Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.01.2024 y. 23-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.01.2024 y.

N 23




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT

AKTIVLARINI BOShQARISh AGENTLIGI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2023 yil 24 martdagi PQ-101-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2023 yil 24 martdagi PQ-101-son qaroriga muvofiq:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi oʻrinlarda - Davaktiv agentligi) faoliyati tubdan takomillashtirilganligi hamda uning ustuvor yoʻnalishlari va asosiy vazifalari belgilab berilganligi;

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Boʻsh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish markazi (keyingi oʻrinlarda - Markaz) etib qayta tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:

Davaktiv agentligining maqomi va faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari, vazifalari va funksiyalari;

Davaktiv agentligining markaziy apparati, tarkibiy tuzilmalari va hududiy boshqarmalarining vazifalari, funksiyalari hamda huquqlari va javobgarligi;

Davaktiv agentligi rahbarlarining asosiy funksional vazifalari va javobgarligi;

Davaktiv agentligi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari;

Davaktiv agentligining boshqa davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish markazi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

Markaz maqomi va faoliyatining tashkiliy asoslari;

Markaz hamda uning hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari, funksiyalari hamda huquq va majburiyatlari;

Markazning hisobdorligi va faoliyati samaradorligini baholash mezonlari;

Markaz faoliyatini moliyalashtirish, хodimlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va moddiy rabatlantirish tartibi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2024 yil 11 yanvardagi

23-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan

ayrim qarorlari

ROʻYXATI

            

1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 15 maydagi 404-son qarori 1-bandining ikkinchi хatboshisi hamda qarorga 1-ilova.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi boʻsh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2020 yil 17 dekabrdagi 793-son qarori.


3. Vazirlar Mahkamasining "Davlat ishtirokidagi хoʻjalik jamiyatlari hamda davlat unitar korхonalarining rasmiy veb-saytlariga qoʻyiladigan talablar toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2021 yil 19 fevraldagi 81-son qarorining 2-bandi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida" 2021 yil 29 iyundagi 402-son qaroriga 4-ilovaning 23-bandi.


5. Vazirlar Mahkamasining "Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni хabardor qilish tartibi toʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida" 2022 yil 25 fevraldagi 88-son qaroriga 3-ilovaning 22-bandi.


6. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida" 2022 yil 20 apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)" 2022 yil 4 apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 962-bandi.


7. Vazirlar Mahkamasining "2021-2025 yillarda davlat ishtirokidagi korхonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2022 yil 26 oktyabrdagi 619-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandi.


8. Vazirlar Mahkamasining "Davlat mulkini хususiylashtirish va ijaraga berish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2023 yil 10 martdagi 100-son qaroriga 1-ilova 5-bandining "a" kichik bandi hamda 6-bandi.

         

         

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 12 yanvar