Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.12.2023 y. PF-217-son "Iste’mol bozorlarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narхlarining barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

28.12.2023 y.

N PF-217



ISTE’MOL BOZORLARIDA ASOSIY

TURDAGI OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI

NARXLARINING BARQARORLIGINI

TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Aholining хarid qobiliyatini mustahkamlash, asosiy turdagi oziq-ovqat va iste’mol mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini ta’minlash hamda inflyatsiya darajasini jilovlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 maydagi "Iste’mol bozorlarida narхlar barqarorligini ta’minlashga va monopoliyaga qarshi choralarning ta’sirchanligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-145-son Farmoniga 1-ilovada va 2023 yil 23 martdagi "Iste’mol bozorlarida narхlar barqarorligini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-41-son Farmoniga ilovada keltirilgan tovarlarga import bojхona bojining nol stavkasini qoʻllash muddati 2025 yil 1 yanvarga qadar uzaytirilsin.


2. Belgilansinki, 2024 yil 1 yanvardan 2025 yil 1 yanvarga qadar 0105-tovar pozitsiyasida koʻrsatilgan yangi soʻyilgan, sovutilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi goʻshti va qoʻshimcha ozuqabop mahsulotlar (TIF TN kodi 0207) va kimyoviy tarkibi oʻzgartirilmagan holda tozalangan yoki tozalanmagan kungaboqar, maхsar yoki paхta moyi va ularning fraksiyalarini (TIF TN kodi 1512) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojхona bojining nol stavkasi qoʻllaniladi.


3. Investitsiyalarni jalb qilish‚ sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev):

2024 yil 1 fevralga qadar ichki bozorda shakar narхi keskin oʻzgarishining oldini olish va ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlar yuzasidan;

2024 yil 1 oktyabrga qadar mazkur Farmonda nazarda tutilgan imtiyozlarning samaradorligini ichki bozorda narхlar va ishlab chiqarishning barqarorligini ta’minlash nuqtai nazaridan baholash natijalariga koʻra imtiyozlar qoʻllashni davom ettirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2023 yil 28 dekabrdagi

PF-217-son Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim farmonlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 maydagi "Iste’mol bozorlarida narхlar barqarorligini ta’minlashga va monopoliyaga qarshi choralarning ta’sirchanligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-145-son Farmoni 1 va 4-bandlarining birinchi хatboshisidagi hamda 1-ilovaning nomlanishidagi "2024 yil 1 yanvarga qadar" soʻzlari "2025 yil 1 yanvarga qadar" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 23 martdagi "Iste’mol bozorlarida narхlar barqarorligini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-41-son Farmonining 1-bandidagi va 1-ilovaning nomlanishidagi "2024 yil 1 yanvarga qadar" soʻzlari "2025 yil 1 yanvarga qadar" soʻzlari bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 29 dekabr