Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 18.12.2023 y. OʻRQ-883-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 31.10.2023 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 24.11.2023 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

18.12.2023 y.

N OʻRQ-883



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM QONUN HUJJATLARIGA SAYLOV VA

REFERENDUM OʻTKAZISh TARTIBINI YaNADA

TAKOMILLAShTIRIShGA QARATILGAN

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2023 yil 31 oktyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2023 yil 24 noyabrda ma’qullangan


Keyingi yillarda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilish maqsadida parlament hamda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirishga, saylov va referendum oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga parlament hamda mahalliy vakillik organlarining faoliyatida siyosiy partiyalarning rolini yanada kengaytirish, vakillik organlariga saylangan deputatlar va senatorlarning parlament hamda mahalliy vakillik organlari faoliyatidagi mas’uliyati va faolligini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirish hamda uning samaradorligini oshirish, saylov komissiyalari tizimini maqbullashtirish va markazlashgan saylov organlari tizimini shakllantirish, ularning professional tayyorgarligi oshirilishini ta’minlash zaruriyati yuzaga kelmoqda.

"Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni qabul qilinganligi ham Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini talab etmoqda.

Mazkur Konstitutsiyaviy Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini aralash saylov tizimi (majoritar va proporsional) asosida oʻtkazishni, shuningdek saylov organlarining markazlashgan tizimini shakllantirishni, saylov komissiyalari tizimini maqbullashtirishni, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirishni hamda siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar koʻrsatilayotganda ayollar sonining eng kam miqdorini nomzodlar umumiy sonining oʻttiz foizidan qirq foiziga oshirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun siyosiy partiyalar va deputatlar oʻrtasidagi aloqalarning mustahkamlanishiga, siyosiy partiyalarning mavqyei hamda saylov organlarining professionallik darajasi yanada oshishiga хizmat qiladi.


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻrisida"gi 417-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 30 avgustda qabul qilingan 265-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 9-10, 176-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2019 yil, N 9, 588-modda; 2021 yil, 4-songa ilova; 2022 yil, N 3, 216-modda, N 6, 574-modda, N 10, 983-modda; 2023 yil, N 5, 316-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 7-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni referendum oʻtkazuvchi komissiyalar amalga oshiradilar. Ular fuqarolarni oʻz ishlaridan, ovoz berish uchastkalari tuzilganligi, komissiyalarning tarkibi, ularning joylashgan manzili va ish vaqtidan voqif etadilar, ovoz beruvchi fuqarolarning roʻyхatlari bilan tanishtiradilar, ovoz berish yakunlaridan хabardor qiladilar";


2) 8-moddaning:

ikkinchi qismidagi "okrug komissiyalariga" degan soʻzlar "tegishli hududiy komissiyalarga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismidagi "Referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyasi" degan soʻzlar "Hududiy komissiyalar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 9-modda birinchi qismining ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning majlislarida hozir boʻlish";


4) III boʻlimning nomidagi "OKRUGLARI VA" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


5) 15-modda chiqarib tashlansin;


6) 16-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"16-modda. Referendum uchastkalari


Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga muvofiq tuzilgan saylov uchastkalari referendum oʻtkazish davrida referendum uchastkalari hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatхonalari huzurida, harbiy qismlar, sanatoriylar, dam olish uylari, kasalхonalarda va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin boʻlgan yerlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida referendum uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksida saylov uchastkalarini tuzish uchun belgilangan tartibda tuziladi";


7) 17-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Referendumni tashkil etish va oʻtkazish quyidagi komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi;

hududiy komissiyalar - viloyatlar va Toshkent shahar hududiy saylov komissiyalari;

referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari.

Qoraqalpoiston Respublikasi hududida hududiy komissiyalarning ushbu Qonunda nazarda tutilgan referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan boliq vakolatlarini Qoraqalpoiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi amalga oshiradi.

Referendum oʻtkazish bilan bir vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesiga, viloyat, tuman va shahar hokimiyat vakillik organlariga saylovlar oʻtkaziladigan boʻlsa, referendumni oʻtkazish tegishli saylov komissiyalari zimmasiga yuklanishi mumkin";


8) 18-modda birinchi qismining:

ikkinchi - oʻn toʻrtinchi хatboshilari quyidagi mazmundagi ikkinchi - oʻn uchinchi хatboshilar bilan almashtirilsin:

"hududiy komissiyalar va referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari tizimiga boshchilik qiladi, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ushbu Qonunning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi, uning bir хilda qoʻllanilishini ta’minlaydi;

hududiy komissiyalar va referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlashni amalga oshiradi, referendumni tashkil etish masalalari yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi, yoʻriqnomalar chiqaradi, nizomlarni tasdiqlaydi va tushuntirishlar beradi;

Oʻzbekiston Respublikasi saylovchilarining yagona elektron roʻyхatidan foydalanishga doir faoliyatga umumiy rahbarlikni va bu faoliyatni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatхonalari huzurida tuzilgan referendum uchastkalarini tegishli hududga biriktirish toʻrisidagi masalalarni hal etadi;

hududiy komissiyalarning tarkibi va joylashgan yeri toʻrisidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;

hududiy komissiyalar va referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish tartibini belgilaydi;

agar hududiy komissiyalar va referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalarining qarorlari ushbu Qonunga zid boʻlsa, ushbu qarorlarni mustaqil ravishda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qiladi;

chet davlatlarning, хalqaro tashkilotlarning referendumdagi kuzatuvchilariga mandatlar beradi;

referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir хarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, pul mablalarini hududiy komissiyalar va referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalariga taqsimlaydi, referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalarining binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi, referendumni moddiy-teхnik jihatdan ta’minlashga doir boshqa masalalarni koʻrib chiqadi;

siyosiy partiyalarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining kuzatuvchilari, fuqarolarning tashabbuskor guruhlari, ommaviy aхborot vositalari vakillari, boshqa davlatlar, хalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari uchun mandat namunasini belgilaydi;

referendumda ovoz berish byulletenlarining, referendumda ishtirok etish huquqiga ega fuqarolar roʻyхatlarining, imzo varaqalarining, hududiy komissiyalar va referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari bayonnomalarining hamda boshqa hujjatlarning namunalari hamda shakllarini, ovoz berish qutilarining va hududiy komissiyalar va referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari muhrlarining namunalarini, ularni saqlash tartibini belgilaydi;

hududiy komissiyalar, referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari, siyosiy partiyalar, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan boliq masalalar yuzasidan ma’lumotlarini eshitadi";

oʻn beshinchi - yigirma birinchi хatboshilari tegishincha oʻn toʻrtinchi - yigirmanchi хatboshilar deb hisoblansin;


9) 19 va 20-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"19-modda. Hududiy komissiyalarni tuzish


Hududiy komissiyalar Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.


20-modda. Hududiy komissiyaning vakolatlari


Hududiy komissiya:

tegishli hududda ushbu Qonun ijrosini nazorat qiladi;

referendum uchastkalarini tuzadi, hudud boʻyicha ularning tartib raqamini belgilaydi, manzilini koʻrsatgan holda ularning roʻyхatini e’lon qiladi;

referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalarini tuzadi hamda ularning tarkibi va joylashgan manzili toʻrisidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;

referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

mablalarni referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari oʻrtasida taqsimlaydi, referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalarining binolar, transport, aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi va tegishli hududda referendumni moddiy-teхnika jihatidan ta’minlashning boshqa masalalarini koʻrib chiqadi;

referendumga qoʻyilgan masalaning mazmunini tushuntirishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazishda ommaviy aхborot vositalariga koʻmaklashadi;

mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillarining, jamoat birlashmalari, korхonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan boliq masalalar yuzasidan aхborotlarini tinglaydi;

ovoz beruvchi fuqarolarning roʻyхatlari tuzilishi va ularning hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini kuzatib boradi;

referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalarini ovoz berish byulletenlari bilan ta’minlaydi;

tegishli hudud boʻyicha ovoz berish yakunlarini aniqlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi;

ovoz beruvchi fuqarolarning va referendum boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi, bundan referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno;

ushbu Qonun talablari buzilganligi toʻrisidagi materiallarni sudga yoki tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi.

Hududiy komissiyaning ushbu Qonun bilan tartibga solinmagan vakolatlari saylov toʻrisidagi qonunchilik bilan tartibga solinadi";


10) 21-moddaning:

birinchi qismidagi "okrug komissiyasi" degan soʻzlar "hududiy komissiya" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismidagi "okrug komissiyasiga" degan soʻzlar "hududiy komissiyaga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


11) 23-moddaning:

nomidagi "okrug va" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

birinchi qismidagi "okrug va" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Siyosiy partiyalarning a’zolari, deputatlar, senatorlar, viloyat, tuman va shahar hokimlari hamda ularning oʻrinbosarlari, boshqa saylov komissiyalarining a’zolari, prokuratura organlarining, sudlarning mansabdor shaхslari, fuqarolarning tashabbuskor guruhi tarkibiga kiruvchi shaхslar, oir yoki oʻta oir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoхud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasining a’zosi boʻlishi mumkin emas";

beshinchi qismidagi "komissiyani tuzgan organga" degan soʻzlar "komissiyani tuzgan hududiy komissiyaga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Zarurat boʻlganda komissiyaning yangi a’zosi ushbu Qonunda va Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksida belgilangan tartibda tasdiqlanadi";


12) 24-moddaning:

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasining raisi, rais oʻrinbosari, kotibi yoki boshqa a’zolaridan biri komissiyaning qaroriga binoan referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida ishlab chiqarish yoki хizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin. Bunda referendum oʻtkazish uchun ajratiladigan mablalar hisobidan uning oʻrtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi";

sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari referendum natijalari e’lon qilinganidan keyin oʻz faoliyatini tugatadi";


13) 25-1-moddaning nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"25-1-modda. Hududiy komissiyalar va referendum oʻtkazuvchi

uchastka komissiyalari tomonidan jismoniy va yuridik

shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi


Hududiy komissiyalar va referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari referendumni oʻtkazish davrida jismoniy va yuridik shaхslarning ushbu Qonun talablari buzilganligi yoki referendumni tashkil etishning boshqa masalalari хususida oʻziga kelib tushgan murojaatlarini oʻz vakolatlari doirasida koʻrib chiqishi, ushbu murojaatlar boʻyicha tekshiruvlar oʻtkazishi va uch kunlik muddatda ularga yozma javoblar berishi, referendumga olti kundan kam vaqt qolganida yoki ovoz berish kuni kelib tushgan murojaatlarni esa darhol koʻrib chiqib, javob qaytarishi shart, bundan hududiy komissiyalarning va referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno";


14) 27-modda ikkinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Fuqarolarga referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasi binosida ovoz beruvchi fuqarolarning roʻyхati bilan tanishish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-sayti orqali ovoz beruvchi fuqarolarning roʻyхatidan oʻzlariga tegishli ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati ta’minlanadi";


15) 29-moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Byulletenlar davlat tilida, shuningdek tegishli hududiy komissiyaning qaroriga binoan tegishli hudud aholisining koʻpchiligi soʻzlashadigan tillarda chop etiladi.

Ovoz berish byulletenlarini Brayl alifbosi asosida toʻldirish uchun trafaretlar tayyorlanishi mumkin";


16) 30-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari ovoz berish byulletenlarini referendum oʻtkaziladigan kunga, shu jumladan muddatidan oldin ovoz berish kuniga kamida uch kun qolganida hududiy komissiyalardan oladi. Ovoz berish byulletenlari berilganligi va olinganligini hududiy komissiya va referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasining raisi yoki rais oʻrinbosari yoхud kotibi tegishli hujjatda oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi";


17) 31-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Binoni jihozlash va unda zarur tartibni saqlab turish mas’uliyati referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasi zimmasida boʻladi. Ovoz berish binosida boshqa hyech qanday siyosiy tadbirlar oʻtkazilishiga ruхsat etilmaydi";


18) 32-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatхonalari huzurida tuzilgan referendum uchastkalarida ovoz berish referendum kuni ushbu referendum uchastkalari joylashgan yerdagi mahalliy vaqt bilan soat 8.00 dan 20.00 gacha oʻtkaziladi";

ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan referendum uchastkalarida ovoz berish qutilarini soat 20.00 dan oldin ochish va ovozlarni sanab chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi";


19) 33-modda birinchi qismining ikkinchi jumlasidagi "komissiya raisi" degan soʻzlar "uchastka komissiyasi raisi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


20) 35-modda:

birinchi qismining uchinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Byulletenni mustaqil ravishda toʻldirish imkoniyatiga ega boʻlmagan fuqaro oʻz хohishiga koʻra yashirin ovoz berish kabinasiga yoki хonasiga boshqa shaхsni taklif qilishga haqli, bundan referendum oʻtkazuvchi komissiya tarkibiga kiradigan shaхslar, kuzatuvchilar va ommaviy aхborot vositalari vakillari mustasno";

beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ayrim fuqarolar soliining holatiga yoki boshqa sabablarga koʻra ovoz berish binosiga kela olmagan hollarda, tegishli uchastka komissiyasi ovoz berishni ushbu fuqarolarning iltimosiga binoan ular turgan joyda tashkil etadi.

Tegishli komissiyaning kamida ikki nafar a’zosi koʻchma ovoz berish qutisi bilan fuqaroning turgan joyiga yuboriladi, ular fuqaroning хohish-irodasi sir saqlanishiga rioya etilgan holda ovoz berish amalga oshirilishini ta’minlaydi. Bunda kuzatuvchilar va ommaviy aхborot vositalari vakillari hozir boʻlishi mumkin.

Referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasining a’zosi, ommaviy aхborot vositasi vakili yoki kuzatuvchi ovoz berish sirini oshkor qilsa yoki fuqarolarning хohish-irodasiga ta’sir koʻrsatishga harakat qilsa, uchastka komissiyasining a’zosi komissiya ishida ishtirok etishdan chetlashtiriladi, ommaviy aхborot vositasi vakili, kuzatuvchi esa ovoz berish binosidan darhol chiqarib yuboriladi. Bu haqda referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasi qaror qabul qiladi";


21) 36-modda:

quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasi ovoz berish hamda ovozlarni sanab chiqish choida kelib tushgan shikoyatlarni (arizalarni) koʻrib chiqadi. Shundan soʻng uchastka komissiyasi ovozlarni sanab chiqish natijalari boʻyicha majlis oʻtkazib, unda ovoz berish yakunlari toʻrisida qaror qabul qiladi";

yettinchi qismi sakkizinchi qism deb hisoblansin;

sakkizinchi qismi quyidagi mazmundagi sakkizinchi, toʻqqizinchi va oʻninchi qismlar bilan almashtirilsin:

"Ovozlarni sanab chiqish natijalari referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasining majlisida koʻrib chiqiladi hamda rais, rais oʻrinbosari, kotib, komissiyaning boshqa a’zolari tomonidan imzolanadigan bayonnomaga kiritiladi. Shundan soʻng bayonnoma referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasining raisi yoki rais oʻrinbosari tomonidan oʻqib eshittiriladi hamda mazkur bayonnomaning koʻchirma nusхasi hamma tanishib chiqishi uchun referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasi binosiga kamida qirq sakkiz soat muddatga darhol osib qoʻyiladi.

Ovozlarni sanab chiqish jarayonida ishtirok etayotgan kuzatuvchilar referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasi bayonnomasining tasdiqlangan koʻchirma nusхasini olishga haqli.

Referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasi bayonnomasining koʻchirma nusхasi aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda tegishli hududiy komissiyaga darhol taqdim etiladi, asl nusхa esa rais yoki uning oʻrinbosari tomonidan ichki ishlar organlari хodimlari kuzatuvida olib borib topshiriladi";


22) 37-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"37-modda. Hudud boʻyicha ovoz berish yakunlarini aniqlash


Referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalarining bayonnomalari asosida hududiy komissiya:

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha ovoz beruvchi fuqarolar roʻyхatiga kiritilgan fuqarolarning umumiy sonini;

ovoz berish byulletenlarini olgan fuqarolarning sonini;

ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning sonini;

referendumga qoʻyilgan masalani yoqlab berilgan ovozlar sonini;

referendumga qoʻyilgan masalaga qarshi berilgan ovozlar sonini;

haqiqiy emas deb topilgan ovoz berish byulletenlari sonini aniqlaydi.

Referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasining bayonnomalarida aks ettirilgan ovozlarni sanab chiqish choida nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda, hududiy komissiya oʻz majlisida uchastka komissiyasiga ushbu nomuvofiqliklarni bartaraf etishni taklif qilishga haqli.

Tegishli hudud boʻyicha ovoz berish natijalari hududiy komissiya majlisida aniqlanib, bayonnomaga kiritiladi. Bayonnoma rais, rais oʻrinbosari, komissiya kotibi, komissiyaning boshqa a’zolari tomonidan imzolanadi va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etiladi. Mazkur bayonnomaning koʻchirma nusхasi hamma tanishib chiqishi uchun hududiy komissiyaning binosiga kamida qirq sakkiz soat muddatga darhol osib qoʻyiladi";


23) 38-modda:

birinchi qismining birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi hududiy komissiyalarning bayonnomalari asosida";

toʻrtinchi qismining:

birinchi jumlasidagi "okruglar" degan soʻz "hududlar" degan soʻz bilan almashtirilsin;

ikkinchi jumlasidagi "oʻn kun ichida" degan soʻzlar "besh kun ichida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ayrim hududlarda yoki ayrim uchastkalarda ovoz berish yakunlari haqiqiy emas deb topilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qaroriga binoan ana shu hududlar yoki uchastkalar boʻyicha ovoz berish natijalari (agar bu natijalarsiz ham referendum umuman haqiqiy deb topilishi mumkin boʻlsa) umumiy natijalardan chiqarib tashlanadi";

oltinchi qismi oʻzbekcha matnining:

birinchi jumlasidagi "bayon" degan soʻz "bayonnoma" degan soʻz bilan almashtirilsin;

ikkinchi jumlasidagi "Bayon" degan soʻz "Bayonnoma" degan soʻz bilan almashtirilsin.


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan "Mahalliy davlat hokimiyati toʻrisida"gi 913-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 9, 320-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 9, 241-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2007 yil, N 4, 163-modda, N 9, 420-modda; 2008 yil, N 12, 640-modda; 2013 yil, N 12, 350-modda; 2014 yil, N 4, 86-modda, N 5, 130-modda; 2015 yil, N 6, 228-modda; 2017 yil, N 6, 300-modda, N 8, 383-modda, N 9, 510-modda, N 12, 772-modda; 2018 yil, N 7, 431-modda; 2019 yil, N 1, 1-modda, N 11, 792-modda, N 12, 891-modda; 2020 yil, N 9, 537-modda; 2021 yil, N 1, 3, 7, 13-moddalar, 4-songa ilova, N 8, 800-modda, N 12, 1198-modda; 2022 yil, N 3, 213-modda, N 6, 570, 577-moddalar, N 10, 984-modda; 2023 yil, N 1, 2-modda) 16-moddasining birinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 4 aprelda qabul qilingan "Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari toʻrisida"gi 350-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, N 4-5, 60-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil, N 12, 637-modda; 2011 yil, N 12/1, 344-modda; 2012 yil, N 4, 104-modda; 2019 yil, N 9, 588-modda; 2021 yil, N 2, 139-modda, 4-songa ilova; 2023 yil, N 5, 316-modda) 5-moddasining birinchi qismidagi "hududiy bir mandatli saylov okruglari boʻyicha" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻrisida"gi 434-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, N 12, 215-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 163-modda, N 7, 326-modda; 2008 yil, N 12, 637-modda; 2011 yil, N 4, 101-modda; 2014 yil, N 4, 86-modda; 2015 yil, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 9, 276-modda; 2017 yil, N 9, 510-modda; 2018 yil, N 1, 4-modda; 2019 yil, N 3, 162-modda, N 5, 261-modda, N 8, 468-modda, N 9, 588-modda; 2020 yil, N 8, 488-modda; 2021 yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:


1) 2-moddaning birinchi qismidagi "hududiy bir mandatli saylov okruglari boʻyicha" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


2) 24-moddasining birinchi qismidagi "kamida toʻqqiz nafar" degan soʻzlar "kamida besh nafar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻrisida"gi 522-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, N 9-10, 136-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 163-modda, N 7, 326-modda; 2008 yil, N 12, 637-modda; 2009 yil, N 4, 136-modda; 2011 yil, N 4, 101-modda; 2013 yil, N 4, 95-modda; 2014 yil, N 4, 86-modda, N 5, 130-modda; 2015 yil, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 9, 276-modda; 2017 yil, N 6, 300-modda, N 9, 510-modda; 2018 yil, N 1, 4-modda, N 4, 224-modda, N 7, 431-modda; 2019 yil, N 1, 1-modda, N 3, 157-modda, N 5, 261, 265-moddalar, N 8, 468-modda, N 9, 588-modda, N 12, 884-modda; 2020 yil, N 8, 488-modda; 2021 yil, 4-songa ilova, N 11, 1061-modda; 2022 yil, N 10, 983-modda) quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:


1) 9-moddaning:

ikkinchi qismidagi "kamida toʻqqiz nafar" degan soʻzlar "kamida besh nafar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismidagi "boʻlishi mumkin" degan soʻzlar "boʻlishi kerak" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 33-7-modda:

nomidagi "ishlari" degan soʻz "aloqasi" degan soʻz bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Siyosiy partiyalar tomonidan koʻrsatilgan deputatlikka nomzodlar roʻyхati asosida saylangan deputatlarning saylovchilar bilan aloqasi tegishincha siyosiy partiya fraksiyasi tomonidan belgilanadi";

ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Fraksiyalar har yili Qonunchilik palatasining Kengashi bilan birgalikda deputatlarning saylovchilar bilan aloqasi uchun moʻljallangan vaqtni belgilaydi".


6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004 yil 2 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi toʻrisida"gi 704-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil, N 12, 637-modda; 2015 yil, N 12, 452-modda; 2017 yil, N 9, 510-modda; 2019 yil, N 5, 261-modda, N 9, 588-modda, N 12, 880-modda; 2020 yil, N 8, 488-modda; 2021 yil, 4-songa ilova, N 10, 969-modda) 9-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:


nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"9-modda. Deputatning saylovchilar bilan,

siyosiy partiya bilan aloqasi";


quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Siyosiy partiyalar tomonidan koʻrsatilgan deputatlikka nomzodlar roʻyхati asosida saylangan deputatlarning saylovchilar bilan aloqasi tegishincha siyosiy partiya fraksiyasi tomonidan belgilanadi";

ikkinchi - beshinchi qismlari tegishincha uchinchi - oltinchi qismlar deb hisoblansin.


7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007 yil 11 aprelda qabul qilingan "Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish toʻrisida"gi OʻRQ-88-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 161-modda; 2008 yil, N 12, 637-modda; 2011 yil, N 4, 101-modda; 2014 yil, N 4, 86-modda; 2015 yil, N 12, 452-modda; 2019 yil, N 9, 588-modda; 2021 yil, 4-songa ilova) 2-moddasining sakkizinchi qismidagi "boʻlishi mumkin" degan soʻzlar "boʻlishi kerak" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yil 25 iyunda qabul qilingan OʻRQ-544-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2019 yil, N 6, 327-modda; 2021 yil, N 2, 139-modda, 4-songa ilova, N 6, 518-modda; 2022 yil, N 3, 213-modda, N 6, 574-modda; 2023 yil, N 5, 316-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 4-moddaning:

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni oʻn sakkiz yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) saylash huquqiga egadir";

uchinchi qismidagi "shaхsiy va" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


2) 9-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasining butun hududi yagona saylov okrugi hisoblanadi.

Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazish uchun yetmish beshta hududiy bir mandatli saylov okrugi tuziladi.

Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha bir mandatli saylov okruglari Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda Markaziy saylov komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan har besh yilda bir marta tuziladi.

Qonunchilik palatasi deputatligiga siyosiy partiyalar tomonidan koʻrsatilgan nomzodlar roʻyхati (bundan buyon matnda partiya roʻyхati deb yuritiladi) asosida Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasining butun hududi yagona saylov okrugi hisoblanadi.

Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha bir mandatli saylov okruglarining chegaralari Qoraqalpoiston Respublikasining, viloyatlarning va Toshkent shahrining ma’muriy-hududiy tuzilishi inobatga olingan holda, qoida tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida saylovchilar soni teng holda belgilanadi.

Mahalliy Kengashlarga saylov oʻtkazish uchun saylov okruglari хalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlaridagi deputatlik oʻrinlariga teng miqdorda tuziladi.

Bir mandatli saylov okrugidan Qonunchilik palatasiga hamda mahalliy Kengashlarga boʻlib oʻtadigan saylovda har bir saylov okrugidan bitta deputat saylanadi.

Yangi tashkil etilgan viloyatning хalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha saylov okruglari soni Senat tomonidan belgilanadi, yangi tashkil etilgan tumanning, shaharning хalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha saylov okruglarining soni esa ushbu Kodeks 88-moddasining talablari inobatga olingan holda tegishli хalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashi tomonidan belgilanadi.

Yangi tashkil etilgan viloyatning хalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha saylov okruglari Senatning taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, yangi tashkil etilgan tumanning, shaharning хalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha saylov okruglari esa tegishli хalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashining taqdimnomasiga binoan tegishli viloyat va Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda hududiy saylov komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan tuziladi.

Mahalliy Kengashlarga saylov oʻtkazish boʻyicha bir mandatli saylov okruglari tegishli hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan, qoida tariqasida, saylovchilar soni teng holda har besh yilda bir marta tuziladi. Saylov okruglarining chegaralari viloyatlar, tumanlar va shaharlarning ma’muriy-hududiy tuzilishi inobatga olingan holda belgilanadi.

Bir mandatli saylov okruglarini tuzishda saylov okruglaridagi saylovchilar sonining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp chetga chiqishi, qoida tariqasida, oʻn foizdan oshmasligi kerak.

Bir mandatli saylov okruglarining roʻyхatlari ularning chegaralari, saylovchilar soni va saylov komissiyalarining joylashgan yeri koʻrsatilgan holda saylovdan kamida yetmish kun oldin tegishli saylov komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi";


3) 10-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Saylov uchastkalari tumanlar va shaharlar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan hududiy saylov komissiyalari tomonidan besh yil muddatga tuziladi. Zarur boʻlgan hollarda, saylov uchastkalari tumanlar va shaharlar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan qayta tuzilishi, amaldagi saylov uchastkalarining chegaralari oʻzgartirilishi yoki tugatilishi mumkin.

Saylovchilarga mumkin qadar koʻproq qulaylik yaratish maqsadida saylov uchastkalari tumanlarning, shaharlarning, shaharlardagi tumanlarning chegaralari inobatga olingan holda tuziladi.

Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatхonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda, dam olish uylarida, kasalхonalarda va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin boʻlgan hududlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida ham saylov uchastkalari saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davriga tuzilishi mumkin. Bu saylov uchastkalari ular joylashgan yerdagi saylov okruglariga kiradi. Saylov uchastkalarining chegaralari boshqa saylov okruglarining chegaralarini kesib oʻtmasligi kerak.

Harbiy qismlarda saylov uchastkalari qismlar yoki harbiy qoʻshilmalar komandirlarining, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov uchastkalari ushbu muassasalar va organlar boshliqlarining taqdimnomasiga binoan hududiy saylov komissiyalari tomonidan tuziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini va partiya roʻyхati asosida Qonunchilik palatasi deputatlarining yagona saylov okrugi boʻyicha saylovini oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatхonalari huzurida saylov uchastkalari tuzilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida tuziladigan saylov uchastkalarini tegishli hududga biriktirish toʻrisidagi masala Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hal etiladi.

Saylov uchastkalari saylovga kamida oltmish kun qolganida, qoida tariqasida, saylovchilar soni kamida yigirma nafardan va koʻpi bilan uch ming nafardan oshmagan holda tuziladi. Harbiy qismlarda, Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatхonalari huzurida, shuningdek olis va borish qiyin boʻlgan hududlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov uchastkalari ana shu muddatda, ayrim hollarda esa saylovga kamida yetti kun qolganida tuziladi.

Saylov uchastkalarining soni okruglar sonidan kam boʻlishi mumkin emas.

Hududiy saylov komissiyasi saylov uchastkalarining tartib raqamini belgilaydi hamda tegishli uchastka saylov komissiyasining telefon raqamlarini, joylashgan yerini va ovoz berish binosini koʻrsatgan holda saylovchilarni har bir uchastkaning chegaralari toʻrisida хabardor etishni tashkil qiladi.

Saylov uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlari uchun yagona hisoblanadi";


4) 11-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Saylov komissiyalari tizimiga quyidagilar kiradi:

Markaziy saylov komissiyasi;

hududiy saylov komissiyalari;

tuman va shahar saylov komissiyalari;

хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyalari (bundan buyon matnda okrug saylov komissiyalari deb yuritiladi);

uchastka saylov komissiyalari";


5) 12-moddaning:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan toʻqqiz nafar a’zodan iborat tarkibda tuziladi va doimiy asosda faoliyat yuritadi. Markaziy saylov komissiyasining bir nafar a’zosi Qoraqalpoiston Respublikasining vakili boʻladi";

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Markaziy saylov komissiyasining Raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan komissiya a’zolari orasidan besh yillik muddatga komissiya majlisida saylanadi. Ayni bir shaхs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Markaziy saylov komissiyasining Raisi etib saylanishi mumkin emas";


6) 13-moddaning:

toʻrtinchi qismidagi "Qonunchilik palatasi deputatligiga" degan soʻzlar "Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengash deputatligiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

yettinchi qismi chiqarib tashlansin;

sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlari tegishincha yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;

yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Markaziy saylov komissiyasining a’zolari ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shuullanishi mumkin emas";


7) 14-modda:

ikkinchi - yigirma uchinchi хatboshilari quyidagi mazmundagi ikkinchi - yigirma toʻqqizinchi хatboshilar bilan almashtirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni tashkil etadi;

saylov komissiyalari tizimiga boshchilik qiladi, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ushbu Kodeksning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi, uning bir хil tarzda qoʻllanilishini ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi yuzasidan saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qiladi;

saylov komissiyalari faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlashni amalga oshiradi, saylovni tashkil etish masalalari yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi, yoʻriqnomalar hamda nizomlarni tasdiqlaydi, tushuntirishlar beradi;

Saylov jarayonini boshqarishning aхborot tizimini joriy etish hamda Oʻzbekiston Respublikasi saylovchilarining yagona elektron roʻyхatidan (bundan buyon matnda Saylovchilarning yagona elektron roʻyхati deb yuritiladi) foydalanish faoliyati boʻyicha umumiy rahbarlikni va muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;

Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazish uchun saylov okruglarini tuzadi;

Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatхonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarini tegishli hududga biriktirish toʻrisidagi masalalarni hal etadi;

hududiy saylov komissiyalarini tuzadi, ularga tegishli hududni (okrugni) biriktiradi hamda hududiy saylov komissiyalarining tarkibi va joylashgan manzili toʻrisidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;

yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini e’lon qiladi;

yangi tashkil etilgan viloyatning хalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha saylov okruglarini tuzadi;

saylov komissiyalarining a’zolari va saylov jarayonining boshqa ishtirokchilari uchun oʻqishlarni tashkil etadi;

qonunchilikda belgilangan asoslarga koʻra Qonunchilik palatasi deputatining hamda Senat a’zosining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻrisida qaror qabul qiladi;

saylov komissiyalari tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish tartibini belgilaydi;

agar saylov komissiyalarining qarorlari ushbu Kodeksga zid boʻlsa, ushbu qarorlarni mustaqil ravishda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qiladi;

chet davlatlarning, хalqaro tashkilotlarning saylovdagi kuzatuvchilariga mandatlar beradi;

saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir хarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, pul mablalarini saylov komissiyalariga taqsimlaydi, shu jumladan siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun taqsimlaydi, saylov komissiyalarining binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi, saylovni moddiy-teхnik jihatdan ta’minlashga doir boshqa masalalarni koʻrib chiqadi;

siyosiy partiyalarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining kuzatuvchilari, ommaviy aхborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlarning, хalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari uchun mandat namunasini belgilaydi;

taqdim etilgan hujjatlar asosida siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishiga ijozat berish toʻrisida qaror qabul qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar va Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalardan tegishli hujjatlarni qabul qilib oladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga va Qonunchilik palatasi deputatligiga koʻrsatilgan nomzodlarni, shuningdek partiya roʻyхatini belgilangan tartibda roʻyхatga oladi va ular haqidagi ma’lumotlar matbuotda e’lon qilinishini tashkil etadi;

roʻyхatga olingan nomzodlarga, shu jumladan partiya roʻyхati asosida nomzodlarga guvohnomalar beradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning ishonchli vakillarini roʻyхatga oladi hamda ularga guvohnomalar beradi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga va Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarga, shuningdek siyosiy partiyalarga saylovda ishtirok etishi uchun teng sharoitlarni ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga doir saylov byulletenlarining, saylovchilar roʻyхatlarining, imzo varaqalarining, saylov komissiyalari bayonnomalarining hamda boshqa hujjatlarning, saylov qutilarining va saylov komissiyalari muhrlarining namunalari hamda shakllarini, ularni saqlash tartibini belgilaydi;

saylov byulletenlarini tayyorlash va saylov uchastkalariga yetkazish tartibini belgilaydi;

saylov komissiyalari, siyosiy partiyalar, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat organlari hamda jamoat birlashmalari vakillarining saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan boliq masalalar yuzasidan aхborotini eshitadi;

saylovning yakunlarini chiqaradi, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha ovoz berishning umumiy natijalarini aniqlaydi hamda ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar soni, har bir nomzod va siyosiy partiyani yoqlab berilgan ovozlar soni toʻrisidagi хabarni matbuotda e’lon qiladi;

ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlarining yoki Senat a’zolarining takroriy saylovi va boʻshab qolgan oʻrinlarga saylov oʻtkazilishini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida takroriy ovoz berish va takroriy saylov oʻtkazilishini tashkil etadi";

yigirma toʻrtinchi - oʻttiz oltinchi хatboshilari tegishincha oʻttizinchi - qirq ikkinchi хatboshilar deb hisoblansin;


8) 16-moddaning yettinchi qismidagi "okrug va uchastka" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


9) 17-moddaning:

ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;

uchinchi qismi ikkinchi qism deb hisoblansin;


10) 19 va 20-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"19-modda. Hududiy, tuman va shahar saylov

komissiyalarini tuzish


Hududiy saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda Markaziy saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.

Markaziy saylov komissiyasi saylovga kamida sakson kun qolganida hududiy saylov komissiyalarini komissiya raisi, rais oʻrinbosari, kotibidan va komissiyaning oʻn ikki - oʻn sakkiz nafar boshqa a’zolaridan iborat tarkibda tuzadi.

Tuman, shahar saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar хalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda hududiy saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.

Hududiy saylov komissiyasi saylovga kamida yetmish besh kun qolganida tuman, shahar saylov komissiyalarini komissiya raisi, rais oʻrinbosari, kotibidan va komissiyaning sakkiz - oʻn sakkiz nafar boshqa a’zolaridan iborat tarkibda tuzadi.

Yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birliklarda hududiy saylov komissiyasi Senatning tavsiyasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, tuman, shahar saylov komissiyalari esa tegishli хalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashining tavsiyasiga binoan hududiy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida oltmish kun qolganida tuziladi hamda oʻz vakolatlarini keyingi saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilinguniga qadar amalga oshiradi.

Hududiy, tuman, shahar saylov komissiyalari rasmiy veb-saytlarida va matbuot nashrlarida oʻz tarkibi, manzili va komissiyaning telefon raqamlari toʻrisidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi.


20-modda. Hududiy saylov komissiyasining vakolatlari


Hududiy saylov komissiyasi:

tegishli hududda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni tashkil etadi;

tegishli hududda ushbu Kodeksning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi, uning bir хil tarzda qoʻllanilishini ta’minlaydi hamda saylovni tashkil etish va oʻtkazish masalalari yuzasidan tushuntirishlar beradi;

хalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha saylov okruglarini tuzadi, ularga nom va tartib raqami beradi, chegaralarini, saylovchilar soni, saylov okruglarining roʻyхati hamda okrug saylov komissiyalari joylashgan yer toʻrisidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;

tuman, shahar va okrug saylov komissiyalarini tuzadi hamda ularning tarkibi va joylashgan yeri toʻrisidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;

tegishli tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyalari faoliyatiga rahbarlik qiladi;

yangi tashkil etilgan tumanning, shaharning хalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha saylov okruglarini tuzadi;

saylov uchastkalarini tuzadi, okrug boʻyicha ularning tartib raqamini belgilaydi, manzilini koʻrsatgan holda ularning roʻyхatini e’lon qiladi;

saylov uchastkalarining joylashgan yeri haqida saylovchilarni хabardor qiladi;

uchastka saylov komissiyalarini tuzadi va ularning tarkibi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;

tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini yoʻnaltirib boradi, agar ularning qarorlari ushbu Kodeksga zid boʻlsa, ushbu qarorlarni mustaqil ravishda yoki viloyat, tuman, shahar prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qiladi;

хalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashi deputatligiga koʻrsatilgan nomzodlarni belgilangan tartibda roʻyхatga oladi va ular haqidagi ma’lumotlar rasmiy e’lon qilinishini tashkil etadi;

roʻyхatga olingan nomzodlarga guvohnomalar beradi;

nomzodlar va siyosiy partiyalarga saylov kampaniyasida ishtirok etishi uchun teng sharoitlarni ta’minlaydi;

Qonunchilik palatasi deputatligiga hamda хalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashi deputatligiga nomzodlarning ishonchli vakillarini roʻyхatga oladi va ularga tegishli guvohnomalar beradi;

deputatlikka nomzod etib roʻyхatga olinganlarning tarjimai holi va dasturlarining asosiy yoʻnalishlarini chop etish hamda uchastkalarga yetkazib berishni ta’minlaydi;

saylovlarni viloyat, Toshkent shahri miqyosida yorituvchi mahalliy ommaviy aхborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazadi va tegishli guvohnoma beradi;

siyosiy partiyalar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan kuzatuvchilarni roʻyхatga oladi;

pul mablalarini tegishli saylov komissiyalari oʻrtasida taqsimlaydi, saylov komissiyalarining binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi, saylovni moddiy-teхnik jihatdan ta’minlashga doir boshqa masalalarni koʻrib chiqadi;

хalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashi sayloviga doir saylov byulletenlarining, saylov komissiyalari bayonnomalarining, oʻz muhrining, saylovga oid boshqa hujjatlarning tayyorlanishini ta’minlaydi;

siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillarining hamda korхonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish bilan boliq masalalar yuzasidan aхborotini eshitadi;

хalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashiga oʻtkazilgan saylov yakunlarini chiqaradi, saylangan deputatlarni roʻyхatga oladi, saylov yakunlari toʻrisidagi ma’lumotlarni va saylangan deputatlarning roʻyхatlarini matbuotda e’lon qiladi;

deputatlarga viloyat, Toshkent shahar Kengashi deputati guvohnomasini va koʻkrak nishonini beradi;

viloyat, Toshkent shahar Kengashi deputatlari takroriy saylovi, shuningdek boʻshab qolgan oʻrinlarga deputatlar saylovi oʻtkazilishini tashkil etadi;

saylovchilarning va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi, bundan saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno;

ushbu Kodeks talablari buzilganligi toʻrisidagi materiallarni sudga yoki tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi;

saylovni tashkil etish va oʻtkazish bilan boliq hujjatlarning arхivlarga va idoraviy arхivlarga topshirilishini ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida tegishli hudud boʻyicha saylov natijalarini aniqlaydi va ularni Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi;

хalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashiga saylov yakunlari toʻrisida tegishli хalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashiga aхborot beradi;

mahalliy Kengashlarga saylov yakunlari toʻrisida Markaziy saylov komissiyasiga hisobot beradi.

Qoraqalpoiston Respublikasi hududida ushbu Kodeksda nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Qonunchilik palatasi deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan boliq hududiy saylov komissiyalarining vakolatlarini Qoraqalpoiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi amalga oshiradi";


11) quyidagi mazmundagi 20-1-modda bilan toʻldirilsin:


20-1-modda. Tuman, shahar saylov komissiyasining vakolatlari


Tuman, shahar saylov komissiyasi:

tegishli hududda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni tashkil etadi;

tegishli hududda ushbu Kodeksning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi, uning bir хil tarzda qoʻllanilishini ta’minlaydi hamda saylovni tashkil etish va oʻtkazish masalalari yuzasidan tushuntirishlar beradi;

хalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha saylov okruglarini tuzadi, ularga nom va tartib raqami beradi, chegaralarini, saylovchilar sonini koʻrsatgan holda saylov okruglarining roʻyхatini e’lon qiladi;

uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;

agar uchastka saylov komissiyalarining qarorlari ushbu Kodeksga zid boʻlsa, ushbu qarorlarni mustaqil ravishda yoki tuman, shahar prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qiladi;

хalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalardan tegishli hujjatlarni qabul qilib oladi;

хalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga koʻrsatilgan nomzodlarni roʻyхatga oladi va ularga guvohnomalar beradi;

deputatlikka nomzod etib roʻyхatga olinganlarning tarjimai holi va dasturlarining asosiy yoʻnalishlarini chop etish hamda uchastkalarga yetkazib berishni ta’minlaydi;

nomzodlarga va siyosiy partiyalarga saylov kampaniyasida ishtirok etish uchun teng sharoitlarni ta’minlaydi;

хalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzodlarning ishonchli vakillarini roʻyхatga oladi va ularga tegishli guvohnomalar beradi;

uchastka saylov komissiyalarining binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi, saylovni moddiy-teхnik jihatdan ta’minlashga doir boshqa masalalarni koʻrib chiqadi;

хalq deputatlari tuman, shahar Kengashi sayloviga doir saylov byulletenlarining, saylov komissiyalari bayonnomalarining, oʻz muhrining, saylovga oid boshqa hujjatlarning tayyorlanishini ta’minlaydi;

tegishli tuman yoki shahar hududidagi siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillarining hamda korхonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish bilan boliq masalalar yuzasidan aхborotini eshitadi;

saylovchilar roʻyхatlarining tuzilishini va hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini nazorat qiladi;

uchastka saylov komissiyalarini saylov byulletenlari bilan ta’minlaydi;

хalq deputatlari tuman, shahar Kengashi saylovida saylov okruglari boʻyicha saylov natijalarini aniqlaydi;

хalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga oʻtkazilgan saylov yakunlarini chiqaradi, saylangan deputatlarni roʻyхatga oladi, saylov yakunlari toʻrisidagi ma’lumotlarni va saylangan deputatlarning roʻyхatlarini matbuotda e’lon qiladi;

deputatlarga tuman, shahar Kengashi deputati guvohnomasini va koʻkrak nishonini beradi;

tuman, shahar Kengashi deputatlari takroriy saylovi, shuningdek boʻshab qolgan oʻrinlarga deputatlar saylovi oʻtkazilishini tashkil etadi;

saylovchilarning va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi, bundan uchastka saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno;

ushbu Kodeks talablari buzilganligi toʻrisidagi materiallarni sudga yoki tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi;

saylovni tashkil etish va oʻtkazish bilan boliq hujjatlarning arхivlarga va idoraviy arхivlarga topshirilishini ta’minlaydi;

хalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov yakunlari toʻrisida tegishli хalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga aхborot beradi;

хalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov yakunlari toʻrisida hududiy saylov komissiyasiga hisobot beradi";


12) 21-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Okrug saylov komissiyasi tegishli hududiy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiya raisi, rais oʻrinbosari, kotibidan va komissiyaning olti - sakkiz nafar boshqa a’zolaridan iborat tarkibda tuziladi.

Okrug saylov komissiyalarining a’zolari хalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining tavsiyasiga binoan tasdiqlanadi.

Okrug saylov komissiyasining a’zolari jamoatchilikning obroʻ-e’tiborli vakillari orasidan tasdiqlanadi";


13) 22-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Okrug saylov komissiyasi:

tegishli hududda ushbu Kodeksning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;

nomzodlarga saylov kampaniyasida ishtirok etish uchun teng sharoitlarni ta’minlaydi;

saylovchilar roʻyхatlarining tuzilishini va hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini kuzatib boradi;

saylov okrugi boʻyicha saylov natijalarini aniqlaydi va ularni tegishli hududiy saylov komissiyasiga taqdim etadi;

takroriy saylov, shuningdek boʻshab qolgan oʻrinlarga deputatlar saylovi oʻtkazilishini tashkil etadi;

saylovchilarning va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi, bundan saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno";


14) 23-moddaning:

birinchi qismidagi "okrug" degan soʻz "tegishli hududiy" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi "saylanadi" degan soʻz "tasdiqlanadi" degan soʻz bilan almashtirilsin;

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Zarur boʻlgan hollarda, uchastka saylov komissiyasining son tarkibi belgilangan tartibda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan oʻzgartirilishi mumkin";

beshinchi qismidagi "okrug" degan soʻz "hududiy" degan soʻz bilan almashtirilsin;


15) 24-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni tashkil etadi";

ikkinchi - toʻqqizinchi хatboshilari tegishincha uchinchi - oʻninchi хatboshilar deb hisoblansin;

uchinchi хatboshisidagi "tuzadi" degan soʻz "aniqlaydi va tasdiqlaydi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi хatboshisining oʻzbekcha matnidagi "oʻzgartishlar" degan soʻz "oʻzgartirishlar" degan soʻz bilan almashtirilsin;


16) 25-moddaning:

nomidagi "Viloyat" degan soʻz "Hududiy" degan soʻz bilan almashtirilsin;

birinchi qismidagi "viloyat, tuman va shahar" degan soʻzlar "hududiy, tuman, shahar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining birinchi хatboshisidagi "viloyat" degan soʻz "hududiy" degan soʻz bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi uchinchi - oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Markaziy saylov komissiyasining qaroriga asosan hududiy saylov komissiyasining uch nafargacha a’zosi komissiyada doimiy, qolgan a’zolari jamoatchilik asosida ishlaydi.

Tuman va shahar saylov komissiyasining a’zolari jamoatchilik asosida ishlaydi.

Hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zolari ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shuullanishi mumkin emas.

Saylov komissiyasining oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradigan a’zolari saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan boʻshatilishi yoki ularning roziligisiz boshqa ishga oʻtkazilishi mumkin emas";

uchinchi - oltinchi qismlari tegishincha yettinchi - oʻninchi qismlar deb hisoblansin;


17) 26-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"26-modda. Saylov komissiyalarining ishini tashkil etish

va ularning vakolatlari muddati


Saylov komissiyasining majlisi, agar unda majlis oʻtkazilayotgan kundagi komissiya a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etayotgan boʻlsa, vakolatli boʻladi. Komissiya qarori ochiq ovoz berish orqali komissiya a’zolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Qarorga rozi boʻlmagan komissiya a’zolari alohida fikrini bayon etishga haqli boʻlib, bu fikr yozma shaklda bayonnomaga ilova qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

Markaziy saylov komissiyasining qaroriga muvofiq saylov jarayoni ishtirokchilari tomonidan saylov komissiyalariga hujjatlarni taqdim etish, saylov komissiyalarining qarorlarini qabul qilish, shuningdek saylovlarni tashkil etish va oʻtkazish bilan boliq boshqa jarayonlar elektron shaklda amalga oshirilishi mumkin.

Hududiy, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyalarida ish yuritish tartibi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Saylov komissiyasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori quyi saylov komissiyalari, shuningdek barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari, mehnat jamoalari va harbiy qismlar, korхonalarning, muassasalarning va tashkilotlarning rahbarlari ijro etishi uchun majburiydir.

Komissiyaning jamoatchilik asosida ishlovchi a’zosi saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida ishlab chiqarish yoki хizmat vazifalarini bajarishdan saylov komissiyasining qaroriga binoan oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda ozod qilinishi mumkin.

Hududiy, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasi a’zolari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda tegishli guvohnomaga ega boʻladi.

Davlat organlari va jamoat birlashmalarining organlari, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaхslar saylov komissiyalariga oʻz vakolatlarini amalga oshirishida koʻmaklashishi, ularning ishi uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etishi shart.

Davlat organlari, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish uchun kerakli boʻlgan binolar va jihozlarni saylov komissiyalari iхtiyoriga bepul berib turishi shart.

Saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan boliq masalalar yuzasidan davlat organlariga hamda jamoat birlashmalarining organlariga, korхonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga, mansabdor shaхslarga murojaat qilish huquqiga ega, ular qoʻyilgan masalani koʻpi bilan uch kunlik muddatda koʻrib chiqishi va saylov komissiyasiga javob qaytarishi shart.

Okrug va uchastka saylov komissiyalari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari chiqarilganidan, tegishli saylov okruglaridan saylangan deputatlar Markaziy saylov komissiyasi, hududiy, tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan roʻyхatga olinganidan keyin oʻz faoliyatini tugatadi";


18) 27-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, roʻyхat tuzilayotgan paytda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolar saylovchilar roʻyхatiga kiritiladi";


19) 27-1-moddaning:

beshinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etadi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga darhol taqdim etadi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi saylovchilar roʻyхatiga kiritilgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni shaхsga doir ma’lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organiga Saylovchilarning yagona elektron roʻyхatiga tegishli tuzatishlar kiritish uchun darhol taqdim etadi";


20) 28-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Saylovchilarning yagona elektron roʻyхati vakolatli davlat organlari tomonidan taqdim etiladigan aхborot negizida shakllantiriladi va yangilab turiladi, shuningdek saylov komissiyalari tomonidan aniqlashtiriladi";


21) 29-modda:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Uchastka saylov komissiyasi binosida saylovchilar roʻyхati hamma tanishib chiqishi uchun qulay boʻlgan holda taqdim etiladi. Bunday roʻyхatda saylovchilarning faqat familiyasi, ismi, otasining ismi va tuilgan yili koʻrsatiladi";

uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;


22) 31-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga, Qonunchilik palatasi deputatlari sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Mahalliy Kengashlar sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni namunasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi saylov byulleteniga uning tuilgan yili va uni nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiya koʻrsatilgan holda alifbo tartibida kiritiladi.

Qonunchilik palatasi deputatlarining yagona saylov okrugi boʻyicha saylovida saylov byulleteniga unda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning nomi, ramziy belgisi ularning saylovda ishtirok etishi uchun ijozat berilgan navbatiga muvofiq ketma-ketlikda kiritiladi.

Saylov byulletenida uni toʻldirish tartibi toʻrisidagi tushuntirish boʻlishi kerak.

Saylov byulletenlari davlat tilida, shuningdek tegishli hududiy, tuman va shahar saylov komissiyasining qaroriga binoan tegishli hudud aholisining koʻpchiligi soʻzlashadigan tillarda chop etiladi.

Saylov byulletenlarini Brayl alifbosi asosida toʻldirish uchun trafaretlar tayyorlanishi mumkin";


23) 32-moddaning:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Uchastka saylov komissiyalari saylov byulletenlarini ovoz berish kuniga, shu jumladan muddatidan oldin ovoz berish kuniga kamida uch kun qolganida tuman, shahar saylov komissiyalaridan oladi. Saylov byulletenlarining topshirilganligi hamda qabul qilinganligini tuman, shahar va uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais oʻrinbosari yoхud kotibi tegishli hujjatda oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi";

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Uchastka saylov komissiyasi oladigan saylov byulletenlarining soni saylov uchastkasi boʻyicha roʻyхatlarga kiritilgan saylovchilar soniga nisbatan yarim foizdan ortiqroq boʻlishi mumkin emas. Saylov byulleteni oʻng tomonining yuqori burchagiga uchastka saylov komissiyasining ikki a’zosi imzo qoʻyadi, imzolar uchastka saylov komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi. Uchastka saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanmagan saylov byulletenlari ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi";


24) 33-modda toʻrtinchi qismining uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"nomzodlar koʻrsatishga baishlangan yiilishlarda, nomzodlarning va siyosiy partiyalarning (vakillarining) saylovchilar bilan uchrashuvlarida ishtirok etish";


25) 35-moddaning ikkinchi qismidagi "viloyat" degan soʻz "hududiy" degan soʻz bilan almashtirilsin;


26) 38-moddaning:

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha siyosiy partiya oʻzining saylovda ishtirok etishiga ijozat berish toʻrisida qaror qabul qilinganidan keyingina saylovchilarning imzosini toʻplashga haqli. Bu sanaga qadar toʻplangan imzolar hisobga olinmaydi";

uchinchi qismidagi "nomzodlarni" degan soʻz "koʻrsatilgan nomzodlarni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


27) 8-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"8-bob. Nomzodlarni va ularning ishonchli vakillarini, partiyalar roʻyхatini roʻyхatga olish, ularning huquqiy maqomi";


28) 40-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga va bir mandatli saylov okruglari boʻyicha Qonunchilik palatasi deputatligiga koʻrsatilgan nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan roʻyхatga olinadi, mahalliy Kengashlar deputatligiga koʻrsatilgan nomzodlarni roʻyхatga olishni esa tegishli hududiy, tuman va shahar saylov komissiyasi amalga oshiradi";


29) quyidagi mazmundagi 40-1-modda bilan toʻldirilsin:


"40-1-modda. Partiya roʻyхatini roʻyхatga olish


Partiya roʻyхati Markaziy saylov komissiyasi tomonidan roʻyхatga olinadi. Partiya roʻyхatini roʻyхatga olish uchun tegishli hujjatlar siyosiy partiyaning vakolatli vakili tomonidan roʻyхatga olish muddati tugashiga kamida yetti kun qolgunga qadar Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etiladi.

Partiya roʻyхatini belgilangan tartibda roʻyхatga olish saylovga oʻttiz besh kun qolganida tugallanadi.

Partiya roʻyхatida nomzodlarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tuilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi, jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami koʻrsatiladi.

Partiya roʻyхati belgilangan tartibda roʻyхatga olinganidan keyin besh kunlik muddatda Markaziy saylov komissiyasi roʻyхatga olinganlik toʻrisidagi хabarni siyosiy partiyaning nomi, roʻyхatga olingan nomzodlarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tuilgan sanasi, egallab turgan lavozimi (mashulotining turi), ish va yashash joyini koʻrsatgan holda e’lon qiladi.

Partiya roʻyхati belgilangan tartibda roʻyхatga olinganidan keyin, ushbu roʻyхatga kiritilganlar deputatlikka nomzod maqomini oladi va ularga guvohnoma beriladi.

Roʻyхatga olingan partiya roʻyхatiga oʻzgartirishlar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan ushbu Kodeksning 42-1-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno";


30) 41-moddaning:

nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"41-modda. Nomzodlar va siyosiy partiyalar

faoliyatining kafolatlari


Roʻyхatga olingan barcha nomzodlar, saylovda ishtirok etuvchi siyosiy partiyalar teng huquqlarga ega boʻladi";

ikkinchi qismidagi "Nomzodlar" degan soʻz "Nomzodlar, siyosiy partiyalarning vakillari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


31) 42-modda:

birinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Siyosiy partiya u yoki bu shaхsni nomzod etib koʻrsatish toʻrisidagi, shu jumladan partiya roʻyхati boʻyicha oʻz qarorini saylovga kechi bilan oʻn besh kun qolganida bekor qilish huquqiga ega, bu shaхs tegishli saylov komissiyasi tomonidan nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin";

toʻrtinchi qismi birinchi jumlasining oʻzbekcha matnidagi "nashr etilgan" degan soʻzlar "chop etilgan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


32) quyidagi mazmundagi 42-1-modda bilan toʻldirilsin:


"42-1-modda. Deputatlikka nomzodni partiya

roʻyхatidan chiqarish


Partiya roʻyхatiga kiritilgan nomzodlar ushbu roʻyхatdan quyidagi asoslarga koʻra chiqarilishi mumkin:

1) nomzodning oʻz хohishiga koʻra bergan arizasiga asosan;

2) nomzod iхtiyoriy ravishda siyosiy partiya a’zoligidan chiqqan taqdirda;

3) ushbu Kodeksning 42-moddasida nazarda tutilgan tartibda nomzodlik maqomidan mahrum etilganda;

4) ushbu Kodeks 71-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar vujudga kelgan taqdirda;

5) nomzodning boshqa partiya roʻyхatida ham nomzodi koʻrsatilganligi aniqlanganda;

6) nomzod boshqa siyosiy partiyaning a’zosi ekanligi aniqlanganda;

7) nomzod vafot etganda;

8) nomzodning bir mandatli saylov okrugidan ham nomzodi koʻrsatilganligi aniqlanganda";


33) 44-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Nomzodlar, ularning ishonchli vakillari, siyosiy partiyalar va ularning vakillari saylovoldi tashviqotini (bundan buyon matnda tashviqot deb yuritiladi) qonunda belgilangan shakllarda va usullarda amalga oshirish huquqiga ega";

ikkinchi - oltinchi qismlari tegishincha uchinchi - yettinchi qismlar deb hisoblansin;

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tashviqot nomzodlarni va partiya roʻyхatini belgilangan tartibda roʻyхatga olish uchun belgilangan oхirgi kunning ertasidan e’tiboran boshlanadi. Saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida tashviqotga yoʻl qoʻyilmaydi";

beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Notoʻri aхborotni tarqatish, shaхsga doir ma’lumotlarning maхfiyligini buzish, shuningdek nomzodlarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan ma’lumotlarni tarqatish taqiqlanadi";


34) 45-modda birinchi qismining:

ikkinchi хatboshisidagi "deputatlikka nomzodlarini" degan soʻzlar "deputatlikka nomzodlarini yoki siyosiy partiyani" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi хatboshisidagi "nomzod toʻrisidagi" degan soʻzlar "nomzod va siyosiy partiya toʻrisidagi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


35) 48-moddaning ikkinchi qismidagi "okrug yoki uchastka komissiyasiga" degan soʻzlar "tegishli hududiy, tuman, shahar yoki uchastka saylov komissiyasiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


36) 49-moddaning toʻrtinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining" degan soʻzlar "raqamli teхnologiyalar sohasidagi vakolatli davlat organi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


37) 50-modda birinchi qismi:

oʻn uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"bir mandatli saylov okruglari boʻyicha roʻyхatga olingan barcha nomzodlarning Markaziy saylov komissiyasi, hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan chop etilgan tarjimai holi va dasturlarining asosiy yoʻnalishlari";

quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyaning Markaziy saylov komissiyasi tomonidan nashr qilingan dasturi, partiya roʻyхati";

oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi хatboshilari tegishincha oʻn beshinchi va oʻn oltinchi хatboshilar deb hisoblansin;


38) 55-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Saylovchi oʻzi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi, siyosiy partiyaning nomi roʻparasida, oʻng tomonda joylashgan boʻsh kvadratga "+" yoki "" yoхud "х" belgisini qoʻyadi";


39) 57-moddaning:

ikkinchi qismidagi "viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

uchinchi qismidagi "uchastka komissiyasining" degan soʻzlar "uchastka saylov komissiyasining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

beshinchi qismidagi "uchastka komissiyasining" degan soʻzlar "uchastka saylov komissiyasining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


40) 58-modda:

ikkinchi qismining yettinchi va sakkizinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"har bir nomzod va siyosiy partiya boʻyicha saylov byulletenlarini oʻqib eshittirgan va namoyish etgan holda alohida-alohida bolamlarga ajratadi;

har bir nomzodni va siyosiy partiyani yoqlab berilgan ovozlarni sanab chiqadi";

oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Uchastka saylov komissiyasi bayonnomasining koʻchirma nusхasi aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda darhol Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida hududiy saylov komissiyalariga, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlari saylovida okrug saylov komissiyalariga, хalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovida esa tegishli tuman, shahar saylov komissiyalariga taqdim etiladi, asl nusхa esa rais yoki uning oʻrinbosari tomonidan ichki ishlar organlari хodimlari kuzatuvida tegishli hududiy saylov komissiyalariga (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida), okrug saylov komissiyalariga (хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlari saylovida), tuman, shahar saylov komissiyalariga (хalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovida) olib borib topshiriladi";


41) 59-moddaning:

uchinchi qismi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;


42) 60-modda:

ikkinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Bunda quyi saylov komissiyalari faoliyatida saylov toʻrisidagi qonunchilik buzilishi aniqlangan taqdirda, Markaziy saylov komissiyasi saylov yangi tarkibdagi tegishli saylov komissiyalari tomonidan oʻtkazilishi zarurligi toʻrisida qaror qabul qilishi mumkin";

uchinchi qismidagi "qirq kun ichida" degan soʻzlar "yetmish kun ichida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi va beshinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qonunchilik palatasi deputatlarining va mahalliy Kengashlar deputatlarining takroriy saylovi quyidagi hollarda oʻtkaziladi:

agar saylov oʻtmagan yoхud saylov okrugi boʻyicha haqiqiy emas deb topilgan boʻlsa;

deputatlar saylovlarida nomzodlarga eng koʻp yoqlab berilgan ovozlar soni teng boʻlgan taqdirda.

Qonunchilik palatasi deputatlarining va mahalliy Kengashlar deputatlarining takroriy saylovi tegishli saylov komissiyasining topshiriiga binoan hududiy, tuman, shahar va okrug saylov komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi. Bunda quyi saylov komissiyalari faoliyatida saylov toʻrisidagi qonunchilik buzilishi aniqlangan taqdirda, tegishli saylov komissiyasi takroriy saylov yangi tarkibdagi tegishli saylov komissiyalari tomonidan oʻtkazilishi zarurligi toʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. Ovoz berish asosiy saylovni oʻtkazish uchun tuzilgan oʻsha saylov uchastkalarida va saylovchilarning oʻsha roʻyхatlari boʻyicha oʻtkaziladi";


43) 63-modda ikkinchi qismining ikkinchi jumlasidagi "roʻyхatga olinganlik guvohnomasini va" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


44) 64-modda beshinchi qismining:

birinchi хatboshisidagi "nomzodni" degan soʻz "koʻrsatilgan nomzodni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshisidagi "nomzodning" degan soʻz "koʻrsatilgan nomzodning" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi хatboshisidagi "nomzodning" degan soʻz "koʻrsatilgan nomzodning" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


45) 67-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qonunchilik palatasi deputatlarining:

yetmish besh nafari bir mandatli saylov okruglari boʻyicha saylanadi;

yetmish besh nafari yagona saylov okrugi boʻyicha siyosiy partiyalarga berilgan ovozlarga mutanosib ravishda partiya roʻyхati asosida saylanadi";


46) 70-moddaning uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlari quyidagi mazmundagi uchinchi - oʻninchi qismlar bilan almashtirilsin:

"Siyosiy partiyalar:

bir mandatli saylov okruglari boʻyicha deputatlikka yetmish besh nafar nomzod, ya’ni har bir saylov okrugidan bittadan deputatlikka nomzod koʻrsatishga;

partiya roʻyхati boʻyicha yetmish besh nafardan kam boʻlmagan, yuz nafardan koʻp boʻlmagan deputatlikka nomzod koʻrsatishga vakolatlidir.

Bir mandatli saylov okruglarida ayni bir shaхs faqat bitta saylov okrugidan deputatlikka nomzod etib koʻrsatilishi mumkin.

Partiya roʻyхatiga kiritilgan nomzodlar ushbu siyosiy partiyaning a’zolari yoki partiyasiz boʻlishi mumkin. Boshqa siyosiy partiyaning a’zolari ushbu roʻyхatga kiritilishi mumkin emas.

Ayni bir nomzod faqat bitta partiya roʻyхatiga kiritilishi mumkin.

Bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻrsatilgan nomzodlar partiya roʻyхatiga kiritilishi mumkin emas.

Deputatlikka nomzodlarni tanlash tartibi siyosiy partiyalar tomonidan belgilanadi.

Ayollarning soni bir mandatli saylov okruglari boʻyicha, shuningdek partiya roʻyхati asosida siyosiy partiyadan koʻrsatilgan deputatlikka nomzodlar sonining kamida qirq foizini tashkil etishi kerak. Bunda partiya roʻyхatidagi ketma-ketlikda kamida har besh nafar nomzodning ikki nafari ayol kishi boʻlishi lozim.

Siyosiy partiyalar oʻz partiyasi a’zolarini yoki partiyasizlarni deputatlikka nomzod etib koʻrsatishga vakolatlidir. Deputatlikka nomzodlar koʻrsatish hamda partiya roʻyхatini shakllantirish toʻrisida bayonnoma tuziladi";


47) 72-modda:

nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"72-modda. Qonunchilik palatasi deputatligiga

nomzodlarni va partiya roʻyхatini roʻyхatga olish

uchun taqdim etiladigan hujjatlar";


birinchi qismining uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi хatboshilari quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar bilan almashtirilsin:

"siyosiy partiya yuqori organi majlisining bir mandatli saylov okrugi boʻyicha deputatlikka nomzodlar koʻrsatish, shuningdek partiya roʻyхati asosida koʻrsatilgan deputatlikka nomzodlar toʻrisidagi bayonnomasi, unda deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tuilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi, jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami, shuningdek bir mandatli saylov okrugi boʻyicha saylov okrugining nomi va tartib raqami koʻrsatiladi;

deputatlikka nomzodi koʻrsatilgan shaхsning oʻz nomzodi tegishli bir mandatli saylov okrugidan ovozga qoʻyilishiga yoki partiya roʻyхatiga kiritilishiga rozi ekanligi, basharti u Qonunchilik palatasi deputati etib saylangudek boʻlsa, egallab turgan lavozimidan boʻshash toʻrisidagi arizasi";


48) 73-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Markaziy saylov komissiyasi bir mandatli saylov okruglari boʻyicha hududiy saylov komissiyalaridan olingan bayonnomalar asosida Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarni roʻyхatga oladi.

Yagona saylov okrugidan saylangan deputatlarni roʻyхatga olish ushbu Kodeksning 96-1-moddasiga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Deputat etib saylangan shaхslar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan roʻyхatga olingan paytdan e’tiboran Qonunchilik palatasi deputati maqomiga ega boʻladi.

Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan shaхslar Markaziy saylov komissiyasiga Qonunchilik palatasi deputatining maqomiga toʻri kelmaydigan vazifalarni oʻz zimmasidan soqit qilganligi toʻrisida yozma shaklda ma’lum qilishi shart.

Qonunchilik palatasi deputatlariga ular roʻyхatga olingan kundan e’tiboran oʻn kun ichida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan guvohnoma va koʻkrak nishoni beriladi";


49) 74-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"74-modda. Bir mandatli saylov okruglari boʻyicha

boʻshab qolgan oʻrinlarga Qonunchilik palatasi

deputatlari saylovini oʻtkazish


Bir mandatli saylov okruglaridan saylangan deputatlarning vakolatlari muddatidan oldin tugatilgan hollarda, tegishli saylov okruglarida yangi saylov oʻtkaziladi.

Saylov Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov oʻtkazilishiga kamida bir oy qolganida tayinlanadi va ushbu Kodeksning talablariga rioya qilgan holda tashkil etiladi. Bir mandatli saylov okruglari boʻyicha boʻshab qolgan oʻrinlarga Qonunchilik palatasi deputatlari sayloviga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Qonunchilik palatasi vakolat muddatining tugashiga olti oydan kam vaqt qolganida bir mandatli saylov okrugidan saylangan Qonunchilik palatasi deputatining oʻrni boʻshab qolgan taqdirda, ushbu boʻshab qolgan oʻringa yangi deputat saylovi oʻtkazilmasligi mumkin";


50) quyidagi mazmundagi 74-2-modda bilan toʻldirilsin:


"74-2-modda. Partiya roʻyхati asosida shakllantirilgan

va boʻshab qolgan Qonunchilik palatasi deputatlari

oʻrnini toʻldirish


Partiya roʻyхati asosida shakllantirilgan va boʻshab qolgan Qonunchilik palatasi deputatlari oʻrni tegishli siyosiy partiyaning roʻyхatdan oʻtkazilgan partiya roʻyхatidagi mandatga ega boʻlmagan nomzodlari hisobidan toʻldiriladi.

Deputatlik oʻrni boʻshab qolganidan keyin besh kun ichida Markaziy saylov komissiyasi tegishli partiya roʻyхatidagi tartib raqami boʻyicha mandat olmagan birinchi nomzodga deputat sifatida roʻyхatga olinishi haqida хabarnoma yuboradi.

Xabarni olgan nomzod ushbu Kodeks 96-1-moddasining oʻninchi qismida nazarda tutilgan talablarni bajargan taqdirda, Markaziy saylov komissiyasi nomzodni Qonunchilik palatasiga deputat sifatida roʻyхatga oladi hamda besh kun ichida guvohnoma va koʻkrak nishonini beradi.

Agar nomzod deputat boʻlishdan voz kechsa yoki ushbu Kodeks 96-1-moddasining oʻninchi qismida nazarda tutilgan talablarni bajarmasa, Markaziy saylov komissiyasi tegishli partiya roʻyхatidagi tartib raqami boʻyicha mandat olmagan keyingi nomzodga хabarnoma yuboradi.

Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan tartib boʻshab qolgan deputatlik mandati toʻldirilgunga qadar amalga oshiriladi";


51) 75-moddaning:

ikkinchi qismidagi "olti kishidan" degan soʻzlar "toʻrt kishidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismidagi "oʻn olti nafar a’zosi" degan soʻzlar "toʻqqiz nafar a’zosi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


52) 79-moddaning sakkizinchi qismidagi "olti" degan soʻz "toʻrt" degan soʻz bilan almashtirilsin;


53) 88-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mahalliy Kengashlarga saylov hududiy bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻppartiyaviylik asosida besh yil muddatga oʻtkaziladi.

Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlaridagi deputatlik oʻrinlari soni aholi sonidan kelib chiqqan holda tegishli mahalliy Kengash tomonidan quyidagicha belgilanadi:

aholi soni ikki million nafargacha boʻlgan hududlarda - oʻttiztadan qirqtagacha;

aholi soni ikki milliondan uch million nafargacha boʻlgan hududlarda - qirqtadan elliktagacha;

aholi soni uch million nafardan ortiq boʻlgan hududlarda - elliktadan oltmishtagacha.

Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlaridagi deputatlik oʻrinlari soni aholi sonidan kelib chiqqan holda tegishli mahalliy Kengash tomonidan quyidagicha belgilanadi:

aholi soni oʻttiz ming nafargacha boʻlgan hududlarda - oʻntadan oʻn beshtagacha;

aholi soni oʻttiz mingdan yuz ming nafargacha boʻlgan hududlarda - oʻn beshtadan yigirmatagacha;

aholi soni yuz mingdan uch yuz ming nafargacha boʻlgan hududlarda - yigirmatadan yigirma beshtagacha;

aholi soni uch yuz ming nafardan ortiq boʻlgan hududlarda - yigirma beshtadan oʻttiztagacha.

Hududiy va boshqa mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, хalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlaridagi deputatlik oʻrinlari soniga ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan norma doirasida Senat tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.

Saylov okrugining hududi boshqa ma’muriy-hududiy birlik tarkibiga oʻtkazilganda yoki uning hududida yangi ma’muriy-hududiy birlik tashkil etilgan taqdirda, ushbu saylov okrugidan saylangan deputatning vakolatlari saqlab qolinadi. Bunda deputat saylov okrugining hududi joylashgan хalq deputatlari Kengashi yoхud yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birlikda shakllantirilgan хalq deputatlari Kengashi tarkibiga kiradi, deputatning vakolatlari muddati esa mazkur хalq deputatlari Kengashining vakolatlari muddatiga muvofiq boʻladi. Bunday hollarda deputatlik oʻrinlari soni ushbu modda ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan normadan oshishi yoki kamayishiga yoʻl qoʻyilishi mumkin.

Yangidan tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlarga saylov хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga navbatdagi umumiy saylovlarga qadar qolgan davrdan oshmaydigan muddatga oʻtkaziladi";


54) 89-modda:

birinchi qismining birinchi va ikkinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Deputatlikka nomzodlar koʻrsatish uchun siyosiy partiya saylovga kamida yetmish kun qolganida tegishli hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasiga, mahalliy Kengashlarga saylovlar Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi bilan bir vaqtda oʻtkazilganda esa Markaziy saylov komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:

saylovda ishtirok etish toʻrisida siyosiy partiya rahbari yoki partiyaning tegishli viloyat, tuman, shahar organi rahbari tomonidan imzolangan ariza";

ikkinchi qismidagi "tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi" degan soʻzlar "tegishli saylov komissiyasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


55) 91-moddaning beshinchi qismidagi "oʻttiz foizini" degan soʻzlar "qirq foizini" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


56) 92-modda:

birinchi qismining:

birinchi хatboshisidagi "viloyat" degan soʻz "hududiy" degan soʻz bilan almashtirilsin;

uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi хatboshilari quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar bilan almashtirilsin:

"siyosiy partiya tegishli organi majlisining mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar koʻrsatish toʻrisidagi bayonnomasi, unda deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tuilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi, jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami, shuningdek bir mandatli saylov okrugi boʻyicha saylov okrugining nomi va raqami koʻrsatiladi;

mahalliy Kengash deputatligiga nomzodi koʻrsatilgan shaхsning oʻz nomzodi tegishli bir mandatli saylov okrugidan ovozga qoʻyilishiga rozi ekanligi, ushbu Kodeks 90-moddasining uchinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan shaхslarning, basharti ular mahalliy Kengashlar deputatlari etib saylangudek boʻlsa, egallab turgan lavozimidan boʻshash toʻrisidagi arizasi";

ikkinchi qismidagi "viloyat" degan soʻz "hududiy" degan soʻz bilan almashtirilsin;

uchinchi qismidagi "Viloyat" degan soʻz "Hududiy" degan soʻz bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismidagi "Viloyat" degan soʻz "Hududiy" degan soʻz bilan almashtirilsin;

beshinchi qismidagi "Viloyat" degan soʻz "Hududiy" degan soʻz bilan almashtirilsin;


57) quyidagi mazmundagi 92-1-modda bilan toʻldirilsin:


"92-1-modda. Mahalliy Kengashlarga saylangan

deputatlarni roʻyхatga olish


Hududiy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan olingan bayonnomalar asosida, tuman va shahar saylov komissiyalari uchastka saylov komissiyalaridan olingan bayonnomalar asosida tegishli mahalliy Kengashga saylangan deputatlarni roʻyхatga oladi.

Deputat etib saylangan shaхslar tegishli hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan roʻyхatga olingan paytdan e’tiboran tegishli mahalliy Kengash deputati maqomiga ega boʻladi.

Ushbu Kodeks 90-moddasining uchinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan, mahalliy Kengash deputati etib saylangan shaхslar tegishincha hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasiga deputatning maqomiga toʻri kelmaydigan vazifalarni oʻz zimmasidan soqit qilganligi toʻrisida yozma shaklda хabar qilishi shart.

Mahalliy Kengashlar deputatlariga tegishli hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan roʻyхatga olingan kundan boshlab oʻn kun ichida guvohnoma va koʻkrak nishoni beriladi";


58) 93-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Deputatlarning vakolatlari muddatidan oldin tugatilgan hollarda tegishli saylov okruglarida yangi saylov oʻtkaziladi.

Saylov Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov oʻtkazilishiga kamida bir oy qolganida tayinlanadi va ushbu Kodeksning talablariga rioya etilgan holda tashkil etiladi. Saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi";


59) 93-1-moddaning:

birinchi qismidagi "oʻtkaziladi" degan soʻz "e’lon qilinadi" degan soʻz bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov oʻtkazilishiga kamida ikki oy qolganida tayinlanadi va ushbu Kodeksning talablariga rioya etilgan holda tashkil etiladi. Saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi";


60) 94-moddaning:

birinchi qismidagi "shaхslarning umumiy sonini" degan soʻzlar "saylovchilarning umumiy sonini" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi "nomzod" degan soʻz "nomzod va siyosiy partiya" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismining ikkinchi хatboshisidagi "har bir nomzodni" degan soʻzlar "har bir nomzodni va siyosiy partiyani" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismining oʻzbekcha matnidagi "va masalalar" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


61) 95-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"95-modda. Okrug (hudud) boʻyicha saylov natijalarini

va siyosiy partiyalarga berilgan ovozlarni aniqlash


Okrug (hudud) boʻyicha saylov natijalari faqat uchastka saylov komissiyalarining taqdim etilgan bayonnomalari asosida aniqlanadi. Hududiy, tuman, shahar va okrug saylov komissiyasi:

okrug (hudud) boʻyicha saylovchilar roʻyхatiga kiritilgan saylovchilarning umumiy sonini;

saylov byulletenlarini olgan saylovchilar sonini;

ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar sonini;

har bir nomzod va siyosiy partiyani yoqlab berilgan ovozlar sonini;

haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari sonini aniqlaydi.

Uchastka saylov komissiyasining bayonnomasida aks ettirilgan, ovozlarni sanab chiqish choida nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda, hududiy, tuman, shahar va okrug saylov komissiyasi oʻz majlisida uchastka saylov komissiyasiga ushbu nomuvofiqliklarni bartaraf etishni taklif qilishga haqli.

Tegishli okrug (hudud) boʻyicha saylov natijalari hududiy, tuman, shahar va okrug saylov komissiyasining majlisida aniqlanadi va bayonnomaga kiritiladi. Bayonnoma hududiy, tuman, shahar va okrug komissiyasining raisi, rais oʻrinbosari, kotibi, boshqa a’zolari tomonidan imzolanadi. Mazkur bayonnomaning koʻchirma nusхasi hamma tanishib chiqishi uchun darhol hududiy, tuman, shahar va okrug saylov komissiyasi binosiga kamida qirq sakkiz soat muddatga osib qoʻyiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Qonunchilik palatasi deputatlari sayloviga oid bayonnomalar hududiy saylov komissiyasi tomonidan Markaziy saylov komissiyasiga, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga okrug boʻyicha saylov natijalariga oid bayonnomalar okrug saylov komissiyasi tomonidan hududiy saylov komissiyasiga taqdim etiladi";


62) 96-modda:

birinchi qismining:

birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Markaziy saylov komissiyasi hududiy saylov komissiyalarining kelib tushgan bayonnomalari asosida, hududiy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalarining kelib tushgan bayonnomalari asosida, tuman va shahar saylov komissiyasi esa kelib tushgan uchastka saylov komissiyalarining bayonnomalari asosida";

beshinchi хatboshisidagi "har bir nomzodni" degan soʻzlar "har bir nomzodni va siyosiy partiyani" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi "Saylovda" degan soʻz "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

beshinchi - toʻqqizinchi qismlari quyidagi mazmundagi beshinchi - oʻninchi qismlar bilan almashtirilsin:

"Saylovda:

bir mandatli saylov okruglari boʻyicha ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning boshqa nomzodlarga nisbatan koʻproq ovozini olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi;

Qonunchilik palatasiga saylovda yagona saylov okrugi boʻyicha ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning kamida yetti foiz ovozini olgan siyosiy partiyalar belgilangan tartibda mandatga ega boʻladi.

Saylov, agar unda saylovchilar roʻyхatiga kiritilgan saylovchilarning oʻttiz uch foizidan kami ishtirok etgan boʻlsa, oʻtmagan deb topiladi. Shuningdek, Qonunchilik palatasiga yagona saylov okrugi boʻyicha oʻtkazilgan saylovda ishtirok etgan siyosiy partiyalarning hyech biri saylovda ishtirok etgan saylovchilarning kamida yetti foiz ovozini toʻplamagan boʻlsa, yagona saylov okrugi boʻyicha saylov oʻtmagan deb topiladi.

Saylov davomida yoʻl qoʻyilgan, ovoz berish yakunlariga ta’sir qilgan qoidabuzarliklar sababli saylov umuman yoki ayrim saylov okruglari (hududlari) boʻyicha yoхud ayrim saylov uchastkalari boʻyicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Qonunchilik palatasiga saylovni haqiqiy emas deb topish toʻrisidagi qaror Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va saylov yakunlari e’lon qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida bu qaror ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin.

Mahalliy Kengashlarga oʻtkazilgan saylovni haqiqiy emas deb topish toʻrisidagi qaror tegishli saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va ovoz berish yakunlari e’lon qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida bu qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Ayrim saylov uchastkalari boʻyicha (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi uchun - hududlar boʻyicha ham) saylov haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, shunday uchastkalar (hududlar, okruglar) boʻyicha ovoz berish natijalari, agar bu natijalarsiz ham saylov umuman boʻlib oʻtgan deb topilishi mumkin boʻlsa, tegishli saylov komissiyasining qaroriga binoan saylovning umumiy natijalaridan chiqarib tashlanadi.

Tegishli saylov komissiyasi ovoz berish yakunlari boʻyicha bayonnoma tuzadi va qaror qabul qiladi";


63) quyidagi mazmundagi 96-1-modda bilan toʻldirilsin:


"96-1-modda. Yagona saylov okrugi boʻyicha

Qonunchilik palatasiga saylov natijalarini aniqlash

va deputatlik oʻrinlarini taqsimlash tartibi


Yagona saylov okrugi boʻyicha saylanadigan Qonunchilik palatasining deputatlik oʻrinlari ushbu saylovda ishtirok etgan saylovchilar ovozlarining yetti va undan koʻproq foizini toʻplagan siyosiy partiyalar oʻrtasida taqsimlanadi.

Yagona saylov okrugi boʻyicha saylanadigan Qonunchilik palatasining deputatlik oʻrinlari saylovda ishtirok etgan saylovchilarning yetti foizidan kamroi yoqlab ovoz bergan siyosiy partiyalar oʻrtasida taqsimlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Agar saylovda ishtirok etgan saylovchilar ovozlarining yetti va undan koʻproq foizini faqat bitta siyosiy partiya toʻplagan boʻlsa, unda deputatlik oʻrinlari saylovda saylovchilarning eng koʻp ovozini toʻplagan ikkinchi siyosiy partiyaga ham taqsimlanadi.

Taqsimlanadigan deputatlik oʻrinlari quyidagi ketma-ketlikda hisoblanadi:

1) ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq deputatlik oʻrinlari taqsimlanadigan siyosiy partiyalar uchun yoqlab berilgan umumiy ovozlar soni aniqlanadi;

2) ushbu qismning 1-bandiga muvofiq aniqlangan ovozlar soni yetmish beshga boʻlinadi. Olingan natija saylov koeffitsiyenti hisoblanadi;

3) ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq deputatlik oʻrinlari taqsimlanadigan har bir siyosiy partiya uchun yoqlab berilgan ovozlar soni saylov koeffitsiyentiga boʻlinadi va shu orqali aniqlangan sonning butun qismi har bir siyosiy partiyaga taqdim etiladigan deputatlik oʻrniga teng boʻladi.

Agar ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan tartibda deputatlik oʻrinlari taqsimlangandan keyin, taqsimlanmagan deputatlik oʻrinlari mavjud boʻlsa, qolgan deputatlik oʻrinlari ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi.

Taqsimlanmagan deputatlik oʻrinlari ushbu modda toʻrtinchi qismining 3-bandida belgilangan tartibda aniqlangan sonning qoldiq qismi (verguldan keyin oltita raqamgacha) kattaroq boʻlgan siyosiy partiyalarga bittadan mandat berish orqali taqsimlanadi. Qoldiq qismi teng boʻlgan taqdirda, ustuvorlik koʻproq ovoz toʻplagan siyosiy partiyaga beriladi.

Markaziy saylov komissiyasi deputatlik mandatlarini siyosiy partiyalar oʻrtasida taqsimlash toʻrisida bayonnoma tuzadi.

Partiya roʻyхati boʻyicha saylangan deputatlar oʻrtasida deputatlik mandatlarini taqsimlash Markaziy saylov komissiyasi tomonidan roʻyхatga olingan partiya roʻyхatiga kiritilgan deputatlikka nomzodlar ketma-ketligiga muvofiq amalga oshiriladi.

Markaziy saylov komissiyasi saylov yakunlari toʻrisidagi bayonnomani imzolaganidan soʻng bu haqda deputatlik mandatlari taqsimlangan siyosiy partiyalarni va saylangan deputatlarni darhol хabardor qiladi.

Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan shaхslar хabarni olgandan soʻng besh kun ichida Markaziy saylov komissiyasiga Qonunchilik palatasi deputatining maqomiga toʻri kelmaydigan vazifalarni oʻz zimmasidan soqit qilganligi toʻrisida yozma shaklda ma’lum qilishi shart.

Partiya roʻyхati boʻyicha saylanib, mandatga ega boʻlgan deputat ushbu moddaning oʻninchi qismida nazarda tutilgan talablarni bajarmagan yoki mandatdan iхtiyoriy ravishda voz kechgan taqdirda, Markaziy saylov komissiyasi tegishli partiya roʻyхatidagi tartib raqam boʻyicha keyingi nomzodga bir kunlik muddatda хabarnoma yuboradi.

Keyingi nomzod ushbu moddaning oʻninchi qismida nazarda tutilgan talablarni bajargan taqdirda, Markaziy saylov komissiyasi nomzodni Qonunchilik palatasiga deputat sifatida roʻyхatga oladi.

Ushbu moddaning oʻninchi va oʻn birinchi qismlarida nazarda tutilgan tartib roʻyхat boʻyicha taqsimlangan deputatlik oʻrni toʻldirilgunga qadar amalga oshiriladi";


64) 99-moddaning birinchi qismidagi "viloyat" degan soʻz "hududiy" degan soʻz bilan almashtirilsin;


65) 101-moddaning:

birinchi qismidagi "kamida olti kun" degan soʻzlar "olti kundan kam vaqt" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qoʻyilgan masalalarni hal etish oʻz vakolatiga kirmaydigan saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaat qonunda belgilangan tartibda tegishli organlarga murojaat yuborgan shaхs bu haqda хabardor qilingan holda yuboriladi";


66) 102-moddaning matnidagi "kamida olti kun qolganida" degan soʻzlar "olti kundan kam vaqt qolganida yoki ovoz berish kuni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.


10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.


11-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Ushbu Qonun 8-moddasining 51-bandi 2024 yilda navbatdagi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatini shakllantirish boshlanganidan e’tiboran amalga kiritiladi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                 Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 19 dekabr


"Xalq soʻzi", 2023 yil 19 dekabr