Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Yoshlar siyosati va sport vazirining 17.11.2023 y. 15-mh-son "Umumiy oʻrta ta’lim maktablari, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari oʻquvchilaridan iborat sport jamoalari oʻrtasida (sport turlari boʻyicha) ushbu muassasalar, tuman (shahar)lar, viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 24.11.2023 y. 3065-4-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

24.11.2023 y.

N 3065-4




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

YoShLAR SIYoSATI VA SPORT VAZIRINING

17.11.2023 y.

N 15-mh


BUYRUI



Umumiy oʻrta ta’lim maktablari, akademik litsey

va professional ta’lim muassasalari oʻquvchilaridan

iborat sport jamoalari oʻrtasida (sport turlari boʻyicha)

ushbu muassasalar, tuman (shahar)lar, viloyatlar va respublika

darajasida ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish tartibi

toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport toʻrisida"gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi PF-269-son "Yangi Oʻzbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018 yil 9 iyuldagi 10-mh-son buyrui (roʻyхat raqami 3065, 2018 yil 5 sentyabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2018 y., 10/18/3065/1849-son) bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta ta’lim maktablari, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari oʻquvchilaridan iborat sport jamoalari oʻrtasida (sport turlari boʻyicha) ushbu muassasalar, tuman (shahar)lar, viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan.


3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                          A.I. Ikramov






Buyruqqa

ILOVA



Umumiy oʻrta ta’lim maktablari, akademik litsey

va professional ta’lim muassasalari oʻquvchilaridan

iborat sport jamoalari oʻrtasida (sport turlari boʻyicha)

ushbu muassasalar, tuman (shahar)lar, viloyatlar va respublika

darajasida ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish tartibi

toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Muqaddimadan "Oʻzbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


2. 1-bandning oltinchi хatboshisidan "hamda tegishli pasportga ega boʻlgan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


3. 2-banddagi "Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi" va "oʻtkazish talablariga" degan soʻzlar tegishli ravishda "Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi" va "oʻtkazish qoidalariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 24 noyabr