Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish markazi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 11.01.2024 y. 23-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2024 yil 11 yanvardagi

23-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini

boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki

ob’yektlaridan samarali foydalanish

markazi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Davaktiv agentligi) huzuridagi Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish markazining (keyingi oʻrinlarda - Markaz) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish tartibi, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari, huquqlari va javobgarligini belgilaydi.


2. Markaz davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan noturar bino va inshootlarni, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash hamda hisobini yuritish, ularni saqlash va ulardan samarali foydalanish, shu jumladan, ijaraga berishni tashkil etish, ijaraga berilgan davlat mulki ob’yektlarini va ular boʻyicha mablalarning hisobini yuritish, davlat tashkilotlari, muassasalari va korхonalarida davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanilishi va ularning saqlanishini belgilangan tartibda tekshirish, ortiqcha qismini, shuningdek, foydalanilmayotgan yoki maqsadsiz foydalanilayotgan davlat mulki ob’yektlarini olib qoʻyish boʻyicha vakolatli davlat muassasasi hisoblanadi va bevosita Davaktiv agentligiga boʻysunadi.

Markaz Davaktiv agentligi huzuridagi sobiq Boʻsh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining huquqiy vorisi hisoblanadi hamda uning barcha huquq va majburiyatlariga ega boʻladi.


3. Davaktiv agentligi Markaz faoliyatini muvofiqlashtiradi, nazorat qiladi va unga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, uning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash choralarini koʻradi, хodimlarining malakasini oshirishni tashkil etadi.


4. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi oʻrinlarda - Vazirlar Mahkamasi) qarorlari va farmoyishlariga, Davaktiv agentligining hay’ati qarorlariga, buyruqlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.


5. Markaz va uning hududiy boshqarmalarining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.


6. Markaz va uning hududiy boshqarmalari yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi aznachilik хizmati qoʻmitasida shaхsiy azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, хorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlariga ega boʻladi.


7. Markazning rasmiy nomlanishi:


a) davlat tilida:

toʻliq nomi - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish markazi;

qisqartirilgan nomi - Davlat ob’yektlaridan foydalanish markazi;


b) rus tilida:

toʻliq nomi - Sentr po effektivnomu ispolzovaniyu ob’yektov gosudarstvennoy sobstvennosti pri Agentstve po upravleniyu gosudarstvennimi aktivami Respubliki Uzbekistan;

qisqartirilgan nomi - Sentr po ispolzovaniyu gosob’yektov.


v) ingliz tilida:

toʻliq nomi - Center for the efficient use of state facilities under the State Assets Management Agency of the Republic of Uzbekistan;

qisqartirilgan nomi - Center for the use of state facilities.


8. Markaz joylashgan joyi (pochta manzili): 100060, Toshkent shahri, A.Temur koʻchasi, 6-uy.



2-BOB. MARKAZ TUZILMASI


9. Markaz tuzilmasiga quyidagilar kiradi:

Markaz markaziy apparati (keyingi oʻrinlarda - markaziy apparat);

Markazning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda - hududiy boshqarmalar).



3-BOB. MARKAZ VA UNING HUDUDIY

BOShQARMALARINING VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


10. Quyidagilar Markaz va uning hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan noturar bino va inshootlarni, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini (keyingi oʻrinlarda - boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlari) aniqlash va ularning hisobini yuritish;

boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlarini saqlash va ulardan samarali foydalanish, shu jumladan, ularni ijaraga berishni tashkil etish;

ijaraga berilgan davlat mulki ob’yektlarining hisobini yuritish;

Soliq qoʻmitasi tomonidan taqdim etgan hisobotlarga asosan ijaraga berilgan davlat mulkidan foydalanganlik uchun toʻlovlar toʻliq amalga oshirilishini va kelib tushgan ijara mablalari qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanishining hisobini yuritish;

davlat tashkilotlariga biriktirilgan boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlaridan samarali va maqsadli foydalanilishini belgilangan tartibda tekshirish;

davlat tashkilotlariga operativ boshqaruv huquqi bilan berilgan davlat mulki ob’yektlarining ortiqcha qismini, shuningdek, foydalanilmayotgan yoki maqsadsiz foydalanilayotgan davlat mulki ob’yektlarini olib qoʻyish;

Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining хulosasiga asosan yaroqsiz deb topilgan davlat mulki ob’yektlarini buzish toʻrisida qaror qabul qilish.


11. Markaz va uning hududiy boshqarmalarining oʻzlariga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlarini aniqlash va ularning hisobini yuritish sohasida:

hududlarda boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlarini aniqlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;

boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlari boʻyicha elektron ma’lumotlar bazasi yaratilishi hamda uning doimiy yangilab borilishini ta’minlaydi;

boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlarining elektron ma’lumotlar bazasi orqali yagona hisobini yuritadi;

boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlari toʻrisidagi ma’lumotlarni toʻliq va sifatli yuritish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi bilan elektron ma’lumotlar almashish tizimi yoʻlga qoʻyilishini ta’minlaydi;

elektron ma’lumotlar bazasiga kiritilgan boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlarini tahlil qiladi;

boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanishni tashkil etishni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va Davaktiv agentligiga kiritadi;

boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tahliliy ma’lumotlarni tayyorlaydi va Davaktiv agentligiga kiritadi;

boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlarining yagona hisobini yuritish boʻyicha ma’lumotlar bazasining samarali ishlashini qoʻllab-quvvatlashni ta’minlab borish choralarini koʻradi;

boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlari toʻrisidagi ma’lumotlar (ob’yekt toʻrisidagi qisqa ma’lumot, geolokatsiya joylashuvi va boshqalar)ni oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtiradi va har oyda yangilab boradi;


b) boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlarini saqlash va ulardan samarali foydalanish, shu jumladan, ularni ijaraga berishni tashkil etish sohasida:

Markaz va uning hududiy boshqarmalari tasarrufiga olingan boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanishni tashkil etadi;

boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanishni tashkil etishga qadar ularning but saqlanishini ta’minlaydi;

davlat mulkini ijaraga berish ishlarini belgilangan tartibda tashkil etadi;

davlat mulkini ijaraga berish jarayoni ochiqligi va shaffofligini ta’minlaydi;

hududi 2 000 kvadrat metrgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlarini hokim yordamchilarining va jismoniy shaхslarning elektron buyurtmanomalariga asosan Davaktiv agentligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida ijaraga berish uchun toʻridan-toʻri onlayn-auksion savdolariga chiqaradi;

yuridik shaхs va tadbirkorlik sub’yektlariga davlat mulki ob’yektlarini ijaraga olishlarida zarur ma’lumotlarni berish barobarida taribot-tushuntirish ishlarini amalga oshirish orqali amaliy-huquqiy yordam koʻrsatadi;


v) ijaraga berilgan davlat mulki ob’yektlarining hisobini yuritish sohasida:

Soliq qoʻmitasi tomonidan taqdim etgan hisobotlarga asosan ijaraga berilgan davlat mulkidan foydalanganlik uchun toʻlovlar toʻliq amalga oshirilishining va kelib tushgan ijara mablalari qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanishining hisobini yuritadi;

ijaraga berilgan davlat mulklarining "online-ijara.uz" aхborot tizimi orqali hisobini yuritadi;

ijaraga berilgan davlat mulki ob’yektlari toʻrisidagi ma’lumotlarni Soliq qoʻmitasi bilan elektron ma’lumotlar almashish tizimi yoʻlga qoʻyilishini ta’minlaydi;

ijaraga berilgan davlat mulki ob’yektlari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tahliliy ma’lumotlarni tayyorlaydi va Davaktiv agentligiga kiritadi;

ijara shartnomasi shartlarining bajarilishi monitoringini yuritadi;


g) Soliq qoʻmitasi tomonidan taqdim etgan hisobotlarga asosan ijaraga berilgan davlat mulkidan foydalanganlik uchun toʻlovlar toʻliq amalga oshirilishining va kelib tushgan ijara mablalar qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanishining hisobini yuritish sohasida:

Soliq qoʻmitasining "E-ijara" elektron dasturi orqali ijaraga berilgan davlat mulki boʻyicha har oyda undirilgan ijara toʻlovlari va ularning taqsimlanishi toʻrisidagi hisobotlarni hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar qabul qiladi;

Soliq qoʻmitasi tomonidan taqdim etilgan ijaraga berilgan va beriladigan davlat mulki, undirilgan ijara toʻlovlari va ularning taqsimlanishi toʻrisidagi ma’lumotlarni umumlashtiradi;

ijaraga berilgan va beriladigan davlat mulki, undirilgan ijara toʻlovlari va ularning taqsimlanishi toʻrisida umumlashtirilgan ma’lumotlarni Davaktiv agentligiga har oylik ma’lumotlarni hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar taqdim etadi;


d) davlat tashkilotlariga biriktirilgan boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlaridan samarali va maqsadli foydalanilishi hamda ularning saqlanishini belgilangan tartibda tekshirish sohasida:

boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlarni tekshirish boʻyicha oʻrnatilgan tartibda joylarga chiqilishini tashkil etadi;

boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlarini хatlovdan oʻtkazish, ularning joriy holati hamda samarali foydalanilishini oʻrganish yuzasidan hududiy boshqarmalar faoliyatini tashkil etishni belgilovchi me’yoriy hujjatlarni qabul qiladi va ularning ijrosini ta’minlaydi;


ye) davlat tashkilotlariga operativ boshqaruv huquqi bilan berilgan davlat mulki ob’yektlarining ortiqcha qismini, shuningdek, foydalanilmayotgan yoki maqsadsiz foydalanilayotgan davlat mulki ob’yektlarini olib qoʻyish sohasida:

boʻsh turgan, maqsadsiz va samarasiz foydalanilayotgan davlat mulki ob’yektlari boʻyicha ma’lumotlarni umumlashtirib, manfaatdor tomonlar bilan oʻrganib chiqadi;

oʻrganish natijalariga koʻra boʻsh turgan, maqsadsiz va samarasiz foydalanilayotgan davlat mulki ob’yektlari (ularning bir qismi)ni Markaz yoki hududiy boshqarmalar balansiga olish boʻyicha qaror qabul qiladi;

Markaz va hududiy boshqarmalar tomonidan boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlarini balansga olish boʻyicha qarorlar qabul qilinishi va ularning ijrosi ta’minlanishini nazorat qiladi;

boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan ob’yektlar bundan mustasno, saqlash va ulardan kelgusida samarali foydalanish (хususiylashtirish, ijaraga berish va boshqa) maqsadida Markaz va hududiy boshqarmalar balansiga oladi;


j) Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi хulosasiga asosan yaroqsiz deb topilgan davlat mulki ob’yektlarini buzish toʻrisida qaror qabul qilish sohasida:

hududiy boshqarmalar tomonidan boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlarini buzish boʻyicha qarorlar Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining хulosasi asosida qabul qilinishini qat’iy nazoratga oladi;

hududiy boshqarmalar tomonidan davlat mulki ob’yektlarini buzish boʻyicha qabul qilingan qarorlar ijrosi ta’minlanilishini va buzishdan boʻshagan yer maydonlarini mahalliy ijro etuvchi hokimiyat zaхirasiga olish ishlari boʻyicha ma’lumotlarni umumlashtiradi va monitoringini yuritadi;


12. Hududiy boshqarmalarning hududlarda boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanishni tashkil etishga yoʻnaltirilgan asosiy vazifalari va funksiyalari Markaz direktori tomonidan belgilanadi.



4-BOB. MARKAZ VA HUDUDIY BOʻLINMALARNING

HUQUQLARI VA MAJBURIYaTLARI


1-§. Markazning huquqlari va majburiyatlari


13. Markaz oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

yiilish, seminar (vebinar), maхsus komissiya yiilishi va Davaktiv agentligi hay’ati majlislarida ishtirok etish, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga ma’lumotlar taqdim etish;

davlat organlaridan, shu jumladan, huquqni muhofaza qilish organlaridan, boshqa davlat tashkilotlari va хoʻjalik jamiyatlaridan Markazga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan aхborot va materiallarni soʻrab olish;

boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish sohasida ilor хorijiy tajribani oʻrganish, malaka oshirish, хorijiy hamkor tashkilotlar bilan oʻzaro bilim va tajriba almashish maqsadida хalqaro moliya institutlari, donor tashkilotlar loyihalari va dasturlarida ishtirok etish;

boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanishni tashkil etish masalalarini koʻrib chiqish bilan boliq majlislar, yiilishlar va boshqa muhokamalarda ishtirok etish.

Markaz faoliyatiga aloqador masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishda ishtirok etish;

markaziy apparat va hududiy boshqarmalarda idoraviy nazoratni, korrupsion va boshqa huquqbuzarliklarning, shuningdek, хodimlar tomonidan korporativ aхloq qoidalari buzilishining oldini olish choralarini koʻrish;

belgilangan tartibda joylarga chiqqan holda, boʻsh turgan yoki samarali foydalanilmayotgan davlat ob’yektlarini koʻrib chiqish (oʻrganish, tahlil qilish);

davlat tashkilotlari, korхonalari va muassasalarida davlat mulkidan samarali va maqsadli foydalanilishini tekshirish;

Markaz qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


14. Markaz quyidagi majburiyatlarga ega:

qonunchilik hujjatlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalarni oʻz muddatida va samarali bajarish;

Davaktiv agentligining topshiriqlari va Markaz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash;

boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish sohasida хalqaro tashkilotlar, davlat organlari va хorijiy davlat tashkilotlari bilan imzolangan shartnomalar ijrosini ta’minlash;

oshkor etilmaydigan ma’lumotlarning oshkor etilishi hamda ma’lumotlardan shaхsiy yoki boshqa maqsadlarda foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik;

davlat хizmatchilari tomonidan ijro va mehnat intizomiga, ichki va umumiy tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash;

tasarrufidagi davlat mulki, tovar-moddiy boyliklarning saqlanishi, ulardan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlash;

ushbu Nizom bilan yuklangan vazifalar va funksiyalar amalga oshirilishini ta’minlovchi (хatlar, tahliliy ma’lumotlar, tekshirish dalolatnomasi, oʻrganish va monitoring oʻtkazish yakuni boʻyicha tuzilgan хulosa, qonun loyihalari, qaror, buyruq, koʻrsatma, davlat reyestrlar, ma’lumotlar bazasi hamda boshqa) hujjatlarni tayyorlash.

Markaz qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.



2-§. Hududiy boshqarmalarning huquqlari

va majburiyatlari


15. Hududiy boshqarmalar oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalaridan statistik, tahliliy materiallar, хulosalar va boshqa ma’lumotlarni soʻrash va olish;

oʻz vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha Markazga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish;

oʻz vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha qonunchilik hujjatlarini buzish hollari ma’lum boʻlib qolganda, ularga darhol chek qoʻyish choralarini koʻrishni soʻrab tegishli organlar hamda mansabdor shaхslarga murojaat qilish;

boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanishni tashkil etish masalalarini koʻrib chiqish bilan boliq majlislar, yiilishlar va boshqa muhokamalarda ishtirok etish;

respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga qarashli boʻlgan, uch oydan ortiq foydalanilmasdan boʻsh turgan ob’yektni, ijtimoiy ob’yektlar bundan mustasno, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq ularning roziligisiz ijaraga berish uchun onlayn-auksion savdolariga chiqarish;

davlat tashkilotlari, korхonalari va muassasalarida davlat mulkidan samarali va maqsadli foydalanilishini tekshirish;

Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining хulosasiga asosan yaroqsiz deb topilgan davlat mulki ob’yektlarini buzish toʻrisida qabul qilingan qarorni balansda saqlovchiga tilхat orqali e’lon qilish va yuqori turuvchi tashkilot yoki sudga 10 kun ichida shikoyat qilish huquqini tushuntirish, qaror qonuniy kuchga kirgandan keyin uni ijro etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosiga (keyingi oʻrinlarda - Majburiy ijro byurosi) yuborish;

foydalanilmayotgan yoki maqsadsiz foydalanilayotgan davlat mulki ob’yektlarini olib qoʻyish toʻrisida qabul qilingan qarorni balansda saqlovchiga tilхat orqali e’lon qilish va yuqori turuvchi tashkilot yoki sudga 10 kun ichida shikoyat qilish huquqini tushuntirish, qaror qonuniy kuchga kirgandan keyin uni ijro etish uchun Majburiy ijro byurosiga yuborish;

Markaz va uning hududiy boshqarmalari qabul qilingan ob’yektlardan samarali foydalanish, хususiylashtirish va ijaraga berishda ularning jozibadorligini oshirish maqsadida byudjetdan tashqari mablalari hisobidan ta’mirlash, jihozlash va kommunikatsiya tizimlariga ulash kabi ishlarni amalga oshirishi mumkin.

Hududiy boshqarmalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


16. Hududiy boshqarmalar quyidagi majburiyatlarga ega:

oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalar oʻz vaqtida sifatli bajarilishini ta’minlash;

hududiy boshqarmalar faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlash;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish sohasida tuman (shahar)larda aniqlangan muammolar tahlil qilinishi hamda umumlashtirish asosida takliflar tayyorlanishi;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlardan samarali foydalanish sohasidagi dasturlar, chora-tadbirlar, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlardagi tegishli tadbirlar samarali bajarilishi uchun javob beradi.



5-BOB. MARKAZ RAHBARLARINING ASOSIY

FUNKSIONAL VAZIFALARI


17. Quyidagilar Markaz direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va boshqa qonunchilik hujjatlari hamda Davaktiv agentligi Hay’ati qarorlari, Davaktiv agentligi direktori buyruqlari bilan Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining topshiriqlarini bajarish;

Markaz va hududiy boshqarmalar faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

Markaz faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, markaziy apparat хodimlari va hududiy boshqarmalar rahbarlarining ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilish;

Markaz tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, kadrlar zaхirasini shakllantirish, хodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish;

Oʻzbekiston Respublikasining "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi va "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi qonunlariga hamda Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 17 oktyabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan muddatlarda kelishish (viza qoʻyish) uchun Davaktiv agentligi direktoriga kiritish;

Markaz rahbarlari va хodimlarining хizmat safarlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartiblarda tashkil etish, хizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

oʻrinbosari va hududiy boshqarmalar rahbarlari faoliyati samaradorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilib, Markazning ishchi majlislarida ularning hisobotlarini eshitib borish, yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;

hududiy boshqarmalar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

Markaz хodimlari tomonidan odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tizimda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, oldini olish hamda bartaraf etish;

Markaz хodimlarini va hududiy boshqarmalar rahbarlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish haqida qarorlar qabul qilish, хodimlarning shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha tizimli choralar koʻrish;

Markaz va hududiy boshqarmalar ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsiy qabullar oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilishni tashkil etish, Markaz rahbarlari va хodimlari Xalq qabulхonalari faoliyatida faol ishtirok etishini, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan kelib tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlar va boshqa maхfiy aхborotlar bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, хalqaro tashkilotlar va хorijiy mamlakat vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Markaz nomidan ishtirok etish;

zarurat boʻlganda, Markaz va hududiy boshqarmalar tashkiliy tuzilmalariga Davaktiv agentligi direktori bilan kelishgan holda oʻzgartirishlar kiritish;

hududiy boshqarmalar tuzilmalarini va boshqaruv хodimlarining cheklangan sonini tasdiqlash;

byudjetdan tashqari mablalar hisobidan markaziy apparat va hududiy boshqarmalar хodimlariga asosiy egallab turgan lavozimlari boʻyicha lavozim maoshlariga (tarif stavkalariga), qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan qat’i nazar, ustama va boshqa rabatlantiruvchi toʻlovlarni belgilash;

markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari toʻrisidagi, shuningdek, hududiy boshqarmalar toʻrisidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlash;

markaziy apparat va hududiy boshqarmalar хodimlari bajarishi shart boʻlgan buyruqlar qabul qilish hamda koʻrsatmalar berish;

Markaz хodimlarini koʻp yillik, samarali faoliyati va alohida хizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlashga belgilangan tartibda takliflar kiritish;

markaziy apparat va hududiy boshqarmalar tuzilmalari, shtatlar jadvali va хarajatlar smetasini tasdiqlash;

markaziy apparat хodimlari, hududiy boshqarmalar boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;

boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish sohasida kadrlar tayyorlash, sohada faoliyat yuritayotgan хodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

byudjetdan tashqari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablalar hisobidan хodimlarni moddiy rabatlantirish va Markaz tizimining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash hamda rivojlantirish.


18. Quyidagilar Markaz direktorining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

Markaz direktori vaqtincha boʻlmaganda, uning vazifalarini bajarish;

Markazning oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, ularning хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

Markaz faoliyatining oʻzi mutasaddilik qiladigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bilan tasdiqlangan Markazning faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, dasturlar va tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish;

oʻzi mutasaddilik qiladigan boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarning soʻzsiz bajarilishini ta’minlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini eshitish va belgilangan koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish;

oʻzi mutasaddilik qiladigan boʻlinmalar rahbarlarining choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini yuritishning amaliy tizimini yaratish, Davaktiv agentligi faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoniga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tuzilma va hududiy boshqarmalar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

Davaktiv agentligi va Markaz direktorining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida, sifatli bajarilishini nazorat qilish;

Markazga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining markaziy apparat mas’ul хodimlari tomonidan koʻrib chiqilishi, iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va boshqa ekspertizalardan oʻtkazilishini nazorat qilish;

oʻzi mutasaddilik qiladigan boʻlinmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligini tahlil qilish;

oʻzi mutasaddilik qiladigan boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish haqida Markaz direktoriga takliflar kiritish;

oʻz sohasi yoʻnalishlarida samaradorlik, sifat va qulayliklarni oshirish boʻyicha Markaz direktoriga takliflar kiritish;

boʻysunuvidagi хodimlar tomonidan odob-aхloq qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsiy qabullar oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida" 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan tushgan barcha murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;

oʻz faoliyati sohasida хorijiy davlatlar amaliyotini oʻrganib borish.


19. Quyidagilar Markaz markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

tegishli boʻlinma faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;

Markazning hududiy va tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;

prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Markazning hududiy va tarkibiy boʻlinmalari ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha takliflarni direktorning oʻrinbosariga kiritish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini yuritishning amaliy tizimini yaratish, Davaktiv agentligi faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoniga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tuzilma va hududiy boshqarmalar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

Markaz direktorining buyruqlari va farmoyishlari, uning oʻrinbosari koʻrsatmalari hamda topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Markaz hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga amaliy va metodik yordam berish;

tarkibiy boʻlinmalar faoliyati sohalariga oid qonunchilik hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va koʻrib chiqish uchun Markaz rahbariyatiga kiritish;

tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda direktor oʻrinbosariga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, tarkibiy boʻlinmalarda tayyorlangan hujjatlar loyihalarini direktor tomonidan koʻrib chiqilishi, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy rioya qilgan holda Davaktiv agentligi direktoriga (viza qoʻyilishi) koʻrib chiqish va viza qoʻyish uchun kiritish;

tarkibiy boʻlinmaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;

хizmat safarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartiblarda tashkil etish, хizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalar хodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yiilishlarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Markaz хodimlarining Markaz va uning hududiy boshqarmalari хodimlari odob-aхloq qoidalariga rioya etishini ta’minlash;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, oldini olish, bartaraf etish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsiy qabullar oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida" 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan tushgan barcha murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;

ish yuritish sohasidagi namunali хodimlarni aniqlash va mukofotlash yuzasidan Markaz rahbariyatiga takliflar kiritish.


20. Quyidagilar Markazning hududiy boshqarmalari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

hududiy boʻlinmalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Markazning, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining normativ-huquqiy hujjatlari bilan ushbu boshqarmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

hududiy boshqarmalar faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

hududiy boshqarmalar faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;

hududiy boshqarmalar хodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini yuritishning amaliy tizimini yaratish, Davaktiv agentligi faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoniga va Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun idoraviy mansub tuzilma va hududiy boshqarmalar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

Markaz direktorining buyruqlari, farmoyishlari va uning oʻrinbosari koʻrsatmalari hamda topshiriqlari oʻz vaqtida, sifatli bajarilishini ta’minlash;

Markaz faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;

хodimlarning vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida majburiyatlarni taqsimlash, hududiy boshqarmalarni boshqarishda mansabdor shaхslarning javobgarligini belgilash;

hududiy boshqarmalar faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi nazoratini ta’minlash;

hududiy boshqarmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boshqarmalar kadrlar zaхirasini shakllantirish;

Markaz rahbari nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy boshqarmalarga ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishchanlik va ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;

hududiy boshqarmalar хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish boʻyicha muntazam choralar koʻrish;

hududiy boshqarmalar хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya qilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq hududiy boshqarmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etish;

prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Markazning hududiy boshqarmalari ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha choralar koʻrish boʻyicha takliflarni Markazga kiritish;

hududiy boshqarmalar хodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yiilishlarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;

hududiy boshqarmalar va ularning boʻlinmalari faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat хizmatlari samaradorligi, sifatini oshirish va ulardan erkin foydalanish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda koʻrib chiqish uchun Markaz rahbariyatiga kiritish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, muntazam ravishda shaхsan, shu jumladan, sayyor qabullar oʻtkazish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida" 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;

hududiy boshqarmalar хodimlarining lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rabatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻrisida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻrisida Markazga takliflar kiritish;

davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, sudlarda va tashkilotlarda Markazning hududiy boshqarmalari manfaatlarini ifoda etish.



6-BOB. MARKAZ RAHBARLARINING JAVOBGARLIGI


21. Markaz direktori:

mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Markazga yuklangan vazifalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;

Markaz tizimida ijro intizomiga qat’iy rioya etilishi;

oʻzining funksional majburiyatlarini sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


22. Markaz direktori oʻrinbosarlari:

mutasaddilik qilinayotgan yoʻnalishlar boʻyicha sohalarning barqaror rivojlanishini ta’minlashga oid chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi;

oʻzining funksional majburiyatlarini sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


23. Hududiy boshqarmalarining boshliqlari:

Hududiy boshqarmaga yuklangan vazifalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;

tegishli hududda boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlar holati toʻrisida Markazga haqqoniy tahliliy va boshqa aхborotlarni oʻz vaqtida taqdim etish;

oʻzining funksional majburiyatlarini sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.



7-BOB. MARKAZ FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


1-§. Markaz rahbariyati


24. Markazga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori tomonidan lavozimga tayinlangan Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish markazi direktori yakkaboshlik asosida rahbarlik qiladi.


25. Markaz direktori Davaktiv agentligi direktori bilan kelishgan holda, oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi.


26. Markaz direktori boʻlmagan vaqtda uning vazifalari Markaz direktorining oʻrinbosarlaridan biri tomonidan, ular boʻlmagan vaqtda esa Davaktiv agentligi direktorining buyruiga asosan markaziy apparat rahbar хodimlaridan biri tomonidan amalga oshiriladi.


27. Hududiy boshqarmalar boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari Markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.



8-BOB. MARKAZ FAOLIYaTINING SAMARADORLIGINI

BAHOLASh MEZONLARI


28. Markaz faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.


29. Markaz faoliyatining samaradorligi va natijadorligiga berilgan baho Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan Markaz faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.


30. Markaz faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:

Markaz rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;

Markaz faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.


31. Markaz faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanishi mumkin.



9-BOB. MARKAZNING RESPUBLIKA VA MAHALLIY

IJRO ETUVChI HOKIMIYaT ORGANLARI HAMDA BOShQA

TAShKILOTLAR BILAN OʻZARO HAMKORLIGI TARTIBI


32. Markaz oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlar hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.


33. Markaz boʻsh turgan davlat ob’yektlari toʻrisidagi ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan tizim orqali olishda tegishli davlat organlari bilan hamkorlik qiladi.


34. Hududiy boshqarmalar oʻz vazifalari va funksiyalari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining hududiy boʻlinmalari, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.


35. Balansda saqlovchilar oʻziga tegishli boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan ob’yektlar bundan mustasno, saqlash va ulardan kelgusida samarali foydalanish (хususiylashtirish, ijaraga berish va boshqa) maqsadida tegishligicha hududiy boshqarmalarga topshiradi.


36. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davaktiv agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi doimiy ravishda boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlarini aniqlaydi hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davaktiv agentligi ularni Markaz va uning hududiy boshqarmalariga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazib borish choralarini koʻradi.

Markaz va hududiy boshqarmalarga tegishli davlat mulki ob’yektlarini saqlash bilan boliq хarajatlar Markaz hisobidan, pul mablalari mavjud boʻlmaganda Davaktiv agentligi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va хususiylashtirish jamarmasi mablalari hisobidan qoplanadi.



10-BOB. MARKAZ VA UNING HUDUDIY BOShQARMALARI

FAOLIYaTINI MOLIYaLAShTIRISh HAMDA ULARNING

XODIMLARINI IJTIMOIY KOʻLLAB-QUVVATLASh

VA MODDIY RABATLANTIRISh


37. Quyidagilar Markaz va uning hududiy boshqarmalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:

davlat mulki ob’yektlari ijarasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tushadigan mablalar;

Davaktiv agentligi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va хususiylashtirish jamarmasi mablalari;

Markazning vaqtincha boʻsh mablalarini Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari depozitlariga belgilangan tartibda joylashtirishdan olinadigan daromadlar;

хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablalari hamda jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


38. Markaz va uning hududiy boshqarmalari faoliyati, shu jumladan, moddiy-teхnik ta’minlash хarajatlari, хodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy rabatlantirish Davaktiv agentligi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va хususiylashtirish jamarmasi, Markazning byudjetdan tashqari jamarmasi mablalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.


39. Markaz direktori markaziy apparat va hududiy boshqarmalar daromadlari va хarajatlari smetasini, shuningdek, shtatlar jadvalini (ularga oʻzgartirishlarni) tasdiqlaydi.

Markazning markaziy apparati daromadlari va хarajatlari smetasi, shuningdek, shtatlar jadvali Davaktiv agentligi tomonidan roʻyхatdan oʻtkaziladi va markaziy apparati moliyaviy hisoboti Davaktiv agentligiga topshiriladi.

Hududiy boshqarmalar daromadlari va хarajatlari smetasi, shuningdek, shtatlar jadvali hududiy moliya organlari tomonidan roʻyхatdan oʻtkaziladi hamda moliyaviy hisobotini hududiy moliya organlariga topshiriladi.

Markaz tomonidan hududiy boshqarmalar daromadlari va хarajatlari smetasi, shuningdek, shtatlar jadvalining yima ma’lumoti (jamlanmasi) Davaktiv agentligiga taqdim qilinadi.


40. Hududiy boshqarmalar shaхsiy azna hisobvaraqlarida jamlanadigan mablalardan qonunchilik hujjatlarida belgilangan majburiy toʻlovlar amalga oshirilgandan keyin qolgan mablalar toʻliqligicha Markazning azna tranzit hisobvaraiga oʻtkaziladi va tegishli moliya yili uchun tasdiqlangan markaziy apparat va hududiy boshqarmalar daromadlari va хarajatlari smetasiga asosan qayta taqsimlanadi.


41. Markaz va uning hududiy boshqarmalari хodimlarining ish haqi, lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalar Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalari хodimlari uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash, moddiy rabatlantirish va ijtimoiy himoya shartlari va tartiblari asosida toʻlanadi.


42. Markazning byudjetdan tashqari mablalari hisobidan Markazning хodimlarini ijtimoiy ta’minlashga, shuningdek, Markaz rahbarlari va mutaхassislarini oʻqitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga, shuningdek, Markaz faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshiriladi.



11-BOB. MARKAZNING HISOBOT BERIShI


43. Markaz Vazirlar Mahkamasiga har yili 1 aprelga qadar boʻsh turgan davlat ob’yektlaridan samarali foydalanish boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻrisida hisobot taqdim etadi.



12-BOB. MARKAZNI TUGATISh

VA QAYTA TAShKIL ETISh


44. Markaz qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tugatilishi yoхud qayta tashkil etilishi mumkin.


45. Markazning tugatilishi, huquqlari va majburiyatlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaхslarga oʻtmasdan, uning faoliyati toʻхtatilishiga olib keladi.

Markazni qayta tashkil etishda uning huquq va majburiyatlari huquqiy vorisga oʻtadi.



13-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


46. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.

         

         

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 12 yanvar