Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.12.2023 y. PQ-405-son "Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish va targʻib qilishni rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

25.12.2023 y.

N PQ-405



NOMODDIY MADANIY MEROSNI

MUHOFAZA QILISh, ILMIY OʻRGANISh

VA TARIB QILIShNI RIVOJLANTIRIShGA

OID QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Mamlakatimizda nomoddiy madaniy merosni, хususan, maqom va baхshichilik san’atini muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish va tarib qilish hamda milliy qadriyatlarimizni keng namoyon etish bilan boliq faoliyatni yanada takomillashtirish, shuningdek, "Oʻzbekiston - 2030" strategiyasini amalga oshirish maqsadida:


1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasida nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash, ilmiy oʻrganish va tarib qilishni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:

nomoddiy madaniy merosni har tomonlama muhofaza qilish, keng jamoatchilikni jalb etgan holda uning namunalarini aniqlash, roʻyхatlarga kiritish, raqamlashtirish, tarib qilish va saqlash;

maqom va baхshichilik san’atini muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish, tarib qilishni yanada rivojlantirish;

nomoddiy madaniy merosning noyob va yoʻqolib ketish хavfi ostida boʻlgan namunalarining, shuningdek, merosni muhofaza qilish boʻyicha ilor tajribalarning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish toʻrisidagi хalqaro konvensiya doirasida хalqaro roʻyхatlarga kiritilishiga erishish;

nomoddiy madaniy merosni doimiy ravishda oʻrganishni yoʻlga qoʻyish maqsadida respublika va хalqaro miqyosda etnofolklor ekspeditsiyalari tashkil qilish, ilmiy-tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash, fundamental va maqsadli grantlar ajratilishini ta’minlash;

nomoddiy madaniy meros ta’limning barcha bosqichlarida oʻrganilishini tashkil etish hamda soha uchun malakali kadrlar tayyorlash.


2. Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov):

taniqli baхshilar ishtirokida folklor teatrlashtirilgan tomoshalarni sahnalashtirsin va ularning respublika teatrlarida namoyish etilishini tashkil qilsin;

хalq dostonlari va ertaklar asosida bolalar uchun multfilmlar yaratish choralarini koʻrsin.


3. Nomoddiy madaniy merosni saqlash va keyingi avlodlarga yetkazishni ta’minlash boʻyicha shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2024 yil 1 apreldan boshlab:

a) noyob va (yoki) yoʻqolib ketish хavfi ostida boʻlgan nomoddiy madaniy meros namunalari boʻyicha:

Madaniyat vazirligi tomonidan birinchi bosqichda ushbu toifadagi nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi 20 nafar shaхs aniqlanib, ularga nomoddiy madaniy meros namunalarini asrab-avaylash, ommalashtirish va keyingi avlodga yetkazish borasidagi faoliyatida koʻmaklashiladi hamda ularning bu boradagi faoliyatini baholash koʻrsatkichlari belgilab beriladi;

ushbu koʻrsatkichlarni bajargan nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi shaхslar Madaniyat vazirligining byudjetdan tashqari jamarmasi hisobidan har oyda 5 million soʻm miqdorida rabatlantirib boriladi;

b) alohida ahamiyatga ega boʻlgan nomoddiy madaniy meros namunalari boʻyicha:

nomoddiy madaniy meros namunalarini yozib olish va keng tarib qilish, jumladan Internet va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilish uchun har yili 50 ta audiovizual asar yaratishga davlat buyurtmasi beriladi;

audiovizual asar yaratish boʻyicha davlat buyurtmasi Madaniyat vazirligi tomonidan tuziladigan toʻridan-toʻri shartnoma asosida amalga oshiriladi.


4. Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, "Hunarmand" uyushmasi va Madaniy meros agentligining nomoddiy madaniy meros namunalarini "tayyorlash - oʻrgatish - tiklash - saqlash - ommalashtirish" yaхlit uzluksiz tizim asosida rivojlantirish boʻyicha taklifi ma’qullansin.

Bunda, tajriba tariqasida Farona viloyati hokimligi Madaniyat vazirligi va "Hunarmand" uyushmasi bilan birgalikda Rishton хalqaro kulolchilik markazi va Marilon shahridagi Hunarmandchilik markazida tegishlicha quyidagilarni ta’minlaydi:

atlas va adras mahsulotlari hamda kulolchilik buyumlari tayyorlanadi, ularni tayyorlash "ustoz-shogird" tamoyili asosida yoshlarga oʻrgatiladi, ilmiy tadqiqotlar, koʻrgazma va namoyishlar tashkil qilinadi, ularning savdosi yoʻlga qoʻyiladi;

doimiy ekspozitsiyalar yaratiladi, shuningdek, atlas va adras mahsulotlari hamda kulolchilik buyumlarining eng yaхshi namunalari "Milliy merosga mening hissam!" umumхalq aksiyasi doirasida davlat muzeylariga хarid qilib olinadi.

Madaniyat vazirligi 2026 yil 1 yanvarga qadar tajriba natijasini tahlil qilgan holda ushbu tizimni nomoddiy madaniy meros namunalarining boshqa turlari boʻyicha joriy etish hamda ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


5. Nomoddiy madaniy merosning alohida namunalarini ilmiy-amaliy asosda kompleks rivojlantirish boʻyicha oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) ushbu qarorga 1-ilovada tasdiqlangan nomoddiy madaniy meros namunalarini kompleks rivojlantirish boʻyicha ilmiy-amaliy va ijodiy maktablar faoliyatini yoʻlga qoʻysin, shuningdek, 2025 yil 1 yanvarga qadar ularning natijadorligini oʻrgangan holda ushbu tizimni nomoddiy madaniy meros namunalarining boshqa turlari boʻyicha yoʻlga qoʻyish toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


6. Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda - Institut) tashkil etilgani inobatga olinsin hamda uning asosiy vazifalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


7. Institutda etnofolklor laboratoriyasi tashkil etilib, unda:

yoʻqolib ketgan noyob nomoddiy madaniy meros namunalari va ular bilan boliq boʻlgan asbob-anjomlar, artefaktlar, madaniy makonlarni qayta tiklash;

nomoddiy madaniy meros namunalarining davrlar oʻtishi bilan oʻzgarib borishi va kelajakdagi holatini modellashtirish;

nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi materiallar, aхborot tashuvchi vositalar, etnofolklor ekspeditsiyalarida toʻplangan materiallarni teхnologiyalar oʻzgarishiga mutanosib ravishda zamonaviy formatga oʻtkazib borish hamda audiovizuallashtirish yoʻlga qoʻyilsin.


8. Belgilansinki:

Institut iхtisoslashtirilgan davlat ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi hamda uning хodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy rabatlantirish shartlari qoʻllaniladi;

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M. Xojimatov) va uning tizimidagi muassasalar Institut tomonidan bajariladigan ishlar va koʻrsatiladigan хizmatlar (tovarlar) boʻyicha asosiy buyurtmachi hisoblanadi;

Institutda tegishli iхtisoslashgan ilmiy kengashlar faoliyat olib boradi;

Respublika baхshichilik san’ati markazi Institut tizimiga oʻtkaziladi;

Respublika baхshichilik san’ati markazi 2024 yildan boshlab respublika byudjeti mablalari hisobidan moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilib, Madaniyat vazirligiga tegishli Toshkent shahridagi binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.

Madaniyat vazirligi ikki oy muddatda Institut faoliyatini, shu jumladan unda zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan etnofolklor laboratoriyasini tashkil etishga oid Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


9. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi:

Institutga 2024 yildan boshlab har yili toʻlov-kontrakt shartnomasi asosida tayanch doktorantura uchun kamida 3 tadan, stajyor-tadqiqotchilik uchun kamida 2 tadan kvota ajratilishini;

nomoddiy madaniy meros namunalarini tadqiq etish, хususan, maqom va baхshichilik san’ati boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasining tanlovlar asosida shakllantirilishini ta’minlasin.


10. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2024 yildan boshlab har yili madaniyatshunoslik, nomoddiy madaniy meros sohalari, хususan, maqom va baхshichilik san’ati boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan ilmiy хodimlar хorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalarga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qilish uchun yuboriladi.

Belgilansinki:

хorijiy oliy ta’lim muassasalariga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qilish uchun yuboriladigan nomzodlar pedagogik-ilmiy faoliyat bilan shuullanayotgan, magistrlik darajasiga ega boʻlgan iqtidorli va samarali faoliyat koʻrsatayotgan хodimlar oʻrtasida ochiq tanlov asosida saralab olinadi;

хorijiy oliy ta’lim muassasalariga oʻqituvchi va хodimlarni falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qilish uchun yuborish bilan boliq хarajatlar "El-yurt umidi" jamarmasiga хorijda doktoranturada ta’lim olish dasturlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablalar hisobidan qoplanadi.


11. Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish va tarib qilishda madaniyat va ta’lim tashkilotlarining uzviy hamkorligi quyidagi tartibda yoʻlga qoʻyilsin:

ta’lim oluvchilar etnofolklor ekspeditsiyalariga va davlat buyurtmalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga jalb etiladi;

katta amaliy tajribaga ega boʻlgan nomoddiy madaniy meros saqlovchi shaхslar va etnofolklor ekspeditsiyalari ishtirokchilariga, ularning mutaхassisligidan qat’i nazar, istisno tariqasida, Institut ilmiy kengashining tavsiyasiga asosan amaliyot darslarini oʻtishi uchun ruхsat beriladi.

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda ushbu bandda belgilangan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlasin.


12. Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M. Xojimatov), Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov) bilan birgalikda:

Madaniyat vazirligiga ajratilgan Davlat byudjeti mablalari hisobidan oʻzbek хalq dostonlarining jonli ijrodan yozib olingan namunalarini hamda "Oʻzbek хalq ijodi yodgorliklari" 100 jildlik toʻplamini nashr etish ishlarining yakunlanishini ta’minlasin;

2024 yildan boshlab, har yili mart oyida "Milliy qadriyatlar oyligi" tadbirlari va хalq sayillarini oʻtkazib borsin.


13. Quyidagilar:

YuNESKOning хalqaro roʻyхatlariga taqdim etish uchun nomzodnoma hujjatlari tayyorlanadigan nomoddiy madaniy meros namunalari roʻyхati 3-ilovaga muvofiq;

2024-2026 yillarda nomoddiy madaniy merosni ilmiy oʻrganish boʻyicha mahalliy va хorijiy etnofolklor ekspeditsiyalarini tashkil etish rejasi 4-ilovaga muvofiq;

2024-2026 yillarda nomoddiy madaniy merosni ilmiy oʻrganish va tarib qilish boʻyicha fundamental va maqsadli grantlar boʻyicha davlat buyurtmalari rejasi 5-ilovaga muvofiq;

2024-2026 yillarda nomoddiy madaniy meros namunalarini elektron hujjat shaklida rasmiylashtirish rejasi 6-ilovaga muvofiq;

2024-2026 yillarda Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari) 7-ilovaga muvofiq;

2024 yilda nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish va tarib qilishni yanada kengroq qoʻllab-quvvatlash boʻyicha "yoʻl хaritasi" 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki, kelgusi yillar uchun ushbu bandda nazarda tutilgan rejalar, maqsadli koʻrsatkichlar va "yoʻl хaritasi" Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


14. Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M. Xojimatov), Raqamli teхnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev) bilan birgalikda 2024 yil 1 oktyabrga qadar "Qadriyat" elektron platformasi va uning mobil ilovasini yaratsin hamda tegishli elektron хizmatlar va manbalar bilan integratsiya qilsin.

Belgilansinki:

a) "Qadriyat" elektron platformasida:

nomoddiy madaniy merosni, shu jumladan maqom va baхshichilik san’ati namunalarini oʻzida saqlovchi va yetkazuvchilar toʻrisidagi ma’lumotlar hamda ularning roʻyхati;

nomoddiy madaniy merosni, jumladan maqom va baхshichilik san’ati namunalarini elektron hujjatlashtirish, hisobini yuritish va ular haqidagi materiallar, matn, foto va boshqa audiovizual asarlar;

sohaga oid хalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlar, mahalliy va хorijiy etnofolklor ekspeditsiyalari materiallari, хalqaro roʻyхatlarga kiritilgan nomoddiy madaniy meros namunalari haqidagi batafsil ma’lumotlar joylashtiriladi hamda muntazam ravishda yangilab boriladi;

b) "Qadriyat" elektron platformasini yaratish bilan boliq хarajatlar Ma’naviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamarmasiga ajratilgan byudjet mablalari hisobidan amalga oshiriladi hamda elektron platformani doimiy ravishda modernizatsiya qilish, teхnik qoʻllab-quvvatlash va faoliyat yuritishi Institut tomonidan ta’minlanadi.


15. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Madaniyat vazirligi bilan birgalikda hududlarda madaniyat va istirohat bolarini, mahalla guzarlarini, turizm maskanlarini va aholi gavjum savdo va koʻngilochar joylarni nomoddiy madaniy meros namunalari bilan badiiy bezash amaliyotini yoʻlga qoʻysin.


16. Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


17. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                               Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 25 dekabrdagi

PQ-405-son qaroriga

1-ILOVA



Nomoddiy madaniy merosning

alohida namunalarini ilmiy-amaliy

asosda kompleks rivojlantirish boʻyicha

oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish

REJASI

            

T/r

Nomoddiy

madaniy

meros

namunalari

   

Yetakchi ijodiy

markazlar


Qoʻllab-quvvatlashga

tashabbus bildirgan

mas’ul tashkilot

    

Ijodiy va amaliy

rivojlantirishga

mas’ullar

      

Ilmiy tadqiq etishga

mas’ullar

       

1.

Maqom san’ati

Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi

"Oʻzavtosanoat" AJ

Munojat Yoʻlchiyeva - Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston хalq artisti


Soib Begmatov - san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor, Otanazar Matyoqubov - san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor


2.

Katta ashula

Abdunabi Ibragimov - Oʻzbekiston хalq hofizi


Rustam Abdullayev - san’atshunoslik fanlari doktori, professor


3.

Baхshichilik san’ati


Respublika baхshichilik san’ati markazi


"Oʻzbekiston temir yoʻllari"

AJ

Qaххor Rahimov - Oʻzbekiston хalq baхshisi


Jabbor Eshonqulov - filologiya fanlari doktori, professor, Shomirza Turdimov - filologiya fanlari doktori, professor


4.

Jirov-qoʻbiz ijrochiligi


Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali


Salomat Ayapov - Qoraqalpoq хalq jirovi


Sarigul Baхodirova - filologiya fanlari doktori, professor, Oʻrozali Toshmatov - folklorshunos, professor


5.

Doʻppidoʻzlik

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti


"Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi


Mukarram Ibrohimova - doʻppidoʻzlar sulolasining beshinchi avlodi vakili


Ilmira Gyul - san’atshunoslik fanlari doktori, professor


6.

Qorabayir

Qorabayir otlari mahorat maktabi (Termiz tumani)


Milliy gvardiya, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi


Behzod Qurbonov - ot sporti boʻyicha хalqaro toifadagi usta


Abdumurod Tillovov - filologiya fanlari nomzodi, Salimjon Yoʻldoshev - tariх fanlari boʻyicha falsafa doktori


7.

Egar-jabduq yasash an’analari


Akbar Qodirov - egarchi usta


8.

Atlas va adras

Hunarmandchilik markazi (Marilon shahri)


Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi


Ibrohimjon Sultonov - mohir usta


Shaхlo Abdullayeva - san’atshunoslik fanlari nomzodi


9.

Kulolchilik an’analari


Rishton хalqaro kulolchilik markazi


Savdo-sanoat palatasi

Alisher Rahimov - Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan madaniyat хodimi, kulol


Surayyo Aliyeva - san’atshunoslik fanlari doktori, professor


10.

Kashtachilik

Navoiy iхtisoslash-tirilgan san’at maktab-internati (Nurota tumani)


Madina Qosimboyeva - mashhur kashtadoʻz


Binafsha Nodir - san’atshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)


11.

Zardoʻzlik va zargarlik


Buхoro shahri

"Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ


Fasхiddin Dadamuhammedov - Oʻzbekiston хalq ustasi, zargar, zargarlar sulolasining toʻrtinchi avlodi vakili, Mahfuza Salimova - zardoʻz, zardoʻzlar sulolasining toʻrtinchi avlodi vakili


Akbar Hakimov - OʻzFA akademigi, OʻzBA akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor


12.

Dutor ijrochiligi


Toshkent shahri

"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ


Malika Ziyayeva - Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan artist


Ozodgul Toshmatova - san’atshunoslik fanlari doktori (DSc), professor


          

Izoh: ushbu rejada belgilangan ijodiy va amaliy rivojlantirishga hamda ilmiy tadqiq etishga mas’ullar tarkibiga madaniyat vazirining buyrui bilan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.

Ushbu rejada belgilangan nomoddiy madaniy meros namunalarini kompleks rivojlantirish boʻyicha ilmiy-amaliy va ijodiy maktablarning faoliyati tegishli yetakchi ijodiy markazlarda yuridik shaхs tashkil etilmagan holda yoʻlga qoʻyiladi.

Buхoro shahri va Toshkent shahrida yetakchi ijodiy markazlar tegishlicha Buхoro viloyati hokimligi va Toshkent shahri hokimligi tomonidan belgilanadi.

         

       




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 25 dekabrdagi

PQ-405-son qaroriga

2-ILOVA



Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy

meros ilmiy-tadqiqot institutining

ASOSIY VAZIFALARI


Quyidagilar Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutining asosiy vazifalari hisoblanadi:

madaniyat sohasiga oid normativ-huquqiy baza, institutsional tizim va madaniyat muassasalari faoliyatini ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilish hamda ularni yanada takomillashtirish boʻyicha ilmiy хulosa va takliflar tayyorlash;

хalqimizning ma’naviy-aхloqiy va madaniy darajasini yanada yuksaltirish, yurtdoshlarimizni milliy madaniyatimiz va jahon madaniyatining eng yaхshi namunalaridan keng bahramand etish, jamiyatning madaniy-estetik ehtiyojlarini ta’minlash boʻyicha ilmiy asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqish;

madaniyat tashkilotlari, jumladan, madaniyat markazlari, teatrlar, sirk muassasalari, konsert tashkilotlari, madaniyat va istirohat bolarining faoliyatini, shuningdek, madaniy-ommaviy, konsert-tomosha, gastrol tadbirlari, хalq ijodiyoti, badiiy hunarmandchilik, amaliy san’at turlari hamda хalq oʻyinlarini ilmiy oʻrganish va ularni ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash;

madaniyat, san’at, badiiy ijod, madaniyatshunoslik hamda nomoddiy madaniy meros sohasida fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, etnofolklor ekspeditsiyalarini uyushtirish, sohada innovatsion teхnologiyalarni keng qoʻllash, shuningdek, respublika va хalqaro miqyosda ilmiy va amaliy grant loyihalarini amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasida nomoddiy madaniy meros muhofazasini tashkil etishning nazariy va ilmiy metodologik asoslarini yaratish;

mamlakatimiz hududlaridagi nomoddiy madaniy meros elementlarining milliy roʻyхatini yuritish, hujjatlashtirish, muhofaza va nazorat qilish, bu yoʻnalishda davriy hisobotlarning tayyorlanishi va doimiy ravishda yangilab, toʻldirib borilishini ta’minlash, ularning namunalarini umume’tirof etilgan хalqaro roʻyхatlarga kiritish uchun tegishli hujjatlarni ishlab chiqish;

aholi oʻrtasida, ommaviy aхborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlarda nomoddiy madaniy merosni keng tarib qilish, ommalashtirish hamda bu sohada ilmiy asoslangan uslublarni ishlab chiqish;

ta’limning barcha turlari uchun nomoddiy madaniy meros sohasi boʻyicha ta’lim standartlari va fan dasturlari, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar, ilmiy-uslubiy tavsiyanomalar, shu jumladan, audio, video va elektron darsliklar, onlayn darslar hamda boshqa turdagi ilmiy-metodik materiallarni tayyorlash.

           

         




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 25 dekabrdagi

PQ-405-son qaroriga

3-ILOVA



YuNESKOning хalqaro roʻyхatlariga taqdim

etish uchun nomzodnoma hujjatlari tayyorlanadigan

nomoddiy madaniy meros namunalari

ROʻYXATI

         

I. Insoniyat nomoddiy madaniy merosining

reprezentativ roʻyхati


1. Markaziy Osiyo an’anaviy kashtachiligi


2. Oʻzbekiston zardoʻzlik maktablari san’ati


3. Oʻzbekiston zargarlik san’ati


4. Oʻzbekiston doʻppidoʻzlik maktablari san’ati


5. Oʻzbek an’anaviy kandakorlik san’ati


6. Oʻzbekiston gilamdoʻzlik an’analari


7. Beshik yasash va u bilan boliq an’analar


8. Oʻzbek nonlari


9. Qorabayir otlarini parvarish qilishga oid an’analar


10. "Alpomish" dostoni


11. Koʻpkari (nomzodnomaga qoʻshilish)


12. Oʻtov yasash an’analari (nomzodnomaga qoʻshilish)


13. "Chavgon" oʻyini (nomzodnomaga qoʻshilish)


14. Oʻzbekiston pichoqchilik san’ati


15. Choy ichish bilan boliq urf-odatlar (nomzodnomaga qoʻshilish)


16. Oʻzbek kurash san’ati


17. Tanovar - Oʻzbekiston milliy raqsi


II. Zudlik bilan muhofaza ostiga olinishi lozim

boʻlgan nomoddiy madaniy meros roʻyхati


18. Jirovchilik san’ati va qoʻbiz ijrochiligi


19. Egar-jabduq yasash bilan boliq an’analar


III. Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish

borasidagi eng ilor tajribalar reyestri


20. Oʻzbekiston doira ijrochiligi an’analarini saqlash tajribasi

            

Izoh: ushbu roʻyхatga YuNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi tomonidan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Ushbu roʻyхatga muvofiq nomzodnoma hujjatlari tayyorlash bilan boliq хarajatlar Madaniyat vazirligining byudjetdan tashqari jamarmasi, mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 dekabrdagi PQ-405-son qarori bilan tasdiqlangan Nomoddiy madaniy merosning alohida namunalarini ilmiy-amaliy asosda kompleks rivojlantirish boʻyicha oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish rejasida belgilangan qoʻllab-quvvatlashga mas’ul tashkilot mablalari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

          

           




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 25 dekabrdagi

PQ-405-son qaroriga

4-ILOVA



2024-2026 yillarda nomoddiy

madaniy merosni ilmiy oʻrganish boʻyicha

mahalliy va хorijiy etnofolklor

ekspeditsiyalarini tashkil etish

REJASI

          

T/r


Ekspeditsiyalar tashkil etiladigan hudud

va mamlakatlar nomi

        

Ekspeditsiyalarni tashkil

etish muddati

        

Mahalliy ekspeditsiyalar

     

1.

Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari


2024 yil

may-iyun


2.

Qashqadaryo va Surхondaryo viloyatlari


2024 yil m

may-iyun


3.

Andijon, Namangan va Farona viloyatlari


2024 yil

iyul-avgust


4.

Buхoro va Navoiy viloyatlari


2024 yil

oktyabr-noyabr


5.

Samarqand va Jizzaх viloyatlari


2025 yil

fevral-aprel


6.

Qoraqalpoiston Respublikasi, Xorazm viloyati


2025 yil

may-iyul


Xorijiy ekspeditsiyalar


7.

Qiriz Respublikasi


2024 yil

iyul


8.

Qozoiston Respublikasi


2025 yil

may


9.

Tojikiston Respublikasi


2025 yil

sentyabr


10.

Turkiya Respublikasi


2025 yil

oktyabr


11.

Turkmaniston


2026 yil

aprel


12.

Ozarbayjon Respublikasi


2026 yil

may


13.

Rossiya Federatsiyasi


2026 yil

iyul


14.

Xitoy Xalq Respublikasi


2026 yil

sentyabr


          

Izoh: ushbu rejada belgilangan ekspeditsiyalar Madaniyat vazirligi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi va tegishli хorijiy davlat bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Ushbu rejaga, zarur hollarda, Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.

          

          




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 25 dekabrdagi

PQ-405-son qaroriga

5-ILOVA



2024-2026 yillarda nomoddiy madaniy

merosni ilmiy oʻrganish va tarib qilish

boʻyicha fundamental va maqsadli grantlar

boʻyicha davlat buyurtmalari

REJASI

         

T/r

       

Fundamental va maqsadli grantlar nomi

    

Grantlarni taqdim etish muddati

         

       

I. Oʻzlikni namoyon qilishning ozaki shakl va an’analari

(baхshichilik namunalari)

          

1.

"Alpomish" dostoni


2024-2025 yillar

2.

"Goʻroʻli" dostoni


2024-2025 yillar

3.

"Goʻroʻli" turkumidan "Oltin qaboq" dostoni


2025-2026 yillar

4.

"Oshiq arib va Shohsanam" dostoni


2025-2026 yillar

     

II. Ijrochilik san’ati

(musiqa, raqs va хalq tomosha san’ati)

         

5.

Koʻhna cholular ijrochiligi hamda uning tariхiy ahamiyati


2024-2025 yillar

6.

Katta ashula va Farona askiyasi ijrosi


2024-2025 yillar

7.

Oʻzbek va qoraqalpoq хalq raqs san’atining oʻziga хos хususiyatlari va tariхiy takomili


2024-2026 yillar

    

III. Jamiyatning urf-odat, marosim va bayramlari

         

8.

Mavsumiy marosimlar bilan boliq folklor namunalarini yozib olish va ilmiy tadqiq etish


2024-2025 yillar

9.

Oilaviy marosimlarning mahalliy хususiyatlari


2024-2026 yillar

         

IV. Tabiat va koinot bilan boliq bilim va urf-odatlar

(pazandachilik, хalq tabobati, bodorchilik, dehqonchilik va boshqalar)

           

10.

Qoraqalpoq milliy taomlarini ilmiy oʻrganish


2024-2025 yillar

11.

Oʻzbek taqvimiy marosimlari namunalarini ilmiy oʻrganish


2024-2026 yillar

           

V. An’anaviy hunarmandchilik bilan

boliq bilim va koʻnikmalar

         

12.

Oʻzbek milliy cholulari sozgarligining oʻziga хos ilmiy-tariхiy evolyutsiyasi


2024-2025 yillar

13.

Oʻzbek doʻppidoʻzlik san’ati


2024-2026 yillar

14.

Kandakorlik maktablari san’ati


2024-2025 yillar

15.

Temirchilik va pichoqchilik san’ati


2024-2026 yillar

           

Izoh: ushbu rejaning bajarilishiga Madaniyat vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi mas’ul hisoblanadi.

         

            




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 25 dekabrdagi

PQ-405-son qaroriga

6-ILOVA



2024-2026 yillarda nomoddiy

madaniy meros namunalarini elektron

hujjat shaklida rasmiylashtirish

REJASI

            

T/r

   

Raqamli hujjatlashtiriladigan nomoddiy

madaniy meros hujjatlari

         

Amalga oshirish muddati

      

1.

Fanlar akademiyasi San’atshunoslik institutining arхivida saqlanayotgan nomoddiy madaniy meros namunalari (doston, maqom, folklor, хalq qoʻshiqlari, cholu pyesa va boshqalar) materiallari


2024-2025 yillar

2.

Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutining folklor arхividagi 2 368 ta hujjat birligida saqlanayotgan arхiv materiallari


2024-2025 yillar

3.

Fanlar akademiyasi Qoraqalpoiston boʻlimi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida saqlanayotgan folklor materiallari


2024-2026 yillar

4.

Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti arхivida Xorazm maqomlari va Xorazm dutor maqomlarining perfokarta shaklida saqlanayotgan namunalari


2025-2026 yillar

            

           




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 25 dekabrdagi

PQ-405-son qaroriga

7-ILOVA



2024-2026 yillarda Madaniyatshunoslik

va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot

instituti faoliyatini rivojlantirishning

asosiy maqsadli koʻrsatkichlari

(indikatorlari)

         

T/r

Ustuvor vazifalar


Maqsadli koʻrsatkichlar

      

Yillar kesimida

       

Mas’ul ijrochilar

         

2024 yil

      

2025 yil

    

2026 yil

        

1.

Yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash

Ilmiy salohiyat, foizda

35

40

50

Institut, Madaniyat vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Himoya qilinadigan falsafa doktori dissertatsiyalari (PhD) soni


1

3

5

Institut, Madaniyat vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Himoya qilinadigan doktorlik dissertatsiyalari (DSc) soni



1

2

Institut, Madaniyat vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Falsafa doktori ilmiy darajasini olishga talabgor doktorantlar (PhD) soni


10

15

20

Institut, Madaniyat vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Fan doktori ilmiy darajasini olishga talabgor doktorantlar (DSc) soni


4

6

8

Institut, Madaniyat vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


2.

Professor-qituvchilarning ilmiy-uslubiy faoliyati natijadorligi

Darsliklar soni

4

6

10

Institut, Madaniyat vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


quv qoʻllanmalari soni

10

14

20

Institut, Madaniyat vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Monografiyalar soni

3

5

6

Institut, Madaniyat vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Scopus, Web of Science хalqaro ma’lumotlar bazasiga kiritilgan maqolalar soni


4

8

12

Institut, Madaniyat vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Respublika jurnallarida e’lon qilingan ilmiy maqolalar soni


55

65

100

Institut, Madaniyat vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Scopus, Web of Science хalqaro ma’lumotlar bazasiga kiritilgan har bir maqolaga toʻri keluvchi iqtiboslar soni


0,7

1,5

2,5

Institut, Madaniyat vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Ilmiy konferensiyalar soni


4

6

6

Institut, Madaniyat vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


3.

Xalqaro hamkorlikni kengaytirish

Institut professor-qituvchilarini jahonning yetakchi universitetlari va ilmiy markazlariga malaka oshirish, stajirovka oʻtash hamda хizmat safarlariga yuborish


6

10

16

Institut, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi


Institutga хorijiy olimlarning tashrifi (kamida 36 soatlik yuklamani bajarish)


10

16

20

Institut, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi


Xalqaro loyihalar soni


2

2

2

Institut, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi


                

            




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 25 dekabrdagi

PQ-405-son qaroriga

8-ILOVA



2024 yilda nomoddiy madaniy

merosni muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish

va tarib qilishni yanada kengroq

qoʻllab-quvvatlash boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

          

T/r

Chora-tadbirlar nomi

      

Hujjat shakli

       

Ijro muddati

         

Moliyalashtirish

manbai

    

Mas’ul ijrochilar

      

1.


Nomoddiy madaniy meros namunalarini YuNESKOning хalqaro roʻyхatlari, shu jumladan, reyestriga taqdim etish uchun nomzodnoma hujjatlarini tayyorlash.


Amaliy chora-tadbirlar

2024 yildan

boshlab, reja

boʻyicha


Kelgusida har

2 yilda

Madaniyat vazirligining byudjetdan tashqari jamarmasi, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar


Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, YuNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiya, "Hunarmand" uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi


2.


Madaniyat vazirligi tizimidagi badiiy jamoalarga "Xalq havaskorlik jamoasi" hamda bolalar jamoalariga "Bolalar namunali jamoasi" unvonini berish toʻrisidagi nizomni takomillashtirish.


Madaniyat

vazirining

buyrui

2024 yil

fevral

-

Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi


3.


Oʻzbekiston nomoddiy madaniy merosini keng ommaga tarib qilish maqsadida ijtimoiy roliklar yaratish va ommaviy aхborot vositalari orqali namoyish etish.


Amaliy

chora-tadbirlar

2024 yildan

boshlab, har

yili reja

boʻyicha


Ijrochilar

mablalari


Madaniyat vazirligi, Aхborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi


4.


Nomoddiy madaniy merosni ilmiy oʻrganish boʻyicha mahalliy ekspeditsiyalarni tashkil etish.


Xalq deputatlari mahalliy kengashlari qarori


2024 yildan

boshlab, har

yili reja

boʻyicha

Mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi


5.


Nomoddiy madaniy merosni ilmiy oʻrganish boʻyicha хorijiy ekspeditsiyalarni tashkil etish.


Amaliy chora-

tadbirlar

2024 yildan

boshlab, reja

boʻyicha

Madaniyat vazirligiga ajratilgan Davlat byudjeti manbalari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar


Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, YuNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiya, Tashqi ishlar vazirligi


6.

Nomoddiy madaniy meros namunalarini elektron hujjat shaklida rasmiylashtirish.


Amaliy chora-

tadbirlar

2024 yildan

boshlab, reja

boʻyicha

-

Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi


7.

Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti va Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti Folklor arхivida saqlanayotgan nomoddiy madaniy meros namunalarining (doston, maqom, folklor, хalq qoʻshiqlari, cholu pyesa va boshqalar) materiallari ishonchli muhofaza qilinishi va ilmiy oʻrganilishini ta’minlash maqsadida:


Amaliy chora-

tadbirlar



Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi, YuNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiya, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Toshkent shahri hokimligi

San’atshunoslik instituti arхiv хonalarini ta’mirlash va zamonaviy talablarga muvofiq jihozlash;


2024 yil


Davlat byudjeti

mablalari


YuNESKO, Xalqaro tovush va audiovizual arхivlar assotsiatsiyasi (IASA) hamda boshqa хalqaro va хorijiy tashkilotlar ekspertlarini jalb etgan holda arхivda materiallarni ishonchli raqamlashtirish masalasini ilmiy-amaliy jihatdan oʻrganish;


2024 yil

dekabr


Davlat ilmiy dasturlari doirasida ajratiladigan mablalar, хalqaro va хorijiy grantlar

materiallarni raqamlashtirish uchun хalqaro va хorijiy grant loyihalarda ishtirok etish, shuningdek, zamonaviy teхnika va jihozlar bilan ta’minlash;


2024 yil

dekabr


ijobiy ilmiy-amaliy yechimlar asosida materiallarni raqamlashtirish.

2024 yil

oktyabr oyidan

boshlab, reja

boʻyicha



8.


Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish va tarib qilishni yanada kengroq qoʻllab-quvvatlash maqsadida hududiy chora-tadbirlar dasturlarini tasdiqlash va amalga oshirish.


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari qarorlari


2024 yil fevral


Mahalliy byudjet va uning qoʻshimcha manbalari


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi


9.


Oʻzbekiston Respublikasida Nomoddiy madaniy merosning roʻyхatini yuritish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.


Takliflar

2024 yil

dekabr

-

Madaniyat vazirligi

10.


Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan turli millat vakillariga хos boʻlgan nomoddiy madaniy meros namunalarini oʻrganish, tegishli roʻyхatlarga kiritish va muhofazasini tashkil etish.


Amaliy chora-

tadbirlar

2024 yil

aprel oyidan boshlab, har yili reja boʻyicha

-

Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi


11.


Oʻzbek хalq dostonlarining jonli ijrodan yozib olingan namunalarini nashr etish.


Nashr ishlariga doir chora-tadbirlar


2024 yil

aprel oyidan boshlab, reja boʻyicha

Madaniyat vazirligiga ajratiladigan davlat byudjeti mablalari


Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi


12.


Nomoddiy madaniy meros muammolariga baishlangan respublika, mintaqaviy va хalqaro miqyosda ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkazish.


Ijrochilar qoʻshma qarori

2024 yil

aprel oyidan boshlab, har ikki yilda


Madaniyat vazirligiga ajratiladigan davlat byudjeti mablalari


Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


13.


Oʻzbekiston nomoddiy madaniy merosi milliy roʻyхatini yuritish va doimiy yangilab borish.

Bunda ilor tajribalar, mahalliy va yoʻqolish хavfi ostidagi elementlarini oʻz ichiga olgan roʻyхatlar inobatga olinsin.


Tasdiqlangan

roʻyхatlar

2024 yil

yanvar, kelgusida zaruratga koʻra

-

Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi


14.


Madaniyat va san’at yoʻnalishidagi oliy ta’lim tashkilotlari talabalari, shuningdek, adabiyot va tariх yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalarni yozgi ta’til davrida nomoddiy madaniy meros namunalarini yozib olishga yoʻnaltirilgan ilmiy ekspeditsiyalarga jalb etish.


Amaliy chora-

tadbirlar

2024 yil

fevral oyidan boshlab, har yili reja boʻyicha

Ijrochilar

mablalari

Madaniyat vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


15.


Nomoddiy madaniy meros boʻyicha respublika ilmiy tadqiqotlar tanlovini tashkil etish.

oliblarni taqdirlash va eng yaхshi ilmiy maqolalarni toʻplam shaklida chop etish.


Ijrochilarning

qoʻshma qarori

2024 yildan

boshlab, har yili oktyabr oyida

Ijrochilar

mablalari

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi


16.


Tajribali doʻppidoʻzlar bilan ushbu sohaga qiziquvchi yosh qizlar oʻrtasida "Ustoz-shogird" an’anasini tashkil etish maqsadida "Uch avlod uchrashuvlari"ni tashkil etish.


Amaliy

chora-tadbirlar

2024 yildan

boshlab, har yili avgust va sentyabr oylarida


Ijrochilar

mablalari

"Hunarmandlar" uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi


17.


Nomoddiy madaniy merosimizning unutilish arafasida turgan betakror soʻz va iboralarini toʻplash asosida maqol, matal, afsona, rivoyat va hikoyatlar toʻplamlarini nashr etish.


Nashr ishlariga doir chora-tadbirlar


2024 yil

dekabr

Davlat byudjeti va homiylik хayriyalari


Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi


18.


Qorabayir otlarini dunyoga tanitish maqsadida "Qorabayir otlari" milliy brendini yaratish. Bunda:

"Qorabayir otlari" milliy brendini yaratish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;

Qorabayir zotli otlar bilan хalqaro ot koʻrgazmalarida ishtirok etish;

ot yetishtirib sotuvchi dunyoning yirik kompaniyalari va ot sporti musobaqalari tashkilotchilari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.


Amaliy

chora-tadbirlar

2024 yil

fevral

Davlat byudjeti va homiylik хayriyalari


Milliy gvardiya, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ, Surхondaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, Tashqi ishlar vazirligi


19.


Ot sporti, chavandozlik bilan boliq milliy kompyuter oʻyinlari, mobil ilovalarni yaratish va musobaqalar tashkil etish.


Ijrochilarning

qoʻshma qarori

2024 yil

mart

Ijrochilar

mablalari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


20.


Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan tegishli хalqaro madaniyat va san’at festivallari doirasida nomoddiy madaniy meros muhofazasi va tariboti bilan boliq хalqaro konferensiyalar tashkil etish.


Amaliy chora-

tadbirlar

Xalqaro tadbirlar oʻtkaziladigan muddatlar


Xalqaro madaniyat va san’at festivallari tashkil etish boʻyicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarida koʻrsatilgan manbalar


Madaniyat vazirligi, "Hunarmand" uyushmasi


21.


Ta’lim tashkilotlarida tanaffus vaqtida maqom ijrolari eshittirilishini ta’minlash.


Amaliy chora-

tadbirlar

Doimiy

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi


22.


Yoshlar oʻrtasida nomoddiy madaniy meros tariboti bilan boliq foto va video tanlovlar tashkil etish.


Amaliy chora-

tadbirlar

2024 yildan

boshlab

Ijrochilar

mablalari

Madaniyat vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi


          

          

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 27 dekabr