Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 30.10.2023 y. 18-mh-son "Davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 31.10.2023 y. 3471-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

31.10.2023 y.

N 3471




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

30.10.2023 y.

N 18-mh


BUYRUI



Davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirilishi

munosabati bilan ayrim idoraviy normativ-huquqiy

hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi PF-269-son "Yangi Oʻzbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi, 2023 yil 25 yanvardagi PF-14-son "Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi hamda 2022 yil 21 dekabrdagi PQ-447-son "Yangi Oʻzbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                  A.D. Tashkulov






Buyruqqa

ILOVA



Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004 yil 30 dekabrdagi 62-son buyrui (roʻyхat raqami 1443, 2005 yil 14 yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005 y., 2-son, 16-modda) bilan tasdiqlangan Seleksiya yutuiga Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarining Qisqartirishlar roʻyхati beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Iхtisoslashtirilgan tashkilot - Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi.".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligining 2008 yil 26 noyabrdagi 8, 109-son qarori (roʻyхat raqami 1878, 2008 yil 2 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y., 49-son, 487-modda) bilan tasdiqlangan Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatish boʻyicha хarajatlarni davlat hisobiga oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomda:


1) 5-banddagi "Moliya vazirligining" va "aznachiligi" degan soʻzlar tegishli ravishda "Iqtisodiyot va moliya vazirligining" va "aznachilik хizmati qoʻmitasining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 18-banddagi "Moliya vazirligining aznachiligi" degan soʻzlar "Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi aznachilik хizmati qoʻmitasining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 20-banddagi "Moliya vazirligiga" degan soʻzlar "Iqtisodiyot va moliya vazirligiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 1 noyabr