Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Yoshlar siyosati va sport vazirining 01.11.2023 y. 9-mh-son "Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyхatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari, ushbu roʻyхatlarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 22.11.2023 y. 2954-4-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

22.11.2023 y.

N 2954-4




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

YoShLAR SIYoSATI VA SPORT VAZIRINING

01.11.2023 y.

N 9-mh


BUYRUI



Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga

nomzodlar roʻyхatlarini shakllantirishning umumiy

prinsiplari va mezonlari, ushbu roʻyхatlarni

tasdiqlash tartibi toʻrisidagi nizomga

oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi PF-269-son "Yangi Oʻzbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoni hamda 2023 yil 7 apreldagi PQ-114-son "Ma’muriy islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017 yil 26 oktyabrdagi 13-mh-son qarori (roʻyхat raqami 2954, 2017 yil 7 dekabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2017 y., 10/17/2954/0389-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyхatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari, ushbu roʻyхatlarni tasdiqlash tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                          A.I. Ikramov






Buyruqqa

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga

nomzodlar roʻyхatlarini shakllantirishning umumiy

prinsiplari va mezonlari, ushbu roʻyхatlarni

tasdiqlash tartibi toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyхatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari, ushbu roʻyхatlarni tasdiqlash tartibini belgilaydi.".


2. 2-bandning uchinchi хatboshisidagi "respublika oliy sport mahorati maktablarida" degan soʻzlar "Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3. 9-bandning toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"tegishli sport turi boʻyicha Sport turlarini rivojlantirish respublika markazi mavjud boʻlganda, ushbu markaz rahbari tomonidan imzolanadi va markazning muhri bilan tasdiqlanadi.".


4. 10-bandda:

birinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligiga (bundan buyon matnda Sportni rivojlantirish vazirligi deb yuritiladi)" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligiga (bundan buyon matnda Yoshlar siyosati va sport vazirligi deb yuritiladi)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tegishli sport turi boʻyicha Sport turlarini rivojlantirish respublika markazi mavjud boʻlganda, taqdimnoma ushbu markaz rahbari bilan kelishilgan holda markaz tomonidan taqdim etiladi.".


5. 11, 12 va 16-bandlardagi "Sportni rivojlantirish vazirligi" degan soʻzlar "Yoshlar siyosati va sport vazirligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


6. 13-banddagi "respublika oliy sport mahorati maktabi", "Sportni rivojlantirish vazirligining" va "Sportni rivojlantirish vazirligiga" degan soʻzlar tegishli ravishda "Sport turlarini rivojlantirish respublika markazi", "Yoshlar siyosati va sport vazirligining" va "Yoshlar siyosati va sport vazirligiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


7. 14-banddagi "Sportni rivojlantirish vazirligi" va "respublika oliy sport mahorati maktabi" degan soʻzlar tegishli ravishda "Yoshlar siyosati va sport vazirligi" va "Sport turlarini rivojlantirish respublika markazi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


8. 15-bandning birinchi хatboshisidagi "respublika oliy sport mahorati maktabi" va "Sportni rivojlantirish vazirligiga" degan soʻzlar tegishli ravishda "Sport turlarini rivojlantirish respublika markazi" hamda "Yoshlar siyosati va sport vazirligiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


9. 17-banddagi "Sportni rivojlantirish vazirligining" degan soʻzlar "Yoshlar siyosati va sport vazirligining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 23 noyabr