Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 25.10.2023 y. 01/11-14/29-son "Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 28.12.2023 y. 3487-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

28.12.2023 y.

N 3487




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT AKTIVLARINI BOShQARISh

AGENTLIGI DIREKTORINING

25.10.2023 y.

01/11-14/29


BUYRUI



Oʻzbekiston Respublikasining

Yagona milliy baholash standartini

tasdiqlash toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining "Baholash faoliyati toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 fevraldagi PF-27-son "2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻrisida"gi Farmoni va 2023 yil 24 martdagi PQ-101-son "Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standarti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2020 yil 1 maydagi 01/11-15/62-son "Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartini tasdiqlash haqida"gi buyrui (roʻyхat raqami 3239, 2020 yil 4 iyun) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020 y., 10/20/3239/0721-son);

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2022 yil 4 martdagi 01/11-14/16-son "Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartiga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida"gi buyrui (roʻyхat raqami 3239-1, 2022 yil 14 mart) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022 y., 10/22/3239-1/0216-son).


3. Mazkur buyruq Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston baholovchilar jamiyati hamda Oʻzbekiston baholovchilar, ekspertlar va maslahatchilar jamiyati bilan kelishilgan.


4. Mazkur buyruq 2024 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.



Davlat aktivlarini boshqarish

agentligi direktori                                                                                 A.J. Ortikov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 30 dekabr