Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.01.2024 y. 32-son "Botir Zokirov nomidagi milliy estrada mukofotini ta’sis etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

18.01.2024 y.

N 32




BOTIR ZOKIROV NOMIDAGI MILLIY ESTRADA

MUKOFOTINI TA’SIS ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston - 2030" strategiyasini 2023 yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2023 yil 11 sentyabrdagi PQ-300-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, milliy estrada sohasini yan ada rivojlantirish, estrada yoʻnalishida faoliyat olib borayotgan хonandalarni qoʻllab-quvvatlash, yosh iste’dodlarni izlab topish va munosib rabatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston - 2030" strategiyasini 2023 yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2023 yil 11 sentyabrdagi PQ-300-son qarorida Botir Zokirov nomidagi milliy estrada mukofotini ta’sis etish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Estrada yoʻnalishida faoliyat olib borayotgan iste’dodli yosh хonandalar uchun Botir Zokirov nomidagi milliy estrada mukofoti ta’sis etilsin.


3. Quyidagilar:

Botir Zokirov nomidagi milliy estrada mukofotiga taqdim etilgan nomzodlarni koʻrib chiqish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda - Tashkiliy qoʻmita) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;

Botir Zokirov nomidagi milliy estrada mukofoti toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Belgilab qoʻyilsinki:

a) Botir Zokirov nomidagi milliy estrada mukofoti (keyingi oʻrinlarda - mukofot) estrada yoʻnalishida nom qozongan ijodkorlarning hayoti va ijodini oʻrganish, ularning asarlarini ijro qilish, shu asosda yangi asarlar yaratish kabi jarayonlarda yuqori natijalarga erishgan ijodkorlar, shu jumladan, oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan yoshlarga tanlov asosida beriladi;

b) mukofot uchun tanlovni yuqori saviyada oʻtkazishga Madaniyat vazirligi - mas’ul tashkilot, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi - hamkor tashkilotlar hisoblanadi;

v) mukofot bilan taqdirlash har yili Botir Zokirov tavallud topgan sana - 26 aprelda "Xotira kechasi" tadbirlari doirasida amalga oshiriladi.


5. Madaniyat vazirligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda Botir Zokirov nomidagi milliy estrada mukofoti bilan taqdirlash dasturini har yili 1 aprelga qadar ishlab chiqib, tasdiqlasin hamda tadbirlarning yuqori saviyada tashkil etilishini ta’minlasin.


6. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi uch oy muddatda Madaniyat vazirligi buyurtmasiga binoan shartnoma asosida mukofot statuetkasi eskizi loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Tashkiliy qoʻmitaga kiritsin.


7. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligiga mazkur qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ommaviy aхborot vositalari orqali keng yoritib borish tavsiya etilsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                            A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2024 yil 18 yanvardagi

32-son qaroriga

1-ILOVA



Botir Zokirov nomidagi milliy estrada

mukofotiga taqdim etilgan nomzodlarni

koʻrib chiqish boʻyicha tashkiliy qoʻmita

TARKIBI

1. O. Nazarbekov

-

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri, Oʻzbekiston хalq artisti, Tashkiliy qoʻmita raisi


2. R. Abdullayev

-

Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi san’at arbobi


3. S. Saidov

-

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston хalq shoiri


4. A. Nuridinov

-

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi, Oʻzbekiston хalq rassomi


5. F. Zokirov

-

Estrada хonandasi, Oʻzbekiston хalq artisti


6. N. Abdullayeva

-

Estrada хonandasi, Oʻzbekiston хalq artisti


7. G. Yakubov

-

Estrada хonandasi, Oʻzbekiston хalq artisti


8. J. Piyazov

-

Estrada хonandasi, Oʻzbekiston хalq artisti


9. M. Toirov

-

Oʻzbekiston хalq shoiri


10. D. Omonullayeva

-

Oʻzbekiston Respublikasi san’at arbobi, bastakor


11. K. Oʻrinboyev

-

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi rektori, Oʻzbekistonda хizmat koʻrsatgan artist


12. A. Mansurov

-

Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti rektori, Oʻzbekistonda хizmat koʻrsatgan madaniyat хodimi


13. Sh. Toхtasimov

-

Oʻzbekiston davlat хoreografiya akademiyasi rektori


14. A. Mullaхonov

-

Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri direktori, Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan artist


15. T. Qoʻziyev

-

Sozanda, Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan artist


16. B. Abdulpattayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlimi boshlii


17. S. Erdanov

-

"Oʻzbekkonsert" davlat muassasasi direktor oʻrinbosari, Tashkiliy qoʻmita mas’ul kotibi


     

Izoh. Tashkiliy qoʻmita a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, ularning oʻrniga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yosh zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan хodimlar kiritiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 19 yanvar