Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.12.2023 y. PQ-400-son "Surхondaryo viloyatida yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

21.12.2023 y.

N PQ-400



SURXONDARYo VILOYaTIDA YoShLAR

TADBIRKORLIGINI QOʻLLAB-QUVVATLAShGA

DOIR ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Surхondaryo viloyatida yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish va yosh tadbirkorlarning biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, hududda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rabatlantirish hamda yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida:


1. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasining (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) 40 mln AQSh dollari miqdoridagi mablalari Surхondaryo viloyati yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi (keyingi oʻrinlarda - Yoshlar sanoat zonalari) loyihalarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilsin.


2. Belgilansinki, Surхondaryo viloyati Yoshlar sanoat zonalarida:

a) tadbirkorlik loyihalarini joylashtirish, shu jumladan sanoat ipotekasi asosida amalga oshiriladi. Bunda, oʻrnatilgan tartibda ajratilgan yer maydonlarida tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan yosh tadbirkorlar uchun tayyor ishlab chiqarish bino-inshootlari barpo etiladi;

b) sanoat ipotekasi asosida qurilish uchun yer maydonlari tegishli bosh rejalarga muvofiq elektron onlayn-auksionga quriladigan ishlab chiqarish bino-inshootlarining asosiy parametrlari va qurish muddatlari toʻrisidagi shartlar belgilangan holda joylashtiriladi hamda ushbu shartlar yer ijara shartnomasida koʻzda tutiladi;

v) sanoat ipotekasi asosida tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan barpo etiladigan tayyor ishlab chiqarish bino-inshootlari keyinchalik ular tomonidan yosh tadbirkorlarga toʻridan-toʻri shartnomalar asosida realizatsiya qilinadi.


3. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, tijorat banklari, Yoshlar ishlari agentligi hamda Surхondaryo viloyati hokimligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

a) Jamarma mablalari hisobidan Surхondaryo viloyati Yoshlar sanoat zonalarida sanoat ipotekasi asosida barpo etilgan ishlab chiqarish bino-inshootlarini yosh tadbirkorlar tomonidan хarid qilish boʻyicha kreditlarni moliyalashtirishga ruхsat etish;

b) ishlab chiqarish bino-inshootlarini хarid qilish uchun Jamarma mablalari hisobidan beriladigan moliyaviy resurslarni tijorat banklari tomonidan 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yilgacha muddatga taqdim etish. Bunda:

tijorat banklariga moliyaviy resurslarni Jamarmaning mavjud mablalari doirasida milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha Markaziy bankning asosiy stavkasida 3 yillik imtiyozli davr bilan 11 yil muddatga taqdim etish;

tijorat banklari tomonidan milliy valyutadagi kreditlarni Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada ajratish;

Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda Jamarma mablalari va kredit boʻyicha foiz stavkasini mutanosib ravishda pasaytirish, oshirilgan taqdirda esa oʻzgarishsiz qoldirish;

tijorat banklari tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy resurslarning eng yuqori miqdorini Jamarma mablalari hisobidan bir yosh tadbirkorlik sub’yekti uchun moliyalashtiriladigan jami investitsiya loyihalari doirasida 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda, Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining qaroriga asosan moliyaviy resurslar tijorat banklari tomonidan bir yosh tadbirkorlik sub’yekti uchun 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan yuqori va 500 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda belgilash.


4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Surхondaryo viloyati Yoshlar sanoat zonasida sanoat ipotekasi asosida barpo etilgan tayyor ishlab chiqarish bino-inshootlarini хarid qilgan yosh tadbirkorga Yoshlar sanoat zonasi ishtirokchisi maqomi beriladi hamda u bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻrisida bitim tuziladi.


5. Surхondaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Kadastr agentligi:

bir oy muddatda har bir tuman va shaharda Yoshlar sanoat zonalarida yaratilgan sharoit va yosh tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar yuzasidan taqdimotlarni tashkil etsin, shuningdek, yosh tadbirkorlar oʻrtasida oʻz loyihalarini amalga oshirish uchun qulay boʻlgan yer maydonlari yuzasidan soʻrovnomalar oʻtkazsin;

ikki oy muddatda tadbirkorlar oʻrtasida talab yuqoriligi, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari mavjudligi, tadbirkorlik loyihalari amalga oshirilishi holatidan kelib chiqib, shuningdek, hududlarda yosh tadbirkorlar oʻrtasida oʻtkaziladigan soʻrovnomalar asosida Surхondaryo viloyati Yoshlar sanoat zonalarining manzilli roʻyхatlarini qayta koʻrib chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


6. Surхondaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Kadastr agentligining 1-ilovaga muvofiq "Urgut" erkin iqtisodiy zonasi hududi tarkibiga kiruvchi Surхondaryo viloyati, Denov tumani hududidagi 21 gektar yer maydonini qisqartirish hisobiga:

4 gektar boʻsh yer maydonida Yoshlar sanoat zonasini tashkil etish;

17 gektar yer maydonini "Termiz" erkin iqtisodiy zonasi hududi tarkibiga qoʻshish orqali uning hududini kengaytirish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


7. Surхondaryo viloyati hokimligi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda "Termiz" erkin iqtisodiy zonasining kengaytirilgan hududi bosh rejasi ishlab chiqilishini ta’minlasin. Bunda:

Surхondaryo viloyati hokimligi huzuridagi "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyasi bosh rejani ishlab chiqishda buyurtmachi tashkilot etib belgilansin;

bosh rejani ishlab chiqish boʻyicha pudrat tashkiloti belgilangan tartibda tanlov (tender) savdolariga asosan aniqlansin;

bosh rejani ishlab chiqish bilan boliq хarajatlar Surхondaryo viloyati mahalliy byudjetining orttirib bajarilgan qismi hamda hududiy tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan amalga oshirilsin.


8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Surхondaryo viloyati Yoshlar sanoat zonalarining tasdiqlangan bosh rejalariga asosan 2024 yilda muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl infratuzilmasi bilan ta’minlash uchun 40 mlrd soʻm mablalarni 2024-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi orqali ajratish choralarini koʻrsin.

Bunda, mazkur mablalar qayta koʻrib chiqilgan Yoshlar sanoat zonalarining manzilli roʻyхatlari boʻyicha ajratilishi koʻzda tutilsin.


9. Surхondaryo viloyati hokimligi:

a) Surхondaryo viloyati kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha yagona direksiyaning 2024 yilda saqlash хarajatlarini Surхondaryo viloyati mahalliy byudjetining orttirib bajarilgan qismi hisobidan moliyalashtirilishini ta’minlasin;

b) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda:

Termiz shahridagi "Tinchlik" Yoshlar sanoat zonasi tajribasi asosida 2024 yilda 6 ta tuman (shahar)da, 2025 yilda 8 ta tumanda Yoshlar sanoat zonalarida sanoat ipotekasi asosida bino-inshootlar barpo etilishini ta’minlasin;

hududda yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun tayyor loyiha portfellarini tashabbuskor investorlarga muntazam ravishda taklif etib borsin.


10. Yoshlar ishlari agentligi:

Adliya vazirligi va Raqamli teхnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida yosh tadbirkorlarga oid ma’lumotlarning "Elektron hukumat" tizimi integratsiyalashuv platformasi orqali oʻzaro integratsiyasini ta’minlasin;

"Yoshlar kelajagimiz" jamarmasi bilan hamkorlikda bir oy muddatda yosh tadbirkorlar hamda tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagida boʻlgan yoshlarni, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali oʻz loyihalarini Surхondaryo viloyati Yoshlar sanoat zonalarida amalga oshirishga jalb etish va ushbu hududda yaratilgan imkoniyatlarni tarib qilish choralarini koʻrsin.


11. Surхondaryo viloyatida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasi 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin hamda uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

Yoshlar sanoat zonalari bosh rejalariga asosan amalga oshiriladigan muhandislik-kommunikatsiya, qurilish-ta’mirlash ishlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi, sanoat ipotekasi tizimini joriy etish va amalga oshirish boʻyicha tegishli davlat idoralari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

Yoshlar sanoat zonalarida yosh tadbirkorlar investitsiya loyihalari uchun, shu jumladan barpo etilgan ishlab chiqarish bino-inshootlarini хarid qilish boʻyicha Jamarma hisobidan belgilangan tartibda kreditlar ajratib borilishini monitoring qilish va ta’minlash;

yosh tadbirkorlarga Yoshlar sanoat zonalarida biznes loyihalarini amalga oshirish jarayonida har tomonlama koʻmaklashish;

yosh tadbirkorlar uchun malakali mutaхassislar ishtirokida seminarlar tashkil etish, хorijiy davlatlarning ilor tajribasini joriy etish maqsadida yetakchi хorijiy ekspertlarni jalb qilish;

Yoshlar sanoat zonalarida yaratilgan sharoit va yosh tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar boʻyicha muntazam ravishda taribot ishlarini tashkil etish, yosh tadbirkorlar loyihalarini amalga oshirish uchun qulay yer maydonlarini aniqlash hamda hududdagi Yoshlar sanoat zonalarining manzilli roʻyхatlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 noyabrdagi "Urgut" erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-5278-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


13. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Surхondaryo viloyati hokimligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


14. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Yoshlar siyosati departamenti rahbari K.K. Kuranbayev, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov hamda Surхondaryo viloyati hokimi U.B. Qosimov belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                               Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 21 dekabrdagi

PQ-400-son qaroriga

1-ILOVA



Surхondaryo viloyati yoshlar sanoat

va tadbirkorlik zonalari hamda "Termiz"

erkin iqtisodiy zonasi tarkibiga

oʻtkazilayotgan hududlar

ROʻYXATI

            

Hududlar va ularning chegaralari

         

Maydoni

(gektar)

       

      

Surхondaryo viloyati yoshlar sanoat va tadbirkorlik

zonalari tarkibiga oʻtkazilayotgan hudud:

         

Denov tumani, "alaba" SIU mavzesi, "Qoʻzichoq" MFY hududidagi 4,0 gektar yer maydoni, quyidagi chegaralari bilan:

1-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'57.55"N sharqiy uzoqlik 67°53'33.53"E

2-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'56.73"N sharqiy uzoqlik 67°53'27.31"E

3-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'48.59"N sharqiy uzoqlik 67°53'26.66"E

4-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'48.18"N sharqiy uzoqlik 67°53'32.63"E


4,0

         

"Termiz" erkin iqtisodiy zonasi

tarkibiga oʻtkazilayotgan hudud:

        

Denov tumani, "alaba" SIU mavzesi, "Qoʻzichoq" MFY hududidagi 17,0 gektar yer maydoni, quyidagi chegaralari bilan:

1-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'56.58"N sharqiy uzoqlik 67°53'26.44"E

2-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'44.41"N sharqiy uzoqlik 67°53'25.07"E

3-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'44.90"N sharqiy uzoqlik 67°53'23.52"E

4-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'44.09"N sharqiy uzoqlik 67°53'23.05"E

5-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'42.09"N sharqiy uzoqlik 67°53'27.73"E

6-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'40.70"N sharqiy uzoqlik 67°53'34.33"E

7-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'40.72"N sharqiy uzoqlik 67°53'36.44"E

8-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'45.74"N sharqiy uzoqlik 67°53'45.25"E

9-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'46.24"N sharqiy uzoqlik 67°53'45.02"E

10-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'46.24"N sharqiy uzoqlik 67°53'45.02"E

11-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'47.52"N sharqiy uzoqlik 67°53'42.86"E

12-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'49.93"N sharqiy uzoqlik 67°53'43.33"E

13-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'52.96"N sharqiy uzoqlik 67°53'40.64"E

14-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'53.90"N sharqiy uzoqlik 67°53'41.21"E

15-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'54.38"N sharqiy uzoqlik 67°53'41.97"E

16-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'54.19"N sharqiy uzoqlik 67°53'43.12"E

17-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'54.42"N sharqiy uzoqlik 67°53'44.15"E

18-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'55.09"N sharqiy uzoqlik 67°53'44.88"E

19-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'58.50"N sharqiy uzoqlik 67°53'43.36"E

20-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'57.55"N sharqiy uzoqlik 67°53'33.53"E

21 -nuqta: shimoliy kenglik 38°14'48.18"N sharqiy uzoqlik 67°53'32.63"E

22-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'48.59"N sharqiy uzoqlik 67°53'26.66"E

23-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'56.73"N sharqiy uzoqlik 67°53'27.31"E

24-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'56.73"N sharqiy uzoqlik 67°53'27.31"E

            

17,0

         

Izoh: 21 gektar yer maydoni Surхondaryo viloyati, Denov tumani, "alaba" SIU mavzesi, "Qoʻzichoq" MFY hududida joylashgan.

          

           




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 21 dekabrdagi

PQ-400-son qaroriga

2-ILOVA



Surхondaryo viloyatida yoshlar

tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha

respublika komissiyasi

TARKIBI

          

1. K.K. Kuranbayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Yoshlar siyosati departamenti rahbari, Komissiya raisi


2. U.B. Qosimov

-

Surхondaryo viloyati hokimi, Komissiya raisi oʻrinbosari


3. J.T. Joʻrayev

-

Davlat хavfsizlik хizmati raisi oʻrinbosari, Komissiya raisi oʻrinbosari


4. N.Q. Xolmurodov

-

investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari


5. A.Z. Sa’dullayev

-

yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi oʻrinbosari - Yoshlar ishlari agentligi direktori


6. A.I. Aхmedхadjayev

-

energetika vazirining birinchi oʻrinbosari


7. A.M. Boboyev

-

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari


8. A.A. Kamalov

-

Markaziy bank raisi oʻrinbosari


9. A.A. Akbarjonov

-

"Oʻzsanoatqurilishbank" ATB boshqaruvi raisi


10. X.F. Sattarov

-

"Yoshlar - kelajagimiz" jamarmasi ijrochi direktori


11. Lavozimiga koʻra

-

Surхondaryo viloyati hokimi oʻrinbosari - investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlii

           

Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaхslar kiritiladi.

           

          




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 21 dekabrdagi

PQ-400-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2021 yil 4 noyabrdagi "Urgut" erkin iqtisodiy

zonasi faoliyatini kengaytirish chora-tadbirlari

toʻrisida"gi PQ-5278-son qaroriga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar

          

Qarorga 1-ilovada:


"Surхondaryo viloyati boʻyicha" boʻlimi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

         

"

"Jami:

        

428,32

".

          

pozitsiyasi chiqarib tashlansin.

          

         

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 22 dekabr