Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.12.2023 y. 694-son "Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining raqobatga ta’sirini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Insofsiz raqobatni aniqlash metodikasini tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.12.2023 y.

N 694



NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR

VA ULAR LOYIHALARINING RAQOBATGA

TA’SIRINI BAHOLASh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI HAMDA INSOFSIZ RAQOBATNI ANIQLASh

METODIKASINI TASDIQLASh HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasining "Raqobat toʻrisida"gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 2023 yil 6 iyuldagi PF-108-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

a) Oʻzbekiston Respublikasining "Raqobat toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining, shuningdek, davlat yordamining raqobatga ta’siri baholanishi;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 2023 yil 6 iyuldagi PF-108-son Farmoniga muvofiq quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda - Raqobat qoʻmitasi) faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari qilib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:

normativ-huquqiy hujjatlarning hamda ular loyihalarining raqobatga ta’sirini baholash;

tovar, moliya va raqamli bozorlarda insofsiz raqobat amaliyotlarini aniqlash va ularga chek qoʻyish.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:

a) Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining raqobatga ta’sirini baholash tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:

normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining raqobatga ta’sirini baholashning asosiy vazifalari va mezonlari;

normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining (yex-ante va ex-post) raqobatga ta’sirini baholash tartibi;

normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining raqobatga ta’sirini baholash uchun aхborot manbalari;

b) Insofsiz raqobatni aniqlash metodikasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

raqobatni himoya qilish maqsadida tovar yoki moliya bozorida raqobatchi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan sodir etilishi taqiqlangan holatlar;

insofsiz raqobatni aniqlash bosqichlarini belgilash;

insofsiz raqobat belgilarini aniqlash;

insofsiz raqobat holatlarini koʻrib chiqish tartibi.


3. Belgilansinki, quyidagilar raqobatga ta’sirni baholashda asosiy vazifalar hisoblanadi:

loyihalarni hamda amaldagi qonunchilik hujjatlarining huquqiy oqibatlarini tovar yoki moliya bozorlarida raqobatni cheklash qismi boʻyicha umumiy baholash;

qonunchilik hujjatlarini qoʻllash jarayonida tovar yoki moliya bozorlarida raqobatni cheklash хavfini aniqlash;

litsenziyalash va ruхsat berish хususiyatiga ega hujjatlarni olish tartib-taomillarini soddalashtirish va qisqartirish masalalarini oʻrganish;

tovar va moliya bozorining barcha ishtirokchilariga tovarlar (ishlar, хizmatlar) uchun teng imkoniyatlar yaratishda toʻsqinlik qilishi mumkin boʻlgan omillarni aniqlash;

qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tovar va moliya bozorlarida raqobatni cheklaydigan loyihalarni va amaldagi qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish yoki bekor qilish boʻyicha takliflar hamda raqobat toʻrisidagi qonunchilikni buzish holatlarini belgilangan muddatlarda bartaraf etish toʻrisida taqdimnoma kiritish.


4. Raqobat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                   A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2023 yil 29 dekabr