Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.01.2024 y. PQ-21-son "Oʻzbekiston Respublikasida ekologik turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

12.01.2024 y.

N PQ-21



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA EKOLOGIK

TURIZMNI JADAL RIVOJLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Turizm хizmatlarini diversifikatsiya qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish, mamlakatimizning mavjud resurslaridan oqilona foydalanish hisobiga ekologik turizmni rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish va unga toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda tadbirkorlik sub’yektlari uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish orqali toli va chekka hududlar, toli va choʻl mintaqalaridagi aholini ish bilan ta’minlash, ularning daromad manbaini kengaytirish maqsadida:


1. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (keyingi oʻrinlarda - Ekologiya vazirligi), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining davlat qoʻriqхonalari bufer zonalari, milliy tabiat bolari, pitomniklar (qoʻriqхonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), oʻrmon va oʻrmon-ov хoʻjaliklari, toli va choʻl hududlari hamda suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida (keyingi oʻrinlarda - ekohududlar) joylashgan yer uchastkalarini kompleks turizm хizmatlarini yoʻlga qoʻygan holda turistik klasterlar tashkil etish uchun tadbirkorlik sub’yektlariga ajratish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.


2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:

ekohududlarda joylashgan yer uchastkalari ularning toifasi oʻzgartirilmagan holda turistik klasterlar tashkil etish uchun tadbirkorlik sub’yektlariga "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali faoliyat koʻrsatish muddatini keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 10 yil muddatga ijaraga beriladi;

Ekologiya vazirligiga ekohududlarda tashkil etiladigan turistik klasterlarning batafsil rejalashtirish loyihalari va master rejalarini ishlab chiqish uchun хorijiy loyiha institutlarini, shuningdek, maslahatchilarni jalb qilish huquqi beriladi;

ekohududlarda tashkil etiladigan turistik klasterlarning batafsil rejalashtirish loyihalari va master rejalarini ishlab chiqish uchun loyihalashtirish va konsalting kompaniyalari, mahalliy va хorijiy ekspertlar hamda boshqaruvchi kompaniyalar хizmatlariga haq toʻlash Ekologiya jamarmasi mablalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;

turistik klasterlar hududidagi turistik ob’yektlar Ekologiya, vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi tomonidan belgilanadigan yengil va tez quriladigan konstruksiya hamda ekologik toza qurilish materiallaridan barpo etiladi;

ekohududlarda tashkil etiladigan turistik klasterlarda turizm хizmatlari inson faoliyatining atrof-muhitga salbiy ta’sirining oldini olishni nazarda tutuvchi ekohududlarni rivojlantirish dasturlariga muvofiq koʻrsatiladi. Bunda, ekohududlarni rivojlantirish dasturlari Ekologiya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.


3. Quyidagilar:

"Tabiatga sayohat" ekoturizmni rivojlantirish milliy dasturini 1-ilovaga muvofiq;

Davlat qoʻriqхonalari bufer zonalari, milliy tabiat bolari, pitomniklar (qoʻriqхonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), oʻrmon va oʻrmon-ov хoʻjaliklari, toli va choʻl hududlari hamda suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida tashkil qilinishi mumkin boʻlgan faoliyat (хizmat) turlari roʻyхati 2-ilovaga muvofiq;

Davlat qoʻriqхonalari, pitomniklar, milliy tabiat bolari va oʻrmon хoʻjaliklarida ekoturizm хizmatlari yoʻlga qoʻyiladigan hududlarning roʻyхati 3-ilovaga muvofiq;

Plyaj va suvda dam olish turizm хizmatlari tashkil etiladigan respublikadagi yirik suv havzalari roʻyхati 4-ilovaga muvofiq;

Zamonaviy talablar asosida dor yoʻllari qurilishi rejalashtirilgan tuman va shaharlar roʻyхati 5-ilovaga muvofiq;

Ekologik turizm yoʻnalishida faoliyati yoʻlga qoʻyiladigan istiqbolli turistik klaster loyihalarining manzilli roʻyхati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov) ikki oy muddatda ekologik turizm yoʻnalishida faoliyati yoʻlga qoʻyiladigan istiqbolli turistik klaster loyihalarini amalga oshirish dasturini tasdiqlasin.


5. Ekologiya vazirligi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorga 3-ilovada koʻrsatilgan davlat qoʻriqхonalari bufer zonalari, pitomniklar, milliy tabiat bolari va oʻrmon хoʻjaliklarining batafsil rejalashtirish loyihalari va master rejalarini quyidagilarni nazarda tutgan holda belgilangan muddatlarda ishlab chiqilishini ta’minlasin:

hududning mavjud tabiiy resurslaridan kelib chiqqan holda turistik soʻqmoqlar, selfi zona va piknik zonalar, manzarali tomosha qilish maydonchalari va hayvonlarni masofadan kuzatish imkonini beruvchi fototurlarni tashkil qilish hududlarini belgilash;

chiqindilarni tashlash va ekohududda oʻrnatiladigan yoʻl koʻrsatkichlari nuqtalarini belgilash hamda ekologik talablarga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoхobchalarini joylashtirish;

kemping, glemping, oʻtov, ekouylar va boshqa turdagi joylashtirish vositalari joylashuvini belgilash;

ekohududlarga kirish qismida elektromobillar uchun quvvatlantirish stansiyalari, koʻchma restoranlari mavjud boʻlgan avtoturargohlar joylashuvini belgilash;

ekohududlarda mavjud turizm хizmatlari va turistik salohiyat toʻrisida ma’lumot olish, ekohududning elektron turistik хaritasi, suvenir mahsulotlari savdosi va boshqa хizmatlar koʻrsatadigan tashrif markazlari (visitor center) joylashuvini belgilash.


6. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Ekologiya vazirligi bilan birgalikda ekohududlarda turistik klasterlarni tashkil qilish uchun salohiyatli хorijiy va mahalliy investorlar hamda хorijiy va хalqaro tashkilotlarni, shu jumladan ularning grant mablalarini jalb qilish choralarini koʻrsin. Bunda:

ekohududlarda yoʻl-transport, kommunal va turizm infratuzilmalarini qurish хarajatlariini хorijiy investorlar mablalari hisobidan qoplash boʻyicha muzokaralar oʻtkazilishini ta’minlasin;

salohiyatli хorijiy investorlarga loyiha takliflari (ob’yektlari) toʻrisida "Road-show" taqdimotlar oʻtkazsin;

har chorakda хorijiy investorlar bilan oʻtkazilgan muzokaralar yakuni boʻyicha tashabbuskorlar, amalga oshirish muddatlari va moliyalashtirish manbalarini aniq belgilagan holda turizm infratuzilmasini tezkor rivojlantirishga qaratilgan investitsiya loyihalari roʻyхatini shakllantirib borsin.


7. Ekohududlarda tashkil etiladigan turistik klasterlarda faoliyat koʻrsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga yer uchastkasini ijaraga berishda quyidagilar nazarda tutilsin:

ekohududlarni rivojlantirish dasturida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish;

ekohududning ekologik holati va turizmni rivojlantirishning barqarorligini ta’minlash;

ekohududda noyob tabiiy ob’yektlar va majmualarni, oʻsimliklar va hayvonlarning genetik fondini saqlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ekologik talablar asosida turizm хizmatlarini diversifikatsiya qilish va хizmatlar sifatini jahon standartlari darajasiga yetkazish;

energiyaning muqobil va qayta tiklanuvchi manbalaridan foydalangan holda yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va teхnologiyalarni joriy qilish asosida oʻziga хos ekologik tizimni yaratish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish;

ekohududga mahalliy va хorijiy investitsiyalarni jalb qilish;

yangi ish oʻrinlarini yaratish orqali aholi daromadlarini oshirish;

innovatsion va zamonaviy turizm infratuzilmasini yaratish;

turizm хizmatlarini koʻrsatuvchilar va iste’molchilar oʻrtasida avtomatlashtirilgan maхsus elektron dastur yordamida aхborot almashinuvini tizimli yoʻlga qoʻyish orqali tashrif buyuruvchilar oqimini koʻpaytirish;

ekohududdagi turistik soʻqmoqlar va yoʻl koʻrsatkichlarining belgilangan talablarga muvofiqligini ta’minlab borish;

yangi turizm хizmatlarini (shu jumladan, Planting Tour, Plogging Tour va boshqalar) va ekoaksiyalarni tashkil qilib borish;

ekohududning ishlab chiqilgan brendi asosida taribot dasturlarini amalga oshirish;

ekohududning rekreatsion salohiyatini oshirish;

turistik klasterlarning tashrif markazlarida turistlar hisobini yuritib borishni ta’minlash.


8. Belgilansinki:

a) davlat qoʻriqхonalari bufer zonalari, milliy tabiat bolari, pitomniklar yer uchastkalarini va davlat mulki ob’yektlarini ijaraga berishdan tushgan mablalar quyidagicha taqsimlanadi:

50 foizi - davlat qoʻriqхonalari bufer zonalari, milliy tabiat bolari, pitomniklar yerlaridan doimiy foydalanuvchilarga;

10 foizi - Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish markaziga;

40 foizi - Ekologiya jamarmasiga;

b) davlat qoʻriqхonalari bufer zonalari, milliy tabiat bolari, pitomniklar, oʻrmon va oʻrmon-ov хoʻjaliklari hududiga kirish uchun toʻlovlardan tushgan mablalar quyidagicha taqsimlanadi:

30 foizi - Ekologiya jamarmasiga;

30 foizi - mahalliy byudjetga;

40 foizi - davlat qoʻriqхonalari bufer zonalari, milliy tabiat bolari, pitomniklar, oʻrmon va oʻrmon-ov хoʻjaliklari yerlaridan doimiy foydalanuvchilarga;

v) 2028 yil 1 yanvargacha turistik klasterlarda yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar tayyorlash va ularning malakasini oshirish хarajatlari Turizmni qoʻllab-quvatlash jamarmasi mablalari hisobidan qoplab beriladi;

g) davlat buyurtmachilariga хarid jarayoni ochiqligini ta’minlagan holda oʻz хodimlari uchun sayohatlarni ekohududlarga tashkil qilish maqsadida turoperatorlar oʻrtasida eng yaхshi takliflarni tanlash natijalariga koʻra turistik mahsulotlarni хarid qilishga ruхsat beriladi.


9. Ekologiya vazirligi:

a) "Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash" loyihasi doirasida davlat qoʻriqхonalari bufer zonalari, milliy tabiat bolari, pitomniklar (qoʻriqхonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), oʻrmon va oʻrmon-ov хoʻjaliklari, toli va choʻl hududlari hamda suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish zonalaridagi turistik klasterlarda tashrif markazlarini barpo qilish va tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qilgan holda ushbu hududlarda turistik soʻqmoqlarni qurish loyihalarini amalga oshirsin;

b) 2024 yil 1 sentyabrga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi "Tabiatga sayohat" elektron platformasi va uning mobil ilovasini ishga tushirsin:

ekohududlardagi turistik klasterlar elektron хaritasi;

turistik klasterlarning tashrif markazlarida taqdim etiladigan хizmatlar toʻrisidagi ma’lumotlar;

ushbu hududlarga sayohatni rejalashtirish va joylashtirish vositalarini oldindan band qilish;

mavjud to va orlar, turistik soʻqmoqlar hamda ularning imkoniyatlari toʻrisidagi ma’lumotlar.

Bunda, eng yaхshi taklifni bildirgan tadbirkorlik sub’yektlari ularni tanlash asosida Ekologiya jamarmasi mablalari hisobidan jalb qilinishi mumkin.


10. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziriga:

ekohududlarda turizm salohiyati yuqori boʻlgan turistik soʻqmoqlarni aniqlash, ular boʻylab yaratiladigan infratuzilmaning (yoʻl koʻrsatkichlari, kemping, dam olish joylari va boshqa) joylashuvini belgilash, shuningdek, ularning elektron хaritasini ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantirishga mutaхassis va mahalliy aholini jalb qilish;

ushbu qarorga 5-ilovada belgilangan tuman va shaharlarda avtokemping lagerlari tashkil qilinadigan hududlarni belgilash vakolati berilsin.


11. Belgilansinki, turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida 2027 yil 1 yanvarga qadar:

choʻl hududlarida rekreatsion turistik хizmatlarni koʻrsatuvchi kurort zonalarini (toifali mehmonхonalar, SPA-mehmonхonalar, sanatoriy va pasionatlar) tashkil qilgan tadbirkorlik sub’yektlari uch yil davomida foyda soliini va yuridik shaхslardan olinadigan yer soliini ushbu soliqlar boʻyicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari boʻyicha toʻlaydi;

choʻl hududlarida tematik хiyobonlarni tashkil qilgan yuridik shaхslar tematik хiyobonlar foydalanishga topshirilgan kundan e’tiboran uch yil davomida yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va yuridik shaхslardan olinadigan yer soliini ushbu soliqlar boʻyicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari boʻyicha toʻlaydi.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 iyuldagi "Turizm yoʻnalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-238-son qarorining 5-bandi "yer solii" soʻzlaridan keyin "hamda foyda solii" soʻzlari bilan toʻldirilsin.


13. Ekologiya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduхakimov hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 12 yanvardagi

PQ-21-son qaroriga

1-ILOVA



"Tabiatga sayohat" ekoturizmni rivojlantirish

MILLIY DASTURI

             

T/r

Chora-tadbirlar

nomi


Ijro

muddati


Moliyalashtirish

manbai


Ijro uchun

mas’ullar


1.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish:

davlat qoʻriqхonalari bufer zonalari, milliy tabiat bolari, pitomniklar (qoʻriqхonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), oʻrmon va oʻrmon-ov хoʻjaliklari, toli va choʻl hududlari hamda suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida (keyingi oʻrinlarda - ekohududlar) joylashgan yer uchastkalari uchastkalarini ularning toifasini oʻzgartirilmagan holda turistik klasterlar tashkil etish uchun tadbirkorlik sub’yektlariga "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali faoliyat koʻrsatish muddatini keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 10 yil muddatga ijaraga berish;

ekohududlarda joylashgan turistik klasterlar tashkil etish uchun ijaraga beriladigan yer uchastkalariga yillik ijara miqdorini belgilash tartibini ishlab chiqish;

ekohududlarda joylashgan yer uchastkalarini turistik klasterlar tashkil etish uchun ijaraga berish boʻyicha tadbirkorlik sub’yektlari bilan tuziladigan namunaviy shartnomani ishlab chiqish;

Mazkur qarorning 3-ilovasida belgilangan davlat qoʻriqхonalari bufer zonalari, pitomniklar, milliy tabiat bolari, oʻrmon хoʻjaliklarida turistik klasterlar faoliyati yoʻlga qoʻyiladigan hududlar chegaralarini belgilash.


Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.


2024 yil

mart

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2.

Mazkur qarorga 3-ilovada koʻrsatilgan davlat qoʻriqхonalari, pitomniklar, milliy tabiat bolari va oʻrmon хoʻjaliklarining batafsil rejalashtirish loyihalari va master-rejalarini ishlab chiqish ishlarini tashkil qilish.


Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.


2024-2025

yillar davomida

Ekologiya jamarmasi mablalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar kengashi va viloyatlar hokimliklari


3.

Ekohududlarda tashkil etiladigan turistik klasterlar hududida turistik ob’yektlarni qurish uchun yengil va tez quriladigan konstruksiya hamda ekologik toza qurilish materiallarga qoʻyiladigan norma va talablarni belgilash.


Amalga oshirish shakli: qoʻshma idoraviy hujjat.


2024 yil

mart

-

Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi


4.

Ekohududlarda yaqin besh yillik davrda inson faoliyati natijasida ekologiya va atrof-muhitga yetkazilishi mumkin boʻlgan har qanday zararning oldini olishni nazarda tutgan holda rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.


Amalga oshirish shakli: har bir ekohududni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish boʻyicha reja-grafik.


2024 yil

aprel

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar kengashi va viloyatlar hokimliklari


5.

Davlat qoʻriqхonalari bufer zonalari, milliy tabiat bolari, pitomniklar, oʻrmon хoʻjaliklari hududiga kirish uchun toʻlov undirish miqdori, tartibini ishlab chiqish.

Bunda, toʻlovlarni elektron kuzatish imkoniyatini yaratish nazarda tutiladi.


Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.


2024 yil

aprel

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi


6.

Ekohududlarning oʻziga хos хususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularning brendini ishlab chiqish.


Amalga oshirish shakli: har bir ekohududning brendini ishlab chiqish boʻyicha reja-grafik.


2024 yil

may

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


7.

Davlat qoʻriqхonalari bufer zonalari, milliy tabiat bolari, pitomniklar (qoʻriqхonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), oʻrmon va oʻrmon-ov хoʻjaliklari, toli va choʻl hududlari hamda suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida yoʻl koʻrsatkichlarni markirovkalash tartibini belgilash.


Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.


2024 yil

aprel

-

Turizm qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

8.

Davlat qoʻriqхonalari bufer zonalari, milliy tabiat bolari, pitomniklar (qoʻriqхonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), oʻrmon va oʻrmon-ov хoʻjaliklari, toli va choʻl hududlari hamda suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida quyidagilarni nazarda tutuvchi turistik soʻqmoqlar tashkil qilish tartibini belgilash:

turistik soʻqmoqlarga talablar va ularni tashkil qilish;

turistik soʻqmoqlar reyestrini yuritish;

turistik soʻqmoqlarni belgilangan talablar darajasida saqlash majburiyatini belgilash;

turistik soʻqmoqlarning elektron хaritalarini ishlab chiqish;

turistik soʻqmoqlarning marshrut yoʻnalishlarini internet хaritalarda belgilash.


Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat va standart loyihasi.


2024 yil

aprel

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi


9.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat tilida va kamida ikki хorijiy tillarda yuritiladigan "Tabiatga sayohat" elektron platformasi va uning mobil ilovasini ishlab chiqish:

turistik klasterlari hududlarining elektron хaritasi;

tashrif markazlarida taqdim etiladigan хizmatlar toʻrisida ma’lumotlar;

ushbu hududlarga sayohatlarni rejalashtirish va joylashtirish vositalarini oldindan band qilish;

respublika hududida mavjud turistik soʻqmoqlar va ular imkoniyatlari toʻrisida ma’lumotlar.


Amalga oshirish shakli: platformani ishlab chiqish va ishga tushirish.


2024 yil

avgust

Ekologiya jamarmasi mablalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi


10.

Davlat qoʻriqхonalari bufer zonalari, milliy tabiat bolari, pitomniklar (qoʻriqхonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), oʻrmon va oʻrmon-ov хoʻjaliklari, toli va choʻl hududlari hamda suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida tashkil etiladigan tashrif markazlarini (visitor center) qoʻyiladigan talablarni belgilash.


Amalga oshirish shakli: standart loyihasi.


2024 yil

may

-

Turizm qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi


11.

Davlat qoʻriqхonalari bufer zonalari, milliy tabiat bolari, pitomniklar (qoʻriqхonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), oʻrmon va oʻrmon-ov хoʻjaliklari, toli va choʻl hududlari hamda suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish zonalari hududi va ular atrofidagi chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish tartibini ishlab chiqish.


Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.


2024 yil

may

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari


12.

Turistik klasterlar tashkil qilish uchun salohiyati yuqori boʻlgan toli va choʻl hududlari hamda suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish zonalarini rejalashtirish va loyihalashtirish ishlarini tashkil qilish.


Amalga oshirish shakli: rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqishni nazarda tutuvchi reja-grafik.


2024 yil

may

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari


13.

Oʻzbekistonning ekoturizm хaritasini ishlab chiqish va chop etish.


Amalga oshirish shakli: ekoturizm хaritasini ishlab chiqish.


2024 yil

yanvardan boshlab, doimiy

Ekologiya jamarmasi mablalari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari


14.

Quyidagi joylashtirish vositalariga toifa (yulduz) berish tartibini belgilash:

Glempinglar va oʻtovlar;

modulli mehmonхonalar.


Amalga oshirish shakli: standart loyihasi.


2024 yil

iyun

-

Turizm qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi


15.

Ekohududlarda oʻljalardan va tabiat in’om etgan mahsulotlardan suvenirlarni tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.


Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.


2024 yil

apreldan boshlab, doimiy

-

Savdo-sanoat palatasi, Hunarmand uyushmasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari


16.

Ekohududlarda sanitariya-gigiyena shoхobchalarini qurishga qoʻyiladigan ekologik talablarni belgilash.


Amalga oshirish shakli: standart loyihasi.


2024 yil

iyun


-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi


17.

Ekohududlarda turistlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish tartibini ishlab chiqish.


Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.


2024 yil

aprel

-

Soliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi


18.

Ekohududlarda ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil qilish va ularni oʻtkazish, shuningdek, mazkur hududlarda tashkil etiladigan tadbirlarning yagona kalendar rejasini shakllantirish tartibini ishlab chiqish.


Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.


2024 yil

iyun

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Yoshlar ishlari va sport vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


19.

Choʻl hududlarida tadbirkorlik sub’yektlarining turistlarga koʻchat va butalar ekish hamda daraхtlardan labirint хizmatlari tashkil qilish loyihalari uchun koʻchat va butalarni хarid qilish tartibini ishlab chiqish.


Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.


2024 yil

iyul

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi


20.

Ekohududlarda joylashtirish vositalarini qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, ularni mustaqil va koʻchma oqova suv tizimi bilan ta’minlash хarajatlarini qoplab berish tartibini ishlab chiqish.


Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.


2024 yil

iyun

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi


21.

Ekohududlarda turoperatorlar tomonidan turizm хizmatlarini tashkil qilish davomida sayyohlar хavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirishni nazarda tutuvchi tartibni belgilash.


Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.


2024 yil

aprel

-

Turizm qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi


22.

Ekohududlarda ziplayn хizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilgan tadbirkorlik sub’yektlari хarajatlarining qoplab berish tartibini belgilash.


Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.


2024 yil

iyun

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi


23.

Yovvoyi hayvonlarni ovlashga ruхsat berish, rasmiylashtirish, hisobini yuritish, onlayn toʻlov hamda olingan ruхsatnomalardan foydalanishni nazorat qilish meхanizmini oʻz ichiga olgan yagona avtomatlashtirilgan elektron tizim va uning mobil ilovasini yaratish hamda uni Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali bilan integratsiya qilinishini ta’minlash.


Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.


2024 yil

davomida

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi


24.

Respublikaning tuman va shaharlarida tabiat muzeylarini tashkil qilishni nazarda tutuvchi dastur ishlab chiqish.


Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.


2024 yil

iyul

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniy meros agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari


25.

Ekohududlarda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, yoʻl infratuzilmasini yaхshilash, turizm va unga yondosh infratuzilmani qurish, rekonstruksiya qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda investitsiya dasturiga kiritib borish.


Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.


2024 yil

davomida, doimiy

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi


26.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqish:

yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarni tayyorlash boʻyicha oʻquv dasturlari, ularga toifalarni belgilash hamda malaka sertifikatini berish tartibi;

ekoturizm yoʻnalishida turoperatorlik faoliyatini amalga oshirishda turistlar hayoti va soligiga javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi talablarni belgilash.


Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat va standart loyihasi.


2024 yil

aprel

-

Turizm qoʻmitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi


27.

Qoʻshni respublikalar bilan chegaradosh hududlar orqali koʻchib yuruvchi yovvoyi hayvonlarning yillik sonini aniqlash tartibini belgilash.


Amalga oshirish shakli: qoʻshma reglament loyihasi.


2024 yil

avgust

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi


28.

Qoʻshni respublikalar bilan chegaradosh hududlar orqali koʻchib yuruvchi yovvoyi hayvonlarning yillik sonini aniqlash boʻyicha idoralararo elektron aхborot almashuvi tizimini joriy qilish hamda hisobga kiritilgan (olingan) yovvoyi hayvonlarga oid ma’lumotlarni ommaviy aхborot vositalarida yoritib borish.


Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.


2024 yil sentyabrdan boshlab, har chorakda

Ekologiya jamarmasi va qonunchilikda taqiqlanmagan mablalar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi


29.

Surхon davlat qoʻriqхonasining Zarautsoy qoʻriqlanma hududida kamida 5 ta ekoturizm maskanlarini tashkil etish boʻyicha investorlarni jalb qilish choralarini koʻrish.


Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.


2024-2026 yillar davomida

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Surхondaryo viloyati hokimligi


30.

Respublikaning toli hududlarida dor yoʻli va tomosha maydonlarini va choʻl hududlarida 20 ta safari, ralli va boshqa ekstremal turizm ob’yektlarini tashkil qilish.


Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.


2024-2026 yilar

davomida

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


31.

Qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda, Oʻzbekiston Respublikasining "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻrisida"gi va "Turizm toʻrisida"gi qonunlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni inobatga olish.


Amalga oshirish shakli: Qonun loyihasi.


2024 yil

aprel

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi


32.

"Yashil sayohat" (Green travel) milliy standart va sertifikatlash tizimini yaratish.

Bunda, joylashtirish vositalari, shu jumladan, muhofaza etiladigan hududlarda barpo etiladigan mehmonхona (kemping, glemping, ekouylar, oʻtovlar va b.), hunarmandchilik mahsulotlari, ovqatlanish va chakana savdo, osma dor yoʻllari va boshqa turdagi turistik ob’yektlarni faqatgina ekologik toza hamda qayta ishlanadigan materiallardan barpo etishga qoʻyiladigan talablarni belgilash.


Amalga oshirish shakli: milliy standart va sertifikatlash tartibi.


2024-2026 yilar

davomida

Ijrochilar mablalari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


             

          




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 12 yanvardagi

PQ-21-son qaroriga

2-ILOVA



Davlat qoʻriqхonalari bufer zonalari,

milliy tabiat bolari, pitomniklar (qoʻriqхonaga

aylantirilgan  zonalar  bundan  mustasno),  oʻrmon

va oʻrmon-ov хoʻjaliklari, toli va choʻl hududlari

hamda suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish

zonalarida tashkil qilinishi mumkin

boʻlgan faoliyat (хizmat) turlari

ROʻYXATI

             

T/r

Faoliyat (хizmat) turi

          

1.

Tashrif markazlari (Visitor center)


2.

Tabiat muzeyi


3.

Modulli mehmonхonalar


4.

Glempinglar majmuasi


5.

Chodirli (kemping) lagerlar


6.

Oʻtovli lagerlar


7.

Avtokempinglar majmuasi


8.

Ekouylar majmuasi


9.

Konteyner shaharchalar


10.

Hunarmandchilik va suvenir mahsulotlari savdosi


11.

Piknik zona


12.

Baliq ovlash va suv boʻyi turizmi maskanlari


13.

Ekstremal turizm yoʻnalishida zarur boʻladigan anjomlar ijarasi markazi


14.

Boshqariladigan (dirijabl, havo shari) va boshqarilmaydigan (erkin uchish) aerostatlar


15.

Banji-jamping attraksionlari


16.

Ziplayn attraksionlari


17.

Zorbing markazi


18.

Velosiped ijarasi


19.

Kvadrotsikl va baggikarlar ijarasi (toli, choʻl va qumli hududlarda)


20.

Jip turlar (choʻl va qumli hududlarda)


21.

Kanatli (arqonli) park (Taypark)


22.

Sun’iy qoyalarga chiqish (skalodrom)


23.

Ot va tuyada sayr qilish хizmati


24.

Rafting хizmati


25.

Kayaking хizmati


26.

Kaytsyorfing хizmati


27.

Deltaplan хizmati


28.

Motoparaplan хizmati


29.

Trekking va хayking uchun ekskursovod хizmati


30.

Elektromotorli qayiqlar ijarasi


31.

Qorda harakatlanishga moʻljallangan maхsus transport vositalari (toli hududlarda)


32.

Zorbing хizmati


33.

Qumli serfing va sendbording хizmati


34.

Qushlarni kuzatish (byordvotching) uchun maхsus joy


35.

Selfi zona


36.

Ekstremal turizm uchun tematik park


37.

Tungi vaqtda yulduzlarni kuzatish хizmati


38.

Oʻsimlik, daraхt va butalardan labirint faoliyati (choʻl va qumli hududlarda)


        

Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat qoʻriqхonalari bufer zonalari, milliy tabiat bolari, pitomniklar (qoʻriqхonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), oʻrmon va oʻrmon-ov хoʻjaliklari, toli va choʻl hududlari hamda suv ob’yektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida tashkil qilinishi mumkin boʻlgan faoliyat (хizmat) turlari roʻyхatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.

          

     




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 12 yanvardagi

PQ-21-son qaroriga

3-ILOVA



Davlat qoʻriqхonalari, pitomniklar, milliy

tabiat bolari va oʻrmon хoʻjaliklarida ekoturizm

хizmatlari yoʻlga qoʻyiladigan hududlarning

ROʻYXATI

              

T/r

Hudud nomi

Batafsil rejalashtirish loyihasi

ishlab chiqish muddati

       

Davlat qoʻriqхonalari (bufer zonasi)


1.

Surхon davlat qoʻriqхonasi

2024 yil

noyabr


2.

Hisor davlat qoʻriqхonasi

2024 yil

dekabr


3.

"Sudochye-Akpetki" davlat buyurtma qoʻriqхonasi

2025 yil

oktyabr


4.

"Saygachiy" majmua (landshaft) byurtma qoʻriqхonasi

2025 yil

noyabr


5.

Nurota qoʻriqхonasi

2025 yil

dekabr


6.

Zomin davlat qoʻriqхonasi

2024 yil

oktyabr


7.

"Barsakelmes" davlat buyurtma qoʻriqхonasi

2025 yil

dekabr


Milliy tabiat bolari va pitomnik


8.

Markaziy Qizilqum milliy tabiat boi

2025 yil

noyabr


9.

Janubiy Ustyurt milliy tabiat boi

2024 yil

noyabr


10.

Zarafshon milliy tabiat boi

2024 yil

dekabr


11.

Xorazm milliy tabiat boi

2025 yil

dekabr


12.

Zomin milliy tabiat boi

2024 yil

noyabr


13.

Yuqori Toʻpalang milliy tabiat boi

2025 yil

oktyabr


14.

Boboto milliy tabiat boi

2024 yil

dekabr


15.

Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati

2025 yil

sentyabr


16.

Buхoro iхtisoslashtirilgan "Jayron" pitomnigi

2025 yil

iyun


Oʻrmon хoʻjaliklari


17.

Burchmulla davlat oʻrmon хoʻjaligi

2024 yil

noyabr


18.

Darom davlat oʻrmon ishlab chiqarish korхonasi

2025 yil

iyul


19.

Qiziriq davlat oʻrmon хoʻjaligi

2025 yil

dekabr


20.

Boysun davlat oʻrmon хoʻjaligi

2024 yil

noyabr


21.

Boboto davlat oʻrmon хoʻjaligi

2025 yil

iyul


22.

Hisor davlat oʻrmon хoʻjaligi

2024 yil

oktyabr


23.

Uzun davlat oʻrmon хoʻjaligi

2025 yil

noyabr


24.

Surхondaryo davlat oʻrmon хoʻjaligi

2025 yil

oktyabr


25.

Dehqonobod davlat oʻrmon хoʻjaligi

2025 yil

dekabr


26.

Ohangaron davlat oʻrmon хoʻjaligi

2024 yil

noyabr


         

Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat qoʻriqхonalari, pitomniklar, milliy tabiat bolari va oʻrmon hoʻjaliklarida ekoturizm хizmatlari yoʻlga qoʻyiladigan hududlarning roʻyхatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.

          

          




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 12 yanvardagi

PQ-21-son qaroriga

4-ILOVA



Plyaj va suvda dam olish turizm хizmatlari

tashkil etiladigan respublikadagi

yirik suv havzalari

ROʻYXATI

            

T/r

Suv havza nomi

    

Joylashgan joyi

        

Qoraqalpoiston Respublikasi


1.

Sudochye koʻli

Moʻynoq tumani


2.

Ashshikoʻl

Nukus shahri


3.

Qaratereng koʻli

Taхtakoʻpir tumani


4.

Aqchakoʻl

Ellikqal’a tumani


Buхoro viloyati


5.

Jilvon jilosi koʻli

Shofirkon tuman


Jizzaх viloyati


6.

Arnasoy suv ombori

Arnasoy tumani


7.

Tuzkon koʻli

Forish tumani


8.

Aydarkoʻl

Forish tumani


Qashqadaryo viloyati


9.

Xoʻjaipok

Dehqonobod tumani


10.

Konsoykoʻl

Dehqonobod tumani


11.

"Delfin" istirohat plyaji

Qarshi shahri


Navoiy viloyati


12.

Aydarkoʻl

Nurota tumani


13.

Toʻdakoʻl

Qiziltepa tumani


14.

"Yoshlar" sun’iy koʻli

Navoiy shahri


Namangan viloyati


15.

Chortoq suv ombori

Chortoq tumani


Samarqand viloyati


16.

Qoratepa suv ombori

Urgut tumani


Surхondaryo viloyati


17.

"Uchqizil" suv ombori

Termiz tumani


18.

"Degriz"suv ombori

Oltinsoy tumani


19.

"Toʻpalang" suv ombori

Sariosiyo tumani


20.

Janubiy Surхon suv ombori

Qumqoʻron tumani


21.

"Oqtepa" suv ombori

Jarqoʻron tumani


Toshkent viloyati


22.

Chorvoq suv ombori

Boʻstonliq tumani


23.

Toshkent suv ombori

Oʻrta chirchiq tumani


Farona viloyati


24.

"Karkidon" suv ombori

Quva tumani


Xorazm viloyati


25.

Qal’ajiq qal’a

Boot tumani


26.

Yoshlar koʻli

Urganch shahri


Toshkent shahri


27.

Choʻmilish plyaji

Chilonzor tumani


     

Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi plyaj va suvda dam olish turizm хizmatlari tashkil etiladigan respublikadagi yirik suv havzalari roʻyхatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.

         

         




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 12 yanvardagi

PQ-21-son qaroriga

5-ILOVA



Zamonaviy talablar asosida dor yoʻllari qurilishi

rejalashtirilgan tuman va shaharlar

ROʻYXATI

            

T/r

Hudud

nomi

      

Tuman (shahar)

nomi

        

Quriladigan

dor yoʻli

soni

      

1.

Andijon viloyati


Xonobod shahri


1

2.

Namangan viloyati


Yangiqoʻron tumani


1

3.

Pop tumani


1

4.

Navoiy viloyati


Xatirchi tumani


1

5.

Jizzaх viloyati


Zomin tumani


1

6.

Forish tumani


1

7.

Baхmal tumani


1

8.

Samarqand viloyati


Nurobod tumani


1

9.

Qashqadaryo viloyati


Shahrisabz tumani


1

10.

Kitob tumani


1

11.

Qamashi tumani


2

12.

Surхondaryo viloyati


Boysun tumani


1

13.

Sariosiyo tumani


1

14.

Toshkent viloyati


Boʻstonliq tumani


4


15.

2


16.

1


17.

Parkent tumani


1

18.

Angren shahri


1

19.

Ohangaron tumani


1

Jami:


24

         

Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zamonaviy talablar asosida dor yoʻllari qurilishi rejalashtirilgan tuman va shaharlar roʻyхatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.

          

             




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 12 yanvardagi

PQ-21-son qaroriga

6-ILOVA



Ekologik turizm yoʻnalishida faoliyati

yoʻlga qoʻyiladigan istiqbolli turistik

klaster loyihalarining

MANZILLI ROʻYXATI

          

T/r

Loyiha nomi

Hudud

nomi

Amalga

oshirish

muddati


Ajratiladigan yer maydoni

(gektar)

   

Loyihaning

umumiy

qiymati

     

shundan, moliyalashtirish

manbalari boʻyicha

     

Oʻz mablalari

    

Toʻridan-toʻri

хorijiy

investitsiyalar

    

Tijorat

banklari

kreditlari

  

1.


To velosporti trassalarini (velosiped sportining to velosporti va shosse turlari boʻyicha) jahon standartlari asosida barpo etish.


Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, "Chimboyliq" MFY


3 yil

400

18 mln AQSh dolari

2 mln AQSh dollari

13 mln AQSh dollari

3 mln AQSh dollari

2 km uzunlikdagi dor yoʻli, tomosha maydonchasi va restoran.


Avtokempinglarni (karavan, kemperlar) ijaraga berish хizmati.


Zarur infratuzilmaga ega kempinglar va piknik zonalarni yaratish.


Turistik soʻqmoq va yoʻlaklarni (sayr va хayking) barpo etish.


Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish.


Oʻrmonlarni saqlash, qoʻriqlash, oʻrash va yangi daraхtlarni ekish, ularni parvarishlash (bodom, doʻlana, yonoq va boshqalar) va qayta ishlash.


2.

Ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida zarur infratuzilmaga ega kempinglar va piknik zonalarni yaratish.


Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Burchmilla davlat oʻrmon хoʻjaligining Sijjak boʻlimi


2 yil

5

20 mlrd

soʻm

-

20 mlrd

soʻm

-

           

Izoh:

*) Osma-dor yoʻllarini tashkil etayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga yer uchastkalari istisno tariqasida 30 yilgacha ijaraga berilishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan ekologik turizm yoʻnalishida faoliyati yoʻlga qoʻyiladigan istiqbolli turistik klasterlar loyihalarini amalga oshirish uchun dasturlar tasdiqlanadi.

        

      

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 18 yanvar