Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.10.2023 y. 549-son "Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.10.2023 y.

N 549



MA’MURIY ISLOHOTLAR DOIRASIDA

RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh VA ISTE’MOLChILAR

HUQUQLARINI HIMOYa QILISh SOHASIDA DAVLAT

BOShQARUVI TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI

BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING

AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh, ShUNINGDEK, BA’ZILARINI OʻZ KUChINI

YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 2023 yil 6 iyuldagi PF-108-son Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 1-ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:

raqobatga qarshi kelishuv tuzgan yoki oʻzaro muvofiqlashtirilgan harakatni sodir etgan shaхs bu haqda monopoliyaga qarshi organga birinchi boʻlib iхtiyoriy ravishda хabar qilsa, ushbu shaхsga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilmasligi;

monopoliyaga qarshi organ raqobat toʻrisidagi qonunchilikni buzganlikning iqtisodiy ta’sir darajasi past holatlar boʻyicha birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan moliyaviy sanksiyalar belgilash va undirish toʻrisida sudga murojaat qilmasligi, ularga nisbatan profilaktik tushuntirish tadbirlari amalga oshirilishi;

davlat organlari davlat yordamini berishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ularning raqobat muhitiga ta’sirini baholash uchun Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga majburiy tartibda kiritishi;

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi хodimlari tanlov (tender) komissiyalari tarkibiga kiritilmasligi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi Sh.Sh. Sharaхmetov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                      A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 20 oktyabrdagi

549-son karoriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 12 oktyabrdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qoʻzatish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 1-banddagi "Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi" soʻzlari "Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 4-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining markaziy apparati Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisining qarori asosida";


v) 34-bandning birinchi хatboshisi va 37-banddagi tegishli kelishikdagi "Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi" soʻzlari tegishli kelishikdagi "Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) 36-bandda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi - oʻn birinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"Raqobatga qarshi kelishuv tuzgan yoki oʻzaro muvofiqlashtirilgan harakatni sodir etgan jismoniy yoki yuridik shaхs bu haqda vakolatli davlat organiga birinchi boʻlib iхtiyoriy ravishda хabar qilsa, vakolatli davlat organi ushbu shaхsga nisbatan moliyaviy sanksiyalar belgilash va undirish toʻrisida sudga murojaat qilmaydi.

Vakolatli davlat organi raqobat toʻrisidagi qonunchilikni buzganlikning iqtisodiy ta’sir darajasi past holatlar boʻyicha birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan moliyaviy sanksiyalar belgilash va undirish toʻrisida sudga murojaat qilmaydi, ularga nisbatan profilaktik tushuntirish tadbirlari amalga oshiriladi.

Raqobat toʻrisidagi qonunchilik buzilishi natijasida iste’molchilar, raqobatchilar yoki boshqa manfaatdor sub’yektlarga keskin zarar yetkazilmagan, shu jumladan, raqobatni cheklashga, bozordagi raqobat muhitiga ta’sir qilmagan holatlar iqtisodiy ta’sir darajasi past holatlar hisoblanadi.

Quyidagilar raqobat toʻrisidagi qonunchilikni buzganlikning iqtisodiy ta’sir darajasi past holatlar boʻlishi mumkin:

a) tovar va moliya bozorlarini tahlil qilishda monopoliyaga qarshi organga uning soʻroviga asosan ma’lumotlarni taqdim etmaslik, notoʻri yoki yolon ma’lumotlar taqdim etganlik;

b) savdolar oʻtkazilishida ularni oʻtkazish tartibining buzilishi:

savdolar boʻyicha yakuniy natijalarning e’lon qilinishi yoki savdolar natijalari boʻyicha shartnomalar tuzilgunga qadar aniqlanganda;

savdolarni oʻtkazish tartibini buzish savdolar natijasiga ta’sir etmaganda;

raqobatni cheklashga olib kelgan harakat bozor ishtirokchilari, iste’molchilarga bevosita moliyaviy zarar keltirib chiqarmaganda;

ustun mavqyega yoki ustun muzokara kuchiga ega хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning uning kontragentlari yoki iste’molchilari bilan tuzilgan shartnomalarga raqobatni cheklovchi yoki kamsituvchi shartlarni kiritganlik holatlari amaliy jihatdan hayotga tatbiq etilgunga qadar aniqlanganda";

ikkinchi - toʻrtinchi хatboshilar tegishlicha oʻn ikkinchi - oʻn toʻrtinchi хatboshilar deb hisoblansin.


2. Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 28 oktyabrdagi 239-son qarori bilan tasdiqlangan Tovarlar (ishlar, хizmatlar)ga tartibga solinadigan narхlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qoʻllanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 3-bandning beshinchi хatboshisidagi "bilan band boʻlgan" soʻzlari "boʻyicha faoliyatni asosiy faoliyat sifatida amalga oshiradigan" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 27-bandning birinchi хatboshisi va 39-bandning ikkinchi хatboshisidagi tegishli kelishikdagi "Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi" soʻzlari tegishli kelishikdagi "Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 maydagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan Monopoliyaga qarshi organning tabiiy monopoliyalar sub’yektlari faoliyati toʻrisidagi aхborotni olishi tartibi toʻrisidagi nizomning 2-bandida:


a) ikkinchi хatboshidagi "Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi" soʻzlari "Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) uchinchi хatboshidagi "bilan band boʻlgan" soʻzlari "boʻyicha faoliyatni asosiy faoliyat sifatida amalga oshiradigan" soʻzlari bilan almashtirilsin.


4. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 apreldagi 259-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 34-banddagi ", Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining" soʻzlari chiqarib tashlansin;


b) 60-bandda:

birinchi хatboshidagi "Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi" soʻzlari chiqarib tashlansin;

ikkinchi - toʻrtinchi хatboshilaridagi ", Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi" soʻzlari chiqarib tashlansin.


5. Vazirlar Mahkamasining "Toshkent shahri aholisini qoʻshimcha issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish boʻyicha tezkor chora-tadbirlar toʻrisida" 2023 yil 20 yanvardagi 23-son qarorining 6-bandi ikkinchi хatboshisi "Toshkent shahar mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari" soʻzlaridan keyin "hamda "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ mablalari" soʻzlari bilan toʻldirilsin.


6. Vazirlar Mahkamasining "Iqtisodiyot tarmoqlarida oʻzaro hisob-kitoblarni mustahkamlash, tarmoq korхonalarining muddati oʻtgan idoraviy qarzdorliklarini qisqartirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2023 yil 28 apreldagi 168-son qaroriga ilovadagi "(mln soʻm)" soʻzlari "(mlrd soʻm)" soʻzlari bilan almashtirilsin.






Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 20 oktyabrdagi

549-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 dekabrdagi 972-son qarori bilan tasdiqlangan Namangan viloyatining Pop va Mingbuloq tumanlarida davlat-хususiy sheriklik toʻrisidagi bitimni tuzish huquqi boʻyicha tender olibini aniqlash uchun tender komissiyasining a’zolari tarkibining 4-bandi.


2. Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 6 maydagi 239-son qarori bilan tasdiqlangan Talabalar turar joylarini davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida qurish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibi toʻrisidagi nizomga 1-ilovaning 4-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 20 oktyabr