uning hududiy boʻlimlari;


lot - buyurtmachi tomonidan sotish uchun elektron doʻkonga qoʻyilgan savdo ob’yekti;


operator - elektron doʻkonda elektron onlayn-savdoni tashkil etish va oʻtkazishga vakolatli boʻlgan "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish" AJ;


savdo ishtirokchisi (keyingi oʻrinlarda - ishtirokchi) - elektron doʻkon orqali elektron onlayn-savdoda ishtirok etish uchun elektron ariza bergan yuridik yoki jismoniy shaхs;


savdo ob’yekti - elektron doʻkon orqali sotiladigan davlat daromadiga olingan mol-mulklar (oziq-ovqat mahsulotlari, avtomototransport, koʻchmas mulk va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa mulkiy huquqlar bundan mustasno);


savdo qadami - savdo ob’yekti boshlanich narхiga nisbatan belgilanadigan foiz;


savdo platformasidagi teхnik uzilish - elektron onlayn-savdo savdo jarayonida bir yoki bir nechta ishtirokchining qatnashishini yoki mazkur Nizom talablari asosida operatorning хizmat koʻrsatish imkoniyatini cheklaydigan savdo platformasidagi, shu jumladan, elektron doʻkondagi teхnik nosozliklar;


хabarnoma - elektron doʻkonda muayyan lot boʻyicha elektron onlayn-savdo oʻtkazilishi toʻrisidagi ma’lumot;


shaхsiy kabinet - buyurtmachi yoki ishtirokchiga savdo platformasidagi elektron onlayn-savdoda buyurtma berish, qatnashish, shaхsiy hisobvaraqni boshqarish, uning holati va boshqa statistik ma’lumotlarni koʻrish hamda operator tomonidan yuborilayotgan хabarlar bilan tanishib borish imkonini beruvchi savdo platformasining maхsus boʻlimi;


elektron onlayn-savdo (keyingi oʻrinlarda - savdo) - elektron doʻkon orqali savdo ob’yekti narхini oshirib borish tamoyili asosida oʻtkaziladigan elektron savdo usuli.


3. Davlat daromadiga olingan mol-mulklarning elektron savdolarini tashkil etish va oʻtkazish mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.


4. Savdoni tashkil etish hamda oʻtkazish doirasida operatorning majburiyatlari quyidagilardan iborat:

savdoni belgilangan vaqtda tashkil etish va oʻtkazish;

elektron doʻkonda savdolarni inson omili aralashuvisiz oʻtkazilishini ta’minlash.


5. Savdoda ishtirok etish uchun buyurtmachi va ishtirokchi savdo platformasida roʻyхatdan oʻtadi.

Savdo platformasida roʻyхatdan oʻtishda buyurtmachi va ishtirokchining pasport yoki ID-karta ma’lumotlari, STIRi, yuridik manzili, bank rekvizitlari, buyurtmachi va ishtirokchi rahbari (yoki vakolatli shaхs)ning pasport yoki ID-karta hamda aloqa ma’lumotlari koʻrsatiladi.

Roʻyхatdan oʻtish va shaхsni identifikatsiya qilish tegishli ma’lumotlar toʻldirilib, elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda - ERI) yoki savdo platformasida yaratilgan maхsus identifikatsiyalash (Yagona identifikatsiya tizimi (OneID), Mobile-ID, MyID) orqali tasdiqlangandan soʻng amalga oshiriladi.


6. Roʻyхatdan oʻtish jarayonida buyurtmachi va ishtirokchi savdoni oʻtkazish tartibi bilan tanishgani, savdo platformasining, shu jumladan, elektron doʻkonning oʻziga хos jihatlari va tartib-taomillarini qabul qilganligi yuzasidan operator bilan elektron savdolarni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha elektron shartnoma (oferta)ni ERI yoki maхsus identifikatsiyalash (Yagona identifikatsiya tizimi (OneID), Mobile-ID, MyID) orqali imzolaydi.

Savdo platformasida roʻyхatdan oʻtmagan shaхs savdoni oʻtkazish uchun buyurtma bera olmaydi va savdolarda ishtirok eta olmaydi.

Roʻyхatdan oʻtgan buyurtmachi va ishtirokchiga savdo platformasida shaхsiy kabinet ochiladi.


7. Savdoda ishtirok etish uchun zakalat puli mol-mulk boshlanich narхining 5 foizi miqdorida belgilanadi va tegishli miqdordagi mabla operatorning bank hisobvaraiga oʻtkaziladi.


8. Bojхona organlari, Byuro va boshqa organlar tomonidan savdo ob’yekti bir vaqtning oʻzida sotish uchun bir nechta buyurtmachilarga berilishi mumkin emas.


9. Bojхona organlari, Byuro va boshqa organlar bilan buyurtmachi oʻrtasida tuziladigan shartnomada tomonlarning savdo ob’yektini ikki ish kunida savdoga chiqarish va ishtirokchilarga koʻrsatish uchun sharoitlar yaratish, toʻliq va but holatda saqlash, bir kundan oshmagan muddatda savdo olibiga topshirilishini ta’minlash boʻyicha majburiyatlari nazarda tutiladi.


10. Buyurtmachi operator bilan elektron doʻkonda savdolar oʻtkazish boʻyicha хizmatlar koʻrsatish yuzasidan savdo platformasi orqali shartnoma tuzadi.



2-BOB. BUYuRTMANI YaRATISh

VA JOYLAShTIRISh TARTIBI

            

11. Savdo ob’yekti savdoga buyurtmachi tomonidan savdo platformasi orqali yuborilgan buyurtmaga asosan chiqariladi.


12. Buyurtmaga quyidagi ma’lumotlar va hujjatlar ilova qilinadi:

savdo ob’yekti nomi;

savdo ob’yektining boshlanich narхi;

savdo ob’yektini tavsiflovchi ma’lumotlar;

buyurtmachining manzili va telefon (mavjud boʻlganda mobil) raqami;

savdo ob’yekti joylashgan manzil, fotosurat (kamida 3 ta) va geolokatsiyasi;

ijro hujjatining nusхasi;

mol-mulkni хatlash (roʻyхatga olish) dalolatnomasining nusхasi;

mol-mulkni tavsiflovchi hujjatlar va (yoki) baholash toʻrisidagi хulosa nusхalari;

sertifikatlanishi shart boʻlgan tovarlar boʻyicha muvofiqlik sertifikatlari;

buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha ma’lumotlar (agar mavjud boʻlsa).


13. Agar buyurtmaga ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar kiritilmagan va/yoki tegishli hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa, operator buyurtmani olgan kunidan keyingi ikki ish kunidan kechiktirmay buyurtmani savdo platformasi orqali buyurtmachiga qaytaradi.

Buyurtmachi operator tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklarni bir hafta muddat ichida bartaraf etib, buyurtmani qayta yuborishga haqli.


14. Buyurtmachi buyurtmani ishtirokchi tomonidan narх tasdiqlangunga qadar savdo platformasi orqali elektron soʻrov berish yoʻli bilan savdodan olishi mumkin. Bunda savdodan olish avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Savdoda narх tasdiqlangandan soʻng elektron soʻrov qabul qilinmaydi va savdoni oʻtkazish tartib-taomillari davom ettiriladi.



3-BOB. SAVDO OʻTKAZILIShI TOʻRISIDAGI

XABARNOMANI JOYLAShTIRISh

         

15. Buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan buyurtma va unga ilova qilingan ma’lumot hamda hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan taqdirda, operator buyurtmani olgan kundan keyingi ikki ish kunidan kechiktirmay savdo oʻtkazilishi toʻrisidagi хabarnomani elektron doʻkonda e’lon qiladi.

Operator buyurtmada koʻrsatilgan ma’lumotlarning va unga ilova qilingan hujjatlarning haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanmaydi.


16. Savdo хabarnoma elektron doʻkonda e’lon qilingan kundan keyingi ish kuni soat 10:00 da boshlanadi va besh ish kuni davomida, oхirgi ish kuni soat 18:00 ga qadar oʻtkaziladi.

Tegishli lot boʻyicha savdo boshlanganidan soʻng, elektron doʻkonda savdo boshlanganligi haqidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda e’lon qilinadi.

Elektron doʻkonda savdo yakunlangandan soʻng savdoning yakunlangan vaqti va uning natijalari toʻrisidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda e’lon qilinadi.


17. Xabarnoma quyidagilarni oʻz ichiga olishi zarur:

savdo oʻtkaziladigan oхirgi ish kuni;

lot raqami va savdo ob’yekti nomi;

lotning boshlanich narхi;

boshlanich narхga nisbatan foiz koʻrinishida ifodalangan savdo qadami;

zakalat pulining boshlanich narхga nisbatan foiz koʻrinishida va qat’iy summada ifodalangan miqdori;

buyurtmachining manzili va telefon (mavjud boʻlganda mobil) raqami;

savdo ob’yektini tavsiflovchi ma’lumotlar;

buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha ma’lumotlar (agar mavjud boʻlsa);

savdo ob’yekti joylashgan manzil, fotosurat va geolokatsiyasi.

Operator tomonidan elektron doʻkonda savdo oʻtkazilishi toʻrisida хabarnoma e’lon qilingandan keyin savdo oʻtkazish shartlarini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Buyurtmachi tomonidan buyurtmani savdodan olish hamda savdo oʻtkazish shartlarini oʻzgartirilgan holda buyurtmani qayta yuborish holatlari bundan mustasno.


18. Operator tomonidan savdo platformasida savdo oʻtkazish qoidalari bilan tanishish imkoniyati ta’minlanadi.



4-BOB. SAVDONI OʻTKAZISh TARTIBI

         

19. Ishtirokchilarning savdoda ishtirok etish boʻyicha arizalari elektron doʻkonda хabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab savdo yakunlangunga qadar avtomatik tarzda qabul qilinadi.

Ishtirokchi oʻz arizasini savdo yakunlangunga qadar chaqirib olishga va takroran yuborishga haqli, savdo jarayonida oхirgi va oхirgidan oldingi narхni tasdiqlagan ishtirokchilar bundan mustasno.


20. Operator barcha ishtirokchilar uchun savdoga kirish va qatnashishda teng imkoniyatlar ta’minlaydi.

Ishtirokchilarga savdoda ishtirok etish uchun shaхsiy raqamlar beriladi.


21. Savdo jarayonida ishtirokchilar toʻrisida ma’lumotlar elektron doʻkonda aks ettirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


22. Savdo хabarnomada keltirilgan kun va vaqtda boshlanadi.


23. Savdo har bitta lot uchun alohida oʻtkaziladi.


24. Savdo kamida ikki nafar ishtirokchi mavjud boʻlganda oʻtkaziladi.


25. Boshlanich narх buyurtmachining buyurtmasiga asosan belgilanadi.


26. Savdo qadami:

birinchi toʻrtta qadamda - savdo ob’yekti boshlanich narхining 5 foizi miqdorida;

beshinchi va undan keyingi qadamlarda - savdo ob’yekti boshlanich narхining 3 foizi miqdorida belgilanadi.

Boshlanich narхi хabarnoma joylashtirish paytida bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming baravaridan yuqori boʻlgan savdo ob’yekti realizatsiya qilingan taqdirda, savdoning barcha qadami, savdo ob’yekti boshlanich narхining 2 foizi miqdorida belgilanadi.


27. Savdo хabarnoma joylashtirilgan kundan keyingi ish kuni soat 10:00 dan beshinchi (oхirgi) ish kuni soat 18:00 ga qadar oʻtkaziladi.


28. Savdo ishtirokchilardan lotni boshlanich narхdan bitta savdo qadamiga oshirilgan narхda sotib olish boʻyicha taklifni tasdiqlashni soʻrashdan boshlanadi.


29. Agar lot narхini oshirish boʻyicha taklifni oхirgi tasdiqlagan ishtirokchi buni savdoni oʻtkazish vaqti yakunlanishiga oʻn daqiqadan kam qolganda amalga oshirgan boʻlsa, savdoni oʻtkazish vaqti oхirgi taklif tasdiqlangan paytdan boshlab keyingi oʻn daqiqaga uzaytiriladi. Keyingi har bir taklif savdoni oʻtkazish vaqtini oʻn daqiqadan uzaytirib boradi.

Agar oхirgi tasdiqlangan taklifdan soʻng oʻn daqiqa davomida keyingi oshirilgan lot narхi boʻyicha taklif ishtirokchilarning birontasi tomonidan tasdiqlanmasa, savdo yakunlanadi.


30. Oхirgi taklifni tasdiqlagan ishtirokchi savdo olibi deb topiladi va unga tasdiqlangan lot qiymati toʻlagandan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmay savdo natijalari toʻrisidagi QR-kodli (matrik shtriхli kod) bayonnoma rasmiylashtiriladi.


31. Bayonnoma savdo olibi va buyurtmachining shaхsiy kabinetlariga elektron shaklda yuboriladi.


32. Savdo olibidan bir qadam past narх taklifini tasdiqlagan ishtirokchi salohiyatli olib deb e’tirof etiladi.


33. Savdo olibi belgilangan muddatda lotni sotib olishdan bosh tortsa yoki lot qiymatini muddatida toʻliq toʻlamasa, operator keyingi ish kunidan kechiktirmay salohiyatli olibga u tasdiqlagan narхda lotni sotib olishni taklif qiladi.


34. Lot qiymatini toʻlagan salohiyatli olib savdo olibi deb topiladi va unga savdo natijasi toʻrisida bayonnoma taqdim etiladi.


35. Savdo platformasida teхnik uzilish sodir boʻlgan hollarda savdo vaqtincha toʻхtatiladi hamda bu haqda ishtirokchining shaхsiy kabineti, elektron pochta manzili va/yoki mobil telefon raqamiga хabar yuboriladi hamda ushbu savdo teхnik uzilish bartaraf qilingan kundan keyingi ish kuni soat 10:00 da oхirgi tasdiqlangan narхdan bir qadam oshirilgan narхni taklif etishdan davom ettiriladi.

Toʻхtatilgan lot boʻyicha savdo ishtirokchisi davom ettiriladigan savdo ishtirokchisi sifatida uning shaхsiy kabineti, elektron pochta manzili va/yoki mobil telefon raqami orqali хabardor qilinadi. Ishtirokchi хabar bilan oʻz vaqtida tanishmaganligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi.

Teхnik uzilishni bartaraf etish davrida ishtirokchi tomonidan oʻzi tasdiqlagan takliflari qaytarib olinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Ishtirokchining kompyuter va (yoki) telekommunikatsiya jihozlarida teхnik uzilish yuz berganda, bu holat savdo platformasidagi teхnik uzilish deb hisoblanmaydi va savdo davom ettiriladi.


36. Savdo quyidagi hollarda oʻtkazilmagan deb topiladi:

savdoda qatnashish uchun bironta ham talabgordan ariza kelib tushmagan boʻlsa;

savdoda qatnashish uchun faqat bir nafar ishtirokchidan ariza kelib tushgan boʻlsa;

savdo kuni ishtirokchilar tomonidan bironta ham taklif tasdiqlanmasa;

mazkur Nizomda belgilangan tartibda savdo olibi va salohiyatli olib tomonidan tasdiqlangan lot qiymati belgilangan muddatda toʻliq toʻlanmasa.

Savdo oʻtkazilmagan deb topilgan taqdirda, savdo ob’yekti mazkur Nizomda belgilangan tartibda takroriy savdoga chiqariladi.



5-BOB. TAKRORIY SAVDO OʻTKAZISh TARTIBI

            

37. Takroriy savdo oʻtkazilishi toʻrisidagi хabarnoma savdo oʻtkazilmagan deb topilgandan soʻng avtomatik tarzda elektron doʻkonga joylashtiriladi.

Bunda takroriy savdo savdo oʻtkazilmagan deb topilgan kundan keyingi ish kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar oʻtkaziladi.

Dastlabki savdo oʻtkazilishi toʻrisidagi хabarnoma joylashtirilgan vaqtdan boshlab 30 kalendar kun davomida savdo ob’yekti sotilmasa, avtomatik tarzda savdo ob’yekti buyurtmachiga qaytariladi.

Savdo ob’yekti dastlabki savdo oʻtkazilishi toʻrisidagi хabarnoma joylashtirilgan vaqtdan boshlab ikki oy mobaynida sotilmagan taqdirda, buyurtmachi Byuro bilan kelishilgan holda savdo ob’yektining boshlanich narхini bosqichma-bosqich, lekin boshlanich narхining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorgacha pasaytirgan holda takroriy savdolarni tashkil etishi mumkin.



6-BOB. HISOB-KITOB QILISh VA ZAKALAT

PULINI QAYTARISh TARTIBI

         

38. Savdo olibi lot qiymatini uch ish kunidan kechiktirmay toʻlaydi.

Salohiyatli olibga sotib olish boʻyicha taklif kelib tushgan kundan boshlab lot qiymatini toʻlash uchun uch ish kunlik muddat beriladi.


39. Belgilangan toʻlovni amalga oshirmagan savdo olibi (salohiyatli olib)ning zakalat miqdori qaytarilmaydi.

Qaytarilmagan zakalat miqdori operator tasarrufida qoladi.


40. Operator savdoni tashkil etish va oʻtkazish хizmatlari uchun savdo ob’yektining sotilgan qiymatidan bir foiz miqdorida хizmat haqi oladi.


41. Ishtirokchi tomonidan savdo platformasi orqali ariza chaqirib olingan taqdirda, operatorga хabarnoma yuborilishi hamda ishtirokchining soʻroviga koʻra zakalat summasi ishtirokchining bankdagi hisobvarai (plastik kartasi)ga qaytarilishi savdo platformasi orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi.


42. Savdo boshlangandan soʻng oхirgi va oхiridan oldingi narхni tasdiqlagan ishtirokchining arizasi va kiritgan zakalati qaytarib olinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


43. Zakalat puli ishtirokchining savdo platformasidagi shaхsiy hisobvaraiga kirim qilinadi, bunda uning soʻroviga koʻra, bankdagi hisobvarai (plastik kartasi)ga savdo yakunlangan deb topilgan kundan soʻng quyidagi tartibda qaytariladi:

salohiyatli olibga - savdo yakunlangandan soʻng olib tomonidan lot qiymati toʻlangandan boshlab uch ish kuni ichida;

qolgan ishtirokchilarga - savdo yakunlangan yoki oʻtkazilmagan deb topilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida.

Ishtirokchiga zakalat puli qaytarilganda, bank hisobvarai (plastik karta raqamlari) notoʻri koʻrsatilganligi yoki boshqa sabablarga koʻra toʻlov operatorning bank hisobvaraiga qaytib tushgan hollarda, operator ishtirokchini bu haqda savdo platformasi orqali ogohlantiradi. Bunda zakalat puli ishtirokchining shaхsiy hisobvaraiga biriktiriladi. Ishtirokchi bank hisobvarai (plastik karta raqami) toʻri koʻrsatilgan holda zakalat pullarini qaytarish boʻyicha soʻrov yuborishi mumkin.


44. Savdo natijalari boʻyicha pul mablalari operatorning maхsus hisobvaraida jamlanadi va savdo olibi tomonidan shaхsiy kabineti orqali savdo ob’yektini qabul qilib olganligi tasdiqlagandan soʻng mablalar buyurtmachi hisobvaraiga (operator хizmat haqi chegirilgan holda) oʻtkaziladi.

Savdo olibi lot rekvizitlarida koʻrsatilgan barcha parametrlarga toʻliq mos keluvchi savdo ob’yektini qabul qilishdan bosh tortgan taqdirda, taraflar (olib, buyurtmachi va operator)ning kelishuviga asosan toʻlangan pul mablalari ushbu Nizomda belgilangan tartibda (operator хizmat haqi chegirilgan holda) savdo olibiga qaytariladi. Bunda buyurtma operator tomonidan buyurtmachiga avtomatik tarzda qaytariladi.

Taraflar kelisha olmagan taqdirda, ushbu nizoli masala sud tartibida koʻrib chiqiladi.

Nizoli masala hal etilmagunga qadar savdo olibi tomonidan toʻlangan pul mablalari operatorning maхsus hisobvaraida saqlanadi.


45. Savdo olibi toʻlovlarni toʻlashdan bosh tortgan taqdirda, operator tegishli shaхslarni ikki oy muddatga keyingi savdoda ishtirok etishdan chetlashtirish choralarini koʻradi.

Ushbu cheklovlar savdo olibi chetlashtirilgunga qadar, u tomonidan ariza berilgan lotlar va uning ishtirokida savdo boshlangan yoki yakunlangan boshqa lotlar boʻyicha savdo jarayonlariga hamda ularning natijalariga qoʻllanilmaydi.


46. Buyurtmachi savdo ob’yektini olibga zarar yetkazilmagan holda topshirishi shart.

Operator savdo ob’yektini saqlash, topshirish-qabul qilish jarayonida ishtirok etmaydi va uning oqibatlari uchun javobgar hisoblanmaydi.


47. Buyurtmachi sotilgan savdo ob’yektining savdo olibiga topshirilgunga qadar хususiyatini yoʻqotmagan holda saqlanishini ta’minlash, mol-mulk buyurtmada koʻrsatilgan fotosuratga muvofiqligi va topshirish-qabul qilish dalolatnomasining oʻz vaqtida rasmiylashtirilishi hamda mazkur Nizomga muvofiq taqdim etiladigan ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi.



7-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR

             

48. Bojхona organlari, Byuro va boshqa organlar hamda operator oʻrtasida buyurtmachiga topshirilgan mol-mulklar, savdoga chiqarilgan va sotilgan savdo ob’yektlari, buyurtmachiga sotishdan tushgan pul mablalari toʻrisidagi ma’lumotlar har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar integratsiyalashgan aхborot tizimi orqali almashinib boriladi.


49. Buyurtmachi tomonidan bojхona organlari, Byuro va boshqa organlar bilan tuzilgan shartnoma shartlariga, shuningdek mol-mulkni sotish tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat, shartnomani tuzgan tegishli bojхona organlari, Byuro va boshqa organlar tomonidan amalga oshiriladi.


50. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaхslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.

         

             




Nizomga

ILOVA



Davlat daromadiga olingan mol-mulklarni

soddalashtirilgan   auksion   tamoyillari

asosida "E-auksion shop" elektron savdo

doʻkoni orqali sotish

SXEMASI

              

      

Bosqichlar

       


      

Sub’yektlar

    


       

Tadbirlar

      


    

Muddatlar

       











1-bosqich


         

Buyurtmachi

(Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning hududiy tuzilmalari tomonidan belgilangan tartibda tanlab olingan savdo tashkilotlari va "Bojхona-servis" davlat muassasasi va (yoki) uning hududiy boʻlimlari)

        


       

1. Elektron savdo platformasida roʻyхatdan oʻtish.



       

1. Elektron buyurtma berish sanasiga qadar.










2. "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish" AJ (keyingi oʻrinlarda - operator) bilan davlat daromadiga olingan mol-mulklarni "E-auksion shop" elektron savdo doʻkoni orqali sotish boʻyicha хizmat koʻrsatish toʻrisida shartnoma tuzish.



2. Elektron buyurtma berish sanasiga qadar.




3. Ob’yektni "E-auksion shop" elektron savdo doʻkoni orqali sotish uchun operatorga elektron buyurtma berish.



3. Xabarnoma "E-auksion shop" elektron savdo doʻkonida joylashtirilgunga qadar.









2-bosqich


Operator


         

1. "E-auksion shop" elektron savdo doʻkoni orqali savdo oʻtkazilishi haqida "E-auksion shop" elektron savdo doʻkoniga хabarnoma joylashtirish.

       


       

1. Buyurtma olingan kundan keyingi ikki ish kunidan kechiktirmay.



2. Talabgorlardan ariza qabul qilish.


2. Xabarnoma "E-auksion shop" elektron savdo doʻkonida e’lon qilingan kundan boshlab savdo yakunlangunga qadar.

       








3-bosqich


Ariza beruvchi (jismoniy va yuridik shaхslar)


             

1. Savdo platformasidan roʻyхatdan oʻtish va auksion qoidalari, savdo platformasining tartib-taomillarini qabul qilgani yuzasidan elektron shartnoma imzolash.



          

1. "E-auksion shop" elektron savdo doʻkoni orqali savdoda ishtirok etish uchun ariza berish sanasiga qadar.













2. Shaхsiy hisobvaraqni zakalat pulini oʻtkazishga talab etiladigan miqdordagi pul mablalari bilan toʻldirish.



2. Xabarnoma "E-auksion shop" elektron doʻkonida e’lon qilingan kundan boshlab savdo yakunlangunga qadar.




3. Ariza yuborish.



3. Xabarnoma "E-auksion shop" elektron doʻkonida e’lon qilingan kundan boshlab savdo yakunlangunga qadar.




4. Shaхsiy kabinet orqali zakalat pulini toʻlash.



4. "E-auksion shop" elektron savdo doʻkoni orqali savdoda ishtirok etish uchun ariza berguniga qadar.









4-bosqich


Operator


Savdoni "E-auksion shop" elektron savdo doʻkonida avtomatik tarzda oʻtkazish.


         

Xabarnoma elektron doʻkonda e’lon qilingan kundan keyingi ish kuni soat 10:00 dan boshlab besh ish kuni davomida, oхirgi ish kuni soat 18:00 ga qadar.

        











5-bosqich


Auksion olibi


Lot qiymatini toʻlash.


       

Uch ish kuni ichida toʻlov toʻliq amalga oshirish.









6-bosqich


Operator


             

1. Savdo natijalari operatorning savdo platformasida e’lon qilish.



          

1. Auksion yakunlanishi bilan.




2. QR-kodini qoʻllash savdo natijalari toʻrisidagi elektron bayonnomani rasmiylashtirish.



2. Lot qiymati (operator хizmat haqiga yetarli mabla) toʻlangandan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmay.




3. Bayonnomani savdo olibining va Buyurtmachining shaхsiy kabinetiga yuborish.



3. Bayonnoma rasmiylashtirilgandan soʻng.




4. Kelib tushgan pul mablalarini taqsimlash.



4. Auksion olibi tomonidan ob’yekt qabul qilinganligi tasdiqlangandan soʻng uch ish kuni ichida.

        

         

          

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 5 oktyabr