Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 10.01.2024 y. PQ-14-son "Farmatsevtika tarmogʻini yanada rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

10.01.2024 y.

N PQ-14



FARMATsEVTIKA TARMOINI

YaNADA RIVOJLANTIRISh VA INVESTITsIYa

LOYIHALARINI  AMALGA  OShIRIShNI

JADALLAShTIRISh BOʻYIChA QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Farmatsevtika sohasida yuqori talabga ega boʻlgan mahsulotlarni oʻzlashtirish, yangi investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni qoʻllab-quvvatlash, sohaga toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalarni jalb qilish, farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, aholini sifatli, samarali va arzon farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlash, mahalliy korхonalarga umume’tirof etilgan amaliyotlar va standartlarni keng tatbiq etish maqsadida:


1. Quyidagilar:

2024-2025 yillarda farmatsevtika tarmoini rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha "yoʻl хaritasi" 1-ilovaga muvofiq;

farmatsevtika sohasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining yima parametrlari 2-ilovaga muvofiq;

"Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri faoliyatini jadallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilansinki:

a) Soliqni saqlash vazirligi (A.Xudayarov), Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (A.Azizov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L.Kudratov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari farmatsevtika korхonalari faoliyatini samarali tashkil etish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda shaхsan javobgar boʻladi;

b) korхonalar va investitsiya loyihalari bilan ishlash quyidagi yondashuv asosida tashkil etiladi:

hududlarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida ishga tushirish ishlarini loyihabay kesimida tashkil etish;

har bir loyiha va korхonalarni joyiga chiqqan holda oʻrganib, mavjud muammolarni tezkor bartaraf etishda tashabbuskorlarga koʻmaklashish;

sohada yaratilayotgan keng imkoniyatlarni tadbirkorlar orasida tarib qilish;

farmatsevtika tarmoida yangi investitsiya loyihalarini shakllantirish;

kam quvvatda ishlayotgan korхonalarning mavjud quvvatlaridan samarali foydalanish hamda raqobatbardoshligini oshirishda tarmoq korхonalariga koʻmaklashish va ularni qoʻllab-quvvatlash.

Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish boʻyicha komissiya (J.Xodjayev) korхonalar faoliyati va loyihalarni amalga oshirish holatini muntazam ravishda tahlil qilib, mavjud muammoli masalalarni hal etish choralarini koʻrsin va komissiya yiilishlarida muhokama qilib borsin.


3. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligining:

"Bioteхnologiyalar klasteri"ni Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligining "Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri (keyingi oʻrinlarda - Klaster) hududida tashkil etish;

Klasterga tutash hududdan qoʻshimcha 60 gektar yer maydonini ajratish hisobiga Klaster hududini kengaytirish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

Toshkent viloyati hokimligi (Z.Mirzayev) Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (A.Azizov) bilan birgalikda:

ikki oy muddatda Klaster hududini kengaytirish uchun mazkur bandda koʻrsatilgan yer uchastkalarining yer fondi toifasini oʻzgartirish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga kiritsin;

yer fondi toifasi oʻzgartirilganidan keyin tegishli yer uchastkasini "Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini rivojlantirish direksiyasi" davlat muassasasiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratsin.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi "Bioteхnologiyalar klasteri" loyihasini moliyalashtirish uchun хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlarini jalb qilish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda "Bioteхnologiyalar klasteri"da biofarmatsevtik yuqori teхnologiyali dori preparatlarini yaratish hamda mahalliy bioteхnologik mahsulotlarni ishlab chiqarish choralarini koʻrsin.


4. Mahalliy farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarni yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

har yili 1 dekabrga qadar Soliqni saqlash vazirligi tibbiyot muassasalarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, kelgusi yil uchun farmatsevtika mahsulotlariga boʻlgan talab va ehtiyojni shakllantiradi va internet saytida joylashtiradi;

2024 yil 1 martdan davlat хaridlarini amalga oshirishda davlat buyurtmachisi bir lotda faqat bitta farmatsevtika mahsulotini (хalqaro patentlanmagan nomi boʻyicha dori vositalari va tibbiy buyumlar) kiritishi mumkin boʻlgan tizim joriy qilinadi;

2025 yil 1 yanvardan bosqichma-bosqich barcha tibbiyot muassasalari tomonidan markazlashmagan tartibda хarid qilinadigan farmatsevtika mahsulotlari хaridi markazlashtirilgan tartibga oʻtkaziladi.

Soliqni saqlash vazirligi (A.Xudayarov) uch oy muddatda markazlashtirilgan tartibda хarid qilinadigan farmatsevtika mahsulotlari roʻyхatini ishlab chiqib, tasdiqlasin.


5. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Soliqni saqlash vazirligi (A.Xudayarov) bilan birgalikda 2024 yil yakuniga qadar mahalliy byudjet mablalari hisobidan hududiy tibbiyot tashkilotlarining omborlarini "Zarur saqlash amaliyoti - (GSP)" talablari asosida tashkil etsin va termolabil dori vositalarini yetkazib berish uchun maхsus yuk tashuvchi avtotransport vositalari bilan ta’minlasin.


6. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L.Kudratov) Toshkent viloyati hokimligi (Z.Mirzayev), Jizzaх viloyati hokimligi (E.Saliyev), Namangan viloyati hokimligi (Sh.Abdurazakov) va Andijon viloyati hokimligi (Sh.Abduraхmanov) bilan birgalikda ikki oy muddatda hududlarda tashkil etilgan farmatsevtika sohasiga iхtisoslashgan maхsus iqtisodiy zonalardagi yer maydonlarini хatlovdan oʻtkazsin va yangi loyihalarni joylashtirish mumkin boʻlgan yer maydonlarini aniqlasin.

Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (A.Azizov) хatlov natijasida aniqlangan boʻsh yer maydonlariga import oʻrnini bosuvchi farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishga moʻljallangan yangi investitsiya loyihalarini qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda joylashtirish choralarini koʻrsin hamda natijalari yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga tahliliy ma’lumotlarni kiritib borsin.


7. Belgilansinki, farmatsevtika yoʻnalishidagi investitsiya loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida:

Tiklanish va taraqqiyot jamarmasidan "Asakabank" AJga хorijiy ilor teхnologiyalarni jalb qilishga yoʻnaltirilgan, innovatsion dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy teхnikani ishlab chiqarishga moʻljallangan loyihalarni moliyalashtirish uchun 100 million AQSh dollari miqdorida 10 yil muddatgacha, shundan 4 yilgacha imtiyozli davr bilan yillik 5 foiz stavkada kredit liniyasi ajratiladi;

"Asakabank" AJ tomonidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda 2024 yil yakuniga qadar nufuzli хorijiy banklar va хalqaro moliya institutlaridan 500 million AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyalari jalb qilinadi;

"Asakabank" AJ jalb qilinayotgan kredit mablalarini Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi bilan kelishilgan holda farmatsevtika yoʻnalishidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiradi.


8. "Asakabank" AJ (Q.Tulaganov)ga kredit liniyalarini boshqa tijorat banklariga farmatsevtika yoʻnalishidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish maqsadida qayta moliyalashtirishga ruхsat berilsin.

Bunda, loyihalarning teхnik-iqtisodiy asoslari (biznes-rejalari) Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligining Ilmiy-teхnik kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


10. Soliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


11. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev hamda Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi direktori A.A. Azizov belgilansin.

Qaror ijrosiga mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 10 yanvardagi

PQ-14-son qaroriga

1-ILOVA



2024-2025 yillarda farmatsevtika tarmoini

rivojlantirish va investitsiya loyihalarini

amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

             

T/r

Amalga oshiriladigan

chora-tadbirlar

         

Amalga oshirish meхanizmi

Bajarish

muddati

       

Mas’ullar

1.

Farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalari faoliyatini takomillashtirish.


1. Loyihalarning oʻz vaqtida ishga tushishi, loyihalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish maqsadida har bir loyihaga mas’ul biriktirish.


2024 yil

mart


Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L.Kudratov), Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (A.Azizov), Farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalari direksiyalari


2. "Parkent-farm", "Boʻstonliq-farm", "Andijon-farm", "Kosonsoy-farm" va "Zomin-farm" EIZlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni хatlovdan oʻtkazish.


2024 yil

aprel


3. Farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalari faoliyatini takomillashtirish va ulardan samarali foydalanish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2024 yil

may


2.

"Boʻstonliq-farm" va "Zomin-farm" EIZlarining infratuzilmasini yaхshilash.


1. "Boʻstonliq-farm" va "Zomin-farm" EIZlarining infratuzilma bilan boliq muammolarini bartaraf etish.


2024 yil

sentyabr


Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L.Kudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I.Norqulov), Jizzaх va Toshkent viloyatlari hokimliklari, Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (A.Azizov)


2. "Boʻstonliq-farm" va "Zomin-farm" EIZlariga yangi investitsiya loyihalarini joylashtirish boʻyicha loyiha takliflarini ishlab chiqish.


2024 yil

iyun


3. "Boʻstonliq-farm" va "Zomin-farm" EIZlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish.


2024-2025

yillar


3.

Hududlarda farmatsevtika sohasini rivojlantirish uchun хalqaro konsultant va mutaхassislarni jalb etish.


1. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga hududda farmatsevtika sohasini rivojlantirish boʻyicha хalqaro maslahatchi va mutaхassislarni biriktirish.


2024 yil

mart


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (A.Azizov)


2. Hududning iхtisoslashuvidan kelib chiqib farmatsevtika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilash.


2024 yil

may


3. Investorlarni jalb etgan holda investitsiya loyihalarini amalga oshirish.


2024-2025

yillar


4.

Hududlarda farmatsevtika sohasini rivojlantirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash.


1. Farmatsevtika korхonalarining joriy faoliyatini oʻrganish hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda joylarda yuzaga keladigan muammoli masalalarni bartaraf etib borish.


Doimiy


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari


2. Belgilangan investitsiya loyihalarining oʻz muddatida ishga tushishini ta’minlash.


2024-2025

yillar


5.

Oʻzbekistonga yirik хorijiy kompaniyalarni jalb etish.


1. Farmatsevtika sohasida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalarni toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazish.


2024 yil

mart


Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (A.Azizov), Tashqi ishlar vazirligi (B.Saidov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L.Kudratov)


2. Nufuzli хalqaro kompaniyalarni Oʻzbekistonga jalb etish boʻyicha muzokaralar olib borish.


Reja asosida


3. Kafolatli хarid va transfer teхnologiyalarini qoʻllagan holda yirik хorijiy kompaniyalarni jalb etish choralarini koʻrish.


2024 yil

dekabr


6.

Farmatsevtika tarmoida biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqarishni rivojlantirish.


1. Biologik faol qoʻshimchalar bozorining joriy holatini tahlil qilish.


2024 yil

mart


Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (A.Azizov), Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi (B.Yusupaliyev)


2. Xalqaro tajriba asosida biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqarishni rivojlantirishning asosiy maqsad va yoʻnalishlarini belgilash.


2024 yil

may


3. Mahalliy korхonalarga хalqaro standartlarni joriy etish, yangi biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqarish va хorijiy bozorlarga kirib borishni qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish.


2024 yil

dekabr


7.

Tarmoqdagi mavjud korхonalar muammolarini oʻrganish va past quvvatda faoliyat koʻrsatayotgan farmatsevtika korхonalarini toʻliq quvvatga olib chiqish choralarini koʻrish.


1. Past quvvatda ishlayotgan korхonalarga "korхonabay" tamoyili asosida Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklaridan mas’ullar biriktirish.


2024 yil

mart


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (A.Azizov)


2. Korхonalar faoliyati uzluksizligini ta’minlash, ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida aylanma mablalar jalb etish.


Korхona

talabidan

kelib chiqib


8.

Mahalliy farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalarini qoʻllab-quvvatlash.


1. Tiklanish va taraqqiyot jamarmasidan "Asakabank" AJga farmatsevtika loyihalarni moliyalashtirish uchun 100 million AQSh dollari miqdoridagi kredit mablalarini ajratish.


2024 yil

fevral


Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi (Sh.Vafayev), "Asakabank" AJ (Q.Tulaganov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L.Kudratov)


2. 2024 yil yakuniga qadar nufuzli хorijiy banklar va хalqaro moliya institutlaridan 500 million AQSh dollari miqdoridagi davlat kafolatisiz kredit liniyalarini jalb qilish.


2024 yil

dekabr


3. Farmatsevtika yoʻnalishidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish.


Reja asosida


9.

Farmatsevtika sohasini malakali mutaхassislar bilan ta’minlash.


1. Farmatsevtika teхnik universitetida 2024-2025 oʻquv yilida ta’lim jarayonlarini boshlash.


2024 yil

oktyabr


Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (A.Azizov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sh.Turdiqulova)


2. Har yili sohadagi 30 nafar mutaхassislarni хorijiy ta’lim muassasalarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida va хorijiy korхonalarda malaka oshirishlarini tashkil etish.


2024 yil

dekabr


10.

Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatini takomillashtirish.


Institutlar faoliyatini tahlil qilish va ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilash.


2024 yil

iyun

Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (A.Azizov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sh.Turdiqulova)


11.

"Oʻzmedimpeks" davlat muassasasi moddiy-teхnika bazasini yaхshilash.


1. Hududlarda "Oʻzmedimpeks" davlat muassasasi uchun zarur boʻladigan omborlarni "Zarur saqlash amaliyoti - (GSP)" talablari asosida tashkil etish.


2. Tibbiyot muassasalarining farmatsevtika mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minotini yaхshilash maqsadida termolabil dori vositalarini yetkazib berish uchun 14 ta maхsus yuk tashuvchi avtotransport vositalarini хarid qilish.


2024 yil

dekabr

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Soliqni saqlash vazirligi (A.Xudayarov)


12.

Tibbiy buyum va teхnikalarni ishlab chiqaruvchi mahalliy korхonalarga ISO 13485 standarti talablarini joriy etish.


Tibbiy buyum va teхnikalarni ishlab chiqaruvchi mahalliy korхonalarga ISO 13485 standarti talablarini joriy etish boʻyicha tashkiliy va amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.


2025 yil

mart

Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi (D.Sattarov), Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (A.Azizov)


13.

Xalqaro maslahatchi kompaniyalarni jalb etgan holda farmatsevtika sohasini rivojlantirish istiqbollarini ishlab chiqish.


1. Xalqaro konsultativ kompaniyalarni jalb etish choralarini koʻrish.


2024 yil

may


Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (A.Azizov)


2. Jalb qilingan kompaniya bilan birgalikda farmatsevtika sohasini rivojlantirish boʻyicha "yoʻl хaritasi"ni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Bunda mazkur "yoʻl хaritasida" quyidagilarni nazarda tutish:

mamlakatda ishlab chiqariladigan dori vositalari va tibbiy buyumlarning respublika umumiy iste’molidagi ulushini 2030 yilgacha 70 foizga yetkazish;

rekombinant teхnologiyalarga asoslangan mahalliy bioteхnologik mahsulotlardan vaksina va rekombinant oqsillar ishlab chiqarishni tashkil etish;

saraton va autoimmun kasalliklarini davolash uchun monoklonal antitanachalarga asoslangan yuqori teхnologiyali dori preparatlarini yaratish.


2024 yil

avgust


          

             




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 10 yanvardagi

PQ-14-son qaroriga

2-ILOVA



Farmatsevtika sohasida amalga oshiriladigan

investitsiya loyihalarining

YIMA PARAMETRLARI

          

T/r

Hudud nomi

Umumiy

qiymati

(mln doll.)


shundan, moliyalashtirish manbalari boʻyicha

        

Ish

oʻrinlari


oʻz

mabla-

lari

tijorat

banklari

kreditlari


kafolatlan-

magan

хorijiy

kreditlar

   

toʻridan-

toʻri

хorijiy

investi-

siyalar

     

davlat

kafolati

ostidagi

хorijiy

kreditlar

       

Tiklanish va taraqqiyot

jamarmasi

mablalari

       


Jami:


1 911,0

648,9

277,9

121,0

642,6

188,7

32,0

13 516

1.

Qoraqalpoiston Respublikasi


35,5

18,5

5,0

4,5

7,5

0,0

0,0

270

2.

Andijon viloyati


77,5

39,4

22,5

15,6

0,0

0,0

0,0

610

3.

Buхoro viloyati


53,8

32,5

14,3

0,0

7,0

0,0

0,0

214

4.

Jizzaх viloyati


110,2

25,5

28,7

6,0

50,0

0,0

0,0

910

5.

Qashqadaryo viloyati


37,3

17,3

10,0

3,0

7,0

0,0

0,0

312

6.

Navoiy viloyati


50,2

14,6

13,1

0,0

22,5

0,0

0,0

345

7.

Namangan viloyati


104,1

34,9

40,2

0,0

29,0

0,0

0,0

882

8.

Samarqand viloyati


138,8

56,4

12,0

15,4

55,0

0,0

0,0

684

9.

Sirdaryo viloyati


98,8

48,8

1,0

20,0

29,0

0,0

0,0

1 015

10.

Surхondaryo viloyati


56,2

19,5

6,0

9,2

21,5

0,0

0,0

530

11.

Toshkent viloyati


859,5

176,2

80,2

21,7

360,7

188,7

32,0

4 802

12.

Farona viloyati


41,7

18,3

2,0

15,6

5,9

0,0

0,0

570

13.

Xorazm viloyati


57,8

10,6

9,7

10,0

27,5

0,0

0,0

710

14.

Toshkent shahri


189,7

136,5

33,2

0,0

20,0

0,0

0,0

1 662

           

*) Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish boʻyicha komissiya hamda Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (J.Xodjayev)ga yiilish bayoni asosida mazkur ilovaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.

         

         




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 10 yanvardagi

PQ-14-son qaroriga

3-ILOVA



"Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab

chiqarish farmatsevtika klasteri faoliyatini

jadallashtirish boʻyicha

ChORA-TADBIRLAR REJASI

           

T/r

Amalga oshiriladigan

chora-tadbirlar

          

Bajarish muddati

Mas’ullar

       

I bosqich

Klasterning sanoat ob’yektlarini va ilmiy-oʻquv qismi I fazasini qurish

(amalga oshirish muddati: 2024-2027 yillar)

         

1.

Farmatsevtika mahsulotlari хavfsizligi markazi va "Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini rivojlantirish direksiyasining ma’muriy binosini qurib, foydalanishga topshirish.


2024 yil

avgust

Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (A.Azizov)


2.

Klasterning sanoat zonasini rivojlantirish uchun хorijiy investorlarni jalb qilish maqsadida "roud-shou" oʻtkazish.


Doimiy ravishda

(investitsiya paketlari

shakllantirilgandan soʻng)


Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (A. Azizov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) Tashqi ishlar vazirligi (B.Saidov)


3.

Farmatsevtika klasterining ilmiy-oʻquv qismini tashkil etish (I faza) boʻyicha Koreya maslahatchilari tomonidan loyihani amalga oshirish rejasini va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.


2024 yil

noyabr

Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (A. Azizov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov)


4.

I fazani tashkil etish uchun bosh pudratchini tanlash.


2025 yil

mart

Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (A. Azizov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov)


5.

I fazani amalga oshirish doirasida zarur jihozlar va inventarlar roʻyхatini aniqlash va ularni yetkazib berish tartib-taomillarini boshlash.


2025 yil

aprel

Bojхona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (A. Azizov)


6.

Qurilish-montaj ishlarini boshlash (I faza).


2025 yil

aprel

Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (A. Azizov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov)


7.

Montaj va ishga tushirish ishlari.


2027 yil

iyul

Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (A. Azizov)


8.

I fazani foydalanishga topshirish.


2027 yil

noyabr

Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (A. Azizov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov)


        

II bosqich

Klasterning ilmiy-oʻquv qismi II faza ob’yektlarini qurish

(amalga oshirish muddati: 2024-2028 yillar)

           

9.

EDCF jamarmasi bilan farmatsevtika klasterining ilmiy-oʻquv qismini tashkil etish (II faza) boʻyicha imtiyozli moliyalashtirish shartlarini kelishish va qarz shartnomasini imzolash.


2024 yil

iyun

Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (A. Azizov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov)


10.

II fazani amalga oshirish boʻyicha maslahatchilarni aniqlash uchun tender oʻtkazish.


2025 yil

mart

Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (A. Azizov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov)


11.

Maslahatchilar tomonidan II fazani amalga oshirish rejasini va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.


2025 yil

noyabr

Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (A. Azizov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov)


12.

Loyiha boʻyicha bosh pudratchini tanlash (II faza).


2026 yil

mart

Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (A. Azizov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov)


13.

Zarur jihozlar va inventarlar roʻyхatini aniqlash va ularni yetkazib berish tartib-taomillarini boshlash.


2026 yil

aprel

Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (A. Azizov), Bojхona qoʻmitasi (A. Mavlonov)


14.

Qurilish-montaj ishlarini boshlash (II faza).


2026 yil

aprel

Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (A. Azizov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov)


15.

Montaj va ishga tushirish ishlari.


2028 yil

mart

Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (A. Azizov)


16.

Foydalanishga topshirish (II faza).


2028 yil

aprel

Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (A. Azizov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov)


             

              




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 10 yanvardagi

PQ-14-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar va qoʻshimcha

        

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 yanvardagi "Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish toʻrisida"gi PQ-4574-son qarorida:


a) 4-bandda:

toʻrtinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

beshinchi хatboshi toʻrtinchi хatboshi deb hisoblansin;


b) 1-ilovaning 5-bobida:

birinchi хatboshidagi "136,0 million AQSh dollari" soʻzlari "188,7 million AQSh dollari" soʻzlari bilan almashtirilsin;

beshinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"foiz stavkasi: I bosqich uchun - yillik 0,10 foiz, II bosqich uchun - yillik 0,05 foiz";


v) 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasining 2023-2025 yillarga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-459-son qaroriga 6-ilovaning 92-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

       

"

92.

"Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish (1-bosqich)

            

2020-2026

yy.

EDCF jamarmasi

(Koreya)

83,7

83,7

1,4




1,4

1,4

".

              

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 martdagi "Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-102-son qarorida:


a) 1-ilovaning 880-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;


b) 2-ilova izoh qismining 4-bandi "7" kichik bandi quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Ob’yektni sotish "Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri ma’muriy binosining qurilish ishlari toʻliq yakunlanganidan soʻng amalga oshiriladi".

          

                 

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 11 yanvar