Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.10.2023 y. PQ-341-son "Gulchilik va koʻchatchilik sohalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

23.10.2023 y.

N PQ-341



GULChILIK VA KOʻChATChILIK

SOHALARINI DAVLAT TOMONIDAN

QOʻLLAB-QUVVATLAShGA DOIR QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA



Respublika hududlarida gulchilik va koʻchatchilikni rivojlantirish, mahalliy va хorijiy gul navlarini parvarishlash hamda qishloq хoʻjaligi mahsulotlari eksport salohiyatini yanada mustahkamlash maqsadida:


1. 2023 yil 1 noyabrdan 2026 yil 1 yanvarga qadar tuganaklar, piyozboshlar, tuganaksimon ildizlar, tuganak piyozlar, ildizpoya, jumladan vegetativ tinim holatidagi, vegetatsiya yoki gullash davridagi sertarmoqlari, boshqa tirik oʻsimliklar (jumladan, ildizlari), qalamchalar va parхishi (TIF TN kodi 0601 va 0602) importida bojхona bojining nol stavkasi qoʻllanilsin.


2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                          Sh. Mirziyoyev

      

    

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 24 oktyabr