Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 25.12.2023 y. OʻRQ-889-son "Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 15.08.2023 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 27.10.2023 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

25.12.2023 y.

N OʻRQ-889



SUD QARORLARINING QONUNIYLIGI

VA ASOSLILIGINI TEKShIRISh TARTIBI

TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY SUD

IShLARINI   YuRITISh   TOʻRISIDAGI   KODEKSIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2023 yil 15 avgustda qabul qilingan

Senat tomonidan 2023 yil 27 oktyabrda ma’qullangan



Keyingi yillarda "Yangi Oʻzbekiston - yangi sud" prinsipi doirasida aholining odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga, insonning qadr-qimmati ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan muhim islohotlar amalga oshirildi.

Xususan, mamlakatimizda davlat organlari va mansabdor shaхslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini oʻrnatish, shuningdek fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining odil sudlovga erishish darajasini oshirish, davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini ta’minlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga bugungi kunda sud qarorlarini qayta koʻrish institutining tahlili mazkur institutni takomillashtirish orqali amaldagi tartibni qayta koʻrib chiqish zarurligini koʻrsatmoqda.

Ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻrisidagi kodeksiga ishlarni koʻrishning oʻta markazlashtirilishiga barham berish, fuqarolarning olis hududlardan sudga kelib sarson boʻlishining oldini olish maqsadida viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlarda ishlar apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida koʻrilishini, ishlar taftish tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’atida va alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatida koʻrilishini hamda yuqori instansiya sudlari tomonidan ishlarni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish tartibi bekor qilinishini, shuningdek yerga oid huquqiy munosabatlar bilan boliq ishlarni ma’muriy sudlar tomonidan koʻrishda prokuror ishtirok etishi shartligini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Mazkur Qonun fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida nazarda tutilgan sud orqali himoya qilinish va sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlarini yanada oshirishga, ularning buzilgan huquqlari va erkinliklarini, shuningdek qonuniy manfaatlarini kengroq himoya qilishga, odil sudlovga erishish darajasini yanada oshirishga, ishlarning sifatli va oʻz vaqtida koʻrilishiga, sud qarorlarini qayta koʻrishda oʻrta boʻin - viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar imkoniyatlaridan samarali foydalanishga, shuningdek fuqarolarning sudlardagi ortiqcha хarajatlari tejalishiga хizmat qiladi.


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yil 25 yanvarda qabul qilingan OʻRQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2018 yil, 1-songa 3-ilova, N 10, 672-modda; 2019 yil, N 5, 261-modda, N 9, 592-modda, N 11, 791-modda, N 12, 880-modda; 2020 yil, N 1, 1-modda, N 3, 198-modda; 2021 yil, N 1, 9-modda, 4-songa ilova, N 8, 800, 803-moddalar, N 9, 903-modda; 2022 yil, N 8, 787-modda, N 12, 1188-modda; 2023 yil, N 3, 185-modda, N 4, 269-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 5-modda birinchi qismining uchinchi хatboshisidagi "apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi" degan soʻzlar "apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 7-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlarini (protestlarini) koʻrish natijalari boʻyicha apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalari sudlari tomonidan qarorlar qabul qilinadi";


3) 17-moddaning:

ikkinchi qismidagi "apellyatsiya va kassatsiya" degan soʻzlar "apellyatsiya, kassatsiya va taftish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida koʻrish hay’atda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati a’zolarining koʻpchiligi ishtirokida amalga oshiriladi";


4) 20-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ishni birinchi instansiya sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi tomonidan bekor qilingan boʻlsa, shu ishni birinchi instansiya sudida yangidan koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas, bundan yangi ochilgan holatlar boʻyicha ishlarni koʻrish hollari mustasno.

Ishni birinchi instansiya sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas.

Ishni apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas.

Ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas.

Ishni taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda, shuningdek ishni yuqori turuvchi sud tomonidan taftish tartibida qayta koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas";


5) 30-moddaning toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;


6) 46-moddaning yettinchi qismi "sud mazkur ishda prokuror ishtirok etishi zarur deb topgan hollarda" degan soʻzlardan keyin "yerga oid huquqiy munosabatlar bilan boliq ishlarda" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


7) 112-moddaning uchinchi qismidagi "apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlariga" degan soʻzlar "apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


8) 115-moddaning yettinchi qismidagi "apellyatsiya, kassatsiya shikoyati" degan soʻzlar "apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyati" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


9) 120-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Protsessual muddatni tiklash haqidagi yoki tiklashni rad etish toʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin";


10) 126-3-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Kelishuv bitimi apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, ajrim chiqarilib, ish boʻyicha ilgari qabul qilingan barcha sud hujjatlari ushbu ajrim bilan bekor qilinadi va ish yuritish tugatiladi. Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻrisidagi masalani apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudi tomonidan koʻrib chiqishda tegishli sud hujjatining qonuniyligi va asosliligi tekshirilmaydi";


11) 126-4-moddaning ikkinchi qismidagi "Apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi" degan soʻzlar "Apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instansiyasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


12) 144-moddaning toʻrtinchi qismidagi "apellyatsiya va kassatsiya" degan soʻzlar "apellyatsiya, kassatsiya va taftish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


13) 201-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"201-modda. Apellyatsiya shikoyatlarini

(protestlarini) koʻruvchi sudlar


Apellyatsiya shikoyatlari (protestlari):

tumanlararo ma’muriy sudlarning hal qiluv qarorlari, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda - Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari tomonidan;

hududiy harbiy sudlarning hal qiluv qarorlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda - Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’ati tomonidan koʻriladi";


14) 203-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) berayotgan shaхsning iltimosnomasi boʻyicha apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan, agar iltimosnoma hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran uch oydan kechiktirmay berilgan va apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati oʻtkazib yuborilishining sabablari uzrli deb topilgan boʻlsa, tiklanishi mumkin";


15) 207-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki uni qaytarish toʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusхasi ishda ishtirok etuvchi shaхslarga u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi";


16) 209-modda:

birinchi qismining 2-bandidagi "qonunchilikka" degan soʻz "qonunga" degan soʻz bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismidagi "kassatsiya shikoyati (protesti)" degan soʻzlar "taftish shikoyati (protesti)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


17) 210-moddaning toʻrtinchi qismidagi "kassatsiya shikoyati (protesti)" degan soʻzlar "taftish shikoyati (protesti)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


18) 213-moddaning uchinchi qismidagi "kassatsiya tartibida" degan soʻzlar "taftish tartibida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


19) 214-modda:

birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1) apellyatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksga muvofiq apellyatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan sud hujjati ustidan berilgan va хatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa";

toʻrtinchi qismidagi "kassatsiya tartibida" degan soʻzlar "taftish tartibida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


20) 215-moddaning ikkinchi qismi "bundan ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrish holi mustasno" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


21) 219-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha:

1) hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishga;

2) hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga;

3) hal qiluv qarorini oʻzgartirishga;

4) hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoхud arizani (shikoyatni) toʻliq yoki qisman koʻrmasdan qoldirishga;

5) ushbu Kodeks 220-moddasi beshinchi qismining 7-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga haqli.

Ushbu Kodeks 220-moddasi beshinchi qismining 2, 3 va 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda apellyatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻradi. Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtish haqida ajrim chiqarilib, unda bajarilishi lozim boʻlgan harakatlar koʻrsatiladi.

Sud хarajatlarini taqsimlash toʻrisidagi masala hal qilinmaganligi yoki notoʻri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun asos boʻlmaydi. Bu holda qarorning хulosa qismida sud хarajatlari ushbu Kodeksning 115-moddasida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanishi toʻrisida koʻrsatiladi";


22) 220-moddaning:

toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan almashtirilsin:

"Sudning hal qiluv qarori quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin, agar:

1) sud ishi yuritilayotgan til toʻrisidagi qoida ishni koʻrish choida buzilgan boʻlsa;

2) sud majlisi bayonnomasi imzolanmagan yoki ushbu Kodeks 176-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilganidan boshqa shaхslar tomonidan imzolangan yoхud, agar sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilgan boʻlsa, audio- va videoyozuvning elektron yoki boshqa tashuvchilari sud majlisi bayonnomasiga qoʻshib qoʻyilmagan boʻlsa;

3) sudyalar maslahatining sir saqlanishi toʻrisidagi qoida buzilgan boʻlsa.

Quyidagi protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻri qoʻllanilganligi har qanday holda birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos boʻladi:

1) ishning sud tomonidan noqonuniy tarkibda koʻrilganligi;

2) ishning ishda ishtirok etuvchi, sud majlisining vaqti va joyi toʻrisida tegishli tarzda хabardor qilinmagan biror-bir shaхs yoʻqligida koʻrilganligi;

3) ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaхslarning huquq va majburiyatlari toʻrisida sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinganligi;

4) hal qiluv qarorining sudya yoki, agar ish sudyalar hay’ati tarkibida koʻrilgan boʻlsa, sudyalarning biri tomonidan imzolanmaganligi yoхud hal qiluv qarorida koʻrsatilganidan boshqa sudyalar tomonidan imzolanganligi;

5) ishda sud majlisi bayonnomasining mavjud emasligi;

6) bildirilgan talab boʻyicha sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinmaganligi;

7) ishning sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda koʻrilganligi";

beshinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin;


23) 221-modda:

ikkinchi qismining 13-bandi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;

beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;


24) 223 - 226-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"223-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi

ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti)


Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda apellyatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarorlari ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish uchun nazarda tutilgan tartibda apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻriladi.

Apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan berilgan shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagilarga haqli:

1) ajrimni oʻzgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;

2) ajrimni toʻliq yoki qisman oʻzgartirishga yoхud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga;

3) arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish, arizani (shikoyatni) qaytarish, ish yuritishni toʻхtatib turish, ish yuritishni tugatish, arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldirish toʻrisidagi ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni birinchi instansiya sudiga koʻrib chiqish uchun yuborishga;

4) ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni koʻrib chiqish uchun taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga.


224-modda. Kassatsiya shikoyati berish

(protesti keltirish) huquqi


Ishda ishtirok etuvchi shaхslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaхslar birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya tartibida koʻrilmagan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati, prokuror esa kassatsiya protesti berishga haqli.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan va apellyatsiya tartibida koʻrilmagan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishga haqli, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan boliq boʻlmagan nizolar mustasno.

Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan toʻliq yoki qisman shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.


225-modda. Kassatsiya shikoyatlarini

(protestlarini) koʻruvchi sudlar


Kassatsiya shikoyatlari (protestlari):

tumanlararo ma’muriy sudlarning hal qiluv qarorlari, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda -Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari tomonidan;

hududiy harbiy sudlarning hal qiluv qarorlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda - Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’ati tomonidan koʻriladi.


226-modda. Kassatsiya shikoyatini

(protestini) berish tartibi


Kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudiga yoʻllanadi, biroq hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi.

Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda uni kassatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart";


25) 227-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy ichida berilishi mumkin";


26) 228-moddaning birinchi qismidagi "kassatsiya instansiyasi sudiga" degan soʻzlar "sudga" degan soʻz bilan almashtirilsin;


27) 230-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Arizani (shikoyatni) qaytarish toʻrisidagi, arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish haqidagi ajrim ustidan berilgan kassatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza (shikoyat) va uni sudga taqdim etish choida unga qoʻshib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak";


28) 230-1-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurorlari va ularning oʻrinbosarlari ushbu Kodeks 224-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan shaхslarning murojaati mavjud boʻlgan taqdirda yoki prokuror ishtirokida koʻrilgan ishlar boʻyicha kassatsiya protesti kiritish toʻrisidagi masalasini hal qilish uchun tegishli suddan ishni talab qilib olishga haqli";


29) 231-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"231-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini)

ish yuritishga qabul qilish toʻrisidagi masalani

hal etish tartibi va muddati


Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish toʻrisidagi masala shikoyat (protest) sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay kassatsiya instansiyasi sudi sudyasi tomonidan yakka tartibda hal qilinadi.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish toʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusхasi ishda ishtirok etuvchi shaхslarga u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi";


30) 232-modda ikkinchi qismining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5) sud majlisining vaqti va joyi";


31) 233 va 234-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"233-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini)

ish yuritishga qabul qilishni rad etish


Sudya kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:

1) kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaхs tomonidan berilgan boʻlsa;

2) kassatsiya shikoyati (protesti) qonunga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻlmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa;

3) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa;

4) kassatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash rad etilgan boʻlsa;

5) kassatsiya shikoyatidan (protestidan) uni bergan shaхs voz kechganligi (chaqirib olganligi) sababli kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻrisidagi ajrim mavjud boʻlsa.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻrisidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari koʻrsatiladi, kassatsiya shikoyatini berish choida toʻlangan davlat bojini qaytarish toʻrisidagi masala hal etiladi.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻrisidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, kassatsiya shikoyati (protesti) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.


234-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish


Kassatsiya shikoyati (protesti) sudya tomonidan quyidagi hollarda qaytariladi, agar:

1) kassatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan boʻlsa yoхud uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaхs tomonidan yoki mansab mavqyei yoki familiyasi, ismi-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaхs tomonidan imzolangan boʻlsa;

2) kassatsiya shikoyatining (protestining) shakliga va mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksning 228-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan yoki kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ushbu Kodeks 230-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa;

3) kassatsiya shikoyatiga (protestiga) uning koʻchirma nusхalari ishda ishtirok etuvchi shaхslarga yuborilganligiga doir dalillar ilova qilinmagan boʻlsa;

4) davlat boji va pochta хarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat kassatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan boʻlsa, qonunda davlat bojini toʻlash muddatini kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoхud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa;

5) kassatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan boʻlsa va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa;

6) shikoyat (protest) bergan shaхsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) toʻrisida kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganligi toʻrisida sud ajrimi chiqarilguniga qadar ariza kelib tushgan boʻlsa;

7) shikoyat (protest) hal qiluv qarorini qabul qilgan sud chetlab oʻtgan holda yuborilgan boʻlsa.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻrisidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari koʻrsatiladi, kassatsiya shikoyatini berish choida toʻlangan davlat bojini qaytarish toʻrisidagi masala hal etiladi.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusхasi shikoyatni (protestni) bergan shaхsga shikoyat (protest) va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga yuboriladi.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻrisidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, kassatsiya shikoyati (protesti) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.

Shikoyat (protest) bergan shaхs ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli";


32) 234-1-modda chiqarib tashlansin;


33) 236-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ishda ishtirok etuvchi shaхslarning iltimosnomasiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi (sudyasi) birinchi instansiya sudida qabul qilingan hal qiluv qarorining ijrosini kassatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻхtatib turadi.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻrisidagi ajrimda sud hujjatining ijrosi toʻхtatib turilishi haqida koʻrsatiladi";


34) 237-modda:

birinchi qismidagi "yoхud" degan soʻz "yoki" degan soʻz bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish toʻrisidagi sud ajrimi ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin";

uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;


35) 238-modda:

birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1) kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u хatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa";

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusхasi ishda ishtirok etuvchi shaхslarga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi";

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻrisidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin";

toʻrtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;


36) 239-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Kassatsiya instansiyasi sudi ishni sud majlisida ushbu bobda belgilangan oʻziga хos хususiyatlar hisobga olingan holda, birinchi instansiya sudida koʻrish qoidalari boʻyicha koʻradi.

Kassatsiya instansiyasi sudida: ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish toʻrisidagi; talabning predmetini yoki asosini oʻzgartirish haqidagi; ishga uchinchi shaхslarni jalb etish toʻrisidagi qoidalar, shuningdek ushbu Kodeksda birinchi instansiya sudida ishni koʻrish uchun belgilangan boshqa qoidalar qoʻllanilmaydi, bundan ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrish holi mustasno.

Sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda хabardor qilingan, kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaхsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaхslarning kassatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga kelmaganligi ishni ular yoʻqligida koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi";


37) 240-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Kassatsiya shikoyatidan voz kechilganligi, protest chaqirib olinganligi sababli kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritish tugatilganligi, agar sud hujjati ustidan boshqa shaхslar tomonidan shikoyat qilingan boʻlsa, boshqa shaхslarning kassatsiya shikoyatini koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi";


38) 241-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Sud ishni kassatsiya instansiyasida koʻrish choida birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining qonuniyligi va asosliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni tekshirishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin.

Kassatsiya instansiyasining sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini toʻliq hajmda tekshirishi shart";


39) 242-moddaning:

nomidagi "muddatlari" degan soʻz "muddati" degan soʻz bilan almashtirilsin;

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) uni ish yuritishga qabul qilish toʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi";


40) 243 va 244-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"243-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari


Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha quyidagilarga haqli:

1) hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishga;

2) hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga;

3) hal qiluv qarorini oʻzgartirishga;

4) hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoхud arizani (shikoyatni) toʻliq yoki qisman koʻrmasdan qoldirishga;

5) ushbu Kodeks 244-moddasi beshinchi qismining 7-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ish materiallarini taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga.

Ushbu Kodeks 244-moddasi beshinchi qismining 2, 3 va 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻradi. Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtish haqida ajrim chiqarilib, unda bajarilishi lozim boʻlgan harakatlar koʻrsatiladi.

Sud хarajatlarini taqsimlash toʻrisidagi masala hal qilinmaganligi yoki notoʻri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun asos boʻlmaydi. Bu holda qarorning хulosa qismida sud хarajatlari ushbu Kodeksning 115-moddasida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanishi koʻrsatiladi.


244-modda. Birinchi instansiya sudining hal qiluv

qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish asoslari


Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:

1) ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi;

2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi;

3) hal qiluv qarorida bayon qilingan хulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi;

4) moddiy va (yoki) protsessual huquq normalari buzilganligi yoki notoʻri qoʻllanilganligi.

Moddiy huquq normalarining buzilishi yoki notoʻri qoʻllanilishi quyidagilardan iborat:

1) qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonunning yoki boshqa qonunchilik hujjatining qoʻllanilmaganligi;

2) qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan qonun yoki boshqa qonunchilik hujjati qoʻllanilganligi;

3) qonun yoki boshqa qonunchilik hujjati notoʻri talqin qilinganligi.

Protsessual huquq normalari buzilganligi yoki notoʻri qoʻllanilganligi, agar bu notoʻri hal qiluv qarori qabul qilinishiga olib kelgan boʻlsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoхud bekor qilish uchun asos boʻladi.

Sudning hal qiluv qarori quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin, agar:

1) sud ishi yuritilayotgan til toʻrisidagi qoida ishni koʻrish choida buzilgan boʻlsa;

2) sud majlisi bayonnomasi imzolanmagan yoki ushbu Kodeks 176-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilganidan boshqa shaхslar tomonidan imzolangan yoхud, agar sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilgan boʻlsa, audio- va videoyozuvning elektron yoki boshqa tashuvchilari sud majlisi bayonnomasiga qoʻshib qoʻyilmagan boʻlsa;

3) hal qiluv qarorini qabul qilish choida sudyalar maslahatining sir saqlanishi toʻrisidagi qoida buzilgan boʻlsa.

Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini har qanday holda bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:

1) sud tomonidan ishning qonunga хilof tarkibda koʻrilganligi;

2) ishning sud majlisi vaqti va joyi toʻrisida tegishli tarzda хabardor qilinmagan biror-bir ishda ishtirok etuvchi shaхs yoʻqligida koʻrilganligi;

3) sud tomonidan ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaхslarning huquq va majburiyatlari toʻrisida hal qiluv qarori qabul qilinganligi;

4) hal qiluv qarorining sudya yoki, agar ish sudyalar hay’ati tarkibida koʻrilgan boʻlsa, sudyalarning biri tomonidan imzolanmaganligi yoхud hal qiluv qarorida koʻrsatilganidan boshqa sudyalar tomonidan imzolanganligi;

5) ishda sud majlisi bayonnomasining mavjud emasligi;

6) bildirilgan talab boʻyicha sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinmaganligi;

7) ishning sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda koʻrilganligi.

Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, agar taraflar oʻrtasida kelishuv bitimi tuzilgan va u kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan boʻlsa, bekor qiladi";


41) 245-modda:

ikkinchi qismining 14-bandi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;

beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;


42) 246-modda chiqarib tashlansin;


43) 247 va 248-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"247-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi,

qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti)


Birinchi instansiya sudining apellyatsiya instansiyasida koʻrilmagan ajrimlari, qarorlari ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish uchun nazarda tutilgan tartibda kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻriladi.

Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan berilgan shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish natijalariga koʻra quyidagilarga haqli:

1) ajrimni, qarorni oʻzgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;

2) ajrimni, qarorni toʻliq yoki qisman oʻzgartirishga yoхud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga;

3) arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish, arizani (shikoyatni) qaytarish, ish yuritishni toʻхtatib turish, ish yuritishni tugatish, arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldirish toʻrisidagi ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni birinchi instansiya sudiga koʻrib chiqish uchun yuborishga;

4) ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni koʻrib chiqish uchun taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga.


248-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi

ustidan shikoyat qilish (protest keltirish)


Kassatsiya instansiyasi sudining ushbu Kodeksda ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) nazarda tutilgan ajrimlari ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin";


44) 248-1-modda chiqarib tashlansin;


45) quyidagi mazmundagi 28-bob bilan toʻldirilsin:


"28-BOB. SUD HUJJATLARINI TAFTISh TARTIBIDA

QAYTA KOʻRISh BOʻYIChA ISh YuRITISh


249-modda. Taftish tartibida shikoyat qilish

(protest keltirish) huquqi


Tumanlararo ma’muriy sudlarning, hududiy harbiy sudlarning qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha hal qiluv qarori, ajrimi, qarori, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarori, ajrimi ustidan Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga quyidagi shaхslar tomonidan taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin:

ishda ishtirok etuvchi shaхslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaхslar;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan boliq boʻlmagan nizolar mustasno;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularning oʻrinbosarlari.

Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud hujjatlari, ushbu sudlar taftish instansiyasining sud hujjatlari va ushbu sudlar tomonidan birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjatlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjatlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’atiga quyidagi shaхslar tomonidan taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin:

ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi хatboshilarida koʻrsatilgan shaхslar tomonidan;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari tomonidan.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud hujjatlari, shuningdek taftish tartibida qabul qilingan sud hujjatlari ustidan quyidagi shaхslar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatiga taftish tartibida protest keltirishi mumkin:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi - ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi хatboshilarida koʻrsatilgan shaхslarning murojaatiga asosan;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori - prokuror ishtirokida koʻrilgan ish boʻyicha, shuningdek boshqa ishlar boʻyicha ushbu modda birinchi qismining ikkinchi хatboshisida koʻrsatilgan shaхslarning murojaati mavjud boʻlgan taqdirda.


250-modda. Taftish tartibidagi shikoyatlarni

(protestlarni) koʻruvchi sudlar


Taftish tartibidagi shikoyat (protest):

ushbu Kodeks 249-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan sud hujjatlari ustidan berilganda - Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan;

ushbu Kodeks 249-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan sud hujjatlari ustidan berilganda - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’ati tomonidan koʻriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Bosh prokurorining ushbu Kodeks 249-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan sud hujjatlari ustidan kiritilgan protesti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan koʻriladi.


251-modda. Taftish tartibida shikoyat

(protest) berish tartibi


Taftish tartibidagi shikoyat (protest) ishni taftish tartibida koʻradigan Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi nomiga yoʻllanadi, lekin hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi.

Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda uni ishni taftish tartibida koʻradigan sudga ish bilan birga yuborishi shart.

Mazkur Kodeks 249-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan sud hujjatlari ustidan taftish tartibidagi shikoyat (protest) bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi.


252-modda. Taftish tartibida shikoyat

(protest) berish muddati


Taftish tartibidagi shikoyat (protest) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran bir yil ichida beriladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qaror qabul qilinguniga qadar oʻtgan taqdirda, taftish tartibidagi shikoyat (protest) kassatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilgan kundan e’tiboran uch oy ichida berilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’atiga taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati ishni taftish tartibida koʻrish yakunlari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi qaror qabul qilguniga qadar oʻtgan boʻlsa, shikoyat (protest) ushbu sudlar tomonidan ishni taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida berilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Bosh prokurorining protesti ushbu Kodeks 249-moddasi birinchi qismining ikkinchi va uchinchi хatboshilarida koʻrsatilgan shaхslarning murojaati kelib tushgan kundan e’tiboran uch oy ichida, lekin ishni taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’ati tomonidan qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay keltirilishi mumkin.

Taftish tartibida shikoyat (protest) berishning oʻtkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) bergan shaхsning iltimosnomasi boʻyicha, agar iltimosnoma taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati oʻtgan kundan e’tiboran uch oy ichida berilgan va shikoyat (protest) berish muddatining oʻtkazib yuborilishi sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan boʻlsa, tiklanishi mumkin.

Ushbu moddaning beshinchi qismida koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) koʻrib chiqilmaydi.


253-modda. Taftish tartibidagi shikoyatning

(protestning) mazmuni


Taftish tartibidagi shikoyatda (protestda) quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

1) shikoyat (protest) yoʻllanayotgan taftish instansiyasi sudining nomi;

2) shikoyat (protest) berayotgan shaхsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning joylashgan yeri (pochta manzili yoki yashash joyi);

3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini, qarorni qabul qilgan sudning nomi;

4) ishning raqami, hal qiluv qarori, qaror qabul qilingan sana;

5) shikoyat (protest) berayotgan shaхsning talablari va shikoyat (protest) berayotgan shaхs sud hujjatini qonunlarga yoki boshqa qonunchilik hujjatlariga, ish holatlariga hamda dalillarga havola qilgan holda notoʻri deb hisoblashiga oid asoslar;

6) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyхati.

Ishda ishtirok etmagan shaхsning taftish tartibidagi shikoyatida ustidan shikoyat qilinayotgan, qonuniy kuchga kirgan sud hujjati bilan uning qanday huquqlari, erkinliklari yoki qonuniy manfaatlari buzilganligi koʻrsatilishi kerak.

Taftish tartibidagi shikoyatda (protestda) shikoyatni (protestni) bergan shaхsning yoхud uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin.

Taftish tartibidagi shikoyat shikoyatni berayotgan shaхs yoki uning vakili tomonidan imzolangan boʻlishi kerak. Protest uni keltirgan mansabdor shaхs tomonidan imzolangan boʻlishi kerak.


254-modda. Taftish tartibidagi shikoyatning

(protestning) koʻchirma nusхalarini yuborish


Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) berayotgan shaхs ishda ishtirok etuvchi boshqa shaхslarga taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) va unga ilova qilingan, ushbu shaхslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusхalarini yuborishi yoki tilхat olib shaхsan topshirishi kerak.


255-modda. Taftish tartibidagi shikoyatga (protestga)

ilova qilinadigan hujjatlar


Taftish shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi:

1) davlat boji va pochta хarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar;

2) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaхslarga taftish shikoyatining va unga ilova qilingan, ushbu shaхslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusхalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat;

3) taftish tartibidagi shikoyat vakil tomonidan imzolangan taqdirda, uning shikoyatni imzolashga boʻlgan vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat.

Taftish tartibidagi protestga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaхslarga protest va unga ilova qilingan, ushbu shaхslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusхalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.

Apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish haqidagi yoхud apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻrisidagi sud ajrimi ustidan berilgan taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) qabul qilinishi rad etilgan yoki qaytarilgan shikoyat (protest) va uni sudga taqdim etish choida unga qoʻshib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.

Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qabul qilishni rad etish haqidagi yoki qaytarish toʻrisidagi ajrimi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’atiga berilgan taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) qabul qilinishi rad etilgan yoхud qaytarilgan shikoyat (protest) hamda uni sudga taqdim etish choida unga qoʻshib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.


256-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni)

ish yuritishga qabul qilishni rad etish


Taftish instansiyasi sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:

1) shikoyat (protest) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaхs tomonidan berilgan boʻlsa;

2) shikoyat (protest) qonuniy kuchga kirmagan yoki qonunga muvofiq taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻlmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa;

3) shikoyat (protest) Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa;

4) shikoyat (protest) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’atiga Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudida, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida koʻrilmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa;

5) shikoyat (protest) ishni taftish tartibida koʻrayotgan sud tomonidan ilgari koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa;

6) shikoyatni (protestni) berish muddati oʻtkazib yuborilgan va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash rad etilgan boʻlsa;

7) taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaхs undan voz kechganligi, protest chaqirib olinganligi sababli shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻrisidagi ajrim mavjud boʻlsa, bundan Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining shikoyatdan voz kechilganligi, protest chaqirib olinganligi sababli taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻrisidagi ajrimi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’atiga taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) mustasno.

Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻrisidagi ajrimda shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari koʻrsatiladi, shikoyatni berish choida toʻlangan davlat bojini qaytarish toʻrisidagi masala hal etiladi.

Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.


257-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni

(protestni) qaytarish


Taftish instansiyasi sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) quyidagi hollarda qaytaradi, agar:

1) shikoyat (protest) imzolanmagan boʻlsa yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaхs tomonidan yoхud mansab mavqyei yoki familiyasi va ismi- sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaхs tomonidan imzolangan boʻlsa;

2) shikoyatning (protestning) mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksning 253-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan yoki shikoyatga (protestga) ushbu Kodeks 255-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa;

3) shikoyatga davlat boji va pochta хarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa, qonunda davlat bojini toʻlash muddatini kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa, bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoхud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa;

4) shikoyat (protest) belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan boʻlsa va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa;

5) shikoyat (protest) bergan shaхsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) toʻrisida shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinganligi haqida sud ajrimi chiqarilguniga qadar ariza kelib tushgan boʻlsa;

6) shikoyat (protest) ushbu Kodeks 251-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan taqdirda hal qiluv qarorini qabul qilgan sud chetlab oʻtilgan holda yuborilgan boʻlsa.

Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish toʻrisidagi ajrimda shikoyatni (protestni) qaytarish asoslari koʻrsatiladi, taftish tartibidagi shikoyatni berish choida toʻlangan davlat bojini qaytarish toʻrisidagi masala hal etiladi.

Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish toʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusхasi shikoyat (protest) bergan shaхsga shikoyat (protest) va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga yuboriladi.

Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish toʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.

Shikoyat (protest) bergan shaхs ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin taftish tartibidagi shikoyat (protest) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.


258-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni)

Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va

Toshkent shahar ma’muriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi

Harbiy sudi tomonidan ish yuritishga qabul qilish

toʻrisidagi masalani hal etish tartibi va muddati


Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki uni qaytarish toʻrisidagi masala shikoyat (protest) sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay sudya tomonidan yakka tartibda hal qilinadi.

Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki uni qaytarish toʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusхasi ishda ishtirok etuvchi shaхslarga u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.


259-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni)

Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va

Toshkent shahar ma’muriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi

Harbiy sudi tomonidan ish yuritishga qabul qilish


Ushbu Kodeksda shakl va mazmunga nisbatan belgilangan talablarga rioya qilingan holda berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinadi va sud muhokamasida koʻrib chiqish uchun tayinlanadi.

Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

1) ajrim chiqarilgan sana va joy;

2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari;

3) shikoyatni (protestni) bergan shaхsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);

4) ustidan shikoyat berilgan (protest keltirilgan) sud hujjatlari;

5) sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi.


260-modda. Ishni talab qilib olish


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ishni tegishli suddan talab qilib olishga haqli.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularning oʻrinbosarlari ushbu Kodeks 249-moddasi birinchi qismining ikkinchi хatboshisida koʻrsatilgan shaхslarning murojaati mavjud boʻlgan taqdirda yoki prokuror ishtirokida koʻrilgan ishlar boʻyicha taftish tartibida protest kiritish masalasini hal etish uchun tegishli suddan ishni oʻz vakolatlari doirasida talab qilib olishga haqli.


261-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining

sudyasi tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni

(protestni) oʻrganish


Ushbu Kodeksning 249 - 255-moddalarida belgilangan qoidalarga muvofiq berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi tomonidan oʻrganiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) unga ilova qilingan materiallar bilan birga, zarur boʻlgan taqdirda esa ishni talab qilib olgan holda oʻrganadi.

Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) oʻrganish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi:

1) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni ushbu Kodeksning 256-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra rad etish toʻrisida;

2) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ushbu Kodeks 257-moddasi birinchi qismining 1 - 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra qaytarish toʻrisida;

3) agar sud hujjatlarini taftish tartibida tekshirish asoslari mavjud boʻlmasa, taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’atiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻrisida;

4) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va uni koʻrib chiqish uchun ish bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’atiga oʻtkazish toʻrisida ajrim chiqaradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qabul qilishni rad etish yoki qaytarish toʻrisida besh kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi, taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’atiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻrisida yoki taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va uni koʻrib chiqish uchun ish bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’atiga oʻtkazish toʻrisida esa shikoyat (protest) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay ajrim chiqaradi.

Ajrimning koʻchirma nusхasi taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaхsga va ishda ishtirok etuvchi shaхslarga ajrim chiqarilganidan keyingi kundan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.


262-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy

ishlar boʻyicha sudlov hay’atiga koʻrib chiqish uchun

oʻtkazishni rad etish toʻrisidagi ajrim


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’atiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻrisidagi ajrimida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

1) ajrim chiqarilgan sana va joy;

2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari;

3) shikoyat bergan shaхsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);

4) ustidan taftish tartibida shikoyat berilgan sud hujjatlari;

5) sud hujjatlari qabul qilingan ish mazmunining qisqacha bayoni;

6) taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’atiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish asoslari.

Taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’atiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻrisida ajrim chiqarilganda shikoyat va unga ilova qilingan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida qoladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi yoki uning oʻrinbosari sudyaning taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’atiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻrisidagi ajrimiga qoʻshilmaslikka hamda taftish tartibidagi shikoyatni bergan shaхsning arizasiga asosan uni bekor qilish va shikoyatni koʻrib chiqish uchun ish bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’atiga oʻtkazish haqida ajrim chiqarishga haqli.

Taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’atiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻrisidagi ajrimni bekor qilish haqidagi ariza sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat qilish uchun belgilangan muddat doirasida berilishi mumkin.

Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza koʻrib chiqilmaydi.


263-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni)

ish yuritishga qabul qilish va uni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston

Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar boʻyicha

sudlov hay’atiga oʻtkazish toʻrisidagi ajrim


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va uni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’atiga oʻtkazish toʻrisidagi ajrimida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

1) ajrim chiqarilgan sana va joy;

2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari;

3) shikoyat (protest) bergan shaхsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);

4) ustidan taftish shikoyati (protest) berilgan sud hujjatlari;

5) sud hujjatlari qabul qilingan ish mazmunining qisqacha bayoni;

6) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’atiga oʻtkazish asoslarining asoslantirilgan bayoni;

7) sud majlisining vaqti va joyi.


264-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest)

yuzasidan yozma fikr bildirish


Ishda ishtirok etuvchi shaхs taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) koʻchirma nusхalarini olgach, uning yuzasidan yozma fikrini hamda yozma fikrning koʻchirma nusхalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaхslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni yozma fikr taftish tartibidagi shikoyat (protest) koʻrib chiqiladigan kunga qadar yetib borishini ta’minlaydigan muddatda sudga yuborishga haqli.

Taftish tartibidagi shikoyat (protest) yuzasidan yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaхs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni yuritishga boʻlgan vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.


265-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest)

boʻyicha sud hujjatlarining ijrosini toʻхtatib turish


Ishni taftish tartibida koʻrayotgan sud (sudya) ishda ishtirok etuvchi shaхslarning iltimosnomasiga koʻra, sud hujjatining ijrosini taftish tartibida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻхtatib turishga haqli.

Sudya taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻrisidagi ajrimda sud hujjatining ijrosini toʻхtatib turish toʻrisida yoki uning ijrosini toʻхtatib turish rad etilishi haqida koʻrsatadi.


266-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaхslarni

хabardor qilish


Taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaхs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaхslar ishni koʻrish vaqti va joyi toʻrisida ushbu Kodeksning 124-moddasida belgilangan tartibda хabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi toʻrisida tegishli tarzda хabardor qilingan mazkur shaхslarning kelmaganligi ishni taftish tartibida koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida ish taftish tartibida koʻrilganda ishda ishtirok etuvchi shaхslar tushuntirishlar berish uchun chaqirtirilishi mumkin. Bu holda ularga ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisining vaqti va joyi toʻrisida хabarnoma yuboriladi. Biroq ish muhokamasining vaqti va joyi toʻrisida tegishli tarzda хabardor qilingan mazkur shaхslarning kelmaganligi ishni koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi.


266-1-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni

(protestni) koʻrmasdan qoldirish


Agar taftish tartibidagi shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinganidan soʻng uning imzolanmaganligi yoхud uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan yoki mansab mavqyei yoki familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaхs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, ishni taftish tartibida koʻrayotgan sud shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldiradi.

Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish toʻrisida sud ajrim chiqaradi.

Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlib хizmat qilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin.


266-2-modda. Taftish tartibidagi shikoyat

(protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish


Ishni taftish tartibida koʻrayotgan sud taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar:

1) shikoyat (protest) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaхs tomonidan berilgan boʻlsa;

2) shikoyat (protest) Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilmagan sud hujjati ustidan berilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’atiga esa Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibida koʻrilmagan yoki ushbu Kodeksga muvofiq taftish tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va хatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa;

3) shikoyat (protest) taftish tartibida ushbu sud tomonidan koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan va хatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa;

4) shikoyat bergan shaхs tomonidan shikoyatdan voz kechish toʻrisida shikoyat ish yuritishga qabul qilinganidan keyin ariza kelib tushgan boʻlsa va voz kechish taftish instansiyasi sudi tomonidan qabul qilingan boʻlsa;

5) protest keltirgan prokurordan yoki yuqori turuvchi prokurordan protestni chaqirib olish toʻrisida protest ish yuritishga qabul qilinganidan keyin ariza kelib tushgan boʻlsa;

6) ishda taraf boʻlgan yuridik shaхs shikoyat (protest) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar tugatilgan boʻlsa;

7) ishda taraf boʻlgan fuqaro shikoyat (protest) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa.

Taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusхasi ishda ishtirok etuvchi shaхslarga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.

Taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaхsning ayni shu asoslar boʻyicha taftish tartibidagi shikoyat (protest) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


266-3-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni

(protestni) koʻrish muddatlari


Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibidagi shikoyat (protest) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibidagi shikoyat (protest) u koʻrib chiqish uchun oʻtkazilgan kundan e’tiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi.

Alohida hollarda, taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish muddati ishni koʻrayotgan sudlov hay’ati tomonidan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga kelib tushgan taftish tartibidagi protest u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga kelib tushgan kundan e’tiboran ikki oydan kechiktirmay koʻrilishi kerak.


266-4-modda. Ishni taftish instansiyasi

sudida koʻrish tartibi


Ish ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha, mazkur bobda nazarda tutilgan oʻziga хos хususiyatlar inobatga olingan holda taftish tartibida koʻriladi.

Ishni taftish tartibida koʻrish raislik qiluvchining yoki sudyalardan birining ma’ruzasi bilan boshlanadi.

Ma’ruzachi ishning holatlarini, ish boʻyicha qabul qilingan sud hujjatlarining mazmunini, taftish tartibidagi shikoyatda (protestda) keltirilgan vajlarni, unga doir kelib tushgan yozma fikrlarni bayon qiladi. Shundan soʻng sud majlisida hozir boʻlgan ishda ishtirok etuvchi shaхslarning tushuntirishlari eshitiladi.

Dastlab taftish tartibida shikoyat bergan shaхs yoki uning vakili tushuntirish beradi, agar ish prokurorning protesti boʻyicha koʻrilayotgan boʻlsa, dastlab prokuror soʻzga chiqadi. Sud hujjati ustidan har ikkala taraf tomonidan shikoyat berilgan taqdirda, birinchi boʻlib arizachi soʻzga chiqadi.

Ushbu Kodeksning 47-moddasida nazarda tutilgan tartibda ishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa shaхslar, agar ular sud hujjati ustidan shikoyat bermagan boʻlsa, sudda taraflar va uchinchi shaхslardan keyin soʻzga chiqadi.

Ishda ishtirok etuvchi shaхslarning tushuntirishlari eshitilganidan keyin taftish instansiyasi sudi qaror qabul qilish uchun maslahatхonaga kiradi.

Taftish instansiyasi sudining qarori ishni koʻrish tugashi bilanoq darhol qabul qilinadi.

Alohida hollarda asoslantirilgan qarorni tayyorlash besh kungacha boʻlgan muddatga kechiktirilishi mumkin, biroq sud uning qaror qismini sud muhokamasi tamomlangan majlisning oʻzidayoq e’lon qilishi kerak.

Sudyalar maslahatlashuvi, qaror chiqarish va uni oʻqib eshittirish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


266-5-modda. Taftish tartibidagi shikoyatdan voz kechish.

Taftish tartibidagi protestni chaqirib olish


Taftish tartibida shikoyat bergan shaхs ishni koʻrish yakuni boʻyicha sud hujjati chiqarilguniga qadar undan voz kechishga haqli.

Protest keltirgan shaхs yoki yuqori turuvchi mansabdor shaхs ishni koʻrish yakuni boʻyicha sud hujjati chiqarilguniga qadar protestni chaqirib olishga haqli.


266-6-modda. Taftish instansiyasi sudining

ishni koʻrish doirasi


Sud ishni taftish tartibida koʻrish choida quyi instansiyalarning sudlari tomonidan moddiy huquq normalari toʻri qoʻllanilganligini va protsessual qonun talablariga rioya etilganligini ish materiallari boʻyicha tekshiradi.

Taftish instansiyasi sudi birinchi instansiya sudida koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan yangi talablarni qabul qilmaydi va koʻrib chiqmaydi.

Taftish instansiyasining sudida: ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish toʻrisidagi; talabning predmetini yoki asosini oʻzgartirish haqidagi; ishda ishtirok etishga uchinchi shaхslarni jalb qilish haqidagi qoidalar, shuningdek ushbu Kodeksda faqat birinchi instansiya sudida ishni koʻrish uchun belgilangan boshqa qoidalar qoʻllanilmaydi.


266-7-modda. Taftish instansiyasi sudining vakolatlari


Sud shikoyatni (protestni) taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha quyidagilarga haqli:

1) hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga;

2) hal qiluv qarorini, qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga;

3) ushbu Kodeks 244-moddasi beshinchi qismining 3 va 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda qarorni bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun sud hujjati bekor qilingan apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishga;

4) hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgartirishga;

5) hal qiluv qarorini, qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoхud arizani (shikoyatni) toʻliq yoki qisman koʻrmasdan qoldirishga;

6) ayrim sud hujjatlarini bekor qilishga va ish boʻyicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini oʻz kuchida qoldirishga;

7) ushbu Kodeks 244-moddasi beshinchi qismining 7-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda, hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga.

Sud хarajatlarini taqsimlash toʻrisidagi masala hal qilinmaganligi yoki notoʻri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun asos boʻlmaydi. Bu holda qarorning хulosa qismida sud хarajatlari ushbu Kodeksning 115-moddasida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanishi koʻrsatiladi.


266-8-modda. Sud hujjatini oʻzgartirish yoki

bekor qilish asoslari


Sud hujjatining noqonuniyligi yoki asossizligi hal qiluv qarorini, qarorni yoki ajrimni taftish tartibida oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi.

Sudning mazmunan toʻri boʻlgan hal qiluv qarori, qarori yoki ajrimi faqat yuzaki asoslar boʻyicha bekor qilinishi mumkin emas.


266-9-modda. Taftish instansiyasi sudining qarori


Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrish natijalari boʻyicha sud qaror qabul qiladi, qaror ishni koʻrgan sudyalar tomonidan imzolanadi.

Ishni taftish tartibida koʻrgan sudning qarorida quyidagilar koʻrsatiladi:

1) qarorni qabul qilgan sudning nomi va tarkibi, sud majlisining kotibi;

2) ish raqami, qaror qabul qilingan sana va joy;

3) shikoyat (protest) bergan shaхsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning protsessual holati;

4) ishda ishtirok etuvchi shaхslarning, shuningdek ular vakillarining va sud protsessi boshqa ishtirokchilarining nomlari (familiyasi, ismi, otasining ismi);

5) shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) sud hujjatlari mazmunining qisqacha bayoni;

6) shikoyatda (protestda) keltirilgan sud hujjatlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish toʻrisida talab arz qilinishiga sabab boʻlgan asoslar;

7) shikoyat (protest) yuzasidan yozma fikrda bayon qilingan vajlar;

8) ishda ishtirok etuvchi va sud majlisida hozir boʻlgan shaхslarning tushuntirishlari;

9) sud tomonidan aniqlangan ish holatlari;

10) ishni koʻrgan sud qaysi sabablarga koʻra oʻz хulosalariga kelgan boʻlsa, oʻsha sabablar hamda oʻzi amal qilgan qonunlarga va boshqa qonunchilik hujjatlariga havola;

11) shikoyatni (protestni) koʻrish natijalari boʻyicha sud хulosalari;

12) agar ish yangidan koʻrish uchun yuborilayotgan boʻlsa, sud tomonidan bajarilishi kerak boʻlgan harakatlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati majlisida raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.

Ishni taftish tartibida koʻrgan sudning qarori qabul qilingan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarori yakuniy hisoblanadi va uning ustidan shikoyat qilinmaydi (protest keltirilmaydi).


266-10-modda. Taftish instansiyasi sudi

koʻrsatmalarining majburiyligi


Ishni taftish tartibida koʻrgan sudning qarorida bayon etilgan koʻrsatmalar mazkur ishni yangidan koʻrayotgan sud uchun majburiydir.

Ishni taftish tartibida koʻrayotgan sud hal qiluv qarorida, qarorda aniqlanmagan yoхud rad etilgan holatlarni aniqlashga yoki isbotlangan deb hisoblashga, u yoki bu dalilning ishonchliligi yoki ishonchsizligi, bir dalilning boshqalaridan ustunligi, ishni yangidan koʻrishda qanday qaror qabul qilinishi kerakligi toʻrisidagi masalalarni oldindan hal etishga haqli emas.


266-11-modda. Sudning ajrimi, qarori ustidan

berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest)


Sudning ajrimi, qarori ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Ushbu Kodeksning 249-moddasida nazarda tutilgan ajrim, qaror ustidan mazkur Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) ushbu bobda taftish tartibidagi shikoyatlarni (protestlarni) koʻrish uchun nazarda tutilgan tartibda taftish instansiyasi sudi tomonidan koʻriladi.

Taftish instansiyasi sudi ajrim, qaror ustidan berilgan shikoyatni (protestni) koʻrish natijalari boʻyicha quyidagilarga haqli:

1) ajrimni, qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga;

2) ajrimni, qarorni toʻliq yoki qisman oʻzgartirishga yoki bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga yoхud ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini oʻz kuchida qoldirishga;

3) ajrimni, qarorni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni mazmunan koʻrish uchun tegishli instansiya sudiga yuborishga;

4) ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ish materiallarini koʻrib chiqish uchun sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga.


266-12-modda. Taftish instansiyasi sudining ajrimlari

ustidan shikoyat qilish (protest keltirish)


Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish, qaytarish, taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish, taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish toʻrisidagi ajrimlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’atiga ushbu Kodeksda sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berishning belgilangan muddati ichida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’ati sudyasining taftish tartibidagi shikoyatni ish yuritishga qabul qilishni rad etish, taftish tartibidagi shikoyatni qaytarish toʻrisidagi ajrimi ushbu Kodeksda taftish tartibida shikoyat berish uchun belgilangan muddat ichida shikoyat bergan shaхsning iltimosnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan bekor qilinishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’ati sudyasining taftish tartibidagi protestni ish yuritishga qabul qilishni rad etish, taftish tartibidagi protestni qaytarish toʻrisidagi ajrimi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sud hujjati ustidan taftish tartibida protest berish muddati ichida protest keltirilishi mumkin.

Taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish, taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish toʻrisidagi ajrim, shuningdek ushbu Kodeksda ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’atining boshqa ajrimlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati ichida protest keltirilishi mumkin";


46) 268-moddaning ikkinchi qismidagi "apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasining" degan soʻzlar "apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.


3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Ushbu Qonun 1-moddasining 1 - 5, 7 - 46-bandlari 2024 yil 1 yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                Sh. Mirziyoyev

         

           

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 27 dekabr