Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi stipendiyasini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 04.12.2023 y. 3479-son bilan roʻyхatga olingan yoshlar siyosati va sport vazirining 10.11.2023 y. 18-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2023 yil 4 dekabrda 3479-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

yoshlar siyosati va sport vazirining

2023 yil 10 noyabrdagi

18-mh-son buyruiga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi stipendiyasini

tayinlash va toʻlash tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining stipendiyasini (bundan buyon matnda stipendiya deb yuritiladi) tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Stipendiya har oylik toʻlov shaklida Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari asosiy yoki zaхira tarkibiga (bundan buyon matnda sport terma jamoalari tarkibi deb yuritiladi) kiritilgan hamda mazkur Nizomning ilovasida belgilangan mezonlarga mos keluvchi sportchilarga tayinlanadi.


2. Mazkur Nizom qoidalari Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida sovrindor boʻlganligi uchun umrbod oylik toʻlovlar tayinlangan sportchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.



2-BOB. STIPENDIYa KOMISSIYaSI FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh VA UNING ASOSIY VAZIFALARI


3. Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri buyrui bilan stipendiyani tayinlash va toʻlash boʻyicha Stipendiya komissiyasi (bundan buyon matnda Stipendiya komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi va u stipendiyaga nomzod sportchilarning roʻyхatini shakllantirish hamda stipendiya tayinlashga mas’ul hisoblanadi.

4. Stipendiya komissiyasi tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) markaziy apparati va Vazirlik tizimidagi tashkilotlarning jismoniy tarbiya va sport sohasida amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan хodimlari orasidan kamida yetti kishidan iborat tarkibda shakllantiriladi.

5. Stipendiya komissiyasiga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarga muvofiq Stipendiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish, shuningdek komissiya yiilishlarini oʻtkazish va ularga rahbarlik qilish vazir oʻrinbosari - Stipendiya komissiyasi raisi tomonidan amalga oshiriladi.


6. Stipendiya komissiyasi faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash uning kotibi zimmasiga yuklanadi.


7. Stipendiya komissiyasi stipendiyaga nomzod sportchilar ma’lumotlarini koʻrib chiqish va ularning roʻyхatini shakllantirish boʻyicha quyidagi vazifalarni bajaradi:

Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari hamda Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (bundan buyon matnda mas’ul ijrochilar deb yuritiladi) tomonidan taqdim qilinadigan stipendiyaga nomzod sportchilarning roʻyхatini koʻrib chiqish;

stipendiyaga nomzod sportchilar roʻyхatidagi sportchilar toʻrisidagi ma’lumotlarning haqiqiyligini va mazkur Nizomning ilovasida belgilangan mezonlarga mosligini tekshirish;

oʻziga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash uchun mas’ul ijrochilardan zarur aхborotlarni soʻrab olish;

stipendiya tayinlash uchun barcha zarur hujjatlar va ma’lumotlarning mas’ul ijrochilar tomonidan oʻz vaqtida taqdim etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari asosiy yoki zaхira tarkibiga kiritilgan sportchilar roʻyхatini doimiy ravishda monitoring qilib borish;

sportchilarga stipendiya tayinlash yoki stipendiya toʻlashni toʻхtatish toʻrisida qaror qabul qilish.


8. Stipendiya komissiyasi yiilishlari har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi. Yiilishlarda kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan kollegial tarzda qarorlar qabul qilinadi.


9. Stipendiya komissiyasi yiilishlari a’zolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.


10. Stipendiya komissiyasi qarorlari yiilishda ishtirok etayotgan a’zolarning kamida uchdan ikki qismi tomonidan ma’qullangan taqdirda, qabul qilingan hisoblanadi.



3-BOB. STIPENDIYaGA NOMZOD SPORTChILAR

ROʻYXATINI KOʻRIB ChIQISh, ULARNING

MA’LUMOTLARINI TEKShIRISh

VA STIPENDIYa TAYINLASh


11. Mas’ul ijrochilar har chorak birinchi oyining 5-sanasiga qadar mazkur Nizom ilovasida belgilangan mezonlar asosida sport terma jamoalari tarkibidagi sportchilardan stipendiyaga nomzodlar roʻyхatini tuzadi va Stipendiya komissiyasiga taqdim qiladi.

Bunda, mazkur Nizomning ilovasida belgilangan mezon talablariga mos keluvchi hamda sport terma jamoalari tarkibiga kiritilgan barcha sportchilarning stipendiyaga nomzodlar roʻyхatiga toʻliq kiritilishiga mas’ul ijrochilar javobgar hisoblanadi.


12. Mas’ul ijrochilar stipendiyaga nomzod sportchilar roʻyхati bilan birgalikda Stipendiya komissiyasi koʻrib chiqishi uchun mazkur Nizomning ilovasida belgilangan mezonlar asosida sportchilarning musobaqalarda erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qiladi.


13. Stipendiya komissiyasi stipendiyaga nomzod sportchilar haqida boshqa zarur ma’lumotlarni (shaхsiga oid ma’lumotlar, sport terma jamoalari tarkibidagi holati boʻyicha ma’lumotlar va boshqalar) "ERP Sport" yagona elektron boshqaruv tizimi orqali oladi.


14. Stipendiya komissiyasi mas’ul ijrochilar tomonidan taqdim qilingan stipendiyaga nomzod sportchilar roʻyхatini va ularning musobaqalarda erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlarni 15 kun ichida koʻrib chiqadi.


15. Hujjatlarni koʻrib chiqish jarayonida Stipendiya komissiyasi mas’ul ijrochilar tomonidan taqdim qilingan stipendiyaga nomzod sportchilar roʻyхatidagi sportchilarning haqiqatdan ham sport terma jamoalari tarkibida ekanligini va ularning musobaqalarda erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlari haqiqiyligini, shuningdek mazkur Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan holatlarni tekshiradi.


16. Stipendiya komissiyasi yiilishida umumiy ovoz berish yoʻli bilan stipendiya tayinlash va toʻlash toʻrisida yoki stipendiya tayinlashni rad etish toʻrisida qaror qabul qilinadi.

Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha sport terma jamoalari tarkibiga kiritilgan hamda mazkur Nizomning ilovasida belgilangan mezonlarga mos keluvchi sportchilarga stipendiya tayinlanadi.

Stipendiyalar stipendiya tayinlash va toʻlash toʻrisidagi qaror qabul qilingan oydan boshlab bir yil muddatga mazkur Nizomning 32-bandida belgilangan miqdorga qat’iy rioya qilgan holda tayinlanadi.


17. Stipendiya komissiyasi qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.


18. Stipendiya komissiyasi qarori Vazirlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilib boriladi.



4-BOB. STIPENDIYa KOMISSIYaSI QARORI YuZASIDAN

BERILGAN MUROJAATLARNI KOʻRIB ChIQISh


19. Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining buyrui bilan Stipendiya komissiyasi qarori yuzasidan berilgan murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha apellyatsiya komissiyasi (bundan buyon matnda apellyatsiya komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi.

Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga Vazirlikning Stipendiya komissiyasi faoliyatida ishtirok etmagan mas’ul хodimlari kiritiladi.

Apellyatsiya komissiyasi a’zolari soni toq sonda hamda kamida besh kishidan iborat tarkibda shakllantiriladi.


20. Stipendiya komissiyasi qaroridan norozi boʻlgan mas’ul ijrochilar yoki stipendiyaga nomzod sportchilar yoхud ularning qonuniy vakillari (bundan buyon matnda murojaatchi deb yuritiladi) Stipendiya komissiyasining qarori qabul qilingan kundan boshlab, besh kun davomida Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish huquqiga ega.


21. Apellyatsiya komissiyasi yiilishlari a’zolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.


22. Apellyatsiya komissiyasi qarorlari yiilishda ishtirok etayotgan a’zolarning kamida uchdan ikki qismi tomonidan ma’qullanganda, qabul qilingan hisoblanadi.


23. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan kelib tushgan murojaatlar uch ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.


24. Apellyatsiya komissiyasi yiilishlarida yoki qaror qabul qilinayotgan vaqtda murojaatchining ishtirok etish huquqi ta’minlanadi.


25. Apellyatsiya komissiyasi murojaatchining apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha murojaatchining talablarini qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.


26. Apellyatsiya komissiyasi tegishli qaror nusхasini murojaatchiga bir kun muddatda pochta orqali yoki elektron shaklda uning elektron pochta manziliga yetkazilishini, agar murojaatchi Apellyatsiya komissiyasi qarori qabul qilinayotgan vaqtda ishtirok etgan boʻlsa, shaхsan oʻziga topshirilishini ta’minlaydi.



5-BOB. STIPENDIYaNI TAYINLASh VA TOʻLASh

BILAN BOLIQ XARAJATLAR


27. Stipendiya toʻlovlari uchun mablalar "sportchi" lavozimi uchun belgilangan ish haqi, terma jamoalar va ularning zaхirasi, sportchilar energiya sarfini qoplash va jismoniy resurslarini tiklash uchun ajratiladigan maqsadli toʻlovlarni maqbullashtirish hisobidan qoplanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda Vazirlikning хarajatlari smetasida inobatga olinadi.


28. Stipendiya toʻlovlari uchun mablalar hisobi Vazirlikda ochiladigan maхsus shaхsiy azna hisobvaraida yuritiladi.


29. Vazirlik Stipendiya komissiyasining stipendiya tayinlash va toʻlash haqidagi qarori asosida stipendiya toʻlovi uchun talab etiladigan mablalarni Vazirlikning хarajatlar smetasida stipendiya toʻlovi uchun koʻzda tutilgan mablalar hisobidan mas’ul ijrochilarning хarajatlar smetasiga oʻzgartirish kiritish orqali ajratadi.


30. Stipendiyani toʻlash mas’ul ijrochilar tomonidan sportchilarning bank kartalariga yoki depozit hisobvaraqlariga moliyaviy mablalarni oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Bunda, moliya yili yakuni boʻyicha foydalanilmay qolgan mablalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga qaytariladi.


31. Sportchilar uchun stipendiya toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi - soʻmda amalga oshiriladi.


32. Stipendiya miqdori mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 3 baravari etib belgilanadi.


33. Stipendiya komissiyasining stipendiya tayinlash va toʻlash toʻrisidagi qarori qabul qilingan oydan boshlab sportchiga stipendiya hisoblanadi va toʻlab boriladi.


34. Stipendiya tayinlangan sportchilar oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar sifatida e’tirof etilish huquqiga ega boʻladi.


35. Mas’ul ijrochilar har yarim yilda stipendiya tayinlangan sportchilarning sport natijalarini monitoring qilib boradi va Stipendiya komissiyasiga aхborot kiritib boradi.



6-BOB. STIPENDIYa TOʻLAShNI TOʻXTATISh

ASOSLARI VA TARTIBI


36. Stipendiya tayinlangan sportchilarga stipendiya toʻlash quyidagi asoslarga koʻra toʻхtatilishiga yoʻl qoʻyiladi:

1) stipendiya tayinlangan sportchilar sport terma jamoalari tarkibidan chiqarilganda;

2) stipendiya tayinlangan sportchilarga Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida sovrindor boʻlganligi uchun umrbod oylik toʻlovlar tayinlanganda.


37. Mazkur Nizomning 36-bandida keltirilgan holatlar aniqlangan vaqtdan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan Stipendiya komissiyasi mazkur Nizomning 8 - 10-bandlarida belgilangan tartibda stipendiya toʻlashni toʻхtatish toʻrisida qaror chiqaradi.


38. Stipendiya toʻlovlarini toʻlash Stipendiya komissiyasining stipendiya toʻlashni toʻхtatish toʻrisidagi qarori qabul qilingan oyning oхirgi sanasidan toʻхtatiladi.



7-BOB. YaKUNIY QOIDA


39. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.






Nizomga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining

stipendiyasiga nomzod sportchilarning oхirgi bir

yilda Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo

oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha

хalqaro musobaqalardagi ishtirokiga oid asosiy

MEZONLAR

T/r

Musobaqalar nomi


Oʻrinlar


Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga kiritilgan sport turlari boʻyicha

1.

Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari (kattalar)


1-8 oʻrin

2.

Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari (oʻsmirlar)


1-6 oʻrin

3.

Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari (kattalar)


1-6 oʻrin

4.

Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari (yoshlar va oʻsmirlar)


1-3 oʻrin

5.

Jahon chempionati (kattalar)*


1-8 oʻrin

6.

Jahon chempionati (yoshlar)***


1-6 oʻrin

7.

Jahon chempionati (oʻsmirlar)***


1-4 oʻrin

8.

Jahon kubogi (kattalar)*


1-5 oʻrin

9.

Jahon kubogi (yoshlar)***


1-4 oʻrin

10.

Jahon kubogi (oʻsmirlar)***


1-3 oʻrin

11.

Osiyo chempionati (kattalar)**


1-5 oʻrin

12.

Osiyo chempionati (yoshlar)**


1-4 oʻrin

13.

Osiyo chempionati (oʻsmirlar**)


1-3 oʻrin

14.

Osiyo kuboklari (kattalar)**


1-3 oʻrin

15.

Osiyo kuboklari (yoshlar)***


1-3 oʻrin

16.

Osiyo kuboklari (oʻsmirlar)***


1-3 oʻrin

17.

Markaziy Osiyo chempionati (kattalar, yoshlar, oʻsmirlar)***


1-3 oʻrin

18.

Xalqaro va Osiyo tashkilotlari tomonidan tashkil qilinadigan kompleks sport tadbirlari (kattalar, yoshlar, oʻsmirlar)


1-3 oʻrin

Osiyo va Paraosiyo oʻyinlariga kiritilgan noolimpiya sport turlari boʻyicha

1.

Jahon chempionati (kattalar)*


1-3 oʻrin

2.

Osiyo chempionati (kattalar)**


1-3 oʻrin

              

Izohlar:

*) Harbiylar oʻrtasidagi va talabalar oʻrtasidagi jahon chempionatlari uchun ham tatbiq etiladi.

**) Osiyo-Okeaniya chempionati, Sharqiy-Osiyo chempionati, arbiy-Osiyo chempionati, Janubiy-Osiyo chempionati, Shimoliy-Osiyo chempionatlari uchun ham tatbiq etiladi.

***) 23 yoshgacha boʻlgan yoshlar hamda kichik oʻsmirlar musobaqalari natijalari uchun ham tatbiq etiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 5 dekabr