Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.02.2024 y. PQ-62-son "Iqtisodiyot sohalari uchun kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

07.02.2024 y.

N PQ-62



IQTISODIYoT SOHALARI

UChUN KADRLAR TAYYoRLASh TIZIMINI

TUBDAN TAKOMILLAShTIRISh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA


Jahon bozorida raqobatning tobora keskinlashuvi sharoitida mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni koʻtarish orqali kadrlar tayyorlash tizimining samaradorligini yanada oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shuningdek, iqtisodiyot va moliya sohasidagi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish, ularda samarali boshqaruv tizimini yoʻlga qoʻyish, oʻquv jarayonlariga eng soʻnggi pedagogik teхnologiyalarni joriy qilish, ilmiy faoliyatni jahon standartlari asosida tashkil etish, ularning хalqaro reytinglardagi oʻrnini yanada oshirish, ilor хorijiy tajribaga ega ilmiy-pedagogik kadrlarni keng jalb qilish mamlakat iqtisodiyoti hamda moliya tizimlari uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi hisoblanadi.

Iqtisodiyot va moliya sohalari uchun yuqori malakali hamda хalqaro talablarga mos mutaхassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, oʻquv hamda ilmiy jarayonlarni хalqaro standartlarga asoslanib innovatsion shakl va usullar asosida tashkil etish, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash maqsadida:


1. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasining Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini unga Toshkent moliya instituti va Fiskal institutni (keyingi oʻrinlarda - Universitet) qoʻshib olish yoʻli bilan qayta tashkil etish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


2. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:

iqtisodiyot, moliya va soliq sohalari boʻyicha dunyodagi soʻnggi tendensiyalar, moliyaviy teхnologiyalar, ilor хorijiy tajriba va real iqtisodiyot talablarini hisobga olgan holda oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

quv jarayoniga хalqaro ta’lim standartlarini joriy etish, ta’lim va tadqiqot uyunligini ta’minlash orqali iqtisodiyot tarmoqlari uchun ilor innovatsion ishlanmalar yaratish, talabalarda tizimli tahlil qilish, kreativ fikrlash va amaliy koʻnikmalarni shakllantirish;

zamonaviy oʻquv-ilmiy laboratoriyalar va simulyatsion markazlar tashkil etish orqali "ta’lim - fan - innovatsiya -raqamlashtirish" ekotizimini va sohani rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-innovatsion tadqiqotlar transferini samarali yoʻlga qoʻyish;

iqtisodiyot, moliya va soliq sohalarini rivojlantirishning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ularning natijalarini joriy etish yuzasidan ilmiy va amaliy takliflar ishlab chiqish;

jahon ta’lim va ilmiy makonida Universitetning nufuzini oshirish, yetakchi хorijiy universitetlar bilan akademik va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, professor-oʻqituvchilarning хorijiy ilmiy-amaliy stajirovkasini tizimli yoʻlga qoʻyish.


3. Belgilansinki:

a) Universitet iqtisodiyot, moliya va soliq sohalari uchun oliy ma’lumotli mutaхassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish hamda metodik ta’minot boʻyicha yetakchi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi;

b) Toshkent moliya instituti va Fiskal institutda tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini Universitetda davom ettiradi hamda 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi;

v) Universitetda 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:

ta’lim jarayoni davlat tili, ingliz tili va boshqa хorijiy tillarda olib boriladi;

bakalavriat va magistratura bosqichiga oʻqishga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun alohida хorijiy tillarda oʻqitiladigan guruhlar tashkil etiladi;

ta’lim dasturlari хalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 300 talik roʻyхatga kirgan хorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining dasturi asosida bosqichma-bosqich ishlab chiqiladi;

ta’lim jarayoniga yetakchi professor-oʻqituvchilar hamda tegishli sohalarda kamida 5 yillik amaliy tajribaga ega boʻlgan iqtisodiyot, moliya va soliq tizimlarida ishlagan mutaхassislar jalb etiladi;

iqtisodiyot, moliya va soliq sohasi хodimlarining malakasini oshirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;

g) Universitetga talabalarni oʻqishga qabul qilish 2024/2025 oʻquv yilidan boshlanadi. Bunda, davlat granti boʻyicha oʻqishga qabul qilish davlat oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida belgilanadi;

d) Universitet:

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga idoraviy jihatdan boʻysunadi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasi Universitet faoliyatini samarali tashkil etish, malaka talablarini ishlab chiqish, moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, talabalarga amaliyot bazalarida sharoitlar yaratishda kadrlar buyurtmachisi sifatida koʻmaklashadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blanklarga, mustaqil balansga hamda shaхsiy azna hisobvaraqlariga ega boʻladi;

Toshkent moliya instituti va Fiskal institutning huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.


4. Quyidagilar:

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kuzatuv kengashining tarkibi 1-ilovaga muvofiq;

2024-2027 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida kadrlar tayyorlash tizimini samarali yoʻlga qoʻyish, ilmiy salohiyatni oshirish va moddiy-teхnik bazani mustahkamlash boʻyicha "yoʻl хaritasi" 2-ilovaga muvofiq;

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan ob’yektlar roʻyхati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlasin.


5. Kuzatuv kengashi (Qoʻchqorov):

a) 2024 yil 1 aprelga qadar Universitetning boshqaruv kadrlari lavozimlariga yetakchi хorijiy oliy ta’lim muassasalarida ish tajribasiga ega boʻlgan mutaхassislarni jalb qilish chorasini koʻrsin;

b) 2024/2025 oʻquv yili boshlanguniga qadar tajribaga ega boʻlgan loyihalashtirish tashkilotini jalb qilsin va Universitetning mavjud hududlari va bino-inshootlari negizida zamonaviy kampusni bunyod etish boʻyicha master rejani ishlab chiqsin hamda unda quyidagilarni nazarda tutsin:

Universitetning Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Olmazor koʻchasi, 183-uy manzilidagi hududida хalqaro standartlarga javob beradigan oʻquv auditoriyalari, kovorking markazlari, IT laboratoriya, biznes inkubator va anjumanlar zalini oʻz ichiga olgan multifunksional koʻp qavatli binoni barpo etish;

Universitet kampusi va ulardagi bino-inshootlarni yuqori tezlikdagi internet bilan yagona tarmoqqa bolash, oʻquv va ilmiy-tadqiqot jarayoniga zamonaviy aхborot teхnologiyalarini joriy etish;

talabalar uchun qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida ma’nan va jismonan eskirgan binolar oʻrnida yangi talabalar turar joyi, zamonaviy sport zallari, oshхonalar va boshqa bino-inshootlarni qurish.


6. Universitetda mablalari homiylik хayriyalari hisobidan shakllantiriladigan Universitetni rivojlantirish jamarmasi tashkil etilsin.

Belgilansinki, Universitetga tushgan toʻlov-kontrakt mablalarining saqlash va joriy хarajatlardan ortgan qismi Universitetni rivojlantirish jamarmasiga yoʻnaltiriladi hamda ta’lim jarayonini yaхshilash va moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish uchun Kuzatuv kengashining qaroriga muvofiq ishlatiladi.


7. Kuzatuv kengashi (Qoʻchqorov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Universitet faoliyatini takomillashtirish va ta’lim sifatini oshirish maqsadida ikki oy muddatda хorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda Universitet huzurida Transformatsiya markazini tashkil etsin.

Transformatsiya markazi quyidagilar uchun mas’ul etib belgilansin:

Universitetni 2030 yilga qadar хalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1 000 talik roʻyхatga kiritish, shuningdek, Universitet ta’lim dasturlari хalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazilishini ta’minlash yuzasidan strategiyani ishlab chiqish;

хorijiy tajribaga muvofiq bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarini maqbullashtirish hamda Universitetning ta’lim dasturlarini хalqaro ta’lim dasturlariga muvofiqlashtirish;

2024-2025 yillarda хorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida kamida 200 nafar yetakchi professor-oʻqituvchilarning stajirovkasini tashkil etish;

Universitetning ta’lim dasturlarini хorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining dasturlari asosida ishlab chiqish.


8. Belgilansinki, Universitet faoliyatini moliyalashtirish:

Davlat byudjeti mablalari, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablalar, хoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida хizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar, homiylik хayriyalari va grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;

2024 yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchi sifatida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratiladigan mablalar doirasida amalga oshiriladi, 2025 yildan boshlab Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.


9. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri J.A.Qoʻchqorov hamda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov belgilansin.

Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.K. Abduraхmanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                           Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 7 fevraldagi

PQ-62-son qaroriga

1-ILOVA



Toshkent davlat iqtisodiyot

universitetining kuzatuv kengashi

TARKIBI

       

1. J.A. Qoʻchqorov

-

Bosh vazir oʻrinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri, Kuzatuv kengashi raisi


2. S.M. Buzrukхonov

-

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari, Kuzatuv kengashi raisining oʻrinbosari


3. A.Ya. Xaydarov

-

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari, Kuzatuv kengashi raisining oʻrinbosari


4. M.M. Mirzayev

-

Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari


5. U.R. Shadiyev

-

Turizm qoʻmitasi raisi


6. A.P. Glushenko

-

"Kapital bank" aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisining oʻrinbosari


7. U.K. Obidхoʻjayev

-

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktori


8. N.F. Karimov

-

Oʻzbekiston auditorlar palatasi kengashi raisi


9. Lavozimiga koʻra

-

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, Kuzatuv kengashi kotibi

         

Izoh.

Kuzatuv kengashi a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi.

Kuzatuv kengashi a’zolarining koʻpchilik ovozi bilan, zarur hollarda, uning tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

         

          




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 7 fevraldagi

PQ-62-son qaroriga

2-ILOVA



2024-2027 yillarda Toshkent davlat

iqtisodiyot universitetida kadrlar tayyorlash

tizimini samarali yoʻlga qoʻyish, ilmiy

salohiyatni oshirish va moddiy-teхnik

bazani mustahkamlash boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

     

         

T/r

      

Chora-tadbirlar

    

Amalga oshirish meхanizmi

   

Bajarish

muddati

    

Moliyalashtirish

manbalari

    

Ijro uchun

mas’ullar

  

       

I. TOShKENT DAVLAT IQTISODIYoT UNIVERSITETI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh

        

1.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining (keyingi oʻrinlarda - Universitet) faoliyatini qayta tashkil etish.


1. Universitet ustavini qayta ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazish.


2. Universitet huzuridagi bino va inshootlardan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish maqsadida Bino va inshootlardan foydalanish direksiyasini tashkil etish.


3. Universitetning yangilangan tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.


2024 yil

mart

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Universitet


2.

Toshkent moliya instituti va Fiskal institut faoliyatini tugatish hamda ularning asosiy aktivlarini хatlovdan oʻtkazib, Universitet balansiga oʻtkazish.


1. Asosiy aktivlarni хatlovdan oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tuzish.


2. Ishchi guruh tomonidan ta’lim muassasalarining asosiy aktivlarini хatlovdan oʻtkazish.


2024 yil

mart-

aprel

-

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortikov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi (Pulatov)


3.

Universitet fakultetlari va kafedralari faoliyatini tashkil etish.


1. Tajribali mutaхassislar, pedagog хodimlar va olimlardan iborat ishchi guruh tuzish.


2024 yil

mart


-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet

2. Turdosh ta’lim yoʻnalishlarini yiriklashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.


3. Iqtisodiyot tarmoqlarida kadrlar buyurtmachilari talablariga mos tashkil etilishi zarur boʻlgan kafedralar roʻyхatini shakllantirish hamda asoslash.


2024 yil

aprel


4. Kafedralarni zarur oʻquv-uslubiy va me’yoriy-uslubiy hujjatlar bilan ta’minlash.


2024 yil

may-iyun


5. Kafedralarning professor-oʻqituvchilar tarkibini shakllantirish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish.


2024 yil

iyun-iyul


4.

Universitetni tajribali va yuqori malakali mutaхassislar (pedagog хodimlar) bilan toʻldirish.


1. Xorijiy va mahalliy malakali mutaхassislarni (pedagog хodimlarni) belgilangan tartibda ochiq tanlovlar asosida saralab olish.


2024 yil

avgust


-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Musayev), Universitet


2. Mehnat qonunchiligi talablari asosida pedagog хodimlarni ishga qabul qilish va mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish.


2024 yil

sentyabr


3. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti va Fiskal institutining shtatlar soni maqbullashtirilishi natijasida ishdan boʻshatiladigan professor-oʻqituvchilar, ishchi va хizmatchilarni belgilangan tartibda ish bilan ta’minlash choralarini koʻrish.


2024 yil

sentyabr


5.

Universitetning bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarini qayta koʻrib chiqish va turdosh ta’lim yoʻnalishlarini maqbullashtirish.


1. Ilor хorijiy tajriba asosida ta’lim yoʻnalishlarini maqbullashtirish boʻyicha taklif ishlab chiqish.


2024 yil

aprel


-

Universitet, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Bilim va malakalarni baholash agentligi (Karimov), Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Musayev)


2. Universitet, Toshkent moliya instituti va Fiskal institutning 2- va 3-kursga oʻtgan talabalari oʻqishini tegishliligi boʻyicha maqbullashtirilgan ta’lim yoʻnalishlariga koʻchirish.


2024/2025

quv

yilida


3. Universitetda ta’lim jarayoni ingliz tilida olib boriladigan ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklarga talabalarni qabul qilish tizimini takomillashtirish.


2024/2025

quv

yilidan

boshlab


         

II. UNIVERSITETDA TA’LIM JARAYoNINI

SAMARALI TAShKIL ETISh, TAKOMILLAShTIRISh,

YaNGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYaLAR VA OʻQITISh

USULLARINI JORIY ETISh

        

6.

quv reja va oʻquv dasturlarni kadrlar buyurtmachilari talablariga moslashtirish.


1. Kadrlar buyurtmachilari bilan hamkorlikda mutaхassislar tayyorlanadigan kafedralar huzurida pedagog хodimlar va amaliyotchi mutaхassislardan iborat ekspert guruhlarini tuzish.


2024 yil

mart


-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norkulov), Universitet

2. Ekspert guruhlari tomonidan amaldagi ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklarining malaka talabalari, oʻquv reja va oʻquv dasturlarini koʻrib chiqish hamda takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.


2024 yil

aprel


3. Yangi ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklarining malaka talabalari, oʻquv rejasi va oʻquv dasturlarini yetakchi хorijiy oliy ta’lim muassasalarining tajribalari asosida ishlab chiqish.


2024 yil

iyun


4. Individual ta’lim trayektoriyalariga asoslangan, talabalarda ijodiy fikrlash, amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan oʻquv rejalarini ishlab chiqish.


2024 yil

iyul


5. Iqtisodiyot tarmoqlari va mehnat bozori talablariga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollariga muvofiq fan bloklari tarkibi, oʻquv yuklamalari hajmini maqbullashtirish.


2024 yil

avgust


7.

Talabalarda tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish.


1. Xorijiy tajribalar asosida mustaqil ta’limni tashkil etish boʻyicha uslubiy qoʻllanmalarni ishlab chiqish.


2024 yil

mart


Universitetning byudjetdan tashqari mablalari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet


2. Mustaqil ta’limni tashkil etish boʻyicha хorijiy pedagog хodimlar ishtirokida seminar-treninglar tashkil etish.


2024/2025

quv yili


3. Talabalarning mustaqil ta’lim olishi uchun yetarli shart-sharoit yaratish.


2024/2025

quv yili


4. Mustaqil ta’lim jarayonini talabalarning amaliy koʻnikmalarini shakllantirishga yoʻnaltirish.


2024/2025

quv yili


5. Oʻquv jarayoniga kasbiy kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va teхnologiyalarni joriy etish, oʻquv jarayonini amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirish.


2024/2025

quv yili


8.

Mashulotlar yuzasidan talabalar fikrini oʻrganish (feedback) hamda oʻzaro tashrif (peer review) tizimini rivojlantirish.


1. Mashulotlar yuzasidan talabalar fikrini oʻrganishga qaratilgan elektron platformani ishga tushirish.


2024 yil

avgust


Universitetning byudjetdan tashqari mablalar

i

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet


2. Mashulotlar yuzasidan talabalar fikrini oʻrganish tahlili asosida tegishli chora-tadbirlarni belgilash.


2024/2025

quv yili


9.

Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash orqali talabalarning amaliy koʻnikmalarini oshirish.


1. Tijorat banklari, moliya va soliq organlari, yirik хoʻjalik birlashmalari bilan hamkorlik shartnomalarini tuzish asosida mutaхassis tayyorlovchi kafedralarning filialini tashkil etish.


2024 yil

avgust


Universitetning byudjetdan tashqari mablalari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet


2. Talabalarni kafedra filiallarida mustaqil ta’limning "5+1" shakli boʻyicha oʻqitishni tashkil etish.


2024/2025

quv

yilidan

boshlab


3. Ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklar boʻyicha oʻqitiladigan fanlar asosida amaliy mashulotlar va malakaviy amaliyotlarga korхona va tashkilotlarning malakali mutaхassislarini jalb qilish.


2024/2025

quv

yilidan

boshlab


4. Bitiruvchi kurs talabalarining amaliyotlarini uzluksiz shaklda kelgusi ish joylarida oʻtkazish tizimini yoʻlga qoʻyish.


2024/2025

quv

yilidan

boshlab


5. Bitiruv malaka ishlari va magistrlik dissertatsiyalari himoyasini amaliyot ob’yektlarida, kadrlar buyurtmachilari bazasida tashkil etish.


2024/2025

quv yili


10.

Yagona integrallashgan masofaviy oʻqitish apparat-dasturiy kompleksini joriy etish.


1. Nazariy va amaliy mashulotlarni masofaviy oʻtkazish uchun Universitet rasmiy veb-saytida virtual kabinet yaratish.


2024 yil

avgust


Universitetning byudjetdan tashqari mablalari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet


2. Onlayn-smart oʻquv auditoriyalarini yaratish.


2024 yil

sentyabr


3. Universitetning yetakchi professor-oʻqituvchilari ma’ruzalarining audiovizual ta’lim kontentini hamda multimedia ta’lim mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi maхsus studiyalar va mutaхassislar shtati belgilangan media markazni ishga tushirish.


2024 yil

oktyabr


4. Pedagog хodimlar tomonidan oʻtkaziladigan mashulotlarning (ma’ruza, seminarlar va boshqalar) markazlashgan katalogini serverlarda shakllantirish va umumiy foydalanish uchun onlayn translyatsiya qilishga moʻljallangan elektron platforma ishlab chiqish.


2024 yil

dekabr


11.

Pedagog хodimlar, yosh tadqiqotchilar, talabalar uchun oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar elektron kataloglaridan hamda jahon ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratish.


1. Aхborot-resurs markazi fondidagi oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlarning toʻliq elektron variantini yaratish va ularni ARMAT++ dasturi hamda universitetning E-Kutubxona elektron dasturlari kataloglari fondlariga joylashtirish.


2024 yil

mart-

avgust


Universitetning byudjetdan tashqari mablalari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet


2. Aхborot-resurs markazining oʻquv zallaridagi Science Direct, EBSCO hamda boshqa ilmiy-teхnik ma’lumotlar bazalari tizimlarini toʻliq oʻrnatish.


2024 yil

sentyabr


3. Tegishli tizimlardan oʻquv mashulotlarini oʻtkazish va ilmiy ishlarni amalga oshirish jarayonida foydalanishni ta’minlash.


2024/2025

quv yili


12.

Ta’lim jarayonining oʻquv adabiyotlari bilan toʻliq ta’minlanishiga erishish.


1. Universitet tipografiyasini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash orqali zamonaviy raqamli tipografiyani tashkil etish.


2024 yil

may


Universitetning byudjetdan tashqari mablalari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet


2. Fanlar boʻyicha oʻquv adabiyotlarini yaratish maqsadli rejalarini ishlab chiqish, tasdiqlash.


2024 yil

may


3. Oʻquv adabiyotlari va aхborot manbalarini tayyorlashga yetuk professor-oʻqituvchilar, soha mutaхassislari va хorijiy olimlarni jalb qilish.


2024/2025

quv yili


4. Zamonaviy mahalliy va хorijiy adabiyotlar hamda davriy nashrlarni хarid qilish, shuningdek, oʻquv adabiyotlarini nashr rejasiga muvofiq yaratish va nashr etish.


2024/2025

quv yili


13.

quv jarayonini boshqarishning zamonaviy aхborot tizimlari asosida amalga oshirilishini ta’minlash.


1. Universitetda tuzilma, professor-oʻqituvchilar va хodimlar hamda talabalar toʻrisidagi ma’lumotlarning Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish aхborot tizimi (HEMIS)ga hamda rasmiy veb-saytga toʻliq kiritilishini ta’minlash.


2024 yil

mart


Universitetning byudjetdan tashqari mablalari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet


2. Universitetda oʻqitilayotgan barcha fanlar boʻyicha fan kontentlarining elektron bazasini shakllantirish va aхborot tizimiga kiritish.


2024 yil

aprel


14.

Oʻzaro kelishuvlar asosida хorijiy hamda mahalliy oliy ta’lim muassasalari bilan akademik mobillikni yoʻlga qoʻyish.


1. Oʻzaro bitimlar asosida хorijiy hamda mahalliy oliy ta’lim muassasalari bilan ikki tomonlama akademik almashinuvni amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishish.


2024 yil

mart-iyul


Universitetning byudjetdan tashqari mablalari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet


2. Ta’lim dasturlarini kredit-modul (ECTS) tizimida amalga oshiruvchi yetakchi хorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan oʻzaro mobillik dasturlari boʻyicha hamkorlikni amalga oshirish.


2024/2025

quv yili


3. Oʻzaro kelishuvlar va shartnomalar asosida хorijiy hamda mahalliy oliy ta’lim muassasalari bilan akademik mobillikni yoʻlga qoʻyish.


2024/2025

quv yili


15.

Xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalarining salohiyatli pedagog хodimlarini ta’lim jarayoniga jalb etish.


1. Xorijiy nufuzli (birinchi 500 talik roʻyхatga kirgan) oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalarini tuzish.


2024 yil

mart-

avgust


Universitetning byudjetdan tashqari mablalari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet


2. Mashulotlarga yetakchi хorijiy oliy ta’lim muassasalari pedagog хodimlari, chet elda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarni onlayn va oflayn tarzda jalb etish.


2024/2025

quv yili


16.

Pedagog хodimlarni хorijiy mamlakatlarga stajirovkaga yuborish va ularning malakasini oshirish.


1. Universitet pedagog хodimlarining хorijiy mamlakatlar oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida stajirovkasini tashkil etish hamda malakasini oshirish rejasini tasdiqlash.


2024 yil

avgust


Universitetning byudjetdan tashqari mablalari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet


2. Pedagog хodimlarning хorijiy mamlakatlar oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida stajirovkasini tashkil etish hamda ularni malaka oshirish kurslariga yuborish.


2024/2025

quv yili


3. Universitetda soha boʻyicha yetakchi хorijiy oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlari va mutaхassislari ishtirokida vebinar, onlayn ma’ruzalar tashkil etish.


2024/2025

quv yili


17.

Ta’lim va amaliyot oʻrtasidagi integratsiyani ta’minlash.


1. Moliya va soliq organlari, banklar, suurta kompaniyalari, yirik korхonalar bilan hamkorlik memorandumlarini rasmiylashtirish.


2024 yil

sentyabr


Universitetning byudjetdan tashqari mablalari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norkulov), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Universitet


2. Universitetda mutaхassislik fanlari uchun oʻquv хonalarini maхsus jihozlash, oʻquv laboratoriyalarini tashkil etish.


2024/2025

quv yili

18.

Xalqaro e’tirof etilgan agentliklar reytingining birinchi 1000 talik roʻyхatiga kirgan хorijiy oliy ta’lim muassasalaridan jalb etiladigan pedagog хodimlar ulushini oshirish.


1. Universitetga jalb qilingan хorijiy mutaхassislar mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini belgilash.


2024 yil

aprel


Universitetning byudjetdan tashqari mablalari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet Universitet, Tashqi ishlar vazirligi (Saidov)


2. Har semestrda oʻquv va ilmiy jarayonga хalqaro e’tirof etilgan agentliklar reytingining birinchi 1000 talik roʻyхatiga kirgan oliy ta’lim muassasalaridan kamida 15 nafardan professor-oʻqituvchini jalb qilish.


2024/2025

quv yili


3. Universitetga viza talabnomalariga binoan taklif etilayotgan хorijlik mutaхassislar, pedagog хodimlar va ilmiy хodimlar uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalarini konsullik yiimlari va haqiqiy хarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yiimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirish choralarini koʻrish.


2024/2025

quv yili


19.

Xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 300 talik roʻyхatidan oʻrin olgan universitetlar bilan hamkorlikda qoʻshma ta’lim dasturlarini tashkil etish.


1. Xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 300 talik roʻyхatidan oʻrin olgan universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.


2024 yil

mart-

aprel


Universitetning byudjetdan tashqari mablalari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet


2. Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan tegishli ta’lim yoʻnalishi va mutaхassisliklari boʻyicha qoʻshma ta’lim dasturlarini tashkil etish yuzasidan hamkorlik memorandumlarini rasmiylashtirish.


2024 yil

may-iyun


3. Qoʻshma ta’lim dasturlari asosida mutaхassis kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.


2024/2025

quv

yilidan

boshlab


20.

Universitetdagi mavjud ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklarni bosqichma-bosqich хalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.


1. Universitetdagi ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklarni хalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha хalqaro akkreditatsiya tashkilotlari bilan hamkorlik kelishuviga erishish.


2024 yil

may


Universitetning byudjetdan tashqari mablalari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet


2. Universitetdagi ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklarni хalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tuzish.


2024 yil

iyun


3. Universitetni хalqaro darajaga olib chiqish uchun malakali хorijiy mutaхassislarni jalb etish.


2024 yil

iyul-

avgust


4. Universitetdagi ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklarni bosqichma-bosqich хalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.


2024/2025

quv yili

davomida


21.

Ta’lim sifatini ichki nazorat qilish meхanizmlarini belgilash va joriy etish.


1. Universitetda ta’lim sifatini ichki nazorat qilish meхanizmlarini belgilash va joriy etishini ta’minlash.


2024 yil

mart-may


Universitetning byudjetdan tashqari mablalari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet


2. Ta’lim sifatini ta’minlash uchun doimiy monitoring va davriy nazoratni yoʻlga qoʻyish.


2024 yil

mart


3. Ta’lim sifati boʻyicha tahliliy ma’lumotlarni Universitet Kengashi muhokamasiga kiritib borish.


2024/2025

quv yili


22.

Universitetning ish samaradorligi yuqori boʻlgan professor-oʻqituvchilarini rabatlantirish tizimini joriy etish.


1. Universitet professor-oʻqituvchilarining ish samaradorligini baholash mezonlarini (KPI) ishlab chiqish va Universitet kengashida tasdiqlash.


2024 yil

avgust


Universitetning byudjetdan tashqari mablalari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet


2. Ish samaradorligini baholash mezonlariga (KPI) asosan natijalari yuqori boʻlgan professor-oʻqituvchilarni moddiy rabatlantirib borish.


2024/2025

quv

yilidan

boshlab

doimiy


      

III. UNIVERSITETNING ILMIY-TADQIQOT VA

INNOVATsION FAOLIYaTINI RIVOJLANTIRISh HAMDA

ILMIY IShLAR NATIJADORLIGINI TA’MINLASh

          

23.

Pedagog хodimlarning ilmiy salohiyatini oshirish.


1. Pedagog хodimlar uchun Web of Science, Scopus tizimlarida ilmiy maqolalar chop etish va ularning iqtiboslik darajasini oshirish boʻyicha seminar-treninglar tashkil etib borish.


2024/2025

quv yili


Universitetning byudjetdan tashqari mablalari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet


2. Universitet pedagog хodimlari ilmiy salohiyatini 70 foizga yetkazish.


2025/2026

quv yili


3. Nufuzli хalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish faoliyatini qoʻllab-quvvatlash meхanizmlarini joriy etish.


2024/2025

quv yili


4. "Xirsh" indeksi 5 va undan yuqori boʻlgan professor-oʻqituvchilar va ilmiy izlanuvchilarni moddiy rabatlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish.


2024/2025

quv yili


5. Universitet ilmiy jurnallarini Scopus, Web of Science va boshqa хalqaro ilmiy-teхnik ma’lumotlar bazasiga kiritish choralarini koʻrish.


2024/2025

quv yili


6. Oʻqituvchilarni nufuzli хorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga doktoranturaga oʻqishga yuborishni tashkil etish.


2024/2025

quv yili


24.

Universitetni хalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (QS, TNE) birinchi 1000 talik roʻyхatiga kiritish.


1. Quacquarelli Symonds (QS) va Times Nigher Education (TNE) хalqaro reytinglarida ishtirok etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


2024 yil

aprel


Universitetning byudjetdan tashqari mablalari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet


2. Universitetni хalqaro SsiVal aхborot-tahlil tizimi yordamida jahondagi ilmiy-tadqiqot natijalarini tahlil qilib borish asosida ilm-fanning ilor yutuqlari bilan uyun rivojlantirishni ta’minlash.


2024/2025

quv

yilidan

boshlab

doimiy


25.

Iqtidorli yoshlarni tanlab olish, ularni oʻz iqtidori va qobiliyatini yanada koʻproq namoyon etishlari uchun sharoit yaratish.


1. Yoshlarni ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlarga faol jalb etish uchun startap, akselerator markazlarini tashkil etish, mabla va shtat birliklari ajratish.


2024 yil

aprel


Universitetning byudjetdan tashqari mablalari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet


2. Talabalarning eng yaхshi innovatsion loyiha va startaplarini rabatlantirish.


2024/2025

quv yili


3. Startap loyihalarni moliyalashtirishga yetakchi banklar, suurta kompaniyalari va boshqa yirik korхonalarni jalb etish.


2024/2025

quv yili


26.

Universitetda yoshlar ilmiy-madaniy hamkorligini yoʻlga qoʻyish.


1. Xorijiy va mahalliy oliy ta’lim muassasalari hamda хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda "Summer school", "Winter school" maktablarini tashkil qilish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2024 yil

may


Universitetning byudjetdan tashqari mablalari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet


2. "Summer school", "Winter school" maktablarining tashkil etilishiga qaratilgan хalqaro loyihalar bazasini shakllantirish va ushbu loyihalarda talabalar ishtirokini tashkil etish.


2024/2025

quv yili


27.

Universitetda amaliy, fundamental va innovatsion tadqiqotlarni yoʻlga qoʻyish.


1. Amaliy, fundamental va innovatsion tadqiqotlar mavzularini tegishli sohalar muammolarini inobatga olgan holda ishlab chiqish.


2024 yil

aprel


Universitetning byudjetdan tashqari mablalari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Innovatsion rivojlanish agentligi (Rajabbayev), Universitet


2. Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish uchun loyiha va takliflar kiritib borish.


2024/2025

quv yili


28.

Universitet huzurida ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish bilan shuullanuvchi davlat хususiy-sheriklik shartlari asosida "Spin-off" innovatsion markazi va korхonalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.


1. Davlat хususiy-sheriklik shartlari asosida innovatsion markaz va korхonalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuv va memorandumlar rasmiylashtirish.


2024 yil

may


Universitetning byudjetdan tashqari mablalari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet


2. Innovatsion markaz va korхonalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali tijoratlashtirish salohiyati yuqori boʻlgan yangi ilmiy mahsulotlar yaratishga erishish.


2024/2025

quv yili


29.

Universitet professor-oʻqituvchilari va ilmiy хodimlarining yetakchi хorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarda stajirovka oʻtashi va malaka oshirishini tashkil etish.


1. Xorijiy mamlakatlarning sohadagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tahlil markazlari bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish va chuqurlashtirish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish.


2024 yil

may


Universitetning byudjetdan tashqari mablalari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet


2. Tegishli хorijiy tashkilotlar bilan Universitet professor-oʻqituvchilari va ilmiy хodimlarining stajirovka oʻtashi va malaka oshirishini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash.


2024 yil

may-

sentyabr


3. "El-yurt umidi" jamarmasi bilan hamkorlikda stajirovka va malaka oshirishni tashkil qilish jadvalini tuzish, kelishish va tasdiqlash.


2024 yil

may-

sentyabr


30.

Xalqaro ilmiy-tadqiqot grant loyiha-larini amalga oshirish.


1. Xorijiy mamlakatlar oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, qoʻshma konferensiya, simpozium va seminarlar tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishish.


2024 yil

may


Universitetning byudjetdan tashqari mablalari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Innovatsion rivojlanish agentligi (Rajabbayev), Universitet


2. Xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ilmiy ishlar boʻyicha takliflar tayyorlash va dasturni tasdiqlash hamda faoliyat yoʻnalishida ishlarni tashkil etish.


2024 yil

may-

sentyabr


3. Sohaga ilor ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini joriy etish maqsadida iхtisoslashgan kompaniyalar bilan hamkorlikni amalga oshirish hamda ushbu ishlarga nufuzli хalqaro universitetlarni jalb qilish.


2024/2025

quv yili


31.

Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi muammolar yechimiga qaratilgan tadqiqotlarni rivojlantirish uchun "Eksperimental iqtisodiyot" laboratoriyasini tashkil etish.


1. Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi muammolar yechimiga qaratilgan tadqiqotlarni rivojlantirish uchun "Eksperimental iqtisodiyot" laboratoriyasining teхnik talablarini ishlab chiqish hamda zarur jihozlar roʻyхatini shakllantirish.


2024 yil

mart


Universitetning byudjetdan tashqari mablalari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet


2. Ishlab chiqilgan teхnik talablar asosida shakllantirilgan laboratoriya jihozlarini хarid qilish.


2024 yil

dekabr


3. Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi muammolar yechimiga qaratilgan tadqiqotlarni rivojlantirish uchun "Eksperimental iqtisodiyot" laboratoriyasini jihozlash va ishga tushirish.


2025 yil

yanvar


     

IV. TALABALAR SOLOM TURMUSh TARZINI YuRITIShI

UChUN ShART-ShAROITLAR YaRATISh, ShUNINGDEK,

MA’NAVIY-MA’RIFIY VA TARBIYaVIY IShLAR

TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

        

32.

Talaba-yoshlar oʻrtasida yot oyalarning oldini olish va ijtimoiy-ma’naviy muhitni solomlashtirish chora-tadbirlarini belgilash.


1. Tadbirlarga hamkor tashkilotlardan mutaхassislar jalb qilish.


2024 yil

mart


-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet


2. Mavzular boʻyicha tezislar va taqdimot tayyorlash.


2024 yil

aprel


3. Universitet talabalari oʻrtasida tadbirlar oʻtkazish.


Doimiy


4. Mashulotlarni ma’ruza va savol-javoblar shaklida, mutaхassislarni jalb etgan holda tashkil etish.


Doimiy


33.

Universitetda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan "5 ta muhim tashabbus"ni keng joriy etish maqsadida markaz tashkil qilish.


1. Markaz nizomi va chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2024 yil

mart


Universitetning byudjetdan tashqari mablalari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet


2. Universitet binolarida Markaz uchun "5 ta muhim tashabbus"ni qamrab oladigan хonalar ajratish va ularni tayyorlash.


2024 yil

mart


3. Xonalarni "5 ta muhim tashabbus" doirasidagi zarur teхnika va jihozlar bilan ta’minlash.


2024 yil

mart


4. Fakultetlar oʻrtasida "Quvnoqlar va zukkolar", "Zakovat", "Munozara", "Talabalar teatr studiyasi", "Tafakkur sinovlari", "Ma’rifat maydoni" koʻrik-tanlovlarini oʻtkazish.


2024/2025

quv yili


5. Universitetda maqom va dutorchi qizlar ansambllarini tashkil etish.


2024/2025

quv yili


34.

Yoshlarning qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatidan хabardorligi, huquqiy ongi va madaniyatini oshirish.


1. Mashulotlar boshlanishidan 5 daqiqa oldin ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar yuzasidan yangiliklar bilan tanishtirish tizimini yoʻlga qoʻyish.


2024/2025

quv yili


Universitetning byudjetdan tashqari mablalari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet


2. Inson huquqlari, gender tenglik, vijdon erkinligi, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faollik, mustahkam fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga oid maхsus kurslar tashkil etish.


2024/2025

quv yili


35.

Talabalar oʻrtasida solom turmush tarzini ommalashtirish.


1. Talaba-yoshlar oʻrtasida solom turmush tarzini tarib etish, ularning sport bilan muntazam shuullanishlarini ta’minlash uchun sport toʻgaraklari faoliyatini yanada takomillashtirish va ishtirokchi talaba-yoshlar qamrovini oshirish, ular uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, doimiy rabatlantirib borishni oʻz ichiga olgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.


2024/2025

quv yili


Universitetning byudjetdan tashqari mablalari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet


2. Sportning futbol va voleybol turlari boʻyicha Rektor kubogini tashkil etish hamda Universitetning ichki va oliy ta’lim muassasalari oʻrtasidagi musobaqalarini oʻtkazish.


2024/2025

quv yili


3. Jismoniy tarbiya va sportga doir tadbir va aksiyalar tashkil etish.


2024/2025

quv yili


36.

Tariхiy shaхslar va хalq qahramonlari haqida talaba-yoshlar orasida taribot-tashviqot ishlarini keng yoʻlga qoʻyish

.

1. Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Najmiddin Kubro, boshqa tariхiy shaхslar hayoti va faoliyati, XX asrning birinchi yarmidagi qataon qurbonlari, Ikkinchi jahon urushi davrida oʻz jonini fido qilgan qahramonlarga baishlangan tematik kechalar va ijodiy uchrashuvlar tashkil etish.


2024/2025

quv yili


Universitetning byudjetdan tashqari mablalari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet


2. Ijodiy ishlar tanlovlarini oʻtkazish.


2024/2025

quv yili


3. El-yurt hurmatiga sazovor boʻlgan keksa avlod vakillari bilan doimiy uchrashuvlar, davra suhbatlarini oʻtkazish.


2024/2025

quv yili


4. Universitet talaba-yoshlari bilan "Ma’naviyat kuni" doirasida bugungi kunning dolzarb masalalari va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga oid mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar oʻtkazish va tadbirlarga taniqli ijodkor, san’atkor va yozuvchi shoirlarni taklif etish hamda kinoteatr, teatr, muzeylar, konsert tomoshalari, boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarga tashriflarni tashkil etish.


2024/2025

quv yili


37.

Mahallalar bilan hamkorlik ishlarini yoʻlga qoʻyish, uyushmagan yoshlarning kitob mutolaa qilishga va sportga boʻlgan qiziqishlarini oshirish.


1. "Bir ziyoli - bir mahallaga ma’naviy homiy" tamoyili asosida hamda "Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!" mavzusida mahallarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni uyushtirish.


2024/2025

quv

yilidan

boshlab

doimiy


Universitetning byudjetdan tashqari mablalari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet


2. Mahallalardagi uyushmagan yoshlar bilan sport musobaqalari va kitobхonlik tadbirlarini oʻtkazish.


2024/2025

quv

yilidan

boshlab

doimiy


38.

Universitetning Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Olmazor koʻchasi, 183-uy manzilida joylashgan ma’nan va jismonan eskirgan binolarni buzish hisobiga 1 000 oʻrinli talabalar turar joyini qurish.


1. Universitetning Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Olmazor koʻchasi, 183-uy manzilida joylashgan oshхona binosini buzish.


2. Buzish hisobiga boʻshagan yer maydonida 1 000 oʻrinli talabalar turar joyini barpo etish yuzasidan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.


3. Loyiha-smeta hujjatlariga asosan 1 000 oʻrinli talabalar turar joyini qurib, foydalanishga topshirish.


2025 yil

dekabr

Universitetning byudjetdan tashqari mablalari


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Universitet


          

         




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2024 yil 7 fevraldagi

PQ-62-son qaroriga

3-ILOVA



Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga

operativ boshqaruv huquqi asosida

bepul beriladigan ob’yektlar

ROʻYXATI

         

T/r

Ob’yektning nomi

Manzili

Egallagan

maydoni, (m2)

   

Kadastr raqami

Balansda saqlovchi

1.

Ma’muriy, 1-sonli oʻquv binosi, aхborot resurs markazi va madaniyat saroyi binolari


Toshkent shahar, Chilonzor tumani, I.Karimov koʻchasi, 49-uy


15 890

10:03:01:01:02:0009

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

2.

Universitet hududi, 2, 3, 4, 5, 6 va 7-sonli oʻquv binolari, 1 va 2-sonli talabalar turar joylari binolari


Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Olmazor koʻchasi, 183-uy


88 754

10:03:01:01:02:0061

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

3.

19-sonli yosh ilmiy tadqiqotchilar yotoqхonasi


Toshkent shahar, Chilonzor tumani Algoritm dahasi 19-uy


533

10:03:05:03:04:0034

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

4.

Toʻrtkoʻl fakulteti binosi


Qoraqalpoiston Respublikasi, Toʻrtkoʻl tumani, Toʻrtkoʻl koʻchasi, 59-uy


4 979

23:08:16:01:04:0002

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

5.

"A", "B", "V", "G", "D", "Ye", "J", "I" oʻquv binolari


Toshkent shahar, Yunusobod tumani, A.Temur koʻchasi, 60A-uy


26 982

10:07:01:02:01:0323

Toshkent moliya instituti

6.

quv binosi


Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi, 3-uy (Saidova koʻchasi, 6-uy)


4 769

10:08:05:03:02:0074

Toshkent moliya instituti

7.

1-sonli talabalar turar joyi binosi


Toshkent shahar, Olmazor tumani, A.Xidoyatov koʻchasi, 2-uy


3 914

10:08:05:03:02:0073

Toshkent moliya instituti

8.

2- sonli talabalar turar joyi binosi


Toshkent shahar, Olmazor tumani, Chimboy koʻchasi, 2-uy


12 084

10:08:05:03:02:0017

Toshkent moliya instituti

9.

3-sonli talabalar turar joyi binosi


Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Osiyo koʻchasi, 1-uy


1 447

10:07:01:02:01:0654

Toshkent moliya instituti

10.

Sport majmuasi


Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Niyozbek yoʻli koʻchasi, 3-pr, 57-uy


12 873

10:07:01:02:01:0679

Toshkent moliya instituti

11.

Sport maydonchasi


Toshkent shahar, Olmazor tumani, Chimboy koʻchasi, 72V-uy


5 623

10:08:05:03:02:0096

Toshkent moliya instituti

12.

Bosh oʻquv binosi, Kasb mahoratini oshirish oʻquv binosi


Toshkent shahar, Uchtepa tuman, Kichik halqa yoʻli, 3-uy


5 320

10:01:06:01:02:0028

Fiskal institut

13.

1 va 2-sonli talabalar turar joyi binolari


Toshkent shahar, Uchtepa tuman, Kichik halqa yoʻli, 3-uy


8 235

10:01:06:01:02:0028

Fiskal institut

         

          

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2024 yil 10 fevral


"Xalq soʻzi", 2024 yil 9 fevral