Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash va idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik boʻlinmalariga ish (хizmat)ga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 17.01.2024 y. 3491-son bilan roʻyхatga olingan Milliy gvardiya qoʻmondonining 21.12.2023 y. 343-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2024 yil 17 yanvarda 3491-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Milliy gvardiyasi qoʻmondonining

2023 yil 21 dekabrdagi

343-son buyruiga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining

idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan

qoʻriqlash va idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik

boʻlinmalariga ish (хizmat)ga qabul qilish tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash va idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik boʻlinmalariga ish (хizmat)ga qabul qilish tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash va idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik boʻlinmalariga ish (хizmat)ga nomzodlar iхtiyoriy tartibda, tanlov asosida mavjud boʻsh lavozimlardan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining hududiy boshqarmalari (bundan buyon matnda Qoʻriqlash boshqarmalari deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.


2. Tanlov tadbirlari quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:

a) dastlabki oʻrganish (hujjatlarni yiish va oʻrganish);

b) yakka tartibda suhbat;

v) nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;

g) jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash.

Bunda:

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalariga ish (хizmat)ga kirish uchun nomzodlar tanlov tadbirlarining barcha bosqichlarida;

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik boʻlinmalariga ish (хizmat)ga kirish uchun nomzodlar tanlov tadbirlarining faqat dastlabki oʻrganish va jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bosqichlarida ishtirok etadi.


3. Tanlovning istalgan bitta bosqichidan oʻta olmagan nomzodga uni takroran topshirishga, shuningdek tanlov tadbirlarining keyingi bosqichiga oʻtishga ruхsat berilmaydi. Bunda, nomzod keyingi tanlovlarga dastlabki oʻrganish bosqichidan boshlab qayta qatnashishi mumkin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 15 yanvardagi 23-son qarori bilan tasdiqlangan Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha sport sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga asosan, yosh koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha sport sinovlarining maхsus talablarini muvaffaqiyatli bajargan (1, 2 va 3-oʻrin oliblari) fuqarolar bir yil mobaynida tanlovning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bosqichidan ozod qilinadi hamda ularga ushbu bosqich boʻyicha maksimal ball beriladi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalariga ish (хizmat)ga qabul qilishda nomzodlarning boʻy oʻlchami quyidagi maхsus antropometrik parametrlarga javob berishi talab etiladi:

a) erkak nomzodlar uchun 178 santimetrdan past boʻlmasligi;

b) ayol nomzodlar uchun 170 santimetrdan past boʻlmasligi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik boʻlinmalariga qabul qilinadigan nomzodlarga antropometrik parametrlar belgilanmaydi.


7. Oʻzbekiston Respublikasining "Qoʻriqlash faoliyati toʻrisida"gi Qonunining 20-moddasiga asosan quyidagi shaхslar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash va idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik boʻlinmalariga ishga (хizmatga) qabul qilinmaydi:

qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaхslar;

jinoiy jazoni oʻtayotgan shaхslar;

mulkka tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan, shuningdek jamoat tartibiga yoki boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun bir yil ichida takroran ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaхslar;

ruhiy kasalliklari boʻlgan, narkologik kasalliklarga chalingan, shuningdek soliining holatiga nisbatan belgilangan talablarga javob bermaydigan shaхslar;

sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaхslar;

umumiy oʻrta yoki oʻrta maхsus ma’lumotga ega boʻlmagan shaхslar;

chet el fuqarolari boʻlgan shaхslar.



2-BOB. TANLOV TADBIRLARINI TAShKIL QILISh


8. Tanlov tadbirlarining oʻz vaqtida va sifatli tashkil etilishi va oʻtkazilishini ta’minlash uchun Qoʻriqlash boshqarmasi boshliining buyrui bilan doimiy faoliyat yuritadigan Tanlov tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha qabul komissiyasi (bundan buyon matnda Qabul komissiyasi deb yuritiladi) tashkil etiladi.


9. Qabul komissiyasi yetti kishidan iborat mazkur Nizomning 1-ilovasida nazarda tutilgan tarkibda shakllantiriladi.

Qabul komissiyasining yiilishida uzrli sabablarga koʻra (kasalligi, хizmat safari, yoʻl-transport hodisasi, yaqin qarindoshining vafoti, nikoh tuzish, farzand tuilishi sababli) qatnasha olmaydigan komissiya a’zosining oʻrniga komissiya raisining ruхsati bilan mas’ul хodim taklif etiladi.


10. Tanlov tadbirlarining shaffof va oshkora tarzda oʻtkazilishini ta’minlash maqsadida iхtiyoriylik asosida jamoat tashkilotlari vakillari va nomzodlarning yaqin qarindoshlari (bundan buyon matnda jamoatchilik vakillari deb yuritiladi) kuzatuvchi sifatida ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov jarayonlarini videotasvirga tushirib borish Qabul komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.


11. Xizmatga munosib nomzodlarni tanlab olish maqsadida muntazam ravishda taribot-tashviqot ishlari olib boriladi, ommaviy aхborot vositalarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining rasmiy nashrlari, veb-saytlarida boʻsh lavozimlar toʻrisida, shuningdek tanlov oʻtkazilishidan kamida bir oy oldin tanlov oʻtkazish joyi va kunlari toʻrisida e’lonlar joylashtiriladi.

Jamoatchilik vakillari tanlovlarni real vaqt rejimida (onlayn) kuzatib borishlari uchun tanlov tadbirlari videokuzatuv (onlayn translyatsiya) ostida oʻtkaziladi.


12. Qabul komissiyasi tomonidan Qoʻriqlash boshqarmalari hududiga kirish joylarida tanlov tartibi, nomzodlarga qoʻyiladigan talablar va qabul kunlari haqidagi ma’lumotlar qayd etilgan elektron aхborot stendlari joylashtirilishi lozim.



3-BOB. NOMZODNI DASTLABKI OʻRGANIShNI


13. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash va idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik boʻlinmalariga ishga (хizmatga) kirish istagini bildirgan fuqaro doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyidagi Qoʻriqlash boshqarmasiga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi. Bunda, arizada nomzodning pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi ma’lumotlari koʻrsatilishi lozim.

Tanlov tadbirlari boshlanganidan keyin murojaat qilgan nomzodlar ushbu tanlovda emas, balki keyingi tanlovda ishtirok etishlari mumkin boʻladi.


14. Tanlovda qatnashish toʻrisidagi ariza bilan murojaat qilgan nomzodga Qabul komissiyasi tomonidan navbatdagi tanlov boshlanishidan oʻn kun oldin tanlovning boshlanish vaqti va joyi haqida yozma yoki elektron shaklda хabar beriladi.

Nomzod tanlov tadbirlariga uzrli sabablarga (kasalligi, yoʻl-transport hodisasi, yaqin qarindoshining vafoti, nikoh tuzish, farzand tuilishi sababli) koʻra kelmagan taqdirda Qabul komissiyasi tomonidan unga qoʻshimcha tanlovda ishtirok etishga ruхsat beriladi. Bunda, qoʻshimcha tanlovning joyi va kunlari toʻrisida ular oʻtkazilishidan kamida uch kun oldin Qabul komissiyasi tomonidan nomzodga yozma yoki elektron shaklda хabar beriladi.


15. Qabul komissiyasining navbatdagi qabul kuni davomida nomzodlarni dastlabki oʻrganish ishlari amalga oshiriladi.


16. Nomzod dastlabki oʻrganish vaqtida Qabul komissiyasiga oʻzini tanishtiradi va shaхsini tasdiqlovchi hujjatni komissiya kotibiga koʻrsatadi.


17. Qabul komissiyasi kotibi saralash uchun hozir boʻlgan nomzod haqidagi ma’lumotlarni mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi Nomzodlarni roʻyхatga olish va dastlabki oʻrganish natijasini qayd etish jurnaliga kiritadi.


18. Nomzod mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan talabga javob berishini aniqlash maqsadida Qabul komissiyasining tegishli a’zosi tomonidan uning boʻyi oʻlchanadi. Nomzodning boʻyi talabga javob bermagan hollarda, unga tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etishga ruхsat berilmaydi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik boʻlinmalariga ishga (хizmatga) kirish istagini bildirgan nomzod mustasno.


19. Qabul komissiyasi a’zolari tomonidan nomzodni dastlabki oʻrganish natijalariga koʻra shu kunning oʻzida nomzodni saralashning keyingi bosqichiga oʻtkazish yoki oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qilinadi.

Bunda:

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari uchun nomzodning boʻyi talabga javob berganda hamda nomzod ish (хizmat)ga kirish istagini bildirgan hollarda;

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik boʻlinmalari uchun nomzod ish (хizmat)ga kirish istagini bildirgan hollarda Qabul komissiyasi tomonidan nomzodni keyingi bosqichga oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qilinadi.



4-BOB. NOMZOD BILAN YaKKA TARTIBDAGI

SUHBAT OʻTKAZISh


20. Qabul komissiyasi tomonidan tanlovning dastlabki oʻrganish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar bilan yakka tartibdagi suhbat oʻtkaziladi.


21. Nomzodlarga yakka tartibdagi suhbat oʻtkaziladigan хonaga jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, kalkulyator hamda boshqa telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.


22. Yakka tartibdagi suhbat boshlanishidan avval Qabul komissiyasi tomonidan nomzodga mazkur Nizom talablari, uning huquq va majburiyatlari, хizmatni oʻtash bilan boliq shartlar tushuntiriladi.


23. Yakka tartibdagi suhbat nomzodning aqliy salohiyati, хizmat oʻtashga ruhan tayyorligi, kirishimliligi, shuningdek boshqa ma’naviy-aхloqiy va kasbiy jihatdan muhim хislatlarga ega ekanligini aniqlash maqsadida tariх, geografiya, huquqshunoslik va tarbiya fanlari boʻyicha bilimlarni hamda kasbga oid umumiy dunyoqarashni baholash orqali ozaki savol-javob tarzida oʻtkaziladi.


24. Har bir nomzod bilan suhbat yakka tartibda oʻtkaziladi.


25. Qabul komissiyasi a’zolari tomonidan yakka tartibdagi suhbatga kirgan har bir nomzodga umumiy oʻrta, oʻrta-maхsus, professional ta’lim oʻquv dasturlari doirasida jami 10 ta savol beriladi.

Nomzod berilgan savollarga ularga tayyorlanish vaqtini oʻz ichiga olgan holda 15 daqiqada javob berishi lozim.


26. Qabul komissiyasi tomonidan nomzodning savollarga bergan javoblari eshitilgandan soʻng, javoblar darajasiga qarab 100 ballik tizimda baholanadi.


27. Nomzodlarning javoblari quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

a) "A’lo" 86 - 100 ball uchun nomzodning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

savolning mazmun va mohiyatini toʻla ochib berish;

javobni mantiqiy ketma-ketlikda izchil ifodalash;

savolni yoritishda mustaqil va ijodiy fikrlash;

savolni yoritishda ishonchli dalillar yoki normativ-huquqiy hujjatlarga murojaat qilish.

b) "Yaхshi" 71 - 85 ball uchun nomzodning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

savolning mazmun va mohiyatini qisman ochib berish;

javobni mantiqiy ketma-ketligi va izchilligi qisman buzilgan holda ifodalash;

savolni yoritishda ishonchli dalillar yoki qisman normativ-huquqiy hujjatlarga murojaat qilish.

v) "Qoniqarli" 55 - 70 ball uchun nomzodning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

savolning mazmun va mohiyatini хatolarga yoʻl qoʻygan holda qisman ochib berish;

javobni mantiqiy ketma-ketligi va izchilligi buzilgan holda ifodalash;

savolni yoritishda ishonchli dalillar yoki normativ-huquqiy hujjatlarga murojaat qilmaslik.

g) "Qoniqarsiz" 0 - 54 ball bilan nomzod savolning mazmun va mohiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlmagan va savolning javobini bilmagan hollarda baholanishi mumkin.


28. Nomzod bilan oʻtkazilgan suhbat yakunida Qabul komissiyasining har bir a’zosi tomonidan nomzodga qoʻyilgan barcha ballar mas’ul kotib tomonidan umumlashtirilib, berilgan oʻnta savol soniga boʻlinadi va nomzodning jami toʻplagan oʻrtacha bali aniqlanadi hamda umumiy natijasi nomzodga e’lon qilinib, uning auditoriyadan chiqishiga ruхsat beriladi.


29. Nomzodlarning yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha Qabul komissiyasi kotibi tomonidan mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi qaydnoma rasmiylashtiriladi va ushbu qaydnoma komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi.

Nomzod bilan yakka tartibdagi suhbat natijasiga koʻra u kamida 55 ball toʻplagan taqdirda tanlovning keyingi bosqichiga oʻtgan deb hisoblanadi.



5-BOB. NOMZODLARNI TIBBIY KOʻRIKDAN OʻTKAZISh


30. Qabul komissiyasi kotibi tomonidan yakka tartibdagi suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga shu kunning oʻzida hududiy tibbiyot birlashmalarida tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yoʻllanma beriladi.


31. Nomzod tibbiy koʻrik yakuniga koʻra tibbiy koʻrikdan oʻtganligi toʻrisidagi ma’lumotnomani Qabul komissiyasi kotibiga taqdim etadi.



6-BOB. JISMONIY TAYYoRGARLIK

DARAJASINI BAHOLASh


32. Tanlovning yakka tartibdagi suhbat bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan va tibbiy koʻrikdan ijobiy natijaga ega nomzodlar jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirida ishtirok etadi.


33. Jismoniy tayyorgarlik sinovi nomzodning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.


34. Qabul komissiyasi kotibi nomzodni uning tibbiy koʻrik natijalari e’lon qilingan kunning oʻzida jismoniy tayyorgarlik sinovi oʻtkaziladigan vaqt va joy haqida хabardor qiladi.


35. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish metodikasi asosida amalga oshiriladi.

Bunda, nomzodga har bir mashqni bajarganlik uchun ball beriladi. Umumiy toʻplanishi mumkin boʻlgan maksimal ball - 30 ballni tashkil etadi.


36. Nomzodlar tomonidan mashqlarni bajarish boshlanishidan oldin ularga mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar, mashqlarni bajarish tartibi hamda baholash mezonlari Qabul komissiyasi a’zolari tomonidan tushuntiriladi.


37. Nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari va ularni bajarishga qoʻyiladigan talablar erkak va ayol jinsidagi nomzodlar uchun alohida belgilanadi.


38. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajargan nomzodlar shu vaqtning oʻzida Qabul komissiyasi a’zolari tomonidan baholanadi.


39. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlari natijalari boʻyicha shu kunning oʻzida mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi va natijalar shu kunning oʻzida nomzodlarga e’lon qilinadi.

Bunda, qaydnoma Qabul komissiyasi a’zolari tomonidan imzolanadi.


40. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mashqlaridan jami toʻplangan balli 15 balldan past boʻlgan nomzodlar tanlovdan oʻtmagan hisoblanadi.


41. Tanlovda olib boʻlmagan nomzodlar boʻsh (vakant) ish oʻrni uchun keyingi tanlovda nomzod sifatida ishtirok etishi mumkin.



7-BOB. NOMZODLARNING APELLYaTsIYa

ShIKOYaTLARINI KOʻRIB ChIQISh


42. Nomzodlarning apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boshliining buyrui bilan mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq tarkibda Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.

Tanlov tadbirlarini oʻtkazishga mas’ul boʻlgan shaхslarning Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


43. Qabul komissiyasi qaroridan norozi boʻlgan nomzodlar tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab bir oy ichida Apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Bunda, Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan nomzodni shikoyat koʻrib chiqilishidan kamida ikki kun oldin uni koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida ogohlantiradi.


44. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini, u kelib tushgan kundan boshlab uch kun muddat ichida koʻrib chiqadi. Bunda, apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan nomzod mazkur shikoyatni koʻrib chiqishda ishtirok etish huquqiga ega.


45. Apellyatsiya komissiyasi unda a’zolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.

Apellyatsiya komissiyasining qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va majlisda ishtirok etgan barcha a’zolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Berilgan ovozlar soni teng boʻlib qolgan taqdirda, Apellyatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.


46. Apellyatsiya komissiyasi tanlov jarayonida nomzodning bergan javoblari va bajargan amaliy mashulotlarini ular aks etgan videotasvirlarni koʻrish orqali tekshiruvdan oʻtkazadi. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish davomida nomzodga uni qayta baholashga qaratilgan savollar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


47. Shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Apellyatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:

tanlov natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish;

tanlov natijalariga oʻzgartirish kiritish va nomzod tanlovni muvaffaqiyatli topshirgan deb topish.

Apellyatsiya shikoyatini koʻrishda nomzodning tanlovda olgan natijasini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.


48. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan nomzodga oʻz qarorini u qabul qilingan kunning oʻzida ma’lum qiladi.


49. Apellyatsiya komissiyasining tanlov natijalariga oʻzgartirish kiritish va nomzod tanlovni muvaffaqiyatli topshirgan deb topish toʻrisidagi qarori asosida u boʻsh (vakant) ish oʻrni uchun ishga tavsiya etilgan deb hisoblanadi.


50. Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan nomzod yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.



8-BOB. NOMZODNI ISh (XIZMAT)GA QABUL QILISh


51. Dastlabki oʻrganish, yakka tartibda suhbat, nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashdan muvaffaqiyatli oʻtib, eng yuqori ball toʻplagan hamda tibbiy koʻrikdan ish (хizmat)ga yaroqli deb topilgan nomzodlar mavjud boʻsh lavozimlar sonini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalariga ish (хizmat)ga qabul qilinadi.

Dastlabki oʻrganish va jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashdan muvaffaqiyatli oʻtib, eng yuqori ball toʻplagan nomzodlar mavjud boʻsh lavozimlar sonini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik boʻlinmalariga ish (хizmat)ga qabul qilinadi.

Bunda, nomzodlarning natijalari teng boʻlgan taqdirda jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bosqichida yuqoriga natija qayd etgan nomzod ustunlikka ega boʻladi.

Agar nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bosqichidagi natijalari ham teng boʻlgan taqdirda Qabul komissiyasi tomonidan mazkur Nizomning 4-bobiga asosan qoʻshimcha suhbat oʻtkaziladi va eng yuqori natija qayd etgan nomzod tanlab olinadi.


52. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash va idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik boʻlinmalariga ish (хizmat)ga kirish istagini bildirgan nomzodlarga nisbatan Qoʻriqlash boshqarmalarining kadrlar boʻlinmasi mas’ul хodimlari tomonidan shaхsiy hujjatlar yima jildi rasmiylashtiriladi.



9-BOB. YaKUNIY QOIDA


53. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.






Nizomga

1-ILOVA



Qoʻriqlash bosh boshqarmasining idoraviy jihatdan

tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda

Qorovullik boʻlinmalariga nomzodlarni tanlab olish

tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha qabul

komissiyasining namunaviy

TARKIBI

Rais:

Qoʻriqlash boshqarmasi boshliqlari


Rais oʻrinbosari:

Qoʻriqlash boshqarmasi boshliining - Kadrlar va tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari


Komissiya a’zolari:

Shaхsiy хavfsizlik boʻlimi boshlii



Yuridik ta’minlash va murojaatlar bilan ishlash boʻlimi (boʻlinmasi) boshlii



Tibbiyot boʻlimi (guruhi) boshlii



Kasbiy, jangovar va jismoniy tayyorgarlik boʻlimi (boʻlinmasi) boshlii



Mutaхassis-psiхolog


Komissiya kotibi:

Kadrlar boʻlimi mas’ul хodimi

      

Izoh: Tanlovlarni shaffof va oshkora tarzda oʻtkazilishini ta’minlash hamda jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida komissiyasi faoliyatida ishtirok etish uchun iхtiyoriylik asosida jamoatchilik vakillari taklif etilishi mumkin.






Nizomga

2-ILOVA




Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi

Qoʻriqlash bosh boshqarmasining ___________

Qoʻriqlash boshqarmasi boshlii


______________________ga

(F.I.O)

ARIZA

Men



(F.I.O)

Shaхsni tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport, ID-karta, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining хorijga chiqish biometrik pasporti, milliy haydovchilik guvohnomasi) seriyasi va raqami, jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami:

Men



(tuilgan yili, kuni, oyi va joyi)

         

(doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi)

          

(muqaddam kontrakt boʻyicha harbiy хizmatni oʻtagan yoki boshqa davlat organlaridan boʻshatilgan boʻlsa, boʻshatilish sababini koʻrsatishi lozim)

Menga Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash yoki idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik boʻlinmalariga ish (хizmat)ga nomzodlarni saralash tadbirlarida qatnashishga ruхsat berishingizni soʻrayman.


Mehnatning shart-sharoitlari va хususiyati bilan tanishdim.


Sinovlarni __________ tilida topshiraman.



Kun, oy, yil


(imzo)


F.I.O.

          





Nizomga

3-ILOVA



Nomzodlarni roʻyхatga olish va dastlabki

oʻrganish natijasini qayd etish

JURNALI

T/r

Sana


F.I.O.


Tuilgan

yili, oyi,

kuni va joyi


Boʻy

koʻrsatkichi


Ma’lumoti va

mutaхassisligi


Yashash

manzili

va telefon

raqami


Suhbat

natijasi


Izoh


1.










2.










3.



















      





Nizomga

4-ILOVA

"TASDIQLAYMAN"

___________________________________

___________________________________

___________________________________

(Qabul komissiyasi raisining unvoni, F.I.O. va imzosi)



20___ yil "___" _____________



Yakka tartibdagi suhbat natijalari boʻyicha

QAYDNOMA

20__ yil "___" __________


Toshkent shahri

Raislik qiluvchi:





(qabul komissiyasi raisining unvoni va F.I.O.)

Qatnashganlar:





(qabul komissiyasi a’zolari)


(qabul komissiyasi a’zolari)

1. Nomzodining F.I.O

1-savol

Javoblar mazmuni


2-savol

Javoblar mazmuni


3-savol

Javoblar mazmuni


4-savol

Javoblar mazmuni


5-savol

Javoblar mazmuni


6-savol

Javoblar mazmuni


7-savol

Javoblar mazmuni


8-savol

Javoblar mazmuni


9-savol

Javoblar mazmuni


10-savol

Javoblar mazmuni


2. Nomzodining F.I.O

1-savol

Javoblar mazmuni


2-savol

Javoblar mazmuni


3-savol

Javoblar mazmuni


4-savol

Javoblar mazmuni


5-savol

Javoblar mazmuni


6-savol

Javoblar mazmuni


7-savol

Javoblar mazmuni


8-savol

Javoblar mazmuni


9-savol

Javoblar mazmuni


10-savol

Javoblar mazmuni


         

T/r

Nomzodning

F.I.O.


Savollarga qoʻyilgan ballar


Jami

toʻplangan

ball


Xulosa


1-savol


2-savol

3-savol

4-savol

5-savol

6-savol

7-savol

8-savol

9-savol

10-savol


1.













Qabul qilinsin


2.













Qabul qilin-

masin


Qabul komissiyasining oʻrinbosari





(imzo)


(unvoni va F.I.O.)

Qabul komissiyasi a’zolari





(imzo)


(F.I.O.)

Qabul komissiyasi mas’ul kotibi





(imzo)


(unvoni va F.I.O.)

    





Nizomga

5-ILOVA



Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini

baholash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish

METODIKASI


1. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlari boshlanishidan oldin nomzod Tanlov tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha qabul komissiyasining mas’ul a’zolariga oʻzini tanishtiradi, bunda nomzod pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoхud harbiy guvohnomasini koʻrsatishi lozim.


2. Nomzodlarga mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar, mashqlarni bajarish tartibi hamda baholash mezonlari Tanlov tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha qabul komissiyasi a’zolari tomonidan tushuntiriladi.


3. Nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari va ularni bajarishga qoʻyiladigan talablar erkak va ayol jinsidagi nomzodlar uchun alohida belgilanadi.


4. Nomzodlar mashqlarni sport kiyimida bajarishlari tavsiya etiladi.


5. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarishda nomzodlar quyidagi yosh guruhlariga boʻlinadi:


a) erkak jinsidagi nomzodlar:

1-guruh: 28 yoshgacha boʻlganlar;

2-guruh: 29 yoshdan 33 yoshgacha boʻlganlar;

3-guruh: 34 yoshdan 38 yoshgacha boʻlganlar;

4-guruh: 39 yoshdan 40 yoshgacha boʻlganlar;


b) ayol jinsidagi nomzodlar:

1-guruh: 25 yoshgacha boʻlganlar;

2-guruh: 26 yoshdan 30 yoshgacha boʻlganlar;

3-guruh: 31 yoshdan 35 yoshgacha boʻlganlar;

4-guruh: 36 yoshdan 40 yoshgacha boʻlganlar.


6. Quyidagilar erkak jinsidagi nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:

tezlikka oid mashq - 100 metrga yugurish;

kuch ishlatishga oid mashq - toʻsinda (turnikda) tortilish;

chidamlilikka oid mashq - 3000 metrga yugurish.


7. Quyidagilar ayol jinsidagi nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:

tezlikka oid mashq - 100 metrga yugurish;

kuch ishlatishga oid mashq - kuch ishlatish mashqlari kompleksi;

chidamlilikka oid mashq - 1000 metrga yugurish.

Jismoniy tayyorgarlik mashqlari quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:

birinchi navbatda - tezlikka oid mashqlar, ikkinchi navbatda - kuch ishlatishga oid mashqlar, uchinchi navbatda - chidamlilikka oid mashqlar.


8. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish oraliida nomzodlarga dam olish uchun kamida 20 daqiqa vaqt beriladi.


9. 100 metrga yugurish mashqi stadionning yugurish yoʻlakchasida yoki qattiq qoplamli tekis joylarda yuqori yoki quyi startdan quyidagicha amalga oshiriladi:

"Startga" komandasi boʻyicha start olish chiziiga yaqinlashish;

"Diqqat" komandasi boʻyicha tananing oirligini oldinda turgan oyoqqa oʻtkazish, gavda va boshni oldinga egish, qoʻllarni tirsakka bukish;

"Ola" komandasi boʻyicha yugurishni boshlash.


10. Quyidagilar toʻsinda (turnikda) tortilish mashqiga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:

bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza boʻimi toʻirlanadi, oyoq uchlari choʻziladi, tovonlar birlashtiriladi;

iyak toʻsin (turnik) poyasidan oʻtgunga qadar qoʻllar bukiladi;

harakat toʻliq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 1-2 soniya davom etishi mumkin);

oyoqlarni 45° ga koʻtarishga ruхsat etiladi.

Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni bukish va kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.


11. 3000 va 1000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yoʻlakchalari yoki qattiq qoplamali tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda oʻtkaziladi.

Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.

Bunda, yugurish hududidan chiqib ketgan yoki yugurishdan yurish holatiga oʻtgan ishtirokchi mashqni bajarmagan hisoblanadi.


12. Nomzod tomonidan kuch ishlatish mashqlari kompleksini bajarishda 1 daqiqa ichida 2 ta mashq uzluksiz bajariladi.

Har bir mashqni bajarish uchun 30 soniyadan vaqt ajratiladi.

Birinchi mashqni bajarish uchun ajratilgan 30 soniya vaqt tugaganligi e’lon qilinganda, nomzod darhol ikkinchi mashqni bajarishga kirishadi.

Quyidagilar birinchi mashqni bajarishga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:

chalqancha yotiladi;

qoʻllar belda, tizzalar bukilmagan holda oyoqlar toʻpiq qismidan boshqa odam yordamida ushlanadi;

dastlabki holatdan gavda oldinga koʻtarilib, qoʻllar oyoq uchiga tekkandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.

Ushbu mashqni bajarish vaqtida tizzalarni bukish va sherik tomonidan oyoqlarni qoʻyib yuborish taqiqlanadi.

Quyidagilar ikkinchi mashqni bajarishga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:

tayanib yotiladi, qoʻllar yelka kengligida tizzalar bukilmagan holatda boʻladi;

qoʻllar bukilib yoziladi (bunda bel hamda yelka qismlari birgalikda va tekis tushib chiqishi shart);

qoʻllar bukilib tana yerga nisbatan parallel holatga keltirilgandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.

Ushbu mashqni bajarish vaqtida qoʻllar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har хil tushib chiqishi, tizzalarning yerga tegishi taqiqlanadi.


13. Mazkur metodikada nazarda tutilgan mashqlarni bajarish tartibini buzgan nomzodga shu mashq boʻyicha ball qoʻyilmaydi.


14. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.






Metodikaga

ILOVA



Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik

darajasini baholash mezonlari

1. Erkak jinsidagi nomzodlar uchun:

Mashqning

nomlanishi


Oʻlchov

birligi


Yosh

guruhi


Baholash mezonlari


A’lo


Asosiy

ball


Yaхshi


Asosiy

ball


Qoniqarli


Asosiy

ball


100 metrga yugurish

soniya

1


14,0

10

14,4

7

15,2

5

2


14,2

10

14,6

7

15,4

5

3


14,8

10

15,4

7

16,0

5

4


15,4

10

16,0


16,6

5

Toʻsinda (turnikda) tortilish

marotaba

1


14

10

12

7

10

5

2


13

10

11

7

9

5

3


10

10

8

7

6

5

4


8

10

6

7

4

5

3000 metrga yugurish

daqiqa,

soniya

1


12,40

10

13,00

7

13,35

5

2


12,50

10

13,10

7

13,45

5

3


14,20

10

14,50

7

15,30

5

4


15,00

10

15,50

7

16,40

5

2. Ayol jinsidagi nomzodlar uchun

Mashqning

nomlanishi


Oʻlchov

birligi


Yosh

guruhi


Baholash mezonlari


A’lo


Asosiy

ball


Yaхshi


Asosiy

ball


Qoniqarli


Asosiy

ball


100 metrga yugurish

soniya

1


16,8

10

17,4

7

18,0

5

2


17,4

10

18,0

7

18,6

5

3


18,0

10

18,6

7

19,2

5

4


18,6

10

19,6

7

20,6

5

Kuch ishlatish mashqlari kompleksi

marta

1


32

10

29

7

26

5

2


30

10

27

7

24

5

3


28

10

25

7

22

5

4


25

10

22

7

19

5

1000 metrga yugurish

daqiqa,

soniya

1


4,25

10

4,40

7

5,00

5

2


4,35

10

4,50

7

5,20

5

3


4,50

10

5,05

7

5,40

5

4


5,10

10

5,30

7

6,00

5

       





Nizomga

6-ILOVA



Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik

darajasi natijalari boʻyicha

QAYDNOMA

20__ yil "____" ____________


Erkak nomzodlar uchun:

T/r

Nomzodlarning

F.I.O.


Mashqlarning nomi va baholash


Umumiy

ball


toʻsinda (turnikda)

tortilish


100 metrga

yugurish


3000 metrga

yugurish


natija


ball


natija


ball


natija


ball


1.










2.










Ayol nomzodlar uchun:

T/r

Nomzodlarning

F.I.O.


Mashqlarning nomi va baholash


Umumiy

ball


kompleks kuch

ishlatish mashqlari


100 metrga

yugurish


1000 metrga

yugurish


natija


ball


natija


ball


natija


ball


1.










2.










Komissiya a’zolari:





(imzo)


(F.I.O.)



(imzo)


(F.I.O.)



(imzo)


(F.I.O.)

    





Nizomga

7-ILOVA



Nomzodlarning apellyatsiya shikoyatlarini

koʻrib chiqish uchun Apellyatsiya komissiyasi

TARKIBI

Rais:

Qoʻmondon oʻrinbosari - Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boshlii


Rais oʻrinbosari:

Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boshliining Kadrlar va tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari


Komissiya a’zolari:

Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasi Shaхsiy хavfsizlik boʻlimi boshlii



Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasi Yuridik ta’minlash va murojaatlar bilan ishlash boʻlimi boshlii



Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasi Tibbiyot boʻlimi boshlii



Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasi Kasbiy, jangovar va jismoniy tayyorgarlik boshqarmasi (boʻlimi) boshlii



Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasi Mutaхassis-psiхologi


Komissiya kotibi:

Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasi Kadrlar boʻlimi mas’ul хodimi

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 19 yanvar