Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.11.2023 y. 586-son "Kambagʻallikni qisqartirishda tadbirkorlik sub’yektlarini manfaatli hamkorlikka yanada keng jalb qilish va ularga qoʻshimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining "20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaхassis" dasturini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2023 yil 7 iyuldagi 279-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.11.2023 y.

N 586




KAMBAALLIKNI QISQARTIRIShDA

TADBIRKORLIK SUB’YeKTLARINI MANFAATLI

HAMKORLIKKA YaNADA KENG JALB QILISh VA ULARGA

QOʻShIMChA QULAYLIKLAR YaRATILIShI MUNOSABATI BILAN

VAZIRLAR MAHKAMASINING "20 MING TADBIRKOR - 500 MING

MALAKALI MUTAXASSIS" DASTURINI AMALGA OShIRISh

BOʻYIChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA" 2023 YIL 7 IYuLDAGI

279-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh HAQIDA



Mamlakatimizda kambaallikka qarshi kurashish jarayonini yanada takomillashtirish hamda bunga tadbirkorlik sub’yektlarini manfaatli hamkorlik asosida yanada kengroq jalb qilish maqsadida "20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaхassis" dasturini amalga oshirish yoʻlga qoʻyildi.

Shy bilan birga, ushbu jarayonlarda tadbirkorlik sub’yektlariga qoʻshimcha qulayliklar yaratishda yuqoridagi dasturni amalga oshirish boʻyicha mas’ul rahbarlar tarkibiga tegishli aniqliklar kiritish zarurati yuzaga kelmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kambaallikni qisqartirishda tadbirkorlik sub’yektlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻrisida" 2023 yil 12 iyundagi PF-93-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, dastur bilan qamrab olinadigan tadbirkorlik sub’yektlariga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaхassis" dasturini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻrisida" 2023 yil 7 iyuldagi 279-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:

kambaallikni qisqartirish va bandlik vaziri hamda iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosarlariga "20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaхassis" dasturi doirasida 200 tadan ortiq ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlik sub’yektlari bilan "hamkorlik shartnomasi"ni tuzish huquqini berish;

"20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaхassis" dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasi tarkibiga tegishli aniqliklar kiritish.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                    A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2023 yil 4 noyabrdagi

586-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "20 ming tadbirkor - 500 ming

malakali mutaхassis" dasturini amalga oshirish boʻyicha

chora-tadbirlar toʻrisida" 2023 yil 7 iyuldagi 279-son

qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 1-ilovaning matnidagi "Bosh vazirining oʻrinbosari" soʻzlari "Bosh vazirining oʻrinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri" soʻzlari bilan, "Sh. Kudbiyev - iqtisodiyot va moliya vaziri" soʻzlari "I. Norqulov - iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. 2-ilovaning 7-bandi toʻrtinchi хatboshisi "Iqtisodiyot va moliya vaziri" soʻzlaridan keyin "yoki ularning birinchi oʻrinbosarlari" soʻzlari bilan toʻldirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 6 noyabr