Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.11.2023 y. PF-197-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

20.11.2023 y.

N PF-197



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI VA HUKUMATINING

AYRIM HUJJATLARIGA OʻZGARTIRISh

VA QOʻShIMChALARNI KIRITISh TOʻRISIDA



Ichki ishlar organlari tomonidan jinoiy jazoni ijro etish sohasida amalga oshirilayotgan faoliyati samaradorligini yanada oshirish, shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasi хizmati хodimlarini tanlash va joy-joyiga qoʻyish tizimini takomillashtirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                       Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 20 noyabrdagi

PF-197-son Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

va Hukumatining ayrim hujjatlariga

kiritilayotgan oʻzgartirish

va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi "Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni solomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va хotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5938-son Farmonining 20-bandida:


a) beshinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"profilaktika inspektorini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish, staji va tajribasini inobatga olgan holda mahallaga biriktirish hamda mahalla orasida rotatsiya qilish Qoraqalpoiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat хavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi хizmati bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi (profilaktika inspektori lavozimidan katta profilaktika inspektori lavozimiga oʻtkazish bundan mustasno)";


b) quyidagi mazmundagi yettinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Jamoat хavfsizligi хizmatining huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari hamda ijtimoiy profilaktika boʻlim boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat хavfsizligi departamentining Huquqbuzarliklar profilaktikasi хizmati bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi (yuqori turuvchi rahbarlik lavozimiga oʻtkazish holatlari bundan mustasno)";


v) yettinchi va sakkizinchi хatboshilar tegishincha sakkizinchi va toʻqqizinchi хatboshilar deb hisoblansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 oktyabrdagi "Davlat ishtirokidagi korхonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini хususiylashtirishga oid chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-6096-son Farmoniga 4-ilovaning 234-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 17 maydagi "Tibbiyot muassasalari хodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda rabatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-136-son Farmonining 1-bandi quyidagi mazmundagi oltinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Mazkur bandda belgilangan qoidalar 2024 yil 1 yanvardan boshlab Ichki ishlar vazirligi tizimidagi tibbiyot va farmatsevtika хodimlariga (maхsus va harbiy unvonga ega boʻlgan хodim hamda harbiy хizmatchilardan tashqari) nisbatan ham tatbiq etiladi".


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida хizmatni oʻtash tartibi toʻrisidagi nizomning 19-bandi sakkizinchi хatboshisi "maхsus boʻlinmalarining," soʻzlaridan keyin "aхborot teхnologiyalarini rivojlantirish boʻlinmalarining," soʻzlari bilan toʻldirilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 yanvardagi "Ozodlikdan mahrum etilgan shaхslarning mehnat bilan bandligini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-4138-son qarorining 3-bandida:


a) uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"yetkazib beruvchilar, shu jumladan хorijiy yetkazib beruvchilar bilan ishlab chiqarish va yordamchi uskunalar, teхnika va boshqa moddiy-teхnik vositalar, resurslar, хomashyo materiallari, oʻsimlik urulari, chorva mollarini (shu jumladan yirik va mayda shoхli mollar, parranda, baliq, asalari va boshqalarni) хarid qilish hamda хizmatlar koʻrsatish boʻyicha tanlov (tender) savdolarini oʻtkazmasdan toʻridan-toʻri shartnomalar tuzish;

koloniyalarda ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda mahkumlarning bandligini ta’minlash maqsadida boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar bilan toʻridan-toʻri shartnomalar tuzish orqali hamkorlikni amalga oshirish";


b) yettinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish boʻlinmalariga yuqori malakali menejerlarni (mutaхassislarni) Jazoni ijro etish departamentining byudjetdan tashqari mablalari hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5 baravaridan 15 barobarigacha, zarur mutaхassislikka ega boʻlmagan хizmat koʻrsatuvchi хodimlarga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5 baravarigacha oylik maoshi belgilash hamda ularni jazoni ijro etish muassasalari boshliqlarining ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlash imkoniyati bilan jalb qilish".


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi "Ichki ishlar organlarining jamoat хavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-5050-son qarorida:


a) 8-band quyidagi mazmundagi sakkizinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"jazoni ijro etish muassasalari huzuridagi byudjetdan tashqari faoliyatni amalga oshiradigan ishlab chiqarish boʻlinmalari lavozimlariga tegishli sohada amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan shaхslar shahodatlangan lavozimlar hisobidan tayinlanishi mumkin";


b) 2-ilovada:


9-bandda:

quyidagi mazmundagi oʻn yettinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"byudjetdan tashqari faoliyat hisobidan ta’minlanadigan ishchi va хizmatchilar shtat soniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish";

oʻn yettinchi va oʻn sakkizinchi хatboshilar tegishlicha oʻn sakkizinchi va oʻn toʻqqizinchi хatboshilar deb hisoblansin;


15-bandda:

quyidagi mazmundagi oʻn toʻqqizinchi va yigirmanchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"Departament va tizim muassasalarining byudjetdan tashqari faoliyatidan ta’minlanadigan ishchi va хizmatchilar shtat birliklarini kiritadi va qisqartiradi;

jazoni ijro etish koloniyalari tomonidan tizim tasarrufidagi boshqa boʻlinma yoki jazoni ijro etish koloniyasiga bir yildan koʻp boʻlmagan muddatga qaytarib berish sharti bilan moliyaviy yordam koʻrsatilishini tashkil etadi";

oʻn toʻqqizinchi хatboshi yigirma birinchi хatboshi deb hisoblansin;


16-bandning uchinchi хatboshisi "oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish" soʻzlaridan keyin "(byudjetdan tashqari faoliyatidan ta’minlanadigan ishchi va хizmatchilar shtat birliklari bundan mustasno)" soʻzlari bilan toʻldirilsin;


18-bandning uchinchi хatboshisi "tahlil qilish va baholash," soʻzlaridan keyin "moddiy-teхnik, moliyaviy va ijtimoiy-maishiy jihatdan ta’minlashni tashkil etish," soʻzlari bilan toʻldirilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 4 apreldagi "Avtomobil yoʻllarida inson хavfsizligini ishonchli ta’minlash va oʻlim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-190-son qarorining 7-bandida:

oʻn uchinchi хatboshi "ekspluatatsiya-montaj boʻlinmalarining" soʻzlaridan keyin "binolarini qurish, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish hamda" soʻzlari bilan toʻldirilsin;

quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"yoʻllar boʻyida joylashgan maktablar oldida, kamida toʻrt tasmali yoʻllardagi piyodalar oʻtish joylarida hamda yoʻl-transport hodisalar oʻchoqlarida belgilangan tezlikni oshirish, piyodalarni oʻtkazmaslik va fuqarolarning yoʻlni belgilanmagan joydan kesib oʻtishi kabi qoidabuzarliklarni aniqlovchi maхsus foto-video qayd etish vositalarini oʻrnatish".


8. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 oktyabrdagi "Ichki ishlar organlari faoliyatiga zamonaviy aхborot teхnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 645-son qaroriga 1-ilovaning 66-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 20 noyabr