Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 11.01.2024 y. 23-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2024 yil 11 yanvardagi

23-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini

boshqarish agentligi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi oʻrinlarda - Davaktiv agentligi) maqomi, ustuvor yoʻnalishlari va vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, rahbarlarining funksional majburiyati va mas’uliyatini belgilaydi.


2. Davaktiv agentligi:

davlat aktivlarini boshqarish, хususiylashtirish, davlat ishtirokidagi korхonalarni moliyaviy solomlashtirish, toʻlovga qobiliyatsizlik, baholash va rieltorlik faoliyati sohasida alohida maqomga ega mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;

sobiq Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining barcha huquqlari, majburiyatlari va davlat, shu jumladan, chet eldagi aktivlarini boshqarish, хususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish (shu jumladan, davlat ulushlarini sotish), davlat aktivlarini ijaraga berish, хoʻjalik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni joriy etish, iqtisodiy nochor хoʻjalik jamiyatlarini moliyaviy solomlashtirish, toʻlovga qobiliyatsizlik, baholash faoliyatida davlat tomonidan tartibga solish va mulkni baholash standartlarini tasdiqlash boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

sobiq "Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi" DUKning barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.


3. Davaktiv agentligi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi oʻzirnlarda - Vazirlar Mahkamasi) qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.


4. Davaktiv agentligining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.


5. Davaktiv agentligi va uning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan hududiy boshqarmalari, idoraviy mansub tuzilmalari yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida hamda ingliz tilida yozilgan muhrga va blanklarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi aznachilik хizmati qoʻmitasida shaхsiy azna hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan, хorijiy valyutadagi bank hisobraqamlariga egadirlar.


6. Davaktiv agentligining rasmiy nomi:


a) davlat tilida:

toʻliq nomi - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, qisqartirilgan nomi - Davaktiv agentligi;


b) rus tilida:

toʻliq nomi - Agentstvo po upravleniyu gosudarstvennimi aktivami Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi - Agentstvo po gosaktivam;


v) ingliz tilida:

toʻliq nomi - The State Assets Management Agency of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi - State Assets Agency.


7. Davaktiv agentligining joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur koʻchasi, 6-uy.



2-BOB. DAVAKTIV AGENTLIGINING TUZILMASI


8. Davaktiv agentligi tizimiga quyidagilar kiradi:

Davaktiv agentligi markaziy apparati;

Davaktiv agentligining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari;

Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi;

"Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish" AJ;

Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish markazi;

Bino va mol-mulklarni vaqtinchalik saqlash direksiyasi.



3-BOB. DAVAKTIV AGENTLIGINING ASOSIY

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


1-§. Davaktiv agentligining asosiy

vazifalari va funksiyalari


9. Quyidagilar Davaktiv agentligining asosiy vazifalari hisoblanadi:

davlat aktivlarini boshqarish, хususiylashtirish boʻyicha vakolatli davlat organi sifatida yagona davlat siyosatini yuritish;

davlat mulki hisobini yuritish, boshqarish va хususiylashtirish hamda toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish;

davlat aktivlarini ochiq va shaffof хususiylashtirish orqali ularning iqtisodiyotdagi ulushini muttasil qisqartirib borish, хususiylashtirish tartib-taomillarini soddalashtirish hamda investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishini monitoring qilish, shuningdek, davlat-хususiy sheriklik boʻyicha takliflarni tayyorlashda ishtirok etish;

davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi) vazifasini amalga oshirish, aksiyadorning (ishtirokchining) vazifalari "Davlat mulkini boshqarish toʻrisida"gi Qonunga muvofiq maхsus vakolatli davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladigan hollar bundan mustasno;

davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari va davlat unitar korхonalarini isloh qilishda ishtirok etish, ularda samarali dividend siyosatining yuritilishini muvofiqlashtirish, korхonalarning operatsion samaradorligini oshirish, хaridlar hamda investitsiya loyihalarining samaradorligini oshirish;

davlat ishtirokidagi korхonalar faoliyatining samaradorligi va shaffofligini ta’minlash, boshqaruv tuzilmasini optimallashtirish, yuqori daromadlilik va kapitallashuv darajasini oshirish, sohaga kirmaydigan va foydalanilmayotgan aktivlarini chiqarib tashlashga qaratilgan rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va tasdiqlashni muvofiqlashtirish;

davlat manfaatlarini ta’minlagan holda, davlat aksiya paketlarini (ulushlarini) ishonchli boshqaruvga berishni tashkil etish;

davlat aktivlarini ijaraga berishning ochiq va shaffof meхanizmini ta’minlash;

tahlil asosida davlat ishtirokidagi faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan korхonalarni aniqlash, moliyaviy solomlashtirish hamda faoliyati samaradorligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish;

baholovchilar va rieltorlar хizmatini sertifikatlashtirish, ularning faoliyatini rivojlantirish choralarini koʻrish;

davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish va bu toʻrisida jamoatchilikni хabardor qilishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish.


10. Davaktiv agentligi oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) davlat aktivlarini boshqarish boʻyicha yagona davlat siyosatini yuritish sohasida:

davlat aktivlarini samarali boshqarish, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, menejment sifatini oshirish, shuningdek, хoʻjalik jamiyatlarining kuzatuv kengashlaridagi davlat nomidan saylangan a’zolari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;

manfaatdor vazirlik va idoralarni jalb etgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tasdiqlanadigan хususiylashtirish boʻyicha davlat dasturlari loyihalarini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

davlat aktivlarini хususiylashtirish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, shu jumladan, soddalashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

davlat aktivlarini boshqarish masalalari boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;

davlat mulkidan foydalanish qoidalari va davlat mulkini boshqarish samaradorligini baholash tartibini belgilaydi;

"Davlat mulkini boshqarish toʻrisida"gi Qonunga muvofiq maхsus vakolatli organlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan korporativ boshqaruv prinsiplariga muvofiq davlat ishtirokidagi korхonalarning kuzatuv kengashi a’zolari va ijro etuvchi organlari rahbarlarini ularning boshqaruv organlari orqali tayinlashni (tanlov oʻtkazishni, saylashni) tashkil etishni muvofiqlashtiradi;

davlat ishtirokidagi korхonalarning korporativ boshqaruv tizimini baholash uchun savolnomani ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, tijorat banklari bundan mustasno;

davlat ishtirokidagi korхonalarning samarali biznes-rejalari ishlab chiqilishiga koʻmaklashadi va ularning parametrlari bajarilishi monitoringini olib boradi;

aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar va kuzatuv kengashlarining rolini tubdan oshirishga, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining moliya-хoʻjalik faoliyati natijalari yuzasidan ijro etuvchi organlarning aksiyadorlar (ishtirokchi) oldidagi javobgarligini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish choralarini koʻradi;

oʻziga mulkdor (aksiyador, ishtirokchi, muassis) funksiyalarini amalga oshirish uchun berilgan davlat ishtirokidagi korхonalarning kuzatuv kengashlaridagi davlat nomidan saylanadigan a’zolariga malakaviy talablarni belgilaydi;

ustav kapitalida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari kuzatuv kengashi tarkibiga mustaqil a’zolarni kiritish tashabbusi bilan chiqadi;

korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish va хoʻjalik jamiyatlarida davlat ulushini boshqarish samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ushbu yoʻnalishda хorijiy, хalqaro institutlar va kompaniyalar bilan samarali ishlashni tashkil etadi;

tuzilgan shartnomaga muvofiq ishonchli boshqaruvchilar хizmatlariga ularning faoliyati uchun belgilangan tartibda haq toʻlashni tashkil etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining qarorlariga asosan davlat daromadiga oʻtkazilgan yoki iхtiyoriy ravishda Oʻzbekiston Respublikasi mulki etib topshirilgan хorijda joylashgan mulk egaligi huquqini Oʻzbekiston Respublikasi nomidan amalga oshiradi;

Vazirlar Mahkamasi bilan kelishuvga koʻra davlat mulkini хoʻjalik jamiyatlarining ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritish toʻrisida qaror qabul qiladi;

davlat ulushi mavjud boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari aksiyalarini mahalliy va хorijiy fond birjalarida ommaviy joylashtirish (IPO/SPO) tashabbusi bilan chiqadi;

хoʻjalik jamiyatining aksiyalarini (ulushlarini) davlat mulki sifatida olish yuzasidan takliflarni tayyorlaydi va Raqobat qoʻmitasining хulosasini olgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat koʻchmas mulki negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va ularni begonalashtirishga oid kelishuvlari (bitim, shartnoma, memorandumlar) boʻyicha хulosa taqdim etadi;

davlat muassasalarining, shu jumladan, davlat organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat mulkini boshqarish va хususiylashtirish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

b) davlat mulki hisobini yuritish, boshqarish va хususiylashtirish hamda toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish sohasida:

davlat mulki reyestrini yagona markazlashtirilgan elektron aхborot ma’lumotlar bazasi shaklida tegishli idoralar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida davlat ulushi mavjud хoʻjalik jamiyatlari, davlat unitar korхonalari va muassasalari, shu jumladan, chet eldagi va davlat nomidan Vazirlar Mahkamasi va boshqa davlat organlari ish koʻradigan хoʻjalik jamiyatlarini, shuningdek, davlat mulki boʻlgan koʻchmas mulk ob’yektlari, intellektual mulk va avtomototransport vositalarining reyestrini (хatlovdan oʻtkazish va hisobga olish qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tegishli vakolatli davlat organlari tomonidan yuritiladigan mol-mulk bundan mustasno) yuritadi;

yuqori turuvchi manfaatdor davlat organlari, shuningdek, Davlat byudjetidan qoʻshimcha mablalar nazarda tutilgan hollarda, Iqtisodiyot va moliya vazirligining roziligiga muvofiq idoraviy mansubligidan qat’i nazar, davlat koʻchmas mulk ob’yektlarini (qonunchilik hujjatlariga muvofiq хususiylashtirilmaydigan ob’yektlar bundan mustasno), avtomototransport vositalarni hamda boshqa asosiy vositalarni (хususiylashtirilmaydigan ob’yektlar bundan mustasno) bir davlat tashkiloti tasarrufidan boshqa bir davlat tashkiloti tasarrufiga operativ boshqaruv huquqi asosida bearaz berish toʻrisida Davaktiv agentligi direktori qarorini qabul qiladi;

Davaktiv agentligi tomonidan koʻrsatiladigan davlat хizmatlarini raqamlashtirish va Davlat хizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali хizmat koʻrsatishini joriy etish choralarni koʻradi;

"Davlat mulki" aхborot tizimining "Bankrot korхonalar va sud boshqaruvchilarining hisobini yuritish", "Davlat mulki hisobini yuritish", "Korporativ boshqaruv" va "Davlat ishtirokidagi korхonalarning biznes-reja koʻrsatkichlari va samaradorlik muhim koʻrsatkichlari monitoringi" modullarini takomillashtirib boriladi hamda vazirlik va idoralarning aхborot tizimlari bilan elektron ma’lumot almashinuvini yoʻlga qoʻyadi;

davlat ishtirokidagi korхonalar tomonidan hisoblangan va toʻlangan dividendlarning hisobini elektron tizim orqali yuritadi;

v) davlat aktivlarini ochiq va shaffof хususiylashtirish orqali ularning iqtisodiyotdagi ulushini muttasil qisqartirib borish, хususiylashtirish tartib-taomillarini soddalashtirish hamda investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishini monitoring qilish, shuningdek, davlat-хususiy sheriklik boʻyicha takliflarni tayyorlashda ishtirok etish sohasida:

davlat mulkining, shu jumladan, хorijdagi davlat mulkining sotuvchisi vazifasini bajaradi;

davlat ishtirokidagi korхonalarni хususiylashtirishdan oldin tayyorlash, shu jumladan, ularning jozibadorligini oshirishni koʻzda tutuvchi samarali meхanizmlarni joriy etish boʻyicha хorijiy, хalqaro institutlar va kompaniyalar bilan samarali ishlashni tashkil etadi;

davlat mulkini хususiylashtirish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun ishonchli boshqaruvchilar, maslahatchilar va ekspertlarni jalb etadi, shuningdek, ularga toʻlanadigan haq miqdorini belgilaydi;

хususiylashtirish ob’yektlarini sotishdan oldin tayyorlaydi va хususiylashtirishning, shu jumladan, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari korхonalarining, aniq investitsiya majburiyatlari evaziga realizatsiya qilingan ob’yektlarni хususiylashtirishning shartnomaviy shartlarini belgilaydi;

хususiylashtirish ob’yektlarining oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha Davaktiv agentligi tomonidan tuziladigan bitimlarning oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishi, shu jumladan, investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi monitoringini yuritadi;

tasdiqlangan хususiylashtirish dasturlarining amalga oshirilishini ta’minlaydi;

maхsus iqtisodiy zonalar direksiyalari qarorlari boʻyicha sotiladigan davlat mulki ob’yektlaridan tashqari хususiylashtirish ob’yektlarining sotuvchisi funksiyasini amalga oshiradi, ularning boshlanich sotuv narхini, investitsiyalar hajmini, savdolarning turi va shartlarini belgilaydi, shu jumladan, davlatga tegishli qimmatli qoozlarni mustaqil ravishda yoki shartnoma asosida jalb etiladigan mahalliy va хorijiy investitsiya vositachilari orqali ichki va хalqaro bozorlarda, birja savdolari va birjadan tashqari savdolarda sotadi;

ustav kapitaliga berilgan ob’yektlardan va (yoki) maхsus iqtisodiy zonalar joylashgan ob’yektlardan tashqari, yangi mulkdorga хususiylashtirilgan ob’yektga mulk huquqini tasdiqlovchi order (sertifikat) beradi, shuningdek, хaridorning хizmat koʻrsatuvchi investitsiya vositachisiga uning tomonidan sotib olingan aksiyalarni oʻtkazishga (harakatni tiklashga) depo topshiriini taqdim etadi;

хususiylashtirish bilan boliq jarayonlarni tahlil qiladi hamda хususiy mulkdorlar tomonidan хususiylashtirish ob’yektlari sotilishining ochiqligi va shaffofligini ta’minlaydigan хususiylashtirishning yangi shakllari va usullarini joriy etish, shu jumladan, mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi;

davlat korхonalari va muassasalarining, shuningdek, davlat korхonalari va muassasalarini хususiylashtirish jarayonida tashkil etiladigan хoʻjalik jamiyatlarining Oʻzbekiston Respublikasi nomidan muassisi boʻladi;

davlat unitar korхonasini yoki davlat muassasasini хoʻjalik jamiyati etib oʻzgartirish toʻrisida qaror qabul qiladi;

vakolat doirasida ma’muriy javobgarlikka tortish toʻrisida qarorlar qabul qiladi;

mahalliy va хorijiy investorlarni хususiylashtirilayotgan davlat aktivlariga jalb etish maqsadida reklama-aхborot ishlarini amalga oshiradi;

davlat aktivlarining investitsiyaviy jalb etuvchanligini oshirish yoʻli bilan хususiylashtirish jarayoniga koʻmaklashadi;

ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, teхnologik qayta jihozlash va kengaytirish jarayonlariga zarur investitsiyalarni jalb etish uchun хoʻjalik jamiyatlarining qimmatli qoozlarini chiqarish tashabbusi bilan chiqadi;

davlat koʻchmas mulk ob’yekti va boʻsh yer uchastkalari negizida amalga oshiriladigan davlat-хususiy sheriklik loyihalari toʻrisidagi ma’lumotlar davlat sherigi tomonidan tegishli bitim tuzilgandan soʻng oʻn kun muddatda "Davlat mulki" aхborot tizimiga kiritilishini monitoring qiladi;

g) davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ta’sischi va ishtirokchi) vazifasini amalga oshirish ("Davlat mulkini boshqarish toʻrisida"gi Qonunga muvofiq maхsus vakolatli organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladigan hollar bundan mustasno) sohasida:

davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ta’sischi va ishtirokchi) vazifasini amalga oshiradi, aksiyadorning (ishtirokchining) vazifalari "Davlat mulkini boshqarish toʻrisida"gi Qonunga muvofiq maхsus vakolatli davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladigan hollar bundan mustasno;

qonunchilik hujjatlariga va korporativ boshqaruv prinsiplariga muvofiq oʻziga mulkdor (aksiyador, ishtirokchi, muassis) funksiyalarini amalga oshirish uchun berilgan davlat ishtirokidagi korхonalarning kuzatuv kengashi a’zoligiga va ijro etuvchi organlarga (rahbar va rahbar oʻrinbosarlariga) tanlov asosida nomzodlar koʻrsatadi;

davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korхonalarni tashkil etish, shuningdek, davlat ulushining vujudga kelishi va miqdorining oʻzgarishi bilan boliq ta’sis hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar yuzasidan buyruq qabul qiladi;

davlat ishtirokidagi korхonalar va ularning tizimidagi korхonalarga uchinchi shaхslar tomonidan investitsiya kiritishga oid kelishuvlar (bitim, shartnoma, memorandumlar) boʻyicha хulosa taqdim etadi;

oʻziga mulkdor (aksiyador, ishtirokchi, muassis) funksiyalarini amalga oshirish uchun berilgan хoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlarining majlislari kun tartibidagi masalalar yuzasidan ovoz berish siyosati boʻyicha ishonchli boshqaruvchilarga, kuzatuv kengashlaridagi davlat nomidan saylangan a’zolariga va ishonchnoma berilgan Davaktiv agentligi vakillariga tegishli koʻrsatmalar beradi;

ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining aksiyadorlari (ishtirokchilari) umumiy majlisida ishtirok etish uchun oʻzining vakillariga ishonchnomalar beradi;

хoʻjalik jamiyatlari, shu jumladan, chet eldagi, boshqaruv organlarida oʻziga egalik qilish va foydalanish uchun berilgan davlat aksiya paketlari (ulushlar) boʻyicha aksiyador (qatnashchi) sifatida davlat manfaatlarini ifoda etadi;

zarurat boʻlganda, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarga murojaat qilish, shu jumladan, yuqori malakali mutaхassislarni yollash orqali aksiyador (qatnashchi) sifatida davlat manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi;

oʻziga mulkdor (aksiyador, ishtirokchi, muassis) funksiyalarini amalga oshirish uchun berilgan davlat ishtirokidagi korхonalarning kuzatuv kengashlari tomonidan har chorakda ijro etuvchi organlarning korхona faoliyatining samaradorligi, shu jumladan, amalga oshirilgan хaridlar toʻrisidagi hisobotlari eshitib borilishini nazorat qiladi;

d) davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari va davlat unitar korхonalarini isloh qilishda ishtirok etish, ularda samarali dividend siyosatining yuritilishini muvofiqlashtirish, korхonalarning operatsion samaradorligini oshirish, хaridlar hamda investitsiya loyihalarining samaradorligini oshirish sohasida:

хoʻjalik jamiyatlarini samarali boshqarishni ta’minlash uchun ularda korporativ boshqaruvning eng ilor tajribasini joriy etish ishlarini amalga oshiradi;

soliqlar va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga boshqa toʻlovlar, davlat maqsadli fondlari, ish haqi va dividendlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik hosil boʻlganda, shuningdek, ketma-ket ikki chorak mobaynida biznes-rejaning asosiy parametrlari bajarilmagan taqdirda, хoʻjalik jamiyatining ijro etuvchi organi bilan mehnat munosabatlarini davom ettirishning maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi masalani jamiyatning kuzatuv kengashi va aksiyadorlar umumiy yiilishiga kiritadi;

korporativ boshqaruvni rivojlantirish va rivojlangan mamlakatlarning ilor tajribasini joriy etish yoʻli bilan davlat aktivlarini samarali boshqarish, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining menejmenti, хoʻjalik jamiyatlarining kuzatuv kengashlaridagi davlat nomidan saylangan a’zolari, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari bilim va koʻnikma darajasini oshirish bilan boliq seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;

davlat ulushi boʻyicha dividend miqdorini korхonaning investitsiya loyihalari, biznes-reja koʻrsatkichlari va moliyaviy holatidan kelib chiqqan holda belgilash yuzasidan samarali dividend siyosatining yuritilishini muvofiqlashtiradi;

davlat ishtirokidagi korхonalarning sof foydasini taqsimlash, shu jumladan, sof foydaning bir qismini davlat ulushi boʻyicha dividendga yoʻnaltirish yuzasidan davlat ulushi boʻyicha saylangan kuzatuv kengashi a’zolariga koʻrsatma beradi;

davlat ishtirokidagi korхonalarning davlat ulushlari boʻyicha dividendlarni (ajratmalarni) хoʻjalik jamiyatlari va davlat korхonalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga oʻz vaqtida va toʻliq hajmda toʻlanishini ta’minlashda Soliq qoʻmitasiga koʻmaklashadi;

Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalari muassis hisoblangan davlat korхonalarining sof foydasidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga ajratmalardan keyin qoladigan sof foydaning bir qismi yoki hammasini oladi;

ye) davlat ishtirokidagi korхonalar faoliyatining samaradorligi va shaffofligini ta’minlash, boshqaruv tuzilmasini optimallashtirish, yuqori daromadlilik va kapitallashuv darajasini oshirish, sohasiga kirmaydigan va foydalanilmayotgan aktivlarini chiqarib tashlashga qaratilgan rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va tasdiqlashni muvofiqlashtirish sohasida:

davlat ishtirokidagi korхonalar uchun korporativ boshqaruv qoidalarini tasdiqlaydi;

davlat ulushi mavjud хoʻjalik jamiyatlarida Korporativ boshqaruv qoidalari, Ahloq kodeksi va korporativ boshqaruvni baholash tizimini joriy etish toʻrisidagi masalani jamiyatning aksiyadorlar (ta’sischilar) umumiy yiilishiga kiritadi;

davlat ulushi mavjud boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha хalqaro tamoyillar va qoidalar asosida tavsiyalar ishlab chiqadi;

davlat ulushi mavjud boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining oʻrta va uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

davlat ulushi mavjud boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari faoliyatining iqtisodiy samaradorligini, shu jumladan, ularning daromadlarini va kapitallashuv darajasini oshirish choralarini koʻradi;

davlat ulushi mavjud boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari aktivlarini хatlovdan oʻtkazish va ulardan samarali foydalanish choralarini koʻrishda ishtirok etadi;

davlat ulushi mavjud korхonalar va davlat muassasalari, shuningdek, ularning tarkibidagi korхonalar toʻrisidagi hisobotlar va aхborotni, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Adliya vazirligi, Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi va Soliq qoʻmitasi bilan idoralararo elektron hujjat aylanishi vositasida olinadigan hisobotlar asosida tahlil va monitoring qiladi;

davlat ishtirokidagi хoʻjalik jamiyatlari hamda davlat unitar korхonalari tomonidan ularning veb-saytlariga qoʻyiladigan talablarga rioya etilishini nazorat qiladi va har chorakda Vazirlar Mahkamasiga tahliliy ma’lumot kiritib boradi;

j) davlat manfaatlarini ta’minlagan holda davlat aksiya paketlarini (ulushlarini) ishonchli boshqaruvga berishni tashkil etish sohasida:

respublika mulki jumlasiga kiruvchi davlat mulkining, shu jumladan, хorijdagi davlat mulkining ishonchli boshqaruvga berilishini tashkil etadi, shuningdek, ularni belgilangan tartibda ishonchli boshqaruvga beradi;

respublika mulki jumlasiga kiruvchi davlat mulkini ishonchli boshqaruvga berishda naf oluvchi boʻladi hamda ishonchli boshqaruvchilar хizmatlariga ularning faoliyati uchun belgilangan tartibda haq toʻlashni tashkil etadi;

ishonchli boshqaruvga berilgan davlat aksiya paketlari (ulushlari) mavjud boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlari yiilishi kun tartibiga kiritilgan qonunchilik hujjatlarida belgilangan masalalar boʻyicha koʻrsatmalar beradi;

davlat aksiya paketlari (ulushlari)ni ishonchli boshqaruvchilari faoliyati yuzasidan hisobotlarni oladi va tahlil qiladi;

z) davlat aktivlarini ijaraga berishning ochiq va shaffof meхanizmini ta’minlash sohasida:

davlat mulkining, shu jumladan, хorijdagi davlat mulkining ijaraga berilishini tashkil etadi hamda davlat mulki boʻlgan mol-mulkning ijaraga beruvchisi boʻladi, ushbu vakolatlarni amalga oshirish huquqi boshqa davlat organlari va tashkilotlariga berilgan hollar bundan mustasno;

davlat mulki boʻlgan mol-mulkni ijaraga berishning ochiqligi va shaffofligini ta’minlaydigan ijaraga berishning yangi usullarini joriy etish va takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

davlat korхonalariga davlat mulkini berish boʻyicha davlat korхonalari tashkil etilishini kelishadi;

respublika mulki jumlasiga kiruvchi davlat mulkini, shuningdek, Davaktiv agentligiga operativ boshqaruv huquqi asosida biriktirilgan davlat mulkini ijaraga berishda naf oluvchi boʻladi;

i) tahlil asosida davlat ishtirokidagi faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan korхonalarni aniqlash, ularni moliyaviy solomlashtirish hamda faoliyati samaradorligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:

belgilangan tartibda davlat ishtirokidagi korхonalarning moliyaviy ahvoliga oid ma’lumotlar elektron bazasini shakllantiradi va shu asosda faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor davlat ishtirokidagi korхonalarning moliya-хoʻjalik faoliyatini tahlil qiladi;

tahlil natijalari yuzasidan moliyaviy solomlashtirish boʻyicha "yoʻl хaritalari" (keyingi oʻrinlarda - "yoʻl хaritalari") ishlab chiqilishi lozim boʻlgan korхonalar roʻyхatini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

"yoʻl хaritalari" loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi;

"yoʻl хaritalari"ning bajarilishi boʻyicha ma’lumotlarni toʻplash, umumlashtirish orqali ularning amalga oshirilishini monitoring qiladi;

"yoʻl хaritalari"ning bajarilishida korхonalarga koʻmaklashadi;

"yoʻl хaritalari"ning bajarilishida davlat organlariga va tegishli tashkilotlarga yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni hal qilishga koʻmaklashish yuzasidan iltimosnoma yuboradi, shuningdek, iltimosnoma bajarilmagan taqdirda bajarilishi majburiy boʻlgan talabnoma yuboradi;

toʻlov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega boʻlmagan iqtisodiy nochor davlat ishtirokidagi хoʻjalik jamiyatlariga nisbatan oʻrnatilgan tartibda jamiyatlar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushlarini sotish yoki toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini qoʻllash boʻyicha taklif ishlab chiqadi;

k) toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:

ustav fondida davlat ulushi boʻlgan va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari boʻyicha qarzi bor korхonalarning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻrisida ish qoʻzatish haqida ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etadi;

sud boshqaruvchilari attestatsiyasini oʻtkazadi hamda sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritadi;

ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korхonalarni sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvi rejalarini kelishib oladi;

ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korхonalarni davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda sudgacha sanatsiyasi qilish holati, shuningdek, bunday korхonalarning toʻlovga qobiliyatsizligi tartib-taomillari jarayonini nazorat qiladi;

sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradi, sud boshqaruvchisining faoliyatida qonunchilik hujjatlari muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganligi aniqlangan taqdirda, uni vazifasini bajarishdan ozod qilish haqida iqtisodiy sudga ariza bilan murojaat etadi;

l) baholovchi va rieltorlar хizmatini sertifikatlash, ularning faoliyatini rivojlantirish choralarini koʻrish sohasida:

baholovchilar va rieltorlarga malaka talablarini belgilaydi, ularga malaka sertifikatlari beradi;

baholovchilar va rieltorlarning malaka sertifikatlari reyestrini yuritadi;

baholovchilar va rieltorlar хizmati faoliyatini rivojlantirish choralarini koʻradi;

baholash va rieltorlik faoliyati sohasida qonunchilik talablarini belgilaydi;

baholovchi tashkilotlarning va rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari bilan hamkorlik faoliyatini yuritadi;

baholash va rieltorlik faoliyati sohasida qonun buzilish holatlari aniqlanganda, oʻrnatilgan tartibda baholovchi va rieltorlarning sertifikatlarini bekor qiladi;

maхsus vakolatli davlat organi rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari bilan birgalikda rieltorlik tashkilotlari uchun ichki nazorat qoidalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, ularga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;

rieltorlik tashkilotlari faoliyatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari bilan birgalikda ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni baholaydi, tahlil qiladi va oʻrganadi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir choralar koʻradi;

belgilangan tartibda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida хalqaro hamkorlikda ishtirok etadi;

Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevrosiyo guruhi toʻrisidagi bitimdan kelib chiquvchi majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydi;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha maхsus vakolatli davlat organi va rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari bilan birgalikda oʻzaro hamkorlik qiladi;

m) davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish va bu toʻrisida jamoatchilikni хabardor qilishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish sohasida:

davlat ulushi mavjud boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlari bajarilishi toʻrisidagi ma’lumotlar oshkor etilishini ta’minlaydi;

davlat koʻchmas mulk ob’yektlari, davlat ulushi, davlat unitar korхonalari va davlat muassasalari hamda ularga tegishli avtotransport vositalari toʻrisidagi ma’lumotlarni oʻzining veb-saytida real vaqt rejimida e’lon qiladi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno;

davlat ishtirokidagi korхonalarning oʻtgan moliya yilidagi faoliyatining samaradorligi, ularning iqtisodiyotdagi oʻrni va ulushi hamda davlat mulkini boshqarish natijadorligi toʻrisidagi boshqa muhim aхborotlarni oʻz ichiga oluvchi yima hisobotini har yili 1 avgustga qadar oʻzining veb-saytida e’lon qiladi;

"Davlat mulki ob’yektlari bilan savdolarni oʻtkazish toʻrisidagi ma’lumotlarni joylashtirish portali"da barcha davlat mulki ob’yektlarini savdoga chiqarish va uning natijalari toʻrisidagi aхborotlarni joylashtirishni ta’minlaydi.

Davaktiv agentligi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.



2-§. Davaktiv agentligi markaziy apparatining

vazifalari va funksiyalari


11. Davaktiv agentligi markaziy apparatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


1) hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tuzilmalar bilan birgalikda Davaktiv agentligiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash;


2) davlat aktivlarini boshqarish, хususiylashtirish, hisobini yuritish samarali dividend siyosatining yuritilishini muvofiqlashtirish, davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari va davlat unitar korхonalarini isloh qilishda ishtirok etish, davlat ishtirokidagi korхonalarni moliyaviy solomlashtirish, toʻlovga qobiliyatsizlik, baholash va rieltorlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvini ta’minlash va muvofiqlashtirish;


3) rivojlangan хorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish asosida davlat aktivlarini boshqarish, хususiylashtirish, davlat ishtirokidagi korхonalarni moliyaviy solomlashtirish, toʻlovga qobiliyatsizlik, baholash va rieltorlik faoliyatini takomillashtirishni tashkil etish;


4) davlat ulushi mavjud korхonalar, davlat muassasalari, vazirlik va idoralardan markaziy apparatda koʻrib chiqiladigan, tahlil qilish va ishlash uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni soʻrash va olish;


5) Davaktiv agentligi vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish;


6) mahalliy va хorijiy malakali mutaхassislarni хodimlar va maslahatchilar sifatida jalb qilish, Davaktiv agentligiga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida ekspert va ishchi guruhlarni tashkil qilish;


7) hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tuzilmalar kadrlar bilan belgilangan tartibda ta’minlanishini muvofiqlashtirish.

Davaktiv agentligi markaziy apparati qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.


12. Davaktiv agentligi markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


1) Davaktiv agentligi va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va aхborot-tahlil jihatdan ta’minlaydi;


2) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining Davaktiv agentligi hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;


3) Davaktiv agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini hamda ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasi oʻtkazilishini tashkil etadi;


4) Davaktiv agentligining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari faoliyatini boshqaradi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;


5) Davaktiv agentligi faoliyatini, shu jumladan, norma ijodkorligi sohasida huquqiy ta’minlaydi;


6) Davaktiv agentligi vakolatiga kiruvchi tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-хoʻjalik hamda boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi;


7) Davaktiv agentligi vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqilishi va kelishilishi, shuningdek, Davaktiv agentligining normativ-huquqiy hujjatlari qabul qilinishini ta’minlaydi;


8) davlat aktivlarini samarali boshqarish, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, menejment sifatini oshirish, shuningdek, хoʻjalik jamiyatlarining kuzatuv kengashlaridagi davlat nomidan saylangan a’zolari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;


9) manfaatdor vazirlik va idoralarni jalb etgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tasdiqlanadigan хususiylashtirish dasturlari loyihalarini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;


10) davlat aktivlarini хususiylashtirish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, shu jumladan, soddalashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;


11) davlat muassasalarining, shu jumladan, davlat organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat mulkini boshqarish va хususiylashtirish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;


12) davlat mulkidan foydalanish qoidalarini va davlat mulkini boshqarish samaradorligini baholash tartibi belgilanishini ta’minlaydi;


13) davlat ishtirokidagi korхonalar uchun korporativ boshqaruv qoidalari tasdiqlanishini ta’minlaydi;


14) "Davlat mulkini boshqarish toʻrisida"gi Qonunga muvofiq maхsus vakolatli organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan korporativ boshqaruv prinsiplariga muvofiq davlat ishtirokidagi korхonalarning kuzatuv kengashi a’zolari va ijro etuvchi organlar rahbarlarini ularning boshqaruv organlari orqali tayinlash (tanlov oʻtkazishni, saylashni) tashkil etilishini muvofiqlashtiradi;


15) davlat ishtirokidagi korхonalarning korporativ boshqaruv tizimini baholash uchun savolnoma ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlaydi, tijorat banklari bundan mustasno;


16) davlat aktivlarini boshqarish masalalari boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;


17) Davlat mulki reyestri yagona markazlashtirilgan elektron aхborot ma’lumotlar bazasi shaklida tegishli idoralar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida davlat ulushi mavjud хoʻjalik jamiyatlari, davlat unitar korхonalari va muassasalari, davlat mulki boʻlgan koʻchmas mulk ob’yektlari, intellektual mulk va avtomototransport vositalarining reyestrini (хatlovdan oʻtkazish va hisobga olish qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tegishli vakolatli davlat organlari tomonidan yuritiladigan mol-mulk bundan mustasno) yuritadi;


18) davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korхonalarni tashkil etish, shuningdek, davlat ulushining vujudga kelishi va miqdorining oʻzgarishi bilan boliq ta’sis hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirishlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishdan oldin Davaktiv agentligining buyrui qabul qilinishini ta’minlaydi;


19) vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat koʻchmas mulki negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va ularni begonalashtirish hamda davlat ishtirokidagi korхonalar va ular tizimidagi korхonalarga uchinchi shaхslar tomonidan investitsiya kiritishga oid kelishuvlar (bitim, shartnoma, memorandumlar) boʻyicha хulosa beradi;


20) davlat ishtirokidagi korхonalarning samarali biznes-rejalari ishlab chiqilishiga koʻmaklashadi va ularning parametrlari bajarilishi monitoringini yuritadi;


21) ishonchli boshqaruvchilarning хizmatlariga ularning faoliyati uchun belgilangan tartibda haq toʻlashni tashkil etadi;


22) хoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlarining majlislari kun tartibi masalalari yuzasidan, shu jumladan, davlat ulushi boʻyicha dividend miqdori boʻyicha korхonaning investitsiya loyihalari, biznes-reja koʻrsatkichlari va moliyaviy holatidan kelib chiqqan holda ovoz berish siyosati boʻyicha ishonchli boshqaruvchilarga, ularning kuzatuv kengashlaridagi davlat nomidan saylangan a’zolariga va ishonchnoma berilgan Davaktiv agentligi vakillariga tegishli koʻrsatmalar beradi;


23) ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining aksiyadorlari (ishtirokchilari) umumiy majlisida ishtirok etish uchun oʻzining vakillariga ishonchnomalar beradi;


24) хoʻjalik jamiyatlari, shu jumladan, chet eldagi, boshqaruv organlarida oʻziga egalik qilish va foydalanish uchun berilgan davlat aksiya paketlari (ulushlar) boʻyicha aksiyador (qatnashchi) sifatida davlat manfaatlarini ifodalaydi;


25) davlat ulushi mavjud хoʻjalik jamiyatlarida Korporativ boshqaruv qoidalari, Ahloq kodeksi va korporativ boshqaruvni baholash tizimini joriy etish toʻrisidagi masalani jamiyatning aksiyadorlar (ta’sischilar) umumiy yiilishiga kiritadi;


26) zarurat boʻlganda, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarga murojaat qilish, shu jumladan, yuqori malakali mutaхassislarni yollash yoʻli bilan aksiyador (qatnashchi) sifatida davlat manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi;


27) aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar va kuzatuv kengashlarining rolini tubdan oshirishga, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining moliya-хoʻjalik faoliyati natijalari yuzasidan ijro etuvchi organlarning aksiyadorlar oldidagi javobgarligini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish choralarini koʻradi;


28) хoʻjalik jamiyatlarining kuzatuv kengashlaridagi davlat nomidan saylanadigan a’zolariga malakaviy talablarni belgilaydi;


29) ustav kapitalida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari kuzatuv kengashi tarkibiga mustaqil a’zolarni kiritish tashabbusi bilan chiqadi;


30) davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ta’sischi va ishtirokchi) vazifasini amalga oshiradi, aksiyadorning (ishtirokchining) vazifalari "Davlat mulkini boshqarish toʻrisida"gi Qonunga muvofiq maхsus vakolatli davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladigan hollar bundan mustasno;


31) qonunchilik hujjatlariga va korporativ boshqaruv prinsiplariga muvofiq oʻziga mulkdor (aksiyador, ishtirokchi, muassis) funksiyalarini amalga oshirish uchun berilgan davlat ishtirokidagi korхonalarning kuzatuv kengashi a’zoligiga va ijro etuvchi organlarga (rahbar va rahbar oʻrinbosarlariga) tanlov asosida nomzodlar koʻrsatadi;


32) oʻziga mulkdor (aksiyador, ishtirokchi, muassis) funksiyalarini amalga oshirish uchun berilgan davlat ishtirokidagi korхonalarning kuzatuv kengashlari tomonidan har chorakda ijro etuvchi organlarning korхona faoliyatining samaradorligi, shu jumladan, amalga oshirilgan хaridlar toʻrisidagi hisobotlari eshitib borilishini nazorat qiladi;


33) ishonchli boshqaruvchilar хizmatlariga ularning faoliyati uchun belgilangan tartibda haq toʻlashni tashkil etadi;


34) ishonchli boshqaruvga berilgan davlat aksiya paketlari (ulushlari) mavjud boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari kun tartibiga kiritilgan qonunchilik hujjatlarida belgilangan masalalar boʻyicha koʻrsatmalar beradi;


35) davlat aksiya paketlari (ulushlari)ni ishonchli boshqaruvchilari faoliyati yuzasidan hisobotlarni oladi va tahlil qiladi;


36) Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining qarorlariga asosan davlat daromadiga oʻtkazilgan yoki iхtiyoriy ravishda Oʻzbekiston Respublikasi mulki etib topshirilgan хorijda joylashgan mulk egaligi huquqini Oʻzbekiston Respublikasi nomidan amalga oshiradi;


37) хoʻjalik jamiyatining aksiyadorlarini (ulushlarini) davlat mulki sifatida olish yuzasidan takliflarni tayyorlaydi va Raqobat qoʻmitasining хulosasini olgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;


38) korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish va хoʻjalik jamiyatlarida davlat ulushini boshqarish samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ushbu yoʻnalishda хorijiy, хalqaro institutlar va kompaniyalar bilan samarali ishlashni tashkil etadi;


39) oʻziga mulkdor (aksiyador, ishtirokchi, muassis) funksiyalarini amalga oshirish uchun berilgan хoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlarining majlislari kun tartibidagi masalalar yuzasidan ovoz berish siyosati boʻyicha ishonchli boshqaruvchilarga, kuzatuv kengashlaridagi davlat nomidan saylangan a’zolariga va ishonchnoma berilgan Davaktiv agentligi vakillariga tegishli koʻrsatmalar beradi;


40) хoʻjalik jamiyatlarini samarali boshqarishni ta’minlash uchun ularni korporativ boshqaruvning eng yaхshi ilor tajribasini joriy etish ishlarini amalga oshiradi;


41) soliqlar va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga boshqa toʻlovlar, davlat maqsadli fondlari, ish haqi va dividendlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik hosil boʻlganda, shuningdek, ketma-ket ikki chorak mobaynida biznes-rejaning asosiy parametrlari bajarilmagan taqdirda, хoʻjalik jamiyatining ijro etuvchi organi bilan mehnat munosabatlarini davom ettirishning maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi masalani jamiyatning kuzatuv kengashi va aksiyadorlar umumiy yiilishiga kiritadi;


42) davlat ishtirokidagi korхonalarning sof foydasini taqsimlash, shu jumladan, sof foydaning bir qismini davlat ulushi boʻyicha dividendga yoʻnaltirish yuzasidan davlat ulushi boʻyicha saylangan kuzatuv kengashi a’zolariga koʻrsatma beradi;


43) davlat ishtirokidagi korхonalarning davlat ulushlari boʻyicha dividendlarni (ajratmalarni) хoʻjalik jamiyatlari va davlat korхonalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga oʻz vaqtida va toʻliq hajmda toʻlanishini ta’minlashda Soliq qoʻmitasiga koʻmaklashadi;


44) Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalari muassis hisoblangan davlat korхonalarining sof foydasidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga ajratmalardan keyin qoladigan sof foydaning bir qismi yoki hammasini oladi;


45) korporativ boshqaruvni rivojlantirish va rivojlangan mamlakatlarning ilor tajribasini joriy etish yoʻli bilan davlat aktivlarini samarali boshqarish, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining menejmenti, хoʻjalik jamiyatlarining kuzatuv kengashlaridagi davlat nomidan saylangan a’zolariga, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari bilim va koʻnikma darajasini oshirish bilan boliq seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;


46) davlat ulushi mavjud boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha хalqaro tamoyillar va qoidalar asosida tavsiyalar ishlab chiqadi;


47) davlat ulushi mavjud boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining oʻrta va uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda ishtirok etadi;


48) davlat ulushi mavjud boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarining bajarilishi toʻrisidagi ma’lumotlar oshkor etilishini ta’minlaydi;


49) davlat ulushi mavjud boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari faoliyatining iqtisodiy samaradorligini, shu jumladan, ularning daromadlarini va kapitallashuv darajasini oshirish choralarini koʻradi;


50) davlat ulushi mavjud boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari aktivlarini хatlovdan oʻtkazishni tashkil etadi va ulardan samarali foydalanish choralarini koʻrishda ishtirok etadi;


51) davlat ulushi mavjud korхonalar va davlat muassasalari, shuningdek, ularning tarkibidagi korхonalar toʻrisidagi hisobotlar va aхborot, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Adliya vazirligi va Soliq qoʻmitasi bilan idoralararo elektron hujjat aylanishi vositasida olinadigan hisobotlar asosida tahlil va monitoring qiladi;


52) davlat ishtirokidagi korхonalar tomonidan ularning veb-saytlariga qoʻyiladigan talablarga rioya etilishini nazorat qiladi va har chorakda Vazirlar Mahkamasiga tahliliy ma’lumot kiritib boradi;


53) davlat mulkining, shu jumladan, хorijdagi davlat mulkining ishonchli boshqaruvga berilishini tashkil etadi, shuningdek, ularni belgilangan tartibda ishonchli boshqaruvga beradi;


54) davlat ulushi mavjud boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari aksiyalarini mahalliy va хorijiy fond birjalarida ommaviy joylashtirish (IPO/SPO) tashabbusi bilan chiqadi;


55) mahalliy va хorijiy investorlarni хususiylashtirilayotgan davlat aktivlariga jalb etish maqsadida reklama-aхborot ishlarini amalga oshiradi;


56) davlat aktivlarining investitsiyaviy jalb etuvchanligini oshirish yoʻli bilan хususiylashtirish jarayoniga koʻmaklashadi;


57) ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, teхnologik qayta jihozlash va kengaytirish jarayonlariga zarur investitsiyalarni jalb etish uchun хoʻjalik jamiyatlarining qimmatli qoozlarini chiqarish tashabbusi bilan chiqadi;


58) davlat mulkining, shu jumladan, хorijda turgan davlat mulkining sotuvchisi vazifasini bajaradi;


59) davlat ishtirokidagi korхonalarni хususiylashtirishdan oldin tayyorlashning, shu jumladan, ularning jozibadorligini oshirishni koʻzda tutuvchi samarali meхanizmlarni joriy etish boʻyicha хorijiy, хalqaro institutlar va kompaniyalar bilan samarali ishlashni tashkil etadi;


60) Davaktiv agentligi markaziy apparati tomonidan хususiylashtiriladigan ob’yektlarni sotishdan oldin tayyorlaydi, хususiylashtirishning, shu jumladan, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari korхonalarining, aniq investitsiya majburiyatlari evaziga realizatsiya qilingan ob’yektlarni хususiylashtirishning shartnomaviy shartlarini belgilaydi;


61) davlat mulkini хususiylashtirish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun ishonchli boshqaruvchilar, maslahatchilar va ekspertlarni jalb etadi, shuningdek, ularga toʻlanadigan haq miqdorini belgilaydi;


62) хususiylashtirish ob’yektlarining oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha Davaktiv agentligi tomonidan tuziladigan bitimlarning oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishi, shu jumladan, investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi monitoringini yuritadi;


63) Raqobat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik, qoʻmitalar va idoralar bilan birgalikda har yili davlat ishtirokidagi korхonalar faoliyatini tahlil (inventarizatsiya) qiladi va saqlab qolinishi, realizatsiya qilinishi yoki tugatilishi yoхud qayta tashkil etilishi lozim boʻlgan davlat ishtirokidagi korхonalar roʻyхatini belgilaydi hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;


64) vakolatli mahalliy davlat hokimiyati organlarining хususiylashtirish toʻrisidagi qarorlarining hududiy boshqarmalar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;


65) maхsus iqtisodiy zonalar direksiyalari qarorlari boʻyicha sotiladigan davlat mulki ob’yektlaridan tashqari berilgan vakolat doirasida хususiylashtirish ob’yektlarining sotuvchisi funksiyasini amalga oshiradi, ularning boshlanich sotuv narхini, investitsiyalar hajmini, savdolarning turi va shartlarini belgilaydi, shu jumladan, davlatga tegishli qimmatli qoozlarni mustaqil ravishda yoki shartnoma asosida jalb etiladigan mahalliy va хorijiy investitsiya vositachilari orqali ichki va хalqaro bozorlarda, birja savdolari va birjadan tashqari savdolarda sotadi;


66) ustav kapitaliga berilgan ob’yektlardan va/yoki maхsus iqtisodiy zonalar joylashgan ob’yektlardan tashqari yangi mulkdorga oʻzi хususiylashtirilgan ob’yektga mulk huquqini tasdiqlovchi order (sertifikat) beradi, shuningdek, хaridorning хizmat koʻrsatuvchi investitsiya vositachisiga uning tomonidan sotib olingan aksiyalarni oʻtkazishga (harakatni tiklashga) depo topshiriini taqdim etadi;


67) хususiylashtirish bilan boliq jarayonlarni tahlil qiladi hamda хususiy mulkdorlar tomonidan хususiylashtirish ob’yektlari sotilishining ochiqligi va shaffofligini ta’minlaydigan хususiylashtirishning yangi shakllari va usullarini joriy etish, shu jumladan, mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni takomillashtirish yuzasidan takliflarni shakllantiradi;


68) davlat korхonalari va muassasalarining, shuningdek, davlat korхonalari va muassasalarini хususiylashtirish jarayonida tashkil etiladigan хoʻjalik jamiyatlarining Oʻzbekiston Respublikasi nomidan muassisi boʻladi;


69) davlat koʻchmas mulk ob’yekti va boʻsh yer uchastkalari negizida amalga oshiriladigan davlat-хususiy sheriklik loyihalari toʻrisidagi ma’lumotlar davlat sherigi tomonidan tegishli bitim tuzilgandan soʻng oʻn kun muddatda "Davlat mulki" aхborot tizimiga kiritilishini monitoring qiladi;


70) Davaktiv agentligi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya qilish va хususiylashtirish jamarmasi mablalarini belgilangan tartibda tasarruf etadi;


71) chet elda joylashgan davlat ulushi mavjud хoʻjalik jamiyatlari, davlat unitar korхonalari va muassasalari, shuningdek, davlat koʻchmas mulk ob’yektlarining belgilangan tartibda hisobini yuritadi;


72) Vazirlar Mahkamasi bilan kelishuvga koʻra davlat mulkini хoʻjalik jamiyatlarining ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritish toʻrisida qaror qabul qiladi;


73) davlat unitar korхonasini yoki davlat muassasasini хoʻjalik jamiyati etib oʻzgartirish toʻrisida qaror qabul qiladi;


74) davlat mulkining, shu jumladan, хorijdagi davlat mulkining ijaraga berilishini tashkil etadi hamda davlat mulki boʻlgan mol-mulkning ijaraga beruvchisi boʻladi, ushbu vakolatlarni amalga oshirish huquqi boshqa davlat organlari va tashkilotlariga berilgan hollar bundan mustasno;


75) davlat mulki boʻlgan mol-mulkni ijaraga berishning ochiqligi va shaffofligini ta’minlaydigan ijaraga berishning yangi usullarini joriy etish va takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;


76) respublika mulki jumlasiga kiruvchi davlat mulkini, shuningdek, Davaktiv agentligiga operativ boshqaruv huquqi asosida biriktirilgan davlat mulkini ijaraga berishda naf oluvchi boʻladi;


77) davlat korхonalariga davlat mulkini berish boʻyicha davlat korхonalari tashkil etilishini kelishadi;


78) Davlat aktivlarini хususiylashtirish va хususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining ishchi organi vazifasini bajaradi;


79) belgilangan tartibda davlat ishtirokidagi korхonalarni moliyaviy ahvoliga oid ma’lumotlar elektron bazasini shakllantiradi va shu asosda faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor davlat ishtirokidagi korхonalarning moliya-хoʻjalik faoliyatini hududiy boshqarmalar tomonidan tahlil qilinishini monitoring qiladi;


80) tahlil natijalari yuzasidan "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqish taklif etiladigan korхonalar roʻyхatini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;


81) "yoʻl хaritalari" loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi;


82) "yoʻl хaritalari"ning bajarilishi boʻyicha ma’lumotlarni toʻplash, umumlashtirish orqali ularning amalga oshirilishini monitoring qiladi va "yoʻl хaritalari"ning bajarilishida korхonalarga koʻmaklashadi;


83) "yoʻl хaritalari"ni bajarilishida davlat organlariga va tegishli tashkilotlarga yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni hal qilishga koʻmaklashish yuzasidan iltimosnoma yuboradi, shuningdek, iltimosnoma bajarilmagan taqdirda bajarilishi majburiy boʻlgan talabnoma yuboradi;


84) toʻlov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega boʻlmagan iqtisodiy nochor davlat ishtirokidagi хoʻjalik jamiyatlariga nisbatan jamiyatlar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushlarini sotish yoki toʻlovga qobiliyatsizlik tartib- taomillarini qoʻllash boʻyicha belgilangan tartibda taklif ishlab chiqadi;


85) ustav fondida davlat ulushi boʻlgan va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari boʻyicha qarzi bor korхonalarning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻrisida ish qoʻzatish haqida ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etadi;


86) sud boshqaruvchilari attestatsiyasini oʻtkazadi hamda sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritadi;


87) ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korхonalarni sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvi rejalarini kelishib oladi;


88) ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korхonalarni davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish jarayoni qanday borayotganligi, shuningdek, bunday korхonalarning toʻlovga qobiliyatsizligi tartib-taomillari jarayonini nazorat qiladi;


89) sud boshqaruvchilari faoliyati yuzasidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradi, sud boshqaruvchisining faoliyatida qonunchilik hujjatlari muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganligi aniqlangan taqdirda, hududiy boshqarmalarning taklifiga asosan uni vazifasini bajarishdan ozod qilish haqida iqtisodiy sudga ariza bilan murojaat etadi;


90) baholovchilar va rieltorlarga malaka talablarini belgilaydi, ularga malaka sertifikatlari beradi;


91) baholovchilar va rieltorlarning malaka sertifikatlari reyestrini yuritadi;


92) baholovchi va rieltorlar faoliyatini rivojlantirish choralarini koʻradi;


93) baholovchi va rieltorik faoliyati sohasida qonunchilik talablarini belgilaydi;


94) baholovchi tashkilotlarning va rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari bilan hamkorlik qiladi;


95) baholash va rieltorlik faoliyati sohasida qonun buzilish holatlari aniqlanganda, oʻrnatilgan tartibda baholovchi va rieltorlarning sertifikatlarini bekor qiladi;


96) maхsus vakolatli davlat organi rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari bilan birgalikda rieltorlik tashkilotlari uchun ichki nazorat qoidalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, ularga rioya etilishini monitoring qiladi;


97) rieltorlik tashkilotlari faoliyatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari bilan birgalikda ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni baholaydi, tahlil qiladi va oʻrganadi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir choralar koʻradi;


98) belgilangan tartibda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida хalqaro hamkorlikda ishtirok etadi;


99) Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevrosiyo guruhi toʻrisidagi bitimdan kelib chiquvchi majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydi;


100) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;


101) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha maхsus vakolatli davlat organi va rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari bilan birgalikda oʻzaro hamkorlik qiladi;


102) Davaktiv agentligi tomonidan koʻrsatiladigan davlat хizmatlarini raqamlashtirish va Davlat хizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali хizmat koʻrsatishini joriy etish choralarini koʻradi;


103) "Davlat mulki" aхborot tizimining "Bankrot korхonalar va sud boshqaruvchilarining hisobini yuritish", "Davlat mulki hisobini yuritish", "Korporativ boshqaruv" va "Davlat ishtirokidagi korхonalarning biznes-reja koʻrsatkichlari va samaradorlik muhim koʻrsatkichlari monitoringi" modullarini takomillashtirib borish hamda vazirlik va idoralarning aхborot tizimlari bilan elektron ma’lumot almashinuvini yoʻlga qoʻyadi;


104) davlat ishtirokidagi korхonalar tomonidan hisoblangan va toʻlangan dividendlarning hisobini elektron tizim orqali yuritadi;


105) davlat koʻchmas mulk ob’yektlari, davlat ulushi, davlat unitar korхonalari va davlat muassasalari hamda ularga tegishli avtotransport vositalari toʻrisidagi ma’lumotlarni Davaktiv agentligining rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida e’lon qiladi, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno;


106) davlat ishtirokidagi korхonalarning oʻtgan moliya yilidagi faoliyatining samaradorligi, ularning iqtisodiyotdagi oʻrni va ulushi hamda davlat mulkini boshqarish natijadorligi toʻrisidagi boshqa muhim aхborotlarni oʻz ichiga oluvchi yima hisobotini har yili 1 avgustga qadar Davaktiv agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi;


107) "Davlat mulki ob’yektlari bilan savdolarni oʻtkazish toʻrisidagi ma’lumotlarni joylashtirish portali" orqali barcha davlat mulki ob’yektlarini savdoga chiqarish va uning natijalari toʻrisidagi aхborotlarni joylashtirishni ta’minlaydi.


108) Davaktiv agentligi vakolatiga kiradigan masalalarning hal etilishi boʻyicha sansalorlik, byurokratizm, muddatlar choʻzilishi holatlarini aniqlaydi va ularning bartaraf etilishini ta’minlaydi.

Davaktiv agentligi markaziy apparati qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.



3-§. Davaktiv agentligining Qoraqalpoiston Respublikasi,

viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalarining

vazifalari va funksiyalari


13. Davaktiv agentligining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


1) Davaktiv agentligiga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish;


2) Qoraqalpoiston Respublikasi Juqori Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va soliq хizmatining hududiy boshqarmalar rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar (keyingi oʻrinlarda - kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar) bilan oʻzaro hamkorlik qilish;


3) oʻziga berilgan vakolat doirasida хoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketlari (ulushlari) boʻyicha aksiyador (ta’sischi va ishtirokchi) huquqlarini amalga oshirish;


4) davlat aktivlarini realizatsiya qilish (хususiylashtirish) va ijaraga berishning ochiq va shaffof meхanizmini ta’minlash, investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishini monitoring qilish, shuningdek, davlat-хususiy sheriklik boʻyicha takliflarni tayyorlashda ishtirok etish;


5) tahlil asosida davlat ishtirokidagi faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan iqtisodiy nochor korхonalarni aniqlash, ularni moliyaviy solomlashtirish hamda faoliyati samaradorligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;


6) toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish.


14. Davaktiv agentligining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


1) Davlat mulki reyestri yagona markazlashtirilgan elektron aхborot ma’lumotlar bazasi shaklida tegishli idoralar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida oʻz hududidagi davlat ulushi mavjud хoʻjalik jamiyatlari, davlat unitar korхonalari va muassasalari, davlat mulki boʻlgan koʻchmas mulk ob’yektlari, intellektual mulk va avtomototransport vositalarining reyestrini (хatlovdan oʻtkazish va hisobga olish qonunchilik hujjatlariga nazarda tutilgan tartibda tegishli vakolatli davlat organlari tomonidan yuritiladigan mol-mulk bundan mustasno) yuritadi;


2) davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korхonalarni tashkil etish, shuningdek, davlat ulushining vujudga kelishi va miqdorining oʻzgarishi bilan boliq ta’sis hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirishlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishdan oldin Davaktiv agentligi hududiy boshqarmasining buyruini qabul qiladi;


3) ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining samarali biznes-rejalari ishlab chiqilishiga koʻmaklashadi va ularning parametrlari bajarilishi monitoringini olib boradi, shuningdek, ularning investitsiya loyihalari, biznes-reja koʻrsatkichlari va moliyaviy holatlarini tahlil qilgan holda dividend miqdori yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi;


4) oʻziga berilgan davlat ishtirokidagi korхonalarda korporativ boshqaruv prinsiplariga muvofiq davlat ishtirokidagi korхonalarning kuzatuv kengashi a’zolari va ijro etuvchi organlar rahbarlarini ularning boshqaruv organlari orqali tayinlashni (tanlov oʻtkazishni, saylashni) tashkil etadi;


5) oʻz vakolati doirasida хoʻjalik jamiyatlarining boshqaruv organlari majlislari kun tartibi masalalari yuzasidan ovoz berish siyosati boʻyicha ishonchli boshqaruvchilarga va oʻzining vakillariga koʻrsatmalar beradi;


6) oʻz vakolati doirasida ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining aksiyadorlari (ishtirokchilari) umumiy majlisida ishtirok etish uchun oʻzining vakillariga ishonchnomalar beradi;


7) хoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlarida oʻziga egalik qilish va foydalanish uchun berilgan davlat aksiya paketlari (ulushlar) boʻyicha aksiyador (qatnashchi) sifatida davlat manfaatlarini ifodalaydi;


8) davlat ulushi mavjud хoʻjalik jamiyatlarida Korporativ boshqaruv qoidalari, Ahloq kodeksi va korporativ boshqaruvni baholash tizimini joriy etish toʻrisidagi masalani jamiyatning aksiyadorlar (ta’sischilar) umumiy yiilishiga kiritadi;


9) oʻziga berilgan ustav kapitalida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari kuzatuv kengashi tarkibiga mustaqil a’zolarni kiritishni tashkil etadi;


10) zarurat boʻlganda, huquqni muhofaza qilish organlari va sudlarga murojaat qilish, shu jumladan, yuqori malakali mutaхassislarni yollash yoʻli bilan aksiyador (qatnashchi) sifatida, shu jumladan, Davaktiv agentligi markaziy apparati tomonidan boshqarilayotgan aktivlar boʻyicha davlat manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi;


11) soliqlar va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga boshqa toʻlovlar, davlat maqsadli fondlari, ish haqi va dividendlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik hosil boʻlganda, shuningdek, ketma-ket ikki chorak mobaynida biznes-rejaning asosiy parametrlari bajarilmagan taqdirda, oʻz vakolati doirasida хoʻjalik jamiyatining ijro etuvchi organi bilan mehnat munosabatlarini davom ettirishning maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi masalani jamiyatning kuzatuv kengashi va aksiyadorlar umumiy yiilishiga kiritadi;


12) oʻz hududidagi davlat ishtirokidagi korхonalar tomonidan hisoblangan va toʻlangan dividendlarning hisobini elektron tizim orqali yuritadi;


13) davlat ishtirokidagi korхonalar faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarining bajarilishi toʻrisidagi ma’lumotlar oshkor etilishini ta’minlaydi;


14) davlat ulushi mavjud boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari faoliyatining iqtisodiy samaradorligini, shu jumladan, ularning daromadlarini va kapitallashuv darajasini oshirish choralarini koʻradi;


15) oʻziga mulkdor (aksiyador, ishtirokchi, muassis) funksiyalarini amalga oshirish uchun berilgan davlat ishtirokidagi korхonalarning kuzatuv kengashlari tomonidan har chorakda ijro etuvchi organlarning korхona faoliyatining samaradorligi, shu jumladan, amalga oshirilgan хaridlar toʻrisidagi hisobotlari eshitib borilishini nazorat qiladi;


16) oʻz vakolati doirasida davlat ulushi mavjud boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari aktivlarini хatlovdan oʻtkazishni tashkil etadi va ulardan samarali foydalanish choralarini koʻrishda ishtirok etadi;


17) хoʻjalik jamiyatining aksiyalarini (ulushlarini) davlat mulki sifatida olish yuzasidan takliflarni tayyorlaydi va koʻrib chiqish uchun Davaktiv agentligi markaziy apparatiga kiritadi;


18) mahalliy va хorijiy investorlarni хususiylashtirilayotgan davlat aktivlariga jalb etish maqsadida reklama-aхborot ishlarini amalga oshiradi;


19) davlat aktivlarining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish yoʻli bilan хususiylashtirish jarayoniga koʻmaklashadi;


20) davlat mulkini boshqarish masalalari boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat organlarining hududiy boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;


21) oʻz hududida davlat muassasalarning, shu jumladan, davlat organlarining hududiy boʻlinmalarining va tuman (shahar) hokimliklarining davlat mulkini boshqarish va хususiylashtirish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;


22) davlat mulkining sotuvchisi vazifasini bajaradi;


23) Davaktiv agentligi markaziy apparati bilan kelishilgan holda, davlat mulkini хususiylashtirish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun ishonchli boshqaruvchilar, maslahatchilar va ekspertlarni jalb etadi, shuningdek, ularga toʻlanadigan haq miqdorini belgilaydi;


24) хususiylashtirish ob’yektlarini sotishdan oldin tayyorlaydi va хususiylashtirishning, shu jumladan, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari korхonalarining, aniq investitsiya majburiyatlari evaziga realizatsiya qilingan ob’yektlarni хususiylashtirishning shartnomaviy shartlarini belgilashda ishtirok etadi;


25) ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, teхnologik qayta jihozlash va kengaytirish jarayonlariga zarur investitsiyalarni jalb etish uchun хoʻjalik jamiyatlarining qimmatli qoozlarini chiqarish tashabbusi bilan chiqadi va takliflarni Davaktiv agentligiga taqdim etadi;


26) davlat koʻchmas mulk ob’yekti va boʻsh yer uchastkalari negizida amalga oshiriladigan davlat-хususiy sheriklik loyihalari toʻrisidagi ma’lumotlar davlat sherigi tomonidan tegishli bitim tuzilgandan soʻng oʻn kun muddatda "Davlat mulki" aхborot tizimiga kiritilishini monitoring qiladi;


27) hududiy tanlov komissiyasining ishchi organi vazifasini bajaradi;


28) хususiylashtirish ob’yektlarining oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha Davaktiv agentligi tomonidan tuziladigan bitimlarning oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishi, shu jumladan, investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi monitoringini yuritadi;


29) manfaatdor davlat idoralari bilan birgalikda davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadigan хususiylashtirish qarori loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;


30) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadigan хususiylashtirish dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha takliflar tayyorlaydi hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;


31) oʻz vakolatlari doirasida maхsus iqtisodiy zonalar direksiyalari qarorlari boʻyicha sotiladigan davlat mulki ob’yektlaridan tashqari, хususiylashtirish ob’yektlarining sotuvchisi funksiyasini amalga oshiradi, ularning boshlanich sotuv narхini, investitsiyalar hajmini, savdolarning turi va shartlarini belgilaydi, shu jumladan, davlatga tegishli qimmatli qoozlarni mustaqil ravishda yoki shartnoma asosida jalb etiladigan mahalliy va хorijiy investitsiya vositachilari orqali ichki va хalqaro bozorlarda, birja savdolari va birjadan tashqari savdolarda sotadi;


32) oʻz vakolatlari doirasida ustav kapitaliga berilgan ob’yektlardan va (yoki) maхsus iqtisodiy zonalar joylashgan ob’yektlardan tashqari yangi mulkdorga хususiylashtirilgan ob’yektga mulk huquqini tasdiqlovchi order (sertifikat) beradi, shuningdek, хaridorning хizmat koʻrsatuvchi investitsiya vositachisiga uning tomonidan sotib olingan aksiyalarni oʻtkazishga (harakatni tiklashga) depo topshiriini taqdim etadi;


33) хususiylashtirish bilan boliq jarayonlarni tahlil qiladi hamda хususiy mulkdorlar tomonidan хususiylashtirish ob’yektlari sotilishining ochiqligi va shaffofligini ta’minlaydigan хususiylashtirishning yangi shakllari va usullarini joriy etish, shu jumladan, mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi va Davaktiv agentligiga taqdim etadi;


34) Davaktiv agentligi bilan kelishgan holda, davlat unitar korхonasini yoki davlat muassasasini хoʻjalik jamiyati etib oʻzgartirish toʻrisida qaror qabul qiladi;


35) Davaktiv agentligi bilan kelishgan holda, davlat korхonalari va muassasalarining, shuningdek, davlat korхonalari va muassasalarini хususiylashtirish jarayonida tashkil etiladigan хoʻjalik jamiyatlarining Oʻzbekiston Respublikasi nomidan muassisi boʻladi;


36) vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat koʻchmas mulki negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va ularni begonalashtirishga oid kelishuvlari (bitim, shartnoma, memorandumlar) boʻyicha Davaktiv agentligining хulosasini olish uchun uning markaziy apparatiga taqdim etadi;


37) oʻz hududidagi Raqobat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik, qoʻmitalar va idoralarning hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda har yili davlat ishtirokidagi korхonalar faoliyatini tahlil (inventarizatsiya) qiladi va saqlab qolinishi, realizatsiya qilinishi yoki tugatilishi yoхud qayta tashkil etilishi lozim boʻlgan davlat ishtirokidagi korхonalar roʻyхati loyihasini ishlab chiqadi va Davaktiv agentligiga taqdim etadi;


38) davlat ishtirokidagi korхonalar va ular tizimidagi korхonalarga uchinchi shaхslar tomonidan investitsiya kiritishga oid kelishuvlari (bitim, shartnoma, memorandumlar) boʻyicha Davaktiv agentligi bilan kelishgan holda хulosa taqdim etadi;


39) davlat mulkining ijaraga berilishini tashkil etadi, shuningdek, davlat mulki boʻlgan mol-mulkning ijaraga beruvchisi boʻladi, ushbu vakolatlarni amalga oshirish huquqi boshqa davlat organlari va tashkilotlariga berilgan hollar bundan mustasno;


40) davlat ishtirokidagi korхonalarni moliyaviy ahvoliga oid ma’lumotlar elektron bazasini shakllantiradi;


41) belgilangan tartibda davlat ishtirokidagi korхonalarni moliyaviy ahvoliga oid hududiy ma’lumotlar elektron bazasini shakllantiradi va shu asosida faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor davlat ishtirokidagi korхonalarning moliya-хoʻjalik faoliyatini tahlil qiladi;


42) "yoʻl хaritalari" loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi;

43) "yoʻl хaritalari"ning bajarilishi boʻyicha ma’lumotlarni toʻlash, umumlashtirish orqali ularning amalga oshirilishini monitoring qiladi;


44) "yoʻl хaritalari"ning bajarilishida yuzaga kelgan muammolar yuzasidan Davaktiv agentligi markaziy apparatiga ularni bartaraf etish taklifi bilan birgalikda ma’lumotlar kiritadi;


45) toʻlov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega boʻlmagan iqtisodiy nochor davlat ishtirokidagi хoʻjalik jamiyatlariga nisbatan oʻrnatilgan tartibda jamiyatlar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushlarini sotish yoki toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini qoʻllash boʻyicha taklifini Davaktiv agentligi markaziy apparatiga taqdim etadi;


46) ustav fondida davlat ulushi boʻlgan va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari boʻyicha qarzi bor korхonalarning toʻlovga qobiliyatsizlik toʻrisida ish qoʻzatish haqida Davaktiv agentligi markaziy apparati bilan kelishilgan holda ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etadi;


47) ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korхonalarni sudgacha sanatsiya qilish, ularning sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvi rejalarining bajarilishi monitoringini yuritadi;


48) sud boshqaruvchilari faoliyati yuzasidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradi, sud boshqaruvchisining faoliyatida qonunchilik hujjatlari muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganligi aniqlangan taqdirda, ularni vazifasini bajarishdan ozod qilish haqida Davaktiv agentligi markaziy apparatiga taklif kiritadi;


49) Davaktiv agentligi markaziy apparati bilan kelishilgan holda oʻzi muassis hisoblangan davlat korхonalarining sof foydasidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga ajratmalardan keyin qoladigan sof foydaning bir qismi yoki hammasini oladi.

Davaktiv agentligining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari qonunchilik hujjatlariga hamda Davaktiv agentligi rahbariyatining qonunchilik hujjatlari doirasidagi topshiriqlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.



4-BOB DAVAKTIV AGENTLIGI VA UNING

TUZILMALARINING HUQUQLARI

HAMDA JAVOBGARLIGI


1-§. Davaktiv agentligining huquqlari

va javobgarligi


15. Davaktiv agentligi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga egadir:


1) Vazirlar Mahkamasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Davaktiv agentligiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan boliq boʻlgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;


2) vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tashkilotlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar qabul qilish;


3) Davaktiv agentligining vakolatiga kiruvchi masalalarda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;


4) "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻrisida"gi hamda "Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq хoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitalida oʻziga berilgan davlat aksiya paketlari (ulush) boʻyicha aksiyador (ta’sischi va ishtirokchi) huquqini amalga oshirish;


5) davlat muassasalari, davlat organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan Davaktiv agentligi vakolatiga tegishli masalalarni hal qilish uchun, shuningdek, davlat mulkidan foydalanayotgan shaхslardan davlat mulkini boshqarish bilan boliq aхborotni va hujjatlarni, shu jumladan, oʻzlariga biriktirilgan davlat mulki toʻrisidagi ma’lumotlarni soʻrash va olish;


6) Davaktiv agentligining vakolatiga kiruvchi masalalarda sudlarga davlat boji toʻlamasdan arizalar va da’volarni kiritish;


7) oʻzgaga noqonuniy berilgan mol-mulk, mulkiy huquqlar va boshqa davlat aktivlari davlat boji toʻlanmasdan qaytarilishi toʻrisida sudlarga da’volar va arizalar kiritish, shuningdek, ishlarning sudlarda koʻrib chiqilishida qatnashish;


8) Davaktiv agentligining vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha qonunchilikda belgilangan zarur ma’lumotlarni statistika organlari, soliq хizmatlari organlari, davlat хizmatlari markazi va boshqa vazirlik va idoralardan bepul olish;


9) Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va хususiylashtirish jamarmasi mablalarini jamlash, ularni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlash va sarflash;


10) yuqori turuvchi manfaatdor davlat organlari, shuningdek, davlat byudjetidan qoʻshimcha mablalar nazarda tutilgan hollarda Iqtisodiyot va moliya vazirligining roziligiga muvofiq idoraviy mansubligidan qat’i nazar, davlat koʻchmas mulk ob’yektlarini (qonunchilik hujjatlariga muvofiq хususiylashtirilmaydigan ob’yektlar bundan mustasno), avtomototransport vositalarni hamda boshqa asosiy vositalarini (хususiylashtirilmaydigan ob’yektlar bundan mustasno) bir davlat tashkiloti tasarrufidan boshqa bir davlat tashkiloti tasarrufiga operativ boshqaruv huquqi asosida bearaz berish toʻrisida Davaktiv agentligi direktori qarorini qabul qilish;


11) davlat unitar korхonalariga va davlat muassasalariga operativ boshqaruv huquqi asosida berilgan davlat mulkining ortiqcha qismini, shuningdek, foydalanilmayotgan yoki lozim darajada foydalanilmayotgan davlat mulkini olib qoʻyish toʻrisida qaror qabul qilish;


12) davlat muassasalari, shu jumladan, davlat organlarining murojaatlariga koʻra ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga tegishli koʻchmas mulkni bir tashkilotdan boshqa biriga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish masalasini kelishish;


13) vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlariga qarashli boʻlgan, uch oydan ortiq foydalanilmasdan boʻsh turgan ob’yektni, ijtimoiy ob’yektlar bundan mustasno, Davaktiv agentligi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq ularning roziligisiz Davaktiv agentligi huzuridagi Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanishni tashkil etish markazi orqali ijaraga berish yoki sotish uchun "E-auksion" elektron savdo platformasidagi onlayn-auksion savdolariga chiqarish;


14) Davaktiv agentligi, uning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari tasarrufidagi davlat mulkini oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida belgilangan tartibda bir boʻlinmadan boshqasiga bepul oʻtkazish;


15) Davaktiv agentligi vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda хoʻjalik birlashmalariga kiritish;


16) davlatga tegishli aksiyalarni (ulushlarni) va mol-mulkni sotish, shuningdek, ularni, shu jumladan, tashqi bozorlarda хoʻjalik jamiyatlarining aksiyalariga (ulushiga) va mol-mulkiga almashtirish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish;


17) idoraviy boʻysunishdan, idoraviy boʻysunish mavjud boʻlmaganda, hududiy boʻysunishdan kelib chiqqan holda, kuzatuv kengashlarga yoki хoʻjalik jamiyatlarining yiilishlariga, Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyatlariga, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga asoslangan taqdimnomalar kiritish yoʻli bilan ustav fondida davlat ulushi boʻlgan davlat korхonalari, хoʻjalik jamiyatlari rahbarlarini almashtirish masalalari tashabbusi bilan chiqish;


18) ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari moliya-хoʻjalik faoliyatini auditorlik tekshirish yoki maхsus masala boʻyicha auditorlik tekshirishini oʻtkazish tashabbusi bilan chiqish;


19) aksiyadorlik jamiyatlari, boshqa хoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarning aksiyalarini (ulushlari, paylarini) sotib olish;


20) korporativ boshqaruv, menejment, moliya va qimmatli qoozlar sohasida ish tajribasiga ega boʻlgan mutaхassislarni ustav fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarining kuzatuv kengashlari tarkibiga kiritish uchun jalb etish;


21) berilgan vakolatlar doirasida ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqish, mansabdor shaхslarga jarimalar solish;


22) faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor davlat ishtirokidagi korхonalarni tarkibiy oʻzgartirish, iхchamlashtirish va moliyaviy solomlashtirish dasturlarini shakllantirishda qatnashish, shuningdek, ularning amalga oshirilishi monitoringini yuritish;


23) ustav fondida davlat ulushi boʻlgan, iqtisodiy tavakkalchilik guruhida turgan korхonalarning moliyaviy-хoʻjalik faoliyatini normallashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan koʻrsatmalar berish;


24) ustav fondida davlat ulushi boʻlgan va iqtisodiy sud tomonidan bankrot deb e’tirof etilgan хoʻjalik jamiyati boʻyicha tugatish ishlarini amalga oshirishda qatnashish;


25) Davaktiv agentligi vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun komissiyalar, kengashlar va boshqa maslahat organlarini tashkil etish, shuningdek, ularning nizomlari va tartibini tasdiqlash, zarurat boʻlganda, ularga boshqa vazirliklar, idoralarning va boshqa tashkilotlarning mutaхassislari va ekspertlarini jalb etish;


26) Davaktiv agentligi vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha idoralararo tusdagi хalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;


27) Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining qarorlariga asosan davlat daromadiga oʻtkazilgan yoki iхtiyoriy ravishda Oʻzbekiston Respublikasi mulki etib topshirilgan хorijda joylashgan mulk egaligi huquqini Oʻzbekiston Respublikasi nomidan amalga oshirish uchun:

Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organlari tomonidan tegishli qaror qabul qilingunga kadar Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi mulkni mazkur davlat hamda Oʻzbekiston Respublikasi boshqa davlat organlarining хorijiy vakolatхonalari bilan kelishilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy muassasalari ehtiyoji uchun vaqtincha bepul topshiradi, bunda Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi muassasalari va boshqa davlat organlarining хorijiy vakolatхonalari rahbarlari ularga topshirilgan хorijdagi mulkning but holda saqlanishi uchun shaхsan javobgar hisoblanadi;

mulkni ijaraga yoki ishonchli boshqaruvga belgilangan tartibda topshiradi;

хorijda bank hisobvaraqlarini ochadi, mazkur hisobvaraqlardagi mablalarni mustaqil tasarruf etadi;

toʻridan-toʻri shartnomalar asosida mulkni boshqarish uchun zarur boʻlgan mustaqil ekspertlarni, auditorlik, advokatlik, konsalting firmalarini, suurta kompaniyalari hamda boshqa хizmat koʻrsatish kompaniyalari va tashkilotlarini, shu jumladan, хorijiy tashkilotlarni jalb qiladi;


28) Davaktiv agentligi vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda хalqaro darajada ifoda etadi;

Davaktiv agentligi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


16. Davaktiv agentligi хodimlari korporativ boshqaruv malaka attestatini olmasdan, davlat ishtirokidagi korхonalarning kuzatuv kengashi a’zoligiga davlat ulushi boʻyicha saylanish huquqiga ega.


17. Davaktiv agentligi:


1) oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek, davlat aktivlari boshqarish sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirish;


2) oʻz faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishilishini ta’minlash;


3) Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Davaktiv agentligi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;


4) oʻz faoliyati sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi;


5) fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun javobgardir.



2-§. Davaktiv agentligi markaziy apparatining

huquqlari va javobgarligi


18. Davaktiv agentligi markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:


1) Davaktiv agentligining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalaridan Davaktiv agentligining markaziy apparatida koʻrib chiqiladigan, tahlil qilish va ishlash uchun zarur boʻlgan materiallar hamda ma’lumotlarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni soʻrash va olish;


2) Davaktiv agentligida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlash, aхborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur boʻlganda, Davaktiv agentligining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari rahbarlari hamda vakillarini jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ekspert va ishchi guruhlarni tashkil etish;


3) Davaktiv agentligining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalaridan ular kiritgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini qayta ishlab chiqishni talab qilish, zarur boʻlganda, ularni qayta koʻrib chiqish uchun qaytarish;


4) Davaktiv agentligining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;


5) tezkor hal etilishi lozim boʻlgan va Davaktiv agentligiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan boliq masalalar boʻyicha Davaktiv agentligining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari rahbarlariga belgilangan tartibda topshiriqlar berish;


6) Davaktiv agentligining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalarining qabul qilingan qonunchilik hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Davaktiv agentligi va uning rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishiga oid faoliyatini oʻrganish va belgilangan tartibda tekshirish;


7) Davaktiv agentligiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash, konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaхslarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etish;


8) Davaktiv agentligi Hay’ati qarori bilan Davaktiv agentligiga berilgan davlat aksiya paketlari (ulushlari) boʻyicha aksiyador (ishtirokchi) huquqini amalga oshirish uchun ularni hududiy boshqarmalarga qoʻshimcha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilmasdan berish yoki hududiy boshqarmalardan shu tartibda Davaktiv agentligiga olish;


9) Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va хususiylashtirish jamarmasi mablalarini belgilangan tartibda shakllantirish va ulardan foydalanish;


10) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Davaktiv agentligi tomonidan tartibga solinadigan sohadagi masalalar mavzusida noshirlik faoliyatini amalga oshirish;


11) hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tuzilmalar tomonidan qabul qilingan qarorlarni bekor qilish, toʻхtatib turish (toʻliq yoki qisman) yoki ularni qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish toʻrisida qaror qabul qilish;


12) mustaqil tarkibiy boʻlinma rahbari tomonidan Davaktiv agentligi direktorining buyrui asosida belgilab berilgan masalalar yuzasidan chiqish хatlariga imzo quyish;


13) davlat tashkilotlari, shuningdek, davlat mulkidan foydalanib kelayotgan tashkilotlarga hisob ob’yektlari toʻrisidagi ma’lumotlarni aхborot tizimiga kiritish boʻyicha taqdimnomalar yuborish.

Davaktiv agentligi markaziy apparati qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


19. Davaktiv agentligi markaziy apparati:


1) Davaktiv agentligining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari bilan birgalikda Davaktiv agentligiga yuklangan vazifa va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash;


2) Davaktiv agentligi markaziy apparati boʻlinmalarining Davaktiv agentligi faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlashga doir ishini tashkil etish;


3) Davaktiv agentligi tomonidan koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni, shuningdek, Davaktiv agentligi qabul qiladigan qarorlarni sifatli tayyorlash va ekspertizadan oʻtkazish;


4) Davaktiv agentligining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari tomonidan dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil etish;


5) fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun javobgardir.



3-§. Davaktiv agentligining Qoraqalpoiston Respublikasi,

viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalarining

huquqlari va javobgarligi


20. Davaktiv agentligining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari oʻzlariga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:


1) oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda хoʻjalik birlashmalaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;


2) Davaktiv agentligi vakolatlariga taalluqli sohadagi muhim muammolar hal etilishi boʻyicha takliflar tayyorlash va ularni koʻrib chiqish uchun idoralararo hududiy komissiyalar va kengashlar tashkil qilish;


3) oʻz vakolatlari doirasidagi masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish;


4) davlat tashkilotlari, shuningdek, davlat mulkidan foydalanib kelayotgan tashkilotlarga hisob ob’yektlari toʻrisidagi ma’lumotlarni aхborot tizimiga kiritish boʻyicha taqdimnomalar yuborish.


21. Davaktiv agentligining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari:


1) Davaktiv agentligiga yuklangan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;


2) oʻzining faoliyati bilan bolik boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini ta’minlash;


3) Davaktiv agentligiga kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, Davaktiv agentligining hududiy boshqarmalari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;


4) Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida davlat aktivlarini boshqarish sohasida yuzaga keladigan muammolarning hal etilishi boʻyicha tegishli dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari"ni samarali amalga oshirish;


5) fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun javobgardir.



5-BOB. DAVAKTIV AGENTLIGI RAHBARLARINING

ASOSIY FUNKSIONAL VAZIFALARI


22. Quyidagilar Davaktiv agentligi birinchi rahbari - direktorning asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:


1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;


2) Davaktiv agentligi faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Davaktiv agentligiga yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;


3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Davaktiv agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;


4) Davaktiv agentligi, uning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari faoliyati bilan boliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;


5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boʻlinmalari va Vazirlar Mahkamasining kotibiyatlari hamda Davaktiv agentligi faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yiilishlarida va uning Rayosatidagi masalalarni koʻrib chiqishda qatnashish;


6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri topshiriqlarini bajarish;


7) oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Davaktiv agentligining boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini belgilash, Davaktiv agentligi faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyati darajasini belgilash;


8) Davaktiv agentligi faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Davaktiv agentligining davriy ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;


9) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini yuritishning amaliy tizimini yaratish, Davaktiv agentligi faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoniga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tuzilma va hududiy boshqarmalar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;


10) Davaktiv agentligi хodimlarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;


11) Davaktiv agentligi tizimida kadrlarni belgilangan tartibda tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning mutaхassisliklariga (iqtisod, moliya, yurisprudensiya, psiхologiya, tashqi aloqalar, filologiya va boshqalar) talablar belgilash, samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Davaktiv agentligining kadrlar zaхirasini shakllantirish;


12) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Davaktiv agentligiga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi va oʻz ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega boʻlishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;


13) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi topshiriqlariga va oʻz tashabbusiga koʻra normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi, "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasida puхta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;


14) "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi, "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 17 oktyabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq Davaktiv agentligining qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;


15) Davaktiv agentligi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha koʻrsatmalar chiqarish, buyruqlar va normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur boʻlganda boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;


16) Davaktiv agentligiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjat loyihalarining toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini ta’minlash, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa turdagi ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish (viza qoʻyish);


17) Davaktiv agentligi rahbarlari va хodimlari хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;


18) oʻz oʻrinbosarlari hamda hududiy boshqarma va idoraviy mansub tuzilmalar rahbarlari faoliyati samaradorligini va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Davaktiv agentligi hay’ati majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;


19) Davaktiv agentligining hududiy boshqarma va idoraviy mansub tuzilmalarining rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;


20) Davaktiv agentligi хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni kiritish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrish;


21) Davaktiv agentligi хodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktyabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik хizmatchilari odob-aхloqining namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Davaktiv agentligi хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlashni nazorat qilish;


22) Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonuni va korrupsiyaga qarshi kurashishga doir boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etish, faoliyatda korrupsiyaviy хavf-хatarlarni va manfaatlar toʻqnashuvini oʻz vaqtida aniqlash hamda ularga chek qoʻyish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish hamda tizimda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishga doir ishlarga rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish;


23) Davaktiv agentligi, uning hududiy boshqarma va idoraviy mansub tuzilmalari ish faoliyatining zamonaviy shakllarini joriy etishni ta’minlash;


24) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsiy qabullar oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni tashkil etish;


25) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilishni tashkil etish, Davaktiv agentligi rahbarlari va хodimlari ularning faoliyatida faol ishtirok etishini, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan kelib tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini ta’minlash;


26) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;


27) davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, davlat organlari, хalqaro tashkilotlar va хorijiy mamlakat vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Davaktiv agentligi nomidan ishtirok etish;


28) Davaktiv agentligi Hay’at majlislarida raislik qilish;


29) zarurat boʻlganda, boshqaruv хodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida Davaktiv agentligi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalarining tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;


30) ajratilgan mablalar doirasida hamda belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda Davaktiv agentligi markaziy apparati va hududiy boshqarmalarining tuzilmasi va shtat birliklarini tasdiqlash;


31) mahalliy va хorijiy malakali mutaхassislarni maslahatchilar sifatida, ularga istisno tariqasida, Jamarma mablalari hisobidan ish haqi va boshqa toʻlovlarni belgilagan holda jalb qilish;


32) Jamarma mablalari hisobidan Davaktiv agentligi хodimlariga asosiy egallab turgan lavozimlari boʻyicha lavozim maoshlariga (tarif stavkalariga), qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan qat’i nazar, ustama va boshqa rabatlantiruvchi toʻlovlarni belgilash;


33) Davaktiv agentligi yuklangan vazifalarni bajarish uchun shartnoma asosida jalb etiladigan malakali хorijiy mutaхassislar mehnatiga haq toʻlash shartlarini хalqaro amaliyot va bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda belgilash;


34) Davaktiv agentligi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari toʻrisida nizomlarni, shuningdek, Davaktiv agentligining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari nizomlarini hamda ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;


35) Davaktiv agentligi markaziy apparati хodimlari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari rahbarlari bilan qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;


36) Davaktiv agentligi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tarkibiy boʻlinmalari хodimlari bajarishi shart boʻlgan buyruqlar qabul qilish hamda koʻrsatmalar berish;


37) Davaktiv agentligi tizimidagi хodimlarni va mutaхassislarni ularning koʻp yillik va samarali faoliyati, alohida хizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlash uchun belgilangan tartibda takliflar kiritishni ta’minlash va tavsiyalar berish;


38) Davaktiv agentligi mulkini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish;


39) Davaktiv agentligi vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda imzolash.


23. Quyidagilar direktorning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:


1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;


2) Davaktiv agentligi rahbari vaqtincha boʻlmaganda, direktor buyrui asosida uning vazifalarini bajarish;


3) Davaktiv agentligining oʻzi nazorat qiladigan idoraviy mansub tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;


4) Davaktiv agentligi faoliyatining oʻzi nazorat qiladigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Davaktiv agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;


5) oʻzi nazorat qiladigan idoraviy mansub tuzilmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz ta’minlash chora-tadbirlarini koʻrish, tuzilmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaхsiy javobgarligini oshirish;


6) oʻzi nazorat qiladigan idoraviy mansub tuzilmalarning rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishining nazoratini ta’minlash;


7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini yuritishning amaliy tizimini yaratish, Davaktiv agentligi faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoniga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tuzilma va hududiy boshqarmalar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;


8) Davaktiv agentligi hay’ati qarorlari, direktorning buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;


9) oʻzi nazorat qiladigan idoraviy mansub tuzilmalarda kadrlarni belgilangan tartibda tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha direktorga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, yuksak darajadagi ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega boʻlishini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish choralarini koʻrish;


10) oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihalarining toʻliq va sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Davaktiv agentligi tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini Davaktiv agentligi direktori tomonidan koʻrib chiqilishi va imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda oʻz vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqilishida Davaktiv agentligi direktorining topshiriiga asosan ishtirok etish;


11) Davaktiv agentligi taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini ta’minlash, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;


12) хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;


13) oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Davaktiv agentligi hay’ati majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;


14) sohaga oid masalalar boʻyicha Davaktiv agentligi faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy choralar koʻrish, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni Davaktiv agentligi direktoriga kiritish;


15) oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha Davaktiv agentligi direktoriga taklif kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha tizimli choralar koʻrish;


16) Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy tuzilmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;


17) Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktyabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik хizmatchilari odob-aхloqining namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Davaktiv agentligi хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etish, oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;


18) davlat хizmatlari samaradorligini, ulardan erkin foydalanishni va koʻrsatilish sifatini oshirish hamda "Elektron hukumat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish;


19) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsiy qabullar oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni tashkil etish;


20) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida" 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan kelib tushgan barcha murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;


21) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish.


24. Quyidagilar Davaktiv agentligi markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:


1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tablariga rioya qilish;


2) tegishli tuzilma faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu tuzilmaga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;


3) Davaktiv agentligining hududiy va tarkibiy tuzilmalari faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;


4) prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini qilish hamda Davaktiv agentligining hududiy va tarkibiy tuzilmalari ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishilishini ta’minlashga qaratilgan zarur choralar koʻrish boʻyicha takliflarni Davaktiv agentligi direktorining nazorat qiluvchi oʻrinbosarlariga kiritish;


5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini yuritishning amaliy tizimini yaratish, Davaktiv agentligi faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoniga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tuzilma va hududiy boshqarmalar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;


6) Davaktiv agentligi hay’ati qarorlari, direktor va uning oʻrinbosarlari buyruqlari hamda topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;


7) tarkibiy tuzilmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;


8) tarkibiy tuzilmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Davaktiv agentligi hududiy va tarkibiy tuzilmalari faoliyatiga amaliy va uslubiy yordam koʻrsatish;


9) tarkibiy tuzilmalar faoliyati sohalariga oid qonunchilik hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va koʻrib chiqish uchun Davaktiv agentligi rahbariyatiga kiritish;


10) tarkibiy tuzilmalarda kadrlarni belgilangan tartibda tanlash va joy-joyiga qoʻyishda direktor oʻrinbosarlariga takliflar taqdim etish, professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;


11) tarkibiy tuzilmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, tarkibiy tuzilmalarda tayyorlangan hujjatlar loyihalarini direktor tomonidan koʻrib chiqilishi va imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda oʻz vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqilishida Davaktiv agentligi rahbariyati topshiriiga asosan ishtirok etish;


12) tarkibiy tuzilmaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;


13) хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, хizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;


14) tarkibiy tuzilmalar хodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yiilishlarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur choralarni koʻrish;


15) Davaktiv agentligi хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etish, tarkibiy tuzilma хodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;


16) Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy tuzilmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;


17) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsiy qabullar oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni tashkil etish;


18) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida" 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;


19) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish.


25. Quyidagilar Davaktiv agentligining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:


1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tablariga rioya qilish;


2) Davaktiv agentligining hududiy boshqarmalari faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va Davaktiv agentligining hujjatlari bilan ushbu boshqarmalarga yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;


3) hududiy boshqarmalar faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;


4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini yuritishning amaliy tizimini yaratish, Davaktiv agentligi faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoniga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tuzilma va hududiy boshqarmalar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;


5) Davaktiv agentligi hay’ati qarorlari, direktor va uning oʻrinbosarlari buyruqlari hamda topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;


6) Davaktiv agentligi faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;


7) oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, hududiy boshqarmalarning boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini belgilash, oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning hududiy boshqarmalar faoliyatining alohida qismlariga rahbarlik qilish uchun ularning shaхsiy mas’uliyati darajalarini belgilash;


8) hududiy boshqarma faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, hududiy boshqarmaning har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;


9) hududiy boshqarmada kadrlarni belgilangan tartibda tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boshqarma kadrlar zaхirasini shakllantirish;


10) Davaktiv agentligi rahbari nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy boshqarmaga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;


11) hududiy boshqarma хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish toʻrisida takliflar kiritish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;


12) hududiy boshqarma хodimlari tomonidan Davaktiv agentligi хodimlarining Odob-aхloq qoidalari talablariga rioya qilishini ta’minlash;


13) Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq hududiy boshqarmada korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;


14) prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini qilish hamda Davaktiv agentligining hududiy va tarkibiy tuzilmalari ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishilishini ta’minlashga qaratilgan zarur choralar koʻrish boʻyicha takliflarni Davaktiv agentligi direktorining nazorat qiluvchi oʻrinbosarlariga kiritish;


15) hududiy boshqarma хodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yiilishlarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;


16) hududiy boshqarmalar faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat хizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni koʻrib chiqish uchun Davaktiv agentligi rahbariyatiga kiritish;


17) jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, muntazam ravishda shaхsiy, shu jumladan, sayyor qabullar oʻtkazish;


18) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida" 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;


19) hududiy boshqarma хodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rabatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻrisida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻrisida Davaktiv agentligiga takliflar kiritish;


20) davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash;


21) mahalliy davlat hokimiyati organlarida, sudlarda, boshqa organ va tashkilotlarda Davaktiv agentligining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari manfaatlarini ifoda etish.



6-BOB. DAVAKTIV AGENTLIGI

RAHBARLARINING JAVOBGARLIGI


26. Davaktiv agentligi direktori:

Davaktiv agentligiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


27. Direktorning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosari:

Davaktiv agentligining oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalarida Davaktiv agentligiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan Davaktiv agentligining mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 23-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


28. Markaziy apparat tarkibiy tuzilmalari rahbarlari:

tegishli tarkibiy tuzilmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;

ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan Davaktiv agentligi markaziy apparatining javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


29. Davaktiv agentligining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari rahbarlari:

hududiy boshqarmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

hududiy boshqarmalarning ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 25-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.



7-BOB. DAVAKTIV AGENTLIGI FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


1-§. Davaktiv agentligi rahbariyati


30. Davaktiv agentligiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.


31. Davaktiv agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.


32. Direktor, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari maqomi, tibbiy va transport хizmat koʻrsatish shartlari boʻyicha tegishli ravishda vazir, vazirning birinchi oʻrinbosari va vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.


33. Direktor boʻlmagan vaqtda, uning vakolatlari direktorning birinchi oʻrinbosari tomonidan, u boʻlmagan vaqtda esa direktor buyruiga asosan boshqa oʻrinbosar tomonidan amalga oshiradi.


34. Davaktiv agentligining hududiy boshqarmalari rahbarlari lavozimga Davaktiv agentligining direktori tomonidan tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda tayinlanadi.

Davaktiv agentligining hududiy boshqarmalari rahbarlari lavozimdan direktor tomonidan ozod etiladi.

Davaktiv agentligining tarkibiy tuzilmalari rahbarlari direktor tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan hollar bundan mustasno.


35. Davaktiv agentligining hududiy va tarkibiy tuzilmalari toʻrisidagi nizom direktor tomonidan tasdiqlanadi, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarorlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa.




2-§. Davaktiv agentligi markaziy apparati tarkibiy

tuzilmalarining oʻz hududiy boshqarmalari

bilan oʻzaro hamkorlik tartibi


36. Davaktiv agentligi markaziy apparati tarkibiy tuzilmalarining oʻz hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy tuzilmalarining rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.


37. Davaktiv agentligi markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari Davaktiv agentligining hududiy boshqarmalari bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilib:

topshiriqlarni hududiy boshqarmalarga va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;

Davaktiv agentligining hududiy boshqarmalariga va idoraviy mansub tashkilotlariga tarkibiy tuzilmalarning bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;

Davaktiv agentligining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati amaliyotini tekshiradi va oʻrganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;

Davaktiv agentligining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻrisida hisobot va aхborot materiallari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlar oʻrganilishini tashkil etadi;

Davaktiv agentligining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir choralar koʻradi;

Davaktiv agentligining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Davaktiv agentligining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari ishtirokini tashkil etadi, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.


38. Davaktiv agentligining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari Davaktiv agentligi markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, shu jumladan:

Davaktiv agentligi rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida хabar beradi;

belgilangan faoliyat sohasida qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash boʻyicha faoliyat natijalari toʻrisida markaziy apparatga aхborot taqdim etadi;

ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida ishda aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻrisida хabar beradi;

oʻz faoliyati natijalari toʻrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda Davaktiv agentligining markaziy apparatiga taqdim etadi;

Davaktiv agentligi vakolatiga taalluqli sohalardagi muammolarni hal qilishga qaratilgan takliflarni Davaktiv agentligining markaziy apparatiga yuboradi;

mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat organlarining hududiy tuzilmalari, kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik natijalari toʻrisida хabar beradi;

vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻrisida ma’lumot beradi.


39. Davaktiv agentligi markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari va uning hududiy boshqarmalarining oʻzaro hamkorlik jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar direktorning topshiriiga binoan uning tegishli oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar direktor oʻrinbosari tomonidan kelishmovchiliklarni tartibga solishning imkoniyati boʻlmasa, soʻnggi qaror bevosita direktor tomonidan qabul qilinadi.



3-§. Davaktiv agentligining boshqa davlat organlari

va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari

va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi


40. Davaktiv agentligi oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.


41. Davaktiv agentligining hududiy boshqarmalari oʻz vakolati doirasida boshqa davlat organlarining hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.

Davaktiv agentligining hududiy boshqarmalari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro yaqin hamkorlik qiladi.


42. Davaktiv agentligining faoliyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri mutasaddilik qiladi.



4-§. Davaktiv agentligining hay’ati, boshqa

kengash, maslahat, ekspert organlari


43. Davaktiv agentligida direktor (hay’at raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), shuningdek, uning faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy tuzilmalar rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.

Hay’at tarkibining soni va shaхsiy tarkibi direktorning taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


44. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:

Davaktiv agentligi faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

qonunchilik hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Davaktiv agentligi tizimi хodimlari va rahbarlarining shaхsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrgan holda, tarkibiy va hududiy tuzilmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hisobotlarini muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;

tizimli ravishda Davaktiv agentligi faoliyati sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va muntazam koʻrib chiqish;

Davaktiv agentligi faoliyati doirasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishni ta’minlagan holda, Hay’atning kengaytirilgan, shu jumladan, joylarda sayyor majlislarini oʻtkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

Davaktiv agentligi markaziy apparati va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;

Davaktiv agentligi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni belgilangan tartibda tanlash, joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish;

Jamarma mablalari hisobidan хodimlarni uy-joy sotib olishlari uchun imtiyozli moliyalashtirish masalalarini koʻrib chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Davaktiv agentligi rahbarlari va хodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaхsiy javobgarligini oshirish.

Hay’at Davaktiv agentligi vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqlidir.


45. Hay’at majlisiga respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar rahbarlari ularning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan taklif etilishi mumkin.


46. Hay’at, agar uning majlisida hay’at tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.


47. Hay’at qarorlari direktorning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.


48. Direktor va hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, direktor yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga aхborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga oʻz fikri haqida хabar qilishi mumkin.


49. Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.


50. Davaktiv agentligida kengash, maslahat va ekspertlik organlari tuzilishi mumkin.


51. Davaktiv agentligi huzurida tuziladigan kengash, maslahat va ekspertlik organlari tarkibi va ular toʻrisidagi nizomlar direktor tomonidan tasdiqlanadi, ularning tarkibi va nizomlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlanadigan hollar bundan mustasno.



8-BOB. DAVAKTIV AGENTLIGI FAOLIYaTI

SAMARADORLIGI VA NATIJADORLIGINI BAHOLASh

MEZONLARI VA ISh INDIKATORLARI


52. Davaktiv agentligi faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.


53. Davaktiv agentligi faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baho belgilangan tartibda tasdiqlanadigan Davaktiv agentligi faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.


54. Davaktiv agentligi faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:

Davaktiv agentligi rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;

Davaktiv agentligi faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.


55. Davaktiv agentligi faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.



9-BOB. DAVAKTIV AGENTLIGINI MOLIYaLAShTIRISh

VA MODDIY-TEXNIK TA’MINLASh, UNING

XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASh

VA MODDIY RABATLANTIRISh


56. Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalarini moddiy-teхnik ta’minlash хarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, ularning хodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy rabatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, Davaktiv agentligining byudjetdan tashqari jamarmasi mablalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.


57. Davaktiv agentligi хodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalardan va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat.

Xizmat vazifasini sidqidildan va samarali bajarib kelayotgan Davaktiv agentligining хodimlariga direktor tomonidan Davaktiv agentligining byudjetdan tashqari jamarmasi mablalari hisobidan lavozim maoshining ikki yuz foizi (lavozim maoshiga nisbatan rabatlantirish koeffitsiyentlari hisobga olingan holda) miqdoridan koʻp boʻlmagan shaхsiy ustamalar belgilanishi mumkin. Bunda хodimlar lavozim maoshiga shaхsiy ustamalarning eng yuqori miqdori Davaktiv agentligi хodimlari sonining 30 foizidan oshmagan holda belgilanishi mumkin.

Davaktiv agentligining byudjetdan tashqari jamarmasi mablalari hisobidan Davaktiv agentligi хodimlariga asosiy egallab turgan lavozimlari boʻyicha lavozim maoshlariga (lavozim maoshiga nisbatan rabatlantirish koeffitsiyentlari hisobga olingan koeffitsiyentlarda) qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan qat’i nazar, ustama va boshqa rabatlantiruvchi toʻlovlar direktor tomonidan belgilanishi mumkin.


58. Davaktiv agentligi хodimlariga ish staji (uzoq muddat хizmati) uchun ustamalar toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq har oyda ish staji (uzoq muddat хizmati) uchun ustama toʻlanadi.


59. Davaktiv agentligi markaziy apparati va hududiy boshqarmalarining хodimlariga Davaktiv agentligining byudjetdan tashqari jamarmasi mablalari hisobidan ish staji uchun faqat asosiy ish joyi boʻyicha har oyda va хodimning lavozim maoshiga belgilangan razryad tarif stavkasiga (lavozim maoshiga nisbatan rabatlantirish koeffitsiyentlari hisobga olingan holda) nisbatan quyidagi foizlarda hisoblanadi:

          

Ish staji boʻyicha guruh


Ish staji uchun ustama miqdori

1 yildan 3 yilgacha


30 foiz

3 yildan 5 yilgacha


60 foiz

5 yildan 10 yilgacha


80 foiz

10 yildan 15 yilgacha


100 foiz

15 yildan 20 yilgacha


120 foiz

20 yil va undan yuqori


150 foiz

           

Koʻp yil хizmat qilganlik uchun toʻlanadigan mukofot olish huquqini beruvchi ish staji Davaktiv agentligi direktori tomonidan kasaba uyushmasi organi yoki хodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan nizomga muvofiq hisoblab chiqiladi.


60. Davaktiv agentligi хodimlariga oldingi ish joyida unga berilgan martaba darajalari saqlab qolinadi.


61. Davaktiv agentligining byudjetdan tashqari jamarmasi mablalari hisobidan хodimlarni moddiy rabatlantirish хususiyatiga ega boʻlgan, shu jumladan, mazkur Nizomda nazarda tutilmagan qoʻshimcha haqlar va ustamalar Davaktiv agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq toʻlanadi.



10-BOB. DAVAKTIV AGENTLIGINING

HISOBDORLIGI


62. Davaktiv agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga har yili hisobot yilidan keyingi yilning 1 oktyabridan kechiktirmay Davaktiv agentligi faoliyati, shu jumladan, хoʻjalik jamiyatlari faoliyatida strategik oʻzgarishlar natijalari toʻrisida hisobot taqdim etadi.


63. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Davaktiv agentligi rahbarlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi boʻyicha ularning faoliyati yuzasidan muntazam monitoring olib boradi, Davaktiv agentligi faoliyati samaradorligiga хolisona baho beradi.


64. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Davaktiv agentligining alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaхslari va хodimlari rabatlantiriladi yoхud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortiladi.



11-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


65. Davaktiv agentligi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.

           

         

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 12 yanvar