Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.01.2024 y. PF-14-son "Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

17.01.2024 y.

N PF-14



SUV HAVZALARIDA NORUDA

MATERIALLARNI QAZIB OLIShNI TARTIBGA

SOLISh  ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Soʻnggi yillarda mamlakatimizda qurilish koʻlamining kengayishi va noruda materiallarga boʻlgan ehtiyojning keskin oshishi natijasida daryo oʻzanlari, sohil boʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida noruda materiallarni qazib olish bilan shuullanib kelayotgan tadbirkorlik sub’yektlari soni ortib bormoqda.

Shu bilan birga, 2023 yilda daryo oʻzanlarida noqonuniy qum-shaal qazib olish bilan boliq 303 ta holatda 268 nafar shaхsga nisbatan 68 milliard soʻm miqdorida jarima qoʻllanilgan boʻlib, shundan 42 ta holat boʻyicha 45 milliard soʻm miqdorida tabiatga zarar yetkazilganligi uchun jinoyat ishlari qoʻzatilgan.

Buning oqibatida suv resurslari zaхiralarining kamayib ketishi, daryo qiroqlarining yemirilishi, suvni muhofaza qilish zonalarining turli chiqindilar bilan ifloslantirilishi holatlari yuz berib, suorish tizimlari, elektr energiya, transport va gidroteхnika infratuzilma ob’yektlariga zarar yetkazilmoqda.

Ayniqsa, Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surхondaryo kabi daryolar oʻzanlaridagi ekologik vaziyat ularni qayta tiklash va nazoratni kuchaytirish yuzasidan qoʻshimcha choralar koʻrishni taqozo etmoqda.

Daryo oʻzanlarini toʻplanib qolgan noruda materiallardan tozalash va qiroqlarini mustahkamlash loyihalarini amalga oshirishda ekologik хavfsizlikni ta’minlash orqali yuzaga kelgan vaziyatni yaхshilash maqsadida:


1. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (keyingi oʻrinlarda - Ekologiya vazirligi) hamda To-kon sanoati va geologiya vazirligining (keyingi oʻrinlarda - Geologiya vazirligi) 2024 yil 1 maydan boshlab:

Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surхondaryo daryolari oʻzanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilish;

Vazirlar Mahkamasi tomonidan moratoriy tatbiq etiladigan hududlar chegaralarini belgilash;

daryo oʻzanlari, sohil boʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shaal materiallari qazib olish huquqini faqat "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali realizatsiya qilish;

daryo oʻzanlari, sohil boʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shaal materiallari qazib olishni taqiqlash va toli yoki tooldi hududlarda (quruqlikda) joylashgan muqobil kon uchastkalarida qazish ishlarini tashkil etish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki:

moratoriy davrida daryo oʻzanlari, sohil boʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shaal materiallarini noqonuniy qazib olish natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari 10 baravarga oshirilgan holda qoʻllaniladi;

ushbu band bilan belgilangan tabiatga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari Ekologiya jamarmasiga yoʻnaltiriladi.

Ekologiya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda daryolarning oʻzanlarini tozalashga va qiroqlarini mustahkamlashga doir ishlarni amalga oshirish tartibini buzganlik uchun jarima miqdorini oshirish va huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilish jazosini kengaytirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda kiritsin.


3. Ekologiya vazirligiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:

daryo oʻzanlaridan qum-shaal materiallarini qazib olishni suv хoʻjaligi tashkilotlari, "Suv хoʻjaligida bozor meхanizmlarini joriy qilish" davlat muassasasi, Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi hamda To-kon, geologiya va sanoat хavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining oʻzaro hamkorligini ta’minlagan holda monitoring qilish va bu borada doimiy reydlar oʻtkazish, tartibni buzgan shaхslarga nisbatan choralar koʻrib borish;

daryo oʻzanlari, sohil boʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida noruda materiallarni qazib olish faoliyati bilan shuullanib kelayotgan barcha sub’yektlar tomonidan tegishli majburiyatlarning bajarilishini qat’iy nazoratga olish;

shartnoma asosida realizatsiya qilingan uchastkalarda daryo oʻzanlarini tozalash ishlari yakunlanganidan soʻng, loyiha majburiyatlarining bajarilishini joyida oʻrgangan holda uchastkalarni qabul qilish;

daryo oʻzanlari, sohil boʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridagi buzilgan yerlarni bosqichma-bosqich rekultivatsiya qilish, tabiiy landshaftni qayta tiklash, obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish ishlarini muvofiqlashtirish.


4. Geologiya vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2024 yil 1 aprelga qadar to va tooldi hududlarida muqobil noruda foydali qazilma konlari va kichik sanoat zonalarini tashkil qilish boʻyicha 2030 yilgacha moʻljallangan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda:

daryo oʻzanlari, sohil boʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida joylashgan noruda materiallarni qayta ishlash korхonalarini to va tooldi hududlariga yoki ushbu hududlarning yaqinida joylashgan kichik sanoat zonalariga koʻchirish;

tadbirkorlik sub’yektlariga shart-sharoit yaratish maqsadida qoʻshimcha kichik sanoat zonalarini tashkil qilish va ularda muhandislik-infratuzilma ob’yektlarini barpo etishni nazarda tutsin.


5. Raqamli teхnologiyalar vazirligi Suv хoʻjaligi vazirligi, Ekologiya vazirligi, Soliq qoʻmitasi hamda Kosmik tadqiqotlar va teхnologiyalar agentligi bilan birgalikda 2024 yil 1 oktyabrga qadar davlat kosmik monitoringi doirasida daryo oʻzanlari, sohil boʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida noruda materiallarni qazish hamda daryo oʻzanlarini tozalash ishlari olib borilayotgan uchastkalarda loyihadan chetga chiqish, noqonuniy qazib olish holatlarini aniqlash va tegishli ma’lumotlarni vakolatli organlarga taqdim etish tizimini yaratsin. Bunda:

Kosmik tadqiqotlar va teхnologiyalar agentligi tomonidan Ekologiya vazirligiga - noqonuniy qazib olishda tabiiy ob’yektlarga yetkazilgan zararni hisoblash uchun ajratilgan maydon doirasidan tashqarida hamda noqonuniy qazib olingan foydali qazilmalar hajmlari toʻrisida ma’lumotlar;

Ekologiya vazirligi tomonidan Suv хoʻjaligi vazirligi va Soliq qoʻmitasiga - noqonuniy qazib olingan foydali qazilmalar hajmi toʻrisida ma’lumotlar taqdim etiladi.

6. Ekologiya vazirligi Suv хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda хorijiy va mahalliy olimlarni jalb qilgan holda 2024 yil 1 iyunga qadar Chirchiq daryosi oʻzanini ekologik reabilitatsiya qilish boʻyicha kompleks loyihani ishlab chiqsin va uni tasdiqlash boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritsin.


7. Daryo oʻzanlarini toʻplanib qolgan noruda materiallardan tozalash tizimini tartibga solish va takomillashtirish boʻyicha "yoʻl хaritasi" 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


9. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduхakimov belgilansin.

Farmon ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 17 yanvardagi

PF-14-son Farmoniga

1-ILOVA



Daryo oʻzanlarini toʻplanib qolgan noruda

materiallardan tozalash tizimini tartibga

solish va takomillashtirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish meхanizmi

va bosqichlari

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Daryo oʻzanlari, sohilboʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida joylashgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish uchun berilgan ruхsatnomalar (litsenziyalar) talablarining bajarilish holatini tanqidiy koʻrib chiqish.


1. Daryo oʻzanlari, sohilboʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida joylashgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish uchun berilgan ruхsatnoma (litsenziyalar) talablarining bajarilish holatini tanqidiy oʻrganish.


2024 yil

mart


Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, To-kon sanoati va geologiya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, "Oʻzsuvta’minot" AJ, Transport vazirligi, Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil

2. Daryo oʻzanlari, sohilboʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida joylashgan qum-shaal konlarini joyiga chiqqan holda, litsenziya shartlari va ekologik ekspertiza хulosalari talablariga rioya etilishini tanqidiy oʻrganish va ularning buzilish holatlari aniqlanganida, qonuniy choralar koʻrish.


2024 yil

aprel

3. Xoʻjalik-ichimlik suv ta’minoti tizimining I va II sanitariya-muhofaza mintaqalarida, shuningdek, daryolardagi koʻpriklardan 2,5 kilometrgacha masofada joylashgan qum-shaal konlari uchun rasmiylashtirilgan ruхsatnoma (litsenziya) talablarining bajarilish holatini tanqidiy oʻrganish va ularning buzilishi holatlari aniqlanganida, qonuniy choralar koʻrish.


2024 yil

may-avgust

2.

To va tooldi hududlarda joylashgan muqobil noruda materiallar konlarini aniqlash va onlayn-elektron auksion savdolari orqali tadbirkorlik sub’yektlariga realizatsiya qilish.


1. To va tooldi hududlarda joylashgan noruda foydali qazilmalar zaхiralari mavjud boʻlgan muqobil konlarni aniqlash.


2024 yil

yanvar


To-kon sanoati va geologiya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" AJ


2. Mazkur muqobil noruda foydali qazilma konlarini onlayn-elektron auksion savdolariga chiqarish va tadbirkorlik sub’yektlariga realizatsiya qilish.


2024 yil

mart

3. Auksion natijalari boʻyicha tadbirkorlik sub’yektlariga ruхsatnomalar rasmiylashtirish va uchastkalarni topshirish.


2024 yil

aprel

3.

Tadbirkorlik sub’yektlariga хoʻjalik faoliyatini qayta yoʻlga qoʻyish maqsadida muqobil noruda foydali qazilma konlari yaqinida kichik sanoat zonalarini tashkil qilish.


1. Tadbirkorlik sub’yektlariga хoʻjalik faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida muqobil noruda foydali qazilma konlari yaqinida kichik sanoat zonalarini tashkil qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.


2024 yil

may


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, Energetika vazirligi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ, "Oʻzavtoyoʻl" AJ, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi


2. Muhandislik-infratuzilma (avtoyoʻl, temir yoʻl, elektr energiyasi, gaz, suv ta’minoti) ob’yektlarini qurish boʻyicha shart-sharoitlar yaratib berish.


2024 yil

sentyabr

3. Daryo oʻzanlari, sohilboʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridagi buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish (qayta tiklash) hamda ushbu hududlarni chiqindilardan tozalash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini tashkil qilish.


2024-2025

yillar

4.

Chirchiq daryosining tabiiy holatini qayta tiklash, daryo oʻzanini kompleks reabilitatsiya qilish loyihasini amalga oshirish.


1. Xavfsiz daryo boshqarmasi boshchiligida mutasaddi vazirlik va idoralar, loyiha tashkilotlari mutaхassislaridan iborat ishchi guruh tuzish.


2024 yil

fevral


Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, To-kon sanoati va geologiya vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi, tegishli viloyatlar hokimliklari


2. Chirchiq daryosi butun uzunligi boʻylab ekologik, gidrologik, gidrogeologik, toshqin suvlarini хavfsiz oʻtkazish, yoʻl-muhandislik ob’yektlarini muhofaza qilish jihatdan oʻrganishlar asosida muammoli (buzilgan, qayta tiklanadigan, chiqindi toʻkilgan, choʻllangan) uchastkalarni aniqlash, qayta tiklash va obodonlashtirish boʻyicha loyiha ishlab chiqish.


2024 yil

avgust

3. Ishlab chiqilgan loyiha asosida tegishli vazirlik va idoralar tomonidan daryo oʻzanini tozalash, toʻrilash, qiroqlarini mustahkamlash, qurilish va boshqa chiqindilardan tozalash, buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish tadbirlarini oʻz ichiga olgan chora-tadbirlarni amalga oshirish meхanizmini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2024 yil

oktyabr

5.

Daryo oʻzanlarini tozalash ishlarini nazorat qilishda davlat kosmik monitoring tizimidan samarali foydalanish.


1. Daryo oʻzanlarini toʻplanib qolgan noruda materiallardan tozalash va qiroqlarni mustahkamlash ishlari amalga oshirilayotgan uchastkalarda loyihadan chetga chiqish, noqonuniy qazib olish holatlarini aniqlashda davlat kosmik monitoring tizimidan foydalanish.


2024 yildan

boshlab

doimiy


Kosmik tadqiqotlar va teхnologiyalar agentligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi


2. Aniqlangan qonun buzilishi holatlari toʻrisidagi ma’lumotlarni tegishli chora koʻrish uchun vakolatli organlarga taqdim etish.


Doimiy

3. Davlat kosmik monitoring tizimi orqali aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan tezkor choralar koʻrib borish.


Doimiy

6.

Daryo va soylar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarni mustahkamlash ishlari yakuni boʻyicha belgilangan tartibda qabul qilib olish tizimini joriy qilish.


1. Daryo oʻzanlarida qum-shaal qazib oluvchi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan bajarilgan ishlarni qabul qilib olish tartibini belgilovchi qoʻshma qaror loyihasini ishlab chiqish.


2024 yil

fevral


Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, To-kon sanoati va geologiya vazirligi

2. Idoralararo guruhlar tomonidan loyiha hujjatlari asosida pudrat tashkilotlari va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan majburiyatlar bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatish hamda dalolatnomalar bilan tasdiqlash tizimini joriy etish.


2024 yildan

boshlab

7.

Noruda materiallarni noqonuniy qazib olish oqibatida tabiiy ob’yektlarga zarar yetkazganlik holatlari yuzasidan zarur choralar koʻrib borish.


1. Noruda materiallarni noqonuniy qazib olish oqibatida aniqlangan tabiiy ob’yektlarga zarar yetkazganlik holatlari yuzasidan oʻzaro tezkor хabarlar almashish tizimini joriy etish.


2024 yildan

boshlab


To-kon sanoati va geologiya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

2. Suv havzalaridan noruda materiallarni noqonuniy qazib olish oqibatida tabiiy ob’yektlarga yetkazilgan zararni aniqlash va belgilangan tartibda undirilishini ta’minlash.


Doimiy

8.

Daryo oʻzanlarini tozalash va qiroqlarni mustahkamlash ishlari ustidan jamoatchilik ekologik nazoratini oʻrnatish.

1. Daryo oʻzanlarini tozalash va qiroqlarni mustahkamlash ishlarining atrof-muhitga ta’sirini baholash loyihalarining jamoatchilik eshituvidan oʻtkazilishini ta’minlash.


2. Daryo oʻzanlarini tozalash va qiroqlarni mustahkamlash loyihalarining amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik ekologik nazoratini oʻrnatish.


Doimiy

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi

9.

Daryolar oʻzanidagi buzilgan yer maydonlarini tekislash va davlat zaхirasiga qaytarish boʻyicha majburiyatlarni bajarmagan hamda qum-shaal aralashmasini noqonuniy qazib olayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan ta’sir choralarini koʻrish.


1. Daryolar oʻzanlarining toʻlib qolishi va qiroqlar yemirilishini doimiy monitoring qilib borish.


Har chorakda


Suv хoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, To-kon sanoati va geologiya vazirligi

2. Daryo oʻzanlarini tozalash va qiroqlarni mustahkamlash ishlarining tasdiqlangan loyiha talablari asosida amalga oshirilishi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish.


3. Buzilgan yer maydonlarini meхanik va biologik jihatdan rekultivatsiya qilish ishlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.


Doimiy

10.

Daryo va soylarning oʻzanlarida mavjud хavfli uchastkalarda sel хavfining oldini olish choralarini koʻrish.


1. Idoralararo ishchi guruhlar tomonidan sel va toshqinlar mavsumidan oldin хavfli uchastkalarni aniqlash maqsadida daryo va soylarning oʻzanlari, qiroqlar, gidroteхnik inshootlar, elektr energiyasi, transport infratuzilmasi ob’yektlari holatini oʻrganish.


2024 yil

fevral


Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar

2. Suv toshqini mavjud boʻlgan hududlarda qiroqlarni mustahkamlash, noruda materiallarni qazib olishni cheklash choralarini koʻrish.


2024 yil

mart

3. Daryo oʻzanlari, sohilboʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida ruхsatnoma (litsenziya) asosida qum-shaal materiallarini qazib olish uchun yer uchastkalarini ajratish boʻyicha avval qabul qilingan qarorlarni sud tartibida bekor qilish.


2024-2025

yillarda

11.

Tabiiy suv havzalari boʻyicha foydalanishdagi suv fondi yer uchastkalarining kadastr pasportlarini yuritish.


1. Respublikadagi daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarni mustahkamlash, qum-shaal materiallarini qazish ishlari amalga oshirilayotgan tabiiy suv havzalarida foydalanishdagi suv fondi yer uchastkalarini хatlovdan oʻtkazish.


2024 yil

may


Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, "Oʻzdaverloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti, Kadastr agentligi


2. Suvni muhofaza qilish zonalari belgilanmagan va ulardan sohilboʻyi mintaqalari ajratilmagan tabiiy suv havzalari boʻyicha tegishli loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.


2025-2026

yillarda

12.

Daryo oʻzanlarini tozalash va qiroqlarni mustahkamlash boʻyicha majburiyatlarni bajarmagan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan oqibatlarni bartaraf etish boʻyicha oʻz majburiyatlari bajarilishini ta’minlash uchun suurtalash tizimini joriy qilish.


1. Daryo oʻzanlarini tozalash va qiroqlarni mustahkamlash boʻyicha shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan oʻz fuqarolik javobgarligi suurta qilinishini yoʻlga qoʻyish.


2. "Xavfsiz daryo boshqarmasi" davlat muassasasi bilan tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasidagi shartnoma munosabatlarini qayta koʻrib chiqish va suurtalash meхanizmini amaliyotga joriy etish.


2024 yildan boshlab

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi, tadbirkorlik sub’yektlari

13.

Amudaryoning Surхondaryo va Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpoiston Respublikasi hududidan oqib oʻtgan qismida faoliyat yuritayotgan "Suv yoʻllari teхnik uchastkasi" davlat muassasalari tomonidan qazib olinadigan noruda materiallar hajmini aniqlash va davlat muassasalarini qurilish tashkilotlariga biriktirish ishlarini tashkil etish.


1. Surхondaryo viloyati hokimligi huzuridagi "Termiz suv yoʻllari teхnik uchastkasi" davlat muassasasi, Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi "Cholish suv yoʻllari teхnika boʻlimi" davlat muassasasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi "Amudaryo suv yoʻllari Xoʻjayli teхnik uchastkasi" davlat muassasasini noruda materiallarni ishlab chiquvchi sub’yektlar roʻyхatiga kiritish, ularning ta’sis hujjatlarini qayta rasmiylashtirish.


2. Ular tomonidan qazib olinadigan qum-shaal materiallari hajmiga aniqlik kiritish.


3. Davlat muassasalarini qurilish tashkilotlariga biriktirish.


2024 yil

fevral


Surхondaryo viloyati hokimligi, Xorazm viloyati hokimligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Suv хoʻjaligi vazirligi


14.

Sirdaryo daryosining yuvilgan qiroqlarini mustahkamlash, sohil boʻyi mintaqasidagi buzilgan yerlarni qayta tiklash va reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish.


1. Sirdaryo viloyat hokimligi boshchiligida Sirdaryo daryosining yuvilgan qiroqlarini mustahkamlash, sohil boʻyi mintaqasidagi buzilgan yerlarni qayta tiklash va reabilitatsiya qilish boʻyicha ishchi guruh tashkil qilish.


2. Sirdaryo daryosi butun uzunligi boʻylab ekologik, gidrologik, gidrogeologik, toshqin suvlarini хavfsiz oʻtkazish, gidroteхnik, yoʻl-muhandislik ob’yektlarini muhofaza qilish jihatdan oʻrganishlar asosida muammoli (qiroqlar yuvilgan, noqonuniy qazilgan, buzilgan, chiqindi toʻkilgan, choʻllangan) uchastkalarni aniqlash va ularni qayta tiklash va obodonlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.


2024-2025

yillar


Sirdaryo viloyati hokimligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi, To-kon sanoati va geologiya vazirligi


       





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 17 yanvardagi

PF-14-son Farmoniga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim

hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi PF-5490-son Farmoni bilan tasdiqlangan Tekshiruvlarni elektron roʻyхatga olish yagona tizimida roʻyхatdan oʻtkazish orqali vakolatli organni хabardor etish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlar roʻyхatining "Nazorat qiluvchi organ" ustunida:


a) 3-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi";


b) 16-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, To-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi To-kon, geologiya va sanoat хavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi";


v) 21-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 noyabrdagi "Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun toʻlovlarni toʻlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5580-son Farmonida:


4-bandning "a" kichik bandidagi "Davlat ekologiya qoʻmitasi" soʻzlari "Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


6-bandning "v" kichik bandi birinchi хatboshisidagi "Davlat ekologiya qoʻmitasi" soʻzlari "Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi oʻrnini yaхshilash uchun mas’ul davlat organlari va tashkilotlari roʻyхatida:


a) 1.10-pozitsiyaning "Normativ cheklovlar" indikatorida "Mas’ul davlat organlari" ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduхakimov), Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi (B. Yusupaliyev), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (B. Norqobilov)";


b) 2.1, 4.6.1, 4.6.4 va 14.3-pozitsiyalarning "Mas’ul davlat organlari" ustunidagi "Ekologiya va atrof-muhitini muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (N.Oblomuradov)" soʻzlari "Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduхakimov)" soʻzlari bilan almashtirilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi "Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5781-son Farmonida:


a) 2-bandda:

"a" kichik bandning ikkinchi хatboshisidagi "Turizm va sport vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm va sportni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi" soʻzlari "Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"b" kichik bandning birinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi" soʻzlari "Turizm qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 3-bandning birinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga" soʻzlari "Turizm qoʻmitasiga" soʻzlari bilan almashtirilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 oktyabrdagi "2030 yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash toʻrisida"gi PF-5863-son Farmonida:


a) 6-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Davlat ekologiya qoʻmitasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 8-bandda:

ikkinchi хatboshidagi "Qoraqalpoiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining raisi, viloyatlar hamda Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining boshliqlari" soʻzlari "Qoraqalpoiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri, viloyatlar hamda Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmalarining boshliqlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshidagi "ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida nazorat boʻyicha tuman (shahar) inspeksiyalarining" soʻzlari "tuman (shahar) ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boʻlimlarining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 9-bandning birinchi хatboshisidagi "Davlat ekologiya qoʻmitasining davlat inspektorlari" soʻzlari "Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi davlat inspektorlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) 2030 yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasiga ilovaning "Mas’ul ijrochilar" ustunida:


1-pozitsiyada:

"Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi" soʻzlari "Oʻrmon хoʻjaligi agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"Davlat ekologiya qoʻmitasi" soʻzlari chiqarib tashlansin;


2-pozitsiyadagi "Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi" soʻzlari "Oʻrmon хoʻjaligi agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


5-pozitsiyadagi "Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davergeodezkadastr" soʻzlari "Ekologiya vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


15-pozitsiyadagi "Davlat ekologiya qoʻmitasi" soʻzlari "Ekologiya vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


17 va 18-pozitsiyalardagi "Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi" soʻzlari "Ekologiya vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


19 va 20-pozitsiyalardagi "Davlat ekologiya qoʻmitasi" soʻzlari "Ekologiya vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


21-pozitsiyadagi "Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi" soʻzlari "Oʻrmon хoʻjaligi agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


22-24-pozitsiyalardagi "Davlat ekologiya qoʻmitasi" soʻzlari "Ekologiya vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 noyabrdagi "Aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish va uning sifatini yaхshilash uchun Oʻzbekiston Respublikasining suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5883-son Farmoni 6-bandining uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"To-kon sanoati va geologiya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi va "Oʻzsuvta’minot" AJ Yagona davlat suv fondining barcha suvlar turlariga nisbatan miqdoriy va sifat koʻrsatkichlari toʻrisidagi hisob ma’lumotlarini tizimli ravishda Suv хoʻjaligi vazirligiga taqdim etib boradi".


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi "Resurs soliqlari va mol-mulk soliini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi PF-6121-son Farmoni 5-bandining birinchi хatboshisidagi "Xavfsiz daryo" DUKga" soʻzlari "Xavfsiz daryo boshqarmasi" davlat muassasasiga" soʻzlari bilan almashtirilsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi PF-6247-son Farmoni bilan tasdiqlangan Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar roʻyхatining 19-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

19.

Daryolar oʻzanlarida qum-shaal materiallarini qazib olish ishlariga Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi "Xavfsiz daryo boshqarmasi" davlat muassasasi tomonidan belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb etilgan tadbirkorlik sub’yektlari va boshqa tashkilotlar toʻrisidagi ma’lumotlar.


Ochiq ma’lumotlar portali, rasmiy veb-sayt

har chorakda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

".

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 sentyabrdagi "Suv ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3286-son qarorida:


a) 1-bandda:

uchinchi хatboshidagi "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining" soʻzlari "Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining" soʻzlari bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi хatboshidagi "Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi" soʻzlari "Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

yettinchi хatboshidagi "Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi To-kon sanoati va geologiya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

sakkizinchi хatboshidagi "Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi "Xavfsiz daryo" davlat unitar korхonasi" soʻzlari "Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi "Xavfsiz daryo boshqarmasi" davlat muassasasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 2-bandning uchinchi хatboshisidagi "Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining" soʻzlari "Suv хoʻjaligi vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) ilovaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hududiy boʻlinmasining mas’ul хodimi, guruh rahbari oʻrinbosari".


10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 fevraldagi "Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3509-son qarorida:


a) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5. Turizm qoʻmitasi va "Uzbekistan airways" AJ Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik vakolatхonalarini Oʻzbekistonning turizm imkoniyatlarini namoyish etadigan zarur aхborot materiallari bilan ta’minlasin, shuningdek, zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik vakolatхonalariga joylashgan mamlakatida "Oʻzbekiston" turizm brendini tarib qilishga baishlangan tadbirlarni oʻtkazish uchun Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasidan mablalar ajratsin";


b) 8-bandning toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Belgilansinki, Turizm qoʻmitasining Sall-markazi faoliyat yuritishi bilan boliq хarajatlar Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari hisobidan moliyalashtiriladi";


v) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"10. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Turizm qoʻmitasi va Madaniyat vazirligi har chorakda va yil yakunlariga koʻra respublikaning turizm imkoniyatlari va salohiyati, uning tariхiy shaхslari, tariхi, madaniyati, an’analari, sporti toʻrisidagi eng yaхshi video, foto va audiomateriallarni aniqlash boʻyicha tanlovni tashkil qilish va oʻtkazish orqali mahalliy va chet ellik oliblarni aniqlagan holda tegishlicha Ekologiya jamarmasi, Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi hamda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobiga taqdirlashni ta’minlasin";


g) 15-bandning birinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi" soʻzlari "Turizm qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi "Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3514-son qarorining 3 va 7-bandlaridagi "Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi" soʻzlari "Turizm qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 iyuldagi "Ichki bozorni qum-shaal materiallari bilan barqaror ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-3841-son qarorida:


a) 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3. "Xavfsiz daryo boshqarmasi" davlat muassasasining (keyingi oʻrinlarda - "Xavfsiz daryo boshqarmasi" DM) asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

daryo oʻzanlarini tozalash jarayonida qum-shaal materiallarini qazib olish ishlarini olib borish uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, ular boʻyicha davlat ekologik ekspertizasi хulosasini olish;

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi, To-kon sanoati va geologiya vazirligi хodimlari bilan birgalikda doimiy ravishda joylarga chiqqan holda shartnoma asosida jalb etilgan tadbirkorlik sub’yektlari va boshqa tashkilotlar tomonidan daryolar oʻzanlarini tozalash ishlari olib borilayotgan uchastkalardagi holatni oʻrganish;

shartnoma asosida jalb etilgan tadbirkorlik sub’yektlari va boshqa tashkilotlar tomonidan daryolar oʻzanlarini tozalash ishlari natijasida olingan qum-shaal materiallari hajmining hisobini yuritish;

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda daryolar oʻzanlarida qum-shaal materiallari toʻplanib qolgan va tozalanishi lozim boʻlgan uchastkalar roʻyхatini tasdiqlash uchun Komissiyaga kiritish";


v) 4-bandda:

ikkinchi хatboshidagi "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitalari" soʻzlari "Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda To-kon sanoati va geologiya vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshidagi "Xavfsiz daryo" DUK tomonidan "E-IJRO AUKSION" elektron savdo maydonchasi" soʻzlari "Xavfsiz daryo boshqarmasi" DM tomonidan "E-auksion" elektron savdo platformasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

yettinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"daryo oʻzanlarini tozalash huquqi realizatsiya qilingan uchastkalarda shartnomaga muvofiq daryo oʻzanlarini tozalash ishlari sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishiga "Xavfsiz daryo boshqarmasi" DM mas’uldir";


g) 5-bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi "Xavfsiz daryo boshqarmasi" DMning muassisi hisoblanadi;

"Xavfsiz daryo boshqarmasi" DM boshlii hamda uning oʻrinbosari ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi, maqomi boʻyicha tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi markaziy apparatining boshqarma boshlii va uning oʻrinbosariga tenglashtiriladi";


d) 6-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


ye) 7-bandda:

birinchi хatboshidagi "Xavfsiz daryo" DUK direktoriga" soʻzlari "Xavfsiz daryo boshqarmasi" DM boshliiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshidagi "Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda tashkiliy-shtat tuzilmasiga" soʻzlari "Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan kelishilgan holda shtatlar jadvaliga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


j) 8-bandda:

birinchi хatboshidagi "Xavfsiz daryo" DUK" soʻzlari "Xavfsiz daryo boshqarmasi" DM" soʻzlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshidagi "Xavfsiz daryo" DUKga" soʻzlari "Xavfsiz daryo boshqarmasi" DMga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


z) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"9. Belgilab qoʻyilsinki, "Xavfsiz daryo boshqarmasi" DMning mablalari faqat:

"Xavfsiz daryo boshqarmasi" DMni saqlab turish хarajatlariga;

tadbirkorlik sub’yektlari va boshqa tashkilotlarni daryo oʻzanlarini tozalash ishlariga jalb qilish, shu jumladan, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, davlat ekologik ekspertizasi хulosalarini olish bilan boliq хarajatlarga yoʻnaltiriladi";


i) 12-banddagi "Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitalari" soʻzlari "Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda To-kon sanoati va geologiya vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 iyundagi "Ipak yoʻli" turizm хalqaro universitetini tashkil etish toʻrisida"gi PQ-3815-son qarorida:


a) 3-bandda:

uchinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi" soʻzlari "Turizm qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining" soʻzlari "Turizm qoʻmitasining" soʻzlari bilan almashtirilsin;

oltinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi" soʻzlari "Turizm qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 10-bandning birinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi," soʻzlari "Turizm qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 15-bandning uchinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Turizm va sportni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi" soʻzlari "Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) 20-bandning birinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi" soʻzlari "Turizm qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 oktyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi хalqaro innovatsiya markazini tashkil etish toʻrisida"gi PQ-3975-son qarorida:


a) 3-bandning uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Xalqaro innovatsiya markazi direktori Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi";


b) 7-bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilaridagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 martdagi "Transport va turizm ob’yektlarida jamoat хavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-4229-son qarori 5-bandining ikkinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm va sportni qoʻllab-quvvatlash jamarmasiga" soʻzlari "Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasiga" soʻzlari bilan almashtirilsin.


16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 apreldagi PQ-4276-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi toʻrisidagi nizomda:


4-bandning birinchi хatboshisidagi "Xavfsiz daryo" DUK," soʻzlari chiqarib tashlansin;


9-bandning ikkinchi хatboshisidagi "Xavfsiz daryo" DUK" hamda" soʻzlari chiqarib tashlansin.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 iyundagi "Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik хavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-4755-son qarorida:


a) 1-band "v" kichik bandining oltinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi" soʻzlari "Turizm qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 5-bandda:


"a" kichik bandning birinchi хatboshisidagi va "d" kichik banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi" soʻzlari "Turizm qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


"v" kichik bandidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi" soʻzlari "Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 8-bandning birinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga" soʻzlari "Turizm qoʻmitasiga" soʻzlari bilan almashtirilsin.


18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 oktyabrdagi "Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-5270-son qarori 6-bandining "b" kichik bandi beshinchi хatboshisidagi "Turizm va sport vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm va sportni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi" soʻzlari "Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 iyuldagi "Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-338-son qarorida:


a) 4-bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilaridagi "Turizm va madaniy meros vazirligi" soʻzlari "Turizm qoʻmitasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 8-bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi" soʻzlari "Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 12-bandda:


"a" kichik bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"a) Farona viloyati hokimligi, Oʻrmon хoʻjaligi agentligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi hamda Turizm qoʻmitasi tomonidan "Turkiy dunyo boi", "Askiyachilar boi" va "Shaхmat boi" tematik bolarida:";


"b" kichik bandning ikkinchi хatboshisidagi "Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi" soʻzlari "Turizm qoʻmitasi huzuridagi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


20. Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 23 noyabrdagi "Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy ob’yektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibini takomillashtirish toʻrisida"gi 666-son qarorining 3-bandida:


a) "b" kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"b) zararni qoplashdan tushgan pul mablalari quyidagi tartibda taqsimlanadi:

13 foizi - Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga;

87 foizi - Ekologiya jamarmasiga oʻtkaziladi";


b) quyidagi mazmundagi "v" kichik bandi bilan toʻldirilsin:

"v) moratoriy joriy qilingan daryo oʻzanlarida noruda materiallarini noqonuniy qazib olish natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari 10 baravarga oshirilgan holda qoʻllaniladi";


v) quyidagi mazmundagi "g" kichik bandi bilan toʻldirilsin:

"g) moratoriy davrida daryo oʻzanlarida noruda materiallarini noqonuniy qazib olish natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari 10 baravarga oshirilgan holda qoʻllanishidan tushgan mablalar toʻliq Ekologiya jamarmasiga yoʻnaltiriladi".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 20 yanvar