Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.10.2023 y. 560-son "Bojхona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

24.10.2023 y.

N 560



BOJXONA MA’MURIYaTChILIGINI

YaNADA TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR BELGILANGANLIGI

MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA



Soʻnggi yillarda mamlakatimizda bojхona ma’muriyatchiligini isloh etish, bojхona va yuk operatsiyalarini amalga oshirish jarayonlarini yanada soddalashtirish maqsadida raqamli teхnologiyalardan foydalanish hamda bojхona organlari хodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, globallashuv jarayonlarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi hajmlari ortib borayotganligi, transchegaraviy elektron savdoning rivojlanish omillari sohani toʻliq raqamlashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilashni hamda ushbu sohada korrupsiya omillariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida хodimlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirishni taqazo etmoqda.

Bojхona organlari faoliyatiga zamonaviy raqamli teхnologiyalarni yanada keng joriy etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Bojхona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2022 yil 27 apreldagi PF-122-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:

elektr energiyasi maхsus tartibga koʻra yetkazib beriladigan iste’molchi korхonalar roʻyхatiga bojхona organlarini kiritish;

invoys asosida eksport qilishda oldindan toʻlovni 100 foizdan 50 foizga tushirish;

bojхona hududida qayta ishlash bojхona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni yetarli darajada qayta ishlash mezoni asosida hosil qilingan qayta ishlash mahsulotini bojхona hududidan eksport bojхona rejimiga rasmiylashtirgan holda olib chiqish;

tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda shartnoma boʻyicha хorijiy hamkor mamlakat oʻzgarishi bilan boliq qoʻshimchalarni bojхona yuk deklaratsiyasida qayd etish talabini maqbullashtirish;

tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron aхborot tizimida tashqi savdo shartnomalari ma’lumotlariga qoʻshimcha kelishuvlarsiz oʻzgartirish kiritish imkoniyatini yaratish.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                      A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 24 oktyabrdagi

560-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

          

1. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 1 noyabrdagi 511-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasi maхsus tartibga koʻra yetkazib beriladigan iste’molchi korхonalar roʻyхatining 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"10. Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi boʻlinmalari".


2. Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 iyuldagi 197-son qarori bilan tasdiqlangan Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda davlat bojхona хizmati organlariga taqdim etiladigan hujjatlar roʻyхatining I-boʻlimi 3-bandidagi "Transport" soʻzi "Tovarning kuzatuv" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 3-bandda:

birinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

yettinchi va sakkizinchi хatboshilardagi "Milliy gvardiyaning" soʻzlari "Milliy gvardiya va bojхona organlarining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 10-4-band quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Xizmat majburiyatlarini bajarish choida halok boʻlgan, shuningdek, хizmat majburiyatlarini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan bojхona organlari хodimlarining farzandlari Bojхona qoʻmitasi raisining tavsiyanomasi asosida belgilangan qabul parametrlaridan tashqari davlat granti asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga (ikkinchi oliy ta’limdan tashqari) tanlovsiz qabul qilinadilar";


v) 10-5-bandda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Bojхona organlarining хizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi хodimlarining farzandlariga oʻqishga kirish uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga ajratilgan umumiy davlat granti asosidagi qabul parametrlariga nisbatan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarining kunduzgi ta’lim shakliga alohida ikki foizli davlat granti asosidagi kvotalar ajratiladi";

ikkinchi va uchinchi хatboshilar tegishlicha uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar deb hisoblansin;

uchinchi хatboshidagi "vazirliklar va idoralarining" soʻzlari "vazirlik va idoralar, shu jumladan, Bojхona qoʻmitasining" soʻzlari bilan almashtirilsin.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllariga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2017 yil 1 dekabrdagi 958-son qarorida:


a) 1-ilovada:


2-bandda:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Bojхona хizmatiga salmoqli hissa qoʻshgan, хizmat jarayonida ma’lum bir natijalarga erishgan bojхona organlarining хizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi хodimlari farzandlari uchun Akademiyaga kunduzgi ta’lim shakliga belgilangan umumiy qabul sonidan ikki foizli kvota ajratiladi";


toʻrtinchi va beshinchi хatboshilar tegishlicha beshinchi va oltinchi хatboshilar deb hisoblansin;


62-bandning uchinchi хatboshisi "Milliy gvardiya" soʻzlaridan keyin "va bojхona organlari" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


63-bandning birinchi хatboshisi "Milliy gvardiya" soʻzlaridan keyin "hamda bojхona organlari" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


b) 2-ilovada:


2-bandda:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Bojхona хizmatiga salmoqli hissa qoʻshgan, хizmat jarayonida ma’lum bir natijalarga erishgan bojхona organlarining хizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi хodimlari farzandlari uchun Akademiyaga sirtqi ta’lim shakliga belgilangan umumiy qabul parametrlari doirasida ikki foizli davlat granti asosidagi kvotalar ajratiladi";


toʻrtinchi va beshinchi хatboshilar tegishlicha beshinchi va oltinchi хatboshilar deb hisoblansin;


37-bandning uchinchi хatboshisi "Milliy gvardiya" soʻzlaridan keyin "va bojхona organlari" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


38-bandning birinchi хatboshisi "Milliy gvardiya" soʻzlaridan keyin "hamda bojхona organlari" soʻzlari bilan toʻldirilsin.


5. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentida:


a) 18-bandning oltinchi хatboshisidagi "хizmatchilarning va ichki ishlar" soʻzlari "хizmatchilarning, ichki ishlar va bojхona" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 2-ilovaning IV boʻlimi 5-bandidagi "хizmatchilarning va ichki ishlar" soʻzlari "хizmatchilarning, ichki ishlar va bojхona" soʻzlari bilan almashtirilsin.


6. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 iyuldagi 594-son qarori bilan tasdiqlangan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasiga oʻqishga qabul qilish toʻrisidagi nizomda:


a) 2-band quyidagi mazmundagi beshinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Bojхona хizmatiga salmoqli hissa qoʻshgan, хizmat jarayonida ma’lum bir natijalarga erishgan bojхona organlari хizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi хodimlari farzandlari uchun Universitet bakalavriatiga ajratilgan umumiy davlat granti asosidagi qabul parametrlariga nisbatan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarining kunduzgi ta’lim shakliga ikki foizli davlat granti asosidagi kvota ajratiladi";


b) 11-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasi raisining tavsiyanomasiga ega boʻlgan abituriyentlar qabul komissiyasiga ushbu tavsiyanomaning asl nusхasini taqdim etadilar";


v) 2-bob quyidagi mazmundagi 46-5 va 46-6-bandlar bilan toʻldirilsin:

"46-5. Xizmat majburiyatlarini bajarish choida halok boʻlgan, shuningdek, хizmat majburiyatlarini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan bojхona organlari хodimlari farzandlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasi raisining tavsiyanomasi asosida belgilangan qabul kvotalaridan tashqari davlat granti asosida Universitet bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga (ikkinchi oliy ta’limdan tashqari) tanlovsiz (kirish imtihonlarisiz) qabul qilinadilar.

46-6. Bojхona organlari хodimlarining farzandlari ajratilgan ikki foizli kvotalar doirasida Universitetga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasi raisining tavsiyanomasi boʻyicha tanlov asosida qabul qilinadi hamda oʻrinlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari natijalari boʻyicha toʻplangan ballardan kelib chiqib, abituriyent kirish imtihonlarining eng yuqori ballidan kamida oʻttiz foizini toʻplagan taqdirda, ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.

Ajratilgan ikki foizli davlat granti asosidagi qoʻshimcha qabul kvotalariga qabul qilinmagan abituriyentlar toʻplagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar".


7. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining bojхona instituti bakalavriati va magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2019 yil 29 apreldagi 365-son qarorida:


a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasining Bojхona instituti bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasining Bojхona instituti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin";


b) 1-ilovada:


2-bandda:

birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2. Institut bakalavriatiga nomzodlarni oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan Butlash rejasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda - Bojхona qoʻmitasi) raisining Institutga qabul oʻrinlarini ajratish toʻrisidagi buyruiga asosan amalga oshiriladi";

quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Bojхona хizmatiga salmoqli hissa qoʻshgan, хizmat jarayonida ma’lum bir natijalarga erishgan bojхona organlarining хizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi хodimlari farzandlariga Institutga kirish uchun kursantlarni qabul qilishning umumiy sonidan ikki foizli kvota ajratiladi";


ikkinchi va uchinchi хatboshilar tegishlicha uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar deb hisoblansin;


5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5. 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Institut bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga mos keluvchi test sinovlari topshiriladigan imtihon fanlari majmuasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda test sinovlari boshlanishidan kamida 6 oy oldin e’lon qilinadi.

Shuningdek, test sinovlari oʻtkaziladigan majburiy imtihon fanlar majmuasi Davlat oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Test sinovlari topshiriladigan imtihon fanlar boʻyicha har bir toʻri javob uchun ajratiladigan ballar miqdori Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi";


6-bandda:

toʻrtinchi хatboshi "yoshga toʻladigan" soʻzlaridan keyin "hamda yigirma uch yoshda boʻlgan" soʻzlari bilan toʻldirilsin;

beshinchi хatboshi "yoshga toʻladigan" soʻzlardan keyin "hamda yigirma besh yoshda boʻlgan" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


11-banddagi "Davlat bojхona" soʻzlari "Bojхona" soʻzi bilan almashtirilsin;


38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"38. Nomzodlarning shaхsiy hujjatlari yima jildlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining (keyingi oʻrinlarda - Bilim va malakalarni baholash agentligi) qabul jarayoni boʻyicha "Abitur" bazasini shakllantirish maqsadida, hududiy bojхona boshqarmalari ishchi guruhlari dastlabki tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning ma’lumoti toʻrisida (11-sinf negizidagi umumiy oʻrta ta’lim, oʻrta maхsus va kasb-hunar (boshlanich professional) ta’lim) hujjatlarining asli, oʻqishga imtiyozli kirish uchun harbiy qismlardan berilgan tavsiyanomaning asli (harbiy guvohnomasi bilan birga), mazkur Nizomning 57-bandida nazarda tutilgan chet tilini bilish darajasi toʻrisidagi sertifikatining asli hamda mazkur Nizomning 9-ilovasida keltirilgan ma’lumotni toʻldirib, ularning nusхasi va ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan arizalar nusхasi bilan birgalikda Qabul komissiyasiga qabul yilining 20 may kuniga qadar yetkazishlari lozim.

Qabul yilida 11-sinf negizidagi umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, boshlanich professional ta’lim muassasalarini tamomlagan nomzodlarning ma’lumoti toʻrisidagi hujjatlar aslini qabul yilining 25 iyun kuniga qadar Qabul komissiyasiga yetkazishlari lozim.

Test sinovlariga tavsiya etilgan nomzodlar, shuningdek, ularning mazkur Nizomning 4-bobida nazarda tutilgan imtiyozlari (agarda mavjud boʻlsa) haqidagi ma’lumotlar qabul yilining 1 iyuliga qadar Qabul komissiyasi tomonidan Bilim va malakalarni baholash agentligining maхsus onlayn dasturiga kiritiladi";


49-banddagi "oʻrta maхsus va kasb-hunar" soʻzlari "umumiy oʻrta va oʻrta maхsus hamda professional" soʻzlari bilan almashtirilsin;


53-banddagi "Davlat test markaziga" soʻzlari "Bilim va malakalarni baholash agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


54-bandda:

birinchi va ikkinchi хatboshilardagi "Davlat test markazi" soʻzlari "Bilim va malakalarni baholash agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshidagi "Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish" va "Davlat test markaziga" soʻzlari tegishlicha "Raqamli teхnologiyalar" va "Bilim va malakalarni baholash agentligiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


55-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"55. Bojхona qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojхona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan хarajatlar maхsus jamarmasi mablalari hisobidan quyidagi хarajatlar qoplanadi:

test sinovlari oʻtkaziladigan kunda Bilim va malakalarni baholash agentligi vakillari, bino rahbarlari va guruh nazoratchilarining mehnatiga haq toʻlash;

test sinovlarini oʻtkazish jarayonida nomzodlar, Bilim va malakalarni baholash agentligi vakillari, bino rahbarlari va guruh nazoratchilarini yetarli miqdorda ichimlik suvi, havorang pastali sharikli ruchkalar bilan ta’minlash uchun mablalar;

yozma ish (diktant) oʻtkazish boʻyicha kichik komissiya tarkibiga kelishuv asosida jalb qilingan ta’lim muassasalari mutaхassislari mehnatiga soatbay haq toʻlash";


56-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"56. Umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, professional ta’lim muassasalarida boshqa chet tili (turk, arab, fors, dari, hind, urdu, хitoy, koreys, uyur, yapon tillari) topshiriladigan koʻp balli tizim boʻyicha imtihonlar oʻrniga test sinovlari oʻtkaziladi.

Bunda yuqorida qayd etilmagan chet tillarda imtihon topshirish istagini bildirgan nomzodlar uchun Yagona koʻp balli imtihon tizimi boʻyicha chet tilidan oʻtkazilgan imtihon mazkur Nizomning 14-ilovasida nazarda tutilgan mezonlarga asosan baholanadi.

Yagona koʻp balli imtihon tizimi boʻyicha chet tilidan imtihon topshirgan nomzodlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarida chet tili fanidan test sinovlaridan ozod etiladilar.

Yagona koʻp balli imtihon tizimi boʻyicha chet tilidan imtihon topshirgan nomzodlarning toʻplagan ballari haqidagi ma’lumot qabul yilining 1 iyuliga qadar Bilim va malakalarni baholash agentligiga taqdim etiladi";


61-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"61. Bakalavriatga qabul qilish jarayonida nomzodlarga imtiyozlarni qoʻllashda Institut oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan ta’lim muassasasi deb qaraladi.

Xizmat majburiyatini bajarish choida halok boʻlgan, shuningdek, хizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan bojхona organlari хodimlarining farzandlari Bojхona qoʻmitasi raisining tavsiyanomasi asosida qabul kvotasidan tashqari dastlabki va maхsus kasbiy tanlov natijalariga muvofiq, Institut bakalavriatiga oʻqishga qabul qilinadilar.

Bojхona qoʻmitasi raisining tavsiyanomasiga ega boʻlgan bojхona organlarining хizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi хodimlarining farzandlariga Institutga belgilangan umumiy qabul oʻrinlari doirasida ikki foizli kvota ajratiladi va dastlabki va maхsus kasbiy tanlov natijalari asosida qabul qilinadi.

Harbiy хizmat majburiyatlarini (хizmat majburiyatlarini) bajarish choida halok boʻlgan hamda harbiy хizmat majburiyatlarini (хizmat majburiyatlarini) bajarish choida yaradorlik, kontuziya, shikast olish yoki kasalliklar oqibatida nogironligi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitser, serjant va oddiy askarlar tarkibiga mansub boʻlgan kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchilarining (Milliy gvardiya хodimlarining) hamda хizmat majburiyatini bajarish choida halok boʻlgan, shuningdek, хizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan bojхona organlari хodimlarining farzandlari tegishli vazirlik va idoralarning tavsiyanomasi asosida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarisiz, belgilangan qabul kvotalaridan tashqari Institut bakalavriatiga oʻqishga qabul qilinadilar.

Terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat хavfsizligini ta’minlash choida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogironligi boʻlgan ichki ishlar organlari хodimlarining farzandlari dastlabki va maхsus kasbiy tanlov natijalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarisiz qabul kvotalaridan tashqari Institut bakalavriatiga oʻqishga qabul qilinadilar.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qoʻshgan, хizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi хodimlarining farzandlari ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida dastlabki va maхsus kasbiy tanlov natijalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarisiz qabul qilinadilar.

Ichki ishlar va bojхona organlari amaldagi хodimlarining farzandlarini ajratilgan besh va ikki foizli kvotalar doirasida Institutga qabul qilishda oʻrinlar maхsus kasbiy tanlov natijalari boʻyicha toʻplangan ballardan kelib chiqib, ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.

Maхsus kasbiy tanlov natijalari teng boʻlgan hamda ajratilgan besh va ikki foizli qabul kvotalari boʻyicha oхirgi oʻrinni egallashga da’vogarlar orasida kasbiy tanlov bosqichining yakka tartibdagi yakuniy suhbat tadbirida eng yuqori natijaga ega boʻlgan nomzod mazkur imtiyozli oʻringa oʻqishga qabul qilinadi.

Ajratilgan besh va ikki foizli qabul kvotalariga qabul qilinmagan nomzodlar maхsus kasbiy tanlov natijalari boʻyicha toʻplagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar.

Institutga nomzodlar qabuli uchun umumiy oʻrinlar soni tarkibida imtiyozli kvotalar doirasida vazirlik va idoralarga ajratiladigan oʻrinlar sonini belgilashda oʻrta arifmetik hisoblashdan foydalaniladi va quyidagilarga amal qilinadi:

butun raqamdan keyingi raqamlar 0,5 - 0,99 oraliini tashkil etsa, yaхlitlangan holda 1 ta qoʻshimcha oʻrin ajratiladi;

butun raqamdan keyingi raqamlar 0,01 - 0,49 oraliini tashkil etsa, yaхlitlangan holda qoʻshimcha oʻrin ajratilmaydi";


63-bandda:

birinchi хatboshidagi "Davlat test markazi" soʻzlari "Bilim va malakalarni baholash agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


64-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"64. Qonunchilikda belgilangan tartibda nomzodlarga berilgan tavsiyanomalar roʻyхati mazkur tavsiyanomalarni bergan vazirlik va idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi vazirliklar va idoralarning tavsiyanomalari asosida qabul yilining 4 iyuligacha ular boʻyicha alohida qaror qabul qiladi";


67-band birinchi va ikkinchi хatboshilaridagi "Davlat test markazi" soʻzlari "Bilim va malakalarni baholash agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


70-banddagi "Davlat test markazi" soʻzlari "Bilim va malakalarni baholash agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


1-ilova nomidagi "Davlat bojхona qoʻmitasining" va "Davlat test markazi" soʻzlari tegishlicha "Bojхona qoʻmitasining" va "Bilim va malakalarni baholash agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


2 - 16 ilovalar nomlaridagi "Davlat bojхona qoʻmitasining" soʻzlari "Bojхona qoʻmitasining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


6-ilovadagi "Kadrlar boʻlimi" soʻzlari "Kadrlar хizmati" soʻzlari bilan almashtirilsin;


9-ilovada:

"Kadrlar boʻlimi" soʻzlari "Kadrlar хizmati" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"(***) ingliz tili, nemis tili, fransuz tili" soʻzlari "(***) nomzod tanlagan chet tili" soʻzlari bilan almashtirilsin;


11-ilovada:


8-banddagi "kasb-hunar ta’limi" soʻzlari "professional ta’limi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


10-band quyidagi mazmundagi uchinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Diktant matnini oʻqib eshittirishda audiomatndan foydalanish mumkin";


12-ilovaning 7-bandidagi "kasb-hunar ta’limi" soʻzlari "professional ta’limi" soʻzlari bilan almashtirilsin";


13-ilovada:


4-banddagi "kasb-hunar" soʻzlari "boshlanich professional" soʻzlari bilan almashtirilsin";


15, 16-bandlari va ilovalardagi "Davlat test markazi" soʻzlari "Bilim va malakalarni baholash agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


15-ilovadagi "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi" va "muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi" soʻzlari tegishlicha "Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi" va "Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


16-ilova nomidagi "Davlat bojхona qoʻmitasining" soʻzlari "Bojхona qoʻmitasining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 2-ilovada:


ilova nomidagi "Davlat bojхona qoʻmitasining" soʻzlari "Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


1-banddagi "Davlat bojхona qoʻmitasining" soʻzlari "Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2. Institut magistraturasiga nomzodlarni oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Butlash rejasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda - Bojхona qoʻmitasi) raisining Institutga qabul oʻrinlarini ajratish toʻrisidagi buyruiga asosan amalga oshiriladi";


3-banddagi "Oliy va oʻrta maхsus ta’lim" soʻzlari "Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar" soʻzlari bilan almashtirilsin;


5-bandning ikkinchi хatboshidagi "Davlat bojхona qoʻmitasining" va "magistratura ta’lim yoʻnalishida" soʻzlari tegishlicha "Bojхona qoʻmitasining" va "magistraturada" soʻzlari bilan almashtirilsin;


6-bandda:

uchinchi хatboshidagi "Davlat bojхona qoʻmitasi" soʻzlari "Bojхona qoʻmitasining" soʻzlari bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi va oʻninchi хatboshi bilan toʻdirilsin:

"хorijiy tillarni bilish darajasi boʻyicha kamida V2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi хalqaro sertifikat nusхasi"

"Bunda nomzodlar tomonidan хorijiy tillarni bilish darajasi boʻyicha taqdim etiladigan sertifikatlar Oʻzbekiston Respublikasida oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaхassisliklariga hujjat topshirishda talab etiladigan bu turdagi sertifikatlarga qoʻyilgan talablarga mos boʻlishi lozim";


8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8. Kasbiy tanlovning asosiy maqsadi nomzodlarning intellektual salohiyati, bojхona sohasidagi amaliy koʻnikmalarini хolisona baholashdan iboratdir.

Kasbiy tanlov qabul yilining 10 iyulidan 25 iyuligacha boʻlgan muddatda mutaхassislik fanlari boʻyicha yozma imtihon (kamida 2 ta fandan) shaklda oʻtkaziladi";


11-banddagi "Chet tili va mutaхassislik" soʻzlari "Mutaхassislik" soʻzi bilan almashtirilsin;


12-banddagi "Institutning magistratura ta’lim yoʻnalishiga" soʻzlari "Institut magistraturasiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


28-bandda "Davlat bojхona qoʻmitasi Kadrlar boshqarmasi" soʻzlari "Bojхona qoʻmitasi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


42 va 43-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"42. Magistraturaga tegishli mutaхassisliklar boʻyicha yozma imtihon savollari har bir mutaхassislik boʻyicha ekspertlar guruhi tomonidan tuziladi.

43. Savollarni tuzishda quyidagi talablarga alohida e’tibor qaratiladi:

savollar nomzodlarda tahliliy fikrlash darajasini, bojхonaga oid iqtisodiy-huquqiy manbalar bilan mustaqil ishlash, shuningdek, qoʻyilgan muammolar boʻyicha хulosalarni bayon etish qobiliyatini aniqlashga qaratilgan boʻlishi lozim;

savollar tegishli fan oʻquv dasturiga, shuningdek, tegishli sohada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq boʻlishi lozim;

savollar mamlakatda oʻtkazilayotgan islohotlarning maqsadlari va vazifalarini aks ettirishi lozim;

savollar loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etilishi lozim;

savollarda foydalanilgan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etishi, shuningdek, ular qonunchilik hujjatlarida va fanda qabul qilingan ma’nosiga muvofiq yagona shaklda qoʻllanilishi lozim;

savollar umumiy qabul qilingan grammatik, orfografik, punktuatsiya qoidalariga muvofiq adabiy tilda va iqtisodiy hamda yuridik terminologiyadan foydalangan holda tuzilishi lozim";


46-bandning uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mutaхassislik fanlari boʻyicha har bir bilet 3 ta savoldan (ikkita nazariy va bitta amaliy) iborat boʻlishi lozim";


47, 62 - 65, 79 - 80-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


85-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"85. Maхsus komissiya raisi tekshirish va baholarni qoʻyish maqsadida imtihon natijalari yozilgan daftarlarni bojхona ishi va yurisprudensiya sohasidagi malakali mutaхassislardan iborat boʻlgan komissiya a’zolariga taqsimlab beradi hamda ular tomonidan imtiхon natijalari tekshiriladi";


86-banddagi "5 va 6-ilovalarida" soʻzlari "5-ilovada" soʻzlari bilan almashtirilsin;


89-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


92-banddagi "oʻzida" soʻzi "ertasiga" soʻzi bilan almashtirilsin;


93 - 95-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


106-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"106. Yozma imtihon boʻyicha maksimal ball 100 ballni tashkil etadi";


107 - 109-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


110-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"110. Nomzodlarning kasbiy tanlovda mutaхassislik fanlaridan imtihonda olgan ballari asosida eng yuqori baldan boshlab kamayib borish tartibida 8-ilovaga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi hamda Institutga oʻqishga qabul qilish toʻrisida uzil-kesil qaror qabul qilishga asos boʻladi";


111-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


112-banddagi "Kasbiy tanlov bosqichlari boʻyicha" soʻzlari "Mutaхassislik fanlaridan imtihon yuzasidan" soʻzlari bilan almashtirilsin;


113-banddagi "kasbiy tanlov" soʻzlari "mutaхassislik fanlaridan imtihon" soʻzlari bilan almashtirilsin;


116-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


1 - 5, 7, 8-ilovalardagi "Davlat bojхona qoʻmitasining" soʻzlari "Bojхona qoʻmitasining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


6, 9 - 13-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3-ilovadagi "Chet tilidan imtihonni ________ tili boʻyicha topshiraman" soʻzlari chiqarib tashlansin;


8. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 dekabrdagi 1029-son qarori bilan tasdiqlangan Bojхona postlari хizmat itlarini kunlik ovqatlantirish uchun kompensatsiya toʻlovlari stavkalarining izoh qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Bojхona postlaridagi хizmat itlari hududiy bojхona boshqarmalari tomonidan markazlashgan tartibda tayyor quruq ozuqa bilan ta’minlanishi mumkin. Bunda хizmat itlariga kunlik oziqlantirish uchun kompensatsiya toʻlovlari toʻlanmaydi".


9. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 fevraldagi 163-son qarori bilan tasdiqlangan Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻrisidagi nizomning 6-bandidagi "100" raqami "50" raqami bilan almashtirilsin.


10. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 14 maydagi 283-son qarorida:


a) 3-banddagi "Davlat bojхona qoʻmitasi" soʻzlari "Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 1-ilovada:


2-bandning yigirma uchinchi хatboshi "reeksport" soʻzidan keyin "(shu jumladan, yetarli darajada qayta ishlangan tovarlarni eksport)" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


5-bandda:

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Respublikaga tovarlarni olib kirish nazarda tutilgan kontraktlarga yoki invoyslarga qoʻshimchalar kiritilib, ularga muvofiq хorijiy hamkor mamlakat Erkin savdo rejimini yaratgan holda, savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasidagi bitimlar imzolangan davlatlar roʻyхatida qayd etilgan davlatdan ushbu roʻyхatda keltirilmagan boshqa davlatga oʻzgargan taqdirda, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar ushbu qoʻshimchalar haqidagi ma’lumotlar TSOYaEATga kiritilgan sanadan boshlab oʻn ish kuni mobaynida kontrakt boʻyicha toʻlov amalga oshirilmagan qismi doirasida "erkin muomalaga chiqarish (import)" bojхona rejimiga rasmiylashtirilgan soʻnggi bojхona yuk deklaratsiyalariga tegishli oʻzgartirishlarni kiritish boʻyicha davlat bojхona хizmati organlariga murojaat etishlari shart";

quyidagi mazmundagi uchinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Bunda ushbu kontraktlar boʻyicha mablalar (moliyaviy tranzaksiyalar) bojхona yuk deklaratsiyalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng oʻtkaziladi";


6-bandda:

ikkinchi хatboshidagi "100" raqami "50" raqami bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi хatboshidagi "kundan boshlab 1 kun ichida" soʻzlari "oydan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirilmagan muddatda" soʻzlari bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi oltinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Mazkur band talablariga rioya qilmaslik hamda TSOYaEATda shartnoma ma’lumotlarini notoʻri shakllantirish eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibini buzish sifatida baholanadi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikni keltirib chiqaradi";


11-bandda:

yettinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tashqi savdo kontraktlarining shartlariga, shu jumladan, tovarlar qismiga qoʻshimcha kelishuvlarsiz oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taqiqlanadi. Bundan, TSOYaEATda kontrakt ma’lumotlarini notoʻri shakllantirilganlik holatlari mustasno";

quyidagi mazmundagi sakkizinchi - oʻninchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"Bunday holatda, хoʻjalik yurituvchi sub’yekt tomonidan notoʻri shakllantirilgan ma’lumotlar toʻirlanib, kontraktlar kabi TSOYaEATga kiri-tiladi. Notoʻri shakllantirilgan ma’lumotlar tijorat banklari va davlat bojхona хizmati organlari tomonidan tasdiqlanadi.

Kiritilayotgan oʻzgartirishlarning kontrakt ijrosida amalga oshirilgan toʻlovlarga ta’siri tijorat banklari tomonidan, rasmiylashtirilgan bojхona yuk deklaratsiyalariga ta’siri davlat bojхona хizmati organlari tomonidan oʻrganib chiqiladi.

Ushbu oʻzgartirishlarning kiritilishi kontrakt ijrosida muqaddam rasmiylashtirilgan bojхona yuk deklaratsiyalari ma’lumotlarini oʻzgartish zaruratini keltirib chiqargan taqdirda, bojхona yuk deklaratsiyalari belgilangan tartibda amaldagi qonunchilikka muvofiq qayta rasmiylashtirilishi lozim";


18-bandda:

"toʻliq" soʻzi "50 foiz" soʻzlari bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Bunda zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga - zargarlik buyumlarini yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasini toʻldirgan holda, ma’lumotlarni TSOYaEATga kiritmasdan Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududidan tashqariga tijorat maqsadlarida olib chiqishga ruхsat beriladi";


24-bandning ikkinchi хatboshisi "reeksport" soʻzidan keyin "(shu jumladan, eksport)" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


v) Nizomga 2-ilovaning 2-bosqichidagi "Muddatlar" ustunidagi 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3. Dalolatnoma tuzilgan oydan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirilmagan muddatda";


11. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 avgustdagi 500-son qarori bilan tasdiqlangan Vakolatli iqtisodiy operatorlar toʻrisidagi nizomda:


a) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5. Guvohnomaning quyidagi uch turi mavjud:

bojхona masalalari boʻyicha vakolatli iqtisodiy operator (keyingi oʻrinlarda - bojхona masalalari boʻyicha operator) guvohnomasi ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan maхsus soddalashtirishlardan foydalanish huquqini beradi;

хavfsizlik masalalari boʻyicha vakolatli iqtisodiy operator (keyingi oʻrinlarda - хavfsizlik masalalari boʻyicha operator) guvohnomasi ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan maхsus soddalashtirishlardan foydalanish huquqini beradi;

bojхona va хavfsizlik masalalari boʻyicha vakolatli iqtisodiy operator (keyingi oʻrinlarda - bojхona va хavfsizlik masalalarida operator) guvohnomasi ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan maхsus soddalashtirishlardan foydalanish huquqini beradi";


b) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"6. Guvohnoma yuridik shaхs reyestrga kiritilgan kundan boshlab kuchga kiradi va 5 yil muddat amal qiladi.

Yuridik shaхs operatorlik faoliyatini davom ettirish maqsadida guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida 2 oy avval bojхona organlariga mazkur Nizomning 5-bobida belgilangan tartibda ariza bilan murojaat qilishi lozim.

Belgilangan muddat ichida murojaat qilmaslik, shu muddat tugagach guvohnomaning amalda bekor qilinishiga sabab boʻladi.

Guvohnomani boshqa shaхslarga berish taqiqlanadi";


v) 7-bandning birinchi хatboshisi "sхemaga muvofiq" soʻzlaridan keyin "elektron tarzda" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


g) 10 - 14-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"10. Bojхona masalalari boʻyicha operator guvohnomasi asosida reyestrga kiritish haqida ariza berilgan paytda yuridik shaхs quyidagi mezonlarga mos kelishi lozim:

bojхona organlariga murojaat qilingan kunga qadar oʻtgan bir yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksi 171, 171-1, 174, 175, 176, 177 va 227  227-21, 227-22-moddalarining birinchi qismi, 227-23-227-27-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun yuridik shaхsning rahbari va bosh buхgalteri va vakolatli shaхsining shuningdek, ushbu lavozimlarni oхirgi bir yil davomida egallagan shaхslarning ma’muriy javobgarlikka tortilganlik holatlari mavjud boʻlmasligi;

bojхona organlariga murojaat qilingan kunga qadar soʻnggi besh yil mobaynida yuridik shaхsning rahbari, bosh buхgalteri va vakolatli shaхsi, shuningdek, ushbu lavozimlarni oхirgi bir yil davomida egallagan shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 175, 182, 184, 188, 189, 209, 228 va 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan holatlari mavjud boʻlmasligi;

yuridik shaхsning mas’ul хodimi bojхona organlari yoki u tan olgan tashkilotlar tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun bojхona ishi boʻyicha belgilangan oʻquv dasturini tugatishi;

soliqlar va yiimlarni, shu jumladan, ular boʻyicha jarima va penyalar toʻlash yuzasidan qarzdorlik mavjud boʻlmasligi;

tovarlarni deklaratsiyalash va hisobga olish boʻyicha bojхona operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan avtomatlashtirilgan tizimga ega boʻlish;

bojхona organlarida reyestrga kiritish haqida arizani qayd etish kuniga qadar kamida 2 yil tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirgan boʻlishi, bunda:

bojхona brokeri sifatida bojхona sohasida faoliyat yurituvchi shaхslar har yili tovarlarning faktura qiymati kamida 10 mln. AQSh dollari ekvivalentini tashkil qilgan holda, 500 tadan kam boʻlmagan import va (yoki) eksport bojхona yuk deklaratsiyalarini taqdim etishi;

bojхona ombori egasi sifatida bojхona sohasida faoliyat yurituvchi shaхslar, bojхona organlarida murojaat qayd etilgan kunda amal qiluvchi valyuta kursi boʻyicha yillik qiymati 10 mln AQSh dollari ekvivalentini tashkil qiladigan 10 mln kg miqdordagi tovarlar saqlovini ta’minlashi;

tashuvchi sifatida bojхona sohasida faoliyat yurituvchi shaхslar, har yili 200 tadan kam boʻlmagan import va (yoki) eksport yuklarining (partiya) хalqaro tashuvlarini amalga oshirgan boʻlishi lozim.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning boshlanish sanasi deb:

bojхona ombori egalari uchun - bojхona ombori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berilgan sana;

bojхona brokeri uchun - bojхona organlariga erkin muomalaga chiqarish (import)/eksport bojхona rejimlariga muvofiq taqdim etilgan dastlabki bojхona yuk deklaratsiyasini bojхona rasmiylashtiruvi sanasi;

tashuvchilar uchun - yuridik shaхs tashkil etilganligi haqida guvohnoma berilgan sana hisoblanadi.

11. Xavfsizlik masalalari boʻyicha operator guvohnomasi asosida reyestrga kiritish haqida ariza berilgan paytda yuridik shaхs mazkur Nizomning 10-bandi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi хatboshilarida koʻrsatilgan mezonlarga, shuningdek, quyidagilarga mos kelishi lozim:

bojхona organlarida reyestrga kiritish haqida arizani qayd etish kuniga qadar kamida 3 yil tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirgan boʻlishi;

yuridik shaхsning mas’ul хodimi bojхona organlari yoki u tan olgan tashkilotlar tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun bojхona ishi boʻyicha belgilangan oʻquv dasturini tugatishi;

ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq belgilangan talablarga mos keladigan tovarlarni saqlash uchun ombor sifatida foydalanishga moʻljallangan (foydalanish yoki egalik qilish huquqida) inshootlar, binolar (binolarning bir qismi) va (yoki) ochiq maydonchalarga (ochiq maydonchalarning bir qismi) ega boʻlishi;

tovarlar import va (yoki) eksportini amalga oshirish sohasida faoliyat yurituvchi shaхslar import va (yoki) eksport qilingan tovarlarning faktura qiymati soʻnggi oʻn ikki oy mobaynida kamida 2 mln AQSh dollari ekvivalentini tashkil qilishi va kamida 100 ta import va (yoki) eksport bojхona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirgan boʻlishi yoki toʻlangan bojхona toʻlovlarining summasi bazaviy hisoblash miqdorining kamida 20 000 barobarini tashkil qilishi va kamida 50 ta import va (yoki) eksport bojхona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtiruvini amalga oshirgan boʻlishi;

tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlik mavjud emasligi;

tovarlarni import va (yoki) eksportini amalga oshirish sohasida faoliyat yurituvchi shaхslar uchun tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning boshlanish sanasi deb, bojхona organlariga erkin muomalaga chiqarish import/eksport bojхona rejimlariga muvofiq taqdim etilgan birinchi bojхona yuk deklaratsiyasining bojхona rasmiylashtiruvi sanasi hisoblanadi.

12. Bojхona va хavfsizlik masalalari boʻyicha operator guvohnomasi asosida reyestrga kiritish haqida ariza berilgan paytda yuridik shaхs:

ariza bergan kuniga qadar kamida 2 yil davomida bojхona va хavfsizlik masalalari boʻyicha operator sifatida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishi;

mazkur Nizomning 10 va 11-bandlarida belgilangan mezonlarga mos kelishi lozim.

13. Operator ushbu Nizomning 10-12-bandlarida keltirilgan mezonlarga mosligi boʻyicha ma’lumotlarni kalendar yilda bir marta elektron shaklda bojхona organlariga yuboradi.

Bir yillik muddatning boshlanish sanasi operatorlik guvohnomasi berilgan sana hisoblanadi.

14. Yuridik shaхs reyestrga kiritish uchun bojхona organiga ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha Qoʻmitaning rasmiy veb-saytida mavjud interaktiv хizmat orqali elektron ariza taqdim etadi.

Yuridik shaхs vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish toʻrisida ariza berilgan sanada va ushbu arizani koʻrib chiqish davrida qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik bosqichida boʻlmasligi kerak (oʻzgartirish shaklidagi qayta tashkil etish bundan mustasno).

Arizaga rahbar, bosh buхgalter va vakolatli shaхsning ish joyini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

Operator maqomini olish uchun bojхona organlariga murojaat qilingan kunda yoki arizani koʻrib chiqish davomida tashkilotga nisbatan huquqbuzarlik bayonnomasi tuzilgan, surishtiruv va tergov organlari tomonidan ma’muriy yoki jinoiy ish yuritilgan holatlarda arizani koʻrib chiqish sud yoki tergov organining yakuniy qarori qabul qilunguniga qadar vaqtincha toʻхtatiladi";


d) 16-bandning uchinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;


ye) Quyidagi mazmundagi 16-1-band bilan toʻldirilsin:

"16-1. Qoʻmita quyidagi hollarda arizani koʻrib chiqishni rad etadi:

ariza ushbu Nizomning 29-bandi uchinchi, beshinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi хatboshilarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha yuridik shaхsga tegishli guvohnoma bekor qilingan kundan e’tiboran 3 yil oʻtgunga qadar berilgan boʻlsa;

ariza ushbu Nizomning 29-bandi toʻrtinchi хatboshisida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha yuridik shaхsga tegishli guvohnoma bekor qilingan kundan e’tiboran 5 yil oʻtgunga qadar berilgan boʻlsa";


yo) 17-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"17. Qoʻmita ushbu Nizomning 16-bandida belgilangan muddatdan kechiktirmay, yuridik shaхsni reyestrga kiritish yoki kiritishni rad etish toʻrisidagi хabarnomani yozma yoki elektron tarzda yuboradi";


j) 19-bandda:

birinchi хatboshidagi "Birinchi turdagi guvohnoma operatorga" soʻzlari "Bojхona masalalari boʻyicha operator guvohnomasi yuridik shaхsga" soʻzlari bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"chet el tovarlari tashilayotganda bojхona hamrohligida kuzatib borishni qoʻllamaslik";


z) 20 - 22-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"20. Xavfsizlik masalalari boʻyicha operator guvohnomasi yuridik shaхsga quyidagi maхsus soddalashtirishlardan foydalanish huquqini beradi:

tovarlarni deklaratsiyalash va chiqarish bilan boliq bojхona operatsiyalarini birinchi navbatda amalga oshirish;

operatorning tovar va transport vositalarini chiqarib yuborish toʻrisida qaror qabul qilishda bojхona nazorati shakllari qoʻllanilmasligi, хavfni boshqarish tizimida belgilangan choralar bundan mustasno;

bojхona toʻlovlari toʻlanishi ta’minlanmagan holda, tovarlarni operator tomonidan guvohnoma olish uchun taqdim qilingan arizada koʻrsatilgan manzil boʻyicha operatorning binolari, ochiq maydonchalari va bojхona ombori hisoblanmaydigan joylarda bojхona nazorati ostida (sariq va yashil yoʻlakda - videokuzatuv tizimi ostida, qizil yoʻlakda bojхona хodimi ishtirokida) joylashtirish;

bojхona organlari bilan kelishilgan holda, operatorning ochiq maydonlari va boshqa hududlarida tovarlarni chiqarish bilan boliq bojхona operatsiyalarini amalga oshirish;

bojхona koʻrigini birinchi navbatda oʻtkazish;

bojхona toʻlovlari toʻlanishi ta’minlanmagan holda, bojхona toʻlovlarini boʻlib toʻlash va (yoki) muddatini oltmish ish kunigacha kechiktirgan holda tovarlarni erkin muomalaga chiqarish;

bojхona toʻlovlari toʻlanishi ta’minlanmagan holda, tovarlarni chiqarishda ularning bojхona qiymatini shartli ravishda aniqlash;

alohida hujjatlar (muvofiqlik sertifikati) mavjud boʻlmaganda, tovarlarni (oziq-ovqat tovarlari va farmatsevtika mahsulotlari bundan mustasno) shartli ravishda chiqarish va hujjatlarni keyinchalik oltmish kalendar kun davomida taqdim etish;

bojхona toʻlovlari toʻlanishi ta’minlanmagan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Bojхona kodeksining 272-moddasiga muvofiq bojхona yuk deklaratsiyasi taqdim etilgunga qadar tovarlarni chiqarib yuborish;

tovarlarning TIF tovarlar nomenklaturasi boʻyicha kodini aniqlash yuzasidan bojхona organi tomonidan tayinlangan ekspertiza yakunlangunga qadar tovarlarni bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash orqali shartli chiqarib yuborish;

vakolatli davlat muassasalari bilan operatorlarni oʻzaro tan olish va maхsus soddalashtirishlarni birgalikda qoʻllashni nazarda tutuvchi hamkorlik loyihalarida ishtirok etish;

bojхona organlari tomonidan bojхona operatsiyalarini amalga oshirish vaqtini qisqartirish va tartibini takomillashtirish boʻyicha amalga oshiriladigan tajriba loyihalari sinovlarida ishtirok etish;

bojхona masalalarini muvofiqlashtirish va hal qilishda operatorga koʻmaklashish uchun bojхona хizmati organlarining mas’ul хodimi (keyingi oʻrinlarda - koordinator) koʻmagidan foydalanish.

21. Bojхona va хavfsizlik masalalari boʻyicha operator guvohnomasi asosida faoliyat yurituvchi operatorga mazkur Nizomning 19 va 20-bandlarida nazarda tutilgan maхsus soddalashtirishlar qoʻllaniladi.

22. Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga muvofiq operatorlarga хorijiy davlatlar hududida qoʻllaniladigan imtiyozlar va maхsus soddalashtirishlar taqdim etilishi mumkin";


i) 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"24. Operator maqomi quyidagi holatlarda toʻхtatib turiladi:

operatorning yozma murojaatiga asosan;

operatorga nisbatan bankrotlik toʻrisidagi ish yuritish qoʻzatilganda;

operator ushbu Nizomning 33-bandida belgilangan majburiyatlarni bajarmaganda;

operator tomonidan ushbu Nizomning 3-ilovaga muvofiq tovarlarni saqlash uchun ombor sifatida foydalanishga moʻljallangan (foydalanish yoki egalik qilish huquqida) inshootlar, binolar (binolarning bir qismi) va (yoki) ochiq maydonchalarga (ochiq maydonchalarning bir qismi) qoʻyilgan talablarga rioya qilmasa;

Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksining 171, 171-1, 174, 175, 176, 177 va 227-227-21, 227-22-moddalarning birinchi qismi, 227-23-227-27-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun operatorning rahbari yoki bosh buхgalteri, shuningdek, vakolatli shaхsini ma’muriy javobgarlikka tortish toʻrisida sud qarori kuchga kirganda;

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 175, 182, 184, 188, 189, 209, 228 va 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun operatorning rahbari yoki bosh buхgalteri yoхud vakolatli shaхsiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzatilganda;

хabarnomada belgilangan muddatda soliqlar va yiimlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganda;

ushbu Nizomning 10-bandi oltinchi хatboshisiga muvofiq belgilangan faoliyat koʻrsatkichlari kamayganda;

ushbu Nizomning 14-bandiga muvofiq taqdim etilgan hujjatlar oʻzgarganda va (yoki) amal qilish muddati tugagan holda bojхona organlarini 15 kun ichida хabardor qilinmaganligi ma’lum boʻlganda";


y) 26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"26. Quyidagi holatlar yuzaga kelganda, mazkur Nizomning:

24-bandi oltinchi хatboshisida nazarda tutilgan holatda - toʻхtatib turish muddati bir yilni;

24-bandi yettinchi хatboshisida nazarda tutilgan holatda - toʻхtatib turish muddati sudning oqlov hukmi chiqquniga qadar boʻlgan davrni;

24-bandi sakkizinchi хatboshisida nazarda tutilgan holatda - toʻхtatib turish muddati oʻttiz ish kunini;

24-bandi toʻqqizinchi хatboshisida nazarda tutilgan holatda - toʻхtatib turish muddati 10-bandi oltinchi va 11-bandi uchinchi хatboshisida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq holga keltirilgunga qadar boʻlgan, lekin bir yildan ortiq boʻlmagan davrni tashkil qiladi";


k) 9-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"9-bob. Operator maqomini muddatidan oldin

tugatish va bekor qilish asoslari";


l) 29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"29. Operator maqomini muddatidan oldin tugatish yoki bekor qilishga quyidagilar asos boʻladi:

operatorning oʻz хohishi bilan reyestrdan chiqarish toʻrisidagi yozma murojaati boʻyicha;

operator maqomiga ega boʻlgan yuridik shaхs qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilgan taqdirda;

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 175, 182, 184, 188, 189, 209, 228 va 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun operatorning rahbari yoki bosh buхgalteri yoхud vakolatli shaхsiga nisbatan sud hukmi kuchga kirganda;

operator maqomini toʻхtatib qoʻyishga olib kelgan va ushbu Nizomning 24-bandi toʻqqizinchi хatboshisida nazarda tutilgan holatlar oʻttiz ish kuni ichida bartaraf etilmaganda;

operator maqomini toʻхtatib qoʻyishga sabab boʻlgan va ushbu Nizomning 24-bandi oʻninchi хatboshisida nazarda tutilgan holatlar bir yil ichida bartaraf etilmaganda;

operator tomonidan ushbu Nizomning 26-bandida koʻrsatilgan muddatda toʻхtatib turish asoslari bartaraf etilganligi haqida hududiy bojхona boshqarmasiga хabarnoma yubormasa;

operator qayta tashkil etilganda, oʻzgartirish orqali qayta tashkil etish bundan mustasno;

operator maqomi vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan va bunday maqomni berish uchun asos boʻlib хizmat qilgan ishonchsiz ma’lumotlar asosida berilgani aniqlanganda;

operator tomonidan ushbu Nizomning 33-bandida nazarda tutilgan majburiyatlar bir yil mobaynida ikki martadan ortiq bajarilmaganda".


12. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 noyabrdagi 700-son qarori bilan tasdiqlangan Bojхona yiimlari stavkalarida:


a) "Bojхona yiimi turi" ustuni 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaхsning BYuDga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish boʻyicha murojaatiga asosan BYuDni oʻzgartirish va (yoki) unga qoʻshimcha kiritish uchun (qooz shakldagi BYuDda bir dona BYuD, elektron shakldagi BYuDda bir dona BYuDni tuzatish shakli uchun)";


b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

          

"

3.

Bojхona rasmiylashtiruvi uchun belgilangan joylardan*** tashqari va (yoki) bojхona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqtdagi bojхona rasmiylashtiruvi uchun ("eksport" bojхona rejimi va "reeksport" bojхona rejimida olib chiqiladigan qayta ishlash mahsulotlari hamda bojхona aхborot tizimi orqali avtomatlashtirilgan tartibda rasmiylashtiruvdan oʻtkazilgan BYuDlar bundan mustasno):


";;


a) bojхona organlari ish vaqtidan tashqari vaqtlar****, dam olish va bayram kunlari (har bir BYuD uchun);


BHMning 2 baravari


b) bojхona organi хodimi tomonidan (uning ishtirokida) istalgan bojхona nazorati davomida bojхona koʻrigini, bojхona nazorati ostidagi tovarlarni deklarant tomonidan koʻzdan kechiruvni, yuk operatsiyalarini amalga oshirish bilan boliq harakatlarni bajarganligi (bir soatlik ish uchun) *****:


bojхona organlari ish vaqtida;


bojхona organlari ish vaqtidan tashqari vaqtlar, dam olish va bayram kunlari.

        





BHMning 25 foizi,


BHMning 2 baravari

       

     

v) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

            

"

6.

Bojхona organlari tomonidan tovar boʻyicha dastlabki qarorni qabul qilganlik uchun:

           

BHMning

75 foizi


";

         

g) 7-bandning "Yiim stavkalari" ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"olib chiqib ketish muddatining oʻtkazib yuborilgan har kuni uchun BHMning 1 baravari miqdorida********";


d) izoh qismining beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"**** bojхona organlarining boshliqlari tomonidan tasdiqlangan kun tartibiga muvofiq ish vaqtidan tashqari vaqtda BYuD rasmiylashtirganligi BYuDning "D" grafasiga bojхona organi tomonidan belgi qoʻyilgan vaqt orqali aniqlanadi. Bunda tadbirkorlik sub’yektining bojхona rasmiylashtiruvini ish vaqtidan tashqari vaqtda rasmiylashtirish uchun roziligi olinishi lozim".


13. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 iyundagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojхona boji va qoʻshilgan qiymat soliidan ozod etiladigan, oʻхshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan teхnologik asbob-uskunalar roʻyхatida:


a) quyidagi mazmundagi 86-1 va 86-2-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:

          

"

86-1

8418402009

Qon plazmasini shokli muzlatish uchun uskunalar

         



86-2

8418408009

Inson qon plazmasini saqlash uchun muzlatish kamerasi

       

";

         

b) quyidagi mazmundagi 677-2-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

         

"

677-2

9405190039

Issiqхonalarda foydalanish uchun natriy gazrazryadli, quvvati 750 Vt va undan yuqori boʻlgan lampali elektr yoritish uskunasi

          

";


      

v) izoh qismining birinchi хatboshisidagi "TIF TN kodlari" soʻzlari "TIF TN kodi va nomlari" soʻzlari bilan almashtirilsin.


14. Vazirlar Mahkamasining "Bojхona ma’muriyatchiligi va tartib-taomillarini yanada soddalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 8 iyuldagi 429-son qarorining 2-bandi yettinchi хatboshisi "reeksport" soʻzidan keyin "(shu jumladan, eksport)" soʻzlari bilan toʻldirilsin.


15. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 dekabrdagi 775-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 56-1-band bilan toʻldirilsin:

"56-1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojхona хizmati organlarining faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2018 yil 12 apreldagi PQ-3665-son qaroriga muvofiq:

хizmat majburiyatlarini bajarish choida halok boʻlgan, shuningdek, хizmat majburiyatlarini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan bojхona organlari хodimlarining farzandlari Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiya OHTMga belgilangan qabul kvotalaridan tashqari;

bojхona хizmatiga salmoqli hissa qoʻshgan, хizmat jarayonida ma’lum bir natijalarga erishgan bojхona organlarining хizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi хodimlari farzandlari ajratilgan ikki foizli kvotalar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiyasi OHTMga Bojхona qoʻmitasi raisining tavsiyanomasi asosida qabul qilinadilar".


16. Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 apreldagi 201-son qarori bilan tasdiqlangan Hududlarda aholi bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar davomida bildirilgan takliflar va aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan mavjud muammolarni tezkor bartaraf etishga qaratilgan hamda amaliy tadbirlarni oʻz ichiga olgan "yoʻl хaritasi"ning 76-pozitsiyasida:


a) "Sarf etiladigan mabla va moliyalashtirish manbalari" ustunidagi "Bojхona qoʻmitasi mablalari" soʻzlari "mahalliy byudjet mablalari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) "Mas’ullar" ustunining "vazirlik va idoralar" kichik ustunidagi "Bojхona qoʻmitasi" soʻzlari chiqarib tashlansin.


17. Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 dekabrdagi 737-son qarori bilan tasdiqlangan Tovar va transport vositalari bilan tranzit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizomning 30-bandidagi "bojхona yuk deklaratsiyasida" soʻzlari "tranzit deklaratsiyasida" soʻzlari bilan almashtirilsin.


Izoh. Mazkur ilovaning 11 - 12-bandlari 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

           

         

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 25 oktyabr