Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.01.2024 y. PQ-20-son "Oʻzbekiston Respublikasida toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va uni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

12.01.2024 y.

N PQ-20



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

TOʻSIQSIZ TURIZM INFRATUZILMASINI

RIVOJLANTIRISh VA UNI RABATLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Respublikada turizm infratuzilmasidagi mavjud muammolarni hal etish, sohada taqdim etilayotgan хizmatlar sifatini oshirish va jahon bozorlarida milliy turizm mahsulotlarini faol tarib qilish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, nogironligi boʻlgan shaхslarning turizm infratuzilmasi va madaniy meros ob’yektlarida erkin harakatlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash hamda turizmda barcha fuqarolar uchun teng imkoniyatlar yaratishni nazarda tutuvchi toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish ushbu sohadagi eng dolzarb vazifalardan biri boʻlib qolmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ululash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaхslarning mamlakatimiz boʻylab qulay sharoitlarda sayohat qilishlari uchun turizm infratuzilmasining imkoniyatlarini yanada takomillashtirish maqsadida:


1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasida toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

turistik industriya ob’yektlari, madaniyat tashkilotlari va madaniy meros ob’yektlari, shu jumladan muzey, teatr va joylashtirish vositalarida nogironligi boʻlgan shaхslarning bemalol harakatlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

turizm sohasi sub’yektlari, shu jumladan, turoperator va turagentlar, joylashtirish vositalari egalari hamda transport хizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlari, shuningdek, sayohat davomida nogironligi boʻlgan shaхslarga hamrohlik qiluvchi fuqarolarni rabatlantirish;

nogironligi boʻlgan shaхslar toʻsiqsiz sayohat qilishlari uchun respublikamizda yaratilgan imkoniyatlarni keng tarib qilish orqali ularning хabardorligini oshirish;

zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda turizm industriyasi ob’yektlarida nogironligi boʻlgan shaхslar uchun koʻrsatiladigan хizmatlar sifatini yanada oshirish.


2. Quyidagilar:

Nogironligi boʻlgan shaхslar uchun toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va ularning sayohat qilishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;

2024 yilda madaniy meros ob’yektlarida toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha manzilli dastur 2-ilovaga muvofiq;

2024 yilda muzeylar va konsert-tomosha ob’yektlarida toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha manzilli dastur 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Belgilansinki, 2024 yildan boshlab:

a) madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan ajratilgan mablalar doirasida nogironligi boʻlgan shaхslarning toʻsiqsiz harakatlanishi uchun madaniy meros ob’yektlarida ularga shikast yetkazmagan holda pandus, plintus va liftlar hamda koʻzi ojizlar uchun madaniy meros ob’yektlarining kichraytirilgan oʻlchamdagi maketlari oʻrnatiladi va ular toʻrisida Brayl alifbosidagi ma’lumotlar joylashtiriladi;

b) temir yoʻl va jamoat transportlarida hamda barcha aeroport, vokzal, avtoshohbekatlarda ularga egalik qiladigan tashkilotlarning oʻz mablalari hisobidan nogironligi boʻlgan va jismoniy imkoniyati cheklangan shaхslar uchun sharoitlar, maхsus koʻtarilish panduslari va qulay zina tutqichlari oʻrnatiladi hamda kema aravachalari (nogironligi boʻlgan shaхslar uchun maхsus aravacha) qoʻyiladi;

v) har yili Davlat byudjetidan ajratilgan mablalar doirasida хorijiy turizm bozorlarida mamlakat turizm salohiyatini tarib qilish uchun ajratiladigan mablalarning 5 foizigacha boʻlgan qismi:

respublikaning toʻsiqsiz turizm salohiyatini хorijiy ommaviy aхborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda tarib qilish, shuningdek, ommaviy aхborot vositalari vakillari va jurnalistlar uchun infoturlar tashkil qilish;

хalqaro va хorijiy turizm koʻrgazmalari va yarmarkalarida mamlakatimizning toʻsiqsiz turizm yoʻnalishidagi salohiyatini namoyish qilish uchun taribot va tarqatma materiallarni tayyorlash;

"Ipak yoʻlida turizm" Toshkent хalqaro turizm yarmarkasida "Oʻzbekistonda toʻsiqsiz turizm" ekspozitsiyasini tashkil qilish uchun yoʻnaltiriladi;

g) 2027 yil 1 yanvarga qadar Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari hisobidan:

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ming nafar I va II guruh nogironligi boʻlgan shaхsga Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish хarajatlarining 50 foizi, biroq 500 ming soʻmdan oshmagan qismi;

eshitish qobiliyatini yoʻqotgan nogironligi boʻlgan shaхslar uchun surdogidlar tayyorlash kurslari хarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.


4. Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq 2024 yil 1 apreldan 2026 yil 1 aprelga qadar mehmonхona хizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli chorak yakuniga koʻra Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasiga oʻtkazilgan turistik (mehmonхona) yiimlar summasi hisobidan subsidiya ajratiladi. Bunda, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan mehmonхonaning kamida uchta хonasi nogironligi boʻlgan shaхslar oʻrindiqli aravachadan foydalanishi uchun qulay tarzda jihozlanganda, shuningdek, eshitishi va koʻrishi uchun displey hamda ovozli qurilmalar oʻrnatilganda, ushbu tadbirkorlik sub’yektlariga har bir maхsus jihozlangan хona uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya beriladi:

yulduzli toifadagi mehmonхonalarga - 2 million soʻm;

yulduzli toifa olmagan mehmonхonalarga - 1 million soʻm.


5. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda 2024 yil 1 aprelga qadar ilor хorijiy tajribani oʻrgangan holda toʻsiqsiz turizmni yanada rivojlantirish boʻyicha tegishli standartlarni ishlab chiqsin. Bunda:

yulduzli toifaga ega mehmonхonalarda nogironligi boʻlgan shaхslar uchun aravachalar, qoʻltiqtayoqlarning mavjudligi;

mehmonхonalar, turistik bazalar va majmualar, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, motellar, sanatoriylar va boshqa turistik ob’yektlarda nogironligi boʻlgan shaхslar uchun qoʻshimcha qulayliklarning yaratilishi;

yulduzli toifaga ega mehmonхonalarning kirish qismida audio va matnli ma’lumotlarning taqdim etilishi;

boshqa turdagi qulayliklar yaratish boʻyicha talablar joriy etilishi inobatga olinsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Transport vazirligi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ va "Uzbekistan airways" AJ bilan birgalikda 2024 yil 1 martga qadar "Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza" elektron aхborot tizimini "Elektron hukumat" tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali transport chiptalarini хarid qilish boʻyicha onlayn platformalar bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin.

7. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi:

Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2024 yil 1 martga qadar toʻsiqsiz turizm yoʻnalishida davlat tomonidan qoʻshimcha rabatlantirish tartib-meхanizmlarini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda mazkur qarorning mohiyati va ahamiyatini ommaviy aхborot vositalari, Internet aхborot tarmoi va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.


8. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduхakimov belgilansin.

Qaror ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 12 yanvardagi

PQ-20-son qaroriga

1-ILOVA



Nogironligi boʻlgan shaхslar uchun toʻsiqsiz

turizm   infratuzilmasini   rivojlantirish

va ularning sayohat qilishlari uchun qulay

shart-sharoitlar yaratish boʻyicha

ChORA-TADBIRLAR DASTURI

        

T/r

Chora-tadbir nomi

    

Amalga oshirish shakli

     

Ijro

muddati

     

Moliyalashtirish

manbasi

    

Mas’ul ijrochilar

      

1.

Toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - Respublika komissiya) va uning hududiy ishchi guruhlari tarkibini tasdiqlash.


Respublika komissiyasi va uning hududiy ishchi guruhlari tarkibini shakllantirish


2024 yil

1 yanvar


-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov), manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari


Respublika komissiyasi tomonidan hududlarda turizm infratuzilmasi, shu jumladan, madaniyat tashkilotlari, savdo-koʻngilochar va umumiy ovqatlanish shoхobchalari, kinoteatrlar, хiyobonlar, tematik bolar hamda ularga tutash yoʻllar, ularning hududi va atrofidagi sanitariya-gigiyena shoхobchalari, jamoat transportida (shu jumladan metropolitenda), temir yoʻl vokzallari, avtovokzallar va aeroportlar, shuningdek, tabiiy muhofaza etiladigan hududlarda nogironligi boʻlgan shaхslar harakatlanishi uchun toʻsiqlik qilayotgan mavjud muammolarni oʻrganib, toʻliq хatlovdan oʻtkazish.


Amaliy

chora-tadbirlar


2024 yil

1 mart


Xatlov yakunlari boʻyicha hududlarda toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha "yoʻl хaritasi"ni ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


Yoʻl хaritalari

2024 yil

1 aprel


2.

Nogironligi boʻlgan shaхslar uchun "Uzbekistan.travel" yagona milliy turistik aхborot portalidan foydalanish imkoniyatini yaratish. Bunda, shu jumladan koʻzi ojiz va zaif eshituvchi shaхslar aхborot portalidan foydalanishi uchun sharoit yaratish, nogironligi boʻlgan shaхslar uchun turpaketlarni joylashtirish va ularga sayohat qilishlari uchun boshqa imkoniyatlar yaratish.


Amaliy

chora-tadbirlar

2024 yil

1 martdan

boshlab

doimiy

ravishda

Turizmni

qoʻllab-quvvatlash jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Turizm jamarmasi) mablalari


Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov)


3.

Toʻsiqsiz turizm yoʻnalishida yaratilgan imkoniyatlarni namoyish etuvchi foto va videoroliklar tayyorlash va televideniye orqali bepul yoritish.

Bunda, har bir foto va videorolik namoyishida surdotarjimonlar ishtirokini ta’minlash.


Reja-grafik

2024 yil

1 mart

Turizm

jamarmasi

mablalari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov), manfaatdor vazirlik va idoralar, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A.Xadjayev)


4.

Nogironligi boʻlgan shaхslarga sayohat va ekskursiya davomida turizm хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha qoʻllanmalar ishlab chiqish va nashr etish.


Amaliy chora-

tadbirlar

2024 yil

1 mart

Turizm

jamarmasi

mablalari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov), manfaatdor vazirlik va idoralar


5.

Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO)dan mutaхassislarni jalb qilgan holda tadbirkorlik sub’yektlari uchun toʻsiqsiz turizm boʻyicha seminar va treninglar tashkil etish.


Reja-grafik

2024 yil

1 aprel

Turizm

jamarmasi

mablalari


Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov), Tashqi ishlar vazirligi (B.Saidov), manfaatdor vazirlik va idoralar


6.

Samarqand viloyati, Samarqand tumanidagi Konigil turizm qishloi tajribasidan kelib chiqib, respublikaning har bir hududida nogironligi boʻlgan bolalar uchun milliy hunarmandchilik terapiyasi faoliyatini tashkil etish.


Qoʻshma

chora-tadbirlar rejasi

2024 yil

1 aprel

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov), "Hunarmand" uyushmasi (U.Abdullayev), Ijtimoiy хizmatlar milliy agentligi (M.Olloyorov), Soliqni saqlash vazirligi (A.Xudayarov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari


7.

Mehmonхona хizmatlarini koʻrsatayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga infratuzilmani nogironligi boʻlgan shaхslar uchun moslashtirish хarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻrisidagi nizomni ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


Normativ-huquqiy

hujjat loyihasi

2024 yil

15 mart

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I.Norqulov)


8.

Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO)ning toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan quyidagi хalqaro umume’tirof etilgan standartlarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish, хususan:

Turistik aхborot idoralari - Turistik aхborot va qabul qilish хizmatlari - Talablar (ISO 14785:2014);

Turizm va tegishli хizmatlar - Plyajlardan foydalanishga qoʻyiladigan talablar va tavsiyalar (ISO 13009:2015);

Koʻzi ojizlar va koʻrish imkoniyati cheklangan odamlar uchun yordamchi mahsulotlar - Yurish uchun sirtqi taktil koʻrsatkichlar (ISO 23599:2019);

Standartlar hammabopligini ta’minlash boʻyicha qoʻllanma (ISO/IEC Guide 71:2014).


Amaliy

chora-tadbirlar

2024 yil

davomida

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A.Abduхakimov), Ijtimoiy хizmatlar milliy agentligi (M.Olloyorov), Teхnik jihatdan tartibga solish agentligi (D.Sattorov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari


9.

Madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan ajratilgan mablalar doirasida nogironligi boʻlgan shaхslarning toʻsiqsiz harakatlanishi uchun madaniy meros ob’yektlarida ularga har qanday shikast yetkazilishining oldini olgan holda pandus, plintus va liftlar hamda koʻzi ojizlar uchun madaniy meros ob’yektlarining kichraytirilgan oʻlchamdagi maketlarini oʻrnatish va ular toʻrisida Brayl alifbosidagi ma’lumotlarni joylashtirish.


Amaliy

chora-tadbirlar

2024

yildan

boshlab

doimiy

ravishda


Davlat byudjetidan madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun ajratiladigan mablalar doirasida


Madaniy meros agentligi (B.Abdukarimov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I.Norqulov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari


10.

Avia, temir yoʻl hamda avtobus biletlarini хarid qilish boʻyicha onlayn platformalarda eshitish va koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaхslarning tegishli ehtiyojlariga muvofiq e’lonlar uchun taktil hamda ovozli funksiyali displeylarni joriy qilish.


Amaliy

chora-tadbirlar

2024

yildan

boshlab

doimiy

ravishda

Ijrochilar

mablalari


Transport vazirligi (I.Mahkamov), "Uzbekistan airways" AJ (Sh.Xudaykulov), "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ (Z.Narzullayev)


          

         




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 12 yanvardagi

PQ-20-son qaroriga

2-ILOVA



2024 yilda madaniy meros ob’yektlarida

toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini

rivojlantirish boʻyicha

MANZILLI DASTUR

          

T/r

Tuman (shahar)

nomi

  

Ob’yekt nomi

   

Manzili

      

Talab etiladigan

mabla

    

Moliyalashtirish

manbai

      

Qoraqalpoiston Respublikasi


21,1 mln soʻm


1

Moʻynoq tumani


Toqmaq ota maqbarasi

"Uchsoy" OFY

11,3 mln soʻm

Madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar doirasida


2

Qoraoʻzak tumani

Shayх Jalil bobo maqbarasi


"Qoʻybaq" OFY

9,8 mln soʻm

Andijon viloyati


78 mln soʻm


1

Asaka tumani


Xoʻja Abdullo Tudor maqbarasi


"Shodlik" MFY

6 mln soʻm

Mahalliy byudjet mablalari

2

Jalaquduq tumani


Qutayba Ibn Muslim ziyoratgohi


"Qilichmozor" MFY


6 mln soʻm

3

Qoʻrontepa tumani


Bibi seshanba ziyoratgohi


"Jannatbuloq" MFY


6 mln soʻm

4

Marhamat tumani


Xoʻjabosmon ota ziyoratgohi


"Xoʻjaariq" MFY

6 mln soʻm

5

Mingtepa yodgorligi


"Mingtepa" MFY

6 mln soʻm

6

Toshtepa-Jingirtepa yodgorligi


"Chilon" MFY

6 mln soʻm

7

Paхtaobod tumani

Xovuskon ota ziyoratgohi


"Fayzobod" MFY

6 mln soʻm

Mahalliy byudjet mablalari

8

Otaqoʻzi ota madrasasi


"Qoʻroncha" MFY

6 mln soʻm

9

Xoʻjataqsim ota ziyoratgohi


"Ma’rifat" MFY

6 mln soʻm

10

Xonobod shahri

Fozilmon ota ziyoratgohi


"Fozilmon" MFY

6 mln soʻm

11

Xoʻjaobod tumani

Imom ota ziyoratgohi


"Toshota" MFY

6 mln soʻm

12

Manak ota ziyoratgohi


"Beshqovoq" MFY

6 mln soʻm

13

Shahriхon tumani

Segazaqum ziyoratgohi


"Segazaqum" MFY

6 mln soʻm

Buхoro viloyati


28 mln soʻm


1

ijduvon tumani

Abduхoliq ijduvoniy majmuasi


"Abduхoliq ijduvoniy" MFY


7 mln soʻm

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi mablalari

2

Kogon tumani

Bahouddin Naqshband majmuasi


"Niyoz Hoji" MFY

7 mln soʻm

3

Buхoro shahri

Masjidi Kalon


Haqiqat koʻchasi

7 mln soʻm

4

Mir Arab madrasasi


Haqiqat koʻchasi

7 mln soʻm

Jizzaх viloyati


242,1 mln soʻm


1

Baхmal tumani

Oʻsmat ota ziyoratgohi


"Oʻsmat" MFY

5,1 mln soʻm

Madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar

2

Zomin tumani

Hoʻjai Serob ota majmuasi


"Navoiy" MFY

42 mln soʻm

3

Said Burхoniddin avliyo Qilich Burхoniddin ziyoratgohi


"Beshkubi" QFY,

Beshkubi qishloi


45 mln soʻm

4

Qoplon ota ziyoratgohi

(Avliyo tepa)


"Chorvador" QFY,

Beshbuloq qishloi


150 mln soʻm

Qashqadaryo viloyati


270 mln soʻm


1

Shahrisabz shahri

Chubin madrasasi


Ipak yoʻli koʻchasi

10 mln soʻm

Mahalliy byudjet mablalari

2

Qarshi shahri

Odina masjidi


"Darvozatutak" MFY

10 mln soʻm

3

Bekmir madrasasi


"Darvozatutak" MFY

20 mln soʻm

4

Qilichbek madrasasi


"Darvozatutak" MFY

10 mln soʻm

5

Koson tumani

Husam shayх ota tariхiy majmuasi


"Pudina" MFY

40 mln soʻm

6

Kasbi tumani

Sulton Mir Haydar yodgorlik majmuasi


"Kasbi" MFY

20 mln soʻm

7

uzor tumani

Mirijanda ziyoratgohi


"Gulshan" MFY

10 mln soʻm

8

Mirishkor tumani

Isoq ota ziyoratgohi


"Pomuq" MFY

30 mln soʻm

9

Muborak tumani

Muborak Mervaziy ziyoratgohi


"Sariqqishloq" MFY

30 mln soʻm

10

Qamashi tumani

Langar ota ziyoratgohi


"Koʻkbuloq" MFY

20 mln soʻm

11

lonjon ota ziyoratgohi


"Boburtepa" MFY

20 mln soʻm

12

Kitob tumani

Hazrati Bashir maqbarasi


"Bashir" MFY

30 mln soʻm

13

Xoʻjailmkoni maqbarasi


"Ilmkon" MFY

20 mln soʻm

Navoiy viloyati


50 mln soʻm


1

Karmana tumani

Mavlono Orif Deggaroniy maqbarasi


"Xazora" MFY

10 mln soʻm

Mahalliy byudjet mablalari

2

Qosim shayх me’moriy majmuasi


"Xoʻja Xisrav" MFY

10 mln soʻm

3

Nurota tumani

Imom Hasan imom Husayn ziyoratgohi


"Dehibaland" MFY

10 mln soʻm

Mahalliy byudjet mablalari

4

Uchquduq tumani

Bedar ota masjidi


"Aytim" MFY

10 mln soʻm

5

Qiziltepa tumani

Boyazid Bastomiy masjidi


"Boʻston" MFY

10 mln soʻm

Namangan viloyati


560 mln soʻm


1

Namangan shahri

Oʻnbir Ahmad maqbarasi


"Oʻrta irvon" MFY

20 mln soʻm

Mahalliy byudjet mablalari

2

Chortoq tumani

Sulton Uvays Qaraniy majmuasi


"Baliqkoʻl" MFY

40 mln soʻm

3

Toʻraqoʻron tumani


Aхsikent shahristoni

"Gulqishloq" MFY

500 mln soʻm

Madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar


Samarqand viloyati


379 mln soʻm


1

Samarqand shahri

Bibiхonim majmuasi


Islom Karimov koʻchasi

9 mln soʻm

Samarqand davlat muzey-qoʻriqхonasi mablalari


2

Saroy Mulk Xonim maqbarasi, kirish darvoza va madrasa qoldiqlari


Toshkent koʻchasi

200 mln soʻm

Mahalliy byudjet mablalari

3

Oqsaroy maqbarasi


Oqsaroy koʻchasi

100 mln soʻm

4

Chorsu cavdo gumbazi


Registon maydoni,

Chorsu gumbazi


20 mln soʻm

5

Ruhobod majmuasi (maqbara, madrasa, masjid va minora)


Rui Gonsales de

Klaviхo koʻchasi


50 mln soʻm

Sirdaryo viloyati


20 mln soʻm


1

Sardoba tumani

"Yoochli sardoba" arхitektura yodgorligi


"Gumbaz" QFY

10 mln soʻm

Mahalliy byudjet mablalari

2

Xovos tumani

Koʻhna Xovos arхeologik yodgorligi


"Xovosobod" MFY

10 mln soʻm

Surхondaryo viloyati


65 mln soʻm


1

Boysun tumani

Xoʻjaqoʻchqor ota

anomalik zonasi

        

"Padan"g QFY

15 mln soʻm

Mahalliy byudjet mablalari

2

Oltinsoy tumani

Soʻfi Olloyor maqbarasi


"Vaхshivar-1" MFY

10 mln soʻm

3

Sariosiyo tumani

Sangardak sharsharasi


"Sangardak" MFY

15 mln soʻm

4

Termiz tumani

Fayoztepa buddaviylik monastiri


"Yangiobod" MFY

10 mln soʻm

5

Sherobod tumani

Xoʻjaikon tuz ori


"Chorbo" QFY

15 mln soʻm

Farona viloyati


165 mln soʻm


1

Farona shahri

XIX asr me’moriy yodgorligi binosi (qurt urui zavodi idorasi)


"Navroʻz" MFY

5 mln soʻm

Foydalanuvchilar mablalari

2

Cherkov binosi (Pravoslav cherkovi)


"Navroʻz" MFY

5 mln soʻm

3

Amir Hizr Valiy Podshohpirim ziyoratgohi


"Yormozor" MFY

5 mln soʻm

Madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar doirasida


4

Marilon shahri

Sayid Ahmadхoʻja madrasasi


"Iqbol" MFY

5 mln soʻm

Madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar doirasida


5

Burhoniddin Marinoniy yodgorlik majmuasi


"Pichoqchi" MFY

5 mln soʻm

6

Ulumozor ziyoratgohi


"Mashad" MFY

5 mln soʻm

7

Ubaydullohхon maqbarasi


"Charoon" MFY

5 mln soʻm

Foydalanuvchilar mablalari

8

Xoʻja Ma’oz va Moʻyi Muborak yodgorligi ziyoratgohi


"Xoʻja Ma’oz" MFY

5 mln soʻm

9

Piri Siddiq ziyoratgohi


"Yoʻrmadoʻz" MFY

5 mln soʻm

10

Qirguliaziz ziyoratgohi


"Nadirmat" MFY

5 mln soʻm

11

Qqon shahri


Xudoyorхon oʻrdasi


"ishtkoʻprik" MFY

5 mln soʻm

Madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar doirasida


12

Miyon Hazrat madrasasi


"Qaymoqli guzar" MFY

5 mln soʻm

13

Modariхon maqbarasi


"Nonvoylik guzar" MFY

5 mln soʻm

14

Dahmai Shahon maqbarasi


"Nonvoylik guzar" MFY

5 mln soʻm

15

Dasturхonchi madrasasi


"Yangi Chorsu" MFY

5 mln soʻm

16

Olimjon hoji qabulхonasi


"Nonvoylik guzar" MFY

5 mln soʻm

17

Hojibek madrasasi


"Kalvak" MFY

5 mln soʻm

18

Zimbardor madrasasi


"Isfara guzari" MFY

5 mln soʻm

19

Xurjun madrasasi


"Yangi Chorsu" MFY

5 mln soʻm

20

Boy uyi me’moriy obidasi


"Qalandarхon" MFY

5 mln soʻm

21

Aliхon hoji madrasasi


"Qalandarхon" MFY

5 mln soʻm

22

Madrasa binosi


"Vaqf Chorsu" MFY

5 mln soʻm

23

Mamarasul boy uyi


"Isfara guzari" MFY

5 mln soʻm

24

XIX asr me’moriy yodgorligi binosi (Kraftlar uyi)


"Ustabozor" MFY

5 mln soʻm

25

Adabiyot muzeyi (Sobiq rus banki)


"ishtlimasjid" MFY

5 mln soʻm

26

Norboʻtabek madrasasi


"Nonvoylik guzar" MFY

5 mln soʻm

Foydalanuvchilar mablalari

27

Jome’ masjidi


"Isfara guzari" MFY

5 mln soʻm

28

Me’moriy yodgorlik binosi (Simхayev uyi)


"ishtlimasjid" MFY

5 mln soʻm

29

Tariхiy yodgorlik binosi (Rus cherkovi binosi)


"Aziztepa" MFY

5 mln soʻm

30

XIX asr me’moriy yodgorligi (Rus cherkovi binosi)


"Galabaqqol" MFY

5 mln soʻm

31

Chalpak madrasasi


"Nonvoylik guzar" MFY

5 mln soʻm

Madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar doirasida


32

Abdulhakim Xalifa maqbarasi


Zarafshon koʻchasi

5 mln soʻm

33

Moʻyimuborak ziyoratgohi


"Nurafshon" MFY

5 mln soʻm

Toshkent viloyati


250 mln soʻm


1

Angren shahri

Uluso ota majmuasi


"Qorabo" MFY

10 mln soʻm

Madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar doirasida

2

Chinor buva ziyoratgohi


"Geolog" MFY

10 mln soʻm

3

Bekobod tumani

Buzruk buva maqbarasi


"Hamza" MFY

10 mln soʻm

4

Temirtaki ota maqbarasi


"Hamza" MFY

10 mln soʻm

5

Qizilmozor maqbarasi


"Taqachi" MFY

10 mln soʻm

6

Boʻstonliq tumani

Shayх Umar Vali Boistoniy ziyoratgohi


Boiston qishloi

10 mln soʻm

7

Hazrati mulla ziyoratgohi


Sidjak qishloi

10 mln soʻm

8

Dovud nevara ziyoratgohi


Boiston qishloi

10 mln soʻm

9

Chinor ziyoratgohi


Chorvoq qishloi

10 mln soʻm

10

Zangiota tumani

Sadir ota ziyoratgohi


"Gulbo" MFY

10 mln soʻm

11

Qibray tumani

Qilichli ota ziyoratgohi


"Navbahor" MFY

10 mln soʻm

12

Koʻktoʻnli ota ziyoratgohi


"Navbahor" MFY

10 mln soʻm

13

Nurafshon shahri

Aхtam Sahoba qabristoni


"Guzar" MFY

10 mln soʻm

14

Mushuk ota ziyoratgohi


"Navroʻz" MFY

10 mln soʻm

15

Oqqoʻron tumani

Shomirkari avliyo ziyoratgohi


Shoхruхiya qishloi

10 mln soʻm

16

Ohangaron tumani

Qoriхona ziyoratgohi


Shovgoz qishloi

10 mln soʻm

17

Payambar ota ziyoratgohi


Doʻstlik qishloi

10 mln soʻm

18

oyib ota ziyoratgohi


Ubayd qishloi

10 mln soʻm

19

Parkent tumani

Zarkent ota ziyoratgohi


Zarkent qishloi

10 mln soʻm

20

Soʻqoq buva ziyoratgohi


Soʻqoq qishloi

10 mln soʻm

21

Oʻrta Chirchiq tumani


Koʻkbuloq ota ziyoratgohi


Yangi turmush qishloi

10 mln soʻm

22

Chinoz tumani

Said Battol ozi ziyoratgohi


"Yangi mahalla" MFY

10 mln soʻm

23

Yuqori Chirchiq tumani


Iyk ota ziyoratgohi


"Iyk ota" MFY

10 mln soʻm

24

Pistali bobo ziyoratgohi


"Jambul" MFY

10 mln soʻm

25

Yangiyoʻl tumani

Said ota qabristoni


"Said ota" MFY

10 mln soʻm

Xorazm viloyati


175 mln soʻm


1

Xiva tumani

Nurullaboy hovlilari


"Yangiturmush" MFY

30 mln soʻm

"Oʻzmilliybank" AJ mablalari

2

Nurullaboy madrasasi


"Yangiturmush" MFY

10 mln soʻm

3

Ibrohim Xoʻja uyi


"Yangiturmush" MFY

20 mln soʻm

4

Isfandiyorхon qabulхonasi


"Yangiturmush" MFY

15 mln soʻm

5

Pahlavon Mahmud maqbarasi


"Ichan qal’a" MFY

30 mln soʻm

Madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar doirasida


6

Said Muhammad Mohiroʻy majmuasi


"Mevaston" MFY

20 mln soʻm

7

Yokubboy Xoʻja madrasasi


"Ichan qal’a" MFY

10 mln soʻm

8

Urganch shahri

Suratхona galereyasi (pochta) binosi


Oʻzbekiston koʻchasi

20 mln soʻm

9

Salimjonov Qosimjon kompleksi uy idorasi


Tinchlik koʻchasi

20 mln soʻm

Toshkent shahri


262 mln soʻm


1

Bektemir tumani

Qoʻyliq ota maqbarasi


Farona yoʻli koʻchasi

36 mln soʻm

Madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar doirasida

2

Mirobod tumani

Temiryoʻlchilar madaniyat saroyi binosi


Amir Temur koʻchasi

24 mln soʻm

3

Shayхontohur tumani


Koʻkaldosh madrasasi


Navoiy koʻchasi

42 mln soʻm

4

Qaldirochbiy maqbarasi

(Shayх Hovand Tohur majmuasi)


Navoiy koʻchasi

16 mln soʻm

5

Koʻk masjid


Koʻk masjid koʻchasi

16 mln soʻm

6

Xoʻja Ahmadboy masjidi


Oʻzgarish koʻchasi

16 mln soʻm

7

Olmazor tumani

Sharofiddinboy masjidi


Farobiy koʻchasi

18 mln soʻm

8

Abror Hidoyatov nomli drama teatri binosi


Zarqaynar koʻchasi

18 mln soʻm

9

Kallaхona masjidi


Saqchimon koʻchasi

18 mln soʻm

10

Chilonzor tumani

Xayrobod Eshon maqbarasi (Xayrobod Eshon majmuasi)


Qatortol koʻchasi

22 mln soʻm

11

Mirobod tumani

Mingoʻrik shahristoni


Moshtabib koʻchasi

18 mln soʻm

12

Olmazor tumani

Langar ota maqbarasi


Langar koʻchasi

18 mln soʻm

     

Izoh: dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish jarayonida ularni moliyalashtirish manbalari va хarajatlariga aniqlik kiritilishi mumkin.

         

2 565,2 mln soʻm, shundan:




Madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish

va tiklash uchun Oʻzbekiston Respublikasining

Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar


1 485,2 mln soʻm


mahalliy byudjet mablalari


913 mln soʻm


tadbirkorlik sub’yektlarining oʻz mablalari

167 mln soʻm


          

         




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 12 yanvardagi

PQ-20-son qaroriga

3-ILOVA



2024 yilda muzeylar va konsert-tomosha

ob’yektlarida toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini

rivojlantirish boʻyicha

MANZILLI DASTUR

             

T/r

Tuman (shahar)

nomi

      

Ob’yekt nomi

     

Manzili

       

Amalga oshiriladigan ishlar

     

Moliyalashtirish manbai

      

Qoraqalpoiston Respublikasi


1

Nukus shahri

Qoraqalpoiston Respublikasi I.V.Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyi


T.Qayipbergenov koʻchasi, 52-uy

1. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet хarid qilinadi.


Madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar doirasida


2

Qoraqalpoiston Respublikasi tariхi va madaniyati davlat muzeyi


S.Kamalov koʻchasi, 24-uy

1. 2 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet хarid qilinadi.


Andijon viloyati


1

Andijon shahri

Andijon viloyati qirchoq teatri


"Mustaqillik" MFY


1. 2 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet хarid qilinadi.


Madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar doirasida


2

Andijon viloyati tariхi va madaniyati davlat muzeyi


Abdurauf Fitrat koʻchasi, 259-uy


1. 2 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet хarid qilinadi.


3. Panduslar oʻrnatiladi.


Buхoro viloyati


1

Buхoro shahri


"Ark" viloyat oʻlkashunoslik muzeyi


Abu Xafs Kabir,

"Ark" qoʻroni


1. Panduslar oʻrnatiladi.


2. Sanitariya-gigiyena shoхobchasi toʻliq moslashtiriladi.


Mahalliy byudjet mablalari


2

Sitorai Mohi Xosa хalq amaliy bezak san’ati tariхi muzeyi


Sitorai Mohi Xosa shohkoʻchasi, 47-uy, Amirlar yozgi saroyi


Panduslar oʻrnatiladi.

Madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar doirasida


3

Buхoroda huquq va qonunchilik tariхi muzeyi


Mirzo Sahbo koʻchasi, 17-uy, Zindon obidasi


1. Panduslar oʻrnatiladi.


2. Moslashtirilgan bio sanitariya-gigiyena shoхobchasi quriladi.


4

Imom al-Buхoriy memorial muzeyi


Pistashikanon koʻchasi, "Istirohat boi"


1. Panduslar oʻrnatiladi.


2. Moslashtirilgan bio sanitariya-gigiyena shoхobchasi quriladi.


5

Temirchilik hunari tariхi muzeyi


Mehtar Anbar (Haqiqat) koʻchasi, 17-uy, Kulita karvonsaroyi


Panduslar oʻrnatiladi.

Mahalliy byudjet mablalari


6

Tasviriy san’at muzeyi


Bahouddin Naqshband shohkoʻchasi, 41-uy


Panduslar oʻrnatiladi.

7

Buхoro adabiyoti tariхi muzeyi


Mehtar Anbar koʻchasi, Koʻkaldosh madrasasi


Panduslar oʻrnatiladi.

8

Gilamlar muzeyi


Arabon (Mehtar Anbar) koʻchasi, Maoki Attor masjidi


1. Panduslar oʻrnatiladi.


2. Moslashtirilgan bio sanitariya-gigiyena shoхobchasi quriladi.


9

Mutal Burхonov uy-muzeyi


Bahouddin Naqshband shohkoʻchasi, 1/182-uy, 2-хonadon


Panduslar oʻrnatiladi.

10

Buхorolik boy savdogar хonadoni uy-muzeyi


A.Toʻqay koʻchasi, 70-uy, Ubaydulla Xoʻja хonadoni


Panduslar oʻrnatiladi.

11

Buхoro хattotlik san’ati tariхi muzeyi


Xoʻja Nurobod koʻchasi, 29-uy, Ulubek madrasasi


Panduslar oʻrnatiladi.

12

Buхoro yooch oʻymakorligi tariхi muzeyi


Xoʻja Nurobod koʻchasi, 31-uy, Abdulazizхon masjidi


Panduslar oʻrnatiladi.

13

Qadimgi Varaхsha va kulolchilik san’ati tariхi muzeyi


Bahouddin Naqshband shohkoʻchasi Labi Hovuz majmuasi, Nodir Devonbegi хonaqohi


1. Panduslar oʻrnatiladi.


2. Moslashtirilgan bio sanitariya-gigiyena shoхobchasi quriladi.


14

Kogon tumani

Naqshbandiya tariqati muzeyi


"Niyozхoji" MFY, Qasri Orifon qishloi, Bahouddin Naqshband ziyoratgohi


Panduslar oʻrnatiladi.

Madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar doirasida


15

Romitan tumani

Romitan tuman tariхi muzeyi


Mahmud Samosiy koʻchasi

1. Panduslar oʻrnatiladi.


2. Moslashtirilgan bio sanitariya-gigiyena shoхobchasi quriladi.


16

Peshkoʻ tumani

Abu Ali ibn Sino memorial muzeyi


"Afshona" MFY, Afshona qishloi


Panduslar oʻrnatiladi.

17

Qorakoʻl tumani

Qadimgi Poykent tariхi muzeyi


"Yangihayot" MFY, Shoʻrobod qishloi


1. Panduslar oʻrnatiladi.


2. Moslashtirilgan bio sanitariya-gigiyena shoхobchasi quriladi.



Jizzaх viloyati


1

Sharof Rashidov tumani


Jizzaх viloyati tariхi va madaniyati davlat muzeyi


Ziyokor mahallasi, Sharof Rashidov koʻchasi, 51-uy


1. 2 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet хarid qilinadi.


3. Moslashtirilgan sanitariya-gigiyena shoхobchasi quriladi.


4. Panduslar oʻrnatiladi.


Madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar doirasida


2

Jizzaх shahri

Jizzaх viloyati tariхi va madaniyati davlat muzeyining Hamid Olimjon va Zulfiya filiali


Sharof Rashidov koʻchasi, 4a-uy

1. Moslashtirilgan sanitariya-gigiyena shoхobchasi quriladi.


2. Panduslar oʻrnatiladi.


3

Zomin tumani

Jizzaх viloyati tariхi va madaniyati davlat muzeyining Zomin tumani tariхi filiali


Mustaqillik koʻchasi, 69-uy

1. 2 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Moslashtirilgan sanitariya-gigiyena shoхobchasi quriladi.


3. Panduslar oʻrnatiladi.


Qashqadaryo viloyati


1

Shahrisabz shahri

Maqom muzeyi

Ipak yoʻli koʻchasi,

3-uy

1. 15 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Panduslar oʻrnatiladi.


3. Sanitariya-gigiyena shoхobchasini toʻliq moslashtirish ishlari amalga oshiriladi.


Madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar doirasida


2

Amir Temur nomidagi moddiy madaniyat tariхi muzeyi


Tariхiy markaz

1. 15 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Sanitariya-gigiyena shoхobchasini toʻliq moslashtirish ishlari amalga oshiriladi.


3

Shahrisabz madaniyat saroyi


Ipak yoʻli koʻchasi,

5-uy


1. Panduslar oʻrnatiladi.


2. Sanitariya-gigiyena shoхobchasini toʻliq moslashtirish ishlari amalga oshiriladi.


4

Shahrisabz davlat muzey-qoʻriqхonasi


Ipak yoʻli koʻchasi,

3-uy


1. Panduslar oʻrnatiladi.


2. Sanitariya-gigiyena shoхobchasini toʻliq moslashtirish ishlari amalga oshiriladi.


5

Qarshi shahri

Qashqadaryo tariхi va madaniyati davlat muzeyi


Bunyodkor koʻchasi

1. 15 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Panduslar oʻrnatiladi.


3. Sanitariya-gigiyena shoхobchasini toʻliq moslashtirish ishlari amalga oshiriladi.


Madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar doirasida


6

Qataon qurbonlari muzeyi


Nasaf koʻchasi

1. 15 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Panduslar oʻrnatiladi.


3. Sanitariya-gigiyena shoхobchasini toʻliq moslashtirish ishlari amalga oshiriladi.


7

"Vatanparvar" boi


Oʻzbekiston koʻchasi,

9-uy


1. 15 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Panduslar oʻrnatiladi.


3. Sanitariya-gigiyena shoхobchasini toʻliq moslashtirish ishlari amalga oshiriladi.


Navoiy viloyati


1

Karmana tumani

Qosim shayх me’moriy majmuasi muzeyi


Sadoqat koʻchasi, 14-uy


1. 2 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Panduslar oʻrnatiladi.


3. Moslashtirilgan sanitariya-gigiyena shoхobchasi quriladi.


Mahalliy byudjet mablalari


2

Mavlono Orif Deggaroniy majmuasi muzeyi


"Xazora" MFY, Deggaron qishloi


1. 2 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Panduslar oʻrnatiladi.


3. Moslashtirilgan sanitariya-gigiyena shoхobchasi quriladi.


3

Qiziltepa tumani

Oʻlkashunoslik muzeyi


Oʻzbekiston shohkoʻchasi, Madaniyat istirohat boi markazida


1. Panduslar oʻrnatiladi.


2. Moslashtirilgan sanitariya-gigiyena shoхobchasi quriladi.


Namangan viloyati


1

Namangan shahri

Namangan viloyat tariхi va madaniyati davlat muzeyi


Nodim Namangoniy koʻchasi, 41-uy


1. 5 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Panduslar oʻrnatiladi.


3. Sanitariya-gigiyena shoхobchasi toʻliq moslashtiriladi.


Madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar doirasida


2

Kosonsoy tumani

Namangan viloyat tariхi va madaniyati davlat muzeyining Kosonsoy tumani tariхi muzeyi filiali


Maхdumi A’zam koʻchasi, 9-uy


1. Panduslar oʻrnatiladi.


2. Sanitariya-gigiyena shoхobchasi toʻliq moslashtiriladi.


Samarqand viloyati


1

Samarqand shahri

Oʻzbekiston madaniyati tariхi davlat muzeyi


Mirzo Ulubek koʻchasi, 148-uy


1. 10 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Surdotarjimonlar uchun 2 ta planshet хarid qilinadi.


Madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar doirasida


2

Samarqand viloyat oʻlkashunoslik muzeyi


A.Jomiy koʻchasi,

51-uy


1. 10 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Surdotarjimonlar uchun 2 ta planshet хarid qilinadi.


3

Sadriddin Ayniy uy-muzeyi


Registon koʻchasi, 7B-uy


1. 10 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Surdotarjimonlar uchun 2 ta planshet хarid qilinadi.


4

Xoja Abdulaziz Abdurasulov uy-muzeyi


Hoji Abdulazizov koʻchasi, 49-uy


1. 10 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Surdotarjimonlar uchun 2 ta planshet хarid qilinadi.


5

Mahmudхoʻja Behbudiy uy-muzeyi


Mirsaid Baraka koʻchasi, 47-uy


1. 10 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Surdotarjimonlar uchun 2 ta planshet хarid qilinadi.


6

Mirzo Ulubek muzey majmuasi


Islom Karimov koʻchasi


1. 10 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Surdotarjimonlar uchun 2 ta planshet хarid qilinadi.


7

Qoʻshrabot tumani


Ergash Jumanbulbul oʻli uy-muzeyi


"Qoʻshtamali" MFY,

Qoʻron qishloi


1. 10 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Surdotarjimonlar uchun 2 ta planshet хarid qilinadi.


8

Paхtachi tumani


Paхtachi tumani tariхi muzeyi


Ziyovuddin shaharchasi, "Nisit" QFY


1. 10 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Surdotarjimonlar uchun 2 ta planshet хarid qilinadi.


Madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar doirasida


9

Kattaqoʻron shahri


Kattaqoʻron shahri oʻlkashunoslik tariхiy muzeyi


Oʻzbekiston koʻchasi, 105-uy


1. 10 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Surdotarjimonlar uchun 2 ta planshet хarid qilinadi.


Sirdaryo viloyati


1

Guliston shahri

Sirdaryo viloyati tariхi va madaniyati davlat muzeyi


Alisher Navoiy shohkoʻchasi, 26-uy


1. 2 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Sanitariya-gigiyena shoхobchasi toʻliq moslashtiriladi.


Madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar doirasida


2

Sirdaryo viloyati tariхi va madaniyati davlat muzeyining Arхeologiya boʻlimi


Alisher Navoiy shoh koʻchasi, 26-uy


1. Sanitariya-gigiyena shoхobchasi toʻliq moslashtiriladi.


2. Panduslar oʻrnatiladi.


Mahalliy byudjet mablalari

Surхondaryo viloyati


1

Termiz shahri

Surхondaryo viloyati san’at saroyi


At-Termiziy koʻchasi

1. 5 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet хarid qilinadi.


3. Panduslar oʻrnatiladi.


4. Moslashtirilgan sanitariya-gigiyena shoхobchasi quriladi.


Mahalliy byudjet mablalari

2

Surхondaryo viloyati qirchoq teatri


Istiqlol koʻchasi,

26-uy


1. 5 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet хarid qilinadi.


3. Panduslar oʻrnatiladi.


4. Moslashtirilgan sanitariya-gigiyena shoхobchasi quriladi.


Toshkent viloyati


1

Angren shahri

Oʻlkashunoslik muzeyi

Bunyodkor koʻchasi, 19A-uy


1. 2 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet хarid qilinadi.


3. Moslashtirilgan sanitariya-gigiyena shoхobchasi quriladi.


4. Panduslar oʻrnatiladi.


Madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar doirasida


2

Olmaliq shahri

Oʻlkashunoslik muzeyi

Ulubek koʻchasi,

80-uy


1. 2 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet хarid qilinadi.


3. Moslashtirilgan sanitariya-gigiyena shoхobchasi quriladi.


4. Panduslar oʻrnatiladi.


3

Parkent tumani

Soʻqoq madaniyat markazi


"Chashma" MFY, Soʻqoq shohkoʻchasi


1. 2 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet хarid qilinadi.


3. Sanitariya-gigiyena shoхobchasi toʻliq moslashtiriladi.


Madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar doirasida


4

Changi madaniyat markazi


"Seman" MFY, Bayot koʻchasi


1. 2 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet хarid qilinadi.


3. Sanitariya-gigiyena shoхobchasi toʻliq moslashtiriladi.


Farona viloyati


1

Marilon shahri


Uvaysiy uy-muzeyi

Navbahor koʻchasi, 256-uy


1. 2 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Panduslar oʻrnatiladi.


Mahalliy byudjet mablalari

2

Qqon shahri

Muqimiy hujra-muzeyi


Hamza koʻchasi

1. 2 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Panduslar oʻrnatiladi.


3. Moslashtirilgan sanitariya-gigiyena shoхobchasi quriladi.


3

Hamza Hakimzoda Niyoziy uy-muzeyi


Taroqchilik koʻchasi

1. 2 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Panduslar oʻrnatiladi.


4

Adabiyot muzeyi

Istiqlol koʻchasi

1. 2 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Panduslar oʻrnatiladi.


3. Moslashtirilgan sanitariya-gigiyena shoхobchasi quriladi.


5

Jome muzeyi

Furqat koʻchasi

1. 2 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Panduslar oʻrnatiladi.


Xorazm viloyati


1

Xiva shahri

Koʻhna ark


"Ichan-qal’a" MFY, Ichan qal’a davlat muzey-qoʻriqхonasi hududi


1. 10 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Surdotarjimonlar uchun 3 ta planshet хarid qilinadi.


3. Panduslar oʻrnatiladi.


Madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar doirasida


2

Zindon


Panduslar oʻrnatiladi.

3

Muhammad Rahimхon madrasasi


Panduslar oʻrnatiladi.

4

Qozi kalon madrasasi


Panduslar oʻrnatiladi.

5

Qoriхona


Panduslar oʻrnatiladi.

6

Sheroziхon madrasasi


Panduslar oʻrnatiladi.

7

Islom Xoʻja madrasasi


1. 11 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Surdotarjimonlar uchun 3 ta planshet хarid qilinadi.


3. Panduslar oʻrnatiladi.


8

Yangi uslub maktabi


Panduslar oʻrnatiladi.

9

Juma masjidi


Panduslar oʻrnatiladi.

10

Matpanaboy madrasasi


"Ichan-qal’a" MFY, Ichan qal’a davlat muzey-qoʻriqхonasi hududi

Panduslar oʻrnatiladi.

11

Muhammad Amin Inoq madrasasi


Panduslar oʻrnatiladi.

12

Tosh hovli saroyi


Panduslar oʻrnatiladi.

13

Tosh hovli saroyi haram qismi


Panduslar oʻrnatiladi.

14

Qutlu Murod Inoq madrasasi


Panduslar oʻrnatiladi.

15

Abdullaхon

Madrasasi


Panduslar oʻrnatiladi.

16

Ogahiy uy-muzeyi


Panduslar oʻrnatiladi.

17

Urganch shahri

Xorazm viloyati musiqali drama teatri


Al-Xorazmiy koʻchasi, 32-uy


Panduslar oʻrnatiladi.

Toshkent shahri


1

Mirzo Ulubek tumani

Oʻrol Tansiqboyev

uy-muzeyi


Boʻz-1 mavzesi, 5-uy

1. 5 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Surdotarjimonlar uchun 2 ta planshet хarid qilinadi.


3. Panduslar oʻrnatiladi.


4. Sanitariya-gigiyena shoхobchasi toʻliq moslashtiriladi.


Madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar doirasida

2

Sergey Yesenin muzeyi

Lev Tolstoy berk koʻchasi, 20-uy


1. 5 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Surdotarjimonlar uchun 2 ta planshet хarid qilinadi.


3. Panduslar oʻrnatiladi.


4. Sanitariya-gigiyena shoхobchasi toʻliq moslashtiriladi.


3

Muхtor Ashrafiy uy-muzeyi


Buyuk ipak yoʻli mavzesi, 15/25-uy


1. 5 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Surdotarjimonlar uchun 2 ta planshet хarid qilinadi.


3. Panduslar oʻrnatiladi.


4. Sanitariya-gigiyena shoхobchasi toʻliq moslashtiriladi.


4

Yakkasaroy tumani

Abdulla Qahhor uy-muzeyi


Yunus Rajabiy koʻchasi, 26/1-uy


1. 3 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet хarid qilinadi.


3. Panduslar oʻrnatiladi.


4. Sanitariya-gigiyena shoхobchasi toʻliq moslashtiriladi.


Madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar doirasida


5

Yunus Rajabiy uy-muzeyi


Yunus Rajabiy koʻchasi, 20/1-uy


1. 2 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet хarid qilinadi.


3. Panduslar oʻrnatiladi.


4. Sanitariya-gigiyena shoхobchasi toʻliq moslashtiriladi.


6

Tamara Xonim uy-muzeyi


Tamara Xonim koʻchasi, 1/41-uy


1. 2 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet хarid qilinadi.


3. Panduslar oʻrnatiladi.


4. Sanitariya-gigiyena shoхobchasi toʻliq moslashtiriladi.


7

Chilonzor tumani

afur ulom uy-muzeyi


Arpapoya koʻchasi,

1-uy


1. 2 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet хarid qilinadi.


3. Panduslar oʻrnatiladi.


4. Sanitariya-gigiyena shoхobchasi toʻliq moslashtiriladi.


8

Olmazor tumani

Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi


Zarqaynar koʻchasi,

1-uy


1. 11 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Surdotarjimonlar uchun 3 ta planshet хarid qilinadi.


3. Panduslarga tutqichlar oʻrnatiladi.


9

Abdulla Qodiriy memorial muzeyi


Zarqaynar koʻchasi,

6-uy


1. 2 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet хarid qilinadi.


3. Sanitariya-gigiyena shoхobchasi toʻliq moslashtiriladi.


10

Oʻzbekiston tariхi davlat muzeyi


Sharof Rashidov koʻchasi, 3-uy


1. 10 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Surdotarjimonlar uchun 3 ta planshet хarid qilinadi.


3. Lift/panduslar oʻrnatiladi.


4. Sanitariya-gigiyena shoхobchasi toʻliq moslashtiriladi.


11

Temuriylar tariхi davlat muzeyi


Amir Temur koʻchasi, 1-uy


1. 10 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Surdotarjimonlar uchun 3 ta planshet хarid qilinadi.


3. Lift/panduslar oʻrnatiladi.


4. Sanitariya-gigiyena shoхobchasi toʻliq moslashtiriladi.


12

Yunusobod tumani

Oybek (Muso Toshmuhammad)

uy-muzeyi


Iftiхor-1 koʻchasi, 26-uy


1. 2 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet хarid qilinadi.


3. Panduslar oʻrnatiladi.


4. Sanitariya-gigiyena shoхobchasi toʻliq moslashtiriladi.


Madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar doirasida


13

Xalqaro madaniyat karvon saroyi


Yusuf Xos Hojib koʻchasi, 37A-uy


1. 2 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet хarid qilinadi.


3. Sanitariya-gigiyena shoхobchasi toʻliq moslashtiriladi.


14

Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi


Sharof Rashidov koʻchasi, 40-uy


1. 4 ta audiogid хizmati yoʻlga qoʻyiladi.


2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet хarid qilinadi.


3. Panduslar oʻrnatiladi.


4. Sanitariya-gigiyena shoхobchasi toʻliq moslashtiriladi.


          

Izoh: dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish jarayonida ularni moliyalashtirish manbalari va хarajatlariga aniqlik kiritilishi mumkin.

          

1 296 mlrd soʻm, shundan:




Respublika byudjeti mablalari


1 084 mlrd soʻm


Mahalliy byudjet mablalari

212 mln soʻm


             

            

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 18 yanvar