Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 16.10.2023 y. PQ-335-son "Maishiy chiqindi poligonlarida hosil boʻladigan chiqindi gazidan muqobil elektr energiyasini ishlab chiqarishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

16.10.2023 y.

N PQ-335



MAIShIY ChIQINDI POLIGONLARIDA HOSIL

BOʻLADIGAN ChIQINDI GAZIDAN MUQOBIL

ELEKTR ENERGIYaSINI IShLAB ChIQARIShGA

DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA



Mamlakatimizda qattiq maishiy chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasini yanada takomillashtirish, "Nol chiqindi" tamoyili asosida yangi hosil boʻlayotgan chiqindilarni poligonlarga yoʻnaltirmasdan, maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish, sohaga aylanma (sirkulyar) iqtisodiyot amaliyotini joriy etish, shuningdek, yangi ish oʻrinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida:


1. Quyidagilar:

"Sejin G&E Co., Ltd" kompaniyasi (Koreya Respublikasi) (keyingi oʻrinlarda - Investor) ishtirokida "Toshkent viloyatining "Ohangaron" (Ohangaron tumani) va "Maydontol" (Parkent tumani) qattiq maishiy chiqindilar poligonlarida hosil boʻladigan chiqindi gazidan quvvati 16 MVt boʻlgan muqobil elektr energiyasini ishlab chiqarish" loyihasi (keyingi oʻrinlarda - Investitsiya loyihasi) toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshirilayotganligi;

Investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida Investor tomonidan "Sejin Uz" mas’uliyati cheklangan jamiyat koʻrinishidagi хorijiy korхona (keyingi oʻrinlarda - Loyiha ijrochisi) tashkil etilganligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Investor oʻrtasida 2018 yil 14 sentyabrda "Toshkent viloyatining "Ohangaron" va Maydontol" maishiy chiqindilar poligonlarida (keyingi oʻrinlarda - Poligonlar) hosil boʻladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish" investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻrisida investitsiya shartnomasi imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (keyingi oʻrinlarda - Vazirlik), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi, Toshkent viloyati hamda Toshkent shahri hokimliklarining Investor ishtirokida Investitsiya loyihasini davom ettirish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Vazirlik hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Investitsiya loyihasini 2023-2026 yillarda amalga oshirish uchun mas’ul etib belgilansin.


3. Quyidagilar bir oy muddatda:

Vazirlik hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Investitsiya shartnomasiga Investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatlarini yangilash hamda tomonlarning oʻz majburiyatlarini toʻliq bajarishlarini ta’minlash boʻyicha talablarni qat’iy belgilashni nazarda tutuvchi qoʻshimcha kelishuv tuzilishini;

Energetika vazirligi Investor bilan birgalikda Investitsiya loyihasining toʻliq amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqariladigan 16 MVt elektr energiyasi boʻyicha "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ va Loyiha ijrochisi oʻrtasida Elektr energiyasini sotib olish toʻrisidagi bitim imzolanishini ta’minlasin.


4. Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari:

a) 2024 yil 1 yanvarga qadar Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan "Toshkent shahrida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish" loyihasi doirasida Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi 59 gektar yer maydonida joylashgan "Ohangaron" maishiy chiqindilar poligoniga tutash hududda yangi maishiy chiqindi poligonini qurish va ishga tushirish ishlari yakunlanishini;

b) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda:

bir oy muddatda Poligonlarda hosil boʻlgan chiqindi gazidan muqobil elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyatini ta’minlashga хizmat qiluvchi havo elektr uzatish liniyasi uchun zarur boʻlgan yer maydonlari tayanch qurilmalar egallaydigan yer koordinatalaridan kelib chiqib, Vazirlikka doimiy foydalanish huquqi asosida bepul oʻtkazib berilishini;

2024 yil 1 martga qadar "Ohangaron" qattiq maishiy chiqindi poligonini Vazirlikka operativ boshqarish huquqi asosida bepul oʻtkazib berilishini ta’minlasin.


5. Belgilansinki, Vazirlik tomonidan:

a) 2045 yilgacha Loyiha ijrochisiga:

Poligonlar hamda ulardagi mavjud infratuzilma ob’yektlari, bino va inshootlar Investitsiya loyihasi doirasida chiqindi gazidan muqobil elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun tekin foydalanishga;

muqobil elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyatini ta’minlashga хizmat qiluvchi havo elektr uzatish liniyasi uchun ajratilgan yer maydonlari ijaraga beriladi;

b) Loyiha ijrochisi Investitsiya loyihasi doirasida elektr stansiyasini yagona elektr energiyasi tarmoiga ulash uchun quriladigan havo elektr uzatish tarmoqlari va oshiruvchi podstansiya qurib ishga tushirganidan soʻng elektr uzatish tarmoqlari joylashgan yer maydonlari "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ yoki "Hududiy elektr tarmoqlari" AJga jamoat ehtiyojlari uchun bozor qiymatida ijaraga beriladi.


6. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


7. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev hamda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduхakimov belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                             Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 17 oktyabr