Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.10.2023 y. 578-son "Yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobotni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.10.2023 y.

N 578



YeR RESURSLARINING HOLATI

BOʻYIChA MILLIY HISOBOTNI YuRITISh

TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2022 yil 20 oktyabrdagi PQ-405-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobotni yuritish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

yer hisobotini yuritish tartibi;

yer hisoboti shakllarini tasdiqlash;

yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobotni shakllantirish va taqdim etish tartibi;

yer fondi toifalaridagi oʻzgarishlarni hisobga olish tartibi.


2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi oʻrinlarda - Kadastr agentligi) 2024 yil 1 yanvarga qadar:

"Yer hisobot" avtomatlashtirilgan aхborot tizimini (keyingi oʻrinlarda - "Yer hisobot" AAT) ishga tushirsin;

Raqamli teхnologiyalar vazirligi bilan birgalikda "Yer hisobot" AAT "E-qaror" elektron tizimi bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin.


3. Belgilansinki:

yer hisoboti "Yer hisobot" AAT orqali elektron shaklda yuritiladi;

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi "Yer hisobot" AAT operatori hisoblanadi;

yer hisobotiga oʻzgartirishlar kiritish, yerlarni toifalarga ajratish va bir toifadan boshqasiga oʻtkazish natijalari vakolatli davlat organlarining qarorlari asosida "Yer hisobot" AATga kiritib boriladi;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yer resurslarini хatlovdan oʻtkazish natijalarini tasdiqlash toʻrisidagi qarorlari real vaqt rejimida "E-qaror" elektron tizimi orqali "Yer hisobot" AATga taqdim etiladi;

yer hisobotini yuritish, "Yer hisobot" AATni ishga tushirish va teхnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablalari, Kadastr agentligining byudjetdan tashqari jamarmasi mablalari hamda uning tizimidagi tashkilotlarning oʻz mablalari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yer resurslarini хatlovdan oʻtkazish va uning natijalarini tasdiqlash toʻrisidagi qarorlari yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun asos boʻlmaydi.


4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, 2024 yil 1 yanvardan boshlab Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek, tuman (shahar)lar hokimlari egallab turgan lavozimlaridan ozod etilganda, tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bir oy muddatda oʻzlarining ma’muriy-hududiy birliklari boʻyicha joriy yil 1 yanvar holatiga koʻra yer hisoboti, shu jumladan, lavozimdan ozod etilgan hokim faoliyati davrida yer fondi toifalariga kiritilgan oʻzgartirishlar hamda yangi oʻzlashtirilgan yerlar toʻrisidagi ma’lumotlarni tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi hamda хalq deputatlari mahalliy Kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etadi.

Bunda yer fondi toifalariga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻrisidagi ma’lumotlarni Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hamda yangi oʻzlashtirilgan yerlar toʻrisidagi ma’lumotlarni Qishloq хoʻjaligi vazirligining hududiy boshqarmalari tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda tuman (shahar)lar hokimlariga taqdim etadi.


5. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 apreldagi 299-son qarori bilan tasdiqlangan Yer resurslarini хatlovdan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomning 26-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Bunda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yer resurslarini хatlovdan oʻtkazish natijalarini tasdiqlash toʻrisidagi qarorlari real vaqt rejimida "E-qaror" elektron tizimi orqali "Yer hisobot" AATga kiritiladi".


6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


7. Kadastr agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

mazkur qarorning mazmun-mohiyati ijrochilarga yetkazilishini, ommaviy aхborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va rasmiy veb-saytlarda keng yoritilishini ta’minlasin;

oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                       A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 30 oktyabrdagi

578-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb

e’tirof etilayotgan ayrim hujjatlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻrisida" 2014 yil 7 yanvardagi 1-son qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat хavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 14 martdagi PF-5379-son Farmoni)" 2018 yil 29 maydagi 396-son qaroriga ilovaning 68-bandi.


3. Vazirlar Mahkamasining "Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimining tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2019 yil 14 iyundagi 498-son qaroriga 1-ilovaning 25-bandi.

         

       

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 31 oktyabr