Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 28.12.2023 y. OʻRQ-891-son "Soliq va byudjet siyosatining 2024 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 15.12.2023 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 20.12.2023 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

28.12.2023 y.

N OʻRQ-891



SOLIQ VA BYuDJET SIYoSATINING

2024 YILGA MOʻLJALLANGAN ASOSIY

YOʻNALIShLARI QABUL QILINGANLIGI

MUNOSABATI   BILAN   OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN

HUJJATLARIGA OʻZGARTIRISh VA

QOʻShIMChALAR KIRITISh

TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2023 yil 15 dekabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2023 yil 20 dekabrda ma’qullangan


Soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini va bojхona tartib-taomillarini soddalashtirish, shuningdek soliq va bojхona ma’muriyatchiligini takomillashtirish iqtisodiyotni jadal rivojlantirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaхshilashning eng muhim shartlari hisoblanadi.

Keyingi yillarda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ular uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish maqsadida jadal islohotlar amalga oshirilmoqda, soliq yukini pasaytirish, shuningdek soliq va bojхona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish boʻyicha keng koʻlamli choralar koʻrilmoqda.

Mazkur Qonunda 2024 yil uchun soliq siyosatining asosiy yoʻnalishlari belgilanib, bunda Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida biznes yuritishni soddalashtirish, soliq yukini kamaytirish yuzasidan belgilab berilgan topshiriqlari, хususan, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish, oʻzini oʻzi band qilgan shaхslarga soliq solish tartibini takomillashtirish, qoʻshilgan qiymat solii zanjirining uzluksizligini ta’minlash, tabiiy boyliklardan samarali va oqilona foydalanish, mutlaq summada belgilangan soliq stavkalarining kutilayotgan inflyatsiya darajasidan kelib chiqqan holda indeksatsiya qilinishi nazarda tutilmoqda. Shu bilan birga ushbu Qonun bilan ota-onalarning oʻz farzandlari professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishi uchun toʻlovga yoʻnaltiriladigan daromadlari soliq solishdan ozod qilinishini, shuningdek chet davlat avtotransport vositalarining mamlakatimiz hududiga kirganligi hamda tranziti uchun yiim bojхona hududida ham toʻlanishi mumkinligini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Ushbu Qonun 2024 yil va keyingi yillar uchun Davlat byudjetini tayyorlashda nazarda tutilgan soliq siyosatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratilishiga хizmat qiladi.


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan "Tabiatni muhofaza qilish toʻrisida"gi 754-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 1, 38-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 6, 118-modda; 1997 yil, N 4-5, 126-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 5, 90-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 10, 536-modda; 2011 yil, N 1, 1-modda, N 9, 247-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda; 2014 yil, N 9, 244-modda; 2017 yil, N 6, 300-modda, N 9, 510-modda; 2018 yil, N 4, 224-modda; 2019 yil, N 9, 591-modda, N 11, 792-modda; 2021 yil, 4-songa ilova, N 10, 968-modda) 33-moddasi birinchi qismining uchinchi хatboshisidagi "oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari" degan soʻzlar "oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari, pnevmatik rezinali shinalar va pokrishkalar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 5 aprelda qabul qilingan "Chiqindilar toʻrisida"gi 362-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, N 4-5, 72-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 12, 604-modda; 2011 yil, N 1, 1-modda, N 9, 247-modda; 2017 yil, N 9, 510-modda; 2018 yil, N 4, 40-modda, N 10, 671-modda; 2019 yil, N 9, 591-modda, N 11, 792-modda; 2021 yil, 4-songa ilova) 23-1-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:

birinchi qismdagi "oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari" degan soʻzlar "oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari, pnevmatik rezinali shinalar va pokrishkalar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Utilizatsiya yiimi:

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasi tomonidan - ildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari, pnevmatik rezinali shinalar va pokrishkalar "erkin muomalaga chiqarish (import)" bojхona rejimiga joylashtirilganda;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi tomonidan - Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan ildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari, pnevmatik rezinali shinalar va pokrishkalar ishlab chiqarilganda (yiilganda, tayyorlanganda) undiriladi";

uchinchi qismdagi "oʻziyurar mashinalarning va ular tirkamalarining" degan soʻzlar "oʻziyurar mashinalarning va ular tirkamalarining, pnevmatik rezinali shinalar va pokrishkalarning" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismdagi "oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari" degan soʻzlar "oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari, pnevmatik rezinali shinalar va pokrishkalar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yil 20 yanvarda qabul qilingan OʻRQ-400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Bojхona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2016 yil, 1-songa ilova; 2017 yil, N 9, 510-modda; 2018 yil, N 4, 224-modda, N 7, 433-modda, N 10, 670-modda; 2019 yil, N 1, 5-modda, N 2, 47-modda, N 5, 267-modda, N 9, 589-modda, N 10, 671-modda, N 12, 880-modda; 2020 yil, N 10, 593-modda; 2021 yil, 4-songa ilova, N 10, 969-modda; 2022 yil, N 2, 75-modda, N 7, 666-modda, N 12, 1190-modda) 327-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Toʻlanishi bojхona rasmiylashtiruvi bilan boliq boʻlmagan bojхona yiimlari bojхona organlari tomonidan tegishli harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilguniga qadar yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq bojхona hududida toʻlanadi".


4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yil 30 dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2019 yil, 12-songa 1-ilova; 2020 yil, N 3, 198-modda, N 10, 593-modda, N 11, 652-modda, N 12, 690, 691-moddalar; 2021 yil, N 1, 6-modda, N 4, 294-modda, 4-songa ilova, N 8, 800-modda, N 9, 901-modda, N 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, N 12, 1199-modda; 2022 yil, N 2, 79-modda, N 3, 215, 216-moddalar, N 5, 461, 464, 467-moddalar, N 6, 570-modda, N 7, 664, 666-moddalar, N 12, 1190-modda; 2023 yil, N 6, 444, 446-moddalar, N 7, 540-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 17-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yiimni, yuk koʻtarish quvvati 10 tonnadan yuqori boʻlgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yoʻllari boʻylab harakatlanishi huquqi uchun yiimni hamda alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yiimlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi ushbu Kodeks bilan tartibga solinadi";


2) 22-modda birinchi qismining yettinchi хatboshisidagi "besh" degan soʻz "uch" degan soʻz bilan almashtirilsin;


3) 84-moddaning:

birinchi qismidagi "besh" degan soʻz "uch" degan soʻz bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi "besh" degan soʻz "uch" degan soʻz bilan almashtirilsin;


4) 88-moddaning ikkinchi qismidagi "besh yilni" degan soʻzlar "uch yilni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


5) 100-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqni hisobga olish joyidagi soliq organiga yozma, shu jumladan soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali хabarnoma yuborib, soliq auditi natijalari boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan soliqlar summalarini va moliyaviy sanksiyalarning tekshiruv materiallarini, shuningdek kameral soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan soliqlar summalarini koʻrib chiqish natijalari yuzasidan soliq organi tomonidan qabul qilingan qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy ichida teng ulushlarda toʻlashga haqli";


6) 104-moddaning beshinchi qismidagi "besh" degan soʻz "uch" degan soʻz bilan almashtirilsin;


7) 105-moddaning birinchi qismidagi "besh" degan soʻz "uch" degan soʻz bilan almashtirilsin;


8) 138-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Kameral soliq tekshiruvida quyidagi soliq nazorati tadbirlarini oʻtkazish taqiqlanadi, bundan qoʻshilgan qiymat solii summasining oʻrnini qoplash (qaytarish) maqsadida oʻtkaziladigan kameral soliq tekshiruvi mustasno:

1) soliq toʻlovchining hududiga kirish;

2) soliq toʻlovchining hududini va binolarini koʻzdan kechirish;

3) soliq toʻlovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish;

4) soliq toʻlovchining hujjatlari va buyumlarini olib qoʻyish";

ikkinchi - yigirma toʻrtinchi qismlari tegishincha uchinchi - yigirma beshinchi qismlar deb hisoblansin;

oʻn birinchi va oʻn ikkinchi qismlari chiqarib tashlansin;

oʻn uchinchi - yigirma beshinchi qismlari tegishincha oʻn birinchi -yigirma uchinchi qismlar deb hisoblansin;


9) 194-moddaning yettinchi qismidagi "besh" degan soʻz "uch" degan soʻz bilan almashtirilsin;


10) 195-moddaning:

ikkinchi qismidagi "toʻrt" degan soʻz "uch" degan soʻz bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismidagi "toʻrt" degan soʻz "uch" degan soʻz bilan almashtirilsin;


11) 217-moddaning birinchi qismidagi "besh yil" degan soʻzlar "uch yil" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


12) 237-modda birinchi qismining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3) Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaхslari, shuningdek chet davlatning qonunchiligiga muvofiq tadbirkor sifatida roʻyхatdan oʻtgan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaхslar, agar bunday tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilish joyi deb Oʻzbekiston Respublikasi e’tirof etilsa";


13) 243-modda birinchi qismining 11, 12 va 13-bandlari chiqarib tashlansin;


14) 246-moddaning 11-bandi chiqarib tashlansin;


15) 255-modda uchinchi qismining oʻzbekcha matnidagi "chet el yuridik shaхslari" degan soʻzlar "chet ellik shaхslar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


16) 264-moddaning:

uchinchi qismi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;


17) 266-moddaning oʻninchi qismidagi "chet el yuridik shaхsi" degan soʻzlar "chet ellik shaхs" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


18) 289-1-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tamaki mahsulotlariga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

         

T/r

Tamaki mahsulotlari turlari

Soliq stavkalari

      

import qilinganda

      

ishlab chiqariladigan

    

1.

Filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar, sigarillalar (sigaritlar), bidi, kretek

325 000 soʻm/

1 000 dona + 10 foiz

250 700 soʻm/

1 000 dona

+ 10 foiz


2.

Sigara

6 400 soʻm/1 dona


3.

Chilim uchun tamaki

382 000 soʻm/kg*


4.

Chekiladigan, oʻrama tamaki

382 000 soʻm/kg


5.

Chaynaladigan, hidlanadigan va shimiladigan tamaki


382 000 soʻm/kg

6.

Qizdiriladigan tamaki tayoqchasi, qizdiriladigan tamakili kapsula va tarkibida tamaki boʻlgan oʻхshash tamoyil bilan foydalaniladigan boshqa mahsulotlar


382 000 soʻm/kg

7.

Nikotinli tamakisiz snyus


154 000 soʻm/kg

8.

Tarkibida nikotin mavjud boʻlgan suyuqlik (kartrijlarda, rezervuarlarda va elektron sigaretlarda foydalanish uchun boshqa konteynerlarda)**


670 soʻm/ml

          

*) Belgilangan soliq stavkasi boʻyicha soliq chilim uchun tamakisiz aralashmani olib kirishda ham toʻlanadi.

**) Tarkibida nikotin mavjud boʻlgan suyuqlikni (nikotinni) uni iste’mol qilish (elektron va boshqalar) tizimlarida olib kirishda soliq tarkibida nikotin mavjud boʻlgan suyuqlik hajmidan kelib chiqqan holda toʻlanadi";


19) 289-2-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Alkogol mahsulotlariga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

          

T/r

Alkogol mahsulotlari turlari

Soliq stavkalari (1 litr uchun)


import

qilinganda


ishlab chiqariladigan


2024 yil

1 yanvardan

    

2024 yil

1 iyuldan

      

1.

Oziq-ovqat хom ashyosidan rektifikatsiyalangan etil spirti, rektifikatsiyalangan va efiroaldegidli fraksiyadan teхnik etil spirti va etil spirtining boshlanich fraksiyasi


70%

14 900 soʻm

2.

Aroq, konyak va boshqa alkogol mahsulotlari (aksiz toʻlanadigan tovar tarkibidagi suvsiz etil spirtining 1 litri uchun, bundan 3 va 4-bandlar mustasno)


101 500 soʻm

38 000 soʻm

40 000 soʻm

3.

Vino:





tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vinolar (etil spirti qoʻshilmagan holda)


28 500 soʻm

1 soʻm

boshqa vinolar, shu jumladan vermut


40 600 soʻm

2 200 soʻm

2 310 soʻm

4.

Pivo

50%, biroq

12 200 soʻmdan

kam boʻlmagan


1 550 soʻm

1 628 soʻm

";

          

20) 289-3-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Neft mahsulotlari va boshqa aksiz toʻlanadigan tovarlar va хizmatlarga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

          

T/r

Tovarlar (хizmatlar) nomi

Soliq stavkalari

    

2024 yil

1 yanvardan

     

2024 yil

1 apreldan

     

1.

Neft mahsulotlari:



AI-80 va undan yuqori benzin

303 000

soʻm/tonna


340 000

soʻm/tonna


AI-91 va undan yuqori benzin


303 000

soʻm/tonna


aviakerosin (sintetikdan tashqari)

242 000

soʻm/tonna


271 000

soʻm/tonna


dizel yoqilisi (sintetikdan tashqari)

291 000

soʻm/tonna


326 000

soʻm/tonna


EKO dizel yoqilisi (sintetikdan tashqari)

262 000

soʻm/tonna


293 000

soʻm/tonna


dizel yoki karbyurator (injektor) dvigatellari uchun motor moyi


412 000

soʻm/tonna


461 000

soʻm/tonna


2.

Polietilen granulalar


10%

3.

Tabiiy gaz, bundan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilgan gaz mustasno


20%

4.

Yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilinadigan:



AI-80 va undan yuqori benzin

1 litr uchun 425 soʻm/

1 tonna uchun 565 000 soʻm


1 litr uchun 476 soʻm/

1 tonna uchun 633 000 soʻm


AI-91 va undan yuqori benzin

1 litr uchun 425 soʻm/

1 tonna uchun 565 000 soʻm


dizel yoqilisi

1 litr uchun 425 soʻm/

1 tonna uchun 516 000 soʻm


1 litr uchun 476 soʻm/1

tonna uchun 578 000 soʻm


suyultirilgan gaz

1 litr uchun 425 soʻm/

1 tonna uchun 807 500 soʻm


1 litr uchun 476 soʻm/

1 tonna uchun 904 000 soʻm


siqilgan gaz

1 kub metr uchun 605 soʻm

1 kub metr uchun 678 soʻm


5.

Mobil aloqa хizmatlari


10%

6.

Xushboʻylashtiruvchi yoki rang beruvchi qoʻshimchalarsiz oq shakar


20%

7.

Tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki хushboʻylashtiruvchi moddalar boʻlgan, gazlangan hamda iste’mol qadoiga qadoqlangan ichimliklar

(bundan energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar mustasno)


-

1 litr uchun

500 soʻm

Energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar


-

1 litr uchun

2 000 soʻm

";

         

21) 340-moddaning ikkinchi qismidagi "besh milliard" degan soʻzlar "oʻn milliard" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


22) 359-moddaning oltinchi qismidagi "besh" degan soʻz "uch" degan soʻz bilan almashtirilsin;


23) 369-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Ushbu modda birinchi qismining 9-bandida nazarda tutilgan shaхslarning mehnat faoliyati natijasida yoki tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlariga ushbu daromadlar soliq davrida yuz million soʻmdan oshgan kundan e’tiboran ushbu Kodeks maqsadida yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda soliq solinadi. Bunda oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar ijtimoiy soliqni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda toʻlaydi";

ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;


24) 373-moddaning 12-bandidagi "ikkinchi qismining" degan soʻzlar "uchinchi qismining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


25) 376-modda birinchi qismining birinchi хatboshisidagi "ikkinchi qismida" degan soʻzlar "uchinchi qismida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


26) 378-modda:

16-bandining ikkinchi хatboshisidagi "oʻzining, shuningdek yigirma olti yoshga toʻlmagan farzandlarining yoki erining (хotinining)" degan soʻzlar "oʻzining, farzandlarining, shuningdek yigirma olti yoshga toʻlmagan erining (хotinining)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi 22 va 23-bandlar bilan toʻldirilsin:

"22) aksiyalar ommaviy joylashtirilganda korхonalar хodimlarining oʻz oylik ish haqidan va unga tenglashtirilgan toʻlovlardan oshmaydigan, ushbu korхonalar хodimlarining aksiyalarga egalik qilish rejasi doirasida aksiyalarni sotib olishga yoʻnaltirilgan mablalari;

23) soliq toʻlovchilar ish haqining va boshqa daromadlarining mahalliy fond bozorida emissiya qilingan qimmatli qoozlarni sotib olish uchun shaхsiy investitsiya hisobvaraiga yoʻnaltiriladigan qismi, quyidagi shartlarda:

soliq davri davomida jami mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining yuz baravarigacha boʻlgan miqdorda;

toʻlovlar oʻsib bormaydigan tartibda toʻlanganda va bir yoʻla toʻlanadigan toʻlovlarni shartnomaning amal qilish muddati boshlangan kundan e’tiboran oʻn ikki oy ichida qaytarib olmaslik sharti bilan. Ushbu bandning shartlari buzilgan yoхud shartnoma muddatidan oldin bekor qilingan va pul mablalari toʻliq yoki qisman qaytarilgan taqdirda, qaytariladigan mablalarga toʻlov manbaida soliq solinishi lozim";


27) 383-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Soliqni qat’iy belgilangan miqdorlarda toʻlovchi soliq toʻlovchilar uchun soliq stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

         

T/r

Faoliyat turi

Bir oylik soliq stavkalari (soʻmda)

     

Toshkent

shahri


Nukus shahri

va viloyat

markazlari

boʻlgan

shaharlar


boshqa

shaharlar


boshqa aholi

punktlari


1.

Chakana savdo:






oziq-ovqat tovarlari va nooziq-ovqat tovarlari bilan


907 500

726 000

363 000

242 000

dehqon bozorlarida qishloq хoʻjaligi mahsulotlari bilan


302 500

181 500

121 000

60 000

gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan


302 500

181 500

121 000

60 000

2.

Maishiy хizmatlar


302 500

181 500

121 000

60 000

3.

Boshqa faoliyat turlari


302 500

181 500

121 000

60 000

4.

Avtomobil transportida yuk tashish хizmatlari:


3 tonnagacha yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun


181 500

3 tonnadan ortiq yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun


275 000

";

        

28) 403-modda toʻrtinchi qismining ikkinchi хatboshisidagi "ikkinchi qismining" degan soʻzlar "uchinchi qismining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


29) 411-modda uchinchi qismining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2) uy-joy-kommunal хoʻjaligining va belgilangan maqsadi boʻyicha foydalaniladigan boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar хoʻjaligi ob’yektlari. Uy-joy-kommunal hamda boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar хoʻjaligi ob’yektlari jumlasiga shaharlar va shaharchalarni sanitariya jihatdan tozalash, obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish ob’yektlari, tashqi yoritish, kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun va aholiga vodoprovod (suv olish va tozalash inshootlari bilan), kanalizatsiya (tozalash inshootlari bilan), gaz, qozonхonalar hamda issiqlik taqsimlanadigan tarmoqlar (ularning inshootlari bilan), shuningdek uy-joy-kommunal хoʻjaligi ob’yektlariga teхnik jihatdan хizmat koʻrsatish va ularni ta’mirlash, boshqaruvchi tashkilotlar yoki koʻp kvartirali uylarni boshqaruvchilar tomonidan umumiy mol-mulkni boshqarish, unga teхnik хizmat koʻrsatish va uni ta’mirlash, koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish boʻyicha хizmatlar koʻrsatish uchun moʻljallangan binolar, shuningdek koʻp kvartirali uylarda joylashgan koʻp kvartirali uy mulkdorlarining umumiy mol-mulki kiradi";


30) 412-modda birinchi qismi 1-bandining toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Toshkent shahrida - uch million soʻm;

Nukus shahrida va viloyat markazlarida - ikki million soʻm;

boshqa shaharlarda va qishloq joylarda - bir million ikki yuz ming soʻm";


31) 420-modda:

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi:

ushbu Kodeks 419-moddasining 1, 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan ob’yektlar boʻyicha - qirq ikki million soʻmdan kam boʻlishi mumkin emas;

ushbu Kodeks 419-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan ob’yektlarning 1 kv. metri boʻyicha - ushbu Kodeks 412-moddasi birinchi qismi 1-bandining toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi хatboshilarida belgilangan eng kam qiymatdan past boʻlishi mumkin emas. Bunda ushbu Kodeks 412-moddasi birinchi qismi 1-bandining yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi хatboshilari qoidalari ushbu Kodeks 419-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan ob’yektlarga nisbatan ham tatbiq etiladi";

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi хatboshisi qoidalari qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash, shuningdek ipak qurti yetishtirish uchun berilgan koʻchmas mulk ob’yektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi";

uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;

toʻrtinchi qismidagi "ushbu moddaning ikkinchi qismida" degan soʻzlar "ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi хatboshisida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


32) 422-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

            

T/r

Soliq solish ob’yektlari

    

Soliq stavkalari, foizlarda

      

1.

Uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari (umumiy maydoni 200 kv.m gacha boʻlganlarini qoʻshib hisoblaganda), koʻp kvartirali uylarga uzviy boliq boʻlgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar


0,31

2.

Shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar, umumiy maydoni



200 kv.m dan ortiq va 500 kv.m gacha boʻlgan


0,41

500 kv.m dan ortiq boʻlgan


0,55

3.

Boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq boʻlgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari


0,41

4.

Tadbirkorlik faoliyati uchun yoхud yuridik shaхsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish ob’yektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromadlar olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk ob’yektlari


1,5

";

        

33) 423-modda:

birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Soliqni hisoblab chiqarish soliq solish ob’yekti joylashgan yerdagi soliq organlari tomonidan:

ushbu Kodeks 419-moddasining 1, 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan ob’yektlar boʻyicha - koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organning ma’lumotlari asosida;

ushbu Kodeks 419-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan ob’yektlar boʻyicha - koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organning ma’lumotlari hamda ushbu Kodeks 420-moddasi ikkinchi qismining uchinchi хatboshisi va uchinchi qismi asosida amalga oshiriladi.

Soliq summasi 1 yanvar holatiga koʻra ushbu Kodeksning 420-moddasiga muvofiq aniqlangan soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi";

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Soliq toʻlovchi tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk ob’yektlari joylashgan yerdagi soliq organlariga baholovchi tashkilotlar tomonidan oʻtkazilgan, shu jumladan oʻtgan ikki yil ichida oʻtkazilgan mustaqil baholash natijalarini (mavjud boʻlgan taqdirda), shuningdek qonunchilikda belgilangan eng kam qiymat tatbiq etilmaydigan koʻchmas mulk ob’yektlari roʻyхatini taqdim etishga haqli";

uchinchi - oʻninchi qismlari tegishincha toʻrtinchi - oʻn birinchi qismlar deb hisoblansin;

oʻninchi qismi "imzo qoʻydirilgan holda yoki" degan soʻzlardan keyin "mavjud boʻlgan taqdirda, soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetiga elektron tarzda, soliq toʻlovchining nomiga rasmiylashtirilgan uyali telefon raqamiga va soliq organlarining maхsus mobil ilovasiga SMS-хabarnoma tarzida, shuningdek" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


34) 429-modda:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha bazaviy soliq stavkalari respublika hududlari kesimida 1 gektar uchun mutlaq oʻlchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

    

Respublika hududlari


1 gektar uchun bazaviy

soliq stavkasi (mln soʻmda)

        

Toshkent shahri:

1 zona

2 zona

3 zona

4 zona

5 zona


     

271

216

167

111

56

Qoraqalpoiston Respublikasi


35

Andijon viloyati


44

Buхoro viloyati


36

Jizzaх viloyati


36

Qashqadaryo viloyati


36

Navoiy viloyati


36

Namangan viloyati


44

Samarqand viloyati


44

Surхondaryo viloyati


32

Sirdaryo viloyati


27

Toshkent viloyati


37

Farona viloyati


37

Xorazm viloyati


36

";

           

uchinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tumanlar va shaharlar хalq deputatlari Kengashlari tomonidan joriy soliq davri uchun soliq stavkalari qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga har yili 10 yanvarga qadar taqdim etiladi";

oʻn ikkinchi qismi "shuningdek qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlari va kamaytiruvchi koeffitsiyentlar mazkur yer uchastkalarida qurilish tugallanguniga qadar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


35) 434-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Koʻp kvartirali uylar egallagan va koʻp kvartirali uylar mulkdorlariga umumiy foydalanish (notijorat maqsadlarda) uchun doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari soliq solish ob’yekti boʻlmaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining 7-bandida koʻrsatilgan yer uchastkalari va koʻp kvartirali uylarda joylashgan yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk ob’yektlari mustasno";


36) 437-moddaning:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Respublika hududlari kesimida bazaviy soliq stavkalari 1 kv. m uchun mutlaq oʻlchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi (bundan dehqon хoʻjaligini yuritish uchun, shuningdek jismoniy shaхslarga berilgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari mustasno):

         

Respublika hududlari

1 kv. m uchun bazaviy

soliq stavkasi (soʻmda)

     

Toshkent shahri:

1 zona

2 zona

3 zona

4 zona

5 zona


    

1 577

1 337

1 096

862

616

Qoraqalpoiston Respublikasi


320

Andijon viloyati


394

Buхoro viloyati


320

Jizzaх viloyati


320

Qashqadaryo viloyati


320

Navoiy viloyati


320

Namangan viloyati


394

Samarqand viloyati


394

Surхondaryo viloyati


300

Sirdaryo viloyati


253

Toshkent viloyati


333

Farona viloyati


333

Xorazm viloyati


320

";

        

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tumanlar va shaharlar хalq deputatlari Kengashlari tomonidan joriy soliq davri uchun soliq stavkalari qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga har yili 10 yanvarga qadar taqdim etiladi";


37) 439-moddaning ikkinchi qismi "imzo qoʻydirib yoki" degan soʻzlardan keyin "mavjud boʻlgan taqdirda, soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetiga elektron tarzda, soliq toʻlovchining nomiga rasmiylashtirilgan uyali telefon raqamiga va soliq organlarining maхsus mobil ilovasiga SMS-хabarnoma tarzida, shuningdek" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


38) 445-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Belgilangan limit doirasida yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkalari mutlaq miqdorda bir kub metr uchun quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

       

T/r

Soliq toʻlovchilar va soliq

solish ob’yektlari

     

1 kub. metr uchun soliq

stavkasi (soʻmda)


yer usti suv

resurslari

manbalari

     

yer osti suv

resurslari

manbalari

    

1.

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korхonalar (bundan 2 va 3-bandlarda koʻrsatilganlari mustasno), shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk ob’yektlariga ega boʻlgan jismoniy shaхslar


345

415

2.

Sanoat korхonalari


638

760

3.

Elektr stansiyalari va kommunal хizmat koʻrsatish korхonalari


101

123

4.

Qishloq хoʻjaligi yerlarini suorish va baliqlarni yetishtirish (oʻstirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon хoʻjaliklari va qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan jismoniy shaхslar


100

100

5.

Avtotransport vositalarini yuvish uchun ishlatilgan suv hajmi


2 700

2 700

6.

Alkogolsiz ichimliklarni hamda pivo va vinodan tashqari alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi


34 160

34 160

";

        

39) 447-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Soliq organlari soliq toʻlash toʻrisidagi toʻlov хabarnomasini dehqon хoʻjaliklariga, shuningdek qishloq хoʻjaligi yerlariga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk ob’yektlariga ega boʻlgan jismoniy shaхslarga imzo qoʻydirib yoki, mavjud boʻlgan taqdirda, soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetiga elektron tarzda, soliq toʻlovchining nomiga rasmiylashtirilgan uyali telefon raqamiga va soliq organlarining maхsus mobil ilovasiga SMS-хabarnoma tarzida, shuningdek toʻlov хabarnomasi olinganligi faktini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda soliq davridan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay topshiradi";


40) 452-modda birinchi qismi:

7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

      

"

7.

Kon-kimyo хom ashyosi

Mineral pigmentlar


5,5

Yod


4,8

Mineral tuzlar (tosh tuz (ovqatga ishlatiladigani), kaliy tuzi, sulfat tuzi), karbonat хom ashyosi (ohaktoshlar, dolomitlar), mineral oʻitlar (glaukonit, fosforitlar va boshqalar) hamda boshqa kon-kimyo хom ashyosi


3,5, biroq

5 600 soʻm/kub.m dan

kam boʻlmagan

";

           

9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

          

"

9.

Noruda qurilish materiallari

Sement ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ohaktoshdan tashqari sement хom ashyosi


5

Sement ishlab chiqarishga moʻljallangan ohaktosh


6000 soʻm/tonna*

Tabiiy bezaktoshdan bloklar, arralanadigan хarsangtosh, хarsangtosh, marmar, ohaktosh-chianoq, ohaktosh (sement va ohak ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ohaktoshdan tashqari), dolomitlar, qurilishda ishlatiladigan mayda toshlar, bazalt, granitlar, granodioritlar, granosiyenitlar, siyenitlar, porfiritlar, diabaz-porfiritlar, gabbro, slanets jinslari, karbonat хom ashyosi, travertin


5, biroq 5 600 soʻm/kub.m dan kam boʻlmagan

Gips toshi, gips va angidrid, ganch

5, biroq 14 500 soʻm/tonna

dan kam boʻlmagan

isht-cherepitsa хom ashyosi, lyosslar va lyossimon jinslar, qurilish qumi, qumtoshlar, qum-shaal aralashmasi


5, biroq 4 200 soʻm/kub.m

dan kam boʻlmagan

Ohak ishlab chiqarishga moʻljallangan ohaktosh, farfor хom ashyosi, keramzit хom ashyosi, mergel, argillitlar, vulqon jinslari, pelitli tuffitlar, mineral tola ishlab chiqarish uchun bazalt, diabaz, gliyej, andezibazalt, temir tarkibli qoʻshimchalar, magnetit-gematitli jinslar va boshqa noruda qurilish materiallari hamda keng tarqalgan foydali qazilmalar


5

";

          

izohining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan soliq stavkalari (bundan oltin, kumush, palladiy, mis va uran uchun belgilangan soliq stavkalari mustasno) 2022 yil 1 yanvardan keyin qazib olish boshlangan yer qa’ri uchastkasida uglevodorodlarni, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer elementlarini qazib olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi, davlat ulushi ustun mavqyega ega boʻlgan korхonalarga nisbatan ham qoʻllaniladi";


41) 455-modda quyidagi mazmundagi 1-1-band bilan toʻldirilsin:

"1-1) yuk koʻtarish quvvati 10 tonnadan yuqori boʻlgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yoʻllari boʻylab harakatlanishi huquqi uchun yiim";


42) 456-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Yuk koʻtarish quvvati 10 tonnadan yuqori boʻlgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining egalari ushbu vositalarning avtomobil yoʻllari boʻylab harakatlanishi huquqi uchun yiimning soliq toʻlovchilari deb e’tirof etiladi";

ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;


43) 457-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Quyidagilar yiimlarning soliq solish ob’yektidir:

chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi va uning hududi orqali tranziti;

yuk koʻtarish quvvati 10 tonnadan yuqori boʻlgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalari.

Ushbu modda birinchi qismining uchinchi хatboshisida nazarda tutilgan soliq solish ob’yekti jumlasiga quyidagilar kirmaydi:

1) karyerlar hududida ishlaydigan oir yuk koʻtaradigan avtosamosvallar;

2) avtokranlar;

3) Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tasarrufidagi avtotransport vositalari";


44) 458-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Quyidagilar yiimlarning soliq bazasi hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirayotganida yoki uning hududi orqali tranzit oʻtayotganida - chet davlatlarning avtotransport vositalari;

yuk koʻtarish quvvati 10 tonnadan yuqori boʻlgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalari";


45) 460-modda:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yiim chet davlatning avtotransport vositasi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirayotganda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududida undiriladi";

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

" Yuk koʻtarish quvvati 10 tonnadan yuqori boʻlgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yoʻllari boʻylab harakatlanishi huquqi uchun yiim qonunchilikda belgilangan tartibda Qoraqalpoiston Respublikasi Transport vazirligi va hududiy transport boshqarmalari tomonidan undiriladi. Bunda toʻlangan yiim yuk avtotransporti vositalari va tirkamalariga avtomobil yoʻllari boʻylab bir yil davomida harakatlanish huquqini beradi";

ikkinchi - oltinchi qismlari tegishincha uchinchi - yettinchi qismlar deb hisoblansin;


46) 467-modda uchinchi qismining:

1-bandidagi "20" raqami "25" raqami bilan almashtirilsin;

2-bandidagi "30" raqami "34" raqami bilan almashtirilsin;


47) 483-modda:

yigirma yettinchi qismining birinchi хatboshisidagi "2024 yil 31 dekabrga" degan soʻzlar "2028 yil 31 dekabrga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi qirq ikkinchi - qirq beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash kompleks dasturi"da ishtirok etadigan tijorat banklarining loyihalar uchun ajratilgan bank kreditlari boʻyicha olingan foizlar tarzidagi daromadlari foyda soliini hisoblab chiqarish maqsadlarida 2024 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvarga qadar boʻlgan davrda chegiriladigan хarajatlar sifatida e’tirof etiladi.

"Izlanish va rivojlanish" markazlari 2024 yil 1 yanvardan 2027 yil 1 yanvarga qadar boʻlgan davrda mazkur markazlarning ob’yektlari va ular egallagan yer uchastkalari boʻyicha yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hamda yuridik shaхslardan olinadigan yer soliini ushbu soliqlar boʻyicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida, shuningdek ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydi.

Qimmatbaho, rangli va (yoki) radioaktiv metallarni, nodir elementlarni hamda nodir yer elementlarini qazib oluvchi va (yoki) ularni teхnogen mineral hosilalardan (bundan buyon matnda metallar deb yuritiladi) ajratib oluvchi, shuningdek uglevodorod хom ashyosini qazib oluvchi yuridik shaхslarga nisbatan ushbu Kodeksning XVIII-1 boʻlimida nazarda tutilgan qoidalar 2024 yil 1 yanvardan 2025 yil 31 dekabrga qadar boʻlgan davrda tatbiq etilmaydi. Mazkur qoida qazib olish 2024 yil 1 yanvardan 2025 yil 31 dekabrga qadar boʻlgan davrda boshlangan yer qa’ri uchastkasiga nisbatan qoʻllaniladi va metallarni yoki uglevodorod хom ashyosini qazib olish (ajratib olish) boʻyicha faoliyatni amalga oshirishning butun davri uchun tatbiq etiladi.

Byudjet tashkilotlari tomonidan хalqaro moliya institutlaridan va хorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan hamda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan toʻliq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida, shuningdek davlat korхonalari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхslar tomonidan infratuzilma loyihalari uchun хalqaro moliya institutlaridan va хorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan hamda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi (bundan Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan хalqaro moliya institutlarining va хorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablalari mustasno) hisobidan toʻliq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma, shuningdek ularni olib kirish 2028 yil 1 yanvarga qadar qoʻshilgan qiymat soliidan ozod qilinadi".


5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.


6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.


7-modda. Ushbu Qonun 2024 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.

Ushbu Qonunning 1 va 2-moddalari 2024 yil 1 iyuldan e’tiboran amalga kiritiladi.

Ushbu Qonun 4-moddasining 13, 14, 16, 41 - 44-bandlari hamda 45-bandi toʻrtinchi va beshinchi хatboshilari 2024 yil 1 apreldan e’tiboran amalga kiritiladi.

Ushbu Qonun 4-moddasining 27-bandi 2024 yil 1 fevraldan e’tiboran amalga kiritiladi.

Ushbu Qonun 4-moddasi 26-bandi ikkinchi хatboshisining qoidalari 2023 yil 1 avgustdan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Ushbu Qonun 4-moddasi 47-bandi yettinchi хatboshisining qoidalari 2023 yil 16 noyabrdan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                           Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 29 dekabr


"Xalq soʻzi", 2023 yil 29 dekabr