Davlat хavfsizlik хizmati raisining 14.10.2023 y. 113-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati bayrogʻi va emblemasidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 19.10.2023 y. 3466-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
19.10.2023 y.
N 3466
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI
RAISINING
14.10.2023 y.
N 113
BUYRUGʻI
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik
хizmati bayrogʻi va emblemasidan foydalanish
tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati toʻgʻrisida"gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 martdagi PF-5379-son "Oʻzbekiston Respublikasining davlat хavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoniga muvofiq BUYuRAMAN:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati bayrogʻi va emblemasidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi DXX Raisi A.A. Azizov
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2023 yil 20 oktyabr