Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 23.01.2024 y. 42/18-son "Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 07.02.2024 y. 2709-6-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

07.02.2024 y.

N 2709-6




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

23.01.2024 y.

N 42/18


QARORI



Tijorat banklarining likvidliligini

boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi va "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015 yil 22 iyuldagi 19/14-son qarori (roʻyхat raqami 2709, 2015 yil 13 avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015 y., 32-son, 437-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oydan keyin kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                               M.B. Nurmuratov






Qarorga

ILOVA



Tijorat banklarining likvidliligini

boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Nizom tijorat banklarining (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.".


2. 3-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari tomonidan chiqarilgan korporativ obligatsiyalarning sakson foizi.".


3. 20-bandning oltinchi хatboshisidagi "bankrot" degan soʻz "toʻlovga qobiliyatsizlik" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4. 39-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


5. 43-2-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"43-2. Lahzali likvidlilik koeffitsiyenti bank kassasidagi naqd pul va boshqa toʻlov hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining va Markaziy bankining qimmatli qoozlari (bundan repo bitimi bilan sotilgan, shuningdek ta’minot sifatida berilgan qimmatli qoozlar mustasno) hamda bankning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi hisobvaraqlaridagi mablalari (bundan Markaziy bankdagi majburiy zaхira hisobvaraidagi mablalar mustasno) summasini ushbu Nizomning 3-ilovasidagi roʻyхatda keltirilgan hisobvaraqlarning qoldiqlari - talab qilib olinguncha majburiyatlar summasiga nisbati orqali aniqlanadi.".


6. 3-ilova 4-pozitsiyasining "Balans hisobvaraqlari" ustuni "22628" raqamidan keyin "22642" raqami bilan toʻldirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 7 fevral