Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 20.09.2023 y. 11/05-05/01-son "Tabiiy monopoliya sub’yektlarining davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 09.10.2023 y. 2147-4-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

09.10.2023 y.

N 2147-4




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh

VA ISTE’MOLChILAR HUQUQLARINI

HIMOYa QILISh QOʻMITASINING

20.09.2023 y.

N 11/05-05/01


QARORI



Tabiiy monopoliya sub’yektlarining davlat reyestrini

tuzish va yuritish tartibi toʻrisidagi nizomning

5-bandini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 6 iyuldagi PF-108-son "Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2010 yil 6 oktyabrdagi 14-son qarori (roʻyхat raqami 2147, 2010 yil 11 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 40-41-son, 357-modda) bilan tasdiqlangan Tabiiy monopoliya sub’yektlarining davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻrisidagi nizomning 5-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan.


3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Rais                                                                   Sh.Sh. Sharaхmetov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 10 oktyabr