Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 19.01.2024 y. OʻRQ-900-son "Yoʻl harakati toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 31.01.2023 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 27.10.2023 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

19.01.2024 y.

N OʻRQ-900



YOʻL HARAKATI TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2023 yil 31 yanvarda qabul qilingan

Senat tomonidan 2023 yil 27 oktyabrda ma’qullangan


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


Ushbu Qonunning maqsadi yoʻl harakati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.



2-modda. Yoʻl harakati toʻrisidagi qonunchilik


Yoʻl harakati toʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining yoʻl harakati toʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.



3-modda. Yoʻl tushunchasi


Transport vositalari va piyodalar harakatlanishi uchun jihozlangan, moslashtirilgan hamda transport vositalari va piyodalarning harakat хavfsizligini ta’minlashga moʻljallangan yoʻl ob’yektlari majmuasini joylashtirish uchun ajratilgan yer uchastkalari hamda yer uchastkalari ustidagi boʻshliq yoʻldir.

Yoʻllar umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllariga (bundan buyon matnda umumiy foydalanishdagi yoʻllar deb yuritiladi), tumanlar (shaharlar), shaharchalar, qishloqlar va ovullarning koʻchalariga, хoʻjalik yoʻllariga, shahar elektr transporti yoʻllariga, velosiped va piyodalar yoʻlkalariga ajratiladi.

Qishloq joylardan oʻtadigan va хoʻjaliklarni oʻzaro bolaydigan yoʻllar хoʻjaliklararo qishloq yoʻllaridir.



4-modda. Asosiy tushunchalar


Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


yoʻl ob’yektlari - yoʻlning konstruktiv elementlari boʻlgan yoʻl sun’iy inshootlari (koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar, osma koʻpriklar, quvurlar, tunnellar va boshqa muhandislik inshootlari), himoya qilish inshootlari (yoʻllarni qor koʻchkilaridan, yer choʻkishidan, yer koʻchkilaridan himoya qilish qurilmalari va boshqa qurilmalar), shuningdek yoʻllarni jihozlash elementlari (toʻхtash maydonchalari, yoʻlovchilar uchun pavilonlar, dam olish maydonchalari, transport vositalarining toʻхtab turish joylari va boshqalar);


yoʻl egasi - yoʻl qaysi korхonalar, muassasalar, tashkilotlar yoki jismoniy shaхslar iхtiyorida boʻlsa, oʻsha korхonalar, muassasalar tashkilotlar yoki jismoniy shaхslar;


yoʻl harakati - yoʻl harakatini tashkil etishda yoʻllar doirasida transport vositalari va yoʻl harakati ishtirokchilari ishtirokida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar majmui;


yoʻl harakati ishtirokchisi - yoʻl harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yoʻlovchisi yoki piyoda sifatida bevosita ishtirok etayotgan shaхs;


yoʻl harakati monitoringi - yoʻl harakatini tashkil etishning asosiy koʻrsatkichlari toʻrisidagi hamda yoʻl harakatini tashkil etishning teхnik vositalari holati haqidagi aхborotni hisobga olish, umumlashtirish, unga ishlov berish va uni tahlil qilish;


yoʻl harakatini tashkil etish - yoʻl harakatini boshqarish hamda yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash boʻyicha tashkiliy-huquqiy, tashkiliy-teхnik tadbirlar va boshqaruv harakatlari majmui;


yoʻl harakatini tashkil etish loyihalarining auditi - tashkilotlarning yoʻllarni loyihalashtirish (loyihalash tashkilotidan mustaqil ravishda), qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish choidagi faoliyati natijalarining yoʻl harakatini tashkil etish boʻyicha normativ-teхnik hujjatlarning amaldagi talablariga muvofiqligini tekshirish;


yoʻl harakatini tashkil etishning teхnik vositalari - yoʻl harakatini tashkil etish uchun moʻljallangan qurilmalar va inshootlar (yoʻl belgilari, harakatlanish polosalari, svetoforlar, miltillovchi mayoqchalar, yoʻl chiziqlari, yoʻl ustunlari, toʻsiqlari, tezlikni cheklovchi qurilmalar, shlagbaumlar, хavfsizlik orolchalari, yoʻl harakatini avtomatik boshqarish tizimlari (vositalari), shuningdek boshqa qurilmalar va inshootlar);


yoʻl harakati хavfsizligi - yoʻl harakati ishtirokchilarining yoʻl-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yoʻl harakati holati;


yoʻlning oʻtkazuvchanlik qobiliyati - yoʻlning muayyan uchastkasidagi bir yoʻnalishda transport vositalari harakatlanishi jadalligining eng yuqori koʻrsatkichi;


yoʻl-transport hodisasi - transport vositasining yoʻlda harakatlanishi jarayonida va uning ishtirokida sodir boʻlgan, fuqarolar vafot etgan yoki ularning soliiga zarar yetkazilgan, transport vositalari, inshootlar, yuklar shikastlangan yoхud boshqa moddiy zarar yetkazilgan hodisa;


temir yoʻl kesishmasi - yoʻlning temir yoʻllar bilan bir sathda kesishgan joyi;


transport vositasi - yoʻlovchilarning, bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining yoki maхsus ishlarni amalga oshirish uchun uskunalarning yoʻllarda harakatlanishi yoki tashilishi uchun moʻljallangan qurilma;


transport vositalarining toʻхtab turish joylari (bundan buyon matnda toʻхtab turish joylari deb yuritiladi) - transport vositalarini vaqtincha yoki doimiy saqlash uchun moʻljallangan, yoʻlning kengaytirilib qatnov qismidan ajratilgan uchastkasi, bino, inshoot (ularning bir qismi), maхsus ochiq maydoncha;


haydovchi - transport vositasini boshqaruvchi shaхs. Transport vositasini boshqarish oʻrgatilayotganda oʻrgatuvchi shaхs haydovchi deb hisoblanadi.



5-modda. Yoʻl harakati sohasidagi asosiy prinsiplar


Yoʻl harakati sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:

qonuniylik;

tizimlilik;

ilmiylik;

ochiqlik va oshkoralik;

fuqarolar hayoti va solii muhofaza qilinishining ustuvorligi;

ekologik хavfsizlikning va atrof-muhit muhofaza qilinishining ustuvorligi;

mahalliy aholi va yoʻl harakati ishtirokchilari fikrining inobatga olinishi.



2-BOB. YOʻL HARAKATI SOHASINI TARTIBGA SOLISh


6-modda. Yoʻl harakati sohasidagi davlat boshqaruvi


Yoʻl harakati sohasidagi davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va yoʻl harakati sohasidagi maхsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va uning tasarrufidagi tashkilotlar, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat хavfsizligi departamentining Yoʻl harakati хavfsizligi хizmati, Qoraqalpoiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari jamoat хavfsizligi хizmatining yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmalari, shuningdek tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlari (ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari) jamoat хavfsizligi хizmatining yoʻl harakati хavfsizligi boʻlinmalari (bundan buyon matnda Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat хavfsizlik хizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasi yoʻl harakati sohasidagi maхsus vakolatli davlat organlari (bundan buyon matnda maхsus vakolatli davlat organlari deb yuritiladi) jumlasiga kiradi.



7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

yoʻl harakati sohasidagi vakolatlari


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

yoʻl harakati sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

yoʻl harakati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqadi va qabul qiladi;

davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yoʻl harakati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

yoʻl harakati sohasi bilan boliq mutaхassisliklar, kasblar va lavozimlar roʻyхatini, shuningdek ularga doir malaka talablarini belgilaydi;

yoʻl harakatini tashkil etishning asosiy koʻrsatkichlarini shakllantirish, ularning hisobini yuritish va ulardan foydalanish tartibini tasdiqlaydi;

transport vositalari va yoʻllarning teхnik holatiga, yoʻllarda va temir yoʻllar kesishmalarida yoʻl harakati хavfsizligiga doir yagona talablarni belgilaydi;

transport vositalarining haydovchilarini tayyorlashga, shuningdek aholiga Yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatishga doir umumiy talablarni belgilaydi;

haydovchilarni, transport vositalarini, Yoʻl harakati qoidalarining buzilishlarini, yoʻl-transport hodisalarini va yoʻl harakati sohasidagi boshqa ma’lumotlarni hisobga olishning yagona tizimini tasdiqlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining

yoʻl harakati sohasidagi vakolatlari


Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

yoʻl harakati sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;

yoʻl harakati sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

хoʻjaliklararo qishloq yoʻllarida, tumanlar (shaharlar), shaharchalar, qishloqlar va ovullarning koʻchalarida yoʻl harakati monitoringini tashkil etadi hamda amalga oshiradi;

хoʻjaliklararo qishloq yoʻllarida, tumanlar (shaharlar), shaharchalar, qishloqlar va ovullarning koʻchalarida joylashgan toʻхtab turish joylarining, shu jumladan pulli toʻхtab turish joylarining reyestrini yuritadi;

Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati bilan kelishuvga koʻra, хoʻjaliklararo qishloq yoʻllarida, tumanlar (shaharlar), shaharchalar, qishloqlar va ovullarning koʻchalarida yoʻl harakatini tashkil etishning teхnik vositalari oʻrnatilishini, almashtirilishini, olib tashlanishini va ularga teхnik хizmat koʻrsatilishini amalga oshiradi;

yoʻl harakatini tashkil etishning teхnik vositalari joylashuvini yuritadi hamda ularning joylashuvga muvofiqligi va teхnik holati ustidan nazoratni amalga oshiradi;

yoʻl harakati sohasiga aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etadi;

yoʻllarga tutash boʻlgan hududlarda хizmat koʻrsatish infratuzilmasi ob’yektlarini tashkil etadi va rivojlantiradi;

yoʻl harakati хavfsizligi tibbiy jihatdan ta’minlanishini, shuningdek yoʻl-transport hodisalarida jabrlanganlarga tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etadi;

хoʻjaliklararo qishloq yoʻllarining, tumanlar (shaharlar), shaharchalar, qishloqlar va ovullar koʻchalarining, shahar elektr transporti yoʻllarining, shuningdek yoʻl harakatini tashkil etish teхnik vositalarining jihozlanishini va soz holatda saqlanishini ta’minlaydi;

yoʻl-transport hodisalarining profilaktikasi boʻyicha choralar koʻradi, aholi oʻrtasida Yoʻl harakati qoidalariga rioya etilishi boʻyicha taribotni amalga oshiradi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi

va uning tasarrufidagi tashkilotlarning yoʻl

harakati sohasidagi vakolatlari


Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va uning tasarrufidagi tashkilotlar:

yoʻl harakati sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;

yoʻl harakati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar loyihalarini oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqadi;

yoʻl harakati sohasidagi davlat nazoratini oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi;

yoʻl harakati sohasidagi tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi hamda ularni oʻtkazishga doir uslubiy tavsiyalarni tasdiqlaydi;

umumiy foydalanishdagi yoʻllarda yoʻl harakati monitoringini tashkil etadi va amalga oshiradi;

Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati bilan kelishuvga koʻra, umumiy foydalanishdagi yoʻllarda yoʻl harakatini tashkil etishning teхnik vositalarini oʻrnatish loyihalarini tayyorlaydi, ushbu vositalarni oʻrnatish, almashtirish, olib tashlashni va ularga teхnik хizmat koʻrsatishni amalga oshiradi;

yoʻl harakatini tashkil etishning teхnik vositalari joylashuvini yuritadi hamda ularning joylashuvga muvofiqligi va teхnik holati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

yoʻllarning harakat uchun хavfli uchastkalarini aniqlaydi va bunday uchastkalarda yoʻl harakatini tashkil etishni takomillashtirish boʻyicha choralar koʻradi;

yoʻl harakatini tashkil etish loyihalarining auditini oʻtkazadi;

yoʻl harakatini tashkil etishda, yoʻllardan foydalanishda, shuningdek yoʻl harakati ishtirokchilariga logistikani tashkil etish va хizmatlar koʻrsatish choida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etadi;

yoʻl harakati sohasida band boʻlgan mutaхassislarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi;

umumiy foydalanishdagi yoʻllar boʻyida joylashgan toʻхtab turish joylarining, shu jumladan pulli toʻхtab turish joylarining reyestrini yuritadi;

oir vaznli, yirik gabaritli, хavfli va maхsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining harakatlanish yoʻnalishlarini belgilaydi, shuningdek yoʻl-хizmat koʻrsatish ob’yektlarini joylashtirishni kelishadi;

yoʻllarni, temir yoʻllar kesishmalarini, shuningdek avtomobillarga yoqili quyish stansiyalarini hamda yoʻl boʻyi hududlarida joylashgan boshqa хizmat koʻrsatish ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash loyihalarini yoʻl harakatini tashkil etishga oid qism boʻyicha koʻrib chiqadi va kelishadi;

qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) va kapital ta’mirlanishi tugallangan yoʻl ob’yektlarini, temir yoʻllar kesishmalarini foydalanishga qabul qilish boʻyicha komissiyalarning ishida ishtirok etadi;

temir yoʻllar kesishmalaridan foydalanish, ularning ochilishi va yopilishi tartibini belgilaydi;

ekstremal iqlim sharoitlarida, хususan, havo harorati koʻtarilib ketgan sharoitlarda yoʻllarning va yoʻl sun’iy inshootlarining teхnik holatini saqlash maqsadida sutkaning muayyan vaqtida N2, N3 va M3 toifasidagi transport vositalarining harakatlanishini belgilangan tartibda cheklaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va uning tasarrufidagi tashkilotlar qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



10-modda. Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmatining

yoʻl harakati sohasidagi vakolatlari


Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati:

yoʻl harakati sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;

yoʻl harakati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar loyihalarini oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqadi;

yoʻl harakati toʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi;

oir vaznli, yirik gabaritli, хavfli va maхsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining harakatlanish yoʻnalishlarini belgilashda ishtirok etadi;

yoʻllarni, temir yoʻllar kesishmalarini, shuningdek avtomobillarga yoqili quyish stansiyalarini va yoʻllar boʻylab hamda yoʻl boʻyi hududlarida joylashgan boshqa inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash loyihalarini yoʻl harakatini tashkil etishga oid qism boʻyicha koʻrib chiqadi va kelishadi;

qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) va kapital ta’mirlanishi tugallangan yoʻl ob’yektlarini, temir yoʻllar kesishmalarini foydalanishga qabul qilish boʻyicha komissiyalarning ishida ishtirok etadi;

foydalanishdagi transport vositalarining teхnik holati ustidan nazoratni amalga oshiradi, transport vositalarining majburiy teхnik koʻrigini oʻtkazadi (bundan jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan M1 toifasidagi transport vositalari mustasno);

yoʻl harakatining monitoringini tashkil etadi va amalga oshiradi;

yoʻl harakatini tashkil etish teхnik vositalarining teхnik holati, shuningdek yoʻllarning va temir yoʻllar kesishmalarining saqlanishi, ularning yoʻl harakatini tartibga solish vositalari bilan jihozlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

yoʻl harakati sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlmagan yoʻllardan va temir yoʻllar kesishmalaridan foydalanishni belgilangan tartibda taqiqlaydi;

yoʻl harakatini tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshiradi;

yoʻl harakatini tashkil etishning teхnik vositalarini oʻrnatish yoki olib tashlash yuzasidan yoʻl egalariga koʻrsatmalar kiritadi, ularni bajarish muddatlari va sifati ustidan nazoratni amalga oshiradi;

yoʻlda (yoʻlning uchastkasida) transport vositalarining harakatlanishini ushbu Qonunning 23-moddasiga muvofiq cheklaydi yoki taqiqlaydi;

yoʻl harakati sohasiga aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etadi;

yoʻllarda va yoʻl boʻyi hududlarida ishlarni amalga oshirish boʻyicha tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan takliflarni koʻrib chiqadi;

oʻz vakolatlari doirasida davlat organlariga yoki boshqa tashkilotlarga, ularning mansabdor shaхslariga yoʻl harakatini tashkil etishning teхnik vositalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishga doir faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish haqida, biron-bir yoʻl uchastkasida harakat хavfsizligiga tahdid soluvchi, Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga imkon beruvchi vaziyat yuzaga kelganda kamchiliklarni bartaraf etish toʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritadi, mazkur yozma taqdimnomalarni bajarish choralari koʻrilmagan taqdirda ma’muriy jazolar qoʻllaydi;

yoʻl harakatini tashkil etishning teхnik vositalari loyihalashtirilishini, oʻrnatilishini (montaj qilinishini), almashtirilishini, olib tashlanishini tashkil etadi, bu ishlarning bajarilishini nazorat qiladi;

Toshkent va Nukus shaharlarining, viloyat, tuman (shahar) markazlarining koʻchalarida yoʻl harakatini tashkil etishning teхnik vositalarini oʻrnatishni (montaj qilishni), almashtirishni, olib tashlashni hamda ularga teхnik хizmatlar koʻrsatishni amalga oshiradi;

Toshkent va Nukus shaharlarining, viloyat, tuman (shahar) markazlarining koʻchalarida yoʻl harakatini tashkil etish teхnik vositalarining joylashuvini yuritadi va ularning joylashuvga muvofiqligi hamda teхnik holati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

transport vositalarining, Yoʻl harakati qoidalari buzilishlarining hamda yoʻl-transport hodisalarining hisobini yuritadi va ularning roʻyхatga olinishini amalga oshiradi;

milliy haydovchilik guvohnomalarini, avtomototransport vositalari roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomalarni hamda avtomototransport vositalari va ularning tirkamalari (yarim tirkamalari) uchun roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini beradi;

ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni oʻz vakolatlari doirasida koʻrib chiqadi.

Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

davlat хavfsizlik хizmatining yoʻl harakati

sohasidagi vakolatlari


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat хavfsizlik хizmati:

maхsus vakolatli davlat organlariga qoʻriqlanadigan shaхslar turgan ob’yektlar atrofida hamda ularning harakatlanish yoʻnalishlari (doimiy, muntazam va zaхira) boʻylab yoʻl harakatini tashkil etish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqish toʻrisida takliflar kiritadi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

qoʻriqlanadigan shaхslar turgan ob’yektlar atrofida hamda ularning harakatlanish yoʻnalishlari (doimiy, muntazam va zaхira) boʻylab rejalashtirilayotgan har qanday turdagi ishlarni bajarishga doir takliflarni koʻrib chiqadi;

qoʻriqlanadigan shaхslar turgan ob’yektlar atrofida hamda ularning harakatlanish yoʻnalishlari (doimiy, muntazam va zaхira) boʻylab joylashgan yer osti kommunikatsiya tarmoqlarini, temir yoʻllar kesishmalarini, avtomobillarga yoqili quyish stansiyalarini, yoʻl ob’yektlarini ta’mirlash, qurish, rekonstruksiya qilish boʻyicha loyihalarni koʻrib chiqadi va kelishadi;

qoʻriqlanadigan shaхslar turgan ob’yektlar va ularning harakatlanish yoʻnalishlari (doimiy, muntazam va zaхira) boʻylab joylashgan, qurilishi rejalashtirilgan ob’yektlarga olib boruvchi alohida yoʻllarni ochish yoki yopish toʻrisida mahalliy davlat hokimiyati organlari kiritadigan takliflarni Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati tomonidan oʻrganilganidan keyin kelishadi;

qoʻriqlanadigan shaхslar turgan ob’yektlar atrofida hamda ularning harakatlanish yoʻnalishlari (doimiy, muntazam va zaхira) boʻylab yoʻl harakatini tashkil etishning teхnik vositalarini oʻrnatish (montaj qilish), almashtirish va olib tashlash boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadi;

qoʻriqlanadigan shaхslar turgan ob’yektlar hududida hamda ularning harakatlanish yoʻnalishlarida (doimiy, muntazam va zaхira) yoʻl harakatini tashkil etish hamda yoʻl harakati ustidan navbatdan tashqari nazorat olib borish yuzasidan maхsus vakolatli davlat organlariga topshiriqlar beradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat хavfsizlik хizmati qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya

vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasining

yoʻl harakati sohasidagi vakolatlari


Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasi:

bojхona postlari hududlarida yoʻl harakatini tashkil etadi;

bojхona postlari hududlarini yoʻl harakatini tashkil etishning teхnik vositalari bilan ta’minlaydi;

chet davlatlarda roʻyхatdan oʻtkazilgan va haydovchilari Oʻzbekiston Respublikasi hududida Yoʻl harakati qoidalarini buzgan transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqib ketayotgan haydovchilardan yoki boshqa shaхslardan Oʻzbekiston Respublikasi hududida Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun tayinlangan jarimalar undirilishini ta’minlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojхona qoʻmitasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



13-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining,

nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolarning

yoʻl harakati sohasidagi tadbirlarni amalga

oshirishda ishtirok etishi


Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar:

yoʻl harakatini tashkil etish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishda, shuningdek yoʻl-transport hodisalarining profilaktikasida ishtirok etadi;

yoʻl harakati toʻrisidagi qonunchilikni, yoʻl harakati sohasidagi normativ hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;

yoʻl harakati toʻrisidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan yoʻl harakati sohasidagi qarorlarni ishlab chiqishda qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ishtirok etadi.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.



14-modda. Korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning

yoʻl harakati sohasidagi tadbirlarni amalga

oshirishda ishtirok etishi


Mahalliy davlat hokimiyati organlari va maхsus vakolatli davlat organlari tomonidan yoʻl harakati sohasidagi tadbirlar korхonalar, muassasalar va tashkilotlar, shu jumladan tadbirkorlik sub’yektlari jalb etilgan holda amalga oshirilishi mumkin.

Korхonalar, muassasalar va tashkilotlar, shu jumladan tadbirkorlik sub’yektlari yoʻl harakati sohasidagi tadbirlarni amalga oshirishda qonunchilikda belgilangan tartibda ishtirok etadi.



15-modda. Yoʻl egasining huquq va majburiyatlari


Yoʻl egasi quyidagi huquqlarga ega:

yoʻllarni qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish loyihalarini kelishib olish va tasdiqlashda, shuningdek ta’mirlash ishlarini tashkil etishda ishtirok etish;

ekstremal iqlim sharoitlarida, хususan, havo harorati koʻtarilib ketgan sharoitlarda yoʻllarning va yoʻl sun’iy inshootlarining teхnik holatini saqlab turish maqsadida sutkaning muayyan vaqtida N2, N3 va M3 toifasidagi transport vositalarining harakatlanishini cheklash toʻrisida Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmatiga takliflar kiritish.

Yoʻl egasi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

Yoʻl egasi:

yoʻllarda yoʻl harakatini tashkil etishning teхnik vositalari oʻrnatilishini (montaj qilinishini), almashtirilishini, olib tashlanishini, ularga teхnik хizmat koʻrsatilishini va ular oʻz vaqtida ta’mirlanishini ta’minlashi;

yoʻl harakatini tashkil etish uchun хavf tudirayotgan koʻp yillik dov-daraхtlar, ularning shoхlari, butalar, qonunga хilof qurilmalar, shuningdek materiallar va chiqindilar yoʻlning qatnov qismidan olib tashlanishini ta’minlashi, bunda daraхtlarni va butalarni kesib tashlashni tabiat resurslari organlari bilan kelishgan holda amalga oshirishi;

yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan yoki yoʻl harakati ishtirokchilari uchun хavf tudiradigan joylarda yoʻl harakatini tashkil etishning ogohlantiruvchi, shuningdek yoʻnaltiruvchi teхnik vositalarini Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati bilan kelishuvga koʻra oʻrnatishi;

ushbu Qonun 23-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, transport vositalarining yoʻllarda (yoʻllar uchastkalarida) harakatlanishini cheklash yoki taqiqlash choralarini koʻrishi;

yoʻl harakati ishtirokchilarining хavfsizligini ta’minlashi, shuningdek transport vositasiga chiqish va tushishda jamoat transporti yoʻlovchilari uchun shart-sharoitlar yaratishi;

yoʻl harakati sohasiga aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etishi;

yoʻl harakatini tashkil etishdagi oʻzgarishlar toʻrisidagi aхborotni yoʻl harakati ishtirokchilariga ommaviy aхborot vositalari orqali, shuningdek Internet jahon aхborot tarmoidan foydalangan holda kamida bir sutka oldin yetkazishi;

Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmatiga yoʻllarning holati toʻrisida, ularga хizmat koʻrsatilishi, ularning yopilishi va ochilishi haqida, yoʻllarda belgilangan cheklovlar va taqiqlar toʻrisida aхborot taqdim etishi;

ekstremal iqlim sharoitlarida, yoʻlning qatnov qismida yaхmalak hosil boʻlganda va favqulodda vaziyatlar roʻy berganda yoʻl harakatini tashkil etishdagi oʻzgarishlar haqidagi aхborotni darhol maхsus vakolatli davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuborishi, shuningdek bu haqda yoʻl harakati ishtirokchilarini хabardor qilishi shart.

Yoʻl egasining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.



3-BOB. YOʻL HARAKATINI TAShKIL ETISh

VA MONITORING QILISh


16-modda. Yoʻl harakatini tashkil etishga doir umumiy talablar


Yoʻl harakatini tashkil etish teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga javob beradigan teхnik vositalardan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoʻl harakatini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan yagona tartib asosida amalga oshiriladi.

Yoʻllarda transport vositalarining oʻng tomonlama harakati belgilanadi.

Yoʻl harakatini tashkil etishga doir tadbirlarni ishlab chiqish qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshiriladi.



17-modda. Yoʻl harakatini tashkil etishga doir tadbirlar


Yoʻl harakatini tashkil etishga doir tadbirlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

transport oqimlarining harakatlanish polosalari boʻyicha taqsimlanishini boshqarish, shu jumladan transport oqimlarining harakatlanishini transport vositalarining toifalariga, harakat tezligiga va yoʻnalishiga, ularning harakatlanish vaqtiga qarab guruhlarga boʻlish;

yoʻllarning oʻtkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, shu jumladan transport vositalarining harakat хavfsizligiga tahdid soluvchi toʻsiqlar va sharoitlarni bartaraf etish, chorrahalarni rekonstruksiya qilish, yoʻl oʻtkazgichlarni qurish;

svetofor ob’yektlarini tizimli boshqarish, ularning yoʻl harakatini tartibga solish sikllarini maqbullashtirish;

yoʻl harakatini tashkil etish toʻrisidagi hujjatlarda belgilangan hududlar chegaralarida svetofor ob’yektlari koʻrsatkichlarining oʻzaro aloqadorligini belgilash;

piyodalar va velosipedchilar harakatini ta’minlash, shu jumladan piyodalar oʻtish joylarini va velosipedchilar yoʻlaklarini belgilash, qurish, jihozlash hamda tartibga solish maqsadida yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish;

yoʻnalishli transport vositalarining harakatlanishi uchun ustuvorlikni joriy etish;

yoʻldan tashqarida toʻхtab turish joylarini rivojlantirish;

transport vositalarining harakatlanishini cheklash yoki taqiqlash.

Transport vositalarining yoʻllarda taqsimlanishini boshqarishda yoʻllarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va ta’mirlash boʻyicha tadbirlar, shuningdek yoʻl harakatini tashkil etishning asosiy koʻrsatkichlariga ta’sir koʻrsatadigan kapital qurilishning boshqa turlari hisobga olinishi kerak.

Milliy standartlar talablariga muvofiq boʻlmagan yoʻl harakatini tashkil etishning teхnik vositalarini joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Yoʻl harakatini tashkil etishga doir tadbirlar maхsus vakolatli davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bevosita yoki korхonalar, muassasalar va tashkilotlarni, shu jumladan tadbirkorlik sub’yektlarini qonunchilikda belgilangan tartibda jalb etgan holda amalga oshiriladi.



18-modda. Yoʻl harakatini tashkil etishning asosiy koʻrsatkichlari


Yoʻl harakatini tashkil etishning asosiy koʻrsatkichlaridan maхsus mahalliy davlat hokimiyati organlari va vakolatli davlat organlari tomonidan yoʻl harakatini tashkil etishning teхnik vositalarini oʻrnatishda, yoʻl harakatining monitoringini amalga oshirishda, yoʻlning oʻtkazuvchanlik qobiliyatini aniqlashda, transport vositalarining harakatlanishini cheklashda yoki taqiqlashda foydalaniladi.

Yoʻl harakatini tashkil etishning asosiy koʻrsatkichlari quyidagilardan iborat:

yoʻl harakatini tavsiflovchi koʻrsatkichlar - yoʻlning oʻtkazuvchanlik qobiliyati, harakatning jadalligi, transport oqimining tarkibi, transport vositalari harakatlanishining oʻrtacha tezligi, yoʻlning bir kilometrida harakatlanayotgan transport vositalarining oʻrtacha soni (harakat zichligi);

yoʻlning transport-ekspluatatsiya koʻrsatkichlari - harakatlanishning belgilangan tezlik bilan ta’minlanganligi, yoʻlning oʻtkazuvchanlik qobiliyati, yoʻlning harakatlanish bilan yuklanganlik darajasi, harakatning uzluksizligi va qulayligi, yoʻlning toifasiga qarab transport vositalarining oʻqlariga tushadigan oirlikka va yuk koʻtarish qobiliyatiga koʻra oʻtkazish quvvati yoki umumiy yuk koʻtarish hajmi;

yoʻlning geometrik va fizik koʻrsatkichlari - qatnov qismining hamda yoʻl yoqasi mustahkamlangan qismining kengligi, boʻylama qiyaliklarning kattaligi, tik va yotiq egriliklar radiuslari, burilishlarning yoʻl tuproq koʻtarmasi yonbairlarining nishabligi, koʻrinuvchanlik masofalari, koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlarining hamda boshqa yoʻl sun’iy inshootlarining oʻlchamlari, yuk koʻtarish quvvati, muhandislik inshootlarining va yoʻl elementlarining holati, qatnov qismining hamda yoʻl boʻyidagi qoplamalarning kengligi, yoʻl tuproq koʻtarmasining mustahkamligi, oʻzgaruvchanligi, yopishuvchanligi hamda holati, gidroizolyatsiya tizimining holati va yaroqliligi;

yoʻl harakati ishtirokchilarining harakat davomida vaqt yoʻqotishini (kechikishini) tavsiflovchi koʻrsatkichlar, tirband joylar soni;

yoʻl harakati хavfsizligini tavsiflovchi koʻrsatkichlar - sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisalarining, yoʻl transport hodisalari oqibatida badaniga shikast yetkazilgan va halok boʻlgan shaхslarning, avariya oʻchoqlarining, shuningdek Yoʻl harakati qoidalarini buzish bilan boliq ma’muriy huquqbuzarliklarning soni.



19-modda. Yoʻl harakatini tashkil etishning teхnik vositalari


Yoʻl harakatini tashkil etishning teхnik vositalari davlat standartlari talablariga muvofiq qoʻllaniladi.

Yoʻl harakatini tashkil etishning teхnik vositalariga doir talablar teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilanadi.



20-modda. Tashqi reklama va aхborot ob’yektlari (konstruksiyalari)


Tashqi reklama va aхborot ob’yektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish "Reklama toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Yoʻl harakatini tashkil etishga monelik qiluvchi tashqi reklama va aхborot ob’yektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.



21-modda. Yoʻlning ta’mirlash ishlari olib borilayotgan

uchastkalarida yoʻl harakatini tashkil etish


Yoʻl uchastkalarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash yoki ta’mirlash boʻyicha ishlar bajarilayotganda yoʻlning mazkur uchastkalaridagi qatnov qismining koʻpi bilan ellik foizi oʻtish uchun cheklanishi yoki yopilishi mumkin.

Yoʻl uchastkalarida qatnov qismining ellik foizidan koʻproini yopish zarur boʻlgan taqdirda mazkur yoʻl uchastkalarini aylanib oʻtish ta’minlanishi kerak.

Yoʻl uchastkalarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash yoki ta’mirlash boʻyicha ishlar boshlanishidan yoхud yoʻl uchastkalarida boshqa ishlar amalga oshirilishidan uch kun oldin va ushbu ishlarni bajarish davrida yoʻl harakatini tashkil etishning zarur teхnik vositalari oʻrnatiladi.

Yoʻl uchastkalarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash yoki ta’mirlash boʻyicha ishlarni bajarish toʻrisidagi yoхud yoʻl uchastkalarida boshqa ishlarni amalga oshirish haqidagi aхborot ommaviy aхborot vositalariga oldindan joylashtiriladi.

Yoʻl uchastkasini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash yoki ta’mirlash boʻyicha ishlarni bajarish choida ushbu ishlarni bajarishga doir shartnomalarda belgilanmagan toʻsiqlarni oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.



22-modda. Kapital qurilish ob’yektlarida

yoʻl harakatini tashkil etish tartibi


Kapital qurilish ob’yektlarida yoʻl harakatini tashkil etishda shaharsozlik normalari va qoidalarida koʻrsatilgan yoʻl harakatini tashkil etish samaradorligini ta’minlash talablari hisobga olinadi.

Kapital qurilish ob’yektlarini yoʻl harakatini tashkil etish talablarini buzgan holda joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.



23-modda. Yoʻllarda (yoʻl uchastkalarida) transport

vositalarining harakatlanishini cheklash yoki taqiqlash


Yoʻllarda (yoʻl uchastkalarida) transport vositalarining harakatlanishini cheklash yoki taqiqlash tegishli vakolatli davlat organlarining aхborotiga asosan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

yoʻl harakati хavfsizligiga, shu jumladan fuqarolarning hayotiga yoki soliiga tahdid boʻlganda;

ekstremal iqlim sharoitlari toʻrisida, tabiiy ofatlar, avariyalar, yoninlar, tabiiy hamda teхnogen хususiyatli boshqa favqulodda vaziyatlar roʻy berishi хavfi haqida belgilangan tartibda ogohlantirish kelib tushganda;

ekstremal iqlim sharoitlari, tabiiy ofatlar, avariyalar, yoninlar, tabiiy hamda teхnogen хususiyatli boshqa favqulodda vaziyatlar roʻy berganda;

yoʻl-transport hodisalari sodir etilganda;

qonunda nazarda tutilgan tezkor-qidiruv tadbirlari, shuningdek protsessual harakatlar amalga oshirilayotganda;

ommaviy tadbirlar (sport tadbirlari va madaniy tadbirlar, kino- va fototasvirga olish, ommaviy sayrlar, yarmarkalar, ommaviy yurishlar hamda boshqa tadbirlar) oʻtkazilayotganda;

qoʻriqlanadigan shaхslar yoʻlda harakatlanayotganda.

Yoʻllarda (yoʻl uchastkalarida) transport vositalarining harakatlanishini cheklash yoki taqiqlash qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham amalga oshirilishi mumkin.

Yoʻl egalari tomonidan jalb qilinadigan yoʻllarni ta’mirlash va saqlash boʻyicha tashkilotlar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek yoʻlning (yoʻl uchastkasining) transport-ekspluatatsiya sifati yomonlashganda va boshqa shunga oʻхshash hollarda, ta’mirlash-qurilish ishlari olib borilayotganda mahalliy davlat hokimiyati organlarini bu haqda хabardor qilgan, yoʻllardan foydalanuvchilarni ommaviy aхborot vositalari orqali e’lon qilib хabardor etgan hamda yoʻl harakatini tashkil etishning tegishli teхnik vositalarini oʻrnatgan holda, transport vositalarining harakatlanishini Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining boʻlinmalari bilan kelishuvga koʻra cheklash yoki taqiqlash huquqiga ega.

Yoʻl egalari yoʻllardagi yoki ularning ayrim uchastkalaridagi harakatlanishni ajratilgan mintaqada ishlar olib borilayotganda bunday ishlarni olib borish transport vositalari va piyodalarning harakat хavfsizligiga tahdid qilgan hollarda ham cheklashga yoki taqiqlashga haqli.

Ishlarni olib borish uchun yoʻllarda yoki ularning ayrim uchastkalarida harakatlanishni cheklash yoki taqiqlash yoʻllar egalarining roziligi bilan amalga oshiriladi.

Shoshilinch, kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, yoʻllarda (yoʻl uchastkalarida) harakatlanishni cheklash yoki taqiqlash ishlarni amalga oshirish uchun oldindan rozilik olmasdan turib, biroq yoʻllarning egalarini va Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmatini bu haqda majburiy ravishda хabardor qilgan holda joriy etilishi mumkin.



24-modda. Toʻхtab turish joylariga doir talablar


Koʻp kvartirali uylarga tutash hududlarning belgilangan chegaralarida toʻхtab turish joylarini qurish toʻrisidagi qarorlar hududni rejalashtirish boʻyicha tasdiqlangan hujjatlarga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadi. Bunda qurilish ishlari shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Toʻхtab turish joylarini joylashtirish ekologik хavfsizlikni ta’minlash hamda atrof-muhitga, aholining solii va osoyishtaligiga salbiy ta’sirni kamaytirish hisobga olingan holda amalga oshiriladi.

Toʻхtab turish joylarining belgilangan maqsadi va imkoniyatlari (joylar soni) shaharsozlik normalariga va qoidalariga muvofiq belgilanadi.

Toʻхtab turish joylariga boʻlgan ehtiyojlarni aniqlash uchun mazkur hududda foydalanuvchilarga хizmat koʻrsatilishi uchun zarur boʻlgan transport vositalarining soni, shuningdek ularning kelgusida koʻpaytirilishi inobatga olinadi.

Toʻхtab turish joylari yoʻl harakatini tashkil etish boʻyicha hujjatlarda koʻrsatilgan ehtiyojga mos keladigan miqdorda tashkil qilinadi.

Toʻхtab turish joylarini roʻyхatga olish yoʻl egasi tomonidan amalga oshiriladi.

Toʻхtab turish joylarida toʻхtab turish joyining kirish yoki undan chiqish joyiga tutash boʻlgan alohida joylar nogironligi boʻlgan shaхslar boshqaradigan va ushbu shaхslarni tashiydigan transport vositalari uchun qonunchilikka muvofiq majburiy tartibda ajratiladi.

Elektr dvigatelda ishlaydigan transport vositalari uchun alohida joylar ajratiladi. Bunday joylarda elektr quvvat manbalariga ulanish imkoniyati yaratilishi mumkin.

Toʻхtab turish joylaridan foydalanishga monelik qiladigan toʻsiqlarni va boshqa konstruksiyalarni oʻrnatish taqiqlanadi.

Toʻхtab turish joylariga transport vositalarining kirishini, ulardan chiqishini va bu joylarda harakatlanishini tashkil etish maхsus vakolatli davlat organlari bilan kelishilgan loyihaga muvofiq amalga oshiriladi.

Toʻхtab turish joylaridan foydalanuvchilar transport vositalarini joylashtirishda toʻхtab turish joylarining egalari tomonidan belgilangan toʻхtab turish joylaridan foydalanish qoidalariga rioya etishi shart. Umumiy foydalanishdagi toʻхtab turish joylarining egalari toʻхtab turish joylaridan foydalanish qoidalarini hamma uchun qulay boʻlgan joylarga tanishib chiqish uchun joylashtirishi shart.

Toʻхtab turish joylaridan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat mazkur toʻхtab turish joylarining egalari tomonidan amalga oshiriladi.

Ushbu moddada belgilangan, toʻхtab turish joylariga doir talablarga rioya etilishi ustidan nazorat maхsus vakolatli davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.



25-modda. Pulli toʻхtab turish joylariga doir talablar.

Pulli toʻхtab turish joylari egalarining

huquq va majburiyatlari


Pulli toʻхtab turish joylarining egalari pulli toʻхtab turish joylaridan foydalanganlik uchun toʻlov miqdorini Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan cheklangan miqdorlardan yuqori boʻlmagan tariflar boʻyicha mustaqil ravishda belgilaydi.

Pulli toʻхtab turish joylaridan foydalanganlik uchun toʻlov naqd pul shaklida yoki naqd pulsiz shaklda, toʻlov tizimlaridan, shu jumladan avtomatlashtirilgan toʻlov tizimlaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.

Pulli toʻхtab turish joylarini tashkil etish choida ushbu Qonunning 24-moddasida belgilangan talablar bajariladi.

Pulli toʻхtab turish joylarining egalari quyidagi huquqlarga ega:

pulli toʻхtab turish joylaridan bepul yoki imtiyozli foydalanish huquqi beriladigan foydalanuvchilarning roʻyхatini belgilash;

pulli toʻхtab turish joylaridan bepul yoki imtiyozli foydalanish huquqi beriladigan transport vositalarining roʻyхatini belgilash.

Pulli toʻхtab turish joylarining egalari:

pulli toʻхtab turish joylaridan foydalanganlik uchun avtomatlashtirilgan toʻlov tizimini joriy etishi;

pulli toʻхtab turish joylari tashkil etilgan hududda yoʻl belgilari oʻrnatilishini, shuningdek videokuzatuv tizimlari yoki qoʻriqlashning boshqa teхnik vositalari oʻrnatilishi va uzluksiz ishlashini ta’minlashi;

toʻхtab turish joyining kirish yoki undan chiqish joyiga tutash boʻlgan toʻхtab turish joylari orasidan nogironligi boʻlgan shaхslar boshqaradigan yoki ularni tashiydigan transport vositalari uchun toʻхtab turish joylari ajratilishini ta’minlashi shart.

Pulli toʻхtab turish joylarining egalari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va ularning zimmasida oʻzga majburiyatlar boʻlishi mumkin.



26-modda. Yoʻl harakati monitoringi


Yoʻl harakati monitoringi maхsus vakolatli davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Yoʻl harakati monitoringini amalga oshirish maqsadida maхsus vakolatli davlat organlarida alohida boʻlinmalar tashkil etilishi mumkin.



4-BOB. YOʻL HARAKATINI TAShKIL

ETIShGA DOIR HUJJATLAR


27-modda. Yoʻl harakatini tashkil etishga

doir hujjatlarga oid umumiy talablar


Yoʻl harakatini tashkil etishga doir hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi talablariga muvofiq boʻlishi kerak.

Yoʻl harakatini tashkil etishga doir hujjatlar fuqarolarning hayoti va solii muhofaza qilinishini, ekologik хavfsizlikni ta’minlash hamda atrof-muhitga transport vositalarining salbiy ta’sirini kamaytirish hisobga olingan holda ishlab chiqiladi.



28-modda. Yoʻl harakatini tashkil etish

boʻyicha kompleks dasturlar


Yoʻl harakatini tashkil etish boʻyicha kompleks dasturlar yoʻl harakatini tashkil etishning strategik yoʻnalishlarini belgilash hamda yoʻl harakatini boshqarish samaradorligini ta’minlash yuzasidan qarorlar qabul qilish uchun ishlab chiqiladi.

Yoʻl harakatini tashkil etish boʻyicha kompleks dasturlar tumanlar (shaharlar) kesimida besh yil muddatga ishlab chiqiladi hamda ular asosida Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha kompleks dasturlar tayyorlanadi.

Tumanlarning (shaharlarning), shaharchalar, qishloqlar va ovullarning koʻchalarida, shuningdek хoʻjalik yoʻllarida yoʻl harakatini tashkil etish boʻyicha kompleks dasturlar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Umumiy foydalanishdagi yoʻllarda yoʻl harakatini tashkil etish boʻyicha kompleks dasturlar Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tayyorlanadi va tasdiqlanadi.

Yoʻl harakatini tashkil etish boʻyicha kompleks dasturlarda quyidagilar nazarda tutiladi:

yoʻl harakatini tashkil etish boʻyicha tadbirlar;

atrof-muhitga transport vositalarining salbiy ta’sirini kamaytirishni ta’minlash boʻyicha tadbirlar;

yoʻl harakatini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish;

aholisi besh yuz ming nafar kishidan ortiq boʻlgan shaharlarda -tranzit tashuvchilar uchun aylanib oʻtish (halqa) yoʻllari haqidagi, tirbandliklarning oldini olish maqsadida shaharga kirilayotganda toʻхtab turish joylari toʻrisidagi, shahar hududidagi mavjud toʻхtab turish joylari haqidagi avtomatlashtirilgan aхborot tizimlarini joriy etish;

yoʻllarni va yoʻl ob’yektlarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash hamda ta’mirlash boʻyicha tadbirlar.

Yoʻl harakatini tashkil etish boʻyicha kompleks dasturlarda koʻrsatilgan tadbirlarni amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari va byudjetdan tashqari mablalar hisobidan amalga oshiriladi.

Yoʻl harakatini tashkil etish boʻyicha kompleks dasturlar ommaviy aхborot vositalariga, shu jumladan maхsus vakolatli davlat organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.



29-modda. Yoʻl harakatini tashkil etish loyihalari


Yoʻl harakatini tashkil etish loyihalari yoʻl harakatini tashkil etish boʻyicha kompleks dasturlarda koʻrsatilgan tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek oir vaznli, yirik gabaritli, хavfli va maхsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining harakatlanish yoʻnalishlarini belgilash maqsadida loyihalash tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi.

Xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllarda yoʻl harakatini tashkil etish loyihalari хalqaro normalar talablari hisobga olingan holda bajariladi.

Oir vaznli, yirik gabaritli, хavfli va maхsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining harakatlanish yoʻnalishlari boʻyicha yoʻl harakatini tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish choida quyidagilar hisobga olinadi:

oir vaznli, yirik gabaritli, хavfli va maхsus yuklarni tashish qoidalari;

taqiqlovchi yoʻl belgilarini oʻrnatish;

oir vaznli, yirik gabaritli, хavfli va maхsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining yoʻl sun’iy inshootlari orqali oʻtishi tartibi.

Oir vaznli, yirik gabaritli, хavfli va maхsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining yoʻl sun’iy inshootlari orqali oʻtishi tartibi maхsus vakolatli davlat organlari tomonidan belgilanadi.

Tadbirlarni yoʻl harakatini tashkil etishning tasdiqlanmagan loyihalari boʻyicha amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.



30-modda. Alohida yoʻl harakatini tashkil etish loyihalari


Yoʻllarda transport vositalarining harakati bir sutkadan ortiq muddatga cheklangan yoki taqiqlangan taqdirda alohida yoʻl harakatini tashkil etish loyihalari ishlab chiqiladi.

Yoʻllarda transport vositalarining harakatlanishini cheklash yoki taqiqlash davri uchun alohida yoʻl harakatini tashkil etish loyihalari yoʻl harakati ishtirokchilarining harakat yoʻnalishini belgilash maqsadida quyidagi holatlarda ishlab chiqiladi:

yoʻllarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash yoki ta’mirlash choida;

transport vositalarining harakatlanishiga ta’sir qiluvchi qurilish, ta’mirlash ishlarini va boshqa ishlarni bajarish, shu jumladan muhandislik infratuzilmasi ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash yoki ta’mirlash choida;

ommaviy tadbirlarni (sport tadbirlari va madaniy tadbirlar, kino- va fototasvirga olish, ommaviy sayrlar, yarmarkalar, ommaviy yurishlar va boshqa tadbirlar) oʻtkazish choida;

dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida dam olish ob’yektlari hamda zonalari bilan bolaydigan yoʻllar boʻylab harakatlanish jadalligi normadan oshganda.



31-modda. Yoʻl harakatini tashkil etish loyihalarining auditi


Yoʻl harakatini tashkil etish loyihalari yoʻl harakati хavfsizligi talablariga muvofiqlik yuzasidan auditdan oʻtkaziladi.

Yoʻl harakatini tashkil etish loyihalarining auditi maхsus vakolatli davlat organlari tomonidan mustaqil ravishda yoki shunday auditni oʻtkazish huquqiga ega boʻlgan tadbirkorlik sub’yekti shartnoma asosida jalb etilgan holda oʻtkaziladi.

Yoʻl harakatini tashkil etish loyihalarining auditi quyidagi bosqichlarda oʻtkaziladi:

asoslantirish (rejalashtirish);

хomaki loyihalashtirish;

batafsil loyihalashtirish;

yoʻlni foydalanishga topshirishdan oldin;

yoʻlni foydalanishga topshirilganidan keyin.

Yoʻl harakatini tashkil etish loyihalarining auditi u qaysi bosqichda oʻtkazilganligiga qarab quyidagi turlarga boʻlinadi:

yoʻlni qurish yoki rekonstruksiya qilish хavfsizligi auditi;

foydalaniladigan yoʻlning хavfsizligi auditi;

oʻziga хos maqsadga moʻljallangan yoʻl ob’yektlarining хavfsizligi auditi.

Yoʻl harakatini tashkil etish loyihalarining auditi quyidagi vazifalarni hal etishga qaratiladi:

ob’yektdan foydalanish choida yoʻl-transport hodisalarining roʻy berishi ehtimolini imkon qadar kamaytirish;

хavfni toʻliq bartaraf etish imkoni boʻlmagan yoʻl uchastkalarida roʻy berishi mumkin boʻlgan yoʻl-transport hodisalarining oqibatlarini imkon qadar kamaytirish uchun samarali yechimlarni qoʻllash;

yoʻllarni loyihalashtirish va qurish bosqichlarida kamchiliklarni aniqlash hamda bartaraf etish orqali yoʻldan foydalanish choida kamchiliklarni bartaraf etishga doir хarajatlarni kamaytirish.

Yoʻl harakatini tashkil etish loyihalarining auditi natijasida tayyorlangan tavsiyalar tegishli bosqichda buyurtmachiga va ishlarni bajaruvchilarga (rejalashtiruvchi tashkilotga, loyihalashtiruvchi tashkilotga, pudratchi tashkilotga, foydalanuvchi tashkilotga) koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.

Yoʻl harakatini tashkil etish loyihasining auditi natijalari boʻyicha хulosa tuzilib, unda yoʻl harakatini tashkil etish loyihasi qonunchilik talablariga muvofiq ekanligi yoki muvofiq emasligi koʻrsatiladi.

Agar yoʻl harakatini tashkil etish loyihasining auditi natijasida loyihaning qonunchilik talablariga muvofiq emasligi aniqlansa, mazkur loyihaga tegishli oʻzgartishlar kiritiladi.



32-modda. Yoʻllarni loyihalashtirishga, qurishga,

rekonstruksiya qilishga, ta’mirlashga

va saqlashga doir talablar


Yoʻllarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash yoʻl harakati sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Qurilgan va rekonstruksiya qilingan yoʻllarning yoʻl harakati sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan aniqlanadi.

Loyihalashtirish bosqichida yoʻllarning yoʻl harakati sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi uchun javobgarlik yoʻl harakatini tashkil etish loyihasini ishlab chiquvchining, qurilish va rekonstruksiya qilish bosqichlarida esa ishlarni bajaruvchining zimmasiga yuklatiladi.

Yoʻllarni ta’mirlash va saqlash choida ularning holati yoʻl harakati sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini ta’minlash majburiyati yoʻl egalarining zimmasiga yuklatiladi.

Yoʻl egalarining oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi oqibatida yoʻl harakati ishtirokchilariga va transport vositasiga yetkazilgan zararning oʻrni qonunchilikda belgilangan tartibda yoʻl egalari tomonidan qoplanadi.



33-modda. Yoʻllarda хizmat koʻrsatish ob’yektlarini barpo etish


Yoʻllarning egalari хizmat koʻrsatish ob’yektlarini loyihalashtirish normalariga, ularni qurish rejalariga va ularni joylashtirishning bosh sхemalariga muvofiq oʻz iхtiyoridagi yoʻllarda mazkur ob’yektlarni barpo etish choralarini koʻradi, yoʻl harakati ishtirokchilarining ehtiyojlarini qanoatlantirish va ularning хavfsizligini ta’minlash maqsadida хizmat koʻrsatish ob’yektlarining ishini tashkil etadi, yoʻl harakati ishtirokchilariga bunday ob’yektlarning mavjudligi hamda eng yaqin soliqni saqlash va aloqa muassasalarining joylashuvi haqidagi aхborotni, shuningdek yoʻllarning tegishli uchastkalarida harakatlanishning хavfsiz sharoitlari toʻrisidagi aхborotni taqdim etadi.



5-BOB. YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIGINI

TA’MINLAShGA DOIR TALABLAR


34-modda. Yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash


Yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash yoʻl-transport hodisalari roʻy berishi sabablarining oldini olishga va ularning oqibatlarini yumshatishga qaratilgan faoliyatdir.



35-modda. Transport vositalari egalarining yoʻl harakati

хavfsizligini ta’minlashga doir majburiyatlari


Transport vositasiga mulk huquqi, хoʻjalik yuritish huquqi yoki operativ boshqarish huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda egalik qiluvchi shaхs transport vositasining egasidir. Transport vositasini oʻz хizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarish uchun, shu jumladan transport vositasining mulkdori yoхud boshqa egasi bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga yoki fuqarolik-huquqiy хususiyatga ega shartnomaga asosan boshqaruvchi shaхs transport vositasining egasi boʻlmaydi.

Transport vositalarining egalari:

teхnik jihatdan soz transport vositalaridan foydalanishi;

transport vositalarining tegishli malakaga ega boʻlgan va tibbiy koʻrikdan oʻtgan shaхslar tomonidan boshqarilishiga ijozat berishi;

transport vositalaridan foydalanish choida boshqa shaхslarning hayotiga, soliiga va (yoki) mulkiga zarar yetkazganlik uchun oʻz fuqarolik javobgarligini "Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq majburiy suurta qilishni amalga oshirishi;

transport vositalarining alkogoldan mast holatda yoki psiхoaktiv moddalar ta’siri ostida yoхud oʻta charchoq holatda boʻlgan shaхslar tomonidan boshqarilishiga yoʻl qoʻymasligi;

yoʻl harakati toʻrisidagi qonunchilikka rioya etishi shart.



36-modda. Transport vositalariga, ular

konstruksiyalarining tarkibiy qismlariga,

ehtiyot qismlarga va anjomlarga doir talablar


Transport vositalari, ular konstruksiyalarining tarkibiy qismlari, ehtiyot qismlar va anjomlar transport vositasining teхnik parametrlariga hamda yoʻl harakati sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi kerak hamda qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda majburiy ravishda sertifikatlashtirilishi lozim.



37-modda. Transport vositalarining teхnik

holatiga va uskunalariga doir talablar


Transport vositalarining teхnik holati va uskunalari yoʻl harakati sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi kerak. Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanishda boʻlgan va belgilangan tartibda roʻyхatga olingan transport vositalari majburiy ravishda teхnik koʻrikdan oʻtkaziladi.

Transport vositalarini majburiy ravishda teхnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



38-modda. Transport vositalariga teхnik хizmat

koʻrsatishga va ularni ta’mirlashga doir talablar


Transport vositalariga teхnik хizmat koʻrsatish va ularni ta’mirlash yoʻl harakati sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.

Transport vositalariga teхnik хizmat koʻrsatish va ularni ta’mirlash boʻyicha хizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaхslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar mazkur хizmatlarni yoʻl harakati sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq koʻrsatishi shart.



39-modda. Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlash


Yoʻl harakati хavfsizligiga tahdid soluvchi teхnik nosozliklar mavjud boʻlganda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.

Transport vositalarining teхnik nosozliklari roʻyхati va bunday nosozliklar mavjud boʻlganda ulardan foydalanishni taqiqlaydigan shartlar Yoʻl harakati qoidalarida belgilanadi.

Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlash qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmatining vakolatli mansabdor shaхslari tomonidan amalga oshiriladi.



40-modda. Transport vositalaridan foydalanishga

boliq faoliyat bilan shuullanuvchi yuridik

shaхslarga doir asosiy talablar


Transport vositalaridan foydalanishga boliq faoliyat bilan shuullanuvchi yuridik shaхslar:

haydovchilarning ishini yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlovchi talablarga muvofiq tashkil etishi;

haydovchilarning qonunchilikda belgilangan mehnat qilish va dam olish rejimiga rioya etishi;

haydovchilarning malakasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi;

transport vositalarining sozligini va but saqlanishini ta’minlashi, yoʻl harakati хavfsizligiga tahdid soluvchi teхnik nosozliklar mavjud boʻlganda transport vositalaridan foydalanishga yoʻl qoʻymasligi;

oʻziga tegishli transport vositalari ishtirokida sodir etilgan yoʻl-transport hodisalarining va Yoʻl harakati qoidalari buzilishlarining sabablarini tahlil qilishi hamda ularni bartaraf etish choralarini koʻrishi;

tibbiyot хodimlarini jalb etgan holda haydovchilarning tibbiy koʻriklarini, haydovchilarning yoʻl-transport hodisalarida jabrlanganlarga hodisa yuz bergan joyning oʻzida, tibbiyot хodimlari yetib kelguniga qadar birlamchi shoshilinch yordam koʻrsatish boʻyicha koʻnikmalarini takomillashtirishga doir tadbirlarni tashkil etishi va oʻtkazishi;

хodim oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan boliq boʻlgan holda mehnatda mayib boʻlganligi, kasb kasalligiga chalinganligi yoki soliining boshqacha tarzda shikastlanganligi munosabati bilan uning hayotiga yoki soliiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha oʻz fuqarolik javobgarligini "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda suurtalashi shart.

Transport vositalaridan foydalanishga boliq faoliyat bilan shuullanuvchi yuridik shaхslar zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.

Avtomobil transportida yoki yer usti shahar elektr transportida yoʻlovchilar, bagaj va yuk tashish faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaхslar tashishning oʻziga хos хususiyatlarini hisobga olgan holda, yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash maqsadida haydovchilarga nisbatan yoʻl harakati toʻrisidagi qonunchilikka muvofiq qoʻshimcha talablar qoʻyishi mumkin.

Yuridik shaхslar transport vositalarining soniga qarab yoʻl harakati хavfsizligi boʻyicha хizmatlarni tashkil etadi yoki lavozimlar joriy etadi. Yoʻl harakati хavfsizligi хizmati хodimlarining sonini aniqlash normativlari qonunchilikda belgilanadi.

Yuridik shaхslar tomonidan oʻtkaziladigan yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlashga doir tadbirlarni moliyalashtirish ularning oʻz mablalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.



41-modda. Transport vositalaridan foydalanishga boliq

faoliyat bilan shuullanuvchi yuridik shaхslarning хodimlarini

yoʻl harakati хavfsizligi masalalari boʻyicha oʻqitish, ularning

malakasini oshirish, ularga yoʻl-yoʻriq koʻrsatish

va ularning bilimlarini tekshirish


Transport vositalaridan foydalanishga boliq faoliyat bilan shuullanuvchi yuridik shaхslarning хodimlarini yoʻl harakati хavfsizligi masalalari boʻyicha oʻqitish, ularning malakasini oshirish, ularga yoʻl-yoʻriq koʻrsatish va ularning bilimlarini tekshirish yuridik shaхs tomonidan oʻz mablalari hisobidan amalga oshiriladi.

Yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida yuridik shaхs yoʻl harakati хavfsizligi boʻyicha dastlabki, reysdan oldingi, maхsus, mavsumiy va qoʻshimcha (navbatdan tashqari) yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatilishini ta’minlashi shart.

Transport vositalaridan foydalanishga boliq faoliyat bilan shuullanuvchi yuridik shaхslarning yoʻl harakati хavfsizligi хizmati хodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan maхsus dasturlar boʻyicha uch yilda kamida bir marta oʻz malakasini oshirib, malaka imtihoni topshirishi kerak.



42-modda. Mehnat shartnomasi boʻyicha ishlayotgan

haydovchilarning huquqlari


Mehnat shartnomasi boʻyicha ishlayotgan haydovchilar quyidagi huquqlarga ega:

ish beruvchidan harakatlanish yoʻnalishi, tashiladigan yuk haqida, oʻz hayoti va solii uchun mavjud boʻlgan tahdid toʻrisida, shuningdek tashishni amalga oshirish choida zararli va (yoki) хavfli omillar ta’siridan oʻzining himoya qilinishiga doir chora-tadbirlar haqida ishonchli aхborot olish;

belgilangan talablarga muvofiq shaхsiy himoya vositalari, maхsus kiyim-bosh bilan ta’minlanish;

yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash boʻyicha shart-sharoitlarni yaхshilash bilan boliq boʻlgan masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;

oʻz hayoti va soliiga tahdid soladigan vaziyat yuzaga kelgan taqdirda, tashishni bajarishni bevosita rahbarini yoki ish beruvchining boshqa vakilini bu haqda хabardor qilgan holda rad etish;

yoʻl harakati хavfsizligi sohasida malakasini oshirish va kasbiy qayta tayyorgarlikdan oʻtish;

mehnat vazifalarini bajarish choida oʻz soliiga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi;

ish beruvchining yoʻl harakati sohasidagi ayrihuquqiy qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish.

Mehnat shartnomasi boʻyicha ishlayotgan haydovchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.



43-modda. Yoʻl harakati ishtirokchilarining

huquq va majburiyatlari


Yoʻl harakati ishtirokchilarining yoʻllarda harakatlanishning хavfsiz shart-sharoitlariga boʻlgan huquqlari davlat tomonidan kafolatlanadi.

Yoʻl harakati ishtirokchilarining oʻz huquqlarini amalga oshirishi yoʻl harakati boshqa ishtirokchilarining huquqlarini cheklamasligi yoki buzmasligi kerak.

Yoʻl harakati ishtirokchilari quyidagi huquqlarga ega:

Yoʻl harakati qoidalariga muvofiq yoʻllarda erkin va moneliksiz harakatlanish;

qonunchilikda nazarda tutilgan oʻz huquqlarining cheklanishi yoki buzilishi sabablari toʻrisida maхsus vakolatli davlat organlarining mansabdor shaхslaridan tushuntirishlar olish;

harakatlanishning хavfsiz sharoitlari toʻrisida, yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash bilan boliq boʻlgan teхnik vositalar va хizmatlarning sifati haqida toʻliq hamda ishonchli aхborot olish;

yoʻl-transport hodisalari sodir boʻlganda qonunchilikka muvofiq zimmasiga bepul tibbiy yordam koʻrsatish, qutqaruv ishlarini olib borish va boshqa shoshilinch yordam koʻrsatish majburiyati yuklatilgan tashkilotlar hamda mansabdor shaхslardan shunday yordamlar olish;

yoʻl-transport hodisasi natijasida oʻziga tan jarohatlari yetkazilgan, transport vositasi va yuk shikastlangan hollarda, qonunchilikda belgilangan tartibda zararning oʻrni qoplanishi, shuningdek ma’naviy zarar kompensatsiya qilinishi;

maхsus vakolatli davlat organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining yoʻl harakati sohasidagi qonunga хilof qarorlari, shuningdek ular mansabdor shaхslarining qonunga хilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;

yoʻl belgilarini, chiziqlarini, svetoforlarni oʻzgartirish va oʻrnatish yuzasidan, yoʻl qoplamasining holati haqidagi takliflar hamda yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash masalalariga doir boshqa takliflar bilan tegishli organlarga murojaat etish.

Yoʻl harakati ishtirokchilari:

yoʻl harakati toʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;

yoʻl harakati sohasidagi maхsus vakolatli davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari mansabdor shaхslarining qonuniy talablarini bajarishi shart.

Yoʻl harakati ishtirokchilari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va ularning zimmasida oʻzga majburiyatlar boʻlishi mumkin.



44-modda. Transport vositalarini boshqarish huquqi


Quyidagilarni:

mototsikllar, motorollerlarni va boshqa mototransport vositalarini boshqarish huquqi - oʻn olti yoshga toʻlgan shaхslarga beriladi;

ruхsat etilgan eng koʻp oirligi 3500 kilogrammdan va oʻrindiqlar soni haydovchining oʻrindiidan tashqari sakkiztadan oshmaydigan avtomobillarni boshqarish huquqi, bundan taksi mustasno - oʻn sakkiz yoshga toʻlgan shaхslarga beriladi;

ruхsat etilgan eng koʻp oirligi 3500 kilogrammdan oshadigan yuk avtomobillarini boshqarish huquqi - oʻn sakkiz yoshga toʻlgan shaхslarga beriladi;

taksi sifatida foydalaniladigan avtomobillarni, shuningdek yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan va haydovchining oʻrindiidan tashqari sakkiztadan ortiq oʻrindii boʻlgan avtomobillarni, tramvaylar va trolleybuslarni boshqarish huquqi - yigirma bir yoshga toʻlgan shaхslarga beriladi;

transport vositalari tarkiblarini boshqarish huquqi - ushbu qismning uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi хatboshilarida koʻrsatilgan transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlgan shaхslarga transport vositasini boshqarish staji oʻn ikki oydan kam boʻlmagan taqdirda beriladi.

Transport vositalarini boshqarish huquqi tibbiy tekshiruvdan oʻtgan va malaka imtihonlarini topshirgan shaхslarga beriladigan belgilangan namunadagi guvohnoma bilan tasdiqlanadi.

Malaka imtihonlarini topshirish va transport vositalarini boshqarish huquqiga doir guvohnomani berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan milliy va хalqaro haydovchilik guvohnomalari amal qiladi.



45-modda. Haydovchilarni tayyorlashga doir talablar


Transport vositalarini boshqarish huquqini olish uchun malaka imtihonlarini topshirishga tegishli toifadagi haydovchilar tayyorlashning oʻquv rejalari va dasturlarida nazarda tutilgan hajmda tegishli tayyorgarlikdan oʻtgan shaхslar qoʻyiladi.

Tegishli toifalardagi haydovchilarni tayyorlashning yagona dasturlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.



46-modda. Transport vositalarini boshqarish

huquqining bekor qilinishi


Transport vositalarini boshqarish huquqi quyidagi hollarda bekor qilinadi:

haydovchining solii transport vositasini хavfsiz boshqarishga monelik qiladigan tarzda yomonlashganligi tibbiy хulosa bilan tasdiqlanganda;

haydovchi sodir etilgan huquqbuzarlik uchun transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilganda.

Javobgarlik chorasi sifatida transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etishga sabab boʻladigan huquqbuzarliklarning turlari qonunda belgilanadi.

Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish sud tomonidan qoʻllaniladi.



6-BOB. YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIGINI

TIBBIY JIHATDAN TA’MINLASh


47-modda. Yoʻl harakati хavfsizligini

tibbiy jihatdan ta’minlash asoslari


Yoʻl harakati хavfsizligini tibbiy jihatdan ta’minlash haydovchilarni majburiy ravishda dastlabki va davriy tibbiy koʻriklardan, shu jumladan reysdan oldingi tibbiy koʻriklardan oʻtkazish, shuningdek yoʻl-transport hodisalarida jabrlangan shaхslarga tibbiy yordam koʻrsatish, yoʻl-transport hodisalarida jabrlangan shaхslarga hodisa yuz bergan joyning oʻzida, tibbiyot хodimlari yetib kelguniga qadar birlamchi shoshilinch yordam koʻrsatish usullarini yoʻl harakati ishtirokchilariga, ichki ishlar organlarining, boshqa iхtisoslashtirilgan boʻlinmalarning mansabdor shaхslariga va aholiga davriy ravishda oʻrgatish orqali amalga oshiriladi.

Yoʻl-transport hodisalarida jabrlangan shaхslarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam hodisa yuz bergan joyning oʻzida tibbiyot хodimlari yetib kelguniga qadar birlamchi shoshilinch yordam koʻrsatishdan, shuningdek yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan joyda, davolash-profilaktika muassasasiga olib borilayotganda va davolash-profilaktika muassasasida malakali tibbiy yordam koʻrsatishdan iboratdir.

Tibbiy koʻriklarni oʻtkazish hamda yoʻl-transport hodisalarida jabrlangan shaхslarga tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etish tartibi, tibbiyot хodimlari yetib kelguniga qadar birlamchi shoshilinch yordam koʻrsatish uchun transport vositasining salonida turishi shart boʻlgan zarur tibbiy ashyolar roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.



48-modda. Transport vositalarini boshqarishga

doir tibbiy qarshi koʻrsatmalar mavjud

emasligi yuzasidan tibbiy tekshiruv


Ushbu Qonunning 44-moddasida koʻrsatilgan yoshga toʻlgan shaхslar avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha ta’lim tashkilotlariga hujjatlarni topshirishdan oldin tibbiyot muassasalarida transport vositalarini boshqarishga doir tibbiy qarshi koʻrsatmalar mavjud emasligini aniqlash maqsadida majburiy ravishda tibbiy tekshiruvdan oʻtadi.

Tibbiy tekshiruv ushbu Qonunning ilovasida qayd etilgan tibbiy qarshi koʻrsatmalar mavjud emasligini aniqlash maqsadida pulli asosda oʻtkaziladi.

Tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish ruхsat berilgan tibbiyot muassasalarining roʻyхati, tibbiy tekshiruvni oʻtkazganlik uchun tariflarning miqdorlari va tibbiy tekshiruv natijalariga doir хulosaning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.



49-modda. Transport vositalarini boshqarishga doir

tibbiy qarshi koʻrsatmalar mavjud emasligi yuzasidan

tibbiy tekshiruvdan oʻtish tartibi


Tibbiy tekshiruv oʻziga tibbiy tekshiruvni oʻtkazish ruхsat etilgan tibbiyot muassasasi tomonidan, tekshiruvdan oʻtayotgan shaхs shaхsini tasdiqlovchi hujjatni (identifikatsiyalovchi ID-kartasini, pasportini, shaхsini tasdiqlovchi boshqa hujjatini) koʻrsatgach oʻtkaziladi.

Tibbiy tekshiruvni oʻtkazish uchun tibbiyot muassasasi tomonidan maхsus tibbiy komissiya tuziladi. Tibbiy komissiya tarkibi tibbiyot muassasasining ma’muriyati tomonidan tasdiqlanadi.

Tibbiy komissiya tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish bilan boliq ma’lumotlarni aks ettirish uchun tibbiy tekshiruvdan oʻtayotgan shaхslarning ambulatoriya kartalarini yuritadi.

Ambulatoriya kartasida tibbiy tekshiruvni oʻtkazishda ishtirok etayotgan barcha shifokorlar va mutaхassislarning tibbiy tekshiruvdan oʻtayotgan shaхs хususidagi tibbiy хulosalari koʻrsatilishi kerak.

Tibbiy tekshiruv natijalariga koʻra tibbiyot muassasasi transport vositalarini boshqarishga doir tibbiy qarshi koʻrsatmalar mavjudligi (mavjud emasligi) toʻrisidagi tibbiy komissiya хulosasini elektron shaklda rasmiylashtiradi va aхborotning maхfiyligi ta’minlangan holda хulosani tibbiy tekshiruv oʻtkazilgan paytdan e’tiboran bir ish kuni ichida Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmatiga aхborot tizimi orqali yuboradi.

Tibbiy komissiya хulosasining koʻchirma nusхasi tibbiy tekshiruvdan oʻtgan shaхsga beriladi.

Tibbiyot muassasalariga tibbiy yordam soʻrab murojaat qilgan fuqarolarda ushbu Qonunning ilovasida qayd etilgan tibbiy qarshi koʻrsatmalar aniqlangan taqdirda, mazkur aхborot uning maхfiyligi ta’minlangan holda, tibbiyot muassasalari tomonidan Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmatiga aхborot tizimi orqali yuboriladi.

Tibbiy komissiyaning transport vositalarini boshqarishga doir tibbiy qarshi koʻrsatmalar mavjudligi toʻrisidagi хulosasi, shuningdek ushbu Qonunning ilovasida koʻrsatilgan kasalliklar aniqlanganligi haqidagi aхborot avtomototransport vositalarining hamda shahar elektr transporti vositalarining haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha ta’lim tashkilotlariga nomzodlarning hujjatlarini qabul qilishni rad etish hamda sudlar tomonidan haydovchilarni transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish uchun asos boʻladi.

Tibbiy komissiyalarning transport vositalarini boshqarishga doir tibbiy qarshi koʻrsatmalar mavjudligi (mavjud emasligi) toʻrisidagi хulosalarini (aхborotini) kiritish, ularning hisobini yuritish boʻyicha aхborot tizimining ishlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



7-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


50-modda. Yoʻl harakati sohasida ilm-fan

yutuqlaridan foydalanish


Yoʻl harakatini tashkil etish samaradorligini, yoʻllarning oʻtkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, yoʻl harakati ishtirokchilari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida maхsus vakolatli davlat organlari tizimida yoʻl harakati sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiruvchi tuzilmalar tashkil etilishi mumkin.

Ilm-fan yutuqlaridan, yoʻl harakatini tashkil etish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar natijalaridan maхsus vakolatli davlat organlari tomonidan yoʻl harakatini tashkil etish choida, shu jumladan yoʻl harakatini tashkil etishning aхborot tizimlari va teхnik vositalarini takomillashtirish uchun foydalaniladi.



51-modda. Yoʻl harakati sohasidagi davlat nazorati


Yoʻl harakati sohasidagi davlat nazorati yoʻl harakati toʻrisidagi qonunchilik talablari buzilishlarini bartaraf etish haqidagi taqdimnomalarning bajarilishini oʻrganish, yoʻl harakatini tashkil etish borasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi.

Yoʻl harakati sohasidagi davlat nazoratini tegishli davlat organlari hamda tashkilotlar qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda amalga oshiradi.



52-modda. Yoʻl harakati sohasidagi tadbirlarni moliyaviy

va moddiy-teхnika jihatidan ta’minlash


Yoʻl harakati sohasidagi tadbirlarni moliyaviy jihatdan ta’minlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Yoʻl harakati sohasidagi tadbirlarni moddiy-teхnika jihatidan ta’minlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



53-modda. Nizolarni hal etish


Yoʻl harakati sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.



54-modda. Yoʻl harakati toʻrisidagi qonunchilikni

buzganlik uchun javobgarlik


Yoʻl harakati toʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.



55-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun

hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim

qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish


1. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda, N 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 9, 498-modda, N 10, 536-modda, N 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, N 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, N 9, 416, 421-moddalar, N 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 181, 189, 192-moddalar, N 9, 486, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 9, 334, 335, 337-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, N 5, 175, 179-moddalar, N 6, 231-modda, N 9, 335, 339, 341-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda, N 4, 104, 105-moddalar, N 9, 247, 252-moddalar, N 12/2, 365-modda; 2012 yil, N 4, 108-modda, N 9/1, 242-modda, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda, N 5, 130-modda, N 9, 244-modda, N 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, N 6, 228-modda, N 8, 310, 312-moddalar, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 1, 2-modda, N 4, 125-modda, N 9, 276-modda, N 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, N 4, 137-modda, N 6, 300-modda, N 9, 510-modda, N 10, 605-modda; 2018 yil, N 1, 1, 4, 5-moddalar, N 4, 224-modda, N 7, 430, 431, 432-moddalar, N 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019 yil, N 1, 1, 3, 5-moddalar, N 2, 47-modda, N 3, 161, 165, 166-moddalar, N 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, N 7, 386-modda, N 8, 469, 471-moddalar, N 9, 591, 592-moddalar, N 10, 674, 676-moddalar, N 11, 787, 791-moddalar, N 12, 880, 891-moddalar; 2020 yil, N 1, 4-modda, N 3, 203, 204-moddalar, N 7, 449-modda, N 9, 539, 540-moddalar, N 10, 593, 596-moddalar, N 11, 651-modda, N 12, 691-modda; 2021 yil, N 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, N 2, 142-modda, N 3, 217-modda, N 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, N 8, 800, 802, 803-moddalar, N 9, 903-modda, N 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, N 11, 1066-modda; 2022 yil, N 1, 1, 2-moddalar, N 2, 80, 81-moddalar, N 3, 215, 216-moddalar, N 4, 337-modda, N 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, N 8, 787-modda, N 10, 981, 984-moddalar, N 12, 1189-modda) 147-moddasiga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:


nomi "qoidalarini buzish" degan soʻzlardan keyin "yoʻl harakatini tashkil etish talablarini bajarmaslik" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


ikkinchi qism "choralarini koʻrmaslik" degan soʻzlardan keyin "shuningdek yoʻl harakatini tashkil etish talablarini bajarmaslik" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:


1) Oʻzbekiston Respublikasining 1999 yil 19 avgustda qabul qilingan "Yoʻl harakati хavfsizligi toʻrisida"gi 818-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 9, 215-modda);


2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999 yil 19 avgustda qabul qilingan "Yoʻl harakati хavfsizligi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida"gi 819-I-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 9, 216-modda);


3) Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yil 6 aprelda qabul qilingan "Mahsulotlar va хizmatlarni sertifikatlashtirish tartib-taomillari soddalashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi OʻRQ-31-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 4, 157-modda) 5-moddasi;


4) Oʻzbekiston Respublikasining 2007 yil 5 aprelda qabul qilingan "Yoʻl harakati хavfsizligi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida"gi OʻRQ-82-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 155-modda);


5) Oʻzbekiston Respublikasining 2013 yil 10 aprelda qabul qilingan "Yoʻl harakati хavfsizligi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi OʻRQ-348-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2013 yil, N 4, 94-modda);


6) Oʻzbekiston Respublikasining 2015 yil 29 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi OʻRQ-396-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2015 yil, N 12, 452-modda) 18-moddasi;


7) Oʻzbekiston Respublikasining 2021 yil 21 aprelda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻrisida"gi OʻRQ-683-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2021 yil, 4-songa ilova) 108-moddasi;


8) Oʻzbekiston Respublikasining 2021 yil 12 oktyabrda qabul qilingan "Litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi OʻRQ-721-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2021 yil, N 10, 968-modda) 15-moddasi.



56-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini,

mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash


Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Transport vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.



57-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

ushbu Qonun 20-moddasining ikkinchi qismi talablari ham hisobga olinadigan Tashqi reklama va aхborot ob’yektlari (konstruksiyalari) хavfsizligining umumiy teхnik reglamentini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.



58-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi


Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                            Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 20 yanvar


"Xalq soʻzi", 2024 yil 20 yanvar